Orol bo‘yi hududining qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvidagi muammolari va ularga taʼsir qiluvchi omillar

CC BY f
216-224
9
6
Поделиться
Реимов, Н., & Кдырбаева, Г. (2023). Orol bo‘yi hududining qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvidagi muammolari va ularga taʼsir qiluvchi omillar. Устойчивые направления управления земельными ресурсами в Узбекистане: проблемы и решения, 1(1), 216–224. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/land-management/article/view/23856
Н Реимов, Каракалпакский институт сельского хозяйства и агротехнологии

доктор сельскохозяйственных наук, доцент, академик Туронской академии наук

Г Кдырбаева, Каракалпакский институт сельского хозяйства и агротехнологий

старший преподаватель, независимый исследователь

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolaning mazmuni Orolbo‘yi hududidagi qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvidagi mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish orqali ularni bartaraf etishda zamonaviy tajribalarni amaliyotga qo’llash bo’yicha nazariy takliflar keltirilgan. Shuningdek ushbu muammolarga yuzaga kelishiga sababchi bo’ladigan omillar ham keltirilgan.
Qishloq xo’jaligida yangi texnologiyalar bilan innovatsion yangiliklar tashkil qilish maqolada ilgari surilgan maqsadni asosiy vositasidir.


background image

216

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

OROL BO‘YI HUDUDINING QISHLOQ XO‘JALIGI

IXTISOSLASHUVIDAGI MUAMMOLARI VA ULARGA TAʼSIR QILUVCHI

OMILLAR

Reimov N.B. -

qishloq xo’jaligi fanlari doktori, dotsent. Turon Fanlar Akademiyasi

Akademigi, Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalari instituti,

Kdırbaeva G.U.

- katta o’qituvchi, mustaqil izlanuvchi,

Qoraqalpog’iston qishloq

xòjaligi va agrotexnologiyalari instituti

Annotastiya:

Maqolaning mazmuni Orolbo‘yi hududidagi qishloq xo‘jaligi

ixtisoslashuvidagi mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish orqali ularni bartaraf
etishda zamonaviy tajribalarni amaliyotga qo’llash bo’yicha nazariy takliflar
keltirilgan. Shuningdek ushbu muammolarga yuzaga kelishiga sababchi bo’ladigan
omillar ham keltirilgan.

Qishloq xo’jaligida yangi texnologiyalar bilan innovatsion yangiliklar tashkil

qilish maqolada ilgari surilgan maqsadni asosiy vositasidir.

Kalit so‘zlar

: suv tansiqligi, muammolar, qishloq xo’jaligi, yangi

texnologiyalar, suv resurslari, yalpi hududiy mahsulot, ilmiy asoslar, fikr-mulohalar,
samaradorlik, mehnat resurslari, bandlik, davlat dasturi, innovatsion yangiliklar.


Mamlakatimiz ekologik jihatdan yomonlashib borishiga sababchi bo’lgan

hududlarning cho‘llanib borishi hozirgi kundagi global muammo bo’lib qolmoqda.
Global deyilishiga sabab, ekin maydonlarining yaroqsiz holatga aholining ko’payish
tendensiyasiga teskari proporsionalligi oziq-ovqat muammoasini keltirib chiqaradi.

Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof

muhitda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari, turli
xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda
o’rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera
ifloslanmoqda.

Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz

komponentlarga kuchli antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon
ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida
mintaqadagi ekologik inqirozning eng xavfli hududi "Orol muammosi” vujudga
keldi [2].


background image

217

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

Bu

haqida

quyidagi

ma’lumotlar fikrimizni isbotlaydi.
Oxirgi 40-45 yil davomida Orol
dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi,
akvatoriya maydoni 4 martadan
ziyodga kamaydi, suv hajmi 10
baravargacha (1064 kub km dan 70
kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy
qismida esa 280-340 g/l gacha yetdi [4].

7

Orol dengizi deyarli "o’lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2

mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish
manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha
chang ko‘tariladi. Ushbu changlar nafaqat qishloq xo’jaligi sohasiga balkim
insonlarga ham salbiy ta’sir qiladi.

