Authors

  • Maxsudaxon Xakimova
    FarDU 2-bosqich tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62243

Abstract

Olamni idrok etishning har bir til jamoasi ongida tarixan shakllangan, barqarorlashgan va ayni jamoa uchun xos bo‘lgan odatiy va majburiy usullari majmui olamning lisoniy manzarasini yuzaga keltiradi.  Olamning lisoniy manzarasi dunyoni idrok etish va konseptuallashtirishning universal va ayni vaqtda milliy xoslangan usullari yig‘indisidir.[1]

 

 


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

299




O‘zbek dostonlarida syujet, motiv, kompozitsiya va lingvopoetikaning

o‘rganilishi

Xakimova Maxsudaxon G‘ofurjon qizi

FarDU 2-bosqich tayanch doktoranti

Olamni idrok etishning har bir til jamoasi ongida tarixan shakllangan,

barqarorlashgan va ayni jamoa uchun xos bo‘lgan odatiy va majburiy usullari
majmui olamning lisoniy manzarasini yuzaga keltiradi. Olamning lisoniy manzarasi
dunyoni idrok etish va konseptuallashtirishning universal va ayni vaqtda milliy
xoslangan usullari yig‘indisidir.

1

Til leksikasining tarixiy rivojlanish va shakllanish xususiyatini bilish uchun

til lug‘at tarkibidagi so‘zlarni tarixiy-etimologik nuqtai nazardan o‘rganish, ularni
etimologik qatlamlarga ajratish mumkin.

1.O‘zbek tili leksikasidagi o‘z qatlam.

2. O‘zbek tili leksikasidagi o‘zlashma qatlam.

“Alpomish” dostonining lisoniy xususiyatlarini tahlil qilar ekanmiz, avvalo,

unda qo‘llangan so‘zlarning mazmun mohiyati asosiy o‘rinda turadi. Shuning uchun
dostonda qo‘llangan so‘zlarning etimologik qatlamlarini belgilash ham muhim
ahamiyatga ega. “Alpomish” dostoni leksikasini kuzatar ekanmiz, unda qo‘llangan
so‘zlarning ko‘pchiligini bevosita umumturkiy so‘zlar, ya’ni o‘z qatlam leksemalar
tashkil etgan. Shu bilan birga,

1. Xitoycha so‘zlar.

Qadimda turk qavmlari bilan xitoyliklar orasida savdo

aloqalari ancha taraqqiy etib, xitoy savdogarlari turkiy xalqlar qal’alaridan Sharqiy
Osiyo va Yevropa bilan aloqalarini o‘rnatishda savdo obyektlari sifatida
foydalanishgan. Abduazimov Sh. va

A.Abdiyevlar o‘z maqolasida “Alpomish” dostonida qo‘llangan xitoycha

so‘zlar haqida ma’lumot beradi. Mualliflar qoraqalpoq tili misolida tahlil qilgan


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

300




holda dostonda uchrovchi ayrim xitoycha so‘zlarni ko‘rsatib o‘tadi.

2

Xususan,

dostonda quyidagi xitoycha o‘zlashma leksemalarni ko‘rsatib o‘tadilar.

Al- qizil + xitoycha tun/tin= qizil baqir altin. Altinnan saray saldirding. al

so‘zi qizil ma’nosida qo‘llangan. Bu so‘z rus tiliga ham turkiy tillardan o‘zlashgan.
(alыy, yarko-krasnыy, svetlo-rozoviy). “DLT” asarida a : l to‘q sariq ma’nosida
qo‘llangan. Bek- xitoycha payk, paykin (gubernator); shay- chay, jay-joy, inji-
djen/jdji, ish-si-shin,qap- kia- kap /karman / Bir qop solib eynina; taysha- xitoycha
tayshu (shaxzoda, mashhur odam (shih)ning o‘g‘li); tang- xitoycha tang /dan /utro/;
teng –xitoycha tang; tingla – xitoycha ting (eshitmoq) temir- xitoycha te-pi; gumis-
xitoycha kuem (serebro), xan- xon, tuo‘- xitoycha tu.(tug‘) belgi, bayroq ma’nosini
ifodalaydi. Dostonning o‘zbekcha variantida ham bu kabi so‘zlar fonetik jihatdan
ayrim farqli shaklda qo‘llangan. Masalan:

