“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
145
AMIR TEMURNING HINDISTONGA YURISHLARI
Nabijanov Umidjon Abdug’ani o’g’li
University of business and science
Tarix yo’nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Sohibqiron Amir Temurning Hindiston
o’lkasi bilan bo’lgan harbiy harakatlar, urushning kelib chiqishi, urushda qo’shin
foydalangan harbiy taktika va qurollar va urushning natijalari haqida ma’lumot
beriladi.
Kalit so’zlar:
Amir Temurning Hindistonga yurishi, Eryob qal’asi, arbalet,
Jamna daryosi, Jahonnamoy qal’asi, Panipat yaqinidagi jang, Sulton Mahmud,
jangovor fillar
O’zbekiston
mustaqilligini
har
tomonlama
mustahkamlash
uning
umumbashariyat tan olgan ma’naviyatini tiklash va yangi davr talablari asosida
yuksak darajaga ko’tarishni talab qiladi. Aynan shu masala yuzasidan 1998-yil
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tarixchi olimlar bilan
uchrashuvda tariximizni xaqqoniy ravishda yozish masalasini qo’yadi. I.Karimov
Amir Temur haykalining ochilishiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishda shunday
deydi: “Biz yashab turgan shu muqaddas zaminda buyuk bir davlatga asos solgan,
olamni tebratgan, nomi yetti iqlimda mashhur bo’lgan ulug’ bobokalonimiz Amir
Temur yoshligidan boshlab o’z oldiga ona yurtini mo’g’ul bosqinchilaridan ozod
qilish maqsadini qo’ydi, yer yuzida buyuk saltanat sohibi sifatida el va elatlarning
boshini qovushtirdi, mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko’tarib, dunyoga
mashhur qildi”
1
.
Sohibqiron Amir Temur bobomizning yurishlari ko’plab tarixchilar
tomonidan bo’limlarga bo’lib o’rganilgan. Masalan, uch yillik urish, besh yillik
urish va yetti yillik urishlarga bo’lib o’rganishgan. Bu bosqichlarning hammasi
ma’lum bir maqsadda amalga oshirilgan. Har bir bosqichda amalga oshirilgan
1
I.Karimov. Sohibqiron Amir Temur haykalining ochilishiga bag’ishlangan tantanada 1993 yilning 31-avgustida
so’zlagan nutqi. “O’zbekiston ovozi”. 1993 yil, 1 sentabr
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
146
taktikalar Sohibqiron tomonidan mukammal o’ylab chiqilgan. Aynan Hindiston
tomon urushlarida ham Amir Temur yurish oldidan qo’shin joylashuvi, qurol-
yarog’larni hisobga olgan holda alohida yondashgan. Amir Temurning Hindistonga
yurishi Dashti Qipchoq yurishidan qaytib kelgach, Xitoy yurishiga tayyorgarlik
ko’rish uchun 1397-yil nabirasi Muhammad Sultonni 30 ming kishilik qo’shin bilan
Mo’g’uliston chegaralariga yuborishi va “Nihoyat AmirTemur 1398-yil mart oyida
kofirlar bilan jihod qilishini e’lon qilib, harbiy safarga chiqdi. Old qoshin
qomondoni sifatida yuborgan nabirasi Pir Muhammad may oyida Multanga kirdi. U
oktyabr oyida Hind daryosini kesib o'tdi. Yo‘lida Kobul viloyatini qo‘lga kiritgach,
Panjob va Sind daryolaridan o‘tib, Hindistonning mashhur Batnir qal’asini
atroflarini zabt etadi”
2
.
Amir Temur Hindistonga yurishini mart oyida boshlaydi. Ba’zi
tarixchilarning fikricha Amir Temurning Hindistonga yurishidan ko’zlangan asosiy
maqsadi Buyuk Ipak yo’lini egallash va uning to’la xavfsizligini ta’minlash, Sharqu
G’arbni o’zaro iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratishga aloqasi
bo’lmagan, faqat bosqinchilik va o’ljani qo’lga kiritishga qaratilgan harbiy yurish
sifatida baho berishadi. Lekin bu fikrlarga qo’shilib bo’lmaydi. Chunki, Amir
Temurning Hindistonga bo’lgan urishida ko’zlangan asosiy maqsad karvon yo’llari
xavfsizligini ta’minlash, bu yo’ldagi ko’plab qabilalar savdoga yomon ta’sir
qilishgan. Ushbu qabilalarga misol qilib afg’on qabilalarini keltirsa bo’ladi.
