Authors

  • Rasulbek Ro’zmetov
    Urganch davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62262

Keywords:

Azotabakteriya “Durdona” ”Qahrabo” ”Radost” ”Yer malhami” tuproq unuvchanlik shtamm mikrobiologik tekshiruv dukkak purkash.

Abstract

Azotabacter.chroococcum mikroaerofil o'simlik o'sishini rag'batlantiruvchi rizobakteriya bo’lib, bu bacillus shaklli va gramm manfiy bakteriyadir. Mezofil sifatida bu bakteriya o'rtacha haroratli tuproqlarda  yaxshi rivojlanadi va neytral pH muhitini talab qiladi. U aerob sharoitida azotni o’zlashtirishga qodir bo’lgan bakteriyalar qatoriga kiradi.  Tuproqda fosforli birikmalar kam bo'lishi mumkin emas, aks holda azotni o’zlashtirishga to'sqinlik qilishi mumkin. Fosfordan tashqari, bu bakteriyalar  azotni o’zlashtirishi uchun  kaliy, oltingugurt, magniy va kaltsiy kerak bo’ladi.  Azotni o’zlashtirishi uchun Azotabacter chroococcum uchta ferment (katalazaperoksidaza va superoksid dismutaza) ishlab chiqaradi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

422




TUPROQLAR UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA MOSH NAVLARIGA

AZOTABACTER CHROCOCCUM A-2 SHTAMMI SAQLAGAN BIOPREPARAT

QO’LLASH SAMARADORLIGI

Ro’zmetov Rasulbek Shukurullayevich

Urganch davlat universiteti,

rasulbekruzmetov1998@gmail.com

ANNOTATSIYA

Azotabacter.chroococcum mikroaerofil o'simlik o'sishini rag'batlantiruvchi rizobakteriya

bo’lib, bu bacillus shaklli va gramm manfiy bakteriyadir. Mezofil sifatida bu bakteriya o'rtacha

haroratli tuproqlarda yaxshi rivojlanadi va neytral pH muhitini talab qiladi. U aerob sharoitida

azotni o’zlashtirishga qodir bo’lgan bakteriyalar qatoriga kiradi.

Tuproqda fosforli birikmalar kam

bo'lishi mumkin emas, aks holda azotni o’zlashtirishga to'sqinlik qilishi mumkin.

Fosfordan tashqari, bu bakteriyalar azotni o’zlashtirishi uchun kaliy, oltingugurt, magniy va

kaltsiy kerak bo’ladi. Azotni o’zlashtirishi uchun

Azotabacter chroococcum

uchta ferment

(

katalaza

,

peroksidaza

va

superoksid dismutaza

) ishlab chiqaradi.

Tayanch so’zlar:

Azotabakteriya, “Durdona”, ”Qahrabo”, ”Radost”, ”Yer malhami”,

tuproq , unuvchanlik, shtamm, mikrobiologik tekshiruv, dukkak, purkash.

Kirish.

So'nggi paytlarda o'simliklar o'sishini rag'batlantiruvchi rizobakteriyalar ekinlar

hosildorligini oshirish va qishloq xo'jaligi barqarorligini oshirish uchun qo'llanildi. O'simliklar

o'sishini rag'batlantiruvchi rizobakteriyalar biologik azot fiksatsiyasi, fitogormonlar ishlab

chiqarish, fosfor kabi minerallarning eruvchanligi va temirni xelyatsiya orqali o'simlik ildizlariga

yetkazib beradigan sideroforlarning sintezi orqali azotni ko'paytirishda yaxshi ishtirok etadi. [19]

Azotabakteriya inokulyatsiyasi orqali o'simliklarning o'sishini rag'batlantirish bir necha

omillarning sinergik ta'siriga bog'liq bo'lishi mumkin. Kalaiarasi va Dinakar (2015) [29]

Azotobacter va Paenibacillus hujayralarining turli formalarini qo'llashni o'rgandilar. In vitro

sharoitida makkajo'xorining o'sish va hosildorlik ko'rsatkichlarini yaxshilash bo'yicha 75% N va

P darajasi bilan bir shtammli emlash, birgalikda emlash va koagregatlarni qo'llashni tavfsiya


