Authors

  • Muslimbek Mirzalimov
    Andijon davlat pedagogika instituti, Jismoniy madaniyat fakulteti 2-kurs talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62256

Keywords:

Atletik gimnastika jismoniy tayyorgarlik maxsus-jismoniy tayyorgarlik gimnastikachilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi fiziologik jarayonlar metabolik jarayonlar sportchilarning funksional imkoniyatlari.

Abstract

Maqolada atletik gimnastikachilar jismoniy tayyorgarligi va maxsus-jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

388




ATLETIK GIMNASTIKACHILARNING JISMONIY

TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY

YO‘NALISHLARI

Mirzalimov Muslimbek Saotjon o‘g‘li.

Andijon davlat pedagogika instituti,

Jismoniy madaniyat fakulteti 2-kurs talabasi.

Annotatsiya:

Maqolada atletik gimnastikachilar jismoniy tayyorgarligi va

maxsus-jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari tahlil
qilingan.

Kalit so‘zlar:

Atletik gimnastika, jismoniy tayyorgarlik, maxsus-jismoniy

tayyorgarlik, gimnastikachilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi, fiziologik
jarayonlar, metabolik jarayonlar, sportchilarning funksional imkoniyatlari.

KIRISH

Atletik gimnastikasida sport mahoratini oshirishning eng samarali yo‘llarini

izlab topish ishlari, mashg‘ulot jarayonini belgilovchi barcha yo‘nalishlarda olib
borilmoqda. Musobaqa dasturlari murakkabligini oshishi va ushbu sport turida
raqobatni keskin kuchayganligi sababli jismoniy tayyorgarlik muammolari yana
ham muhimlashib bormoqda. Atletik gimnastikasida o‘rgatish texnikasi va
uslubiyatlari tahliliga bag‘ishlangan tadqiqotlarning muhimligini tan olish bilan bir
qatorda shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, mashg‘ulot faoliyatining boshqa tarkibiy
qismlari kabi texnik tayyorgarlik, maxsus jismoniy tayyorgarlikni hisobga olgan
holda manzilli takomillashtirilgandagina sport mahoratini takomillashtirish
istiqbollarini amalga oshirishga yordam beradi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, ayrim
harakat sifatlari (ayniqsa maxsus bo‘lmagan) haddan ortiq rivojlangan bir vaqtda,
jismoniy tayyorgarlikni yetarli bo‘lmagan bazasi harakat faoliyatining (ayniqsa
yuqori murakkablikdagi) texnik tuzilmalarini buzilishiga olib keladi, texnikani
ancha tezroq egallash uchun imkoniyat yaratib bera olmaydi va tayyorgarlikni
iqtisodsiz qilib qo‘yadi. Shu bilan birga murakkab va o‘ta murakkab mashqlarning
katta hajmini egallash bo‘yicha sportchi va murabbiy oldida turgan vazifalarning
qiyinligi ko‘pincha shunga olib keladiki, jismoniy tayyorgarlik (JT) boshqaruvi
ikkinchi darajali vazifalarga o‘tib qoladi. Shu bilan bir qatorda, gimnastika
dasturlariningo‘sib borayotgan murakkabligi, ularni muntazam yangilab borish


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

389




zaruriyati va yuqori darajadagi raqobat ko‘pincha bir kunda ikki, uch martalik
mashg‘ulotlarni talab qiluvchi juda katta hajmli ishlarni olib boorish, bu jismoniy
tayyorgarlikni mashg‘ulot chidamkorligi ortishi asosida yotgan faol ta’minot bilan
bog‘liq yana bir muammoni keltirib chiqaradi. Bularning barchasi JTni hisobga
olish, tartibga solish va boshqarish masalalarini atletik gimnastikasida tadqiqot
vazifalarini birinchi rejalaridan biriga aylantiradi.

Boshqa sport turlaridagi kabi atletik gimnastikada JT vositalari

samaradorligini baholashda, maxsus yo‘naltirilgan yuklamalarni u yoki boshqa
harakat sifatlariga va sportchi organizmining funksional imkoniyatlariga
ko‘rsatayotgan sifat va miqdoriy ta’sirini aniqlab beradigan hususiyatlardan kelib
chiqish maqsadga muvofiq.