Ularning doimiy beboshligi savdo rivojiga katta ta’sir o’tkazgan. Ushbu yurish
davomida Sohibqiron Amir Temur asosan afg’on qabilalari bilan bo’lgan urushlar
bilan band bo’lganligi, u yerda buzib tashlangan qal’alar va mudofaa devorlarini
tiklashga katta e’tibor bergan. Vayronaga aylangan Afg’onistondagi Eyrob qal’asini
va Qorabog’dagi Baylokon shahrini qaytadan bunyod ettirgan. Bu shaharlar
me’morchilik va san’at uchun qurilmagan. Bu shaharlarni bunyod qilish va qayta
tiklashdan asosiy maqsad–iqtisodiy va harbiy maqsadlar ko’zlangan. Bu shaharlar
iqtisodiy va harbiy-strategik jihatdan muhim joylarda joylashgan. Misol qilib
keltiradigan bo’lsam, Eryob qal’asi Hindistonga boradigan savdo yo’li xavfsizligini
ta’minlashda va shu atrofdagi hududlarni va aholini to’belikda ushlab turishda
muhim o’ringa ega bo’lgan.
2
Bebitov. M, Abdullayeva. M. Amir Temurning Hindistonga yurishi. “Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences”. 2023. –B. 679.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
147
Amir Temur qo’shinlari Termiz orqali Samarqand tomonga harakatlana
boshlaydi. Bog’lon viloyatidagi Hindikush tog’laridan o’tgan Amir Temur qo’shini
eski Kofiriston (hozirgi Nuriston) aholisi bilan bir necha oy jang qiladi. 1398-yil
Amir Temur Andarob orqali Kobulga keladi va shu yerda boshqa davlatlarning
elchilarini qabul qiladi. Afg’on qabilalari bo’ysindirilgan. Dastlab Amir Temur
qo’shini kelayotgani haqidagi habarni eshitgan Dibalpur shahri aholisi cho’lda
joylashgan juda kuchli himoyaga ega bo’lgan Batnir qal’asiga yashirinib olgan.
Amir Temur 21-noyabrda qo’shinning harbiy qismiga Dehli tomon yurishni
buyurib, o’zi esa 10 000 kishilik qo’shin bilan ushbu qal’ani bosishga harakat qilgan.
30-noyabr kuni qal’ani egallab, qo’lga kiritilgan o’ljalarni olib, Sarasti(Sarrox) va
Fatxobod shaharlariga hujum qilgan. 8-dekabrda Somina (Somona) shahri yaqinida
Dibalpur shahri yaqinida ajraljan qo’shin bilan qo’shilishgan. Amir Temur va uning
qo’shini oziq-ovqat aravalarini kutib bir necha kunga to’xtagan. Dehlidan 7 chaqirim
shimoli-g'arbda joylashgan Loni qal'asini egallab, uni o'zlarining qarorgohiga
aylantirdilar (1398 yil 10 dekabr). 1398-yil avgust oyida Hindiston yurishi chogʻida
uning qoʻshini Andiravga kelganida, butparastlar va sehir qiluvchilarning zulmidan
va taʼqibidan shikoyat qilgan odamlar Amir Temur huzuriga kelib: “Biz
musulmonmiz, bu yerdagi kofirlar, bizdan oʻlpon va soliq olishadi bermasak,
erkaklarimizni o‘ldiradilar, ayollarimiz va bolalarimizni asirga oladilar
3
”.
Somina shahridan Amir Temurning Dehliga yurishdagi qo’shinlari uchta
guruh bo’lib harakat qilgan: markaz va aravalar to’g’ri yo’ldan, o’ng va so’l qanotlar
yon tomondagi yo’llardan borishgan. O’rtadagi guruh Asandiy va To’g’loqnur
(Tug’lug’pur) harakat qilib, 21-dekabrda Panipatga yetib keladi. 24-dekabrda esa
o’ng qanot Konigundan, Dehlidan 20 farsang uzoqlikda, Jamna daryosi bo’yida
joylashgan Jahonnamoy qal’asini egallash uchun yuborilgan. O’ng qanot qo’shinlari
qal’ani egallaganidan so’ng yana asosiy kuchlar bilan birlashgan. Amir Temur
qo’shini 26-dekabr kuni Jamna daryosini kechib o’tib, Luni shahrini bosib oladi.
