“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
94
XORIJIY DAVLATLARDA SUV BOYLIKLARIDAN FOYDALANISH
MASALALARIDA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR
.
Abdimo‘minov Tog‘oynazar Abdinaxat o‘g‘li,
Muhammadova Sabina Yo’ldosh qizi
Termiz davlat pedagogika instituti
Annotatsiуa:
Ushbu maqolada, suv resurslaridan samarali foydalanishda
xorij tajribalari keltirilgan hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha
takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
suv resurslari, suv resurslarini boshqarish, yer osti suvlari,
boshqaruv usullari, boshqaruv jarayoni, boshqaruv mexanizmi, cheklangan suv
resurslari, taqsimot darajasi.
ИССЛЕДОВАНИЯ ПО ВОПРОСАМ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ
ВОДНЫХ РЕСУРСОВ В ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАНАХ.
Аннотация:
В этой статье представлен зарубежный опыт эффективного
использования водных ресурсов, а также разработаны предложения по
рациональному использованию водных ресурсов.
Ключевые слова:
водные ресурсы, управление водными ресурсами,
подземные воды, методы управления, процесс управления, механизм
управления, ограниченные водные ресурсы, уровень распределения.
RESEARCH ON THE USE OF WATER RESOURCES IN FOREIGN
COUNTRIES.
Annotation:
this article presents foreign experiments in the effective use of
Water Resources and develops proposals for the rational use of Water Resources.
Keywords:
Water Resources, Water Resources Management, groundwater,
management methods, management process, management mechanism, limited water
resources, distribution level.
Bugungi kunda suv muammolarini hal qilish va suv taqchilligini yumshatish
uchun qat’iy choralar ko‘rish zarurligini anglab yetmoqda. Suvdan foydalanish
bo‘yicha eskicha qarashlar o‘zgarmoqda, tabiiy resurslarni boshqarishdagi qotib
qolgan usullardan voz kechishning qulay va samarali yo‘llari izlanmoqda. Bu
jarayon tarmoqlarda jadal rivojlanayotgan tub o‘zgarishlar sharoitida kechmoqdaki,
bunda nafaqat qonunchilik darajasida, balki barqaror rivojlanish hamda ekologik
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
95
xavfsizlikka erishish maqsadida yangi ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish, o‘zaro
harakatlarni ishlab chiqishda maqbul yechimlarni topish muhimdir.
Respublikamiz tog‘ oldi zonalaridagi kichik va o‘rta sig‘imli omborlarining
loyqalanishi, ulardan foydalanish jarayonlarida jiddiy kamchiliklarni keltirib
chiqarmoqda. Mazkur muammoga bag‘ishlangan xorijiy va mahalliy mutaxassislar
takliflarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqilgan injenerlik yechimlari
universal tavsifga ega emas, ya’ni ularni konkret bir suv omborida gidrologik,
gidravlik, girotexnik va ekspluatatsion omillarni inobatga olib qo‘llash keskin
chegaralangan hisoblanadi. Suv omborlari loyqalanishi oqibatida, ularning sug‘orish
zonasida reja asosida suv ta’minoti buzilishi, suv manbaalari suv yig‘ish zonalaridan
yig‘ib kelingan tabiiy minerallarga boy cho‘kindilarning suv omborlar yuqori
byeflarida qolib ketishi, o‘zanli suv omborlarda suv toshqinlari va sel oqimlarini
transformatsiya qilishdagi qiyinchiliklar, gidrotexnik inshootlarni loyqa bosish xavfi
yuzaga kelishi va hakozo salbiy holatlar kuzatilmoqda [1].
Dunyoning barcha davlatlarida bugungi qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan
yerlar kunda eng muhim milliy boylik sifatida e’zozlanib kelinmoqda. Ayniqsa,
rivojlangan davlatlarda sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishga, uning
qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqib ketishining oldini olishga davlat siyosati
darajasida katta e’tibor berilmoqda. Shu nuqtayi nazardan xorijiy tajribalarning
ahamiyatli jihatlarini ayrim davlatlar misolida ko‘rib chiqishimiz lozim.
