Authors

  • Mushtariy Mamajonova
    Andijon davlat pedagogika inistituti, Tabiy fanlar fakulteti, Biologiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi
  • Maftuna Ergasheva
    Andijon davlat pedagogika inistituti, Tabiy fanlar fakulteti, Biologiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62255

Keywords:

kambiy yogʻochlik endoderma epiderma parenxima gʻudda

Abstract

Poya yuksak o`simliklaming yer ustidagi asosiy vegetativ organlaridan biridir. Poya urug’ning murtak qismidagi embrional holdagi poyachaning rivojlanishidan hosil bo`ladi. Urug’ning unishi bilan poya yer betiga chiqadi va meristema hujayralarning bo`linishi hamda yiriklashishi hisobiga o`sadi. Missional bogʻlaydi. Poya oʻsimlikning yer ustidagi bargsiz, kurtaksiz qismi bo`lib, bargni ildiz bilan morfologik hamda funktsional bog’laydi. Uning funktsiyasi suv va unda yerigan minyeral moddalarni ildizdan bargga etkazish hamda bargda hosil bo`lgan organik moddalami ildizga o`tkazishdan iboratdir. Yorug’lik sevuvchi o`simliklarda poya uzun bo`ladi. U ba’zan suv va boshqa zaxira oziq moddalar toʻlovchi ombor vazifasini ham o`taydi. Bundan tashqari, poya nafas oluvchi organ ham hisoblanadi. Ayrim o`simliklarda assimilyatsiya hamda vegetativ ko`payish vazifalarini bajaradi. O`simlik poyalari o`sish xaraktyeriga, shakliga hamda uzun qisqaligiga qarab bir necha xil bo`ladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

382




Poyaning ichki tuzulishi

Andijon davlat pedagogika inistituti, Tabiy fanlar fakulteti, Biologiya

yo‘nalishi 1-kurs talabasi

Mamajonova Mushtariy Muhiddin qizi

Andijon davlat pedagogika inistituti, Tabiy fanlar fakulteti, Biologiya

yo‘nalishi 1-kurs talabasi

Ergasheva Maftuna Shavkatjon qizi

Annotatsiya:

Poya yuksak o`simliklaming yer ustidagi asosiy vegetativ

organlaridan biridir. Poya urug’ning murtak qismidagi embrional holdagi
poyachaning rivojlanishidan hosil bo`ladi. Urug’ning unishi bilan poya yer betiga
chiqadi va meristema hujayralarning bo`linishi hamda yiriklashishi hisobiga o`sadi.
Missional bogʻlaydi. Poya oʻsimlikning yer ustidagi bargsiz, kurtaksiz qismi bo`lib,
bargni ildiz bilan morfologik hamda funktsional bog’laydi. Uning funktsiyasi suv va
unda yerigan minyeral moddalarni ildizdan bargga etkazish hamda bargda hosil
bo`lgan organik moddalami ildizga o`tkazishdan iboratdir. Yorug’lik sevuvchi
o`simliklarda poya uzun bo`ladi. U ba’zan suv va boshqa zaxira oziq moddalar
toʻlovchi ombor vazifasini ham o`taydi. Bundan tashqari, poya nafas oluvchi organ
ham hisoblanadi. Ayrim o`simliklarda assimilyatsiya hamda vegetativ ko`payish
vazifalarini bajaradi. O`simlik poyalari o`sish xaraktyeriga, shakliga hamda uzun
qisqaligiga qarab bir necha xil bo`ladi.

Kalit soʻzlar:

kambiy, yogʻochlik, endoderma, epiderma, parenxima, gʻudda.

Ключевые слова:

камбий, древесина, энтодерма, эпидермис,

паренхима, клубень.

Key words

: cambium, wood, endoderm, epidermis, parenchyma, tuber.

