Authors

  • Djurayeva Sohiba Barat qizi
    JDPU Maxsus pedagogika kafedra o’qituvchisi
  • Tojiboyeva Iroda Dadaboy qizi
    Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62161

Keywords:

Inklyuziv ta’lim ko’tarish qurilmasi pandus tutqich maxsus pedagog imkoniyati cheklangan bola mutaxassis.

Abstract

Maqolada mamlakatimizda inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy 
qilinishining zarurati, mazkur tizimni joriy etish oldida turgan muammolar va ularni 
bartaraf etish yo‘llari bayon etilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

480




INKLUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY QILISHNING YUTUQ

VA KAMCHILIKLARI

Djurayeva Sohiba Barat qizi

JDPU Maxsus pedagogika kafedra o’qituvchisi

Tojiboyeva Iroda Dadaboy qizi

Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda

xorijiy ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi

Annotasiya:

Maqolada mamlakatimizda inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy

qilinishining zarurati, mazkur tizimni joriy etish oldida turgan muammolar va ularni
bartaraf etish yo‘llari bayon etilgan.

Kalit so’zlar.

Inklyuziv ta’lim, ko’tarish qurilmasi, pandus, tutqich, maxsus

pedagog, imkoniyati cheklangan bola, mutaxassis.

Abstract:

The article describes the need to implement inclusive education in

our country, the problems facing the introduction of this system, and ways to
overcome them.

Key words.

Inclusive education, lifting device, ramp, handrail, special

pedagogue, disabled child, specialist.

Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalar ta'limiga e'tibor so'nggi

yillarda eng dolzarb masala sifatida diqqat markazida bo'lib kelmoqda. Imkoniyati
cheklangan bolalar ta'limini qo'llab-quvvatlash maqsadida ko'plab islohotlar amalga
oshirilmoqda. Inklyuziv o'qitish masalasi butun Jahon hamjamiyatida tan olingan va
xayrixoxlik bilan amalga oshirilishi ta'lim siyosatining eng asosiy yo'nalishidir.
Konstitutsiyamizning 50-moddasida: "Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim
ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi" deb
belgilab qo'yilganligi mamlakatimizda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar
uchun inklyuziv ta'lim jarayoni tashkil etilganligining qonuniy dalilidir. Alohida
ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta'lim va boshlang'ich
tayanch-korreksion sinflar faoliyatini yo'lga qo'yish hamda o'quv-tarbiya jarayonini
tashkil etish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Maxsus


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

481




yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o’qitish borasida
respublikamizda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son

Farmoni bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga
ko’rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan bo’lib, ularni
o’qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarni
maxsus moslamalar (ko’tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), kadrlar
(maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo’yicha mutaxassislar) bilan
ta’minlash, alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish
huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
"Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy
hujjatlar tasdiqlash to'g'risida"gi qarorda malakatimiz ta'lim muassasalarida
inklyuziv ta'limni joriy etishning me'yoriy-huquqiy asoslari, joriy etish tartibi,
me'zonlari belgilangan. Unga ko'ra, o'quvchilarning bino ichida harakatlanishi va
ta'lim olishlari uchun maxsus sharoitlar yaratilgan maktablarda inklyuziv va
boshlang'ich tayanch korreksion sinflar tashkil etiladi. Ta'lim muassasalarimizda
sog'lom va imkoniyati cheklangan bolalarning birgalikdagi ta'lim tizimining joriy
etilishi yurtimizda xalqaro inson huquqlari me'yorlariga mos islohotlar amalga
oshirilayotganining dalilidir. Zamonaviy maktab‖arni qurishda ushbu maktablarda
alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni o’qitish uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratish, ular uchun maxsus infratuzilma bo’lishi va jihozlanishini ta’minlash
maqsadida inklyuziv ta’limni tashkil etish bo’yicha Zamonaviy maktabga
qo’yiladigan me’yoriy talablar loyihasi ishlab chiqildi. Inklyuziv ta'limda
maktabdagi jismoniy sharoit ham katta o'rin tutadi. Oddiy qilib aytadigan bo'lsak,
barcha maktablar eshigiga o'quvchilar zinapoyalar orqali kirib boradilar. Lekin bu
zinapoyalardan maxsus aravachalarda yuradigan nogiron bolalar ko'tarila
olmaydilar, hatto qo'ltiqtayoqda yuradigan bolalar ham, qiynalishlari mumkin.
Demak, zinapoyalardan ham, eshiklardan ham sog'lom bolalar bilan birga nogiron
bolalar ham bemalol o'tishlari uchun qulay sharoit yaratilishi shart. Bundan tashqari,
sinf xonalari va laboratoriyalardagi maxsus o'rindiq hamda moslamalar ham nogiron
bolalarga mos bo'lishi kerak. O'qishga imkon yaratish ham juda muhimdir. Yozish
qobiliyatlarida buzilish mavjud bo'lgan bolalarga tovush va tasvirni kattalashtirish