Biroq amaliyotda jismoniy tayyorgarlikka bo‘lgan bunday yondoshuvlarni

amalga oshirishda ahamiyatli qiyinchiliklarga duch kelish mumkin. Ayrim
tadqiqotchilar JT yuklamalarini faqat ikkita mezon- shug‘ullantiruvchi ta’sirlarning
xosligi va shug‘ullantiruvchi potensial bo‘yicha aniqlashni taklif qiladilar.
Mashg‘ulot ta’sirining o‘ziga xosligi ostida, ularni motor apparatini ishlash tartibida
harakat faoliyatlari kabi, quvvat ta’minoti mexanizmlarida ham musobaqa faoliyati
talablarini muvofiqlik darajasi tushuniladi. Shug‘ullantiruvchi ta’sirlarning o‘ziga
xos hususiyati, o‘ziga xos toliqish (charchash) va o‘ziga xos moslashishni
rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, organizmda sodir bo‘ladigan fiziologik va
metabolik jarayonlar namoyon bo‘ladi. Amaliyotda bunday mezonlar asosida
maxsus jismoniy va umumiy jismoniy tayyorgarlik (muvofiq ravishda MJT va UJT)
mashg‘ulot yuklamalari ajratiladi.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik mazmuni, qoida bo‘yicha, atletik

gimnastikachini har tomonlama umumiy rivojlantirish maqsadlarida aniqlanadi va
shu nuqtai nazardan yuqori malakali sportchilar tayyorgarligida katta ahamiyatga
ega emas. Bir vaqtning o‘zida gimnastikada yosh gimnastikachilar uchun sport
mahoratini shakllantirish bosqichlarida bunday yuklamalarning yuqori nisbati va
ahamiyati saqlanib qoladi.

Atletik gimnastikada MJT mazmuni dinamik tavsiflari, ish tartibi va

organizmning reaksiya tuzilmasiga ko‘ra sport musobaqa sharoitlariga, yoki barcha
talablar, yoki asosiy tarkibiy qismlarga maksimal darajada yaqinlashtirilishi kerak.
Gohida MJT yuklamalariga bo‘lgan ushbu talablar ishchi harakatlar amplitudasi
qismlariga, maksimal kuch va uni namoyon bo‘lish vaqti, mushaklarning ish


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

390




tartibiga urg‘u berish bilan harakatlar amplitudasi va yo‘nalishi bo‘yicha mashg‘ulot
va musobaqa mashqlariga o‘xshashini nazarda tutuvchi dinamik muvofiqlik
tamoyilida ifodalanadi.

Atletik gimnastikada zamonaviy tayyorgarlikka kelsak, ushbu tamoyil asosiy

hisoblanadi. Bundan tashqari, mashg‘ulot mashqlari parametrlarini belgilangan
tavsiflari uyg‘unlik va ketma-ketlik bo‘yicha ham o‘xshash bo‘lishi zarur. Maxsus
ishchanlik qobiliyatlari asosida maxsus jismoniy tayyorgarlik yotadigan boshqa
sport turlaridan farqli o‘laroq, atletik gimnastika uchun yuklamalarni sportchining
jismoniy va texnik tayyorgarlik darajasiga birlashgan ta’siri yuklamalarning o‘ziga
xos bo‘lgan eng muhim mezoni hisoblanadi.

MJTning bunday vositalarini samarali shug‘ullantiruvchi imkoniyatlari

hamda sport mahoratini oshirish uchun ulardan foydalanishda nafaqat musobaqa
sharoitlarini modellashtirish, balki ularni maksimal kuch qiymati, uni rivojlantirish
vaqti va metabolik jarayonlar kuchi bo‘yicha oshirish kerak. Amalda bu maqsadi
mushak

apparatining

funksional

vazifasi

hisoblangan

MJT

tizimida

maxsuslashtirilgan (ixtisoslashtirilgan) kuch yuklamalaridan keng foydalanish bilan
bog‘liq. Atletik gimnastikada MJTning bunday o‘ziga xos tomoni boshqa sport
turlariga qaraganda qiyoslab bo‘lmaydigan darajada ahamiyatga ega bo‘lib, MTJ
yuklamalarining asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu bilan birga, atletik
gimnastikada MJT mazmuniga qo‘yilgan talab, yetilishning yosh hususiyatlari va
harakat apparatining rivojlanishiga yuklanadi. Bundan kelib chiqadiki, mushak
kuchining funksional vazifasi yosh atletik gimnastikachilarning yoshga oid
rivojlanish davrlari va mushak massasi va kuchini tabiiy o‘sishi bilan bog‘liq
bo‘lgan jinsiy yetilish ko’rsatkichlari bilan uzviy bog‘liq. Afsuski, gimnastika
bo‘yicha maxsus adabiyotlarda ushbu masalalar gimnastikachilar tayyorgarligida
muhim o‘rin egallashiga qaramay yetarli darajada yoritib berilmagan.

