“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
181
Talabalarda stressga qarshi barqarorlikni o`rganishning ilmiy-nazariy
asoslari
Rasulov Isomiddin Ravshanjon o‘g‘li
Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura bosqichi talabasi
E- mail: Uzbekistan.andijon1998@gmail.com
Tel 998 99 783 26 10
Annotatsiya
: Maqolada oliy o‘quv yurti talabalarida o‘quv faoliyati
jarayonida yuzaga keladigan stressogen vaziyatlar (shaxsning stress holatiga
tushishiga sabab bo’luvchi hayotiy va ta’limga oid murakkab vaziyatlar) va unga
nisbatan bildiriladigan reaksiyalarning psixologik jarayonlari yoritilgan.
Shuningdek, stress bilan bog‘liq vaziyatlardan chiqib ketishda shaxsda mavjud
bo‘lgan xulq-atvor xususiyatlarining ahamiyati psixologik jihatdan ochib berilgan.
Kalit so‘zlar
: stress, stressogen vaziyat, psixologik zo’riqish, frustrasiya,
optimizm, pessimizm, fiziologik jarayon, xulq.
Аннотация:
В статье описаны психологические процессы стрессовых
ситуаций (сложных жизненных и учебных ситуаций, вызывающих у человека
стресс) и реакции на них, возникающие в процессе учебной деятельности
студентов высшего учебного заведения. Также в психологическом плане
раскрывается значение поведенческих особенностей человека при выходе из
стрессовых ситуаций.
Ключевые слова:
стресс, стрессовая ситуация, психологическое
напряжение, фрустрация, оптимизм, пессимизм, физиологический процесс,
поведение.
Abstract:
The article describes the psychological processes of stressful
situations (complicated life and educational situations that cause a person to become
stressed) and the reactions to them that occur in the course of educational activities
of students of a higher educational institution. Also, psychologically, the importance
of behavioral characteristics of a person in getting out of stressful situations is
revealed.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
182
Key words:
stress, stressful situation, psychological strain, frustration,
optimism, pessimism, physiological process, behavior.
Kirish.
Yangi O‘zbekistonda yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash
masalasi dolzarb bo‘lib, ularga maqsadli yordam ko‘rsatish xizmatlarini
rivojlantirish tizimining zaruriy me’yoriy-huquqiy asoslari yaratildi: «Yoshlarda
muammolarni hal etish, qaror qabul qilish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, muloqot
qilish, moslashuvchanlik, stressni yengish kabi hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish
bo‘yicha maxsus o‘quvlarni rivojlantirish»2ga ustuvor vazifa sifatida qaralib, bu
borada yoshlarning stressga barqarorligini oshirishga ta’sir etuvchi psixologik
omillarning differensial va dinamik xususiyatlarini aniqlash, optimistik pozitsiyani
shakllantirish hamda konstruktiv koping mexanizmlarni qo‘llash orqali stressga
barqarorlikni oshirishga qaratilgan yangicha yechimlarni ilmiy tadqiq etish
masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 1 maydagi O`RQ-837-son
«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida» Qonuni, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 senyabrdagi PF-158-son «O‘zbekiston -
2030 Strategiyasi to‘g‘risida», 2022 yil 28 yanvardagi PF - 60-son «2022-2026
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida»,
2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmonlari, 2021 yil 18
yanvardagi PQ-23son «O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida», 2018 yil 14 avgustdagi PQ-
3907-son «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash,
ularga ta’limtarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» Qarorlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining
2019 yil 7 iyundagi 472-son «Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini
yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarlikning oldini olish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori hamda boshqa me’yoriy hujjatlar doirasida
belgilangan keng koʻlamli strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishda mazkur
ilmiy tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi.[1]
Stress – og‘ir, mushkul yoki murakkab sharoitlarda yuzaga keluvchi
psixikaning zo‘riqishidir. Stressning vujudga kelish sabablari quyidagicha: inson
shug‘ullanadigan faoliyatning turi, mazmuni, mavjud shart-sharoitlar, faoliyatning
tashkiliy qismi va ekstremal omillar, shuningdek, tashqi muhit insonning bor
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
183
imkoniyatlaridan ortig‘ini talab qilishi. Masalan, xizmat faoliyatida talabning
ko‘payishi ham kuchli stressor hisoblanadi.
