“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
108
Yapon tilidagi gap bo‘laklari va ularning turlari
Saidaxmedova Nilufar Maxmud qizi
SamDCHTI magistranti
Annotatsiya:
Mazkur maqola Yapon tilining sintaktik tuzilishi va gap bo‘laklarini
o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada yapon tilida gap bo‘laklarining turlari, ularning vazifalari
va xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot beradi. Xususan, ega tushunchasining lingvistik va
psixologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Turli olimlarning qarashlari taqdim etilgan, jumladan, ega
va kesim o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ega tushib qolishi holatlari ham muhokama qilingan.
Kalit so’zlar:
Gap bo'laklari, ega (shugo
主語
), kesim (jutsugo
述語
), Yapon grammatikasi,
Subyekt pozitsiyasi (shukaku
主格
), Gap strukturalari.
Ega (yaponcha shugo
主語
) gap bo‘laklaridan biri hisoblanadi. Eganing pozitsiyasi subyekt
pozitsiyasi (yaponcha shukaku
主格
) deb ataladi. Shunday qilib, "ega" ga gapdagi so‘zning subyekt
pozitsiyasida turgan bo‘lak sifatida qaralishi kerak. Ega tushunchasini izohlashda turli olimlar har
xil fikr bildirgan.
Otsuki Fumitsuko ega haqda quyidagilarni ta’kidlaydi: "Inson tafakkurida avval asosiy
narsalar paydo bo‘ladi — predmet, hodisa, so‘ngra unga tegishli harakat, jarayon, holat va sifat
keladi." Masalan,
花
咲く
"gullar ochilyapti" gapida avval predmet, so‘ngra jarayon kelayapti.
Bu yerda "gullar" - predmet sifatida, "ochilyapti" - jarayon sifatida ko‘rsatilgan. Bunda predmet
"shugo" (
主
語
) jarayon esa "jutsugo" (
述
語
) (kesim) deb ataladi.
Shundan kelib chiqadiki, ega deb predmet yoki hodisani ifodalovchi, ongda birinchi bo‘lib
asosiy narsa sifatida paydo bo‘ladigan so‘zga aytiladi. Biroq, psixologik va tartib nuqtai nazaridan
qo‘shimcha talablarga ehtiyoj ham paydo bo‘ladi.
Ba’zi olimlar ega butun gapning mavzusi, ya’ni gapning tematik subyekti ekanini
ta’kidlashadi.
Bu qarashga ko‘ra, gap yakunlangan fikrni ifodalaydi, va shu bois u fikrning mavzusini,
markazini, ya’ni subyektni ifodalaydi.
Boshqa olimlar bu nazariyani tan olishmaydi. Ular so‘z subyektni ifodalaydi, lekin bu doim
ham ega bo‘lmasligi mumkin deb hisoblashadi. Ularning fikricha, gap har doim ham subyekt bilan
bog‘lanmagan shaklda ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ega doim ham mavjud bo‘lmaydi,
bu subyekt va predikatning o‘zaro bog‘lanishiga bog‘liq emas.
Daimyo Kaku quyidagicha fikr bildiradi:
“Grammatikada uzoq vaqtdan beri ega (Subject) va kesim (Predicate) haqida fikr yuritiladi.
"Verbum finitum" (so‘zlar ketma-ketligi) kesimni ifodalaydi va undan keyin kelgan so‘zlar esa
subyekt sifatida qaraladi
[2; 64].
Gap bo‘lagi - bu gap ma’nosi buzilmasdan bo‘laklarga ajratishdir. Gapda
「ネ」
“ne” yoki
「ヨ」
“yo” kabi qo‘shimchalar qo‘shilib, tabiiy ko‘rinishda bo‘lmaydigan joylar gap bo‘lagi
chegarasi hisoblanadi. Ot, sifat, fe’l kabi mustaqil so‘zlar oldidan gap bo‘lagi ajratiladi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
109
Gap bo‘laklari 5 turga bo‘linadi: ega, kesim, aniqlovchi, bog‘lovchi va mustaqil so‘zlar.
Ega - bu gapda "kim" yoki "nima" so‘roqlariga javob bo‘ladigan gap bo‘lagidir. Ko‘pincha
otga “
は
” (wa), “
が
” (ga), “
も
” (mo) kabi yordamchi so‘zlar qo‘shilib, ega sifatida ishlatiladi.
Masalan:
-
私たちは、お金が足りなかったので
2
駅先まで歩いた。
- Bizda pul yetarli emas edi, shuning uchun ikkita stansiya oldinga piyoda yurdik.
-
向こうに見える古い建物は区役所です。
- Uzoqdan ko‘rinayotgan eski bino - tuman hokimiyati.
Kesim - bu gapda “nima qilyapti”, “qanday”, “qandaydir” yoki “mavjud” (“bor”,
“yo‘q”)ga so‘roqlariga javob bo‘ladigan gap bo‘lagidir. Ko‘pincha gap oxirida bo‘ladi va egani
izohlaydi. Masalan:
-
森本さんが走る。
- Morimoto yugurmoqda.
