“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
198
Oshqozon yarasi va uning fiziologik sabablari
Nurboyeva Farangiz
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Tibbiyot fakulteti Davolash ishi talabasi
Annatatsiya:
oshqozon yarasi oshqozon shilliq qavatida trofik buzilishlar sodir
bo`ladigan kasallik.oshqozon yarasi ko`pincha 20-50 yosh erkaklar orasida
kuzatiladi.kasallik bahor va kuz faslida tez tez qaytarilishi bilan tavsiflanadi.
Oshqozon yarasi sababi odatda odamning asab tizimini kuchlantiradigan stresslar
bo`lib u o`z navbatida oshqozon ichak trakti muskullarining va qon tomirlarining
spazimini keltirib chiqaradi natijada oshqozonning qon bilan ta`minlanishi buziladi
va oshqozon sharbati shilliq qavatiga salbiy ta`sir qiladi bu me`da yaralarini paydo
bo`lishiga olib keladi.
Kalit so’zlari :
Helicobacter pylori
Zollinger-Ellison Oshqozon reflyuzi
churra oshqozon osti bezi gastrinomasi gastrit 12 o'n ikki barmoqli ichak yarasi
antibiotiklar antiskeretar preparatlar gastroenterology
Аннатация:
язвенная болезнь это заболевание, при котором трофические
нарушения возникают в слизистой оболочке желудка.язвы чаще всего
наблюдаются у молодых мужчин в возрасте от 20 до 50 лет.заболевание
характеризуется быстрым обратимым течением весной и осенью. Причиной
язвы желудка обычно являются стрессы, которые напрягают нервную систему
человека, что, в свою очередь, вызывает спазм мышц и кровеносных сосудов
желудочно-кишечного тракта, что приводит к нарушению кровоснабжения
желудка и негативному воздействию желудочного сока на слизистую
оболочку что приводит к образованию язв.
Ключевые слова:
Helicobacter pylori Zollinger-Ellison желудочный
рефлюкс грыжа гастринома поджелудочной железы гастрит 12 язва
двенадцатиперстной кишки антибиотики противосудорожные препараты
гастроэнтеролог
Annatation:
peptic ulcer is a disease in which trophic disorders occur in the
gastric mucosa.stomach ulcers are most often observed among men 20-50 years
old.the disease is characterized by a rapid return in the spring and autumn seasons.
The cause of an ulcer is usually stresses that strengthen the nervous system of a
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
199
person, which in turn causes spasm of the muscles and blood vessels of the
gastrointestinal tract, as a result of which the blood supply to the stomach is
disrupted, and gastric juice negatively affects the mucous membrane, which leads to
the appearance of gastric ulcers.
Keywords:
Helicobacter pylori Zollinger-Ellison gastric reflux hernia
pancreatic gastrinoma gastritis 12 duodenal ulcer antibiotics antiskeretar drugs
gastroenterologist
Muammoning
dolzarbligi:
Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki dunyo
aholisining 14% dan ortiqrog`I oshqozon yarasi kasalligi bilan og`riydi.
Tashvishlanarlisi asosan 20-40 yosh atrofidagi erkaklarda uchraydigan ushbu
kasallik toobora yosharib bormoqda. Ya`ni ko`proq talab ava maktab o`quvchilari
orasida aniqlanyapti.
Odatda oshqozon yarasi kasalligini - Helicobacter pylori bakteriyasi keltirib
chiqaradi; kamdan-kam holatlarda - Zollinger-Ellison sindromi (oshqozon osti bezi
gastrinomasi yoki 12 o'n ikki barmoqli ichak yarasi va boshqa preparatlar kasallikni
keltirib
chiqaradi.