Orolbo‘yi hududlari kesimi bo’yicha qishloq xo’jaligining ixtisoslashuv

jarayonida bir qancha muammolar mavjud bo’lib, ular quyidagicha:

-

hududda aynan bir turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini

yetishtirishda ularga zarur bo’ladigan yerning unumdorlik ko’rsatkichi, ya’ni
yerning banotet ko’rsatkichi doim ham yaxshilanib bormaydi;

-

suvning yetishmovchiligi qishloq xo’jaligi mahsulotlarning yetarlicha

suv bilan ta’minla olmasligini bildiradi;

-

yuqori darajadagi changlarni havoga kutarilishi qishloq xo’jaligi

ekinlarining ustiga tushishi mahsulot hajmini kamaytiradi. Chunki o’simliklar barg
orqali kerakli moddalarni qabul qiladi;

-

yerning degridatsiya holati qishloq xo’jaligining ixtisoslashuviga

judaham katta to’siq bo’ladi. Chunki reja qilingan ishlar yerning holatidan kelib
chiqib qilinadi;

-

geografik joylashuv jihatdan Orolbo’yi hududi mamlakatimizning

g’arbiy-shimoliy qismida joylashgan bo’lib, harorat darajasi keskin o’zgarib turisi
ham qishloq xo’jaligi sohasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Ushbu hududning geografik tuzilishidan tahlil qilsak, Orol bo’yi atrofidagi

hududlarda suv tanqisligi boshqa hududlarga nisbatan ko’proq kuzatiladi. Bunga
sabab, oldingi suv zahirasi holatni yo’qolishi oqibatida yuzaga keladigan yerning
salbiy ko’rinishi ijtimoiy-iqtisodiy va geografik-demografik muammolarni yuzaga
keltirib chiqadi. Bu asosan Muynoq, Ustyurt hududlaridagi demografik holatini
ko’rsatishimiz mumkin.

7

https://uzjoku.uz/uz/news/orol-muammosi-haqida

Orol muammosi haqida.


background image

218

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

Ushbu hududdagi yerning holatini o’zgarishi

qishloq xo’jaligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, bu esa
hududda yashovchi aholiga qiyinchilik tug’diradi [3].

Mamlakatimiz

qishloq

xo‘jaligida

foydalaniladigan suv resurslarini tashkil etish orqali
qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘p taqmoqli tizimini
shakllantirish zaruratini keltirib chiqardi. Shundan
kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligida sug’orishni
turli xildagi xorijiy tarjibalar asosida ushbu
muammoni bartaraf etishimiz mumkin bo’ladi. Suv resurslarini tashkil etuvchi
omillarni yanada ko’paytirish qishloq xo’jaligida faoliyat yuritishi uchun barcha
tashkiliy iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish mamlakat hukumati oldidagi muhim
vazifa bo‘lib kelmoqda.

8

Qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifa, avvalo, yer va

suv resurslaridan oqilona foydalanishdir.

Agrar sohada amalga oshirilgan yer va suv islohotlari yer-suv resurslaridan

samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va tuproq
unumdorligini oshirish kabi masalalarga qaratilgan.

Qoraqalpog’istonda sungi 25-30 yilda suv tanqisligi xavfi kuzatilmaqda.

İqlim wzgarishi va Afgonistonning yangi qozilayotgan uzunligi 285km, eni 100 m
va chuqu’rligi 8,5 m. Qushtepa kanali yaqin orada Amudaryo suvinin uchdan bir
qismini olishlari hisobga olinsa, oldin dasturiy ekilgan g’òza, sholi va boshqa da suv
sevar òsimliklardan rejalashtirilgan hosilni olishding iloji yuq va shuning uchun biz
suvni kamroq talab qiladigan tizimga òtish uchun ixtisoslashuv masalasini qòlga
olishimiz zarur [1].

Tabiiy rersurslardan pala-partish foydalanish, iqlim o‘zgarishiga tuproq

buzilishiga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasidagi tabiatni muhofaza qilish
mintaqaviy xususiyatlardan iborat:

- Qishloq xo‘jalik hamda sanoat ishlab chiqarish bilan bog‘liq holdagi

nisbatan kichik hududda aholining zichligi. Shuning uchun insonning
kimyolashtirilgan xo‘jalik va maishiy faoliyati natijasida atrof muhitga salbiy ta’siri
kuzatiladi;

- Suv resurslarining tanqisligi, ulardan sug‘orish sanoat maishiy turmush

sohalarida keng foydalanish va ularni ifloslanishi;

- Respublika hududining bir qismi tog‘ oraliqlarida bo‘lgani uchun tabiat

iqlim xususiyatlari bilan xavfli zona (atmosferada zararli moddalarning to’planishi
bo‘yicha) hisoblanadi.

