“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
94
OQOLTIN TUMANI: TABIATI,
AHOLISI VA XO‘JALIGI
Sulaymonov Farxod Erkinjon o‘g‘li
O‘zMU, geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti magistranti
Annotasiya:
maqolada Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani tabiati, aholisi va
xo'jaligiga umumiy tavsif berilgan. Asosiy e'tibor tuman tabiiy sharoitu va resurslari,
aholi soni va joylashuvi, aholi zichligi, aholi takror barpo bo'lishi, MFYlar,
shuningdek, iqtisodiyotining tarmoqlar tarkibigaru o'zgarishlarga qaratilgan.
Kalit so'zlar:
tuman, iqlim, tabiiy sharoit, resurslar, aholi, sanoat, qishloq xo'jaligi.
АКАЛЬТИНСКИЙ РАЙОН: ПРИРОДА, НАСЕЛЕНИЕ И ХОЗЯЙСТВО
Аннотация:
В статье дана общая характеристика природы, населения и
хозяйства Акальтинского района Сырдарьинской области. Основное внимание
уделено природным условиям и ресурсам района, численности и размещению
населения, плотности населения, воспроизводству населения, МФЙ
(махаллям), а также изменениям в структуре отраслей экономики.
Ключевые слова:
район, климат, природные условия, ресурсы,
население, промышленность, сельское хозяйство
.
AKALTINSKY DISTRICT: NATURE, POPULATION, AND
ECONOMY
Abstract:
The article provides a general overview of the nature, population,
and economy of the Akaltinsky District in the Syrdarya Region. The main focus is
on the natural conditions and resources of the district, population size and
distribution, population density, demographic reproduction, MFY (mahallas), as
well as changes in the structure of economic sectors.
Keywords:
district, climate, natural conditions, resources, population,
industry, agriculture.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
95
Ma’lumki, geografiya fanining o‘ziga xos, betakror, jozibali xususiyati, uning
turli miqyosda tadqiqot olib borishga egaligidir. Odatda biz, o‘rganish jarayonida
tadqiqot obyekti kichrayib borgan sari uning sotsial, ijtimoiy, iqtisodiy, demografik
va ekologik kabi jihatlarining miqyosi oshib boradi. Bunday tadqiqotlarda bevosita
joylarga va undan yanada kichik hududlarga tomon o’rganish tasnifi o’zgara boradi.
Bunda murakkablikdan oddiylikka yoki aholiga va uning yashash sharoiti, kundalik
turmush darajasini o‘rganishga yaqinlashib boriladi [2]. Demak, tadqiqot obyekti
kattalashib borishida uning iqtisodiy-siyosiy ahamiyati yuqori bo‘lsa, hududning
kichrayib borishida uning ijtimoiy-iqtisodiy, xususan sotsial va ekologik ahamiyati
ortib boradi. Lekin bu ba’zan muhim masala va muammolarga yechimlar ham
aniqlash imkoni berish mumkin.
Oqoltin tumani -Sirdaryo viloyati tarkibidagi tuman bo`lib 1971-yil 29-
avgustda tashkil etilgan. Shimoldan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-gʻarbdan
Jizzax viloyatining Mirzachoʻl, janubi-gʻarbdan Doʻstlik tumanlari, janubdan
viloyatning Sardoba tumani, shimoli-sharq, janubi-sharqdan Mirzaobod va
Mehnatobod tumanlari bilan chegaradosh. Tahlil etilayotgan hudud maydoni 0,56
ming km²ga teng bo`lgan holda, aholisi 2025-yil 1 yanvar holatiga ko`ra, 56 422
kishi yoki viloyat aholisining 6,1 foizi istiqomat qiladi. Oqoltin tumanida 13 ta
mahalla fuqarolar yigʻini (Ahillik, Boʻston, Koʻrkam diyor, Andijon, Yangi hayot,
Obod, Toshkent, Yangi davr, A.Sirdaryo, Sahovat, Shodlik,) bor (2023). Tuman
markazi - Sardoba shaharchasi [4].
Oqoltin tumani hududi relyefi asosan tekislikdan iborat. Shimoliy qismiga
tomon pasayib boradi, janubiy qismi Sardoba tumanidan boshlangan tepa-
pastliklarni oʻz ichiga oladi.
