“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
655
Shahrisabz tumanining ekoturistik ob’yektlari va ularni
rivojlantirish masalalari
O’zMU, Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti
g.f.n. dots. Shamuratova N.T.
OʼzMU, Magistr., Chorshanbiyeva Mahliyo Nuraliyevna
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Shahrisabz tumanining ekoturistik salohiyati va
hududda joylashgan tabiiy ob’yekrlar tahlil qilinadi. Hisor tog’lari, Oqsuv va
Qizilsuv daralari kabi noyob ekoturistik hududlarning imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
Shahrisabz tumani, ekoturizm, Hisor tog’lari, Oqsuv darasi,
Qizilsuv darasi, ekoturistik ob’yektlar, tabiiy resurslar, ekologik infratuzilma,
mahalliy hamjamiyat, ekoturizmni rivojlantirish.
Аннотация
: В данной статье анализируется екологический потенциал
Шахрисабзкого района и расположенные на его территории природные
объекты. Рассматриваются такие уникальные екотуристечиские зоны, как
Гиссарские горы, ущелья Аксу и Кызылсу.
Ключевые слова:
Шахрисабзский район, екологический туризм,
Гиссарские горы, ущелье Аксу, ущелье Кызылсу, екотуристические объекты,
природные ресурсы, екологическая инфраструктура, местное сообщество,
развитие екотуризма.
Annotation:
This article analizes the ecotourism potential of the Shahrisabz
district and its natural sites. Unique ecotourism areas such as the Hisor Mountains,
Aksu, and Qizilsu gorges are reviewed.
Keywords:
Shahrisabz district, ecotourism, Hisor Mountains, Aksu gorge,
Qizilsu gorge, ecotourism sites, natural resources, ecological infrastructure, local
community, ecotourism development.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
656
Eng avvalo ekologik turizm va uning boshqa turdagi turizm bilan farqi
nimada ekanligini ajratib olish lozim boʼladi.
“Turizm”
termini birinchi bo’lib, 1830-yilda V.Jekmo tomonidan fanga olib
kirilgan. Fransuz tilida “tour”- “aylana, aylanma harakat” va “travel”-“sayr-
sayohat”. Shuningdek, “tourisme - sayohat qilish, dam olish” bo’lib, shu bilan bir
qatorda sport va umumtarbiyaviy yoki siyosiy-ma’muriy vazifalarni bajarish degan
ma’noni anglatadi. [2; 404-b]
Ma’lumki, turizmning juda ko’p shakllari va turlari mavjud. Sohalar
bo’yicha turizm 6 ta turga, jumladan,
agroturizm, avtoturizm, veloturizm, suv
turizmi, sport turizmi, ekoturizm
kabi turlarga bo’linadi [3].
Ekoturizm
– shaxslarning dam olish, sport bilan shugʼullanish,
sogʼlomlashish, maʼrifiy-maʼnaviy (umumtarbiyaviy) ishlarni amalga oshirish kabi
maqsadda hamda ekologik vazifalarni bajarish uchun doimiy yashash joylaridan
chiqib, atrof tabiatga qiladigan sayohatlari, atrof-muhitni o’rganish, uni muhofaza
qilish, tabiatga nisbatan ma’suliyatli munosabatda bo’lish va shuning bilan bir
qatorda maroqli hordiq chiqarish imkoniyatini yaratadi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
657
Shahrisabz tumani, O’zbekistonning qadimiy va tarixiy hududlaridan biri
bo’lib, nafaqat madaniy va tarixiy yodgorliklari, balki tabiiy boyliklari bilan ham
diqqatga sazovordir. Tumanning tabiiy landshafti, noyob iqlim sharoiti, o’simlik va
hayvonot dunyosining xilma-xilligi uni ekoturizm rivoji uchun qulay hududga
aylantiradi. Ushbu maqolada Shahrisabz tumanidagi ekoturistik ob’yekrlar va ularni
rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Shahrisabz tumanining ekoturistik salohiyati.
