Authors

  • Saminjon Sultonov
    Saminjon
  • Dastonbek Anvarov
    91-21 YSTJ guruh talabasi, Farg‘ona politexnika instituti, Farg‘ona, O’zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62143

Keywords:

paxta va xrizotil tolasi tanda va arqoq ipi laboratriya sinov olib borish uchun asbob uskunalar

Abstract

Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoatida ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligi va ularning sanoat rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, mamlakatimizda standart talablariga asoslangan holda sifatli to‘qimachilik olovbardosh matosi ishlab chiqarilganligi va ushbu matoning fizik-mexanik xossalari tadqiq etilganligi keltirilgan. Ilmiy tadqiqotlarning innovatsion yondashuvlari, texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilishdagi roli va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar orqali sanoatdagi ekologik masalalarni hal qilish, resurslardan tejamkor foydalanish va mahsulot sifatini yaxshilash usullari o‘rganilgan. Maqolada tadqiqot natijalari asosida to‘qimachilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Ushbu izlanish to‘qimachilik sanoati uchun barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda nazariy va amaliy ahamiyatga ega.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

364




TO'QIMACHILIK SANOATIDA ILMIY TADQIQOTLARNING

NATIJADORLIGI VA RIVOJLANISH IMKONIYATLARI

Sultonov Saminjon To’xtasinovich

Farg'ona politexnika instituti Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti, Farg‘ona,

O’zbekiston

E-mail:

saminjon007@gmail.com

Anvarov Dastonbek Asqarali o‘g‘li

91-21 YSTJ guruh talabasi, Farg‘ona politexnika instituti, Farg‘ona, O’zbekiston

Annotatsiya.

Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoatida ilmiy tadqiqot

ishlarining samaradorligi va ularning sanoat rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi.
Xususan, mamlakatimizda standart talablariga asoslangan holda sifatli to‘qimachilik
olovbardosh matosi ishlab chiqarilganligi va ushbu matoning fizik-mexanik
xossalari tadqiq etilganligi keltirilgan. Ilmiy tadqiqotlarning innovatsion
yondashuvlari, texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilishdagi roli va ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ilmiy
izlanishlar orqali sanoatdagi ekologik masalalarni hal qilish, resurslardan tejamkor
foydalanish va mahsulot sifatini yaxshilash usullari o‘rganilgan. Maqolada tadqiqot
natijalari asosida to‘qimachilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha
tavsiyalar beriladi. Ushbu izlanish to‘qimachilik sanoati uchun barqaror rivojlanish
strategiyalarini ishlab chiqishda nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Kalit sо‘zlar:

paxta va xrizotil tolasi,tanda va arqoq ipi, laboratriya sinov olib

borish uchun asbob uskunalar.

Kirish

Mamlakatimizda 1991-yilda paxta tolasini qayta ishlash hajmi 7 foizdan

oshmagan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 40 foizgacha o‘sdi. Bugungi kunda
tarmoq korxonalari mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini jahondagi 50 dan ziyod
mamlakatga eksport qilmoqda. Jumladan, so‘nggi yillarda Braziliya, Chili,
Xorvatiya, Nigeriya kabi davlatlarga yengil sanoat mahsulotlarining eksporti yo‘lga
qo‘yildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

365




dekabrdagi «2017-2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori sohada yangi imkoniyatlar
eshigini ochdi. Mazkur dastur 2020-yilga qadar yurtimizda yetishtirilgan paxta
tolasini to‘liq qayta ishlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport
salohiyatini 2,7 barobardan ko‘proqqa oshirish hamda ichkiy atashqi bozorga
yetkazib berishni nazarda tutadi, deydi “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati
boshqarma boshlig‘I o‘rinbosari SanjarTo‘xtayev. Bu yengil sanoat tarmog‘ining
yangi raqobatbardosh qiyofasini yaratish va jahon savdo maydonlariga ishonchli
kirib borishimizni ta’minlaydi

Tadqiqot metodologiyasi

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19 may 2020 yildagi PF-5997-son