Kelib ko‘rarsan dengi – dushingni.(20-bet)

Toychixonim senga aytar arzim bor,

Senday shohim bu ishlardan bexabar,

Tug‘dorlarman ko‘p maslahat qiladi.(213)

Qayerda joy bo‘lsa borib qo‘naman.(85)

Mualliflar dostonda qo‘llangan xitoycha so‘zlarni qoraqalpoq tili misolida

tadqiq etgan holda “Alpomish” dostonida xitoy tilidan o‘zlashgan so‘zlarning kirib
kelgan davri va sabablarini o‘rganish fan uchun boy manbalar berishini
ta’kidlaydilar.

2.Arabcha so‘zlar.

Doston leksikasini tahlil qilar ekanmiz , unda ko‘plab

arab tiliga xos leksik birliklar qo‘llanganligiga guvoh bo‘lamiz. Arabcha
o‘zlashmalar semantik hamda funksional jihatdan farqlanadi.Ya’ni arab tilidan
o‘zlashgan so‘zlarning ayrimlari hozirda eskirgan bo‘lsa , ayrimlar aynan o‘sha
shaklda hozirgi o‘zbek tilida iste’molda qo‘llanib kelayotganini ko‘ramiz. Semantik


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

301




jihatdan ijtimoiy hayotning turli tarmoqlarida qo‘llanuvchi tushunchalarni
ifodalaydi.

Hozirda eskirgan arab tiliga mansub so‘zlar:

Xo‘ja kelsa chiqar murid naziri,

Xotin bo‘lmasmikan erning vaziri. (18)

Boshqa yurtda juz’ya berib yurayin,

Boybo‘ridan bizga mahram kelibdi,

Yuqorida keltirilgan misollarda qo‘llangan arab qatlamga oid juz’ya,

mahram, vazir, murid, nazir kabi so‘zlar bugungi kunda qo‘llanilmaydi. Ya’ni
arxaiklashgan bo‘lib, hozirda iste’moldan chiqqan.

Bugungi kunda ham aynan o‘sha shaklda iste’molda qo‘llanib

kelinayotgan arabcha so‘zlar:

Masalan, Qancha so‘qim mollar so‘yib, osh palovni damlab, fuqaro,

beva-bechoralar to‘yib...(6) Kishining moli zakotga yetsa, zakot bersa bul ham saxiy
ekan. Agar zakot bermasa, bul ham bahil ekan.(9) Bular maktabda o‘qib yurib yetti
yoshga yetdi. Savodi chiqib, xat o‘qib –yozadigan mulla bo‘ldi.(7) ... davlattalab
davlat tilar ekan, farzandtalab farzand tilar ekan,

Har yurtlarda musofir bo‘p yurayik,

Tong otgan so‘ng bitar alplar muhlati,

Ziyodadir Boysarining kulfati,

Maslahat bermadi turgan ulfati,

Qolmadi Boysarining toqati.(55)

Kechani munavvar qilar to‘lgan oy,

Boybo‘ri o‘lib, moli senga qoldimi? (73)

Tavakkal qib borayotir muqarrar.(75)


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

302




Sen yetmasang qabohat kun bo‘ladi,

Agar yetsang,bari hurmat qiladi.(82)

Osmonda arvohlar, ko‘kda malaklar.(85)

Ruxsat bersang,bu manzilga qo‘naman,

Biror kecha farog‘atni olaman.

In’om bersam tanga-tilla sochardim,

Hukm aylasam,men qizlarni quchardim.(239)

Dostonda bu kabi so‘zlar juda ko‘p va takror holda qo‘llangan. Shuningdek,

dostonda

diniy tushunchalarni ifodalovchi

arabcha so‘zlar ham ko‘p

uchraydi.Ularni quyidagicha mavzuiy guruhlarga bo‘lish mumkin:

3

1. Shaxs bildiruvchi so‘zlar: pir, murid, musofir, mo‘min, banda;

2.Faoliyat va jarayonni bildiruvchi sozlar: oxirat, imon,bidahat,taqdir, qismat,

mahshar, shafoat, foniy,qiyomat;

3.Mahluqot, yaralmishni bildiruvchi so‘zlar: taqdir, ajal, malak, arvoh,;

4. Narsa- buyumni bildiruvchi so‘zlar: zakot, nazir;

5. Joy, darajani bildiruvchi so‘zlar: ravza, pir, avliyo;

Masalan:

Shu yerdan Shohmardon pirning ravzasi uch kunlik yo‘l kelar ekan.