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

423




qildilar. Ular Azotobacter va Paenibacillus ning har bir formasi ta'sirida makkajo'xori o'sishi va

hosildorligi, emlanmagan nazorat bilan solishtirganda yuqori darajasini kuzatdilar. Shunga

qaramay, Azotobacter va Paenibacillus hujayralarini tabiiy koagregatlar sifatida qo'llash maksimal

samaradorlikni, so'ngra o’sishni boshqaruvchi rizobakteriyalar hujayralarini birgalikda va bitta

shtammli inokulyatsiyani aniqladi. Azotobakter izolatlari Helminthosporium sp qo'ziqoriniga

qarshi maksimal antifungal xususiyatga ega. Macrophomina sp. ga minimal miqdorda anti ta’sirga

ega. Izolyatsiyalarning tasdiqlangan patogenlar bilan to'qnashuvi natijasida erishilgan RGI

shtammi 10% dan 48% gacha.

Tadqiqot metodologiyasi:

Dala tajribamizni

Paxta seleksiyasi urug’chiligi va yetishtirish

agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi dala tajriba maydonida

olib borildi. Tajribada keng dalada bug’doydan bo’shagan maydonga qatorlab ekildi. Qator

oralig’i 60-60 smli qilib, qatorning ikkala tomoniga ekildi. Ekish bir- biridan uzoq masofada yer

malhamining tarkibida azotabacter chrococcum A-2 shtammi saqlagan biopreparatning suvli

eritmasida mosh navlarining urug’lari yarim soat davomida ishlov berilib bir tarafga ekildi. Bu

maydonning qarama-qarshi tomonidagi ajratilgan yerda esa mosh navlarining urug’lari oddiy suvli

eritmada yarim soat ishlov berib ekildi. Ushbu maydondagi o’simliklardagi o’zgarishlar

Beydemanning fenologik tajriba – kuzatish usulidan, “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari”

(O‘zPITI, 2007) kabi uslubiy qo‘llanmalari asosida bajarildi. Yer malhami biopreparatidan

foydalanish Xorazm viloyati, Urganch shahri, ”BIO O’G’IT” ishlab chiqarish korxonasi

yo’riqnomasi asosida amalga oshirildi.

Tahlil va natijalar:

Paxta seleksiyasi urug’chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy

tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi dala maydoni (PSUYEAITI Xorazm filiali) da

2024 yilda o’tkazildi. Bunda

moshning Durdona navi urug`lariga ekishdan oldin tarkibida

azotabacter chrococcum A-2 shtammini saqlagan biopreparat ta’sir ettirildi.

Tajriba

dalada davom ettirilib, urug’larni ikki xil maydonga ekildi. Biri yer malhami

azotabacter chrococcum A-2 shtammini saqlagan biopreparat

bilan ishlov berilgan urug’ ekilgan

maydonda, biri esa oddiy suv bilan ishlov berilgan urug’ ekilgan maydonda olib borildi (1-rasm).


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

424




1-rasm. Urug’larni yer malhami bilan ishlov berilishi.

Har o’simlik unib chiqish davridan to hosil qilish davrigacha fenologik kuzatuvlar qilinib

borildi. Biz uchun asosiy rizosfera qism bo’lganligi sababli o’simlikning dukkaklash fazasida

ildizlari kavlaniv tugunaklari olib o’rganildi. Eritma o’sish davrida o’simlik bargiga purkaldi.

Ikki xil usulda ekilgan maydondagi tafovutlar aniqlandi. Bu jarayonda azotabakteriya hosil

bo’lishi, tugunaklar yirik-maydaligi, shakli, rangi og’irliklari bilan oddiy sharoitda o’sgan mosh

o’simligidan, yer malhamili muhitda o’sgan mosh o’simligi rizosferasi ustunligi yaqqol ko’rindi.

