“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
303
Elektron tijoratni rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari
Osiyo xalqaro Universiteti magistri Alisher Usmanov Suvonqul o‘g‘li
Osiyo xalqaro Universiteti magistri Shonazarov Kamoladdin Erkin o‘g‘li
Annotatsiya
Mazkur maqolada elektron tijoratning jahon va O‘zbekiston miqyosida
bugungi holati, rivojlanish yo‘nalishlari hamda istiqbollari tahlil qilinadi. Unda
zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt, mobil savdo, AR/VR texnologiyalari,
ekologik barqarorlik va xalqaro elektron savdoning roli keng yoritilgan.
Shuningdek, maqolada elektron tijoratning kelgusidagi muhim tendensiyalari ilmiy
manbalar asosida asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar:
elektron tijorat, raqamli iqtisodiyot, m-commerce, sun’iy
intellekt, social commerce, e-commerce, O‘zbekiston, onlayn savdo, xalqaro savdo.
Kirish
Raqamli texnologiyalar taraqqiyoti XXI asrda savdo-sotiq sohasini tubdan
o‘zgartirdi. Elektron tijorat sohasining rivojlanishida marketpleysalar asosiy ro‘l
o‘ynaydi. Marketplace – marketpleys elektron tijorat platformasi, uchinchi
shaxslarning mahsuloti yoki xizmati to‘g‘risida ma’lumot beruvchi elektron tijorat
onlayn-do‘koni hisoblanadi. Umuman olganda, mahsulot va xizmatlarni taqdim
etish uchun optimallashtirilgan onlayn platforma (veb-sayt). Xuddi shu mahsulotni
ko‘pincha bir nechta sotuvchilardan sotib olish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023-yil 30-
noyabrdagi “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya
qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga
qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-381-son Qarorida
electron tijoratni yanada takomillashtirish va elektron savdo platformasini
rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar keltirib o‘tilgan[1].
Elektron tijorat sohasida to‘ldirilgan reallikda mahsulotlarni sotish ham muhim
faktorlardan biri hisoblanadi. To‘ldirilgan reallik vositalari virtual obyektlarni mobil
qurilmalar yordamida real tasvirda ko‘rish imkonini beradi. Haqiqiy va aniq 3D
modellar nafaqat mahsulotni har tomondan batafsil ko‘rib chiqishga, balki uni
deyarli sinab ko‘rishga, asosiy old yoki orqa kameradagi tasvirning ustiga raqamli
tasvirni qo‘yish orqali mahsulotni xonaga joylashtirib ko‘rish imkonini beradi[2].
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
304
Elektron tijorat (e-commerce) nafaqat mahsulot va xizmatlarni internet orqali
sotish
jarayoni,
balki
butun
iqtisodiy
tizimni
optimallashtirish
va
zamonaviylashtirishning muhim vositasiga aylandi. Xalqaro tajriba shuni
ko‘rsatmoqdaki, elektron tijorat global iqtisodiyotning ajralmas tarmog‘iga
aylangan.
Metodologiya:
Tadqiqotni amalga oshirishda tizimli yondashuv,, iqtisodiy tahlil va taqqoslash
usullaridan foydalanildi. Dastlab mavzuga aloqador bo‘lgan ma’lumotlar to‘plandi
va chuqur tahlil qilindi. Olingan tahlillardan xulosalar chiqarilib kamchiliklar
o‘rganildi. Masalan elektron tijorat platformasida raqamli mahsulotni va (yoki)
raqamli mahsulot haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish yoki olib tashlash uchun
arizalarni qabul qilishni yo‘lga qo‘yish, statistika ma’lumotlarini yakunlangan
elektron operatsiyalar bo‘yicha hisobot hujjatlarini tayyorlashni yo‘lga qo‘yish
muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari ushbu maqolani yoritishda erishilgan
natijalar taqqoslandi.
Tahlil va natijalar:
Xaridorlarning onlayn xarid qilish asosiy sabablaridan biri bu uyda yoki ishda
o‘tirgan holda onlayn savdo qilish qobiliyati mavjudligidir. Onlayn xarid qilishda
esa xaridorlar asosan quyidagi omillarga asosan xarid qiladi:
Bepul yetkazib berish
Chegirmalar\kuponlar
Boshqa xaridorlarning sharhlari
Sotib olishning tez va oson usuli
Ishonch darjasi
Maxsulotning ekologiy xavfsizligi
To'lovni taqsimlash imkoniyati
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
305
Onlayn savdoda bepul yetkazib berishga, chegirmalar va xaridorlarning iliq
sharhlariga ega onlayn savdo do‘konlari boshqa savdo markazlariga qaraganda
ularning xaridori ko‘p bo‘ladi.
