Hozirgi kunda elektron hukumat tizimlari davlat boshqaruvini
yanada samarali va shaffof qilish maqsadida joriy etilmoqda. Raqamli
texnologiyalar yordamida davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonlari tezlashmoqda
va soddalashtirilmoqda. Ushbu maqolada elektron hukumat tizimi doirasida
loyihalarni ishlab chiqish jarayonlarini raqamlashtirish modellari ko'rib chiqiladi.
Raqamlashtirish jarayoni davlat xizmatlarining sifatini oshirish, fuqarolar va davlat
o'rtasidagi aloqalarni yaxshilash, shuningdek, resurslardan samarali foydalanishni
ta'minlashga qaratilgan.