Stressning
yuzaga
kelish
sabablari
ilmiy
nuqtai
nazardan
turlicha izohlanadi. Jumladan, eng mashhur qarash sifatida G. Selyening stress
nazariyasini olish mumkin. Unga ko‘ra, dunyodagi jamiki biologik mavjudotlar
muhim mexanizm – muvozanatni taʼminlovchi qurilmaga ega. Ichki va tashqi
stressorlarning kuchli hamda davomiy taʼsirlari muvozanatning buzilishiga olib
keladi. Organizm ushbu vaziyatda o‘zining yuqori darajadagi himoya – moslashuv
reaksiyasini namoyon qiladi. Qo‘zg‘alish yordamida organizm tashqi taʼsirga
moslashishga urinadi. Aynan shu taʼsir stress holati hisoblanadi. Taʼsir yo‘qolmasa,
stress kuchayadi, rivojlanadi va organizmda bir qancha o‘zgarishlarga olib keladi.
Xavotirlikning turg‘unligi hamda davomiyligi inson xatti-harakatida quyidagi
holatlarni keltirib chiqaradi:
– ishtahaning buzilishi;
– uyqusizlik;
– xatti-harakatlardagi sustlik.
Bunday fiziologik buzilishlarning davomiyligi insonda stressni paydo qiladi.
Organizm esa o‘zini himoyalashga, taʼsirni so‘ndirishga harakat qiladi. Ammo,
maʼlumki, organizmning kuchi cheksiz emas va jiddiy stress vaziyati vujudga
kelganda, inson buni ko‘tara olmaydi. Natijada turli xastaliklar paydo bo‘ladi, stress
o‘ta kuchli bo‘lganda, o‘lim holati ham kuzatiladi.
Insonlar stressining muhim jihati shundan iboratki, “individuum-tashqi muhit”
tizimida yani o’zaro adekvat munosabatlarni saqlab turish jarayonida psixik
adaptatsiya juda muhim rol o’ynaydi. Psixik adaptatsiyaga o’z-o’zini to’liq
boshqarish faoliyati natijasi sifatida qaraladi. (“operativ hotirjamlik” darajasida).
Ammo bunda uning tizimli organizatsiyasini ajratib ko’rsatish lozim. Bunday qarash
ancha mavhum tuyiladi. Shu o’rinda ehtiyoj tushunchasini keltirib o’tish zarur.
Aktual ehtiyojlarning maksimal darajada qondirilishi, adaptatsiya jarayoninig
muhim omili hisoblanadi. Demak, psixik adaptatsiya - shaxs va tashqi muhit
orasidagi shunday bir aloqadorlikki, uning natijasida individuumning o’z aktual
ehtiyojini qondirish va u bilan bog’liq bo’lgan maqsadga erishishga imkon beruvchi
faoliyati amalga oshiriladi, shu bilan birga tashqi muhit talablari va inson faoliyati
hamda hulq atvori orasidagi maksimal aloqadorlikka yerishiladi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
184
Respublika taraqqiyotining hozirgi bosqichida jamiyat oldida turgan muhim
vazifalardan biri har bir insonda ijtimoiy faollik, yuqori javobgarlik, mehnatga ijodiy
yondoshish kabi xislatlarni shakllantirishdan iboratdir. O’sib kelayotgan yosh
avlodda ijodiy faollikni va uning negizida yotuvchi qobiliyatni tarkib toptirish
Respublika ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifadir. Bunda asosiy e’tibor ta’lim
metodlarini, o’quvchilarning va talabalarning bilish faoliyatini takomillashtirishga
yo’naltirilishi lozim. Nafaqat umumiy ma’lumotlar va tarbiyani, balki kadrlarning
kasbiy yo‘nalishi, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni o‘z
ichiga oladigan yagona uzluksiz milliy ta’lim tizimini yaratish vazifasi ilgari
surilmoqda. Joriy etilayotgan tizimda mustaqil fikrlash qobiliyatini tarbiyalashda
o‘qituvchi bilan o‘quvchi munosabatini tubdan o‘zgartirish, o‘quv jarayonini
insonparvarlashtirish bugunning dolzarb muammolaridandirr. Bu masala bevosita
yoshlarning tafakkuriga, ongiga, ruhiyatiga ta’sir etish bilan amalga oshiriladi. 2020
yil 27 fevraldagi PQ–4623- sonli “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g’risida”gi Qarorida belgilangan “tarbiya va o‘qitish usullari,
axborotkommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan,
ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga
ega professional pedagog kadrlar tayyorlash” [2]
Bilamizki, o'smirlik talabalik davri turli yoshlarni o’z ichiga oladi bu davrda
ko'plab psixologik xususiyatlarni kuzatishimiz mumkin aynan ota-onasidan uzoqda,
moliyaviy tanglikda hamda og'ir aqliy yuklama ostida o'qiyotgan talabalarda o’z
tengdoshlari bilan munosabatlarda ham salbiy muammolar kelib chiqishi mumkin
bundan tashqari bu davrda oilaviy munosabatlar ham stressga moyillik darajasi
yuqorilashib ketishiga sabab bo'lishi mumkin oddiygina talabaning uyiga bolgan
sog'inchi, ustozlaridan dakki eshitishi o’qishidagi qiyinchiliklar hattoki oz
tengdoshlari bilan munosabatining uzoqligi talabani stressga tushishiga sabab
bo’lishi mumkun aynan oilaviy mehrdan yiroqda bolgan qiz bola talabalarda
muhabbatga bo’lgan hissiyotlari shaklanadigan bir davr bo’lib o’zi hohlagan
munosabatga javob ola olmasligi ham stress tushkun kayfiyat bazida depressiya
holatlarini keltirib chiqarish mumkun aynan talabalik davridagi qizlarda semizlikdan
aziyat chekkan vaqtlarda va kuchli dieta vaqtida ham stresss alomatlari kelib chiqishi
mumkin.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
185
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
. Keyingi yillarda mutaxassislar tomonidan
nafaqat jismoniy salomatlik, balki har tomonlama, xususan ruhan salomatlikka
erishish
lozimligi ko‘p bora qayd etilmoqda. Kishi ruhan sog‘lom bo‘lishi uchun uning
o‘z ruhiyatini asrash yo‘lida amalga oshiradigan ishlari nazarda tutiladi, buning
uchun esa shaxsdan ma’lum ma’noda psixologik savodxon bo‘lish talab etiladi. Buni
qanday tushunish mumkin? Bilamizki, har qanday shaxs o‘z hayotida ko‘plab
marotaba stress va frustratsiya kabi salbiy psixologik holatlarga duch kelishi tabiiy
holat, lekin aksariyat kishilar bunday holatlardan chiqib keta olish yuzasidan
psixologik bilim, ko‘nikma va malkalarga ega bo‘lmaganligi tufayli o‘z ruhiyatini
salbiy ta’sirlardan asray olmaydi. Aynan shunday ko‘nikma va malakalar tarkibiga
kishining optimistik kayfiyati yoki optimistik xarakter xislatlariga ega bo‘lishi, hech
bo‘lmaganda shu kabi ko‘nikmalarni o‘zida shakllantirishi lozimligini alohida qayd
etgan holda, dastlab optimizm atamasi bilan bog‘liq psixologik fikr va
mulohazalarni diqqatingizga havola etamiz. Xorij va rus olimlari tomonidan
shaxsning hayot faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan stress holatlarini o‘rganish yuzasidan
olib borilgan tadqiqot ishlarining ba’zilarida stress va undan chiqib keta olish
jarayonida shaxsdagi optimizm-pessimizm kabi psixologik holatlarning ta’siri
o‘rganilgan. M.E.Seligman, F.E.Vasilyuk, Y.M.Zabrodin, M.S.Zamishlyayeva kabi
tadqiqotchilar tomonidan ma’lum bir faoliyat jarayonida kutilmagan vaziyatlarga
nisbatan shaxsning psixofiziologik faolligi va psixik zo‘riqishining barqarorlik
darajasi maxsus o‘rganib chiqilgan. O‘tkazilgan tadqiqot natijalarining
ko‘rsatishicha, favqulodda vaziyatlarning shaxs tomonidan qanday idrok etilishi,
ularning salbiy (zararli, xavfli) yoki odatiy hol sifatida baholanishi individning
o‘ziga xos sifat va xususiyatlari bilan asoslanadi va bu bevosita uning
individualpsixologik javobini ta’minlaydi.[3] M.E.Seligman tomonidan o‘tkazilgan
tadqiqot natijalariga ko‘ra, stressga nisbatan munosabat bildirishning o‘ziga xosligi
shundaki, bunda faqat tashqi ta’sirning xarakteri muhim rol o‘ynabgina qolmasdan,
balki subyektning psixologik xususiyatlari ham katta ahamiyatga egadir. [4] Shu
sababli bir xil stressorga nisbatan individlarning munosabati va javob reaksiyasi