Farmoniga muvofiq “Yong‘in xavfsizligi tо‘g‘risida’g’i О‘zbekiston Respublikasi
Qonunini bajarilishi yuzasidan, yong‘inlarning oldini olish va ularni о‘chirishishida,
muhandis-texnik xodimlarni, ishchi va xizmatchilarni sog‘ligi va xavfsizligini
ta’minlash maqsadida “Maxsus keyimlar uchun mо‘ljallangan tо‘qimalarning
olovbardoshlilik xususiyatini oshirish maqsadida’paxta tolasiga xrizoti ltolasini
aralashtirish orqali sifatli ip va tо‘qimalari shlab chiqarish, assortimentlar guruhini
kо‘paytirish, eksportbop tayyor mahsulotlar bilan jahon bozorini tо‘ldirish borasida
salmoqli ishlarni amalga oshirishni taqozo etadi.

GOST 12.1.004-01 “Yong‘in xavfsizligi” standartida keltirilgan bо‘lib,

yong‘inni oldini olish chora-tadbirlarini va yong‘inga qarshi himoya tizimlarini
qо‘llashni,shuningdek tashkiliy texnik tadbirlarni о‘z ichiga oladi hamda
yong‘inning xavfli omillari yoki ikkilamchi ta’siri odamlarni ommaviy
jarohatlanishiga sabab bulishi mumkin bо‘lgan obektlarda yong‘in chiqish
ehtimolini eng past darajasini ta’minlovchi yong‘in xavfsizligi tizimlariga ega
bо‘lishi lozimligi kо‘rsatilgan. Respublikamizda tо‘qimachilik materiallarini
alangalanishini tekshirishda O`zDst 2456:2012 “Tо‘qimachilik gazlamalarining
yong‘in xavfsizligi.Dekarativ gazlamalar Sinflani shi va alangalanishiga sinash
usuli” standartiga amal qilinadi.

Ma’lumki,olovbardosh tо‘qimalar о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lib, shu

bilan birga tolali materiallar va yong‘indan himoyalovchi inson sog‘ligi hamda
xavfsizligini himoya qilish xususiyati bilan baholanadi. Ishlab chiqarilgan
olovbardosh tо‘qimachilik iplari va tо‘qimalaranig xusiyatga ega bо‘lishi bilan
birga, о‘tо‘chiruvchi hodimlarning maxsus kiyimlari havo о‘tkazuvchanligi hamda


