Authors

  • Gavharoy Yo'ldasheva
    Andijon davlat Pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi 3-bosqich 303-guruh talabasi
  • Abduvali Yo‘ldashev
    Andijon Davlat Pedagogika Instituti Biologiya fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.99055

Keywords:

Xromosoma jinsiy xromosoma somatik xromosoma nondisjunction terner klaynfelter XYY sindromi trisomiya ginekomastiya

Abstract

Ushbu maqolada inson organizmidagi xromasomlar tuzilishi va turlari, xromosomalarning  genetik bo‘linishlari va xromosomalarning ajralishidagi  xatoliklarga to'g'risida ma'lumot keltirib o'tilgan. Jinsiy xromosoma soni anomaliyalarining turlari, sabablari, belgilari va davolash imkoniyatlari haqida ma’lumot beriladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

472




Xromosomalar tuzilishi va jinsiy xromosoma son anamaliyalari

Andijon davlat Pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya

yo'nalishi 3-bosqich 303-guruh talabasi

Yo'ldasheva Gavharoy Sanjarbek qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti Biologiya fani o‘qituvchisi

Yo‘ldashev Abduvali

Annotatsiya

: Ushbu maqolada inson organizmidagi xromasomlar tuzilishi

va turlari, xromosomalarning genetik bo‘linishlari va xromosomalarning
ajralishidagi xatoliklarga to'g'risida ma'lumot keltirib o'tilgan. Jinsiy xromosoma
soni anomaliyalarining turlari, sabablari, belgilari va davolash imkoniyatlari haqida
ma’lumot beriladi.

Kalit so'zlar:

Xromosoma, jinsiy xromosoma, somatik xromosoma,

nondisjunction, terner, klaynfelter, XYY sindromi, trisomiya,ginekomastiya,

Xromosomalar yadroning doimiy elementidir. Xromosomalarning yadroda

bo‘lishini hayvonlaming bo‘linayotgan hujayralarida Flemming, o‘simliklar
hujayrasida Strasburger aniqlaganlar. Bu tanachalar yaxshi bo‘yalgani uchun nemis
olimi Valdeyer ularni xromosomalar deb atagan.
Xromosomalar — bu DNK molekulalari va oqsillardan tashkil topgan strukturalar
bo‘lib, insonning barcha genetik ma’lumotlarini saqlaydi. Har bir inson somatik
hujayralarida 46 ta xromosoma bo‘ladi: 22 juft autosoma (somatik xromosomalar),
1 juft jinsiy xromosoma (XX - ayollar, XY - erkaklar). Xromosomalar tuzilishi
jihatdan sentromera, teorema va xromatina qismlarga bo'linadi. Sentromera –
xromosomani ikki qo‘lga (qisqa va uzun) ajratadi. Telomera – xromosomaning
uchki qismlari. Xromatina – DNK va oqsil aralashmasi.

Xromosoma — bu murakkab tuzilma bo‘lib, DNK va oqsillardan tashkil

topgan. DNK (asosiy genetik material) xromosomadagi DNK ikki spiral ipdan iborat
bo‘lib, genetik axborotni olib yuradi.Bu DNK genlar deb ataluvchi bo‘limlarga
bo‘lingan bo‘lib, har bir gen biror belgi yoki funksiyani belgilaydi.Giston oqsillar
DNK bu oqsillarning atrofida aylanib, zichlashgan bo‘ladi. Har bir "boncukcha"
nukleosoma deb ataladi (giston + DNK). Nukleosomalar va Xromatin:
Nukleosomalar zanjir holida joylashadi va ular xromatin deb ataladigan tuzilmani
hosil qiladi. Hujayra bo‘linayotganda, xromatin zichlashib ko‘rinadigan
xromosomaga aylanadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

473




Xromosomalar tashqi tuzilishiga ko‘ra (sentromera joylashuviga qarab):

Metasentrik: Sentromera o‘rtada, ikki teng qo‘l.

Submetasentrik: Sentromera markazga yaqin, biri biroz uzunroq.

Akrosentrik: Sentromera chetga yaqin, bir qo‘l juda qisqa.

Telosentrik: Sentromera deyarli uchida (odamlarda yo‘q).

Xromosomaning asosiy kimyoviy tarkibi quyidagilardan iborat: DNK (35-

40%) polinukleotid zanjiri: 4 xil azot asoslari (A, T, G, C). DNKning tuzilishi
genetik axborotni belgilaydi. Oqsillar (60-65%) asosan gistonlar (H1, H2A, H2B,
H3, H4) DNKni zichlashishida ishtirok etadi. Shuningdek, ba’zi nehiston oqsillar
ham bor: ular xromosomaning tuzilishini va gen ekspressiyasini boshqaradi. RNK
(kam miqdorda) Ayrim joylarda transkripsiya jarayonida ishtirok etuvchi RNK
fragmentlari mavjud. Mineral moddalar va fermentlar (juda kam miqdorda)

Xromasomlar genetik bo'linish jihatidan meyoz va mitoz jarayoniga

bo'linadi. Mitoz – oddiy hujayra bo‘linishi, organizm o‘sishi va hujayralarning
yangilanishi uchun zarur. Meyoz – jinsiy hujayralar (spermatozoid va tuxum) hosil
bo‘lishida ishtirok etadi.

