Authors

  • Anvarjon Sheraliyev
    Andijon davlat Pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi 1-bosqich 102-guruh talabalari
  • Madinabonu Zokirjonova
    Andijon davlat Pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi 1-bosqich 102-guruh talabalari
  • Viloyatxon Turgʻunboyeva
    Andijon davlat Pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi 1-bosqich 102-guruh talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62157

Keywords:

Shaxsiyat irodali qobiliyat temperament

Abstract

Ushbu maqolada  harakterning mohiyati, uning shakllanish omillari va inson hayotidagi o‘rnini o‘rganish to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan o'tilgan. Mazkur mavzuda harakterning psixologik asoslari, uning tipologiyasi va shakllanish jarayonlari keng tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida shaxsiy misollar va ilmiy manbalardan foydalanilib, harakterni o‘zgartirish va rivojlantirish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi. Mavzu insonni chuqur tushunish, o‘zini tarbiyalash va maqsad sari intilishda muhim ahamiyatga ega.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

449




Harakter

Andijon davlat Pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi

1-bosqich 102-guruh talabalari

Sheraliyev Anvarjon Rasuljon oʻgli

Zokirjonova Madinabonu Baxtiyorjon qizi

Turgʻunboyeva Viloyatxon Murodjon qizi

Annotatsiya

: Ushbu maqolada harakterning mohiyati, uning shakllanish

omillari va inson hayotidagi o‘rnini o‘rganish to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan
o'tilgan. Mazkur mavzuda harakterning psixologik asoslari, uning tipologiyasi va
shakllanish jarayonlari keng tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida shaxsiy misollar va
ilmiy manbalardan foydalanilib, harakterni o‘zgartirish va rivojlantirish yo‘llari ham
ko‘rib chiqiladi. Mavzu insonni chuqur tushunish, o‘zini tarbiyalash va maqsad sari
intilishda muhim ahamiyatga ega.

Abstract

: This article presents information on the study of the essence of

character, the factors of its formation and its place in human life. This topic provides
a comprehensive analysis of the psychological foundations of character, its typology
and formation processes. During the study, personal examples and scientific sources
are used, and ways to change and develop character are also considered. The topic
is important for a deep understanding of a person, self-education and striving for
goals.

Аннотация

: В данной статье представлена информация о сущности

характера, факторах его формирования и изучении его места в жизни человека.
В этой теме подробно анализируются психологические основы характера, его
типология и процессы формирования. В ходе исследования используются
личные примеры и научные источники, а также рассматриваются пути
изменения и развития характера. Тема важна для глубокого понимания
человека, самообразования и стремления к цели.

Kalit so'zlar:

Shaxsiyat, irodali, qobiliyat, temperament, odatiy xulq-atvor,

pozitiv xarakter, negativ xarakter, xulq-atvor shakllanishi, motivatsiya, axloqiy
qadriyatlar, o‘zini anglash, ndividual xususiyatlar,jamoaviy munosabatlar, o‘ziga
ishonch, sabrlilik, mas’uliyat, intizom, halollik, tashabbuskorlik, shaxsiy rivojlanish.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

450




Keywords

: Personality, willpower, ability, temperament, habitual behavior,

positive character, negative character, behavior formation, motivation, moral values,
self-awareness, individual characteristics, team relationships, self-confidence,
patience, responsibility, discipline, honesty, initiative, personal development.

Ключевые слова:

Личность, воля, способности, темперамент, привычное

поведение, положительный характер, отрицательный характер, формирование
поведения, мотивация, моральные ценности, самосознание, индивидуальные
особенности, коллективные отношения, уверенность в себе, терпение,
ответственность,

дисциплинированность,

честность,

инициативность,

личностное развитие.

Harakter – bu insonning ichki va tashqi xulq-atvorini belgilovchi barqaror

psixologik xususiyatlar va fazilatlar yig‘indisidir. U shaxsning qanday fikrlashi, his-
tuyg‘ularini boshqarishi va muayyan vaziyatlarda qanday munosabatda bo‘lishini
aniqlaydi. Harakter insonni boshqalardan ajratib turuvchi individual belgi
hisoblanadi va uning shaxsiyatining muhim qismidir.Harakter – shaxsning
borliqqa,odamlarga, predmetli faoliyatga hamda o’z-o’ziga munosabatini
ifodalovchi psixologik, sub'ektiv munosabatlar majmui hisoblanadi.

Munosabatlarning xarakterdagi o’rni xususida fikrlar ekan, V.S.Merlin

ularning mazmunida ikki sohani ajaratadi:

- emosional-kognitiv – borliq muhitning turli tomonlarni shaxs qanday

emosional xis qilishi va o’zida shu olamning emosional manzarasini yaratishi;
- motivasion-irodaviy – ma’lum harakatlar va xulqni amalga oshirishga
undovchi kuchlar. Demak, bizning munosabatlarimiz ma’lum ma’no va mazmun
kasb etgan munosabatlar bo’lib, ularning har birida bizning xissiy kechinmalarimiz
aks etadi va xarakterimiz namoyon bo’ladi.

