O'ZBEKISTONDA GAZETA VA JURNALLARNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Journal of science-innovative research in Uzbekistan
inLibrary
Google Scholar
https://zenodo.org/records/15381557
CC BY f
92-95
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Durdimurodova , D. (2025). O’ZBEKISTONDA GAZETA VA JURNALLARNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 3(5), 92–95. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/journal-science-innovative/article/view/99130
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Bugungi kunda ommaviy axborot va targ'ibotning asosiy vositalari gazeta va jurnallar desak mubolag'a bòlmaydi. Afsuski gazeta-jurnallarga aholi talabi, qanchalik tez va ko‘p sotilishi o‘rganilganda, xaridorlar soni yil emas, oy sayin kamayayotgani, jiddiy nashrlardan ko‘ra, ko‘ngilochar, teledasturlar jamlanmasi, turfa boshqotirma, krossvordlar to‘plangan gazetalar sotilayotgani ma’lum bo‘ldi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

92




O'ZBEKISTONDA GAZETA VA JURNALLARNING BUGUNGI

KUNDAGI AHAMIYATI

Guliston davlat universiteti

Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti

Tarix yo’nalishi talabasi

Durdimurodova Dilnoza Umidjonovna

Annotatsiya:

Bugungi kunda ommaviy axborot va targ'ibotning asosiy vositalari

gazeta va jurnallar desak mubolag'a bòlmaydi. Afsuski gazeta-jurnallarga aholi
talabi, qanchalik tez va ko‘p sotilishi o‘rganilganda, xaridorlar soni yil emas, oy
sayin kamayayotgani, jiddiy nashrlardan ko‘ra, ko‘ngilochar, teledasturlar
jamlanmasi, turfa boshqotirma, krossvordlar to‘plangan gazetalar sotilayotgani
ma’lum bo‘ldi.

Kalit sòzlar:

Gazeta, nashriyot, jurnal, madaniy-ma'rafiy, «Turkestanskiye

vedomosti», «Turkiston viloyatining gazeti», krossword, “O‘zbekiston ovozi”,
“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Hurriyat”, “Ishonch”.



Gazeta ilk bor Rimda miloddan avvalgi I asrda (varaqa va byulleten shaklida),
Xitoyda VII asrda (“Di bao” – “Poytaxt axboroti” nomi bilan) chiqqan.
Gazetalarning siz va biz mutolaa qiladigan hozirgi ko‘rinishdagi turlari esa XVI-
XVII asrlarda Yevropada paydo bo‘lgan. Ularni shaxslar, aksariyat matbaachilar,
noshirlar, pochta xodimlari nashr qilgan.
Ilk gazetalar haftada va 15 kunda bir marta chop etilib, kam nusxada bo‘lgan.
Ularda asosan saroy yangiliklari, tijorat xabarlari bosilgan. XVI asrda Venetsiyada
yozma axborotlar uchun “gazetta” degan chaqa pul to‘lashgan. 1631-yilda Parijda
qirol Lyudovik XIII (1586- 1653)ning shaxsiy shifokori va yilnomachisi Teofrast
Renodo parijlik kitobfurushlar Lui Vandom va Jan Marpen bilan birgalikda “La
Gazzette” nomli vaqtli bosma nashrni tashkil etadi. “Gazeta” termini shu nashr
tashkil qilingach ommalashgan. Gazetachilik XVIII asrdan eʼtiboran, ayniqsa,
Angliya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQShda taraqqiy qila boshladi va bu
mamlakatlarda ko‘plab ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi kundalik gazetalar paydo


