Authors

  • Sarvarbek Vapayev
    Xorazm viloyati IIB JXX XPB boshlig'i podpolkovnik

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62311

Keywords:

ma’naviyat ahlok tarbiyaning ijtimoiy aspektlari ijtimoiy munosabatlar psixologik rivojlanish o'z-o'zini anglash shaxsiy qiymatlar etika ijtimoiy identifikatsiya emotsional intellect motivatsiya

Abstract

Ushbu tadqiqotda yoshlarda ma'naviy-ahloqiy tarbiyani shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari tahlil etiladi. Yoshlik davri inson hayotidagi muhim bosqich bo'lib, bu davrda shaxsning ichki dunyosi, ijtimoiy munosabatlari va ahloqiy qadriyatlari shakllanadi. Tadqiqotda yoshlarning ma'naviy-axloqiy rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, shu jumladan oilaning roli, ta'lim muassasalari va jamiyatdagi ijtimoiy normativlar o'rganiladi. Shuningdek, yoshlarda o'z-o'zini anglash, empatiya rivojlantirish va axloqiy qarorlar qabul qilish jarayonlari ko'rib chiqiladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

720




Yoshlarda ma’naviy- ahloqiy tarbiyani shakllantirishning ijtimoiy

psixologik xususiyatlari

Xorazm viloyati IIB JXX XPB boshlig'i

podpolkovnik Vapayev Sarvarbek Rajabbayevich

Annotatsiya:

Ushbu tadqiqotda yoshlarda ma'naviy-ahloqiy tarbiyani

shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari tahlil etiladi. Yoshlik davri inson
hayotidagi muhim bosqich bo'lib, bu davrda shaxsning ichki dunyosi, ijtimoiy
munosabatlari va ahloqiy qadriyatlari shakllanadi. Tadqiqotda yoshlarning
ma'naviy-axloqiy rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, shu jumladan oilaning roli,
ta'lim muassasalari va jamiyatdagi ijtimoiy normativlar o'rganiladi. Shuningdek,
yoshlarda o'z-o'zini anglash, empatiya rivojlantirish va axloqiy qarorlar qabul qilish
jarayonlari ko'rib chiqiladi.

Kalit so’zlar:

ma’naviyat, ahlok, tarbiyaning ijtimoiy aspektlari, ijtimoiy

munosabatlar, psixologik rivojlanish, o'z-o'zini anglash, shaxsiy qiymatlar, etika,
ijtimoiy identifikatsiya, emotsional intellect, motivatsiya

Jamiyatning ta’lim-tarbiya sohasidagi asosiy ehtiyojlaridan biri bu – har

tomonlama barkamol, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iborat. Shunday ekan,
boʻlajak mutaxassislarni intellektual salohiyatli, ma’naviy-kasbiy barkamol shaxs
sifatida tarbiyalash davr talabi hisoblanadi. Bunda esa yoshlarning ma’naviy-
axloqiy jihatdan yetukligi ham muhim oʻrin tutadi.

Insonning ma’naviy- axloqiy tarbiyalanganligi uning tevarak-atrofdagi

munosabatlaridan namoyon boʻladi. U insonning hislarida, kechinmalarida
ifodalanadi , hamda xulq-atvorida, xatti-harakatida koʻrinadi. Ma’naviy- axloqiy
tarbiyaning maqsadi -shaxsni axloqiy jihatdan yetuk qilib shakllantirishdir.

Shaxsning muhim ma’naviy sifatlari boʻlgan axloqiy ong, hissiyot va xulqni

shakllantirish; vatanparvarlik, vatanga muhabbat, Oʻzbekiston gerbi, bayrogʻi,
madhiyasiga hurmat, insonparvarlik, mehnatga munosabat, jamoa bilan birgalikda
qilinadigan izlanishlarga munosabat, ongli intizom va boshqa tuygʻularni kamol
toptirish axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridir .

Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining ahamiyati beqiyos. Bunda insonni

tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-
asta koʻnikmaga aylantirib borish lozim. Bu esa insonning mushohada qilish
qobiliyatini tarbiyalaydi, mushohada qilish aqlni peshlaydi, aql ongni saqlaydi, ong
esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi.

Inson tarbiyasi uzoq muddatli, uzluksiz davom etadigan murakkab

jarayon. U tarbiyachi (ota-ona, ustoz-murabbiy, pedagog)lardan doimo xushyorlik,


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

721




sergaklik, mahorat, bilim talab qiladi. Shu tarzda insonning asta-sekin aqliy
salohiyati takomillashib, u komillikka intilib boradi. Bularni amalga oshirish uchun
esa tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas’uliyatli munosabat
(muloqat), sharafli mehnat, qunt, iroda va shu kabi axloqiy xislatlar talab etiladi.
Insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi (mahalla, koʻcha, bogʻcha,
maktab,

oliy

oʻquv yurti), ijtimoiy (jamiyatdagi) muhit va bolaga

(tarbiyalanuvchiga) boʻlgan munosabat muhim rol oʻynaydi.

