Authors

  • Umid Raxmatulloyev
    Buxoro Davlat Universiteti Tarix-( yoʻnalishlar va faoliyat turi boʻyicha) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.83550

Keywords:

Sanoatlashtirish agrar siyosat quloqlashtirish kollektivlashtirish tarixiy jarayonlar qishloq xoʻjaligi xalq xoʻjaligi repressiya iqtisodiyot qoʻzgʻolonlar.

Abstract

Mazkur maqolada 1920-1935-yillar oraligida Oʻzbekistonda sovet hokimiyatining yuritgan agrar iqtisodiy siyosati, uning mahalliy dehqon xoʻjaliklariga boʻlgan salbiy taʻsirini va ushbu siyosatning natijalarini turli tarixiy adabiyotlar, kitoblar va ilmiy ishlarni tahlil qilgan holda yoritishga qaratilgan. Ushbu davrni yoritishda sovet davridagi va mustaqillik davridagi tarixiy ma`lumotlar va sifralarni tahlil qilgan holda toʻgʻri xulosa chiqarishga harakat qilindi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

563




SOVETLARNING OʻZBEKISTONDA YURITGAN AGRAR

SIYOSATI. DEHQON XOʻJALIKLARINING TUGATILISHI (1920-1935-

YILLAR)

Raxmatulloyev Umid

Buxoro Davlat Universiteti

Tarix-( yoʻnalishlar va faoliyat turi boʻyicha)

mutaxassisligi 2-bosqich magistranti


Annotatsiya:

Mazkur maqolada 1920-1935-yillar oraligida Oʻzbekistonda

sovet hokimiyatining yuritgan agrar iqtisodiy siyosati, uning mahalliy dehqon
xoʻjaliklariga boʻlgan salbiy taʻsirini va ushbu siyosatning natijalarini turli tarixiy
adabiyotlar, kitoblar va ilmiy ishlarni tahlil qilgan holda yoritishga qaratilgan.
Ushbu davrni yoritishda sovet davridagi va mustaqillik davridagi tarixiy
ma`lumotlar va sifralarni tahlil qilgan holda toʻgʻri xulosa chiqarishga harakat
qilindi.

Kalit

soʻzlar:

Sanoatlashtirish,

agrar

siyosat,

quloqlashtirish,

kollektivlashtirish, tarixiy jarayonlar, qishloq xoʻjaligi, xalq xoʻjaligi, repressiya,
iqtisodiyot, qoʻzgʻolonlar.

KIRISH

Oʻzbekistonning XX asr birinchi choragidagi tarixi bir qancha siyosiy,

ijtimoiy hodisalarga boy davr boʻldi. Mazkur davrda Oʻrta Osiyoda sovetlar
tomonida milliy hududiy chegaralanishlar oʻtkazildi va sovet ittifoqi tarkibidagi
Oʻzbekiston SSR davlati tuzildi. Boshqaruv organlarining nazorati toʻlaligicha sovet
hukumatining qoʻl ostida boʻldi. Markazning olib borgan totalitar boshqaruvi
asosida ishlab chiqarish va qishloq xoʻjalik tarmoqlari majburiy tarzda kollektiv
jamoa xoʻjalilariga birlashtirildi. Qishloqda mehnatkashlar uchun ham koʻplab
oʻzgarishlar sodir boʻldi. Dehqon xoʻjaliklari tugatilib kollektiv jamoa xoʻjaliklariga
birlashtirildi. Sovetlar agrar siyosatni olib borishda mahalliy xalqning tarixiy
xoʻjalik yuritish odatlarini toʻlaligicha yoʻq qildilar. Kollektiv xoʻjaliklarga
uyushmagan dehqonlar turli bahonalar bilan quloq qilindi va ularning yer mulklari
davlat foydasiga musodara qilindi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