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

482




yetarli bo'lmaydi. Bunda o'quvchilar imo-ishora yoki Brayl xatini puxta o'rganishlari
kerak. Aqliy nuqsoni bor bolalar soddalashtirilgan yozma yoki og'zaki
informatsiyani

olishlari

kerak.

O'quv

rejasini

bunday

differensiyalash

o'qituvchilarda o'z ishlariga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Maktab ma'muriyati
buning uchun o'qituvchilarga imkon yaratib berishi kerak. Bunday ijodiy yondashuv
o'quv rejasiga qattiq talab qo'yilgan joylarda birmuncha qiyinchilik tug'dirishi
mumkin.

Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta'lim muassasalarida o'qitish ya'ni

inklyuziv ta'lim uchun quyidagi shart-sharoitlarni yaratish lozim:

-nogironlikni erta tashxis qilish;

-umumta'lim muassasalari binolarida alohida ehtiyojli bolalar uchun

moslashtirilgan barcha shart-sharoitlar (inshootlar)ni yaratish;

-korreksion yordamni amalga oshirishning markaziy tarmog'ini ko'paytirish;

-umumta'lim muassasalari va maxsus ta'lim muassasalari o'rtasida mustahkam

aloqa o'rnatish, ya'ni —birodarlashgan muassasalar faoliyatini yuzaga keltirish;

-ayrim nogiron bolalarni umumta'lim muassasalari sharoitida o'qitishni tashkil

etish maqsadida umumta'lim pedagoglari malakasini oshirish, qayta tayyorlash
kurslaridan o'tkazish va ularni maxsus yordamchi vositalar, o'quv-metodik
adabiyotlar, uslubiy qo'llanmalar bilan ta'minlash, shuningdek maktabda turli
dasturlar yordamida ta'limni tashkil etish;

-barcha bolalar uchun ta'lim sharoitini yaratish va ta'lim samaradorligini

oshirish;

- o'quv ish rejalarini tashkillashtirishda bolalarning individual xususiyatlarini

inobatga olib, ularga alohida yondashuvli ish rejalari ishlab chiqish;

- imkoniyati cheklangan bolalarning oilasi va MTT o'rtasida uzviy hamkorlik

ishlarini yo'lga qo'yish;

- ota-onalarga inklyuziv ta'limning mazmun-mohiyatini tushuntirish;

- imkoniyati cheklangan bolalarga qulay shart-sharoit yaratish, fazilatlarga

yo'g'rilgan munosabatni rivojlantirish;


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

483




-sinf o'qituvchisiga maslahat va yordam berish;

-zaruriy o'quv qo'llanmalari va yordamchi materiallar bilan ta'minlash;

-o'quv reja, dars jadvali, baholash mezonlariga moslashtirish va o'zgarishlarga

ko'niktirish masalalarini shakllantirish;

-o'qituvchilar ko'nikma va malakalarini oshirish uchun sharoit yaratish;

-faol qo'llab-quvvatlovchi rahbar va shu kabilarni o'z ichiga olgan ijobiy

maktab muhitini tashkil etish va ta'lim jarayonida do'stona munosabatni
shakllantirish;