Axloqiy tarbiyaning mazmuni, avvalo, yoshlarning amaliy faoliyatlarida,

oʻqish, mehnat, jamoatchilik ishlarida, ularning munosabatlari xarakterida, oʻzaro
ta’sir koʻrsatish usullari, xulq-atvor me’yorlarini oʻzlashtirishlarida namoyon
boʻladi. Ushbu sohada olib borilgan koʻp yillik ilmiy izlanishlar natijalarining
koʻrsatishicha, ma’naviy- axloqiy tarbiyaning uzluksizligini quyidagi koʻrinishda
olib borish maqsadga muvofiq ekan: ona qornida → oilada → maktabgacha ta’lim
muassasasida («Xonadon bogʻchasi», «Fermer xoʻjaligi bogʻchasi», «Bolalar
bogʻchasi – maktabgacha ta’lim muassasasi» majmualari) → boshlangʻich
maktabda → oʻrta maktabda → oʻrta maxsus kasb-hunar t’limida → oliy oʻquv
yurtida → oliy oʻquv yurtidan keyingi faoliyatda.

Tarbiya inson umrining oxirigacha davom etadigan jarayon boʻlib (inson

umrining oxirigacha oʻrganadi, degan naql asosida tarbiyalanib), inson doimiy
ravishda rivojlanib, takomillashib, komillikka intilib yashaydi.

Quyida uzluksiz ravishda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning har bir bosqichi

toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni keltiramiz.

1. Oilada ma’naviy- axloqiy tarbiya. Bola tarbiyasini ona qornidan boshlash

maqsadga muvofiq boʻladi. Ushbu fikrni bir qator Sharq mutafakkirlari ham
ta’kidlab oʻtishgan. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo ota-onaning oʻzi tarbiyalangan
boʻlishi kerak. Faqatgina ham jismonan, ham ma’nan sogʻlom ota-onadan sogʻlom
farzand dunyoga keladi.

Ota-ona yoki tarbiyachilarning bolalarni sevishi, ularning xatti-harakatiga

ziyraklik va mehribonlik bilan munosabatda boʻlishi, bolaning sogʻlom oʻsishiga,
odob-axloqli boʻlishiga olib keladi. Bolani lozim boʻlganda maqtash, diqqatini
ijobiy faoliyatga tortish, yomon ishlardan ehtiyot boʻlishini uqtirish, axloqsiz soʻz
va gaplardan uzoqroqda boʻlishini ta’minlash, oʻrtoqlari bilan urishmaslik yoʻllarini
oʻrgatish – ularga axloqiy tarbiya berishda ijobiy ta’sir hisoblanadi.

2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiya. Maktabgacha

boʻlgan ta’lim muassasasidagi davr bola tarbiyasidagi eng muhim davr hisoblanadi.
Chunki, bu davrda paydo boʻlgan taassurotlar izi inson xotirasida umrbod saqlanib
qoladi. «Yoshlikda olingan bilim – toshga oʻyilgan naqsh», deb bejiz aytishmagan
dono xalqimiz.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

722




Bu davr bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez oʻsishi, dunyoni bilishga

intilishi, atrof-muhitga oʻz munosabatini bildirish istagi kuchayib borayotgan
davrdir. Shu sababli ham bolalar juda sersavol, qiziquvchan boʻlib qoladilar. Ular
nima?, nima uchun?, qanday qilib?, qayerda? degan savollarni juda koʻp berishadi.
Ota-ona va tarbiyachilar esa bolalarning toʻgʻri oʻsishlari, aqliy va axloqiy,
ma’naviy, estetik jihatdan tarbiyalanishiga jiddiy e’tibor berishlari lozim. Buning
uchun oʻyinlar va ertaklar asosida axloqiy tarbiya berish mumkin, chunki bu
yoshdagi bolalar, asosan, oʻyin faoliyatida boʻladi, oʻyinlarning rang-barang boʻlishi
va jamiyatimiz maqsadlaridan kelib chiqib tashkil etilishi juda muhim.

3. Boshlangʻich ta’limda ma’naviy- axloqiy tarbiya. Boshlangʻich ta’limda

bola hayotida yangi, qiziqarli va muhim davr boshlanadi. Chunki, bola maktabga
kelgach yangi muhit, yangi tartib-qoida, yangi talablarga duch keladi. Bu davrda
bolalar hali oʻyin faoliyatini toʻliq tark etmaganligini inobatga olib, oʻtiladigan dars
mashgʻulotlarini qiziqarli qilib olib borish lozim.