O`rganilayotgan tuman hududida o'rtacha yillik yog'ingarchilik miqdori 200-
300 mm ni tashkil etadi. Yoz oylarida o’rtacha havo harorati +26 +30 gradusgacha
va qishda -6 gradusgacha sovib ketishi kuzatilgan. Ob-havosi keskin oʻzgaruvchan
va quruq. Yillik oʻrtacha temperatura +14C° gradus. Yanvarning oʻrtacha
temperaturasi shimolida -6°, janubida -2°. Qishda havo tez soviydi va temperatura -
30° gacha pasayadi. Baʼzan, qish oʻrtalarida havo birdaniga isib, keyin sovib ketadi.
Kech koʻklamda va erta kuzda ham sovuq tushib oʻsimlikning oʻsish davrini
qisqartiradi. Yozi quruq va issiq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi +27 +29°C gradus
qayd etiladi. Yozda ba’zan temperatura +32 +45°C gradusgacha koʻtariladi.
Koʻpincha issiq shamol (garmsel) tuproqni quritadi va oʻsimliklar rivojlanishiga
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
96
salbiy taʼsir qiladi. Vegetatsiya davri 218 kun. Yillik yogin 180-220 mm, asosan,
qishda yogʻadi. Yozda kuchli bugʻlanish sababli yer osti suvlari yuza maydonlarning
tuprogʻini shoʻr bosadi. Bahorda esadigan bu xildagi shamol unib chiqayotgan
gʻoʻzalarni baʼzan nobud qiladi. Bunday holatni oldini olish maqsadida keyingi
yillarda tumanda ixota daraxtzorlari barpo qilindi. Ahyon-ahyonda garmsel esadi.
Garmselga qarshi daraxtzorlar barpo qilinmoqda. Bahor oylari ancha seryogʻin
ko’rsatkichga ega. Mart, aprel oylarida yillik yogʻinning 70% qismi yogʻadi.
Tuproqlari, asosan, och tusli boʻz tuproq boʻlib, kam va oʻrtacha shoʻrlangan;
mexanik tartibiga koʻra, qumoq va soz tuproqlardir. Tekisliklarda shoʻrxok va
shoʻrxoksimon tuproqlar uchraydi. Yer osti suvining chuqurligi 5-6 metr atrofida.
Oʻsimliklardan lolaqizgʻaldoq, boychechak, chuchmoma, qoqi, yalpiz, ismaloq,
yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qoʻziquloq, tuyatovon, quyonsuyak, juzgʻun,
qovul, oqquray, qiltiq, kavrak, rang, iloq, betaga, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh,
qushqoʻnmas, naʼmatak, mingboshi, chitir, gʻumay, pechak, saksovul, har xil
butalar, jiyda, doʻlana, tol, terak, qayragʻoch, oq akatsiya, zarang, shumtol va
boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan: jayra, tulki, boʻri, chiyaboʻri, qobon,
jayran, nutriya, ondatra, koʻrsichqon, suvkalamush, tipratikan, yumronqoziq,
kaltakesak, ilon, toshbaqa, falanga, chayon, qoraqurt, qushlardan xoʻjasavdogar,
moyqut, bulduruq va boshqalar bor.
Sardoba suv ombori joylashgan hududga yaqin janubiy-sharqiy qismlarida kuz-
qishda havo harorati pasayadi va bahor-yozda harorat ko’tarila boshlaydi, shu
sababli suv omborda suv haroratining minimal pasayishi dekabr-yanvar oylarida
+1,4°С dan +3°С darajagacha bo’lsa, suvning harorati bahorning aprel oyida +7°С
dan +10°С darajagacha ko’tariladi. Suv haroratining maksimal ko’tarilishi yoz
faslida +22°С darajani tashkil etadi. Suv omboridan rekreatsiya maqsadlarda
foydalanishni suv boshqarmasi bilan shartnoma asosida tashkil etish mumkin.
Sardoba suv ombori quyilma tipda, mavsumiy rostlovchi bo’lib, o’z vazifasiga ko’ra
ma’lum hududda Sirdaryo daryosi suvini boshqarish uchun xizmat qiladi [2].
