Authors

  • O.K Odamova
    UrDU “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o’qituchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62247

Abstract

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi - O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida‖gi PF-4947-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi - Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-2909-sonli Qarorining qabul qilinishi, yoshlarni har tomonlama bilim olishlari, ularda yaratuvchilik imkoniyatlarini kengaytirishga bo’lgan sharoitlar yanada yaxshilandi. Bu esa proaessor-o’qituvchidan salmoqli darslik,o’quv qo’llanma, uslubiy qo’llanma va maqolalar yozishni talab etadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

327




Psixologik xizmatda kasbiy xususiyat va fazilatlarning tahlili

UrDU “Pedagogika va psixologiya”

kafedrasi katta o’qituchisi O.K.Odamova

ogiljon-odamova@gmail.com

Tel:+99894

230 2875

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-

fevraldagi - O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar

strategiyasi to’g’risida‖gi PF-4947-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi - Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish

chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-2909-sonli Qarorining qabul qilinishi, yoshlarni

har tomonlama bilim olishlari, ularda yaratuvchilik imkoniyatlarini kengaytirishga

bo’lgan sharoitlar yanada yaxshilandi. Bu esa proaessor-o’qituvchidan salmoqli

darslik,o’quv qo’llanma, uslubiy qo’llanma va maqolalar yozishni talab etadi.

Ushbu maqoladan olingan bilim, ko’nikma va malakalar bo’lajak

mutaxassislarda kasbiy muloqotni amalga oshirish, o’z ustida ishlash, kasbiy malaka

va ko’nikmalarni shakllantirish uchun asosiy manba hisoblanadi

.

Maqsad

talabalarda o’z kasbiga doir psixologik bilimlarni egallashga, shaxs psixologiyasi,

uning faoliyati va muloqoti, psixik taraqqiyot qonuniyatlarini bilishga, shaxsni

psixologik metodlar yordamida o’rganish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni

shakllantirish. Talabalarga jamiyat hayotida psixologik hodisalar, holatlar va

jarayonlarning mohiyatini tahlil etishga, insonning shaxs va mutaxassis sifatidagi

kamoloti va unga ta‘sir ko`rsatuvchi omillar, uning individual psixologik

xususiyatlari, emotsional va irodaviy sifatlarini tahlil etishga o`rgatishdan iboratdir.

O’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba -


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

328




psixologik tushunchalarni, voqelik va jamiyatdagi voqea-hodisalarni, shaxsning

o’zida kechadigan ijtimoiy-psixologik jarayonlarni, shaxsni psixologik tadqiq qilish

usullarini bilishi, psixologik mushohada etish, narsa-hodisalarni ilmiylik va

mantiqiylik asosida o’rganish, ilmiy tafakkur va psixologik tassavvurning

uyg’unligini ta’minlash, mustaqil va zamonaviy fikrlash, o’zining shaxsiy va kasbiy

faoliyatida psixologik bilimlarni va qonuniyatlarni qo’llay olish ko’nikmalariga ega

bo’lishi nazarda tutiladi.

Maqolani ilmiy-nazariy yoritishda kasbiy faoliyat psixologiyasiga ham

bir nazar solishni taqoza etadi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, psixologik xizmat psixologiya

fanlari tarkibiga kiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda kasbiy psixologiya o‘ziga

xos predmet bo‘lib, psixologik xizmatning nozik tomonlarini qamrab oladi. Ya‘ni

bu fan psixologiya sohalarining kesishuvida yuzaga keladi. Psixologiya muayyan

shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o‘ziga xos tomonlarini

o‘rganadi. Bundan ko‘rinadiki, har ikkala fanning obekti va subekti shaxs, inson

hisoblanadi.Yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek, kasbiy psixologiya faoliyat

psixologiyasi psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo‘lib, aniq faoliyat, ya‘ni kasb

faoliyatidagi psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan

fan hisoblanadi. Kasbiy faoliyat psixologiyasi ilmiy-amaliy fan bo‘lib, umumiy

psixologiyaning qonuniyatlarini o‘rganadi va bu fanning samaradorligini oshirish

uchun tavsiyalar ishlab chiqadi. Kasbiy faoliyat psixologiyasi fani kasb doirasidagi

munosabatlar, odamlarning psixik faoliyatini boshqarish mexanizmlari va

qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Bunda kasb egalarining psixologik asoslarini

o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan. Kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining maqsadi-

kasb egalari faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan

o‘zaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va

malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Shu ma’noda, kasbiy faoliyat psixologiyasi


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

329




fanining metodologik asosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari,

faylasuf-allomalarning kasb psixologiyasi faniga oid g‘oya va nazariyalari hamda

hukumat qonunlari, va buyruq va ko‘rsatmalari tashkil etadi.

Professiografiya

- bu kasb tomomnidan insonga qo’yiladigan talablar

nuqtai nazaridan kasblar va ularni tabaqalashtiradigan ixtisoslar tavsifidir. Muayyan

ixtisos-kasb yoki ular guruhi tomonidan insonga qo’yiladigan talablar sisitemasining

tavsiflash va asoslash professiografiyaning natijasini hal qiladi.