Bu davrga kelib bolaga tarbiyaviy ta’sir yoʻllari bir muncha aniq va tizimli

ravishda boʻlib qoladi. Chunki endi xususan «Odobnoma» darslari oʻtila boshlaydi,
bundan tashqari Alifbe, Oʻqish, Ona tili, Matematika, Atrofimizdagi olam kabi
fanlarda ham muntazam ravishda axloqiy tarbiya berib boriladi. Endi bolalar asta-
sekin nima yaxshi-yu, nima yomon ekanligini, bunyodkorlik nima-yu, vayronkorlik
nima, ijobiy va salbiy xislatlar qanday ekanligini, qanday fazilatlarga ega boʻlish
lozim-u, qanday qusurlardan xoli boʻlish lozimligini anglay boshlaydilar. Bu davrda
turli toʻgaraklarni uyushtirish ham oʻzining ijobiy natijalarini beradi. Bunda
oʻqituvchining pedagogik mahorati, bilimi, umuman, pedagogik faoliyati muhim
ahamiyat kasb etadi.

4. Oʻrta umumiy ta’limda ma’naviy- axloqiy tarbiya. Oʻrta maktab davriga

kelib oʻquvchi oʻrganadigan fanlar ham asta-sekinlik bilan murakkablasha boradi,
shunga koʻra oʻquvchining fikrlashi va dunyoqarashi ham kengayib boradi. Bu
davrda oʻquvchilarga oʻzaro odob-axloqqa doir maqollar va hadis namunalaridan
koʻproq aytish orqali musobaqa uyushtirish hamda ushbu maqol va hadislarga
oʻzlari ham amal qilishlarini tarbiyalash mumkin.

Endi oʻquvchilar burch, vijdon, nomus, adolat, ezgulik kabi axloqiy

tushunchalarning ma’nisini tushunib yetadilar. Ularga ota-ona va Vatan oldidagi
burchlarini tushuntirib borish, turli musobaqalar va ommaviy mehnat tadbirlari
orqali jamoa nomusini saqlash, bunga esa adolat yoʻli bilan vijdonli baho berish
orqali erishishni tarbiyalash muhim hisoblanadi.

5. OʻMKHTda ma’naviy-axloqiy tarbiya. OʻMKHTda endi bolalar qiziqishi va

intilishi hisobiga akademik liseylar yoki kasb-hunar kollejlarida ta’lim ola
boshlaydilar. Bu davr oʻquvchilar tarbiyasida juda murakkab davr hisoblanadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

723




Chunki, bu yoshdagi oʻquvchilarda ham jismoniy ham ruhiy jihatdan keskin
oʻzgarish sodir boʻladi. Bu davr oʻsmirlik davri boʻlib, oʻtish davri deb ham ataladi.

Koʻpchilik oʻquvchilar bu davrda oʻzlariga ideal tanlaydilar, oʻqituvchi esa

bunda oʻquvchilarga munosib ideal tanlashda yordam berishi va shu idealning ijobiy
xislatlarini egallashga intilishini koʻchaytirishi lozim. Bu davrda oʻquvchilarda
halollik, rostgoʻylik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik, bosiqlik, xushfe’llilik,
kamsuqumlik, shirinsuxanlik kabi axloqiy fazilatlarni tarbiyalash muhim
hisoblanadi.

6. Oliy oʻquv yurtlarida ma’naviy- axloqiy tarbiya. Oliy ta’limda o`quvchilar

endi biror mutaxassislikni tanlagan holda, oʻzining mustaqil fikri, dunyoqarashi,
intellektual qiziqishiga ega boʻladilar. O`quvchilar oʻzlarining hozirgi faoliyatiga
kelajakdagi hayotida oʻz oʻrnini topish, belgilash nuqtai nazaridan qaraydilar. Shu
sababli bu davrda boʻlajak mutaxassislarni axloqiy jihatdan tarbiyalash muhim.
Chunki bu davrda o`quvchi oʻzining madaniy-ma’naviy saviyasini oshirishga
intiladi, oʻz ustida qunt bilan ishlaydi, radio, televideniye, Internet va barcha
informasion vositalardan unumli foydalanadi, turli asarlar bilan tanishadi. Bu esa
yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun yordam beradi.

Endi biz shu oʻrinda boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining axloqiy

tarbiyasi haqida soʻz yuritamiz. Ushbu boʻlajak mutaxassislarda axloqiy
tarbiyalanganlik mas’uliyati kuchliroq boʻladi. Chunki, ertangi kunda ularning
qoʻliga Vatanimiz kelajagi boʻlmish yosh avlodni ishonib topshiramiz. Shu sababli
bu

davrda

o`quvchilarda

insonparvarlik,

erkparvarlik,

vatanparvarlik,

millatparvarlik, tinchliksevarlik, shirinsuxanlik, xushfe’llilik, kamtarlik, bosiqlik
kabi fazilatlarni rivojlantirish shart.