- bolalarni aniqlash va baholashda ma'muriyatga yordam ko'rsatish;

-ijtimoiy, psixologik va sog'liqni saqlash xizmatlarini muvofiqlashtirish kabi

ishlarni amalga oshirish;

- davlatlararo keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish;

- imkoniyati cheklangan bolalar uzluksiz inklyuziv ta'limini takomillashtirish;

-metodik majmualar (dastur, darslik, o'kuv reja metodik qo'llanma; va

tavsiyalar)

yaratish;

- yangi tahrirdagi DTSlarini maxsus ta'limga moslashtirish;

- imkoniyati cheklangan bolalarning umumta'lim maktablarida ta'lim

olishlarini nuqson turiga ko'ra(ko'rish, eshitish, aqliy va nutqiy rivojlanishini)
e'tiborga olgan holda individual rivojlantiruvchi variativ o'quv reja -dasturlarini
ishlab chiqish;

- respublikadagi imkoniyati cheklangan bolalar va o'smirlarga korreksion-

pedagogik yordam ko'rsatishning markalashtirilgan bazasini zamonaviy axborot
texnologiyalari yordamida yaratish;

- umumta'lim, maxsusta'lim pedagoglarini hamkorlikda faoliyat ko'rsatishini

amalga oshirish va imkoniyati cheklangan hamda sog’lom tengdoshlari orasida
do'stona munasabatni shakllantirish.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

484




Jamiyatda insonlar orasida nogiron bolalar haqida bilimlarning yetishmasligi

oqibatida maxsus ehtiyojli bolalar ta'limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bundan
tashqari nogiron bolaning qobiliyatlari, huquqlari va ehtiyojlari muntazam ravishda
qadrlanmasa, bolalarda o'ziga va qobiliyatlariga nisbatan salbiy munosabat
shakllanib boradi. Har qanday jamiyatda har bir bola noyob, maxsus ehtiyojli bolalar
esa boshqa bolalar singari huquq, ehtiyoj va intilishlarga ega degan dalilni idrok
etish zarurati mavjuddir. Xulosa qiladigan bo’lsak, inklyuziv ta’lim nafaqat ta’lim
borasida, balki bolalarning ma’naviy va jismoniy o’sishlari, shuningdek vositalarni
iqtisod qilish borasida ham samaralidir. Mamlakatimizda inklyuziv ta’lim bo’yicha
olib borilayotgan ishlar natijasida imkoniyati cheklangan bolalar ta’limga
jamoatchilik tashkilotlarining munosabati o’zgardi, ota-onalarning bolalariga
e’tibori ortdi, ta’lim olishlari uchun qiziqishlari yanada ortdi. O’zbekistonda
imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim mussasalariga jalb etish, integrasiya
asosida ta’limni tashkil etishning o’ziga xos muammolari va qiyinchilaklari bo’lsada
u barcha mintaqalarda rivojlanib bormoqda, bu esa imkoniyati cheklangan bolalarga
ta’lim berishning noan’anaviy shakllarni yaratishni taqazo qilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 13.10.2020 yildagi

«Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son qarori

2. Muzaffarova X.N. Inklyuziv ta’limning muammolari va istiqbollari// Xalq

ta’limi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining ilmiy-metodik jurnali
2014 yil 3 son

3. Baxromova Guljamol Dilshodjon qizi “Inklyuziv ta’limni joriy etish oldida

turgan

muammolar

va

ularni

bartaraf

etish

etish

yo‘llari”.

https://cyberleninka.ru/article/n/.

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 13.10.2020 yildagi

«Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son qarori

Muzaffarova X.N. Inklyuziv ta’limning muammolari va istiqbollari// Xalq

ta’limi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining ilmiy-metodik jurnali

yil 3 son

Baxromova Guljamol Dilshodjon qizi “Inklyuziv ta’limni joriy etish oldida

turgan muammolar va ularni bartaraf etish etish yo‘llari”.