564




ASOSIY QISM

SSSR degan davlat 1922-yilda tuzilganidan keyin hukmron kommunistik

partiya ittifoq davlati tarkibidagi hududlarning agrar sohasini toʻliq isloh qilishga
kirishdi.Oʻzbekiston ham bu oʻzgarishlardan chetda qolmadi Oʻzbekiston SSRning
sanoati asosan agrar sektorga bogʻlangan edi. Respublika aholisining qariyb 85
foizdan ortigʻi qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanardi. Raqamlarga eʻtibor beradigan
boʻlsak agrar sohada yetishtirilgan mahsulotning hissasi Oʻzbekiston yalpi
mahsulotining deyarli 80 foizini berar edi. Sovetlar qishloq xoʻjaligini isloh qilishda
notoʻgʻri yoʻlni tanladilar. Ular goʻyoki katta mulklarni gʻayriinsoniy yoʻl bilan
orttirgan, boshqalar mehnatini ekspluatatsiya qilib kelgan degan vajlar bilan yirik va
oʻrta hol dehqonlarni sinf sifatida tugatishni agrar islohotning asosi deb qoʻyishdi.
Dehqonlarning mol mulklari asossiz tortib olina boshlandi. Birgina 1921-yilning 17-
iyunida Bozorqoʻrgʻon tumani ijroqoʻmi Andijon uyezd-shahar ijroqoʻmiga
yoʻllagan xatida surgun qilinishi kerak boʻlgan “boy-quloqlar”ning 131 kishidan
iborat boʻlgan roʻyxatini yoʻllab, ularni zudlik bilan badargʻa qilish kerakligiga
rozilik bildiradi.

Respublikada koʻplab dehqon xoʻjaliklarini tugatish ishlari boshlandi.

Jumladan, 1925-1929-yillar oraligʻida Samarqand, Toshkent, Zarafshon va
Fargʻona viloyatlarida 2603 ta xoʻjalik “quloq”lar deb hisoblanib yerlari musodara
qilindi. Xorazm va Qoraqalpogʻiston viloyatlarida esa 989 ta xoʻjaliklar “quloq
xoʻjaliklari” sifatida baholanib, ularning egalari badargʻa qilindi. Aynan mazkur
davrda respublikada 4801 ta xoʻjalik “quloq xoʻjaligi” deb topildi va tugatildi. 23036
ta xoʻjaliklarning yerlari esa ortiqcha deb eʻlon qilindi va tortib olindi. Natijada
respublika yer jamgʻarmasiga 474393 desyatina yerning qoʻshilishiga erishildi.
Yerlarni olishdan tashqari dehqonlarning mehnat qurollari, asbob uskunalari, ish
hayvonlari ham davlat foydasiga musodara qilindi. Sovetlarning bu islohotlari agrar
sohaga katta zarba boʻldi va norozilik harakatlarining boshlanib ketishiga sabab
boʻldi. Aynan 1929-yilning oʻzida Oʻzbekistonda quloqlarning 1300 dan ortiq
qoʻzgʻolonlari qayd etildi.

Boy dehqon xoʻjaliklarining yerlarini asossiz musodara qilinishi va ularning

boyliklarini tortib olinish holatlarining ortib borishi bilan respublikada norozilik
harakatlari ham ortib bordi. Natijada ba`zi qishloq rayonlarida va tumanlarda ijroiya
qoʻmita xodimlariga qarshi boshlangan norozilik chiqishlari keyinchalik terror
holatlarining boshlanishiga turtki berdi. Birgina 1928-yilning oʻzida respublikada


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

565




218, 1929-yilda 429, 1930-yilning yanvar-aprel oylarida 106, jami hisobda 653 ta
terrorchilik harakatlari sodir etildi.

Kommunistik partiyaning qaroriga koʻra nisbatan boy boʻlgan va yollanma

mehnatdan foydalanuvchi oʻrtahol dehqonlarning yerlari ham musodara qilinadigan
yerlar roʻyxatiga qoʻshildi. Oʻzbekiston Kommunistik partiyasining II siezdida qabul
qilingan “Yer islohoti toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra yerdan foydalanish “normasi
qisqartiriladigan boy guruhiga” yollanma

mehnatni joriy qilgan barcha dehqon

xoʻjaliklar ham kiritilgan edi. Sovet hukumatining bundan koʻzlagan asosiy maqsadi
yirik va oʻrta xoʻjaliklarni tugatib, xalqni yagona ishlab chiqarish xoʻjalik kompleks
tarmogʻiga birlashtirish edi.