7. Oliy ta’limdan keyingi ma’naviy- axloqiy tarbiya. O`quvchi uzoq muddatli

va tizimiy ta’lim natijasida mutaxassis sifatida shakllandi. Endi u nazariy jihatdan
egallagan bilimlarini amaliyotda qoʻllab yosh avlodga ta’lim-tarbiya beradi, uning
oʻzi boshlangʻich sinf oʻquvchilarini axloqiy ruhda tarbiyalay boshlaydi. Uzluksiz
ravishda uzoq muddatli olib borilgan ta’lim-tarbiya samarasi mana endi koʻzga
tashlanadi.

Bola shaxsining kamol topishida doimiy ravishda muhitning ta’siri sezilib

turadi. Muhit – bu insonga ta’sir etuvchi tashqi voqyea-hodisalar yigʻindisi
hisoblanadi. Shunday ekan, yuqoridagi uzluksiz tarbiya jarayonida muntazam
ravishda tarbiyalanuvchida tashqi voqyea-hodisalar oʻzining ijobiy yoki salbiy
ta’sirini oʻtkazib turadi. Buning uchun esa tarbiyalanuvchidagi oʻzgarishlarga ota-
onalar va tarbiyachi, oʻqituvchilar doimiy ravishda e’tiborli boʻlib, tashqi muhitning
salbiy ta’sirini oldini olib, ijobiy ta’sirlarni rivojlantirishga harakat qilishi va
erishishi lozim.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

724




Yoshlarda ma’naviy- ahloqiy tarbiyani shakllantirishga erishish uchun

quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim boʻladi:

- uzluksiz olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning har bir boʻgʻinida beriladigan

ma’naviy- axloqiy tarbiyaning maqsadga erishish yoʻllarini izlab topish;

- ta’lim jarayonida turli ma’naviy va ma’rifiy ta’sir vositalaridan foydalanish

orqali axloqiy tarbiya berishni muntazam ravishda jamiyat taraqiyotiga moslab
takomillashtirib borish;

- ma’naviy- axloqiy tarbiya berishda tarbiyalanuvchining yoshi va

dunyoqarashini hisobga olgan holda zamonaviy axborot texnologiyalarini ishlab
chiqish va joriy etish;

- o`quvchi-yoshlarning ma’naviy- axloqiy jihatdan tarbiyalanganlik darajasini

aniqlash maqsadida anketa soʻrovlarini oʻtkazib, natijalarini qayd etib borish;

- ma’naviy- axloqiy sifatlarga ega boʻlgan barkamol shaxsni tarbiyalashga

erishish va h.k.

Demak, ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg`ular

inson tomonidan, uning hovea-hodisalar, kishilar hamda oʻz xulqiga nisbatan his-
tuyg`ularni uyg`otishga rag`bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil
etilgandagina samarali kechadi.

Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi.

Shunga koʻra, ma’naviy-axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga
undovchi rag`bat bilan hosil boʻladigan faoliyat eng asosiy boʻlib hisoblanadi.

Shuningdek, yoshlarda ma’naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirishga nisbatan

ehtiyoj boʻlishi shart. Demak, ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida
uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat boʻladi.
Ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa oʻquvchi tomonidan axloqiy me’yor va
tamoyillar mohiyatini oʻrganish, ularni anglab yetishdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Musurmonova O. «Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi». –

Toshkent: «O`qituvchi», 1996 , 369 b.

2.

Qurbonov Sh. va boshqalar. «Barkamol avlod orzusi». – Toshkent:

«Sharq» NMK, 1999 ,185 b.

3.

Quranov M. Ma’naviy yuksalish yoʻlida. T.: “Ma’naviyat”, 2008,

317-b


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

725




4.

Olimov Sh.Sh. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari

oʻquvchilarida axloqiy-estetik idealni shakllantirishning pedagogik asoslari.
P.f.n.diss.avt. – Toshkent: 2002, 17 b

5.

Pedagogika //A./.Munavvarovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent,

O`qituvchi, 1996. 463 b


References

Musurmonova O. «Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi». – Toshkent: «O`qituvchi», 1996 , 369 b.

Qurbonov Sh. va boshqalar. «Barkamol avlod orzusi». – Toshkent: «Sharq» NMK, 1999 ,185 b.

Quranov M. Ma’naviy yuksalish yoʻlida. T.: “Ma’naviyat”, 2008, 317-b

Olimov Sh.Sh. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarida axloqiy-estetik idealni shakllantirishning pedagogik asoslari. P.f.n.diss.avt. – Toshkent: 2002, 17 b

Pedagogika //A./.Munavvarovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent, O`qituvchi, 1996. 463 b