Authors

  • Najmiddin Ollaberganov
    Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va tarix fakulteti Geografiya va Iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi 231-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.81849

Keywords:

atmosfera atmosfera bosimi bar barometrik bosqich barik maydon ob-havo iqlim prognoz barik tizimlar siklon soyligi siklon chuqurligi izobarlar.

Abstract

Havo molekulalarining harakati va ularning og‘irligi, ya’ni qattiq yerga tortilishi atmosfera bosimini vujudga keltiradi.Ob-havoning asosiy elementlari  harorat, bosim, havoning absolyut nisbiy namligi, bulut, shamol, momoqaldiroq, chaqmoq, yomg‘ir, qor va boshqalardir.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

75




ATMOSFERA

Urganch davlat pedagogika instituti

Filologiya va tarix fakulteti Geografiya va

Iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi 231-guruh talabasi

Ollaberganov Najmiddin Odilbek o‘g‘li

Annotatsiya:

Havo molekulalarining harakati va ularning og‘irligi, ya’ni

qattiq yerga tortilishi atmosfera bosimini vujudga keltiradi.Ob-havoning asosiy
elementlari harorat, bosim, havoning absolyut nisbiy namligi, bulut, shamol,
momoqaldiroq, chaqmoq, yomg‘ir, qor va boshqalardir.

Аннотация:

Движение молекул воздуха и их веса, т. е. их притяжение к

твердой земле, создает атмосферное давление. Основными элементами
погоды являются температура, давление, абсолютная относительная
влажность, облака, ветер, гром, молния, дождь, снег и т. д. другие.

Abstract:

The movement of air molecules and their weight, i.e. their attraction

to solid ground, creates atmospheric pressure. The main elements of weather are
temperature, pressure, absolute relative humidity, clouds, wind, thunder, lightning,
rain, snow, etc.

Kalit so’zlar:

atmosfera, atmosfera bosimi, bar, barometrik bosqich, barik

maydon, ob-havo, iqlim, prognoz, barik tizimlar, siklon soyligi, siklon chuqurligi,
izobarlar.

Ключевые слова:

атмосфера, атмосферное давление, бар,

барометрическая ступень, барическая область, погода, климат, прогноз,
барические системы, впадина циклона, глубина циклона, изобары.

Key words:

atmosphere, atmospheric pressure, bar, barometric stage, baric

region, weather, climate, forecast, baric systems, cyclone trough, cyclone depth,
isobars.

Havo tinch turganda bosimning maydon birligiga bo‘lgan kattaligi shu

maydon ustidagi havo ustunining og‘irligiga teng bo‘ladi. Bu havo ustunidagi havo
massasining kamayishi bosimning kamayishiga, ko‘payishi esa ortishiga olib
keladi.

1

Og‘irlik kuchi turli kenglikda turlicha ekanligi, havo ustunining vazni

1

Baratov.P,Sultanova N.B., 290-bet


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

76




dengiz sathidan balandlikka va haroratga bog‘liq bo‘lganligi sababli normal havo
bosimi deb 45

0

kenglikdagi dengiz sathida harorat 0

0

ga teng bo‘lgandagi bosim

qabul qilingan . Bunday holatda havo ustunining og‘irligi 760 mm li simob ustuni
og‘irligiga teng. Demak, atmosfera bosimi okean sathida o‘rta hisobda 76 sm, ya’ni
760 mm balandlikdagi simob ustunining bosimiga barobardir. Bu bosim

normal

atmosfera bosimi

deb qabul qilingan. Qadimda atmosfera bosimi rtutlu barometr

asbobi yordamida o‘lchangan. Rtuli barometr bosimni aniq o‘lchashga qodir
bo‘lgan. U 1 metr balandlikka va 1 sm diametrga teng shisha idishdan tashkil topgan.
Hozirda bosim barometr ( barometr – og‘irlik o‘lchovi demakdir ) deb atalgan asbob
bilan o‘lchanadi. Barometr ikki xil bo‘ladi: simobli barometr va barometr aneroid.

2

Atmosferaning yer yuzasiga bo‘lgan bosimi va uning taqsimanishiga

barik maydon

deb ataladi. U vaqt davomida to‘xtovsiz o‘zgarib turadi va turli geografik zonalar
va o‘lkalarda bir xil bo‘lmaydi. Har bir joyda bir ortib, bir kamayib turadi. Natijada
barik maydonda hamma vaqt yuqori va past bosimli oblastlar vujudga keladi. Barik
maydonning yuqori va past bosimli oblastlari

barik tizimlar ( sistemalar)

deb ataladi.

Siklon markazida atmosfera bosimining pasayish natijasida

siklon chuqurligi

hosil

bo‘ladi. Bosim pasaygan sari siklon chuqurligi ortib boradi. Bosimi juda past siklon
chuqur siklon deyiladi.

3

Okean sathidan hisoblanganda bosim bir xil bo‘lgan joylarni

birlashtiruvchi chiziqlar

izobarlar

deb ataladi. Izobarlar yer yuzida zonal holda

taqsimlangan, bunga Quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulatsiyasi va boshqa omillar
ta‘sir etadi.