Yer shari aholisi soni o‘sib borishiga muvofiq ravishda oziq-ovqatga bo‘lgan
ehtiyoj ortishi va bu ehtiyojni sug‘oriladigan yerlar texnologiyasi asosida
qondirishga bo‘lgan intilishning kuchayishi ko‘plab daryolardan suv olish global
o‘zgarish jarayonlarining asosiy sababidir. Buning natijasida tabiiy ekotizimlar
buzilmoqda va ular texnik tizimlar bilan almashtirilmoqda. Zamonaviy
iqtisodiyotning barcha tarmoqlari tomonidan suv obyektlarining ifloslantirilishi bu
jarayonlarga “munosib hissa”sini qo‘shmoqda. Suv ekotizimlarining intensiv
degradatsiyalashuvi sodir bo‘lmoqda [2].
Dunyoning ko‘plab mintaqalarida suv resurslari tabiiy fluktuatsiya
chegaralarida oldingidek miqdor va sifatda qaytadan yangilanmayapti, ya’ni amalda
yangilanmaydigan resurslarga aylanib qolmoqda. Insoniyat tomonidan iste’mol
qilinadigan suv hajmining juda kattaligi va bu hajm tezlik bilan o‘sib borayotganligi
(faqat XX asrning o‘zida suv iste’moli 6,0 martaga o‘sgan va uning o‘sish sur’atlari
aholining o‘sish sur’atlaridan 2,0 barobardan ko‘proq martaga ortiq bo‘lgan) xuddi
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
96
shunday tarzda suvni ehtiyot qilish (asrash), suvdan foydalanishni oqilonalashtirish
va suvni asrovchi texnologiyalar rivojlanish sur’atlariga erishilishiga olib kelmadi.
Qishloq xo‘jaligida iste’mol qilinadigan jami suv massasining 60 %i nomahsulli
bug‘lanishga ketmoqda va ifloslangan suv ko‘rinishida daryolar va yer osti suvlariga
qaytmoqda. Shahar va sanoatda suvning iste’moli ham nihoyatda samarasiz.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda suv ta’minoti tizimidagi oqib ketishlar, bu
tizimlarga noqonuniy ulanish va ulardan samarasiz foydalanish evaziga suv
manbalaridan olingan suvlarning 50 %ga qadar bo‘lgan qismi yo‘qolmoqda. Bu
ko‘rsatkich darajasi taraqqiy etgan mamlakatlarning ko‘pchiligida ham yuqoridir
[3].
Xorijiy davlatlarda suv resurslaridan foydalanish va ularni boshqarish
bo'yicha ko'plab tadqiqotlar olib borilgan bo'lib, bu tadqiqotlar turli
mamlakatlarning iqlimi, suv resurslarining mavjudligi va qishloq xo‘jaligi
ehtiyojlariga qarab farqlanadi.
1.Suv resurslarini barqaror boshqarishning muhim yondashuvi hisoblanadi.
Yevropa Ittifoqi va boshqa ko‘plab rivojlangan mamlakatlar IWRM tamoyillariga
asoslangan tadqiqotlar olib borgan. Ushbu tadqiqotlar suvning qishloq xo‘jaligi,
ichimlik suvi va sanoat ehtiyojlari uchun barqaror taqsimlanishi va boshqarilishiga
e’tibor qaratadi.
2.Suv taqsimoti va infratuzilma loyihalari: AQSh, Avstraliya va boshqa suv
tanqisligi muammolariga duch keladigan davlatlarda suv omborlari, kanallar va suv
tejovchi texnologiyalarning joriy etilishi bo'yicha tadqiqotlar olib borilgan. Suvni
tejash va uning optimal foydalanish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar
muhim rol o‘ynaydi.