Shahrisabz tumani O’zbekistonning Qashqadaryo viloyatida [1] joylashgan
bo’lib, tog’ va tog’ oldi hududlari bilan ajralib turadi. Ushbu hududda quyidagi
asosiy ekoturistik ob’yektlar mavjud:
1.
Hisor tog’lari.
Hisor tog’ tizmalari Shahrisabzning eng go’zal tabiiy hududlaridan biri
bo’lib, ulkan turistik salohiyatga ega. Bu yerda piyoda yurish (trekking), tog’
velosporti va qushlarni kuzatish kabi faoliyatlar uchun qulay mkoniyatlar mavjud.
1-rasm. Hisor davlat tog’ archa qo’riqxonasi
2.
Oqsuv va Qizilsuv daralari
.
Bu hududda o’zining tabiiy go’zalligi, sharsharalari va noyob flora-faunasi
bilan sayyohlarni jalb etadi. Ayniqsa, yoz oylarida bu joylar dam olish maskani
sifatida xizmat qiladi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
658
3.
Tuproq va o’simliklarning xilma-xilligi
.
Tumanda ekologik jihatdan boy o’rmonzorlar, dorivor o’simliklar va noyob
hayvonot dunyosi mavjud. Bu ekoturizm doirasida ilmiy ekspeditsiyalar va biologik
tadqiqotlar uchun muhim ahamiyatga ega.
Ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlari.
Shahrisabz tumaning ekoturistik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun
quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:
1.
Infratuzilmani yaxshilash.
Turistlarni qabul qilish uchun maxsus dam olish maskanlari, ekologik
mehmonxonalar va yo’l ko’rsatkichlar tizimini tizimini rivojlantirish zarur. Ayniqsa,
ekologik toza transport vositalarini joriy qilish muhim.
2.
Mahalliy hamjamiyatlarni jalb qilish.
Ekoturizm loyihalariga mahalliy aholini jalb qilish orqali yangi ish o’rinlari
yaratish va hudud iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin. Mahalliy aholi tomonidan
qo’l mehnati bilan tayyorlanadigan suvenirlar va mahsulotlar turistlar uchun
qiziqarli bo’lishi mumkin.
3.
Madaniy va ekologik ma’rifat ishlari.
Ekoturizmni rivojlantirish uchun ekologik bilimlarni targ’ib qilish, tabiiy
resurslarni asrash va ekologik madaniyatni oshirish bo’yicha tadbirlar o’tkazish
lozim.
4.
Reklama va marketing strategiyalari.
Shahrisabz tumanining ekoturistik ob’yektlarini xalqaro darajada targ’ib
qilish uchun ijtimoiy tarmoqlar, turistik ko’rgazmalar va media resurslaridan
foydalanish lozim.
Shahrisabz tumani o’zining tabiiy va tarixiy boyliklari bilan nafaqat
mahalliy, balki xalqaro mqyosdagi sayyohlar uchun ham jozibador hududdir. [4]
Ekoturizmni rivojlantirish orqali tumanning iqtisodiy va iltimoiy salohiyatini
oshirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiiy boyliklarni asrash imkoniyati
mavjud. Shu sabali, mahalliy hokimiyat va tadbirkorlar o’rtasida hamkorlikni
kuchaytirish hamda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash choralari ko’rilishi muhim
ahamiyatga ega.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
659
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
08.03 2019 yil 198 sonli Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan
samarali foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida Vazirlar Mahkamasi qarori.
2.
Kotlyarov E.A. Рекрационная география. М.: -1978.
3.
Shamuradova Sh.G’. Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasida
turizmni rivojlantirishning tabiiy geografik asoslari. Dis…. G.f.f.d. (PhD) –
Toshkent.2020. – 128 b.
4.
Shamuratova N.T. O’zbekistonda ekologik turizm va uning tabiiy
geografik jihatlari. //G.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya
Toshkent 2011
