“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
121
BYUDJETDAN TASHQARI JAMG`ARMALAR MABLAG`LARI
HISOBI VA NAZORATINING NAZARIY ASOSLARI
Ilmiy rahbar: Qurbonboyev Jurabek Eruvbayevich
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Bank ishi va buxgalteriya kafedrasi
iqtisodiy fanlar nomzodi dotsent
Rixsitillayeva Madinaxon Izzatilla qizi
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti magistranti
Tel:
+998917873555
Email:
Annotatsiya:
Davlat byudjetiga chet el valyutasida to`lanadigan soliqlar,
yig`imlar va majburiy to`lovlar, shuningdek byudjet tashkilotlarining chet el
valyutasida tushadigan byudjetdan tashqari mablag`lari G`aznachilikning bankdagi
valyuta hisob varaqlariga kiritiladi. Byudjetni g`azna ijrosiga o`tilishi byudjet
mablag`lari bilan birga byudjetdan mablag` oluvchi tashkilotlarning byudjetdan
tashqari mablag`lari ham to`laligicha g`azna ijrosiga qamrab olindi.
Kalit so`zlar:
Davlat byudjeti, G`aznachilik tizimi, nazorat, nazariy asoslar,
daromadlar, harajatlar.
KIRISH
Davlat byudjeti ijrosining G`aznachilik tizimi joriy qilinib, bujet daromadlari
va xarajatlarining ijrosi kassa usulida amalga oshirilishi mablag`larni samarali va
maqsadli sarflash hamda nazorat qilish imkoniyatini bermoqda. Byudjet tashkilotlari
xarajatlarining to`lovi g`aznachilik orqali amalga oshirilib, byudjet mablag`larini
ortiqcha band qilmaslikni ta`minlamoqda. Islohotlarni amalga oshirish davomida
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag`lari ham g`aznachilikka
qamrab olinib uning kassa ijrosi ham g`aznachilik tomonidan amalga oshirilmoqda.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag`larining tashkilot shaxsiy
hisobraqamiga kelib tushishi va sarflanishi kassa usulida g`aznachilikda hisobga
olinadi. Byudjet tashkilotlarida esa byudjetdan tashqari mablag`larning tashkilot
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
122
shaxsiy hisobraqamiga kelib tushishi va sarflanishi kassa va hisob usulida aks
ettiriladi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi:
Byudjet tashkilotlari O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414 sonli “Byudjet
tashkilotlarini mablag` bilan ta`minlash tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi
qaroriga asosan byudjetdan tashqari mablag`larni shakllantirishlari mumkin.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg`armalar daromadlari – bu
tashkilotning faoliyat ixtisosligi bo`yicha mahsulot (ish, xizmat)larni realizatsiya
qilishdan, balansda bo`sh turgan binolarni ijaraga berishdan, homiylikdan va boshqa
qonun hujjatlariga muvofiq olgan pul mablag`laridir.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg`armalari bo`yicha
xarajatlari – tashkilotning qonun hujjatlariga muvofiq byudjetdan tashqari xarajatlar
smetasi doirasida xarajatlar iqtisodiy tavsifi bo`yicha amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag`lari bo`yicha daromadlar va
xarajatlar smetalari ijrosi hisobini tashkil qilish, mablag`larni smetalar doirasida
sarflashning amaldagi qonunchilikka muvofiqligini ta`minlashga xizmat qilib,
mablag`lar oqimini nazorat qilish uchun axborotlar bilan ta`minlaydi.
O`zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi”ning 44- moddasiga ko`ra byudjet
tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg`armalari quyidagilardir:
byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari;
tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag`batlantirish va rivojlantirish
jamg`armasi mablag`lari;
vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari
jamg`armalari mablag`lari;
byudjet
tashkilotining
undiriladigan
to`lovlar
hisobiga
shakllantiriladigan byudjetdan tashqari mablag`lari.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobi va nazoratining nazariy
asoslari haqida gapirganda, bu sohada bir qancha muhim tushunchalar,
metodologiyalar va amaliy jihatlar mavjud. Ushbu mavzu davlat va boshqa
tashkilotlarning moliyaviy boshqaruvi, mablag‘larni samarali taqsimlash va ularni
nazorat qilishni o‘z ichiga oladi. Keling, asosan bu mavzu haqida umumiy
tushunchalarni ko‘rib chiqaylik:
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
123
1. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar:
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar — bu davlat yoki boshqa tashkilotlar
tomonidan byudjetdan tashqari, ma'lum bir maqsadlar uchun yig‘iladigan va
sarflanadigan mablag‘lardir. Ular byudjet mablag‘laridan farqli o‘laroq, ba'zan
maxsus qonunlar yoki qarorlar asosida tashkil etiladi. Byudjetdan tashqari
jamg‘armalar, asosan quyidagi maqsadlar uchun tashkil etiladi:
Ijtimoiy yordamlar va pensiyalar;
Sog‘liqni saqlash, ta'lim yoki madaniyat kabi sohalarda maxsus dasturlarni
moliyalashtirish;
Tabiiy ofatlar yoki favqulodda vaziyatlar uchun zaxira fondlari.