3.Suv sifati va ifloslanishni nazorat qilish: Xitoy va Hindiston kabi davlatlarda
suvning sanoat chiqindilari va kimyoviy moddalardan ifloslanishi muammosi jiddiy
bo‘lib, suv resurslarini himoya qilish tadqiqotlari olib borilgan. Ushbu tadqiqotlar
suvning sifatini oshirish va uni xavfsiz foydalanish uchun ekologik choralar ishlab
chiqishga qaratilgan.
4.Iqlim o‘zgarishi va suv ta’minoti: Iqlim o‘zgarishi tufayli daryo havzalari
va suv resurslari kamayib borayotgan davlatlarda, jumladan Afrikaning ko‘plab
davlatlarida, tadqiqotlar suv ta'minotiga iqlim o‘zgarishining ta'sirini o‘rganishga
yo‘naltirilgan.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
97
5.Qishloq xo'jaligida suvni tejash: Ko‘plab davlatlarda, masalan, Isroilda,
qishloq xo‘jaligi uchun samarali sug‘orish texnologiyalari va suvni tejash texnikalari
bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Isroilning tomchilatib sug‘orish texnologiyasi bu
borada yetakchi yutuqlardan biri hisoblanadi.
Ushbu raqamlar va faktlar suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha olib
borilgan tadqiqotlar global miqyosda qanchalik dolzarb ekanligini ko‘rsatadi. Har
bir mamlakatning suv resurslarini boshqarish usullari va tadqiqot yutuqlari iqlim,
suv resurslarining mavjudligi va qishloq xo‘jalik ehtiyojlariga bog‘liq.
Jahondagi ayrim davlatlarda yesa ushbu maqsadlar uchun davlat tomonidan
30-50 yil va undan ortiq muddatga mo‘ljallangan imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.
Bunday kreditlar ko‘pgina davlatlarda to‘liq o‘z mablag‘lari zaxirasi hisobidan,
ayrim hollarda, ularning bir qismi dunyodagi turli moliyaviy fondlar va tashkilotlar
yordamida amalga oshiriladi. Lekin biron-bir davlat hududida suv resurslariga
qo‘yilgan talab va ishlab chiqilgan qonunlar suvdan foydalanish tijorat maqsadlariga
qaratilmagan bo‘lib, balki, avvalo, insonlar manfaati uchun suvga bo‘lgan
munosabatni zamon talabiga moslash, suvni asrab va tejamkorlik bilan foydalanish
tamoyillari asosida qurilgan. Bu iqtisodiyot tarmoqlarining suv resurslariga bo‘lgan
yehtiyoji bilan sarflanayotgan suv miqdorlari o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish,
ularni to‘g‘ri yo‘naltirish masalalari yechimini hal yetish, kelajak avlod uchun suv
resurslari to‘g‘risida qayg‘urishdir [4].
XXI asr boshidan boshlab insoniyat uchun global muammoga aylanib
borayotgan suv resurslari taqchilligi masalasini hal qilishga, ulardan oqilona
foydalanishga e’tibor berib, o‘z iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ichki va tashqi
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda dasturlar tayyorlamoqdalar va dasturlarni
ma’lum darajada amalga oshirmoqdalar. Suvdan foydalanish jarayoni tahlil
qilinganda yana bir masalaga e’tibor qaratish lozim, ya’ni dunyodagi davlatlardan
birortasining qishloq xo‘jaligida O‘zbekiston kabi deyarli 100 foiz sug‘oriladigan
yer maydonlaridan foydalanilmaydi. Markaziy Osiyo hududida, xususan,
O‘zbekiston hududida yozda o‘simliklarning vegetatsiya davrida yog‘ingarchilik
umuman kuzatilmasligi tufayli tuproq namini ushlab turish faqatgina sug‘orish
tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Bu holat nafaqat mas’uliyatni, shuningdek katta
mablag‘ni sarflab turishni taqozo yetadi. O‘zbekiston sug‘oriladigan yer
maydonlari, bu maydonlarga ishlov berish va yuqori hosil yetishtirish jarayonlarida
suv xo‘jaligi tizimining ahamiyati kattaligi bo‘yicha ham, bu sohaga davlat
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
98
tomonidan ajaratilayotgan mablag‘ miqdoriga ko‘ra ham boshqa davlatlardan keskin
farq qiladi. Rivojlangan davlatlarda sug‘orish texnologiyasini takomillashtirishga
katta ahamiyat beriladi. Sug‘orish texnologiyasining progressiv usullari dastlabki
kapital quyilmalarni ko‘proq talab qilsa ham, suv sarfini va mehnat sarfini tejash
imkoniyatini beradi. Bu, ayniqsa, ish kuchi qimmat bo‘lgan davlatlarda juda muhim
ahamiyat kasb yetadi [5].