Tijorat sohasida dunyoning yetakchi mamlakatlari: (1-chizma)
Xitoyda raqamli sotuvlar o‘sishda davom etmoqda, ammo elektron tijorat
chakana savdoning dominant turi emas va atigi 23,1% ni tashkil etadi. Xitoydagi eng
yirik brendlar AliBaba, JD.com va Pinduoduo marketpleysi hisoblanadi. Xitoyda
tovarlarning transchegaraviy buyurtmalari juda keng tarqalgan bo‘lib, barcha onlayn
xaridorlarning taxminan 42 foizi Yaponiya va AQSh kabi boshqa mamlakatlardan
buyurtma bergan. Bunday xaridlar mamlakat elektron tijorat bozorining 696 milliard
AQSh dollari – 58% ni tashkil etadi[4].
Xitoyda mobil qurilmalar orqali onlayn xaridlar ustunlik qiladi, bu umumiy
savdodagi xaridlarning 4/3 qismi va 873,3 milliard dollarni tashkil etadi. Ushbu
ko‘rsatkich yiliga 28,8 foizga o‘sadi, chunki mamlakatda umumiy 852,2 million
smartfon foydalanuvchi mavjud, bu aholining 59,9 foizini tashkil etadi. Mamlakatda
5G aloqasi ishga tushishi munosabati bilan smartfon egalari soni ko‘payishi
kutilmoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, mobil xaridlarning 67 foizi mobil ilovalar
orqali amalga oshirilgan. Smartfonlar yordamida tovarlarni faol ravishda sotib
olayotgan mamlakat aholisi super mobil ilova (Super-App) kabi innovatsion
Xitoy…
AQSh
21%
Buyuk Britaniya
6%
Yaponiya
4%
Janubiy Koreya
3%
Germaniya
3%
Boshqa davlatlar
16%
TIJORAT SOHASIDA DUNYONING YETAKCHI
MAMLAKATLARI
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
306
yangiliklarga tezda ko‘nikib qolishdi. 980 million foydalanuvchiga ega WeChat
ijtimoiy tarmog'I messenjerdan to‘liq bozor – Marketpleysga o‘tdi.
AI asosidagi tizimlar xaridorlarga shaxsiylashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish,
chatbotlar orqali onlayn muloqotni tashkil qilish hamda yetkazib berish jarayonini
avtomatlashtirish imkonini bermoqda. TikTok, Instagram va Facebook orqali
mahsulot reklama qilish, mijozlar bilan bevosita muloqotga kirishish va to‘g‘ridan-
to‘g‘ri sotuvlarni amalga oshirish elektron savdoning yangi bosqichi hisoblanadi[3].
AR (Augmented Reality) va VR (Virtual Reality) texnologiyalari mahsulotni
vizual sinab ko‘rish imkonini berib, xarid qiluvchining ishonchini oshiradi. Bu
texnologiyalar
ayniqsa
kiyim-kechak,
mebel
va
kosmetika
sohalarida
qo‘llanilmoqda.
Ekologik jihatdan barqaror bo‘lgan mahsulotlar va yetkazib berish tizimlariga
talab ortib bormoqda. Kompaniyalar “yashil” qadoqlash, karbon izini kamaytirish
va ekologik mahsulotlar taklif qilish orqali mijozlar e’tiborini tortishga harakat
qilmoqda.
O‘zbekiston hukumati tomonidan so‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish, logistika infratuzilmasini takomillashtirish va to‘lov tizimlarini
soddalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2023-
yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda onlayn xaridlar soni o‘tgan yilga nisbatan 35
foizga oshgan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning e-commerce platformalarga kirib
borishi eksport salohiyatini ham oshirmoqda[5].
Xulosa
Xulosa qilib aytganda yillar davomida electron tijoratga bo‘lgan talab ishib
bormoqda buning asosiy sabablaridan biri uning tezkorligi, sifatlili, narxlarning
saytlarda mavjudligi va hamma turdagi xaridorlar uchun moslangan maxsulotlar
mavjudligidir. Hozirgi kunda rivojlangna mamlakatlarda deyarli barcha xizmat
ko‘rsatish, savdo, sanoat sohalarida onlayn platform shakllangan va ularning turi
ham ortib bormoqda. Marketplace, AI va bunga o‘xshagan yangi texnologiyalardan
foydalanish biznesni soddlashtiradi xaridorlarga qulaylik yaratib mijozlar ehtiyojini
qondirishda katta ahamiyat kasb etadi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
307
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiniing Qarori, 30.11.2023-yildagi
PQ-381-sonli “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya
qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga
qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi qarori.
2.
А.А.Марченков «Маркетплейсы как главный тренд электронной
коммерции» // Научные стремления. Выпуск 26. Россия. 2021 с.65
3.
Верегина А. В., Коваль Д. В. Приоритеты развития электронной
коммерции в 2022 г. // Экономика. Налоги. Право. 2022. № 1. С. 94–104
4.
B.I.Axmedovning “Raqamlashtirish davrida elektron tijoratning
rivojlanishi” “Raqamli Iqtisodiyot” Ilmiy-Elektron Jurnali 2023 №2 C 6-13
5.
Islomov, M.
Elektron tijorat asoslari
. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti
2022 C 84-88