Oʻzbekiston SSRda 1925-1929-yillarda yer-suv islohotining ikkinchi

bosqichi oʻtkazildi. 1925-yilning 2-dekabrida Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya
Qoʻmitasining “Yer-suv islohoti” toʻgʻrisida, “Yer va suvni natsionalizatsiya qilish”
toʻgʻrisidagi qarorlari qabul qilindi. Qarorning yomon tomoni shunda ediki, bunda
dehqonlardan katta yer xoʻjaliklari yerni natsionalizatsiya qilish bahonasida tortib
olish ishlari boshlandi. Mazkur yillarning oʻzida Zarafshon, Samarqand, Fargʻona
va Toshkent viloyatlarida jami 254,2 ming desyatina yer jamgʻarmasining hosil
boʻlishiga erishildi. Achinarli tomoni shunda ediki, tortib olingan yerlarning 70
foizdan ortigʻi kommunistlar “boylar” deb ataydigan oʻrtahol dehqonlarning yer
xoʻjaliklari edi. Bu siyosatni kommunistlar kollektivlashtirish siyosati deb atab unga
farovon kelajak toʻnini kiydirdilar. Birgina misol tariqasida Qashqadaryo vohasini

olsak aynan yer-suv islohoti tufayli 989 ta xoʻjaliklar tugatildi, 12556

tanob

sugʻoriladigan yerlar tortib olindi. Bundan tashqari 5290 tanob lalmikor yerlar, 1001
ta ot, 1194 hoʻkiz, 274 ta tuya tortib olindi.

Oʻzbekistonda ushbu ziddiyatli davrda respublika qishloq xoʻjaligi va uni

tartibga solish bilan bogʻliq koʻplab muammolar yetilib qolgan edi. Qishloq xoʻjaligi
yetakchi boʻlgan Oʻzbekiston ssr sanoati uchun agrar sektorni modernizatsiya
qilishni zamonning oʻzi taqazo qilayotgandi. Dehqonlarning oʻzi ham yetarli
darajada yerga ega emasdi. 1925-yilgi raqamlarga qaraydigan boʻlsak har 100
xoʻjalikdan 13 tasida xoʻjalik uchun ekin yeri yoʻq edi. Yersiz yoki ikki
desyatinagacha yerli xoʻjaliklar esa 71.8 foizni tashkil etardi.

Fargʻona viloyatida 1925-yilgi holat misolida qaralganda 155 ta xoʻjalikni

tugatish rejasi qoʻyilgan edi. Lekin 1926-yilgi raqamlarga qaralganda ushbu reja uch
yarim barobar ortigʻi bilan bajarilib, tugatilgan dehqon xoʻjaliklarning umumiy soni


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

566




575 tani tashkil etdi. Bundan shuni koʻrish mumkinki, sovet hukumati tomonidan
kollektivlashtirish siyosati shu darajada olib borildiki hatto boy boʻlmagan oddiy,
kam yerli mehnatkash dehqonning ham yerlari jamoa xoʻjaliklari foydasiga tortib
olinib, ularning oʻzlari esa quloq qilindi. Albatta bunday zulmkorlik aholining qattiq
noroziligiga sabab boʻldi va turmush darajasining yomonlashishiga, oziq-ovqat
mahsulotlari narxining oshishiga olib keldi.

Oʻzbekiston sanoatida 1925-1930-yillarda olib borilgan islohotlarning asosi

kommunistik mafkuraning va shovinistik kompartiyaning buyruqlariga soʻzsiz
boʻysunadigan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgandi. Ushbu
siyosatni oqlash maqsadida ittifoq hududida yagona, markazlashgan kompleks
xoʻjalik tizimini qoʻllash gʻoyasi kommunistik partiya tomonidan ilgari surilgandi.