Luni bosib olingach, Amir Temur Jahonnamoy qal’asiga qaytib kelib, Dehli tomon
yurish masalasi bo’yicha kengash chaqiradi. Majlis natijasida Dehli shahrini qamal
qilish kerak degan fikrga kelgan. Qamal qilish qarori haqida tarixchi M.Ivanin “Ikki
buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur” asarida shunday yozgan: “Bu niyatni
3
Yuksel Musa Shomil. “Temuriylar davrida din-davlat munosabatlari”. “Turk tarix jamiyati”. –Anqara. 2009. –B. 63.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
148
amalga oshirish uchun mo’g’ullar odatiga ko’ra, Dehli atrofini talon-taroj qilib oziq-
ovqat to’plash uchun mo’ljallangan bo’linmalar yuborildi”
4
.
Amir Temur qo’shinlari 1399-yil 1-yanvarda Jamna daryosini kechib o’tib,
usha yerga joylashadi. Amir Temur o’z qo’shinlari haqida “Temur tuzuklarida”
shunday deydi: “Hindiston yurishiga jamlangan qo’shinlarim umumiy soni to’qson
ikki ming otliqqa yetgan edi. Bu esa Allohning yerdagi elchisi Muhammad,
sallollohu alayhi vasallam, ismi shariflari soniga to’g’ri kelganligi uchun, bu hayrli
va muborak follari sirasiga kiritdim”
5
. Qo’shin Dehli atrofida qarorgoh qurib,
qo’qisdan bo’ladigan hujumlarni oldini olish uchun xavfsizlik choralarini ko’rishni
boshlagan. Ular xandaqlar qazishgan, qoziqlardan to’siq yasab, qalqonlar
joylashtirib, uning ortiga o’z chodirini qurgan.
Tarixchi M.Ivanin o’zining “Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir
Temur” asarida qo’shin haqida shunday fikr bildirgan: “Ertasiga Sulton Mahmud
jang qilish maqsadida Dehlidan chiqdi. U 10 020 yaxshi qurollangan otliq askar, 40
ming piyoda jangchi va ko’plab fillarga ega edi. Fillar ustiga o’q, nayza va qilich
zarbidan himoya qiluvchi yopqich yopib qo’yilgan, qoziq tishlari ichiga zahar
surtilgan katta pichoqlar bog’lab qo’yilgan, ustilariga arbalet(qo’ndog’i va
mo’ljallagichi bo’lgan kamonga o’xshash qurol) bilan qurollangan o’qchilar
joylashgan minora singari qurilma o’rnatilgan edi. Filliar yonida yonida cho’g’
to’ldirilgan xumcha, yonayotgan mum yoki neft otuvchi naftandozlar, yerga tushib
ko’plab marotaba zarb bera oladigan temir poynakli raketa uloqtiruvchilar borar
edilar”
6
. Tarixchi Mansurjon Mahmudovning “Harbiy san’at tarixi” asarida shunday
yozadi: “Qo’shin safi oldida harakatlanuvchi fillarning hartumlari bir-biriga
bog’langan, fillar ustiga kajavalar o’rnatilgan, ularda bir necha o’qchilar
joylashtirilgan. Fillar qatori yonidan to’p otuvchilar-ra’dandozlar o’rin olgan”
7
.
Amir Temur qo’shinlari fillarga qarshi nayza bilan jang qilishgan. Yaralangan fillar
orqaga qaytib, qo’shinning asosini tashkil qilgan fillar hind qo’shinlariga zarar
yetkazgan. Urush natijasini sezgan Sulton Mahmud o’zining yaqin lashkarlari bilan
jangdan qochib ketgan. Jangdan so’ng Amir Temur qo’shini Dehliga yetib keladi,
ungacha esa Sulton Mahmud Dehli shahrining qarama-qarshi darvozasidan qochib
4
Ivanin M. Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur. Akmaljon Mahkamov tarjimasi. “Fan” –T., 1994. –B.