2. Jamg‘armalar mablag‘lari hisobining nazariy asoslari:
Jamg‘armalar mablag‘lari hisobining nazariy asoslari davlat moliyasi va
byudjet tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy va huquqiy mezonlarga tayanadi. Ular
quyidagi asosiy tushunchalarga ega:
Byudjetdan tashqari mablag‘larning manbalari:
Jamg‘armalar ko‘pincha
ma'lum bir soliq, yig‘imlar yoki to‘lovlardan tashkil topadi. Ular ma'lum sohalarda
samarali ishlatilishi uchun aniq belgilangan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
Moliyaviy resurslar va ularning taqsimlanishi:
Byudjetdan tashqari
jamg‘armalar mablag‘larini samarali taqsimlash va sarflashda iqtisodiy
samaradorlik, adolat va shaffoflik kabi asosiy tamoyillar amal qiladi.
Nazorat va hisobning muhimligi:
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar
mablag‘larining samarali ishlatilishini ta'minlash uchun ularni qat'iy nazorat qilish
zarur. Bu, avvalo, jamg‘armalarning qonuniy va maqsadli ishlatilishini nazorat
qilishni, shuningdek, hisobdorlikni ta'minlashni o‘z ichiga oladi.
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Byudjet
tashkilotlarini mablag` bilan ta`minlash tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi
qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlarini byudjetdan tashqari mablag`lari Moliya
vazirligining G`aznachiligi va uning hududiy bo`linmalarida ochilgan hisob
raqamlarida hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet mablag`lari
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
124
bo`yicha tejab qolingan mablag`lar, faoliyati turiga muvofiq mahsulot (ish,
xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar, balansida bo`lgan
davlat mulkini ijaraga berishdan qonun hujjatlariga muvofiq olingan mablag`larning
bir qismi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan homiylik yordami
(beg`araz yordam) hisobidan shakllantirilishi belgilangan. Shuningdek, byudjetdan
tashqari mablag`lari hisobiga birinchi navbatda kreditorlik qarzlarni tugatish,
moddiy texnika ba`zasini mustaxkamlash, xodimlarni moddiy rag`batlantirishga
yo`naltirilishi belgilangan.
METODLAR
Ta`lim muassasalarida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil
26 fevraldada 2431-son bilan ro`yxatdan o`tgan “Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar
ta`limi muassasalarida o`qitishning to`lov-kontrakt shakli va undan tushgan
mablag`larni taqsimlash tartibi to`g`risida”gi nizomga ko`ra o`qitishning to`lov-
kontrakt shaklidan mablag`lar tushimi amalga oshiriladi va ular hisobiga xarajatlar
amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarining boshqa byudjetdan tashqari mablag`lari
bo`yicha boshqa tushumlar ikkilamchi xomashyoni topshirishdan tushgan
tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni sotishdan tushgan tushumlar,
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllanadi va
ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
NATIJALAR
Vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari
jamg`armalari mablag`larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida tartibda
belgilanadi. Bundan tashqari, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari
mablag`lari rasman o`rnatilgan undiriladigan to`lovlar hisobidan ham shakllanadi.
Ularning tarkibi Byudjet kodeksining 63-moddasi bilan belgilab qo`yilgan. Unga
ko`ra, byudjet tashkilotlari tomonidan byudjetdan tashqari mablag`lar quyidagilar
hisobidan shakllantiriladi:
o`quvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha ta`lim
muassasalarida, umumta`lim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktab-
internatlarda, olimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa ta`lim muassasalarida saqlab
turilganligi uchun;
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
125
o`quvchilar bolalar musiqa va san`at maktablari hamda maktabdan
tashqari ta`lim muassasalarida ta`lim olganligi uchun;
oliy va o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarida ta`lim olganlik
uchun;
statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar
tarkibi ovqatlanishi uchun;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi undiriladigan to`lovlar.
Undiriladigan to`lovlarning miqdorlari, ularni kiritish va ulardan foydalanish
tartibi, shuningdek undiriladigan to`lovlar bo`yicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan
belgilanadi.
Byudjet tashkilotlari yuqorida keltirilgan manbalar bo`yicha byudjetdan
tashqari mablag`lardan foydalanadi. Ya`ni har bir manba bo`yicha alohida shaxsiy
hisobvaraqlar belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan ochiladi va g`azna
dasturiga kiritiladi. Moliya organlari tomonidan byudjet tashkilotlarining
byudjetdan tashqari mablag`lari uchun hisobvaraqlari quyidagi hujjatlar asosida
ochiladi:
a)
moliya organi rahbari yoki uning o`rnini bosuvchi shaxsning ruxsat
beruvchi yozuvi qo`yilgan byudjetdan mablag` oluvchining arizasi. Agar,
byudjetdan mablag` oluvchi bir vaqtning o`zida yuridik shaxs maqomiga ega
bo`lmagan, quyi byudjetdan mablag` oluvchilar uchun byudjet mablag`larini
taqsimlovchi bo`lsa, tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochish uchun bir nusxada ariza,
unga ilova qilib xizmat ko`rsatiladigan quyi byudjetdan mablag` oluvchilarning
ro`yxati taqdim etiladi.