ham turlicha bo‘ladi. Shu fikrga tayangan holda М.Селигман stress va frustratsiya
holatlariga nisbatan shaxsning munosabati va javob reaksiyasiga qarab ularning
shaxs-psixologik xususiyatlarini o‘rganib chiqqan. Bunda shaxsning emotsional
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
186
reaksiyasi uning psixik faolligini ta’minlovchi ichki sharoit sifatida qaralgan. Aynan
shu nuqtayi nazardan individning tashqi ta’sirga nisbatan individual, shaxsiy
reaksiyasi stressning vujudga kelishi va uning rivojlanishida muhim rol o‘ynashi
tadqiqot natijalariga ko‘ra tasdiqlangan. Demak, shaxs tashqi ta’sirlarga ko‘pincha
o‘zining psixik holati va emotsionalligi orqali javob qaytaradi. Shaxsning stressogen
vaziyatlarga munosabatini asoslashda uning shaxsiy sifatlari doirasiga kiruvchi
optimizm va pessimizm xususiyatlari ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bilamizki, har
qanday shaxs o’z hayotida ko’plab marotaba stress va frustrasiya kabi salbiy
psixologik holatlarga duch kelishi tabiiy holat, lekin aksariyat kishilar bunday
holatlardan chiqib keta olish yuzasidan psixologik bilim, ko’nikma va malkalarga
ega bo’lmaganligi tufayli o’z ruhiyatini salbiy ta’sirlardan asray olmaydi. Aynan
shunday ko’nikma va malakalar tarkibiga kishining optimistik kayfiyati yoki
optimistik xarakter xislatlariga ega bo’lishi, hech bo’lmaganda shu kabi
ko’nikmalarni o’zida shakllantirishi lozimligini alohida qayd etgan holda, dastlab
optimizm atamasi bilan bog’liq psixologik fikr va mulohazalarni diqqatingizga
havola etamiz.Xorij va rus olimlari tomonidan shaxsning hayot faoliyati bilan
bog’liq bo’lgan stress holatlarini o’rganish yuzasidan olib borilgan tadqiqot
ishlarining ba’zilarida stress va undan chiqib keta olish jarayonida shaxsdagi
optimizm-pessimizm kabi psixologik holatlarning ta’siri o’rganilgan.M.E.Seligman,
F.Ye.Vasilyuk, Yu.M.Zabrodin, M.S.Zamishlyayeva kabi tadqiqotchilar
tomonidan ma’lum bir faoliyat jarayonida kutilmagan vaziyatlarga nisbatan
shaxsning psixofiziologik faolligi va psixik zo’riqishining barqarorlik darajasi
maxsus o’rganib chiqilgan. O’tkazilgan tadqiqot natijalarining ko’rsatishicha,
favqulodda vaziyatlarning shaxs tomonidan qanday idrok etilishi, ularning salbiy
(zararli, xavfli) yoki odatiy hol sifatida baholanishi individning o’ziga xos sifat va
xususiyatlari bilan asoslanadi va bu bevosita uning individualpsixologik javobini
ta’minlaydi.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bo’lajak
kadrlarning nafaqat o’z mutaxassisligi doirasida bilim olishiga, balki ularning
salomatligi masalasiga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa ularning ruhiy
jihatdan salomatligini ta’minlash uchun ularning psixologik savodxonligini
oshirish masalasi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat
bilan muammoning talabalar jamoasida o’rganilganligini ham tahlil qilishga
urindik.Adabiyotlarda shaxs bajarayotgan faoliyatining funksional ishonchliligi u
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
187
boshqarayotgan obyektning holatiga qanchalik to’g’ri va o’z vaqtida o’zgartirishlar
kirita olishiga bevosita bog’liqligi ko’rsatiladi. Bu muammoni talabalik davri bilan
bog’lagan holda o’rgangan rus olimalaridan biri O.N.Stolpovskayaning1fikricha,
talaba o’qish faoliyati davrida o’zining kasbiy kelajagini ko’ra bilsa, uning uchun
o’qishda yuqori natijalarga erishish istagi va shuning natijasida yutuqlarga
erishish imkoniyati ham muhim bo’ladi. Chunki o’qishda yuqori natijalarga erishish
istagini amalga oshirish uchun talabadagi optimistik kayfiyat muhim rol o’ynaydi.