Helicobacter pylori bakteriyasi
Oshqozon yarasi o`zi alohida yoki churra bilan birga kuzatiladi. Kasallik
boshlanishida oshqozon achishishi va og`irlik hissi og`izga achichiqm suv kelishi
tilning uvilishi oqrin ustki qismi bosilganda og`riq his qilish taomdan 2-3 soatdan
keyin ko`krakning pastki qismlarida og`riq kuzatiladi. Qusish bilan qon kelishi yoki
katta hojatnong jigarrang kelishi yaraning rivojlanganligini ko`rsatadi. Oshqozon
reflyuzi gastrit va oshqozon yarasining sabablari bir xil bo`lgani uchun davosi ham
bir xildir. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, bakteriya taxminan 80 foiz odamlarda
mavjud va har kim ham oshqozon yarasidan aziyat chekmaydi. Gap shundaki,
patologiyaning rivojlanishi uchun qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchi omillar kerak. Misol
uchun, bu noto‘g‘ri ovqatlanishdan bo‘lishi mumkin. Achchiq, qizarib pishgan,
yog‘li ovqatlar xlorid kislota ishlab chiqarishni ko‘paytiradi va shu bilan kasallikni
qo‘zg‘atishi mumkin.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
200
Stressli vaziyatlar va haddan tashqari hissiy kuchlanish kasallikning rivojlanishiga
olib keladi. Ma’lumki, stress paytida ovqat hazm qilish tizimini qon bilan
ta’minlashning faolligi pasayadi va oshqozon-ichak traktida yuzaga keladigan
barcha jarayonlar sekinlashadi. Bularning barchasi oshqozonning turli kasalliklari,
shu jumladan, oshqozon yarasiga olib keladi.Kuchli travmatik omillar ham yarani
qo‘zg‘atishi mumkin, masalan, og‘ir kuyishlar, jarohatlar, murakkab va keng
qamrovli jarrohlik aralashuvlar. Oshqozon yarasi qonni suyultiruvchi dorilar yoki
yallig‘lanishga qarshi dorilarni uzoq muddat qo‘llash bilan ham paydo bo‘lishi
mumkin. Bundan tashqari, zararli odatlar — chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol
qilish oshqozon shilliq qavatining himoya xususiyatlarini pasaytiradi va bakteriyalar
uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Davolashda asosan antibiotiklar helicobacteri bakteriyasini yo`q qilish uchun
buyuriladi, antiskeretar preparatlar oshqozon kislotasini kamaytirish uchun,
antatsidlar oshqozon shilliq qavatini himoya qilish va simptomlarni yengillashtirish
uchun buyuriladi. Oldini olishda sog`lom ovqatlantirishni tartibga solish , chekish
va spirtli ichimliklardan voz kechish stressni boshqarish va dam olishga e`tibor
berish, dori vositalarini shifokor tavsiyasiga binoan qabul qilish kerak. Agar
yuqoridagi belgilar kuzatilsa shifokor gastroenterolog shifokoriga murojaat qilish
tavsiya etiladi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
201
Xulosa
Oshqozon yarasi — bu oshqozon yoki o‘n ikki barmoqli ichak shilliq
qavatining mahalliy nuqsoni bo‘lib, ko‘pincha o‘tkir og‘riqlar, dispeptik belgilar
bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu kasallikning yuzaga kelishida fiziologik omillar
muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, oshqozon kislotasining ortiqcha ishlab chiqarilishi,
pepsinning shilliq qavatga zarar yetkazishi, Helicobacter pylori bakteriyasining
mavjudligi, shuningdek, stress, noto‘g‘ri ovqatlanish, irsiy moyillik va ayrim dorilar
(masalan, steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi vositalar) asosiy etiologik
omillar sifatida baholanadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oshqozon va ichak shilliq qavati himoya
tizimining buzilishi, shu jumladan, bikarbonat ajralishining kamayishi, shilliq ishlab
chiqarilmasligi yoki qon aylanishining yomonlashuvi kasallikning rivojlanishiga
xizmat qiladi. Yangi davolash usullari, xususan, proton nasoslari ingibitorlari,
antibiotiklar bilan kompleks terapiyalar, bemorlarning sog‘lom turmush tarziga
rioya qilishi kasallikni nazorat qilishda samarali bo‘lib, shifobaxsh natijalarga
erishish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Karimov A.A., Xolmatov Sh.T. Gastroenterologiya asoslari. Toshkent:
Tibbiyot nashriyoti, 2020.
2. Rasulov M.M. Ichki kasalliklar propedevtikasi. Toshkent: “Ibn Sino”
nashriyoti, 2019.
3. World Health Organization. Peptic ulcer disease: causes, symptoms and
treatment. WHO Guidelines, 2021.
4. Smith J., Brown K. Physiology and Pathophysiology of Peptic Ulcer Disease.
Journal of Clinical Gastroenterology, 2020; 34(2): 112–119.
5. Khodjibekov O.R. Helicobacter pylori va oshqozon yarasi. O‘zbekiston
Tibbiyot Jurnali, 2022; №1: 45–50.
6. Feldman M., Friedman L.S., Brandt L.J. Sleisenger and Fordtran's
Gastrointestinal and Liver Disease. 11th ed. Elsevier, 2021.
7. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi klinik tavsiyalari –
“Oshqozon-ichak yaralari diagnostikasi va davolash”, Toshkent, 2023.
