Yer rеsurslarini boshqarish munosabatlarini transformatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari

  • Национальный исследовательский университет "Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства"
CC BY f
53-57
10
4
Поделиться
Алтиев, А. (2023). Yer rеsurslarini boshqarish munosabatlarini transformatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari . Устойчивые направления управления земельными ресурсами в Узбекистане: проблемы и решения, 1(1), 53–57. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/land-management/article/view/23664
А Алтиев, Национальный исследовательский университет "Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства"

доктор экономических наук, профессор

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada yer resurslarini boshqarish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar to’grisida fikr yuritilgan. Yer resurslarini boshqarish nafaqat tadbirkorlar, investorlar, klasterlar, dehqon va fermer xo‘jaliklarining yerlardan samarali foydalanishiga, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatdoshligini va eksport salohiyatini oshirish kabi eng muhim ustuvor masalalarni yechish kabi bir qator muommolar batafsil yoritilgan.


background image

53

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

7. https://www.lex.uz

YER RЕSURSLARINI BOSHQARISH MUNOSABATLARINI

TRANSFORMATSIYA QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Altiyev

A.S.

– Iqtisodiyot fanlari doktori, professor

,

“TIQXMMI” MTU

Annotatsiya.

Ushbu maqolada yer resurslarini boshqarish bilan bog‘liq ko‘plab

muammolar to’grisida fikr yuritilgan. Yer resurslarini boshqarish nafaqat
tadbirkorlar, investorlar, klasterlar, dehqon va fermer xo‘jaliklarining yerlardan
samarali foydalanishiga, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni
qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatdoshligini
va eksport salohiyatini oshirish kabi eng muhim ustuvor masalalarni yechish kabi
bir qator muommolar batafsil yoritilgan.

Kalit so’zlar:

yer resurslari, yerdan foydalanish, yer fondi, yer tuzish, yer

monitoringi, yer resurslarini boshqarishning eng muhim funksiyalari

Yer va boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylik, xalqimiz hayoti va

faravonligining asosi hisoblanib, ulardan maqsadli va samarali foydalanish,
muhofaza qilish, ekologik holatini saqlash, ayniqsa jamiyat va iqtisodiyot
ehtiyojlarini qondirish darajasida ularni boshqarishni tashkil etish davlat
siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Darhaqiqat, bugungi kunda dunyoda yer resurslarini boshqarish bilan bog‘liq

ko‘plab muammolar mavjud. Xususan, yerlarni qayta taqsimlashning
keskinlashayotgani, ekologik-iqtisodiy jihatdan qulay yerlar tanqisligining
mavjudligi, yer unumdorligining pasayishi va investitsiyalar yetishmasligi, yerlar
degradatsiyasini boshqarish iqtisodiy usullarining sustligi, qishloq xo‘jaligi yerlarini
yo‘qotishlarning to‘xtamayotganligi shular jumlasidandir.

Davlatimiz rahbarining qabul qilgan ko‘plab qarorlarida, mamlakatimiz

hududlariga tashriflari chog‘ida ta’kidlanganidek, yer resurslarini boshqarishning
holati bugungi kun talablariga javob bermaydi, yerlarni ro‘yxatga olishdan tortib,
ularning investitsiya jarayonlarida ishtirok etishigacha, ko‘plab ijtimoiy
muammolarni hal qilish yerlarni to‘g‘ri va adolatli taqsimlash va qayta taqsimlash
bilan bog‘liq. Demak, yer resurslarini boshqarish nafaqat tadbirkorlar, investorlar,
klasterlar, dehqon va fermer xo‘jaliklarining yerlardan samarali foydalanishiga,
balki yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, oziq-ovqat


background image

54

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatdoshligini va eksport salohiyatini
oshirish kabi eng muhim ustuvor masalalarni yechishga ham ko‘maklashishi kerak.

Bunday sharoitda iqtisodiyotda eng muhim, qishloq va o‘rmon xo‘jaligida esa

asosiy ishlab chiqarish vositasi, takror ishlab chiqarilmaydigan va o‘rni
almashtirilmaydigan resurs hisoblanadigan yer resurslarini boshqarish
munosabatlarini yangi realliklarga mos tarzda tranformatsiya qilish obyektiv zarurat
hisoblanadi. Chunki so‘nggi yillarda yer resurslaridan to‘g‘ri va oqilona
foydalanmaslik, ularni taqsimlash va qayta taqsimlashning samarasizligi, yerlarni
noqishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun iqtisodiy va texnologik asoslanmasdan
o‘tkazilishi orqali ularni talon-taroj qilish va yerlar unumdorligining pasayib ketishi
holatlarining muayyan dinamikaga ega bo‘lgan tendensiyaga aylanib ulgurgani bu
jarayonlarni samarali boshqarish zaruratini paydo qilmoqda.