Aholisi. Respublikamizda aksariyat qishloq tumanlarining tabiiy-xo‘jalik
sharoiti turli-tumanligi bois, ularning aholisi soni, zichligi, aholining takror barpo
bo‘lish hususiyatlari va aholi manzilgohlarining katta-kichikligi, joylashuvi hamda
tarkibi bir-biridan ancha farq qiladi. Oqoltin tumanidagi aholi soni yil sayin o‘sib
bormoqda. Tahlil etilayotgan Oqoltin tumani aholisi soni 56,6 ming kishini tashkil
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
97
etgani holda itimoiy sohalarni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega (1-
jadval).
Ma’lumki, Sirdaryo viloyati hududining aksariyat qismini tekislik yerlari
egallaganligi tufayli aholi zichligi 178 kishi / km.kv. va bu borada u O‘zbekiston
hududlari orasida o’rtacha o‘rinlarda turadi. Odatda, vohalarda, sug‘orma
dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi hududlarda aholi zichligi yuqori bo‘ladi. Oqoltin
tumani ham ana shunday hududlar sirasiga (121 kishi / km.kv.) to‘g‘ri keladi
(respublikada o‘rtacha 81 kishi).
1-jadval
Sirdaryo viloyati aholisining hududiy tarkibi (2025-yil 1- yanvar holati, ming
kishi)
Tumanlar
2024-yil
2025-yil
O’sish surati
%da
Oqoltin tumani
55,8
56,6
101,4
Boyovut tumani
138,9
141,5
101,9
Sayxunobod tumani
82,8
83,9
101,3
Guliston tumani
79,6
81,1
101,9
Sardoba tumani
70,3
71,4
101,6
Mirzaobod tumani
80,4
82,3
102,4
Sirdaryo tumani
137,2
139,3
101,5
Xovos tumani
102,3
104,1
101,8
Манба:
Tumanning yana bir o’ziga xos jihati esa urbanizatsiya ko’rsatkichlari viloyat
ko’rsatkichidan yuqori ya’ni 65% dan iborat ekanida. Ya’ni tumanda mavjud 3 ta
shaharcha aholisi mavjud aholini deyarli 2/3 qismini yashash manzili sanaladi.
2024-yil 1-yanvar holatiga Oqoltin tuman aholisi jinsiy tarkibida ayollar ulushi 49.7
foiz, erkaklar ulushi 50,3 foizni tashkil qildi. Demak, tumanda ayollar soni erkaklar
soniga nisbatan biroz kamroq ekanligini kuzatishimiz mumkin.
Oqoltin tumanida 2024-yilda tug`ilish koeffitsienti 21,9, o‘lim koeffitsienti
4,8 ‰ teng bo‘lgan. Umuman olganda, Oqoltin tumanida aholining tabiiy o‘sishi
2024-yilda 17,1 ‰ teng bo‘lgan.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
98
Xo‘jaligi.
Tuman iqtisodiyoti agrar-industrial yo‘nalishga ega. Tumanda
2024-yilda 590,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan bo‘lib, viloyat
yalpi sanoat mahsulotidagi ulushi atigi 3,9% demakdir (2-jadval)
[2]
.
2-jadval
Oqoltin tumanning Sirdaryo viloyati bilan solishtirma asosiy iqtisodiy
koʻrsatkichlari (2024- yil)
Hajmi mlrd.
soʻm
Oqoltin tumanning
Sirdaryo viloyatida
tutgan ulushi, %da
Sanoat mahsuloti
590,1
3,9
Isteʻmol tovarlari
598,0
3,8
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik
xoʻjaligi
1234
9,7
Asosiy kapitalga investitsiyalar
1414,1
16,4
Qurilish ishlari
232,2
4,2
Xizmatlar, jami
250,7
2,3
Tashqi savdo balansi
711,2
5,8
Eksport
239,1
4,5
Import
472,1
6,8
Манба:
Umuman olganda, Oqoltin tumani sanoat tarmoqlar tarkibida oziq-ovqat va
yengil sanoat to‘liq ustunlikka ega. Birgina oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish
umumiy tuman sanoatining deyarli yarmini tashkil qiladi. Tumanda 2023-yilda jami
sanoat korxonalari soni 210 tani tashkil etgan bo‘lib, barchasi kichik korxona va
mikrofirmalardan iborat. Shu jumladan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar
3 ta. Oqoltin tumanining sanoati turli sohalarda rivojlanmoqda. 2024-yil 1-sentabr
holatiga ko‘ra, tuman hududida ro‘yxatga olingan 1436 ta yuridik shaxsdan 132 tasi
sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu korxonalar orasida qishloq xo‘jaligi,
savdo va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari ham muhim o‘rin tutadi. Tumaning yirik
sanoat korxonalaridan biri “Oqoltin mega Textile” hisoblanadi. Ushbu korxona
trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaradi va ularning barcha mahsulotlari mahalliy
paxta tolasidan tayyorlanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 25
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
99
milliard so‘mni tashkil qiladi va mahsulotlar Rossiya, Qozog‘iston va boshqa MDH
mamlakatlariga eksport qilinadi. Bundan tashqari, Oqoltin tumanida qishloq
xo‘jaligi sohasida ham ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. "Sardoba universal
cluster" MCHJga qarashli "Agromarkaz" kabilar yangi ish joylarini yaratish va
qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy qilishga qaratilgan [2].