Poyaning birlamchi ichki tuzilishi. Poyaning birlamchi tuzilishida epiderma,

birlamchi po'stloq va markaziy silindlar ajratiladi. Epiderma tunika qavatidan
shakllanadi. Agarda u bir necha qavat hujayralardan iborat bo'lsa, birlamchi
po'stloqning tashqi qavatlari ham hosil bo'lishi mumkin. Birlamchi po'stloq asosiy
parenxima to'qimasidan tashkil topib, tashqi qavatidagi hujayralarida xloroplastlar
ham kuzatiladi. Ko'pchilik o'simliklarda birlamchi po'stloq tarkibiga mexanik
to'qima kollenxima ham kiradi. Sklerenxima kamdan-kam hollarda kam hollarda
uchraydi. Birlamchi po'stloqning ichki hujayralari endoderma halqasini hosil
qiladi.[1] Markaziy silindr endoderma bilan chegaralangan peritsikl, o'tkazuvchi
elementlar sistemasi va o'zakdan tashkil topgan. Peritsikl birlamchi yon meristema


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

383




hisoblanib, u kambiy hujayralari, qo'shimcha ildizlar yoki kurtaklarni hosil qiladi.
Ko'pchilik o'simliklarda peritsikl butunlay mexanik to'qima yoki asosiy to'qima
hujayralariga ajralib ketadi. Markaziy silindrning o'tkazuvchi elementlari o'sish
konusidagi maxsus qism, prokambiydan rivojlanadi. Prokambiy birlamchi
meristemaning ba'zi hujayralarini bo'yiga bo'linish natijasidan kelib chiqadi. O'ziga
xos ingichka va cho'ziq, quyuq, donador sitoplazma bilan to'lgan hujayralar to'dasi
paydo bo'lib, ular poyaming markaziga qarab birlamchi yog'ochlik elementlari,
chekkalarda esa birlamchi lub elementlarini hosil qiladi. Markaziy silindming ichki
qismi o'zakni tashkil etuvchi parenxima to'qima hujayralaridan iborat. O'zakning
bo'lishi poyaning ildizdan farq qiluvchi xarakterli belgisidir. Poyaning o'zak qismi
parenxima hujayralaridan tashkil topgan. U birlamchi o'zak nurlari orqali birlamchi
po'stloq bilan bog'lanadi. O'zak ba'zi o'simliklarda qisman yoki butunlay yemirilib
ketadi. Bunda poyaning oʻrtasi bo'shliqdan iborat bo'lib qoladi. O'sish konusida
prokambiy turlicha shakllanishi mumkin. Uning shakllanishi va keyingi taraqqiyoti
bir pallali o'simliklar poyalarining o'tkazuvchi boylamlarini tuzilishi va joylashish
xarakterini belgilaydi.[2]

Poyaning ikkilamchi tuzilishi. Poyaning ikkilamchi tuzilishiga o’tishi uning

birlamchi tuzilish xususiyati bilan chambarchas bog’liq va u uchta asosiy turga
ajratiladi: Boylamli, oraliq va boylamsiz. Daraxt o’simliklar bilan o’t o’simliklar
poyalarining ikkilamchi tuzilishida ham o’ziga xos farqlar kuzatilib, u poyalarning
har xil muddatlarda hayot kechirishi bilan bog’liq o’rtacha kengliklardagi bir yilik
o’to’simliklarda har yili vegetatsiya davrining oxirida poyasi qurib qoladi.
Daraxtlarning poyasi esa ko’p yillik umr ko’radi.[3]

Boylamli tur.

Bunday tuzilish poyaning birlamchi tuzilishida bir-biridan

ajralgan o’tkazuvchi boylamlarga ega bo’lgan o’simliklar sebarga, tok uchun xosdir
Ikkilamchi o’tishda kambiyga xosdir. Ikkilamchi tuzilishga o’tishda kambiy
ikkilamchi yog’ochlik va ikkilamchi lublarni hosil qiladi. O’tkazuvchi boylamlarni
bir-biridan ajratib turuvchi asosiy to’qima hujayralari boylamlararo kambiyni hosil
qiladi. U o’z navbatida o’zak nurlari parenximasiga ajraladi. Shuning uchun ham
yaxlit kambiy halqasi hosil bo’lishiga qaramay o’tkazuvchi boylamlar ikkilamchi
tuzilishida ajralgan holda qoladi. Ba’zi o’simliklarda boylamlararo kambiy ancha
sust rivojlangan. [1,3]