Gimnastikada MJT mazmuni ushbu omillarga ham uzviy bog‘liq bo‘lib, yosh

sportchilarni rivojlantirish imkoniyatlarini amalga oshirish va harakat qobiliyatlarini
maxsus takomillashtirish uchun funksional poydevor yaratishga yordam beradi.
Ko‘pincha bu MJT vositalarini takomillashtirish imkoniyatlari, egiluvchanlik va
harakat apparatini mustahkamlash uchun qo‘llanilishida ifodalanadi. Bundan
tashqari, ushbu yo‘nalishdagi yuklamalar xususiyatini aniqlash bilan koordinatsiya
qobiliyatlarining hilma-hil turlari tuzilmalarini nisbiy mustaqilligini ham hisobga
olish lozim.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

391




Sport mahorati shakllangan sari tiklanish jarayonlarini faollashtirish uchun

UJT yuklamalarining roli yana ham ortib boradi. Atletik gimnastikada bu
mashg‘ulotning yordamchi vositalari miqdorining ko‘p emasligi, asosan musobaqa
mashqlari yoki ularning elementlaridan tashkil topgan mashg‘ulot yuklamalari
ma’lum monotonlikka ega ekanligi tufayli muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, ushbu
tadqiqotlar zarur darajada rivojlanmadi, chunki ko‘p yillik tayyorgarlik
samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Hozirgi kunda JT vositalaridan foydalanishni tashkil etishni tartibga solish

masalalari ko‘pincha mashg‘ulotni tuzilish shakllarini ikki toifasi bilan bog‘liq. Bir
tomondan, asosiy sharti JT vositalarini yuqori samaradorligini ta’minlash kabi ularni
ustuvor yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirish usuli, boshqa tomondan tayyorgarlikni
muayyan sikllari, davrlari doirasida bunday vositalarni tartiblashtirish usuli nazarda
tutiladi. Atletik gimnastikada ushbu masalalar yetarli darajada yaxshi ishlab
chiqilmagan.

Ko‘p sonli tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, mashg‘ulot tuzilishining kompleks

shaklida, ya’ni mashg‘ulot darslari yoki mikrotsikllar doirasida va tayyorgarlikning
ancha davomiy bosqichlarida tayyorgarlikning hilma-hil vazifalari parallel ravishda
hal etilganda va turli ustuvor yo‘nalishli JT vositalari qo‘llanilgandagina
sportchining garmonik va har tomonlama rivojlanishiga erishish mumkin. Bunday
holatlarda bitta harakat qobiliyatning rivojlanishi boshqalarining ham rivojlanishiga
yordam berishi to‘g‘risida ma’lumotlar ham mavjud. Shu bilan birga JT
yuklamalarining ko‘p qirraliligi, bir yo‘nalishli yuklamalar mazmuniga qaraganda
kuch, tezkorlik, chidamkorlik, harakatlarning umumiy koordinatsiyasini ahamiyatli
darajada yaxshilaydi. Umumiy universal qoida sifatida barcha darsliklarga kiritilgan
harakat ko‘nikmalari va sifatlarining birligi, UJT va MJT birligi uslubiy tamoyillari
shunga asoslanadi. Bundan tashqari, hozirgi kuda shunday tendensiya
kuzatilmoqdaki, faqat sportchilarni ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonida bazaviy
tayyorgarlik bosqichlarida yoki bu mahorati nisbatan uncha yuqori bo‘lmagan
sportchilarga tegishli bo‘lgandagina bunday yondashuv samaradorligiga erishish
mumkin.

Gimnastikaga tegishli bo‘lgan JT jarayonini tashkil etishning bunday

“kompleks” shakllarining roli ikkita asosiy sabablarga ko‘ra juda yuqori.
Birinchidan, gimnastika ko‘pkurashi turlari bilan bog‘liq maxsus jismoniy va texnik
tayyorgarlikka bo‘lgan talablarning hilma-hilligi. Ikkinchidan, sport mahoratini


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

392




shakllantirish aynan sportchilarning yoshga oid rivojlanish davrlariga to‘g‘ri
kelganligi tufayli. Bu o‘z-o‘zidan JT bazaviy elementlarining doimiyligi va yosh
gimnastikachilar tayyorgarligida ushbu yondoshuvlarni maxsus asoslashni nazarda
tutadi.