2024-yilda tumanda 1234 mlrd. so'mlik qishloq xo‘jalik mahsulotlari
yetishtirilgan bo‘lib, jami viloyatning mazkur turdagi mahsulotining 9,7 %
ta’minlagan. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy qismi dehqonchilik
mahsulotlariga to‘g‘ri keladi.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Xizmatlarning xilma-
xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini
beradi.
Tahlilardan ko‘rish mumkinki, Oqoltin tumani jami xizmatlar tarkibida
asosiy o‘rinni savdo hamda transport xizmati egallagan. Bu ikkala xizmat turi barcha
xizmatning asosiy qismini tashkil etadi.
Aholining yashash sharoiti ko‘p jihatdan ijtimoiy infratuzilma
shahobchalarining qay darajada ta’minlanganligi bilan belgilanadi. Bu jihatdan,
ayniqsa, aholining toza ichimlik suvi, gaz va elektr energiya bilan ta’minlanishi katta
mazmun kasb etadi. 2024-yil holatiga Oqoltin tumanidagi kvartiralarning
(uylarning) bor-yo‘g‘i 79,7 % markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan.
Bu borada viloyatning boshqa ma’muriy birliklari bilan taqqoslaganda eng so‘nggi
o‘rinlarda turadi.
Rasmiy statistik ma’lumotlarda
2024- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra,
Sirdaryo viloyatida jami 8 474 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat
yuritmoqda. Shundan Oqoltin tumanida– 661 tani tashkil etadi. Sanoat korxonalari
soni 125 tani tashkil etadi, bu umumiy faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar sonining
9,6 foizini tashkil qiladi. 2023-yil davomida 210 ta yangi korxona ro'yxatga olingan,
ularning 56,2 foizi qishloq va o'rmon xo'jaligiga, 29,5 foizi esa savdo sohasiga to'g'ri
keladi. Sanoat tarmoqlari agrosanoat korxonalari eng katta ulushni egallaydi [3].
Yuqoridagi m
a’lumotlar tahlilidan ko‘rish mumkinki, viloyatimizning boshqa
tumanlariga nisbatan Oqoltin tumanining mineral xomashyo salohiyati sust, bu
yerda sanoat ahamiyatiga ega yirik konlar mavjud emas, bu esa uning sanoatini
divesifikatsiyalanmaganiga ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga tumanning agroiqlim
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
100
resurslari salohiyati katta, jumladan quyoshli kunlar miqdorining ko‘pligi, qishloq
xo‘jaligini rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Тuman xo‘jaligida
qishloq xo‘jaligini avvaldan ustun rivojlanganligi, katta xajmda qishloq xo‘jaligi
xomashyosi yetishtirilishi sababli, sanoatida qayta ishlovchi oziq-ovqat va yengil
sanoat korxonalari ko‘proq rivojlangan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-tom Toshkent. O‘zbekiston, 2017.
2.
Soliev A., Nazarov M., Qurbonov Sh. O‘zbekiston hududlari ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishi. T.: “Mumtoz so‘z”. 2010
3.
Soliyev A.S. Iqtisodiy geografiya: nazariya, metodika va amaliyot.
(Tanlangan asarlar). Monografiya.- Toshkent, 2013. 42-45 b.
4.
Sirdaryo viloyati statistik axborotnomasi. Guliston, 2023-yil.
5.
6.