Mashhur rus olimi, psixologiya fanining metodologiyasini yaratgan

S.L.Rubinshteyn shaxsning o’ziga xosligi va xarakterologik tizimda uchta asosiy
tuzilmalarni ajratgan. Ularga munosabatlar va yo'nalish, qobiliyat va xarakter kiradi.

1. Munosabat va yo‘nalish – insonning atrof-muhitga, jamiyatga, o‘ziga va turli

hodisalarga nisbatan bildirgan ichki va tashqi qarashlari hamda harakatlarining
maqsadga yo‘naltirilgan shakllaridir. Ushbu tushunchalar shaxsning psixologik va
ijtimoiy xulq-atvori bilan chambarchas bog‘liqdir

2. Qobiliyat – bu shaxsning muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish uchun

zarur bo‘lgan psixologik va fiziologik xususiyatlari yig‘indisidir. Qobiliyat


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

451




insonning bilim, ko‘nikma va malakalarini egallashga va ularni qo‘llashga imkon
beradi. Har bir insonning qobiliyati o‘ziga xos bo‘lib, ular tug‘ma imkoniyatlar va
tajriba asosida shakllanadi va rivojlanadi.

3. Harakter – bu insonning barqaror psixologik xususiyatlari va individual xulq-

atvorining o‘ziga xos jihatlari majmuasidir. U insonning ichki dunyosini, uning
boshqalarga, o‘ziga va hayotiy hodisalarga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi.
Harakter insonni boshqalardan ajratib turadigan psixologik kko‘rsatkichdi.

Harakterning asosiy xususiyatlariga barqarorlik, Individuallik, ijtimoiylik va

holatga moslashuvlar kiradi.

Barqarorlik: Harakter xususiyatlari odatda o‘zgaruvchan bo‘lmaydi, uzoq
vaqt davomida bir xil bo‘lib qoladi.

Individuallik: Har bir insonning harakteri o‘ziga xosdir va boshqa
kishilarnikidan farq qiladi.

Ijtimoiylik: Harakter ko‘p jihatdan ijtimoiy munosabatlar va atrof-muhit
ta’sirida shakllanadi.

Holatga moslashuv: Harakter insonning turli vaziyatlarga qanday munosabat
bildirishini aniqlaydi.

Harakterning tuzilishiga ko'ra to'rt xil turi mavjud. Ularga iroda xususiyatlari,

hissiy xususiyatlar, aqliy xususiyatlar, axloqiy hususiyatlarni kiritamiz.

Iroda xususiyatlari: Qat’iyatlilik, jasorat, intizomlilik, sabr-toqat kabi
xususiyatlar.

Hissiy xususiyatlar: Mehribonlik, o‘ziga ishonch, qo‘rqoqlik, o‘jarlik.

Aqliy xususiyatlar: Mantiqiy fikrlash, kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik.

Axloqiy xususiyatlar: Halollik, adolatparvarlik, mas’uliyatlilik.

Harakter turlari ikki xil bo'lib, ularga ijobiy va salbiy harakter turlari kiradi.

Ijobiy harakter: Bu fazilatlar jamiyat va inson uchun foydali bo‘lgan xulq-
atvorni ifodalaydi (mas’uliyatlilik, mehnatsevarlik, samimiylik).

Salbiy harakter: Inson va jamiyatga zarar keltiruvchi yoki noqulay fazilatlar
(dangasalik, agressivlik, yolg‘onchilik).


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

452




Harakterning

temperament

bilan bog‘liqlikgi: Harakter ko‘pincha

temperamentga asoslanadi, ammo uning xususiyatlari hayotiy tajriba va tarbiya
jarayonida shakllanadi.

Harakterni shakllantiruvchi omillarga ijtimoiy muhit, hayotiy tajriba, genetik

omillar va madaniyatni kiritishimiz mumkin.
1. Ijtimoiy muhit: Jamiyat, oilaviy tarbiya va do‘stlar ta’siri.
2. Hayotiy tajriba: O‘ziga xos voqealar va holatlar natijasida rivojlanadi.
3. Genetik omillar: Tug‘ma xususiyatlar harakter shakllanishiga ta’sir qiladi.
4. Madaniyat: Shaxsning madaniy qadriyatlari va axloqiy tamoyillari.

Harakterning ahamiyati asosan insonning xulq-atvorini boshqaradi va uning

jamiyatdagi rolini belgilaydi Hayotiy maqsadlarga erishishda va muammolarni hal
qilishda yordam beradi. Shaxsning boshqalar bilan o‘zaro munosabatini aniqlaydi.