182.
5
Temur tuzuklari. “G’ofur G’ulom”. –Toshkent. 1991. –B. 47.
6
Ivanin M. Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur. –B. 183.
7
Mahmudov M. Harbiy san’at tarixi. “Iste’dod ziyo press” –Namangan. 2023. –B.134.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
149
ketgan. 1399-yil 4-yanvar kuni Dehli aholisi jangsiz taslim bo’ladi va shahar
buzurglari, sayyidlari, qozilari, a’yonlari Amir Temur huzuriga kelib, Amir
Temurdan shahar aholisi uchun omonlik tilaganlar. Amir Temur 1399-yil Shimoliy
Hindistonni zabt etib, o’z saltanati doirasiga qo’shib olgan. Ushbu hududdagi
Multon, Dipolpur, Lohur viloyatlariga noib sifatida mahalliy kuchlardan bo’lgan
Xizrxonni tayinlaydi. Amir Temur 1399-yilning bahorida Hindiston yurishidan
qaytgan. Amir Temurning Hindistonga qarshi urushi natijasida Hindistondagi
mahalliy sulolalarning kuchi pasaygan va ularning ta’siri sezilarli darajada
kamaygan. Bu esa Amir Temur uchun yangi siyosiy imkoniyatlar yaratgan. Urush
natijasida ko’plab boylik, oltin va kumushlar davlat xazinasiga kelib tushgan.
Umuman olganda Amir Temurning Hindistonga qilgan yurishi uning harbiy
qudratini namoyon etdi va ushbu hududdagi siyosiy vaziyatni o’zgartirishga yordam
bergan. Ushbu yurish natijasida Hindistonga boradigan savdo yo’llarining
xavfsizligi to’la ta’minlangan, ushbu yo’llarning xavfsizlikning ta’minlash uchun
shahar va qal’alar qurilgan. Dehli sultonligi ham Amir Temur davlati tarkibiga
qo’shib olingan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Amir Temur qayerga yurish qilgan bo’lsa
ma’lum bir maqsadda amalga oshirgan. Masalan Amir Temurning Hindistonga
yurishida ko’zlangan asosiy maqsad unga qarshi tizilayotgan Boyazid hamda Misr
va Bog’dod sultonlari kuchli ittifoqiga vahima solish bo’lgan. Chunki Osiyo
hududida porloq quyoshdek chiqayotgan Amir Temur saltanatiga qarshi chiqadigan
bitta davlat bu - Usmoniylar imperiyasi bo’lgan desak to’g’ri bo’ladi. Urushdan
olingan foydalarga keladigan bo’lsak, Hindistonni kim bosim olsa yaxshigina boylik
ortirgan. Bunga misol qilib G’aznaviylar davlatining podshohi Mahmud
G’aznaviyni keltirsak bo’ladi. Amir Temur ham Hindiston yurishi natijasida bosib
olgan hududlaridan yaxshigina boylik ortirgan, qo’shinlar sonini ko’paytirgan,
qo’shin tarkibiga fillardan ham qo’shgan. Umuman olganda Hindiston yurishini
Amir Temurning eng oqilona yurishlaridan biri deb keltirsak bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov I.A. Sohibqiron Amir Temur haykalining ochilishiga
bag’ishlangan tantanada 1993-yilning 31-avgustida so’zlagan nutqi. “O’zbekiston
ovozi”. 1993 yil.1-sentabr.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
150
2.
Ivanin M. Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur. Akmaljon
Mahkamov tarjimasi. “Fan” – Toshkent. 1994. –B. 225.
3.
Temur tuzuklari. “G’ofur G’ulom” -Toshkent.1991. –B. 107.
4.
Mahmudov M. Harbiy san’at tarixi. “Iste’dod ziyo press” -
Namangan.2023. –B. 134.
5. Bebitov. M, Abdullayeva. M. Amir Temurning Hindistonga yurishi.
“Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences”. 2023.
–B. 679.
6. Yuksel Musa Shomil, “Temuriylar davrida din-davlat munosabatlari”.
“Turk tarix jamiyati”. –Anqara. 2009. –B. 63.