Oraliq tur

. Bu ham dastlab ajralgan boylamlarga ega bo’lgan poyali

o’simliklar uchun xarakterli bo’lib, keyinchalik boylamli kambiyning faollik


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

384




ko’rsatishi hisobiga yaxlit kambiy halqasi vujudga keladi. Oraliq tuming muhim
xususiyati shunda shundan iboratki, bunda ikkilamchi yog’ochlik va ikkilamchi
lublarbunda ikkalamchi ikkilamchi lublar faqat boylamli kambiydan emas, balki
boylamlararo kambiydan hosil bo’ladi. Bu o’z navbatida yangi ikkilamchi
o’tkazuvchi boylamlarni keltirib chiqaradi. Barcha boylamlarni sekin-asta o’sishi
natijasida ular qo’shilib bir butun yog’ochlik bilan lubni ajratib turuvchi kambiyli
halqa (kungaboqar, loviya) shakillanadi, ya’ni boylamli turdan boylamsiz turga
o’tish kuzatiladi. Boylamsiz (halqali) tur. Mazkur tur poyaning birlamchi tuzilishida
yog’ochlik va lub halqasimon joylashgan o’simliklarda (zig’ir, tamaki) kelib
chiqadi. Ikkilamchi meristematik kambiy ham yaxlit halqa shaklida hosil bo’ladi va
ikkilamchi yog’ochlik hamda lublaming halqalarini vujudga keltiradi. Po’stloq
tarkibiga kambiyning tashqarisida joylashgan barcha to’qimalar kiradi. Po’stloqning
tashqi qavatlari perderma hisoblanib, u po’kak, po’kak kambiysi va
fellodermalardan tashkal topadi Ba’zan po’kak yuzasida epidena goldiglari
kuzatiladi. U ham keyinchalik tushib ketadi, Periderma ostida o’sish konusidagi
birlanchi meisteaning ajralishi natijasda hosil bo’lgan birlamchi po’stloq elementlari
joylashadi. Unga kollenxima, xloroplastlar, kraxmal donachalani va druzlarga ega
bo’lgan asosy parenama huyjayralari kiradi. Poyaning markaziga yaqinroq joyda
kambiy faoliyati natijasi da hosil bo’lgan ikkalamchi po’stloq ajratiladi. Ikkilamchi
po’stloqda trapetsiya shaklida lub tolalani bilan elaksimon naylar yo’ldosh
hujayralar va lub parenamasi bilan navbatla shgan lub bo’laklari ko’rinib turadi
elaksimon naylar daraxt poyalarida 2 – 3 yil faolik ko’rsatadi, keyinchalik u
moddalarni o’tkazish xususyatini yo’qotadi va yangisi bilan almashinadi. Lub
uchastkalari orasi dan asosy parenxima hujayralardan tashkal top gan birlamchi va
ikalamchi o’zak nulari o’ tadi. Ularning hujayralani ko’pincha krazanal, moy, shakar
kabi ozq moddalarni saglaydi o’zak nurlari orqali poyaning o’zag bilan chekka
qisnlarida joylashgan to’qimalar (po’stloq) bilan aloqa bog’lanadi.[4]

Kambiy

. Kambiy yupqa qobiqga ega bo’lgan cho’ziq to’g’ri to’rtburchak

shakl dagi hujayralardan iborat. Uning tangental yo’nalishida bo’linishi natijasida
yog’ochlik va lub elementlari hosl bo’ladi. Shuni ta’kdlab o’tish lozimki, yog’ochlik
elementlari ko’prog sonda hosil bo’la di Kambiy halqas da hujayralar ortishi
ularning radial yo’nali shida bo’linishi hi soblanib, natijada poyaning cheksiz yo’g’
onlashi sh imkoni yara tiladi. Kambiyning ishlash faoliyati yil davomi da bir za1
emas. U aynigsa bahor faslida ancha faol bo’lib, keyinchalik uning faoliyati sekin-


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

385




asta susayadi va kuzga borib butunlay to’xtaydi Yog’ochlik. U naylar, traxeidlar,
yog’ ochlik parenamasi va libnfoman iborat. Yog’ochikdan ham o’zak nurlari o’tgan
bo’ladi. Yog’ochlik parenzaimas o’zak nuriari da zahira oziq moddalar to’planadi.
Kambiyning bir meyorda ishlama slig natijasida yog’ochliki hosl qiluvchi hujayralar
bahorda hosil boʻadi, ya’ni bu kamnbiy jadal ishlagan davrga to’g’ri keladi.
Keyinchalik mayda va yupqa devorli hujayralar kelib chiqadi. Yog’ochlik
hujayralani amolalar, oshlovchi moddalar, efr moylari kabilarni shimib olib malum
rangga bo’yaladi.[5]

Ana shunday yog’ochlikning faollik ko’rsatmay qolgan markaziy qismi

yog’ochlikning mag’zi deb ataladi. Yog’ochlikning bevosita kambiyga yaqin
joylashgan qismlari suv va unda erigan moddalarni o’tkazish vazifasini bajarib, uni
zabolon deyiladi. Zabolon yadro qsmiga nisbatan rangsiz bo’lishi bilan yog’ochlikda
ajralib turadi.[6]

O’zak.