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

93




bo‘ldi. Gazeta jamiyatda bòlayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy
va ilmiy hayotga oid dolzarb axborotni hozirjavoblik bilan turli adabiy janrlarda
ommaga yetkazadi va shu yoʻl bilan oʻz gazetxonlarida kundalik turmush
voqealariga nisbatan maʼlum munosabat va tasavvur paydo boʻlishiga, siyosiy,
iqtisodiy, axloqiy gʻoya va eʼtiqodlar shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi, jamoatchilik
fikrining natijasi hamda ifodachisi sifatida namoyon boʻladi. Jurnal gazeta kabi
jamoatchilik fikriga taʼsir oʻtkazish yoʻli bilan uni shakl-lantirishga xizmat qiladi;
omma ijtimoiy ongiga muayyan gʻoya va qadriyatlarni singdiradi. O'zbekistonda
gazeta tarixi. Bugungi kundagi gazetalar dastlab Toshkentda Markaziy Osiyoda ilk
gazetalar – «Turkestanskiye vedomosti» («Turkiston vedomostlari») va «Turkiston
viloyatining gazeti» 1870 yildan chiqa boshlagan. Turkiston general-gubernatorligi
tomonidan tashkil etilgan mazkur nashrlardan ko‘zlangan asosiy maqsad
mustamlakachilarning yerli xalqlarga o‘zlarining siyosatlarini targ‘ib va tashviq
etish edi. Mazkur gazeta harbiy okrug shtabi huzuridagi bosmaxonada nashr etilgan.
tonda davriy matbuotning ibtidosi bo‘ldi. Unda o‘lka tarixi, madaniyati,
geografiyasi, etnografiyasi, sanoati va boshqalarga oid maqolalar bosilgan. Shu
bilan bir vaqtda o‘zbek tilida “Turkiston viloyatining gazeti” ham nashr etila bosh-
ladi.
1917-yilgacha Turkistonda bu ikki gazetadan tashqari turli vaqtlarda o‘zbekcha
va ruscha (baʼzan qirg‘iz va tojik tillarida) 100 dan ortiq gazeta chiqqan. Ular asosan
savdo, sanoat markazlari – Toshkent, Samarqand, Ashxabod, Qo‘qon, Andijon,
Farg‘ona va boshqa shaharlarda nashr etilgan. XX asr boshida taraqqiyparvar o‘zbek
maʼrifatchilari nashr qilgan “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat”, “Buxoroyi Sharif”,
“Samarqand”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg‘ona”, “Najot”, “Farg‘ona nidosi”,
“Turk eli”, “Hurriyat”, “El bayrog‘i” kabi gazetalar milliy gazetachilik tarixida
munosib o‘rin egallaydi. Ularda milliy taraqqiyot muammolari o‘z ifodasini topgan.
Ayniqsa, “Taraqqiy” birinchi bor erkinlik, tenglik g‘oyalarini ilgari surdi, ja-
didlarning qarashlariga moslashib, istiqlolning maʼnaviy zamini masalasiga katta
eʼtibor berdi. Shuning uchun ham “Taraqqiy” gazetasining 1-soni chiqqan 27-iyun
(1906) sanasi yurtimizda – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
sifatida belgilangan (1993).Ularning har ikkisi ham 1917 yilgacha chop ettirilgani
sababli Turkiston matbuoti tarixida uzoq muddat davomida uzluksiz faoliyat
ko‘rsatgan davriy nashrlar sanaladi. Takidlab o'tish kerak 1906 yilga qadar butun
o‘lkada yagona «Turkiston viloyatining gazeti»dan bo‘lak mahalliy tilda bironta


