Authors

  • Davrbek Poyanov
    Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.61187

Keywords:

shartnoma huquqi umumiy huquq ingliz huquqi manbaa huquq erkinlik tamoyili aniqlik tamoyili

Abstract

Ushbu maqolada Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzish asoslarining qiyosiy huquqiy tahlili o‘tkazilgan. Maqolada shartnomaviy munosabatlarning har ikkala huquq tizimidagi o‘ziga xos jihatlari, umumiy va farqli tomonlari, shartnoma tuzish tartibi va shartlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy xalqaro amaliyot va milliy qonunchilik tahlil qilingan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

48




INGLIZ HUQUQI VA O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGIDA SHARTNOMA

TUZISH ASOSLARINING QIYOSIY HUQUQIY TAHLILI

Toshkent davlat yuridik universiteti

Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti

4-bosqich talabasi

Poyanov Davrbek

davrbekqodirov185@gmail.com

Annotatsiya

Ushbu maqolada Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma

tuzish asoslarining qiyosiy huquqiy tahlili o‘tkazilgan. Maqolada shartnomaviy
munosabatlarning har ikkala huquq tizimidagi o‘ziga xos jihatlari, umumiy va farqli
tomonlari, shartnoma tuzish tartibi va shartlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek,
zamonaviy xalqaro amaliyot va milliy qonunchilik tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

shartnoma huquqi, umumiy huquq, ingliz huquqi, manbaa,

huquq, erkinlik tamoyili, aniqlik tamoyili


Bugungi kunda xalqaro savdo-sotiq munosabatlarining jadal rivojlanishi

shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishning samarali mexanizmlarini talab
etmoqda. Shartnoma tuzish, har qanday huquqiy tizimning muhim qismi bo‘lib, u
taraflar o‘rtasidagi majburiyatlarni belgilaydi. Ingliz huquqi va O‘zbekiston
qonunchiligida shartnoma tuzish asoslari o‘rtasida qiyosiy huquqiy tahlil qilish, ikki
tizimning o‘ziga xos xususiyatlarini va ularning amaliyotdagi qo‘llanilishini
tushunishga yordam beradi.

Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzishdagi tavofutlar

bo‘yicha qiyoslab o‘rganadigan bo‘lsak, dastavval ikki huquq tizimida ham
shartnoma tushunchasini o‘rni va uning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tishimiz zarur.
Ingliz huquqida shartnoma bu ikki yoki undan ortiq shaxslar o‘rtasidagi kelishuv
bo‘lib, qonun tomonidan majburiy kuchga ega deb tan olinadi. Professor

P.S.

Atiyah

ning ta’kidlashicha, shartnoma - bu taraflarning o‘zaro kelishilgan va

huquqiy majburiyatlar yaratishga qaratilgan xohish-irodasining ifodasi sanaladi

1

.

1

Andrews, Neil. (2006). Atiyah’s Introduction to the Law of Contract. Sixth edition. By Stephen A. Smith. [Oxford:

Clarendon Law Series. 2006. XXXVIII, 423 and (Index) 17 pp. Paperback £28.99. ISBN 0–19–924941–5.] -. The
Cambridge Law Journal. 65. 727 - 728. 10.1017/S0008197306237280.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

49




O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga ko‘ra esa,

shartnoma - ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga
keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi hisoblanadi

2

. Professor

H.R.Rahmonqulov

ning fikricha, “shartnoma - fuqarolik huquqiy munosabatlarning

eng muhim institutlaridan biri bo‘lib, u orqali fuqarolik muomalasi
ishtirokchilarining manfaatlari muvozanati ta’minlanadi”

3

.

Endi har ikki huquq tizimida shartnoma tuzish protseduralari bo‘yicha qiyosiy

tahlil o‘tkazadigan bo‘lsak, odatda shartnomaning muhim elementlari taklif,
muzokaralar, majburiyatlar, qonuniylik va shu kabi bir qancha muhim jihatlari
bo’lsa, ingliz huquqida shartnoma tuzish uchun dastavval bir tomon ikkinchi
tomonga taklif yuborish bilan boshlanadi hamda ikki tomon o‘rtasida shartlar ishlab
chiqiladi. Taraflar o‘rtasida o‘zaro kelishuv bo‘lganligi esa taraflarning mazkur
shartnomani tuzilishiga roziligini bildiradi. Shartnomaning eng muhim jihatlaridan
biri taraflar o‘z majburiyatlarini aniq belgilashlari kerak bo‘ladi

4

.

O‘zbekiston qonunchiligida esa shartnoma tuzish jarayoni ham ingliz

huquqida shartnoma tuzish protsedurasi bilan deyarli bir xil. Bu jihatdan har ikki
huquq tizimi bir biriga o‘xshash hisoblanadi. Lekin, bir-biridan farq qiladigan
jihatlari ham bor. Bularni birma-bir ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ingliz huquqida taklif
va qabul jarayoni ancha erkin. Taklif qilingan shartlar ustida muzokaralar olib
borilishi mumkin. O‘zbekiston qonunchiligida esa, taklif va qabul jarayoni aniq
belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Bu, shartnoma tuzish jarayonini
yanada rasmiylashtiradi.