Vegetatsiya davrida shohlanish va biomassa jihatidan Radost va Qahrabo yetakchi o’rinni

egallagan bo’lsada, bizga kerakli bo’lgan hosil ko’rsatgichlarida asosan Durdona mosh navi o’zib

ketdi. Ularda azotabakteriya tugunaklari asosan gullash davridan to dukkaklar pishish davrigacha

ro’y berdi. Yer malhami ta’sirida ildizda ayniqsa, ildizning poyaga yaqin qismida azotabakteriya

tugunaklari g’uj-g’uj bo’lib joylashib olgan (2-rasm). Bu shu o’simlik tuproqida azotabakteriyalar

kulturasining faolligidan va ko’pligidan darak beradi. Azotabakteriyalar tuproqda qanchalik ko’p

bo’lsa, ulardagi fiksatsiya jarayoni ham shunchalik kuchli bo’ladi va tuproq unumdorligi yanada

oshadi. Bu kabi biologik preparatlardan foydalanish qishloq xo’jaligining boshqa ekinlarida ham

qo’llanilishi mumkin. Bu orqali biz hosildorlikni zararsiz, tabiiy usullar yordamida amalga oshirib,

aholini ekologik toza mahsulotlar bilan ta’minlashga yordam beramiz.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

425




A

B

2-rasm. Daladagi o’simlilk ildizlaridagi azotabakteriya tugunaklari. A) taqqoslash uchun

olingan o’simlik rizosferasi. B) azotabacter chrococcum A-2 shtammi saqlagan biopreparat

orqali ishlov berilgan o’simlik rizosferasi.

Bunda yaqqol ko’rinib turibdiki, o’simliklar rizasferasidagi tugunaklar miqdori ildiz

sistemasiga mos ravishda poyaga yaqin qismida ko’proq uchraydi. Ular asosan asosiy va yon

ildizlarga ba’zan qo’shimcha ildizlarda ham uchraydi. Ulardagi barcha tugunaklarni mos ravishda

3 ta idishga solib oldik. Bunda 1 ta o’simlikdan dastlab tugunaklar yig’ib olinib, tarozida og’irligi

o’lchandi (1-jadval) va ildizlar sistemasi o’lchami o’rganildi (3-rasm).

3-rasm. Durdona, Qahrabo va Radost navlarining ildiz sistemasi tafovutlari.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

426




Ildiz sistemasi har bir o’simlkik turiga bog’liq ravishda o’zgarib turadi.

Azotabakteriyalar tugunaklari ham ildizlarda bir xilda joylashmay, o’simlikning ildiz bo’g’zida

ba’zan qo’shimcha ildizlarda ham uchraydi. Qo’shimcha ildizlar rivojlanishiga yordam beradi.

1-jadval. Mosh navlarining yer malhami va suv bilan ishlob berib ekilgan o`simlik ildizi

tugunaklarining og’irligi (gram).

.

T/r

Mosh

navlari

Takrorlanish

1 ta o`simlik

ildizidagi

tugunaklar ogi`rligi

3 ta o`simlik

ildizidagi

tugunaklar

ogi`rligi

1

Yer

malhami

bilan

ishlov

berilganda

Durdona

R1

1.78

5.95

2

Durdona

R2

1.81

6.3

3

Durdona

R3

1.58

5.25

4

Radost

R1

1.67

6.24

5

Radost

R2

1.56

5.85

6

Radost

R3

1.48

5.46

7

Qahrabo

R1

2.55

8.25

8

Qahrabo

R2

2.36

7.59

9

Qahrabo

R3

2.23

6.6

10

Oddiy

suvli

muhitda

Durdona

R1

0.98

2.52

11

Durdona

R2

0.94

2.28

12

Durdona

R3

1.25

3.42

13

Radost

R1

0.91

2.58

14

Radost

R2

0.92

2.63

15

Radost

R3

1.01

3.02

16

Qahrabo

R1

1.02

3.04

17

Qahrabo

R2

1.01

2.72

18

Qahrabo

R3

1.02

2.84

Tugunaklardagi azotabakteriyalarning faoliyat yuritib turgan yoki hujayralari tirik

ekanligini o’rganish maqsadida laboratoriya xonasida tugunaklarni tozalab, ulardan birini pinset


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

427




yordamida kesib buyum oynasiga qo’yib surtma tayyorladik. Surtmaga 1 tomchi suv tomizib

mikraskopda ko’rganimizda azotabakteriyalar koloniyasi juda gavjum va harakatda ekanligini,

ko’pchiligida flagellalari mavjudligini ko’rdik.

Moshning Durdona, Radost va Qahrabo navlarida pishish davrida o`simlikning dukakklari

sonida navlar va yer malhami bilan ishlov berilgan varinatlarda farqlarni ko`rildi.