JT yo‘nalishi to‘g‘risida gapirib, qaysi harakat sifatlari qo‘llaniladigan

mashg‘ulot vositalari bilan qanchalik darajagacha rivojlantirilishi kerakligi haqida
aniq tasavvurga ega bo‘lish lozim. Shuning uchun jismoniy tayyorgarlik tuzilmasi
(tarkibiy qismlari) to‘g‘risida batafsil tasavvurga ega bo‘lish JTni dasturlashtirishda
zarur shartlardan biri hisoblanadi.

Hozirgi kunda yuqori malakali sportchilarda mashg‘ulot yuklamalarini tashkil

etishga yuqorida bayon etilgan yondashuvlar yetarli darajada qo‘llanilmayotganligi
aniqlanmoqda.

Bu ehtimol yuqori malakali atletik gimnastikachilar yuqori darajada maxsus

jismoniy tayyorgarlikka ega ekanliklari bilan bog‘liqdir. Uni faqat u yoki bu
yo‘nalishli juda kuchli shug‘ullantiruvchi ta’sir hisobigagina oshirish mumkin. Shu
maqsadda u yoki bu yo‘nalishli JT vositalari konsentratsiyasidan foydalanish taklif
qilinmoqda. Bunday konsentratsiya gimnastikachilarning maxsus kuch tayyorgarligi
uchun eng maqbuli bo‘ldi. Tayyorgarlikni jadallashtirish sharoitlarida bu albatta
alohida ahamiyatga egadir. Ko‘rsatilishicha, aynan shunday mashg‘ulot ta’siriga
erishishda kuchga yo‘naltirilgan yillik yuklamalar hajmini 10-15%ga kamaytirish
mumkin. Biroq, shuni ham inobatga olish kerakki, konsentratsiyalangan kuch
yuklamalarini qo‘llanilishi tezkor-kuch ko‘rsatkichlari va o‘ziga xos toliqish natijasi
sifatida, harakat apparati proprioretseptorlari sezuvchanligini pasayishiga olib
kelishi mumkin. Bu o‘z navbatida, texnik mahoratni takomillashtirish vazifalarini
hal etilishini qiyinlashtiradi, shuning uchun bir-biriga mos kelmaydigan yoki o‘zaro
salbiy aloqaga ega bo‘lgan mashg‘ulot ta’sirlari bilan JT vositalarini vaqt bo‘yicha
ajratish taklif qilinadi. Ammo ushbu masalalar hali yetarli darajada ishlab
chiqilmagan. Shu bilan birga MJTni ahamiyatli darajada jadallashtirishda uni
mashg‘ulot jarayonidagi tuzilish samaradorligi, o‘ziga xos toliqish va organizmning
umumiy funksional holatidagi o‘zgarishlarni boshqarilishi bilan aniqlanadi. Aynan
ular u yoki bu yo‘nalishli JT yuklamalariga gimnastikachilarning tayyorlik holati va
texnik takomillashuv imkoniyatlarini belgilab beradi. Biroq, gimnastikachilarni
mashg‘ulot chidamkorligi kabi toliqishni o‘ziga xos namoyon bo‘lish hususiyatlarini
hisobga olish usullari maxsus tadqiqotlar uchun maydon bo‘lib qolmoqda.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

393





XULOSA

Keltirilgan ma’lumotlar gimnastikachilarning maxsus jismoniy va texnik

tayyorgarligini o‘zaro bog‘liq takomillashtirish uchun ahamiyatli darajada zaxiralar
mavjudligi to‘g‘risida guvohlik beradi. Bir vaqtning o‘zida ular atletik
gimnastikasining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari (bosqichlari) JTni
takomillashtirishda katta rol o‘ynashini nazarda tutadi. Uning yuqori darajasi,
haddan ortiq charchash, haddan ortiq shug‘ullanganlik holatlari va moslashish
jarayonini buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan zo‘riqishi, haddan ortiq
yuklanishi, oxirigacha tiklanmaslik holatlarini to‘planish ehtimolini kamayishi bilan
ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Oxirgilari ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonida bir qator
umuman istalmagan oqibatlarga olib keladi va yuqori natijalar yoshiga bo‘lgan
individual imkoniyatlarni amalga oshirilishini chegaralab qo‘yadi. JT roli ko‘p yillik
tayyorgarlik jarayonida jarohatlanish ehtimoli va takrorlanishini kamayishida, sport
mahoratining o‘sish tempini saqlab qolishda ifodalanishi mumkin. SHuning uchun
JTni

ma’lum

modelga

(namuna)

mos

ravishda

takomillashtirish

gimnastikachilarning ko‘p yillik tayyorgarlik jarayoni va sport mahoratini o‘sish
imkoniyatlarini saqlab qolishda “me’yor” mezonlaridan biri bo‘lishi kerak.