Harakterni anglash va rivojlantirish insonning o‘ziga va boshqalarga nisbatan

samarali munosabatini shakllantirishda muhimdir.Xarakter xususiyatlari kelib
chiqishining fiziologik sharoitlaridan biri – bu ko‘chish mexanizmi aasosida turli
dinamik stereotiplarning hosil bo‘lishidir. Temperament tipi xarakterning individual
o‘ziga xos xususiyatlarining paydo bo‘lishidagi muhim psixologik sharoitlardan
biri. Inson xarakterini ayrim xususiyatlarining o‘zaro bog‘liq, bir-biriga tobe yaxlit
organizmi uning tuzilmasi (strukturasi) deyiladi. Ruhiy xususiyatlarning o‘zaro
bog‘langan tizim simptomokomplekslar yoki faktorlar deb ataladi.Xarakter
tuzilishining xususiyatlariga ularning chuqurlik darajasi; faolligi, kuchi;barqarorligi
o‘zgarmasligi; ma’lum darajada plastikligi kabilar kiradi. Xarakterni tashkil qiluvchi
xususiyatlar uning xislatlari deb nomlanib, ma’naviy va irodaviy turkumlardan
iborat. Xususiyat tug‘ma,o‘zgarmaydigan bo‘lmaydi, shuning uchun u insonning
turmush sharoitiga bog‘liq holda tarkib topib, o‘zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir.
Modomiki shunday ekan,psixikaning individual sifat xususiyatlar shaxsning
ijtimoiy tipik munosabatlari bilan birga qo‘shilgandagina xarakter xislatlarini
belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xarakter irsiyat bilan bevosita aloqa kirmaydi, chunki u ijtimoiy qonuniyatlar

bilan belgilanadi. Xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabat ularning
fiziologik asoslari bilan tavsiflanadi.Xarakterning shakllanishida bir necha turli
psixologik mexanizmlar mavjud bo‘lib,ularning izida odatlar muhim ahamiyat kasb
etadi.Xarakter umumbashariy sifatlar bilan cheklanishi qolmasdan, u milliy va
etnopsixologik xususiyatlarga ham ega. Shu boisdan o‘zbeklarning o‘ziga xos milliy


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

453




xarakter xislatlari mavjud. Istiqloldan keyin milliy ma’naviyat va qadriyatlarning
tiklanishi tufayli xarakterning sof fazilatlari barqarorlashib bormoqda. Xarakterning
mohiyati, tuzilishi va turlarini psixologiyaning maxsus sohasi – xarakterologiya
o‘rganadi.Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish
mumkin.Xarakter deganda, shaxsda muhit va tarbiya ta'siri ostida tarkib topgan va
uning irodaviy faolligida, tevarak atrofdagi olamga (boshqa kishilarga,
mehnatga,buyumlarga) o'z-o'ziga bo`lgan munosabatlarda namoyon bo`ladigan
individual xususiyatlarini tushunamiz.

Harakterning shakllanishi davomida inson o‘z ustida ishlash va o‘z xulqini

tahlil qilish orqali o‘zini o‘zgartirishga ham qodir. Bu o‘zgarishlar asosan o‘zini
anglash, maqsad qo‘yish va doimiy ravishda o‘z ustida ishlash orqali amalga oshadi.
Harakter shakllanishi inson shaxsiyatining bir qismi bo‘lib, u insonning hayotiy
tajribalari, oilaviy muhit, tarbiya va tashqi ijtimoiy omillar ta’sirida rivojlanadi

Xulosa

:Harakterni tushunish va rivojlantirish shaxsiy rivojlanishning muhim

qismidir. Ijobiy qirralarni mustahkamlash va salbiy xususiyatlarni tuzatish orqali
inson o‘z imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishi va jamiyatda munosib o‘rin
egallashi mumkin. Harakter – shaxsning kuchli va mustahkam asosi, hayot yo‘lida
muvaffaqiyatga erishishning kalitidir. Harakter shaxsning boshqalarga, o‘ziga va
atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini namoyon etadi, shuningdek, hayotiy maqsadlar,
qarorlar va harakatlarga ta’sir qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Goziyev.E "Psixologiya" Toshkent 1994
2.Karimova.V "Psixologiya" Toshkent 2002
3. Goziyev. E "Oliy maktab psixologiyasi" Toshkent 1997
4. G. Allport. Shaxsiyatning psixologik aspektlari (1937) – Harakterning

shakllanishi va shaxsiyat tahlili.
5. Z. Freud. Psixoanaliz asoslari (1899) – Harakter shakllanishining chuqur
ichki omillarini ochib beradi.
6. L. Vygotskiy. Bolalar psixologiyasi – Shaxsning ijtimoiy rivojlanishi va
tarbiya jarayonida harakter shakllanishi.


References

Goziyev.E "Psixologiya" Toshkent 1994

Karimova.V "Psixologiya" Toshkent 2002

Goziyev. E "Oliy maktab psixologiyasi" Toshkent 1997

G. Allport. Shaxsiyatning psixologik aspektlari (1937) – Harakterning shakllanishi va shaxsiyat tahlili.

Z. Freud. Psixoanaliz asoslari (1899) – Harakter shakllanishining chuqur ichki omillarini ochib beradi.

L. Vygotskiy. Bolalar psixologiyasi – Shaxsning ijtimoiy rivojlanishi va tarbiya jarayonida harakter shakllanishi.