Har kim borib tunar ekan; davlattalab davlat tilar ekan, farzandtalab farzand tilar
ekan, oxirattalab imon tilar ekan.(6) Kishining moli zakotga yetsa, zakot bersa bul
ham saxiy ekan .(9)

Mo‘min qulin bandam desin bir xudoy,

G‘amli odam tortar ekan ohu voy.(71)

Ajal yetib yo paymonang to‘ldimi,

3

Қўзиев У.Изоҳли луғатларда диний тушунчаларнинг ифодаланиши. // ЎТА,2010, № 5.Б. 88-91


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

303




Zakot debdi, bir bidahat qilibdi.

Har na qismat yozilgandan bilaman,

Azaliy taqdirga nimish qilaman.(11)

Shunday bo‘ldi haqdan menga farmonlar,

Mahshar kuni nima javob berasan,

Bizga tangri bir kun qildi shafoat,

Ne ko‘rib kechirib foniy dunyoda,

Yuqorida keltirilgan diniy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar necha asrlar

o‘tdi, tilning turli uslublarida hozir ham qo‘llanib kelinmoqda. “Qiyomat” so‘zining
semantik strukturasi kengayagan bo‘lib, turli salbiy va ijobiy holatlar bilan bog‘liq
hodisalarga doir tushunchalarni ifodalaydi. Masalan, holatni (qiyomat mast),
to‘polon (ko‘chada qiyomat boshlandi), dostonda boshiga qiyomat kuni solmoq
(qo‘rquv), urush, janjallashmoq ma’nolarini ifodalab kelgan. Shuningdek, qiyomatli
oshna, qiyomat qarz, qiyomatli opa kabi kishilar o‘rtasidagi yaqin munosabatlarni
ifodalashda ham bu so‘zdan foydalaniladi. Bu so‘z yana boshqa ko‘plab
kontekstlarda qo‘llanadi. Hozirda bu so‘z,asosan, qiyomat - qoyin tarzida juft so‘z
shaklida qo‘llanadi.

Tilimiz lug‘at boyligining oshishidagi muhim manbalaridan biri bo‘lgan

o‘zlashma so‘zlar, xususan, fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar o‘zbek tilining
rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan deyishimiz mumkin. Bu hatto og‘zaki adabiyot
namunasi sanalgan “Alpomish” dostonida qo‘llangan so‘zlar misolida ham yaqqol
ko‘rish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Xudoyberganova D. Lingvokulturologiyada madaniy kod tushunchasi.

// O‘TA, 2019, № 3. B. 15-18

2.

Baskakov N.A.Sostav leksiki karakalpakskogo yazыka i struktura

slova.M.,1962,S.71


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

304




3.

Abdinazinov SH., Abdiyev A. “ Alpomish” dostonida xitoycha

o‘zlashmalar. / O‘TA, 2009, № 5 B.87-88

4.

Alimova Z. Ayrim forscha o‘zlashmalarning leksik ma’nolari

xususida. // O‘TA, 2015, № 1, B. 105-107

References

Xudoyberganova D. Lingvokulturologiyada madaniy kod tushunchasi. // O‘TA, 2019, № 3. B. 15-182. Baskakov N.A.Sostav leksiki karakalpakskogo yazыka i struktura slova.M.,1962,S.71

Abdinazinov SH., Abdiyev A. “ Alpomish” dostonida xitoycha o‘zlashmalar. / O‘TA, 2009, № 5 B.87-88

Alimova Z. Ayrim forscha o‘zlashmalarning leksik ma’nolari xususida. // O‘TA, 2015, № 1, B. 105-107