Gimnastikachilarning ko‘p yillik tayyorgarlik tizimi, uning bazaviy holatlari

ko‘p sonli mutaxassislarning ishlari bilan alla qachon shakllanib bo‘lgan. Biroq
atletik gimnastikaning davom etayotgan rivojlanishi va raqobatni oshib
borayotganligini inobatga olish bilan birga, hal etilishi birinchi darajaga ko‘tarilgan
bir qator masalalar va qarama-qarshi fikrlar ham mavjud. Bir tomondan
tayyorgarlikni ishdividuallashtirish, JT va texnik tayyorgarlik yuklamalarini
kompleks modellashtirish tamoyillarini amalga oshirish hamda musobaqa faoliyati
kabi, tayyorgarlik jarayoni mazmunini ham aks ettiruvchi JTning model tavsiflarini
ishlab chiqish ham ushbu masalalardan eng asosiylari hisoblanadi.







background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

394




REFERENCES

1. Аркаев Л.Я., Сучилин Н.Г. Как готовить чемпионов. /Теория и

технология подготовки гимнастов высшей квалификации. М.: ФИС 2004. -
326-б.

2. Гавердовский Ю.К., Лисицкая Т.С., Розин Е.Ю., Смолевский В.М.

Спортивная гимнастика (мужчины и женщины). Примерные программы
спортивной подготовки для ДЮСШ, СДЮШОР и ШВСМ. Москва 2005. - 511-

3. Гавердовский Ю. К. Теория и методика спортивной гимнастики:

учебник в 2 т. - Т. 2/Ю. К. Гавердовский, В.М. Смолевский. - М.: Советский
спорт, 2014. - 231-б.

4. Eshtayev А.К., Umarov M.N. ва бошк. «Gimnastika nazariyasi va

uslubiyoti» Darslik. Т.: 2017. - 500-b.

5. Eshtaev A.K. Gimnastika nazariyasi va uslubiyati [Matn]: o'quv qo'llanma

Eshtaev Anvar Kurganovich. - Toshkent. «O'zkitobsavdo-nashriyoti», 2020. - 312-

6. Платонов В.Н. Двигательные качества и физическая подготовка

спортсменов. Издательство «СПОРТ» М.: 2019. - 630 - б.

7. Umarov M.N. va boshq. Gimnastika, darislik. T.Cho'lpon nomidagi BMIU,

2018. - 552-b.

References

Аркаев Л.Я., Сучилин Н.Г. Как готовить чемпионов. /Теория и технология подготовки гимнастов высшей квалификации. М.: ФИС 2004. - 326-б.

Гавердовский Ю.К., Лисицкая Т.С., Розин Е.Ю., Смолевский В.М.

Спортивная гимнастика (мужчины и женщины). Примерные программы спортивной подготовки для ДЮСШ, СДЮШОР и ШВСМ. Москва 2005. - 511-

Гавердовский Ю. К. Теория и методика спортивной гимнастики: учебник в 2 т. - Т. 2/Ю. К. Гавердовский, В.М. Смолевский. - М.: Советский спорт, 2014. - 231-б.

Eshtayev А.К., Umarov M.N. ва бошк. «Gimnastika nazariyasi va uslubiyoti» Darslik. Т.: 2017. - 500-b.

Eshtaev A.K. Gimnastika nazariyasi va uslubiyati [Matn]: o'quv qo'llanma Eshtaev Anvar Kurganovich. - Toshkent. «O'zkitobsavdo-nashriyoti», 2020. - 312-

Платонов В.Н. Двигательные качества и физическая подготовка спортсменов. Издательство «СПОРТ» М.: 2019. - 630 - б.

Umarov M.N. va boshq. Gimnastika, darislik. T.Cho'lpon nomidagi BMIU, 2018. - 552-b.