Eng muhimi, bugungi kunda yerdan foydalanishni rejalashtirish va bashorat

qilish, yer kadastri, yer fondini toifa va turlarga ajratish, soliq solinadigan bazani
yaratadigan, yer ijarasini rivojlantiradigan, yer bilan bog‘liq turli xil bitimlarni
tuzishga sharoit tug‘diradigan muayyan yer uchastkasini har tomonlama baholash,
xususiylashtirishning adolatli va samarali shakllarini joriy qilish, davlat yer nazorati,
yer tuzish, yer monitoringi, hududlarni mintaqalash kabi yer resurslarini
boshqarishning eng muhim funksiyalari, shuningdek yer resurslarini boshqarishning
huquqiy, ekologik, ma’muriy masalalari yer munosabatlarini zamonaviy talablar
darajasiga ko‘tarish imkoniyatlarini berishi lozim. Bundan tashqari, mavjud
iqtisodiy mexanizm esa yerdan samarali foydalanishni yetarli darajada
rag‘batlantirishi, uning unumdorligi oshishini ta’minlashi hamda unumdor
yerlarning yer oborotidan chiqib ketishining oldini olishi lozim.

Qonun hujjatlarimizda qo‘yilgan vazifa va normalar yerlarni nafaqat tabiiy

resurs, balki iqtisodiy resurs, investitsiya resursi (kapital) sifatida baholash orqali
ularni iqtisodiy muomalaga kiritishni, ularni sotish, ijaraga berish va garovga
qo‘yish, shuningdek ko‘chmas mulk, soliqqa tortish, boshqaruv obyektlariga
aylantirishni ham nazarda tutadi. Qishloq xo‘jaligi yerlarini faqatgina ochiq tanlov
asosida ijaraga berilishi va bu tanlovda barcha fermerlarning teng ishtirokining
yo‘lga qo‘yilishi yer ijarasi huquqi bozorini shakllantirishga, uning kafolatlarini
kuchaytirishga, raqobat muhitini yaxshilashga xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallanmagan yerlarni kimoshdi savdosi orqali sotish to‘g‘risidagi qaror hududiy
infratuzilmani yaxshilash va yerlarni xususiylashtirishni rag‘batlantirish,
investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Har bir hududni
rivojlantirish bo‘yicha aniq reja, loyiha ishlab chiqish, rivojlangan mamlakatlarda
bo‘lgani kabi yangi yer uchastkalari kimoshdi savdosini o‘tkazishdan oldin
infratuzilma obyektlarini joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi talab


background image

55

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

juda o‘rinlidir. Mazkur tashkiliy-huquqiy hujjatlarning yo‘qligi tufayli yerlarni
o‘zboshimchalik bilan egallab olish, korrupsiya, noqonuniy daromadlar olish kabi
salbiy jarayonlar sodir bo‘lmoqda edi.

Mamlakatimiz aholisi jadal sur’atlar bilan o‘smoqda, qishloq xo‘jaligi

yerlarining noqishloq xo‘jaligi maqsadlariga o‘tkazilishi natijasida so‘nggi 20 yilda
ushbu yerlar 64 foizga, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘oriladigan yerlar esa
24 foizga kamaygan. Bonitet balli 60 dan yuqori bo‘lgan yerlar 10,4 foizga
kamaygan, sifati o‘rtacha va o‘rtachadan past bo‘lgan yerlar esa 14,0 foizga oshgan.
Tuproq sho‘rlashi, ko‘chib yuruvchi qumlar tarqalish xavfi, chang bo‘ronlari va
qurg‘oqchilik muammolari keskinlashmoqda. Orolning qurigan hududidan tuz va
boshqa mineral moddalarning shamol orqali tarqalishi, suv taqchilligi oqibatida
cho‘llanish darajasi ortayapti. 22 million gektar yer cho‘llanishga moyil hudud
hisoblansa, mavjud yaylovlarning 43 foizi esa inqirozga uchrab, cho‘llanib bo‘lgan.
Bu jarayonlar yildan-yilga davom etmoqda. Bunday sharoitda oziq-ovqat
muammosini hal qilish va iqtisodiyot tarmoqlarida cheklangan yer resurslaridan
foydalanish samaradorligini oshirish yer egalari va ijarachilarning yerdan intensiv
foydalanishga, yer unumdorligini saqlash va oshirishga, umuman yerlarning resurs
rolini mustahkamlashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Buning uchun, birinchi
navbatda, amaliy hisob-kitoblarga asoslangan va aniq natijalarga erishishga
qaratilgan yer resurslaridan foydalanishni tashkil etuvchi, rejalashtiruvchi va
rag‘batlantiruvchi tashkilotlarning yaxlit tizimini yaratish zarur. Bunday tizim esa
pirovard natijada yerdan foydalanishni diversifikatsiya qilishning samarali usullarini
joriy etish orqali mamlakat hududlari ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish
muammosini yechishga katta imkoniyatlarni yaratgan bo‘lar edi.