Dunyo tajribasida innovatsion faollik darajasini belgilashning asosiy
mezonlaridan biri bu qilingan ixtiro va kashfiyotlar uchun olingan patentlar soni va
ularning yillar hamda iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha o‘sishi hisoblanadi. Bu
boradagi ma’lumotlar tahlillari ko‘rsatishicha, 2008-yilda Xitoyda 203481 ta
patentlar olingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich AQShda 400769 ta, Yaponiyada 391002 tani
tashkil yetgan. 2017-yilga kelib yetakchilik Xitoyga o‘tib 526412 tani, AQShda
503582 tani, Yaponiyada yesa 342610 tani tashkil yetgan. Patentlar soni bo‘yicha
yaqqol ustunlik 2017-yildan boshlab Xitoy, AQSh va Yaponiya davlatlariga tegishli
bo‘lgan. Shuningdek, Janubiy Koreya, Germaniya, Hindiston va Rossiya kabi
davlatlarda ham ixtiro va kashfiyotlar uchun olingan patentlar sonining barqaror
darajada o‘sish ko‘rsatkichlariga yega bo‘lganligi kuzatiladi. Bu o‘z navbatida
yuqorida nomlari qayd yetilgan davlatlarda ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish
yuqori darajada yekanligidan dalolat beradi. Bu sohada mamlakatimizda ham ixtiro
va kashfiyotlar uchun olingan patentlar soni o‘sib bormoqda. Bundan tashqari ilmiy
muassasalarning ilmiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatini belgilovchi muhim
ko‘rsatkichlardan biri bu ilm-fan sohasining moddiy-texnik jihatdan
ta’minlanganligi va qurollanganligi darajasi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.Burek P., Satoh Y., Fischer G., Kahil Mt., Scherzer A., Tramberend S., Nava L.F.,
Wada Y., Et all. 2016. Water Futures and Solution – Fast Track Initiative (Final
Report). IIASA Working Paper. Laxenburg: WP-16-006. P.88.
2.Данилов-Данильян В.И, Лосев К.С. Потребление воды: эколо-гический,
экономический, социальный и политический аспекты. – М.: Наука, 2006. – 221
с.
3.Falkenmark M., Widsrand C. Population and water resources: A delicate balance.
Population Bulletin. 1992. 47(3). November. P. 36
4.Axmedov S. N. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning
ustuvor yo‘nalishlari // "yashil" iqtisodiyot va taraqqiyot. 2023-yil, avgust. № 8-son.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
99
5.Abdimo‘Minov T.A., Bozorov S.O., & Raxmatov A.Yu. (2022). SUV
OMBORLAR VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI (OQTEPA SUV
OMBORI MISOLIDA). Экономика и социум, (12-1 (103)), 19-23.
6.Abdimo‘Minov T.A., & Muhammadova S.Yo. (2022). AMU-BUXORO VA
AMU-QORAKO‘L KANALLARI SUVLARIDAN BUXORO VILOYATIDA
SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI. Экономика и социум, (12-1
(103)), 9-13.
7.Abdimo‘Minov T.A. (2024). SURXONDARYONING MINERAL SUVLI
BULOQLARINI O‘RGANISH VA KARTALASHTIRISH MASALALARI.
Экономика и социум, (4-1 (119)), 6-12.