Professiogrammada muhim xislatlari borgan sari birmuncha ortib borishini

hisobga olgan holda psixologning quyidagi xislatlarini ko`rsatib berishi lozim:

Psixologning shaxsiy xislatlari

- Bolalarni yaxshi korishi, ularni sevishi,

amaliy-psixologik aql-farosatlilik, mehnatsevarlik, jamoat ishlarida faollik,

mehribonlik, kamtarlik, odamiylik, dilkashlik, uddaburonlik, mustahkam

xarakterga ega bo’lish,o’z bilimini oshirishga intilish.

Psixologning kasbiga xos hislatlari -

milliy qayta qurish mafkurasi bilan

mustaqil davlat mafkurasini tushunishi, zamonaviy maktabda olib boriladigan oquv-

tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar, milliy an‘analar va urf-odatlarning

ahamiyatini

tushunishi,o`qituvchining

kuzatuvchanligi,o`z

diqqat-e‘tiborini

taqsimlay olishi

,

pedagogik fantaziya (hayo`l)ning rivojlanishi, o’ziga tanqidiy

munosabatda bolishi, o’zini qo’lga ola bilishi, o`zini tuta bilishi,pedagogik fakt,

nutqning emotsional ifodalanishi

.

Psixologning kasbiga xos bilimi

- ta‘lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan

uning maqsad va vazifalarini tushunishi,psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va

pedagogik psixologiya asoslarini bilishi,etnopsixologik bilimlarni egallashi, hozirgi

zamon pedagogikasi asoslarini bilishi, hozirgi zamon pedagogikasining

metodologik asoslarini egallanganligi,maktab yoshida bolalarning psixologik-

pedagogik xususiyatlarini tushunishi,o’z fanini chuqur bilishi, o’quvchilarga


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

330




tarbiyaviy ta‘sir etishning samaradorligini bilishi, ota-onalar va jamoatchilik bilan

olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi.

Psixologning shaxsiy - pedagogik uddaburonligi -

dars mashgulotlari uchun

zarur materiallarni tanlay bilishi, o`quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi,

ta‘lim va tarbiya jarayonida o’quvchilar ongining taraqqiy etib borishini istiqbolli

ravishda rejalashtira olishi, pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy

ishlarni rejalashtirishni bilishi, bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o’z faoliyatini

rejalashtirishni bilishi, o’quv massadlarini rejalashtira olishi, o’quvchining talim-

tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi.

Psixologning eng muhim sifati bu kasbiy kompetentsiysidir.

U kasbiy

bilim, ko'nikma, malakalarni o'z ichiga oladi. Psixolog har tomonlama o’qitilgan

mutaxassis bo’lishi kerak. Shuning uchun uning kasbiy bilimlari nafaqat psixologiya

bilimlarini, balki falsafa, tarix, pedagogika, madaniyatshunoslik, huquq, iqtisod,

filologiya, sotsiologiya, matematika va informatika, zamonaviy tabiatshunoslik

tushunchalari sohasidagi ma'lum bir bilimlarni ham o'z ichiga oladi. Xulosa qilib

aytganda kasbiy mahorat psixologning amaliy faoliyati muvaffaqiyatini, psixologik

bilimlarni o'z vazifalarini bajarishda qo'llash, aniq harakatlar, psixologik texnikalar,

qobiliyatini belgilaydi. Kasbiy ko'nikmalar - bu yaxshi tasdiqlangan, osonlikcha va

ishonchli bajariladigan professional harakatlar, bu psixologga ishni samarali

bajarishga imkon beradi. Tajriba qancha ko’p bo’lsa, mutaxassis shuncha kasbiy

mahoratga ega bo’ladi. Kasbiy vakolat xususiyatlariga bir qator professional

imkoniyatlar, professional faoliyat vositalari, texnikasi va texnologiyalarini

mukammal egallash, kasbning xususiyati va fazilatlarini belgilaydi.





background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

331




Foydalanilgan adabiyotlar

1. E. G'oziyev. Psixologiya. Darslik. “O'qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy

uyi. Toshkent. – 2008 yil.

2. Z.T.Nishanova,G.K.Alimova.Psixologik xizmat. Psixikorrektsiya. Darslik.

Toshkent. 2019 yil.OOO”AKTIV PRINT.bosmaxonasida chop etilgan.435 bet.

3.M.S.Tovbayeva. “Umumiy psixodiagnostika”.O’quv qo’llanma. Samarqand

2023 yil. SamDU nashriyoti.174 bet.

4.R.R. Saylaubekovna. et al. The Essence of the Concept of Family Life in

Modern Psychology //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of
Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 339-342.

5.R.S.Razakova, Narimonovna.Y.I. Bog ‘cha yoshidagi bolalarda xotiraning

rivojlanishi //Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan. – 2024. – Т. 2.
– №. 2. – С. 196-201.

References

E. G'oziyev. Psixologiya. Darslik. “O'qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent. – 2008 yil.

Z.T.Nishanova,G.K.Alimova.Psixologik xizmat. Psixikorrektsiya. Darslik. Toshkent. 2019 yil.OOO”AKTIV PRINT.bosmaxonasida chop etilgan.435 bet.

M.S.Tovbayeva. “Umumiy psixodiagnostika”.O’quv qo’llanma. Samarqand 2023 yil. SamDU nashriyoti.174 bet.

R.R. Saylaubekovna. et al. The Essence of the Concept of Family Life in Modern Psychology //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 339-342.

R.S.Razakova, Narimonovna.Y.I. Bog ‘cha yoshidagi bolalarda xotiraning rivojlanishi //Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan. – 2024. – Т. 2. – №. 2. – С. 196-201.