Yer resurs sifatida ko‘plab funksiyalarni bajarishini hisobga olib, yer

resurslarini boshqarish strategiyasini belgilash va muvaffaqiyatli amalga oshirish
mamlakatimiz kelajagining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof
etilishi lozim. Bu esa, o‘z navbatida, yerdan foydalanishning nafaqat davlat
tomonidan tartibga solish, balki bozor talablari, mulkchilik va xo‘jalik yuritishning
turli shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda davlat-xususiy
sheriklik tamoyillariga asoslangan zamonaviy yangi tizimini yaratishni taqozo etadi.

Shu munosabat bilan, quyidagi eng muhim masalalarga e’tiboringizni

qaratmoqchiman.

Birinchidan, o‘tgan asrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Yer

kodeksi yer resurslarini islohotlar talablariga mos tarzda boshqarishning tashkiliy-
huquqiy asosi rolini bajara olmayapti, u sobiq SSSR davlati paytidagi yer
munosabatlarining qoldiqlaridan shakllantirilgan eng gipertrofiyalashgan yer
munosabatlarini ifodalamoqda. Unda yerlarni qayta taqsimlash, yerlar


background image

56

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

diversifikatsiyasi, yer huquqi kafolatlari, yerlarning ikkilamchi bozor aylanmasi,
kadastr bahosi kabi tushunchalar ishlatilmagan, bu esa yer munosabatlarida bozor
mexanizmi shakllanmaganligi, milliy qonunchiligimizda yerlardan foydalanish
maqsadini asossiz o‘zgartirganlik, yerlarning ekologik va xo‘jalik holatini buzganlik
uchun jazoning muqarrarligi ta’minlanmayotganligi ushbu Kodeksning
mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish ehtiyojlariga mos kelmayotganligidan
darak beradi va uni yangi tahrirda ishlab chiqib, tezroq parlamentimizga kiritish
zarur.

Ikkinchidan, bugungi kunda yer fondining har xil toifa va turlarini boshqarish

yuzasidan turli vazirlik va idoralarga, hududiy xo‘jalik va davlat hokimiyati
organlariga yerlarni boshqarish, foydalanish va nazorat qilish kabi eng mas’uliyatli
vazifalar yuklatilgan. Bunday sharoitda mamlakatda yagona yer siyosatini
yurituvchi vakolatli vazirlik yoki idorani belgilash lozim. Shunday organ sifatida
Iqtisodiyot va moliya vazirligini tavsiya qilmoqchiman.

Uchinchidan, yuqoridagi holatdan kelib chiqib bugungi kunda davlat yer

nazorati inspeksiyasini tashkil qilish vaqti keldi deb hisoblayman. Hisobotlarda,
ijtimoiy tarmoqlardagi berilayotgan axborotlar hali yer munosabatlarida
huquqbuzarlik holatlari kamaymayotganligini ko‘rsatmoqda.

To‘rtinchidan, xabarlaringiz bor har yili mamlakatimiz yer resurslarining

holati to‘g‘risidagi milliy hisobot chop qilinmoqda. Lekin, ushbu milliy hisobotga
hech qaysi vakolatli organ tomonidan baho berilmayapti. Yer fondi holatidagi salbiy
tendensiyalarning sabablari va ularga yo‘l qo‘ymaslik, bartaraf qilish uchun qanday
choralar ko‘rish lozimligi yuzasidan tavsiya va topshiriqlarni tegishli davlat
hokimiyati organining qarorida ko‘rsatish zarur deb hisoblayman. Bunday organga
birinchi galda parlamentni kiritish zarur. Chunki yer resurslari umumxalq mulki, uni
boshqarish, foydalanish holatiga xalq vakillari baho bergani adolatdan bo‘lardi.