Ingliz huquqida o‘zaro kelishuv, taraflarning niyatlarini ifodalovchi muhim

element hisoblanadi. O‘zbekiston qonunchiligida esa, o‘zaro kelishuv aniq va
tushunarli bo‘lishi zarur. Bu, shartnoma shartlarining aniq belgilanishini
ta’minlaydi.

Ingliz huquqida shartnoma shartlari taraflar o‘rtasida erkin belgilanishi

mumkin. O‘zbekiston qonunchiligida esa, shartnoma shartlari aniq va tushunarli
bo‘lishi kerak, bu esa taraflarning huquq va majburiyatlarini yanada aniq belgilaydi.

2

O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi 1-qism // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y.,

03/24/931/0402-son

3

Rahmonqulov H.R. "Shartnoma huquqi", Toshkent, TDYI, 2019

4

Axtamova, Yulduz Axtamovna Ingliz shartnoma huquqida shartnoma tuzishning asosiy elementlari // ORIENSS.

2024. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ingliz-shartnoma-huquqida-shartnoma-tuzishning-asosiy-
elementlari (дата обращения: 29.10.2024).


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

50




Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzish asoslari

quyidagi jihatlar bo‘yicha umumiy va farqli tomonlarga ega:

Jihat

Ingliz huquqi

O‘zbekiston qonunchiligi

Asosiy

prinsiplar

Kelishuv, muomalaga

layoqat, qonuniylik,

majburiy bajarish

Muomalaga layoqat, erkinlik,

o‘zaro kelishuv, qonuniylik,

majburiy bajarish

Shartnoma

shakli

Yozma shakl talab

qilinmaydi, ammo ba’zi

hollarda shart

Odatda yozma, ba’zi hollarda

notarial tasdiq shart

Shartnomani

o‘zgartirish

Taraflarning o‘zaro

kelishuviga asosan

Fuqarolik kodeksida

belgilangan tartibda

Shartnomani

bekor qilish

Taraflarning kelishuvi yoki

sud qarori asosida

Fuqarolik kodeksida

belgilangan asoslarga ko‘ra


Demak, Ingliz huquqi va O‘zbekiston huquqida shartnoma tuzishning asosiy

farq bu ingliz huquqida taraflar erkinligi tamoyili bo‘lsa, O‘zbekiston
qonunchiligida shartnoma shartlarini aniqligi bilan ajralib turadi. Buni amaliy
misollar bilan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ingliz huquqida agar bir kompaniya o‘z
xizmatlarini taklif etsa, boshqa kompaniya bu taklifni qabul qilishi yoki o‘z
shartlarini taklif qilishi mumkin. Taklif va qabul jarayoni o‘zgartirilishi, yangi
shartlar qo‘shilishi mumkin. Misol uchun A kompaniyasi B kompaniyasiga 10.000
dollar evaziga xizmat ko‘rsatish taklifini yuborsa-yu B kompaniyasi taklifni qabul
qilish orqali narxni 9,500 dollarga tushirishni taklif qilishi mumkin. A kompaniyasi
yangi narxni qabul qilsa ikki taraf o‘rtasida shartnoma imzolanadi.

O‘zbekiston qonunchiligida esa taklif va qabul jarayoni aniq belgilangan.

Taklif qilingan shartlar ustida o‘zgartirishlar kiritish qiyin bo‘lib, taklif qabul
qilinganidan keyin, ikki taraf o‘rtasida kelishuv bo‘lishi zarur. Bu holatni yuqoridagi
misol orqali ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, A kompaniyasi B kompaniyasiga 10.000
dollar evaziga xizmat ko‘rsatish taklifini yuborgandan keyin B kompaniyasi taklifni
qabul qilsagina shartnoma imzolanadi. Agar B kompaniyasi shartlarni
o‘zgartirmoqchi bo‘lsa B kompaniyasi yangi taklif kiritishi kerak va A kompaniyasi
uni qabul qilishi zarur. Ya’ni bu holatda yangidan oferta yuborilishi kerak.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

51




Ingliz huquqida o‘zaro kelishuv taraflarning niyatlarini ifodalovchi muhim

element hisoblanadi. Taraflar o‘rtasida noaniqliklar bo‘lishi mumkin, lekin ularni
hal qilish uchun ko‘proq erkinlik mavjud. Bunga misol qilib keltiradigan bo‘lsak, A
va B kompaniyalari o‘zaro kelishuvda biror bir xizmat ko‘rsatish muddatini
aniqlashda kelishmovchilikka duch kelgan taqdirda taraflar muzokaralar olib borishi
va o‘zaro kelishuvga erishishi mumkin. O‘zbekiston huquq tizimida esa bu holatda
A kompaniyasi B kompaniyasiga xizmat ko‘rsatish muddatini 3 oy deb belgilaydi,
lekin B kompaniyasi bu shartni tushunmaydi. Bu holda, shartnoma yaroqsiz bo‘lishi
mumkin.