-
森本さんは大食いだ。
- Morimoto katta ovqatlanadi.
Aniqlovchi so‘z - bu boshqa gap bo‘lagini batafsil aniqlab keladigan gap bo‘lagi
hisoblanadi. Aniqlovchi so‘z orqali batafsil tushuntirilayotgan gap bo‘lagi aniqlanmish deb ataladi.
Masalan:
-
母は、赤い車に乗っていた。
- Onam qizil mashinada yurardi.
-
非常に美しい。
- Juda go‘zal.
Bog‘lovchi so‘z - bu oldingi va keyingi gap yoki gap bo‘laklarini bog‘lash vazifasini
bajaradigan gap bo‘lagidir. Masalan:
急いで歩いた。だから、遅刻しなかった。
- Shoshilib yurdi. Shu sababli, kechikmadi.
急いで歩いた。しかし、遅刻した。
- Shoshilib yurdi. Biroq, kech qoldi.
Mustaqil so‘zlar – bu boshqa gap bo‘laklari bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan gap
bo‘laklaridir. Mustaqil so‘zlar va boshqa gap bo‘laklari o‘rtasidagi munosabat mustaqil munosabat
deb ataladi. Masalan:
あら、ここにいたの。
- Oh, bu yerda ekansiz.
こんにちは、よい天気ですね。
- Assalomu alaykum, ob-havo yaxshi ekan.
Gap bo‘laklari vazifalarini ko‘rib chiqish orqali, matnda ega tushib qolganini yoki
aniqlovchi so‘zlar juda uzunligini sezishimiz mumkin
[1; 7].
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
110
Leksik ma’no grammatik ma’no va so‘z funksiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, "
食べる
" ("yemoq") fe’lining leksik ma’nosi: "ovqatni og‘izga olib,
chaynab yutmoq" bo‘lib "
食べる
" fe’lining grammatik ma’no va funksiyasi
quyidagilardan iborat: "hozirgi zamon yoki kelasi zamonni ifodalaydi", "tasdiq",
"oddiy shaklda", va "kim, nima yeyayotgani haqida ma’lumot berish uchun ega
hamda -ni koʻmakchisini talab qilishi mumkin" kabi. Demak, "
食べる
" so‘zining
leksik ma’nosini ifodalash uchun ega va -ni koʻmakchisi kerak bo‘ladi.
Bu esa leksik ma’noning grammatik tuzilishga ta’sir qilishini ko‘rsatadi.
Butun gapning shakllanishida sintaktik munosabatlarning tutgan o‘rni ham
predikatning grammatik ma’nosidan biri hisoblanadi. Predikat gapni to‘ldirish yoki
bog‘lash funksiyasiga ega.
Gapni to‘ldiruvchi predikatga misol:
猫がチーズを食べる
(Mushuk pishloqni yeydi).
Gaplarni bog‘lovchi predikatga misol:
猫がチーズを食べて、出ていった
(Mushuk pishloqni yeb, tashqariga chiqib ketdi).
Ega – bu predikatning leksik ma'nosini ifodalash uchun zarur bo‘lgan tarkibiy
qismdir (amaliyotda, ayniqsa og‘zaki nutqda, ko‘pincha tushirib qoldiriladi).
Masalan, "
食べる
" ("yemoq") predikatining ma’nosini ifodalash uchun "kim"
yeyayotganini ko‘rsatadigan ma’lumot kerak. Bu ma’lumot esa aynan egani
bildiradi. Ega odatda "
が
" (ga) koʻmakchisi bilan ifodalanadi (
ガ格
), lekin "
から
"
(kara) yoki "
で
" (de) koʻmakchilari bilan ham ifodalanishi mumkin.
"
から
" (kara) koʻmakchisi bilan ega ifodalanishiga misol:
私から先生にお金を渡します。
(Men o‘qituvchiga pul beraman.)
"
で
" (de) koʻmakchisi bilan egani ifodalanishiga misol:
私たちの方でやっておきます。
(Buni biz hal qilamiz.)
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
111
Ko‘pincha ega "
は
" (wa) koʻmakchisi bilan ham ifodalanadi. "
は
" (wa)
ajratuvchi koʻmakchisi bilan egani ifodalashga misol tariqasida quyidagi gapni
keltirishimiz mumkin:
猫はチーズを食べる。
(Mushuk pishloqni yeydi.)
Yapon tilida ajratuvchi koʻmakchilar ("
は
" va "
も
") yashirin ma’lumotni
anglatishi mumkin:
-
猫はチーズを食べる
(Mushuk pishloqni yeydi) → Boshqalar pishloqni
yemayotgani anglashiladi. Faqatgina mushuk yeyishini anglatadi.
-
猫もチーズを食べる
(Mushuk ham pishloqni yeydi) → Boshqalar ham
pishloqni yeyayotgani anglashiladi. (Masalan: It ham pishloqni yeydi.)
[3; 56].
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
日本語文法の基礎
2. Kieda. Grammatika yaponskogo yazika. Moskva. 2004.
3.
現代日本語文法
1
第
1
部総論
第
2
部形態論
.
日本語記述文法研究会