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

94




gazeta nashr qilinmagan. Toshkentda o‘zbek tilidagi dastlabki mustaqil davriy
nashrlarning paydo bo‘lishi 1905–1907 yillarda yuzaga kelgan 1-rus inqilobi davriga
to‘g‘ri keladi. Bu, shubhasiz, o‘lka ijtimoiy hayotida tarixiy ahamiyatga ega muhim
voqyea edi. Inqilobiy harakatlardan sarosimaga tushgan chorizm turli islohotlar
soyasida matbuot sohasida ham yon berishga, so‘z erkinligini qisman bo‘lsa-da
ta’minlashga majbur bo‘ldi. Mamlakatning ziyolilari bundan foydalanib, davriy
nashrlar chiqarish to‘g‘risida chor ma’muriyatidan ruxsatnomalar olishga erishdilar.
Natijada Toshkentda dastlabki ijtimoiy-siyosiy va adabiy mazmundagi o‘zbekcha
davriy nashrlar tashkil topdi. Mustaqillik tufayli davriy matbuotning ahamiyati har
jihatdan yuksaldi.
Mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar natijasida yangi-yangi
nashrlar ta’sis etildi. Jumladan, Toshkentda «XXI asr», «Huquq», «Hurriyat»,
«Mohiyat», «Jamiyat», «Uzbekistan Today» singari gazetalar nashr etib kelinyapdi.
Aksariyat gazetalar siyosiy partiyalar, vazirlik, tashkilot va yirik kompaniyalar
tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy,
ma’rifiy manfaatlariga xizmat qilmoqda. Bulardan tashqari, mustaqillik yillarida
ko‘ngilochar nashrlar soni ham ko‘paydi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati habar berishiga ko‘ra bugungi
kunda

eng

kòp,

“Xalq

so‘zi”

(“Narodnoye

slovo”)dan

tashqari

“O‘zbekiston ovozi”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Hurriyat” va “Ishonch”
gazetalariga buyurtmalar soni oshganligi kuzatilgan. Demak yuqorida nomlari sanab
òtilgan gazetalar eng kòp òqiladigan gazetalar ekan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach gazetalardagi mafkuraviy yakkahokimlik
tugadi. Gazetalar o‘z siyosiy yo‘nalishini, mazmun-mohiyatini tubdan o‘zgartirdi.
Ayrimlarining nomi ham o‘zgardi.
2022-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda faoliyat yuritgan
gazetalar soni 592 tani tashkil etgan. Afsuski, ular soni muntazam kamayib
bormoqda. 2018-2019-yillar o‘zbek matbuoti uchun og‘ir bo‘lgan – bu davrda 129
ta nashr o‘z faoliyatini to‘xtatgan, 2019- 2020 yillar yakunlarida esa yana 94 ta
gazeta yopilgani maʼlum qilingan.Gazetalar har qanday davrda ham maʼlumot olish
uchun ishonchli manba bo‘lib qolaveradi. Zamon talabiga moslashgan, tezkor,
qoliplardan chiqa olgan gazetalar doim o‘z mushtariylariga ega bo‘ladi.

Xulosa:

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, gazeta va jurnallarni o'qish juda

yaxshi odat ekan, chunki bu bilimlarni va tushunish darajasini oshiradi, shuningdek,


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

95




dolzarb mavzular, sport, san'at yoki boshqa narsalar bilan bog'liq har qanday baxsda
qatnashganda sizga yordam beradi. Mustaqil jurnalistlar va huquq himoyachilariga
ko'ra, so’z erkinligi keskin ta’qib qolmoqda. O’zbekistonda matbuot soni oshgani
bilan, sifati a'lo darajada emas. So’nggi yillarda bir necha sifatsiz va faol bòlmagan
gazetalar faoliyati to’xtatilganligi ham bunga yaqqol dalildir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I.A.Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch.-Toshkent:Ma'naviyat, 2008.
2. Sh.M.Mirziyoyev. "Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz" Toshkent, "O'zbekiston"- 2017.
3. Shavkat Mirziyoyev Insonparvarlik ezgulik va bunyodkorlik - milliy
g'oyamizning poydevoridir "Tasvir " nashriyot uyi Toshkent 2021. >
4.O'zbekiston

Respublikasi

Fanlar

akademiyasi

:

https://www.academy.uz/uz/page/ilmiy-jurnallar




References

Karimov I.A.Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch.-Toshkent:Ma'naviyat, 2008.

Sh.M.Mirziyoyev. "Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" Toshkent, "O'zbekiston"- 2017.

Shavkat Mirziyoyev Insonparvarlik ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamizning poydevoridir "Tasvir " nashriyot uyi Toshkent 2021. >

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi :https://www.academy.uz/uz/page/ilmiy-jurnallar