O’zak poyaning markaziy qismini tashkil etib, hujayralarida har xil

moddalar to’plangan va asosiy to’qimadan iboratdir. Daraxt va o’t o’simliklarning
poyalari umrining uzun-qisqaligiga ko’ra bir-biridan keskin farqqiladi. O’t
o’simliklaming yer ustki novdalari odatda bir yoki ba’zan 2-3 yil hayot kechiradi.

Daraxt o’simliklar poyasi bir necha yil yashaydi, asosiy poyasi tana hosil

qiladi. Butalarda esa ayrim yirik poyalarini tanachalar deb qaralishi mumkin.

1. Novda daraxt, buta va yarimbutalaming o`zida kurtak va barg hosil qiladigan

bir yillik shoxi

2. Novdalarda barg birikkan joy bo`g`im deyiladi.
3. Ikkita barg oralig’idagi qismi bo`g`im oralig’i deb ataladi.
4.Barglar qo’ltig’ida bittadan yoki bir nechtadan bo`lib kurtak joylashadi.
5.Kuz yaqinlashish bilan novdalarning yashil rangi o`zgarib, qo`ng`ir va

qizg’ish rangga kiradi. Gʻudaning poʻstida poʻkak qavat hosil qiladi. Chunki bu
vaqtda ulaming po`sti qalinlashadi va ostida po‘kak bo`ladi.

7.Novdalar ikki xil bo`ladi.
8.Agar novda barg va kurtaklardan iborat bo`lsa vegetativ novda deyiladi.[2,7]
Ko`pchilik o`simliklar (kungaboqar, makkajo'xori (G'o'za)da poyalar tik

o`sadi. Ko`tarilib o'suvchi poyalar esa sho`ra, tuyaqorin, shuvoq, izen' kabi
o`simliklarda uchraydi: poyalari tuproqqa suya`nib, o`z gavdasini yuqoriga
ko`taradi. Sebarga, o'rmalovchi ayiqtovon va shunga o'xshash qulupnay o`simliklari
poyalari qo`shimcha ildiz chiqaradi. Qovun, tarvuz va qovoq o`simliklari palaklari


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

386




yer bag'irlab o'sadi. Ayrim poyalar (tok, vika, gorox) tanasini tik tuta olmasligi
tufayli boshqa o`simliklarga ilashib o`sadi. Chirmashib o`sadigan o`simliklarga
pechak, poyalar kiradi. O`z poyasini tik tutib tura oladigan, ingichka, uzunpoyali,
ilashib, o'ralib o'suvchi poyali o`simliklar lianalar deb ataladi.

Lianalar asosan tropik o'rmonlarda o'sadigan o`simliklar hisoblanadi.

Hindiston palmasi, «Ratanga» ana shunday o'simliklardan bo`lib, poyasining
yoʻg'onligi 2-4 sm, bo`yi 300 metrgacha boradi. Markaziy Osiyoda uchraydigan
pechakdoshlar, xmellar tipik o`tsimon lianalar bo`lsa, tok, ilon o'tlar esa daraxtsimon
lianalardir.[5,6]

Poyalarning ko’ndalang kesimiga koʻra shakli oʻsimliklar turiga qarab har xil:

ularning yumaloq, silindrsimon (arpa, bugʻdoy, qamish), uch qirrali (hiloldoshlar
oilasiga mansub qiyoq, salomalaykum), toʻrt qirrali (yalpizdoshlar oilasiga kiruvchi
yalpiz, rayhon) shuningdek, qoqidoshlar oilasidan si fiya o simligida va ko`p qirrali
poya qovoq, tarvuz, sachratqi, kaktus kabi o`simlik turlarida uchraydi. Tabiatning
tashqi muhitlariga moslashgan gulli oʻsimliklarning poyasi uzun- qisqa bo`ladi.
Bahorda o’sadigan ayrim o`tlar poyasining uzunligi atigi bir necha sm ga boradi.
Tabiatda bahaybat daraxtlar ham uchraydi. Dunyoda eng baland daraxt Avstraliya
evkalipti, uning balandligi 155 metrgacha boradi. Poyalarining yo’g’onligi ham
xilma-xil bazi bir o`simliklarning poyasi yoʻg’on bo`lib, diametri bir necha metrga
etsa, bazilariniki bir necha millimetmi tashkil qiladi. Masalan, pechak poyasining
yoʻg’oningi 1-3 millimetr, Afrika 1-3 millimetr, Afrika baobob daraxti tanasining
diametri esa 10-12 metrga teng keladi.[8]

