Ushbu maqola fransuz tilining leksik-frazeologik maydoni va uning strukturaviy, semantik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqola, fransuz tilidagi frazeologik birliklarning tilshunoslik va madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan tahlilini o‘z ichiga oladi. Tadqiqot, frazeologik birliklarning leksik-semantik, struktura-sintaktik va funksional jihatlarini o‘rganish orqali fransuz tilida ishlatiladigan frazeotoponimlar, somatizm va boshqa frazeologik tuzilmalarni tasvirlab beradi. Shuningdek, maqolada frazeologik birliklarning semantik o‘zgarishlari, ularning ijtimoiy-madaniy kontekstdagi roli va lingvistik markaziy ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Ushbu ish, tilshunoslar va madaniyatshunoslar uchun frazeologiya, toponimika va lingvistik-semantik tadqiqotlar doirasida yangi yondashuvlarni taqdim etadi.