Sovet hukumatining topshirigʻi natijasida ittifoq hududida kollektivlashtirish

surʻatlari sunʻiy tezlashtirildi. Bunga ayniqsa kompartiya “dohiysi” I.Stalinning
1929-yilda Правда gazetasida chop etilgan “Buyuk burilish yili” maqolasi katta
dastak boʻldi. Unda “xalqlar dohiysi” kollektivlashtirish siyosati jadal suratlarda
ketayotganligi,

qishloq

mehnatkashlarining

ommaviy

ravishda

kollektiv

xoʻjaliklarga kirayotganligi aytilgandi. Lekin real ahvol bunday emasdi.


XULOSA

Oʻzbekiston tarixida 1920-1935-yillarda olib borilgan islohotlarning asosi

kommunistik mafkura asosidagi va shovinistik kompartiyaning buyruqlariga
boʻysunadigan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgandi. Ushbu siyosatni
oqlash maqsadida ittifoq hududida yagona, markazlashgan kompleks xoʻjalik tizimini
qoʻllash gʻoyasi kommunistik partiya tomonidan ilgari surildi.

Kommunistik partiya

dohiylari maqtagan sovetcha xoʻjalikning asl mazmuniga qaraydigan boʻlsak,
Oʻzbekistonning sanoati, qishloq xoʻjalik tarmoqlari boshqaruvini toʻlaligicha
markazning tasarrufiga oʻtkazish, “markazdagi xoʻjayinlar”ning topshiriq va
koʻrsatmalariga soʻzsiz amal qilgan holda siyosat yuritish maqsadi yotardi. Aynan
ushbu maqsadlar asosida birinchi zarba agrar sohaga ya`ni dehqonlarga berildi.
Ularga asossiz ayblar, turli tuhmatlar yogʻdirildi va mol-mulklari davlat foydasiga
musodara qilindi. Sovet hukumatining olib borgan agrar, iqtisodiy va kommunistik
siyosati natijasida xususiy mulkchilik deyarli tugatildi.



background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

567




ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.

Аминова Р Х. Возврашаясь к истории коллективизации в

Ўзбекстане. - Т, 1995.

2.

Shamsutdinov R, Karimov SH. Vatan tarixi. Uchinchi kitob. Toshkent.

SHARQ. 2010. B. 267.

3.

Ўзбекистон Тарихи.(1917-1991-йиллар).Ikkinchi kitob.Toшкент.

Oʻzbekiston. B. 309.

4.

Ўзбекистон Совет Мустамлакачилиги Даврида. Иккинчи китоб.

Toшкент. SHARQ. Б. 327.

5.

ЎзбекмстонССР

компартияси(б)

II

сиезди.

Стенограмма

хисоботи.(1926-йил 22-30-ноябр). Самарқанд. 1926. Б. 143.

6.

Shamsutdinov

R,

Karimov

SH.

Vatan

tarixi.uchinchi

kitob.Toshkent.Sharq.2010. B. 259.

7.

Ўзбекистон ССР Тарихи. III том. Toшкент. Фан. 1971.

8.

Шамсутдинов Р. Ўзбекмстонда советларнинг қулоқлаштириш

сиёсати ва унинг фожеали оқибатлари. –Т. Шарқ. Б. 55.






References

Аминова Р Х. Возврашаясь к истории коллективизации в Ўзбекстане. - Т, 1995.

Shamsutdinov R, Karimov SH. Vatan tarixi. Uchinchi kitob. Toshkent. SHARQ. 2010. B. 267.

Ўзбекистон Тарихи.(1917-1991-йиллар).Ikkinchi kitob.Toшкент. Oʻzbekiston. B. 309.

Ўзбекистон Совет Мустамлакачилиги Даврида. Иккинчи китоб. Toшкент. SHARQ. Б. 327.

ЎзбекмстонССР компартияси(б) II сиезди. Стенограмма хисоботи.(1926-йил 22-30-ноябр). Самарқанд. 1926. Б. 143.

Shamsutdinov R, Karimov SH. Vatan tarixi.uchinchi kitob.Toshkent.Sharq.2010. B. 259.

Ўзбекистон ССР Тарихи. III том. Toшкент. Фан. 1971.

Шамсутдинов Р. Ўзбекмстонда советларнинг қулоқлаштириш сиёсати ва унинг фожеали оқибатлари. –Т. Шарқ. Б. 55.