Xromosomalarning ajralishdagi xatoliklari (nondisjunction). Bu xatolik

meyoz jarayonida xromosomalar yoki ularning xromatidlarining noto‘g‘ri ajralishi
natijasida yuzaga keladi. Natijada hujayra ortiqcha yoki kam xromosoma oladi.
Ya’ni, normal bo‘linishda har bir jinsiy hujayra (gameta) 23 ta xromosoma olishi
kerak, lekin ajralish xatosi bo‘lsa: Biri ortiqcha (24 ta) xromosomali bo‘ladi. Biri
kam (22 ta) xromosomali bo‘ladi. Xatoliklarning asosiy sabablari ona yoshi (35+
bo‘lsa, xavf ortadi), radiatsiya, kimyoviy moddalar, genetik irsiyat hisoblanadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

474




Ajralishdagi xatoliklar jiddiy genetik sindromlarga sabab bo‘ladi. Ular irsiy bo‘lishi
mumkin, lekin ko‘pincha tasodifiy genetik xatolik sifatida yuzaga keladi.

Jinsiy xromosoma soni anomaliyalarining bu — jinsiy xromosomalarning

me’yordagi sonidan kam yoki ortiq bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan genetik
sindromlardir. Odatda, insonda 1 juft jinsiy xromosoma bo‘ladi (XX – ayol, XY –
erkak). Ammo ayrim holatlarda bu nisbat bubuziladi

Terner sindromi (XO) – faqat bitta X xromosoma mavjud (45,X0). Belgilari:

past bo‘y, jinsiy yetilmaslik, bepushtlik, yurak va buyrak muammolari. Sabablari:
otalik yoki onalik jinsiy hujayrasidagi meyozdagi xatolik. Davolash: gormon
terapiyasi (estrogen), sun’iy urug‘lantirish

Klaynfelter sindromi (XXY) – erkakda ortiqcha X xromosoma. Belgilari:

uzun bo‘y, mushak zaifligi, bepushtlik, ko‘krak kattalashishi (ginekomastiya).
Sabablari: spermatozoid yoki tuxumda xromosomalar noto‘g‘ri ajralgan. Davolash:
testosteron terapiyasi, psixologik yordam

XYY sindromi – erkakda ikkita Y xromosoma. Belgilari: ba’zida baland bo‘y,

impulsiv xatti-harakatlar, lekin ko‘pchilikda normal aqliy rivojlanish. Davolash:
simptomatik – ehtiyojga ko‘ra psixologik yoki o‘qituvchilarning yordami.

Trisomiya X (XXX) – ayolda ortiqcha X xromosoma. Belgilari: odatda yengil,

ba’zida o‘rganish qiyinligi, normal fertilitet mumkin. Davolash: odatda davolash
talab qilinmaydi

Xromosoma son anamaliyalari kasalliklarini garmon terapiyasi, sun'iy

urug'lantirish, psixologik va logopedik yordam orqali davolash imkoniyatlari
mavjud. Gormon terapiyasi: jinsiy rivojlanishni normallashtirish uchun. Sun’iy
urug‘lantirish: bepushtlik holati. Psixologik va logopedik yordam: aqliy va nutq
muammolari bo‘lsa.

Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki,

xromosomalar — bu tirik organizmlarning genetik axborotini saqlovchi va nasldan-
naslga uzatadigan asosiy tuzilmalardir. Ular DNK va oqsillardan tashkil topgan
bo‘lib, murakkab va tartibli tuzilishga ega. Har bir xromosoma hujayraning to‘g‘ri
ishlashi, o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan genetik ko‘rsatmalarni o‘z ichiga
oladi. Ularning turi, soni va tuzilishi o‘zgarishi irsiy kasalliklar, rivojlanish
nuqsonlari va turli genetik sindromlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun
xromosomalar organizmning sog‘lom rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

475




Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Nishonboyev K.N., Hamidov J.N. Tibbiy biologiya va gene-tika. -T:

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi nashriyoti, 2005.

2. Olimhujayeva P.R., Inogamova D.R. Tibbiyot genetikasi. -T.: Abi Ali ibn

Sino, 2010.

3. Inagamova D.G., Faizullayev S.S. Genetika asoslari va bola-lar

rivojlanishidagi irsiy nuqsonlar. -T.: O'qituvchi, 2012.

4. Robinson T. R. Genetics for duumies. Oregon State Univer-sity, 2005.
5. Faizullayev S.S., Gafurov A.T., Matchonov B. Odam geneti-kasi. -T.:

IJOD DUNYOSI, 2003.

6. P. S. SOBIROV, A. K. KAXAROV, A. A. XUSHVAQTOV, E. S.

SHAPTAKOV "Genetika" Toshkent-2020






References

Nishonboyev K.N., Hamidov J.N. Tibbiy biologiya va gene-tika. -T: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi nashriyoti, 2005.

Olimhujayeva P.R., Inogamova D.R. Tibbiyot genetikasi. -T.: Abi Ali ibn Sino, 2010.

Inagamova D.G., Faizullayev S.S. Genetika asoslari va bola-lar rivojlanishidagi irsiy nuqsonlar. -T.: O'qituvchi, 2012.

Robinson T. R. Genetics for duumies. Oregon State Univer-sity, 2005.

Faizullayev S.S., Gafurov A.T., Matchonov B. Odam geneti-kasi. -T.: IJOD DUNYOSI, 2003.

P. S. SOBIROV, A. K. KAXAROV, A. A. XUSHVAQTOV, E. S. SHAPTAKOV "Genetika" Toshkent-2020

Most read articles by the same author(s)