Agar talabada optimistik ruh ustun bo’lsa, u hayoti mobaynida erishib kelayotgan
muvaffaqiyatlari o’z kuchi va imkoniyatlarining natijasi ekanligiga ishonsa,
bunday talabaning yutuqlarga erishishi oson bo’ladi. Bunday talaba omadsizlik va
muvaffaqiyatsizliklarga uchraganida ham bu holat vaqtinchalik, muvaffaqiyatga
erishish imkoniyati esa doimiy ekanligiga ishonadi. O.N.Stolpovskaya o’z
tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga keladiki, talabalik davrida o’quv
faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi voqea-hodisalarni optimistik tarzda tushunish
bilan ham bevosita bog’liq bo’ladi.
Tadqiqot metodologiyasi
. Talabalik davri asosan, o‘smirlikdan to voyaga
yetgunga qadar bo‘lgan oraliq bosqich sifatida tavsiflanadi. Talabalar o'spirinlik
davridagi ko'plab xususiyatlarga ega bo'lish bilan birga, oila muhitidan uzoqlashish
jarayonini boshdan kechirishadi. Ular odatda yolg'iz, uydan uzoqda yashaydilar va
ko'pincha boshqa joylardan kelgan tengdoshlari bilan bog'lanishni boshlaydilar. Oliy
ta'lim darajasida o'qimagan tengdoshlari bilan solishtirganda, talabalar faqat
intellektual faoliyat bilan shug'ullangani uchun hayotning haqiqiy mas'uliyatidan
ajralganga o'xshaydi. Shu bilan birga, shaxs oldingi o'tmishdan uzilib, oldingisidan
ko'p jihatdan farq qiladigan yangi turmush tarzini qabul qiladi. [5]
Bugungi kunda oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan boʻlajak
kadrlarning nafaqat oʻz mutaxassisligi doirasida bilim olishiga, balki ularning
salomatligi masalasiga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa ularning ruhiy
jihatdan salomatligini taʼminlash uchun ularning psixologik savodxonligini oshirish
masalasi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan muammoning
talabalar jamoasida oʻrganilganligini ham tahlil qilishga urindik.
Yosh avlod taʼlim jarayonida oʻzining oʻqish faoliyatida ijobiy motivlarni toʻla
anglay olsagina, u kelajakda oʻz oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilib,
ijodiy maxsullar yarata oladi. Bu esa mustaqillikni qoʻlga kiritgan
Respublikamizning jahondagi ilgʻor davlatlar qatoriga qoʻshilishiga katta hissa
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
188
boʻladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti oʻzgaruvchan sharoitlarda mehnat
qilishga layoqatli boʻlgan, yuqori malakali mahalliy kadrlarsiz Oʻzbekiston
Respublikasining mustaqilligini tasavvur qilish qiyin. Nafaqat umumiy maʼlumotlar
va tarbiyani, balki kadrlarning kasbiy yoʻnalishi, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash
va malakasini oshirishni oʻz ichiga oladigan yagona uzluksiz milliy taʼlim tizimini
yaratish vazifasi ilgari surilmokda. Bunda, Oʻzbekistonning oʻziga xos hususiyatlari,
xalqning milliy psixologik turmush tarzi, taʼlimdagi butun jaxon tajribasining eng
yaxshi yutuqlari har tomonlama eʼtiborga olinishi lozim. Joriy etilayotgan tizimda
mustaqil fikrlash qobiliyatini tarbiyalashda oʻqituvchi bilan oʻquvchi munosabatini
tubdan oʻzgartirish, oʻquv jarayonini insonparvarlashtirish muhimdir. Bu masala
bevosita yoshlarning tafakkuriga, ongiga, ruhiyatiga taʼsir etish bilan amalga
oshiriladi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, har tomonlama yetuk, jahon
standartlariga toʻla javob bera oladigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash
davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan ilgari surilayotgan eng muhim maqsadlardan
biri hisoblanadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun esa, boʻlajak kadrlarni har
tomonlama sogʻlom boʻlishlarini taʼminlash ham ustuvor vazifa sanaladi. Shu
jihatdan olib qaraganda, oʻspirinlik davri inson hayotidagi muhim jihat sanalib,
ushbu davrda shaxs oʻzining turmush, oʻqish va kasbiy faoliyatlarini maʼlum asosda
tizimlashtirishi talab etiladi. Oʻspirinda oʻzining ruhiy dunyosini, shaxsiy
fazilatlarini, intellektual salohiyatini, qobiliyatini, hamda, imkoniyatini aniqlashga
intilish kuchayadi. Ularda oʻz hissiyotlarini, ichki kechinmalarini tushunishlariga,
yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni toʻgʻri yoʻl orqali bartaraf etishlariga yordam
berish muhimdir. Umuman olganda, ularda vujudga kelishi mumkin boʻlgan
psixologik nosogʻlomlikni oldini olish va kelgusi faoliyatlarini toʻgʻri tashkil eta
olishlari uchun ulardagi hissiy zoʻriqishlarning ijtimoiy–psixologik omillarni
aniqlash va psixoprofilaktik hamda psixokorreksion dasturlar ishlab chiqish
psixologiya sohasidagi dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Talabalar boshdan kechirayotgan stress o'rganish, o'rganish va bilimlarni tahlil
qilish sifatiga ta'sir qilishi, akademik natijalarga to'sqinlik qilishi mumkin. O'z
navbatida, akademik ko'rsatkichlar bilan bog'liq qiyinchiliklar ham noqulaylik
tug'diradi, buning natijasida umumiy stress kuchayadi, bu esa ushbu yosh guruhida
kasallanish darajasining oshishiga olib keladi.[6]
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
189
Stress aysberg choʻqqisi kabi insonda mavjud boʻlgan chuqur psixologik
muammolarning mavjudligini koʻrsatadi va stress terapiyasini uning simptomlarini
bartaraf qilishga olib keladi, xolos. Shuning uchun psixolog stress simptomlarini
diqqat bilan oʻrganishi va tahlil qilishi lozim, bu unga inson, uning tamoyillari va
ustanovkalari, uning atrofdagilar bilan munosabatlari, uning oʻtmishi va hatto
kelajagi toʻgʻrisida koʻpgina muhim maʼlumotlarni beradi. Ushbu muammo
Oʻzbekistonda aynan tadqiqot obyekti sifatida ilmiy jihatdan oʻrganilib, maʼlum bir
manbalarda qayd etilmagan boʻlsa-da, lekin stress muammosi oʻzbek olimlari
E.Gʻ.Gʻoziyev, Z.T.Nishonova, N.G.Kamilova va ularning shogirdlari tomonidan
oʻrganilgan.
E.G’.G‘oziyev fikricha, qiyinchilikning asosiy sabablari talabalar oʻquv
faoliyatining toʻgʻri usullarini bilmasligi, aqliy mehnatda kuch va imkoniyatlarni bir
tekis taqsimlay olmasligidan iborat boʻlib, bular aqliy zoʻriqishning negizi
hisoblanadi. Talabalarda vujudga kelgan aqliy zoʻriqish tasodifiy psixologik hodisa
emas, uning zamirida shaxsiy oʻquv faoliyatini oqilona boshqarish uquvining
zaifligi yotadi.[7]
Xorij olimlari G. Selye, M. Perret, Ellis T.L. Kryukova, Rajendran, Kaliappan
va boshqa olimlar tomonidan talabaning hayot faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan stress
holatlarini oʻrganish yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlarining baʼzilarida stress
va undan chiqib keta olish jarayoni psixologik holatlarning taʼsiri oʻrganilgan.
Tahlil.
Stressga barqarorlik me’yoriy ishlash, boshqalar bilan samarali o‘zaro
munosabat va murakkab stressli sharoitlarda insonning ichki uyg‘unligini
ta’minlashning muhim omilidir. Shuni ta’kidlash kerakki, stressga barqarorlikka
nisbatan ko‘plab ta’riflari mavjud bo‘lib, ular quyidagicha ta’riflanadi: hissiy
barqarorlik, psixologik barqarorlik, shaxs barqarorligi, psixofiziologik barqarorlik,
axloqiy barqarorlik, axloqiy-psixologik barqarorlik, hissiy-irodaviy barqarorlik.
Ushbu tadqiqotlar doirasida M.Tishkova tomonidan berilgan ta’rif eng mukammal
deb baholanadi. Uning fikricha, stressga barqarorlik:
1) xavfli signalni tashkil etuvchi va xulq-atvorlarning o‘zgarishiga olib
keladigan kuchli yoki g‘ayrioddiy ogohlantirishlarga chidash qobiliyati;
2) stress omillari ta’sirida yuzaga keladigan haddan tashqari qo‘zg‘alish va
hissiy taranglikka dosh berish qobiliyati;
3) faoliyatga aralashmasdan yuqori darajadagi faollashuvga dosh berish
qobiliyati;[8]
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
190
Bir qator izlanishlarda barqarorlik, stressga tolerantlik «emotsional
barqarorlik» tushunchasiga mohiyatan bog‘liq ekanligi qayd etiladi. Shu o‘rinda
stressga barqarorlik borasidagi ayrim ta’riflarga e’tiborimizni qaratamiz.
V.M.Pisarenko hissiy barqarorlik deganda, ish qobiliyatining oshishiga olib
keladigan hissiy holatning o‘zgarishi bilan keskin vaziyatlarga javob berish
qobiliyatini tushunadi [9]. O.A.Chernikovaning fikriga ko‘ra, shaxsning hissiy
barqarorligi uning kuchli his-tuyg‘ularni boshdan kechirishni to‘xtatganligida emas,
balki bu his-tuyg‘ular qulay, jadal darajasiga yetganida namoyon bo‘ladi [10].
E.A.Milerian hissiy barqarorlikni hissiy holatlarni boshqarish yoki hissiy jihatdan
barqaror bo‘lish qobiliyati, ya’ni turli xil faoliyat sharoitlarida hissiy reaktsiyalarni
tavsiflovchi miqdorlarda kichik o‘zgarishlarga ega bo‘lish deb ta’riflaydi[11].
S.M.Oyaning fikricha, hissiy barqarorlik - bu murakkab motorli harakatlarni
bajarishda haddan tashqari hissiy qo‘zg‘alish holatini yengish qobiliyatidir[11.
B.H.Vardanyaning fikriga ko‘ra, hissiy barqarorlik konsepsiyasi faoliyatning barcha
tarkibiy qismlarining maxsus o‘zaro ta’siridan kelib chiqadi. Muallif hissiy
barqarorlikni hissiy vaziyatda faoliyatning barcha tarkibiy qismlari o‘rtasidagi
uyg‘un munosabatlarni ta’minlaydigan va shu bilan faoliyatning muvaffaqiyatli
bajarilishiga yordam beradigan shaxsiy xususiyat sifatida belgilaydi[12].
Tadqiqotchilar V.A.Bodrov va A.A.Oboznovlar tomonidan “stressga barqarorlik”
atamasini qo‘llagan holda insonning ekstremal ekologik omillar ta’siriga va kasbiy
faoliyatga zaruriy moslashish darajasi bilan tavsiflangan shaxsning integral
xususiyatini anglatishi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, shaxs organizmi va psixikasi
zahiralarining faollashuv darajasi bilan belgilanadi; uning funksional holati va
ishlashi ko‘rsatkichlarida o‘zini namoyon qiladi[13].
Xulosa
.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, har tomonlama yetuk, jahon
standartlariga toʻla javob bera oladigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash
davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan ilgari surilayotgan eng muhim maqsadlardan
biri hisoblanadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun esa, boʻlajak kadrlarni har
tomonlama sogʻlom boʻlishlarini taʼminlash ham ustuvor vazifa sanaladi. Shu
jihatdan olib qaraganda, oʻspirinlik davri inson hayotidagi muhim jihat sanalib,
ushbu davrda shaxs oʻzining turmush, oʻqish va kasbiy faoliyatlarini maʼlum asosda
tizimlashtirishi talab etiladi. Oʻspirinda oʻzining ruhiy dunyosini, shaxsiy
fazilatlarini, intellektual salohiyatini, qobiliyatini, hamda, imkoniyatini aniqlashga
intilish kuchayadi. Ularda oʻz hissiyotlarini, ichki kechinmalarini tushunishlariga,
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
191
yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni toʻgʻri yoʻl orqali bartaraf etishlariga yordam
berish muhimdir. Umuman olganda, ularda vujudga kelishi mumkin boʻlgan
psixologik nosogʻlomlikni oldini olish va kelgusi faoliyatlarini toʻgʻri tashkil eta
olishlari uchun ulardagi hissiy zoʻriqishlarning ijtimoiy–psixologik omillarni
aniqlash va psixoprofilaktik hamda psixokorreksion dasturlar ishlab chiqish
psixologiya sohasidagi dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishimiz kerakki, talabalarga yengish usullarini
taklif qilish kerak. Talabalar tinchgina fikr yuritishi yoki tinchlantiruvchi
mashg'ulotlar bilan shug'ullanishi mumkin bo'lgan xonadagi "tinchlik maydoni"
yordam berishi mumkin.
muvaffaqiyatlari haqida qayg'urayotganingizni eslatish kerak. Misol uchun,
"Men
siz haqingizda qayg'uraman va men siz qanchalik ajoyib ish qilishingizni
bilaman."
Talabani yoki muammoni e'tiborsiz qoldirmang yoki undan qochmang. Stress
manbalari organizm tomonidan bir xil stress reaksiyalariga qaramasdan
o'zgarganligi sababli, birinchisini tushunish talabalarning stress darajasini
pasaytirishga qaratilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqishga yordam beradi va bu o‘
navbatida shaxsning yaxlit farovonligiga hissa qo'shadi.Talabalar do'stlari va oilasi
bilan gaplashishi kerak- ular uni eng yaxshi bilishadi va talabaga eng ko'p
qayg'uradilar. O'spirinlik - bu jadal rivojlanish va shaxsning tez o'zgarishi davri.
Aynan shu bosqichda o‘spirinning bo'lajak mutaxassis sifatida shakllanishi sodir
bo'ladi. Talaba oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotganda muqarrar ravishda turli
qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Ushbu qiyinchiliklar universitetdagi o'qish va
talabaning shaxsiyat omillari bilan bog'liq bo'lgan juda ko'p turli sabablar bilan
bog'liq bo'lishi mumkin. Oliy ta‘lim hayotining birinchi yilida stressning asosiy
sababi keskin o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Talaba yangi joyga, yangi
buyurtmalarga moslashishi kerak, u yangi muhit va unga notanish odamlar bilan
o'ralgan. Bundan tashqari, sobiq sinfdoshlar, do'stlar doirasi bilan munosabatining
kuchi yo'qoladi. Ba'zilar uchun bolalik allaqachon tugaganini tushunish qiyin.
Ba'zilar uchun bu ham katta stressdir. Shaxsning emotsional zo‘riqishni bartaraf
etishning Yengish strategiyasi ham stressni yengishda muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi. Shaxsning stressni yengish uchun kurashish harakatlari, kurashish
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
192
strategiyalari, kurash uslublari, xatti-harakatlarga dosh berishi stressga
chidamliligini yanada mustahkamlaydi.
ADABIYOTLAR
1.
American
Psychological
Association.
www.unicef.org
-
ЮНИСЕФнинг сайти маълумотлари (мурожаат ҳолати 29.10.2022)
2O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019 y.,
06/19/5847/3887-son.
2.
2020 yil 27 fevraldagi PQ–4623-sonli “Pedagogik ta’lim sohasini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori.
3.
Бодров В.А. Информационний стресс. – М.: Изд-во «Институт
психологии РАН», 1997. –С. 259.
4.
Селигман М. Как научиться оптимизму. – М.: «Вече», 1997. –С.
163.
5.
Яруллина Л.Р., Корчагин Е.А., Нигматулина Д.С. Учебные стресс-
факторы студентов вуза и пути их предупреждения и преодоления.
6.
Андреева Е.А., Соловьева С.А. Особенности проявления стресса у
студентов во время сдачи экзаменационной сессии.
7.
Ғозиев Э.Ғ. Онтогенез психологияси. Тошкент. 2010.
8.
Тышкова М. Исследование устойчивости личности детей и
подростков в трудных ситуациях // Вопросы психологии. - 1987. - №1.
9.
Писаренко В.М. Устойчивость эмоционального состояния
спортсмена в условиях соревнований // Пути достижения трудной цели в
спорте. - М., 1984.
10.
Черникова О.А. Исследование эмоциональной устойчивости как
важнейшего показателя психологической подготовленности спортсмена к
соревнованиям // Психологические вопросы спортивной тренировки: сб.
научн. ст. - М.: ФиС, 1967.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
193
11.
Милерян Е.А. Обсуждение и теоретическое обобщение
экспериментальных материалов // Очерки психологии труда оператора: сб.
научн. ст. - М.: Наука, 1974.
12.
Варданян
Б.Х.
Механизмы
регуляции
эмоциональной
устойчивости // Категории, принципы и методы психологии. Психические
процессы. - М., 1983.
13.
Бодров В.А., Обознов А.А. Система психической регуляции
стрессоустойчивости человека-оператора // Психологический журнал. - 2000.
- Т.21. - №4.
14.
Wikipedia.com