b)
byudjetdan tashqari mablag`larning tushumlari va xarajatlari limiti
ko`rsatilgan (tushumlari va mablag`larning xarajat qilinish yo`nalishlari
limitlanmagan byudjetdan tashqari mablag`lari bundan mustasno) tegishli smeta
xarajatlarining nusxasi. Bunda, yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan, quyi
byudjetdan mablag` oluvchilar xarajatlarining o`rnatilgan tartibda hisobini
yurituvchi va xizmat ko`rsatuvchi byudjetdan mablag` oluvchilar uchun, xizmat
ko`rsatilayotgan quyi byudjetdan mablag` oluvchilarning byudjetdan tashqari
xarajatlari hisobini yuritish uchun (byudjet tasnifi xarajatlarining har bir paragrafi
bo`yicha tuzilgan umumiy xarajatlar smetasi asosida) hisobvaraqlar ochiladi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
126
Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag`lardan foydalanishning
o`ziga xos hususiyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkun:
byudjetdan tashqari mablag`lardan foydalanish kassa usulida amalga
oshirilishi;
byudjetdan tashqari mablag`lar manbalari bo`yicha alohida shahsiy hisob
varaqalarida aks ettirilishi;
byudjetdan tashqari mablag`lar tushumi hamda ular hisobiga xarajatlarni
byudjet tasnifi asosida aks ettirilishi;
byudjetdan tashqari mablag`lar smetalar asosida xarajat qilinishi;
byudjetdan tashqari mablag`lardan foydalanishda qat`iy qonunchilik
talablariga amal qilish.
Byudjetdan tashqari mablag`lardan foydalanishda kassa usulidan foydalanish,
ya`ni mablag`larni hisobraqamiga kelib tushgan va ular bo`yicha xarajatlar amalga
oshirilgan vaqtdagina tan olishni tushunish mumkun. Bundan ko`rinadiki
byudjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha oldindan, mablag` kelib tushish sanasidan
oldin, ushbu mablag`lar bo`yicha operatsiya amalga oshirishning iloji yo`q. Bu esa
debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish bilan bir qatorda byudjet
mablag`laridan muntazam foydalanishga sabab bo`ladi.
Qonun hujjatlarida byudjetdan tashqari mablag`larning sarfi bilan bog`liq
belgilangan tartibdan kelib chiqib, byudjetdan tashqari mablag`lar manbalari
bo`yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi va ularning smetali asosda xarajat
qilinishi, ushbu mablag`lar nazorati va maqasadli sarflanishiga oydinlik kiritadi.
Qonunchilikda
ushbu
mablag`lar
bo`yicha
o`rnatilgan
tartiblar,
mablag`larning o`zboshimchalik va boshqa maqsadlar uchun foydalanilmaslikni
oldini olishga xizmt qiladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari
mablag`lari bo`yicha shaxsiy hisobvaraqlarini ochish uchun ilgari byudjet
mablag`lari bo`yicha hisobvaraqlarni ochish uchun taqdim etilgan imzo namunalari
kartochkalari ishlatiladi. Byudjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha yuridik va
moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi, shuningdek byudjetdan tashqari
mablag`larning kassa xarajatlari kelib tushgan byudjetdan tashqari mablag`lar
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
127
doirasida amalga oshiriladi va byudjet mablag`lari kabi bir xil tartibda
rasmiylashtiriladi.
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati
1.
Magistrant tomonidan ishlab chiqilgan
2.
S.U Mehmonov “Byudjet hisobi” o`quv qo`llanma. Toshkent 2012
3.
(Ostonokulov, 2021). Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari
mablag‘lari hisobi va hisoboti uslubiyotini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari
doktori (DSc) dissertatsiya avtoreferati. –T.: 2021. – 64 b.;
4.
(Bakaybayeva, 2020). O‘zbekiston Respublikasida budjet hisobi va
moliyaviy nazoratni takomillashtirish yo‘llari. i. f. d. dis. avt. –T.: 2020.
5.
(Ibragimov, 2018). Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va
moliyaviy hisobotni takomillashtirish (Oliy ta’lim muassasalari misolida). iqt. fan.
fal. dok. dis. avtoreferati. –T.: 2018. – 54 b.;
6.
(Mehmonov, 2016). Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi:
nazariya va amaliyot. Monografiya. – T.: “Iqtisod moliya”., 2016.;
7.
(Ostanaqulov, 2010). Davlat sektori va buxgalteriya hisobi. - T.:
“Iqtisod-moliya”, 2010. 8. (G‘aniyev, 2008). Budjet tashkilotlarida buxgalteriya
hisobi va moliyaviy nazoratni takomillashtirish (ta’lim tizimi misolida). iqt. fan.
nom. dis. avtoreferati. –T.: O‘z R BMA., 2008. 28 b.
8.
(Tuychiyev, 2019). Budjet tashkilotlarida budjet xisobi. Darslik.
“Iktisod-moliya” 2019. 429 b.