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

366




о‘tо‘chiruvchi xodimlarining tezkor yordam kо‘rsatish harakatiga mosholda
qulayliklarga ega bо‘lishini ta’minlash talab etiladi. О‘tо‘chiruvchi hodimlarning
maxsus kiyimiga qо‘yilgan talablarni о‘rganish natijalariga kо‘ra yuqorida qayd
etilgan xususiyatlarni yaxshilash maqsadida olovbardos hipva tо‘qimalar olish
nafaqat tо‘qimaning sirtiga kimyoviy himoya qoplamlar singdirish orqali, balki
xrizotil tolasini paxta tolasiga aralashtirish yо‘li orqali erishish hartomonlama qulay
hisoblanadi. Xrizotil tolasini paxta tolasiga aralashtirish va iplarning sirtida chiqib
qolgan paxta tola ilmoqliuchlarini olov alangasidan saqlab qolish uchun ohorlash
jarayoni miqdoriy qismininazariy tahlilini bajarish ilmiy ishda qо‘yilgan maqsadga
erishish uchun imkon yaratadi.Ishda qо‘yilgan maqsadga erishish uchun
belgilanadigan vazifalarni bajarish olinadigan olovbardos hipva tо‘qimaning
imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuning uchun xrizotil tolasini paxta tolasiga
aralashtirish yо‘li orqali ishlab chiqarilgan о‘t о‘chiruvchi hodimlarining maxsus
kiyimlarini ishlab chiqarishga mо‘ljallangan tо‘qima uchun ipning ohordan о‘tish
tezligini aniqlash, ohorning ipga tо‘liq singdirish kо‘rsatkichini belgilab berdi.
Tadqiqot obekti sifatida xrizotil tolasi vapaxta tolasi, ip oxorlash jihozlari tanlandi.
Ishlab chiqarilgan iplarning sifat kо‘rsatkichlarini aniqlash uchun zamonaviy
jihozlardan foydalanildi. Xrizotil (toshpaxta)tolasi va paxta tolasi bilan aralashtirish
yо‘li orqali undan olingan olovbardosh ipning sifatini yaxshilashdan iborat.
Kо‘zlangan maqsadga erishish uchun turli foizlar miqdorida xrizotil va paxta tolasi
aralashmali iplar olishga erishildi, ishlab chiqarilgan iplarning fizika-mexanikaviy
xossalari yaxshilandi, iplar assortimenti kо‘paydi. Xrizotil va paxta tolalaridan
unumli foydalanish, uning tolalarni yig‘ishning mavsumiga, uni qayta ishlashga
bog‘liq bо‘lib, ishlab chiqarilgan iplar aralashma tarkibli olovbardosh tо‘qima ishlab
chiqarish imkonini beradi va о‘tо‘chiruvchi xodimlarining maxsus kiyimlari uchun
mos kelishi va xodim uchun eng avval oxavfsizligi hamda havo о‘tkazuvchanligini
ta’minlaydi. Xrizotil va paxta tolasini qayta ishlash va ip ishlab chiqarish bо‘yicha
kо‘p izlanishlar va tadqiqotlar olib borilgan, ammo shu kunga qadar amalga
oshirilgan ishlar shuni kо‘rsatadiki, bajarilgan tadqiqotlar nazariy va amaliy jihatdan
asosliligi yetarli darajada oxiriga yetkazilmagan. Xrizotil va paxta aralashmali
tо‘qimalar ishlab chiqarish uchun tanda iplarni tanlashda uning pishiqligi va suvga
kirishuvchanligi kam, havo о‘tkazuvchanligi, gigiyenik xususiyati muhim
hisoblanadi. Tо‘qimadan foydalanish jarayonida yuqorida qayd etilgan xususiyatlar
mujassam bо‘lishi zarur.Aralashma iplarning fizik-mexanik xosalarini tahlil etishda,


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

367




ularni shakllantirish parametrlarining ma’lumotlari, matematik statistika uslublariga
asoslangan. Tajribaviy tadqiqotlar TTESI qoshidagi “CentexUz” sinov
laboratoriyasi hamda O’Z FVVYOX ITI qoshidagi sinov laboratorisining
zamonaviy asbob-uskunalarida о‘tkazildi.

Tadqiqot natijalari

Turli foizlar miqdorida xrizotil va paxta tolasi aralashmali iplarning fizik–

mexanik xossalari tahlil qilingan va taqqoslash uchun muqobil variant tanlangan;

Ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun namuna iplari olingan va olovbardosh

matotо‘qilgan turli foizlar miqdorida Xrizotil va paxta tolasi aralashmalar tanlandi
va aralashmalardan iplar olish hisoblari bajarildi;

Turli foizlar miqdorida Xrizotil va paxta tolasi aralashmali iplarning fizik–

mexanik xossalari tahlil qilindi vataqqoslash uchun muqobil variant tanlandi; ishlab
chiqarishga tadbiq etish uchun namuna iplar iolindi.