Poyaning anatomik tuzilishi sistematik guruxlariga kura, sodda yoki

murakkab buladi. Masalan tuban yusinlar poyasi faqat bir xil parenxima
hujayralaridan, poyabargli yusinlar poyasi qobiq va suv oʻtkazuvchi toʻqimadan,
plaunlar poyasi esa ksilema va floemalyan iborat oʻtkazuvchi toʻqimadan tuzilgan.

Bir pallali poyasida kambiy hosil boʻlib bir pallali oʻsimliklar poyasida

kambiy hosil boʻlmagani uchun yo’g’onlashuv uchum yoʻgʻonlashuv xususiyatiga
ega emas. Aloe, yukka, dratsena kabi ayrim bir pallali oʻsimliklarning poyasi fakat
pertsiklda vujudga keladigan ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima hisobiga
yoʻgonlashadi. Yer ostida joylashadigan bargi reduksiyalangan poya, odatda,
ildizpoya deyiladi.[3,7]



background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

387




Xulosa

.

Poyaning dastlabki rivojlanish bosqichida peritsikl ostida yupqa pardalar

uzunchoq hujayralardan iborat hosil qiluvchi to’qima prokambiy vujudga keladi.
Prokambiy hujayralarining bulinishi natijasida birlamchi ksilema va birlamchi
floema hosil buladi. Ikki pallali va ochiq urugʻli usimliklarda esa birlamchi ksilema
va birlamchi floemadan tashqari ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima kambiy ham
vujudga keladi. Ko’pchilik bir pallali usimliklar poyasining markaziy kismi
parenzama hujayralaridan tuzilgan bulib, ularning orasidan oʻtkazuvchi nay-tolalar
tutami oʻtadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Mustafaev S.M. Botanika. Toshkent. «O’zbekiston»>.2502.470
2. Ikromov M.I., Nomuradov X.N., Yuldahev A.S., Botanika T.

«O`zbekiston»>2502. 322 s 3. Vasilev A.E., VoroninN.S., Yelenevskiy A.G.,
Syerebryakova T.I. <<Botanika, morfologiya rasteniy»> M. «Prosvyesheniya>>.
2018.

4. Burigin V.A., Jongurazov F.X. Botanika. Toshkent. «O`situvchi». 2015.
5. Tojibaev Sh. O`simliklar sistematikasi (tuban o`simliklar). Toshkent,

Oʻstuvchi 20 <<Oʻsituvchi»>, 2011.

6. Kursanov. L. I. Botanika II tom. Tosh.2007
7. To`xtaev A. «O`situvchi» 2019. «O`simliklar anatomiyasi va

morfologiyasi»>T

8. Umarova A.L. «O`simliklar anatomiyasi va morfologiyasi» dan amaliy

mashg’ulotlar. T.: «O’situvchi»>, 2016

References

Mustafaev S.M. Botanika. Toshkent. «O’zbekiston»>.2502.470

Ikromov M.I., Nomuradov X.N., Yuldahev A.S., Botanika T. «O`zbekiston»>2502. 322 s 3. Vasilev A.E., VoroninN.S., Yelenevskiy A.G., Syerebryakova T.I. < M. «Prosvyesheniya>>. 2018.

Burigin V.A., Jongurazov F.X. Botanika. Toshkent. «O`situvchi». 2015.

Tojibaev Sh. O`simliklar sistematikasi (tuban o`simliklar). Toshkent, Oʻstuvchi 20 <, 2011.

Kursanov. L. I. Botanika II tom. Tosh.2007

To`xtaev A. «O`situvchi» 2019. «O`simliklar anatomiyasi va morfologiyasi»>T

Umarova A.L. «O`simliklar anatomiyasi va morfologiyasi» dan amaliy mashg’ulotlar. T.: «O’situvchi»>, 2016