Har qanday boshqaruv islohotini muvaffaqiyatli amalga oshirishda bo‘lgani

kabi, yer resurslarini samarali boshqarishda ham ilmiy tadqiqotlar olib borish, yetarli
tayyorgarlikka ega bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash eng muhim masala
hisoblanadi. 75 yil davomida universitetimizda yer resurslarini boshqarishning turli
xil muammolariga muhandislik va texnik yechimlarni ishlab chiqadigan va ularning
samaradorligini baholaydigan yer tuzuvchi muhandislar tayyorlab kelinmoqda.
O‘tgan o‘quv yilida yurisprudensiya bakalavr ta’lim yo‘nalishi ochilgani ayni
muddao bo‘ldi. Ammo, bugungi kunda iqtisodiy yuksalishimiz uchun juda muhim
bo‘lgan yer munosabatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, boshqaruv, fiskal, bozor,
mintaqaviy va investitsiya masalalari bo‘yicha kadrlar tayyorlash zarurati paydo
bo‘lmoqda. Bu fan-ta’lim-ishlab chiqarish tizimida juda keng hamkorlikni tashkil
etishni taqozo etadi. Xususan, yer resurslarini boshqarish bo‘yicha dastur va


background image

57

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

loyihalarni ko‘rib chiqish uchun jamoat va ilmiy-texnik kengashlar, ilmiy-tadqiqot
institutlari, innovatsion markazlar, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish zarur.

Bulardan tashqari yana bir muhim masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman.

Bugungi kunda yer resurslari to‘g‘risidagi fan O‘zbekistonda alohida mustaqil fan
tarmog‘i hisoblanmayapti. Oliy attestatsiya komissiyasidagi tasnifga ko‘ra, yer
resurslari to‘g‘risidagi fan qishloq xo‘jaligi fanlari tarkibiga kiritilgan. Vaholanki,
yer resurslari faqat qishloq xo‘jaligi munosabatlari obyekti emas, balki fuqarolar,
sanoat, transport va boshqa infrastruktura, o‘rmon xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, tabiatni
muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tarixiy-madaniy munosabatlari
obyekti ham hisoblanadi, ya’ni yer ko‘pmaqsadli va ko‘pfunksiyali obyekt bo‘lib,
undan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslari ham turli-tuman hisoblanadi. Xulosa
shuki, yer resurslari haqidagi fanni alohida fan tarmog‘iga aylantirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
2. O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 2021 yil 21 apreldagi
O‘RQ–683-sonli Qonuni tahririda.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PF–“Yer
munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni
ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 6243-sonli Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga
jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi 2022 yil 29 iyun
O‘RQ–781-sonli Qonun.
5. Altiev A.S. Yer resurslaridan foydalanish tizimini tartibga solish
muammolari. Monografiya. Toshkent, Fan, 2018 y.

ЎЗБЕКИСТОНДА ЕР БОЗОРИ ШАКЛЛАНИШИНИНГ

ИНСТИТУЦИОНАЛ АСОСЛАРИ

Алтиев А.C.–

Иқтисодиёт фанлари доктори, профессор, “ТИҚХММИ” МТУ,

Убайдов М.–

Давлат мулкини бошқариш агентлиги бошқарма бошлиғи

Ўзбекистонда тегишли институционал асослар ва етарли даражада

ишлайдиган тартибга солиш тизимига эга кўчмас мулк бозорини яратиш
мамлакатдаги ишбилармонлик муҳити ва иқтисодиётдаги инвестиция
фаоллигига бевосита таъсир кўрсатадиган энг муҳим вазифалардан биридир.
Қолаверса, кўчмас мулк бозорининг ҳуқуқий асосларини такомиллаштириш
ва бу соҳада давлат томонидан тартибга солиш самарадорлигини ошириш, бу

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.

O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 2021 yil 21 apreldagi O‘RQ–683-sonli Qonuni tahririda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PF–“Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 6243-sonli Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi 2022 yil 29 iyun O‘RQ–781-sonli Qonun.

Altiev A.S. Yer resurslaridan foydalanish tizimini tartibga solish muammolari. Monografiya. Toshkent, Fan, 2018 y.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов