“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
248
TUGALLANGAN IKKI TURDAGI IQTISODIYOT
Abduxoliqov Kamoliddin Maxammadjonovich
O’zsanoatqurilishbank ATB Korporativ Markaz
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Iqtisodiy o‘sishda ijtimoiy-iqtisodiy modellar,
Janubiy Koreyaning samarali rivojlanish tajribasi, O‘sishning sekinlashish sabablari
haqida yoritib berildi.
Kalit so’zlar:
Biznes, iqtisodiy o’sish, Janubiy Korea mo’jizasi, taqsimlash va
savdo, ijtimoiy soha.
Iqtisodiyot
— bu ishlab chiqarish, taqsimlash va savdo, shuningdek, tovarlar
va xizmatlarni isteʼmol qilish sohasini oʻrganish sohasi. Umuman olganda, u tanqis
resurslarni ishlab chiqarish, ishlatish va boshqarish bilan bogʻliq amaliyotlar, nutqlar
va moddiy ifodalarni taʼkidlaydigan ijtimoiy soha sifatida belgilanadi.[1]
Asosiy qism:
Bugungi kunda dunyoda qashshoqlik va kambag‘allikka barham
berish hamda barqaror rivojlanishni ta’minlash muammolari markaziy o‘rinda
turibdi. Soni о‘sib borayotgan aholi uchun mos, to‘yimli va xavfsiz oziq-ovqat
mahsulotlaridan foydalana olishni ta’minlash deyarli barcha halqlar to‘qnash
kelayotgan eng murakkab muammolardan biri hisoblanadi. 0 ‘zbekistonni 2030-
yilgacha
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
konsepsiyasida
makroiqtisodiy
barqarorlikni va iqtisodiy o‘sish barqarorligini ta’minlash, iqtisodiyot
tarmoqlarining raqobatbardoshligini, investitsion va eksport salohiyatini oshirish,
tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish,
mehnat bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o‘sishi va kam
ta’minlanganlikni qisqartirish nazarda tutiladi. Iqtisodiy o'sish, jumladan uning sifati
to‘g‘risidagi masala mamlakat, uning mintaqalari, umuman biror-bir ijtimoiy
tizimning rivojlanish istiqbollarini aniqlash uchun ham juda muhim. Iqtisodiy o‘sish
jamiyatning rivojlanish istiqbollarini prognozlash imkonini beradi. Bundan tashqari,
iqtisodiy o‘sish resursllaming cheklanganligi muammosini hal etish uchun sharoit
yaratadi.[2]
Iqtisodiyo‘sishda shunday omillarham borki, ularning iqtisodiy o‘sishga
ta’sirini aniqlash qiyindir. Masalan, AQSH ning boy tabiiy zaxiralaridavlatning
iqtisodiy o‘sishga katta hissa qo‘shgan. AQSHda mo‘l hosil yetishtirish uchun tabiiy
sharoitlar, energetik zaxiralar, mineral va boshqa resurslar ko‘p. Ushbu zaxiralarni
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
249
hajmi jihatdan AQSHga faqatgina Rossiya yoki Kanadani tenglashtirish mumkin.
Lekin tabiiy resurslarning o‘zigina iqtisodiy o‘sishni ta’minlab berolmaydi. Tabiiy
resurslari kam bo‘lgan davlatlarda ham iqtisodiy o‘sish tez sur’atlarda bo‘1ishi
mumkin. Masalan Yaponiya cheklangan resurslarga ega bo‘lib, ikkinchi jahon
urushidan keyin tez sur’atlarda rivojlandi. Bundan tashqari shunday omillar ham
borki ularni baholashning umumaniloji yo‘q, masalan AQSHning iqtisodiy o‘sishiga
davlatdagi umumiy ijtimoiy, madaniy va siyosiy muhit ham munosib o‘rin
egallagan. AQSHda boshqa davlatlarga nisbatan ijtimoiy, ma’naviy cheklashlar
deyarli yo‘q, rivojlanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Amerikaliklar orasida
biznesmen, novator, kashfiyotchilar katta hurmatga ega.
Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan
moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish
omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga
aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat
turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma
bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi.
Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat
vositalari boʻli-shini taqozo etadi.[3]
Koreya urushi 1953 yili tugadi. Biroq ikkala taraf ham tinchlik bitimini rasman
imzolamasdan, otashkesim e‘lon qilishgan. Urush oqibatida Janubiy Koreya iqtisodi
butunlay vayron bo‘lgan edi va yalpi ichki maxsuloti miqdori aksar Afrika
mamlakatlaridan ham past edi. Bugun Janubiy Koreya dunyoda gurkirab
rivojlanayotgan yirik iqtisodlardan biri. Bu kabi yuksak yutuqlarga mamlakat kam
tabiiy boyliklari bilan ham erisha oldi. Hozirda bu o‘lka neft import qilayotgan
mamlakatlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Janubiy Koreyaning iqtisodiy
fenomenini qanday tushuntirib berish mumkin? Seulda joylashgan joylashgan Ixva
universiteti professori Jasper Kim yutuqlarga erishish jarayonida yetakchi rol
o‘ynagan uchta muhim omilni ta‘kidlab o‘tdi.
O‘z kuchiga tayanish
: Janubiy Koreya bugungi kunda erishgan boyligini
deyarli yo‘q narsa ustida yaratdi, deb aytish mumkin. Biroq bu mamlakat o‘zining
yagona zaxirasini ustalik bilan ishga soldi. Bu - uning aholisi, odamlar – insoniy
zaxiralardir.
Ham hukumat, ham aholi ish kuchi o‘ta ma‘lumotli bo‘lishining ahamiyatini
yaxshi anglab olib, milliy malaka oshirish dasturiga barcha vositalarini tashladilar.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
250
Amalga oshirilgan dastur katta muvafaqiyatlarga yetakladi. Buning natijasida
mamlakatda yuqori ma‘lumotli va o‘ta malakali muhandis va xizmatchilarning
butun boshli armiyasi paydo bo‘ldi. Ular ishlab chiqarish tizimining poydevorini
tashkil etdilar. O‘z navbatida iqtisod bu kuchga tayanib gurkirab rivojlana boshladi.
Erishilgan maqsad har qanday chorani oqlaydi
. 1961 yili mamlakatda
sodir bo‘lgan harbiy to‘ntaruv oqibatida Prezident Pak Chon Xi hokimiyatga keldi.
U davlat tepasida o‘n sakkiz yil o‘tkazgan davr muddatida industrial
takomillashtirishga qaratilgan dastur to‘liq amalga oshirilib, bugungi kundagi
taraqqiyotga olib keldi. Shu bilan bir vaqtda u qattiqqo‘l siyosat tarafdori edi.
Mamlakatda harbiy holat o‘rnatgan va ko‘proq vakolatlarni qo‘lga kiritish
maqsadida konstitutsiyani o‘zgartirgan siyosatchi sifatida ham tarixda qoldi. Biroq
qo‘lidagi bor hokimiyatdan foydalanib, u korruptsiyaga botgan, deb o‘ylagan
mahalliy korchalonlarni mamlakat sanoatiga, xususan kemasozlikka sarmoya
kiritishga majbur qilgan edi. Professor Kimga ko‘ra, bugun zamonaviy Koreya
jamiyati, bir tomondan, Pakning boshqaruv usulini qabul qila olmaydi. Biroq,
boshqa tomondan, aynan ushbu boshqaruv usuli urushdan vayron bo‘lgan mamlakat
iqtisodini 1960-70 yillarda oyoqqa turg‘azishda o‘zini oqlagan. Pakning diktatorlik
boshqaruvi 1979 yili uning o‘ldirilishi bilan tugagan. Janubiy Koreyani hozirda
uning qizi Pak Kin Xe boshqarib keladi.
Biznes - oilaviiy ish
. Janubiy Koreya erishgan iqtisodiy yutuqlarni "Chebol"
deb nom olgan tizimsiz tasavvur qilish qiyin. Mazkur tizim rasman mustaqil bo‘lgan
bir necha shirkatlar guruhi bitta oilaning ma‘muriy va moliyaviy nazorati ostida
bo‘lishini ifodalaydi. Jahonda bunday tizimlardan eng mashhuri - "Samsung"
korporatsiyasi 1938 yildan boshlab Li oilasining qo‘lidadir. Uning hozirgi rahbari
72 yashar Li Gon Xi boshqaruv jilovini o‘z otasidan 1987 yili qabul qilib olgan edi.
Uning eng munosib vorisi 46 yoshli o‘g‘li Li Dje Yon deb hisoblanadi.[4]
Xulosa qilib aytganda iqtisodiy o’sish - ishlab chiqarishni takomillashtirish,
iqtisodiyotda progressiv o‘zgarishlar va qayta qurishlarning muhim shart-sharoitidir.
Iqtisodiy o’sishga tashqi omillarning tasiri yuqori bunga misol etib esa Korea
mo’jizasini ko’rishimiz mumkin.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
251
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://www.academia.edu/9294719
3.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ishlab_chiqarish
4.
https://www.bbc.com/uzbek/lotin/2015/01/150129_latin_koreya_miracle