Xrizotil va paxta tolasi aralashmali iplarning olovgabardoshlilik darajasi 70%

ga oshganligi aniqlandi; Ishlab chiqarilgan Xrizotil va paxta tolasi aralashmali
iplarning sifatini yaxshilanishi, ularga bо‘lgan iste’molchilarning ehtiyojini
oshiradi; Xrizotil va paxta tolasi aralashmali iplarning uzish kuchi paxta va lavsan
aralashmali iplarga nisbatan 37% gaoshdi. Tabiiy xrizotil tolasi va paxta tolasi
asosida olingan olovbardosh tо‘qimachilik materiallarini fizik-mexanik yong‘in-
texnik xossalarini tadqiq etish, ularni takomillashtirish bо‘yicha tajriba sinovlarini
о‘tkazish о‘ziga xos murakkablikga ega. Asosiysi tо‘qimachilik materiallarini
olovbardoshligiga ta’sir etuvchi omillarni kо‘pligi, ularni bir-biriga bog‘liqligi
hamda о‘zgarish chegaralari aniq emasligi hisoblanadi. Shuning uchun ta’sir etuvchi
aksariyat hollarda ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Tajribalar uch taqaytalikda
о‘tkazildi. Tajriba natijalari quyidagi tartibda matematik qayta ishlandi.

Tajriba natijalarida keskin ajralib turgan qiymatlarni chiqarib tashlash;
Tasodifiy, о‘lchamlarni sonli xarakteriskasini aniqlash: о‘rtacha qiymati,

dispersiya yoki о‘rtacha kvadrat cheklanishi, va regressiya tenglamalari va ularni
koeffitsentlarini aniqlash: olingan tenglamani adekvatligini aniqlash va tahlil qilish.

Tajriba natijalarida keskin ajralib turgan kiruvchi va chiquvchi omillar

qiymatlarini chiqarib tashlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

о‘rtacha qiymat {

𝑉

̅} va dispersiya S2{y} Bunda m-tajriba qaytaliligi, V-kirish

omilini tajribada aniqlangan qiymati,

𝑉

̅- О‘rtacha qiymat. Sо‘ngra smirnova-


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

368




Grabskriteriyasining hisobiy qiymati bо‘yicha maksimal qiymat Vi maxdan keskin
farqqiluvchi tajribaviy qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi.

Vr

max

= (Vr

max

)Tajribada olingan natijalari keskin farqqiluvchi minimal

qiymati Vrminaniqlandi. VrminSо‘ngra aniqlangan Vrmax va Vrmin

qiymatlarini

kriteriyani kritik qiymati bilan taqqoslandi. Regressiya tenglamasi turini aniqlash
uchun V=(

𝑥

) grafigi qurildi.(V- chiqish parametri) x-ta’sir etuvch iomillar.

Regressiya tenglamasi koeffitsiyentilarini aniqlashda kichik kvadratlar

metodidan foydaldaniladi.Chiziqli tenlamalar koeffitsiyentini (y=

𝛼

0 +

𝛼

1 x) va

chiziqli bо‘lmagan tenglamalar koeffitsiyentlari (y=

𝛼

0 +

𝛼

1 x+

𝛼

2 x2)

kо‘rsatkichlari aniqlandi.

Muhokama

Dunyoda yong‘in xavfsizligi, favqulotda holatlar ,metallurgiya va boshqa

sohalar xizmatlari uchun maxsus keyim, texnik tо‘qima ,izolatsion yopqich
materiallari shlab chiqarish uchun talab etiladigan olovbardosh tо‘qimachilik
tо‘qimalari yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday tо‘qimalarni ishlab
chiqarishda termobarqaror ,yonuvchanligi, alangalanishi kam bо‘lgan tola va
iplardan foydalanishi bilan bir qatorda paxta va xrizotil tolalardan tayyorlangan
tо‘qimalarga antiperin moddalar bilan maxsus ishlov berishning ham о‘z о‘rni va
ahamiyati yuqori. Sohadan kelib chiqib tayyorlanayotgan maxsus kiyimlar uchun
mо‘ljallangan tо‘qimalar tanlab olinishi kerak. Yong‘in xavfsizligi uchun
olovbardosh tо‘qimalar olinsa, boshqa sanoat korxonalari uchun trikotaj, igna bilan
sanchib qavilgan notо‘qima, va materialar va shunga о‘xshash tо‘qimalaridan
foydalanish mumkin. Shunday tо‘qimalarga olovbardoshlik xossasini berib olingan
tadqiqot natijalari о‘rganildi.

Xulosa

Xrizotil tolasi va paxta tolali aralashma tarkibli tuquv ipini maxsus oxorlash

asosida olovbardosh materiallarning yong‘in-texnik xossalari hamda tо‘qimachilik
matolari yong‘inga xavfliligi bо‘yicha yong‘in-texnik tasniflari о‘rganildi.
Olovbardosh mato sifatida tavsiya etilayotgan barcha tо‘qimachilik materiallarining
yong‘in texnik kо‘rsatkichlari va chо‘g‘lanish davomida ajralayotgan tutun hosil
qilish koeffitsiyentilari О‘zDavStandart agentligi tomonidan sertifikatdan
о‘tkazilgan “Qattiq modda va materiallarda tutun hosil qilish koeffyaitsiyentini
aniqlash” qurilmasidan foydalanilgan. Olingan tadqiqot natijalariga kо‘ra, Xrizotil


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

369




tolali aralashma tarkibli tanda va arqoq iplar о‘tо‘chiruvchi xodimlar kiyimi uchun
ishlab chiqariladigan tо‘qima talablariga mos ekanligi va olovbardoshlik hamda
havo о‘tqazuvchanlik xususiyati yuqoriligi, solishtirma uzilish kuchi kamayganligi
aniqlandi.

Adabiyotlar

1.

Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi PF – 4947-son “О‘zbekiston
Respublikasini

yanada

rivojlantirish

bо‘yicha harakatlar strategiyasi

tо‘g‘risida”gi qonuni.

2.

Sh. Mirziyoyevning 2017 yilning 23 maydagi 2992-son “Ichki ishlar organlari
yong‘in xavfsizligi bо‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori.

3.

“О‘zstandart” agentligi tomonidan 14 iyyul 2017 yil №05-81 sonli buyrug‘I
asosida О‘zDst3191-2017 “ О‘tо‘chiruvchi xodimlar kiyimiga qо‘yilgan
texnikaviy shartlar”istandarti.

4.

S.T. Sultonov. (2024). Halqali ip yigirish dastgohlarini cho‘zish uskunasini
takomillashtirish. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 2(1),
60–65. 2.

5.

S. T. Sultanov. (2023). Improvement of the extraction equipment of ring spinning
machines.

JMEA Journal of Modern Educational Achievements

, Volume 11.

6.

S.T.Sultonov Scientifik-technikal journal STJ(FerPi 2023 T,27. Cпес.иьпуск-
№16.

7.

Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich1, Turg‘Unov Dilmurod Umarali Ogli,
Sultanov Saminjon Tokhtasinovich. (2022). Determination of the strength of a
module breaker circle in the solid works software.

Journal of Computer Science

Engineering and Information Technology Research

(JCSEITR) ISSN(P). Vol.

12, Issue 2, 59–64.

References

Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi PF – 4947-son “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”gi qonuni.

Sh. Mirziyoyevning 2017 yilning 23 maydagi 2992-son “Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bо‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori.

“О‘zstandart” agentligi tomonidan 14 iyyul 2017 yil №05-81 sonli buyrug‘I asosida О‘zDst3191-2017 “ О‘tо‘chiruvchi xodimlar kiyimiga qо‘yilgan texnikaviy shartlar”istandarti.

S.T. Sultonov. (2024). Halqali ip yigirish dastgohlarini cho‘zish uskunasini takomillashtirish. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 2(1), 60–65. 2.

S. T. Sultanov. (2023). Improvement of the extraction equipment of ring spinning machines. JMEA Journal of Modern Educational Achievements, Volume 11.

S.T.Sultonov Scientifik-technikal journal STJ(FerPi 2023 T,27. Cпес.иьпуск-№16.

Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich1, Turg‘Unov Dilmurod Umarali Ogli, Sultanov Saminjon Tokhtasinovich. (2022). Determination of the strength of a module breaker circle in the solid works software. Journal of Computer Science Engineering and Information Technology Research (JCSEITR) ISSN(P). Vol. 12, Issue 2, 59–64.