4

Ma’lum joyda, ma’lum vaqtda atmosferaning quyi qismida yuz

beradigan hodisalar ( harorat, bosim, namlik, tuman, shamol va boshqalar )
yig‘indisiga

ob-havo

deyiladi. Ob-havoning asosiy elementlari harorat, bosim,

havoning nisbiy va absolyut namligi, bulut, shamol, momoqaldiroq, chaqmoq va
boshqalardir. Troposferada ob-havo elementlariga bog‘liq ravishda shamol va bulut
hosil bo‘ladi. Ob-havoning barcha elementlari va hodisalari o‘zaro bog‘langan.
Biror elementning o‘zgarishi boshqa elementlarning va butun ob-havoning
o‘zgarishiga olib keladi. Ob-havo juda o‘zgaruvchan bo‘ladi, u bir sutkaning o‘zida
bir necha marotaba o‘zgarishi mukin. Fan-texnika jadal rivojlangan hozirgi vaqtda
ob-havoni oldindan qanday bo‘lishini 1-2 kun va hatto bir oy ilgari aytib berilmoqda.

2

Baratov.P,Sultanova N.B., 291-bet

3

Baratov.P,Sultanova N.B., 292-bet

4

Baratov.P,Sultanova N.B., 293-bet


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

77




Uni

5

oldindan aytib berish bir davrning o‘zida turli joylarda meteorologik va

aerologik stantsiyalarda kuzatishlar olib boriladi. Bu stantsiyalarning bergan
ma’lumotiga asoslanib yerning sinoptik (ob-havo) kartasi tuziladi. Ob-havoni
kuzatish xalqaro miqyosda Grinvich vaqti bilan soat 00, 03, 09, 12, 15, 18, 21, da
olib boriladi. Bugungi kunda ob-havoni oldindan prognoz qilishda kosmik
avtomatik stantsiyalarning bergan xabarlaridan keng foydalanilmoqda. Yerning
sun‘iy yo‘ldoshlari, avtomatik stantsiyalar va kosmonavtlar bergan ma’lumotlar
asosida ob-havoni oldindan bashorat ( prognoz ) qilish juda aniq bo‘lib, uning to‘g‘ri
chiqishligi 86-90% ni tashkil etmoqda.Ob-havoni qanday bo‘lishini kishilar
o‘zlarining ko‘p yillik tajribalari asosida mahalliy alomatlarga qarab ham
aniqlaganlar va hozir ham aniqlaydilar. Ma’lum joydagi ob-havoning uzoq vaqt
davomida ma’lum tartibda almashinib turishi shu joyning

iqlimi

deyiladi.

Boshqacha qilib aytganda iqlim bu ma’lum joyda ob-havoning ko‘p yillik
takrorlanishidir. Iqlim hosil bo‘lishida iqlim hosil qiluvchi omillar asosiy o‘rin
egallaydi. Iqlim hosil qiluvchi omillar – joyning geografik kengligi, quyoshning
yoritishi va isitishi, havo massalari va atmosfera sirkulyatsiyasi, yer usti tuzilishi va
holati, okean va dengizning uzoq yaqinligi va antropogen omillar.

6

Yerning gaz

qobig‘iga atmosfera

7

deb ataladi. Atmosferaning tarkibi va tuzilishi har doim ham

hozirgidek bo‘lmay, Yer tabiatining bir qismi sifatida butun tabiat bilan birgalikda
rivojlanib kelgan. Atmosfera hozirgi vaqtda gazlar bilan qattiq hamda suyuq
zarrachalaridan iborat. Atmosferaning tarkib topishi Yer taraqqiyotidan ajralgan
holda ro‘y bermagan. Atmosfera taxmin qilshlaricha, taraqqiyotning uch bosqichini
o‘tgan.

8

Atmosfera havosi qanchalik toza va musaffo bo‘lsa odam o‘zini shunday

yengil va sog‘lom his etadi. Atmosfera havosi va iqlim inson organizmini tashqi
muhit ob’ektlari bilan uzviy bog‘laydi.

9

Xulosa qilib aytganda atmosfera va iqlim bir-biriga chambarchas bog‘liq

bo‘ladi desak adashmagan bo‘lamiz. Chunki iqlim o‘zgarsa atmosfera ham
o‘zgaradi. Zilzila, yomg‘ir, qor yog‘ishi, chaqmoq chaqishi umuman har qanday
tabiat hodisalari iqlimga bog‘liq. Iqlimga biz ta’sir qilmaymiz aksincha, iqlim bizga

5

Baratov.P,Sultanova N.B., 300-bet

6

Baratov.P,Sultanova N.B., 301-bet

7

Atmos (grekcha)-bug‘

8

L.P. Shubaev 78-bet

9

Egamberdiev R.,Husainov B. 19-bet


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

78




ta’sir ko‘rsatadi va biz iqlimga moslashamiz. Atrofimiz qanchalik toza va chiroyli
bo‘lsa shunchalik bahra olib ko‘zimiz quvnaydi, ayniqsa, bahor faslida. Ya’ni
tabiatni asrash uchun har bir inson o‘z hissasini qo‘shmog‘i lozim. Zero,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2025-yilni
aynan “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot” yili deb e’lon qilganlari buning
yaqqol dalilidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Baratov P., Sultanova N.B., UMUMIY YER BILIMI, TOSHKENT 2018
2.L.P Shubaev., UMUMIY YER BILIMI, TOSHKENT-1975
3.Egamberdiev R., Husainov B., Inson ekologiyasi va Amudaryoning quyi

oqimidagi aholining salomatligi. Urganch 1995-yil

References

Baratov P., Sultanova N.B., UMUMIY YER BILIMI, TOSHKENT 2018

L.P Shubaev., UMUMIY YER BILIMI, TOSHKENT-1975

Egamberdiev R., Husainov B., Inson ekologiyasi va Amudaryoning quyi oqimidagi aholining salomatligi. Urganch 1995-yil