Mosh hosili bo’yicha durdona navi yetakchi hisoblanadi. Sababi hosil qanday bo’lishi

meva joylashgan qismga bog’liq. Durdona mosh navida dukkaklar o’simlikning yuqorigi qismida

juda ko’p hosil bo’lganligi sababli hosil ham shunga munosib ravishda yuqori. Qolgan moshning

Radost va Qahrabo turlarida dukkaklar o’simlikning tanasining o’ziga xos joylarida siyrak

joylashgan. Biomassa ya’ni boshqa ko’rsatgichlari jihatidan moshning Radost va Qahrabo turlari

yetakchi bo’lib hisoblansada, bizga kerakli qism ya’ni dukkaklash, urug’ miqdori jihatidan

moshning Durdona navi alohida ajralib turadi.

Biopreparat ta’sir qildirilgan o’simliklar rizosfera hajmining kattaligi, undagi tugunaklar

miqdorining ko’pligi poya va barglarning to’liq baquvvat bo’lib shakillanishiga, o’z vaqtida

gullashning yaxshi bo’lishiga ya’ni gullagan o’simlik gullarining shamolda to’kilib ketmaslikiga

katta ta’sir ko’rsatdi. Natijada o’simlikning gullaridan hosil bo’lgan dukkaklar tabiiy sharoitda

o’sib turga mosh o’simligi dukkaklariga qaraganda yirik va og’ir ekanligini guvohi bo’ldik.

Xulosalar.

Dala tajribalarida distillangan va yer malhami

azotabacter chrococcum A-2

shtammini saqlagan biopreparat

eritmasini bilan ivitilgan urug`lardan ungan o`simliklarning bo`yi

o`sishida ham ijobiy tasir ko`rsatilganligi va a

zotabacter chrococcum A-2 shtammini saqlagan

biopreparat

eritmasini bilan ivitilganda o`simliklar bo`yi balandroq ekanligi qayd qilingan.

Vegetatsiya davrida mosh navlarining a

zotabacter chrococcum A-2 shtammini saqlagan

biopreparat

va suv bilan namlantrib ekilganda o`simlik shoxlanishni va bargalarning soni suv bilan

ivitilganga nisbatan yaxshilashgani aniqlangan.

Yer malhami biopreparati o’simlik hosildorligiga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Sababi ildizda

o’simlik uchun kerakli moddalar qanchalik yetarli bo’lsa, o’simlik hosildorligi ham shuncha

yuqori bo’ladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

428




Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Martyniuk S, Martyniuk M (2003) Occurrence of Azotobacter Spp. in some

polish soils. Pol J Environ Stud 12(3):371–374

2.

Arun KS (2007) Bio-fertilizers for sustainable agriculture, 6th edn. Agribios

Publishers, Jodhpur, pp 76–77

3.

George MG (2005) “Part B: the gammaproteobacteria”. Bergey’s manual of

systematic bacteriology. The proteobacteria, 2nd edn. Springer, New York.

ISBN 0387950400

4.

Dhanasekar R, Viruthagiri T, Sabarathinam PL (2003) Poly(3-hydroxy

butyrate) synthesis from a mutant strain Azotobacter vinelandii utilizing

glucose in a batch reactor. Biochem Eng J 16:1–8

5.

Xorazm viloyati, Urganch shahri, ”BIO O’G’IT” ishlab chiqarish korxonasi

yo’riqnomasi.

References

Martyniuk S, Martyniuk M (2003) Occurrence of Azotobacter Spp. in some polish soils. Pol J Environ Stud 12(3):371–374

Arun KS (2007) Bio-fertilizers for sustainable agriculture, 6th edn. Agribios Publishers, Jodhpur, pp 76–77

George MG (2005) “Part B: the gammaproteobacteria”. Bergey’s manual of systematic bacteriology. The proteobacteria, 2nd edn. Springer, New York. ISBN 0387950400

Dhanasekar R, Viruthagiri T, Sabarathinam PL (2003) Poly(3-hydroxy butyrate) synthesis from a mutant strain Azotobacter vinelandii utilizing glucose in a batch reactor. Biochem Eng J 16:1–8

Xorazm viloyati, Urganch shahri, ”BIO O’G’IT” ishlab chiqarish korxonasi yo’riqnomasi.