Ingliz huquqida shartnoma shartlari taraflar o‘rtasida erkin belgilanishi

mumkin. Bu, taraflarga ko‘proq moslashuvchanlik beradi. Misol uchun A
kompaniyasi B kompaniyasiga mahsulot yetkazib berish shartlarini belgilaydi. B
kompaniyasi o‘z talablariga muvofiq shartlarni o‘zgartirish imkoniyatiga ega.
O‘zbekiston qonunchiligida esa shartnoma shartlari aniq va tushunarli bo‘lishi
kerak, bu esa taraflarning huquq va majburiyatlarini yanada aniq belgilaydi. Misol
uchun A kompaniyasi B kompaniyasiga mahsulot yetkazib berish shartlarini
belgilaydi, lekin shartlar aniq bo‘lmasa, B kompaniyasi majburiyatlarini bajara
olmaydi va bu qonuniy muammolarga olib kelishi mumkin.

Yuqoridagi holatlarni o‘rganib chiqqan holda xulosa qiladigan bo‘lsak, Ingliz

huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzish asoslari o‘rtasidagi qiyosiy
huquqiy tahlil, ikki tizimning o‘ziga xos xususiyatlarini va muhim farqlarini
ko‘rsatdi. Ingliz huquqida shartnoma tuzish jarayoni ko‘proq erkinlik va
moslashuvchanlikka ega bo‘lib, taklif va qabul jarayonida taraflar o‘rtasidagi
muzokaralarga keng imkoniyatlar beradi. O‘zbekiston qonunchiligida esa,
shartnoma tuzish jarayoni rasmiylashtirilgan va aniq belgilangan tartibga muvofiq
amalga oshiriladi.

Ingliz huquqida shartnoma tuzish taraflar uchun ancha qulay bo‘lganligi bosi

yildan yilga oshib bormoqda.

Shartnoma tuzishda taklif va qabul, o‘zaro kelishuv, majburiyatlar va

qonuniylik kabi asosiy elementlar, har ikki tizimda muhim rol o‘ynaydi. Biroq,
O‘zbekiston qonunchiligida aniq va tushunarli shartlar belgilanishi shart bo‘lib, bu
taraflar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni yanada barqarorlashtiradi.

Ushbu tahlil, shartnoma tuzish jarayonidagi farqlarni aniqlash va har ikki

huquqiy tizimda amaliyotda ko‘riladigan muammolarni tushunishga yordam beradi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

52




Kelajakda shartnoma tuzish jarayonini yanada takomillashtirish uchun, har ikki
tizimdan eng yaxshi tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish zarur. Bu esa,
tijorat va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

REFERENCE:

1.

Andrews, Neil. (2006). Atiyah’s Introduction to the Law of Contract. Sixth

edition. By Stephen A. Smith. [Oxford: Clarendon Law Series. 2006. XXXVIII, 423
and (Index) 17 pp. Paperback £28.99. ISBN 0–19–924941–5.] -. The Cambridge
Law Journal. 65. 727 - 728. 10.1017/S0008197306237280.

2.

O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi 1-qism // Qonunchilik

ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 03/24/931/0402-son

3.

Rahmonqulov H.R. "Shartnoma huquqi", Toshkent, TDYI, 2019

4.

Axtamova, Yulduz Axtamovna Ingliz shartnoma huquqida shartnoma

tuzishning

asosiy

elementlari

//

ORIENSS.

2024.

№1.

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/ingliz-shartnoma-huquqida-shartnoma-tuzishning-
asosiy-elementlari (дата обращения: 29.10.2024).

5.

Ilg‘orjon, Q. (2022). Ingliz shartnoma huquqi tushunchsi, elementlari

hamda O‘zbekiston respublikasi va ingliz huquqida shartnomalarning qiyosiy tahlili.
Ijtimoiy fanlarda innovatsiya onlayn ilmiy jurnali, 265–269.


References

Andrews, Neil. (2006). Atiyah’s Introduction to the Law of Contract. Sixth edition. By Stephen A. Smith. [Oxford: Clarendon Law Series. 2006. XXXVIII, 423 and (Index) 17 pp. Paperback £28.99. ISBN 0–19–924941–5.] -. The Cambridge Law Journal. 65. 727 - 728. 10.1017/S0008197306237280.

O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi 1-qism // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 03/24/931/0402-son

Rahmonqulov H.R. "Shartnoma huquqi", Toshkent, TDYI, 2019

Axtamova, Yulduz Axtamovna Ingliz shartnoma huquqida shartnoma tuzishning asosiy elementlari // ORIENSS. 2024. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ingliz-shartnoma-huquqida-shartnoma-tuzishning-asosiy-elementlari (дата обращения: 29.10.2024).

Ilg‘orjon, Q. (2022). Ingliz shartnoma huquqi tushunchsi, elementlari hamda O‘zbekiston respublikasi va ingliz huquqida shartnomalarning qiyosiy tahlili. Ijtimoiy fanlarda innovatsiya onlayn ilmiy jurnali, 265–269.