8

Xalq so’zi, gazetasida 2019

-yil, mart sonida.


background image

219

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

Markaziy Osiyoda sug`oriladigan dehqonchilikda suv resurslardan asossiz va

noo’rin foydalanish natijasida, Orol va Orol bo’yi muammosi vujudga keldi. Yerning
qayta sho’rlanishiva suvning yaroqsizligi ko’payib bormoqda. O’simliklar xom
ashyosidan foydalanish chorvani betartib o’tlatish tabiiy manzaraga reaksiyon taziq
respublikasidagi ekotizmlarning mahsulotlarni unumdorligini kamapyishiga olib
kelmoqda.

Sug‘oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida sug‘orishga

foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurg‘oqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning
belgisiga quyidagilar suv miqdori kamaygan. Bu esa o‘z navbatida, hozirgi vaqtda
dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 marta pasaydi. Bunda dengizning hajmi 3
marta yuzasi esa 2 marta sho’rlanish darajasi 9-10 g/l dan 34-37 g/l ga ortdi [5].

Hozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80-100 sm tashkil etmoqda.

Qirg`oq chizig‘i 60-80 km ga pasayib ochilib qolgan yerlar 23 ming km

2

ni tashkil

etadi. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashdi hamda
ichish uchun yaroqsiz bo’lib qoldi. Ekologik tizimlar, o’simlik va hayvonlar chuqur
inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol janubiy oroldadir. Ushbu mintaqa o‘z ichiga
shimoliy g`arbiy qizilqum Zaungauz qoraqumi janubiy ustyurt va Amudaryo deltasi
kabi lanshaft komplekslarini oladi. Orol bo’yining umumiy maydoni 437 ming km2
bo’lsa uning janubiy qismi 245 ming km2 ni tashkil etadi. Bunga Qoraqalpog`iston
hududi O’zbekistonning Xorazm viloyati Turkmanistonning Tashovuz viloyatlari
kiradi.

Orol va Orol bo’yida sodir bo’layotgan jadal ravishdagi cho‘llanish xodisasi

dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham uni miqdor va sifat jixatidan
baxolashda ancha qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.

Dengiz tubini ochilishi

va daryo deltalarining qurishi
hisobiga cho‘l maydonlari
kengaymoqda. Ochilib qolgan
4mln gektar maydon yuzasi
mayday tuz zarrachalari bilan
qoplanib, yangi shakildahi
qum qoplamlari hosil qiladi.
Shunday qilib, Markaziy
Osiyo xududi qum tuz aerozollarini shamol yordamida ko’chirib yuruvchi kuchli
yangi manba vujudga keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, yiliga atmosferaga 15-
75 mln. tonnagacha chang-to’zon ko’tarilishi mumkin.

Dengiz tubidan ko‘tarilgan chang tuz to‘zoni atmosferani ifloslanishini 5

foizdan ham orttirib bormoqda. Chang tuz to’zonlarini atmosferaga ko’tarilishini


background image

220

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

birinchi marta 1975 yili kosmosdan kuzatilgan. Bunday to‘zonlar yilning uch oy
davomida kuzatiladi. Chang-tuz to‘zonlarining uzunligi 400 km eni esa 40 km
bo’ladi, radiusi 300 km ni tashkil etadi [5].

9

Tuzlarning yer yuziga yog‘ilishi paxtaning hosildorligi 5-15%, sholining esa

3-6% ga pasayib ketdi. Orol bo‘yida yog`ilayotgan chang-tuz zarrachalarning
umumiy miqdori o’rtacha 52kg ni tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvini asosiy
sababchilaridan biri bo‘lib qoldi.

Qoraqalpog‘iston respublikasining sug‘oriladigan maydonlari chang-tuz

fraksiyalari 250kg dan, Chomboy tumanida 500 tonnagacha boradi. Sho‘rlangan
qum-to’zonlari yiliga Orol bo’yidagi 15 mingga yaqin yaylovlarni egallab
bormoqda. G‘o‘za uchun ajratilgan maydonlar kasallik qo‘zg‘atuvchi
zararkunandalar bilan zararlangan. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarning hosili pasayib
ketmoqda.

Tuproqlarning

sho‘rlanishi

hisobiga

qishloq

xo‘jalik

mahsulotlari

hosili

O‘zbekistonda 30%, Turkmanistonda 40%,
Qozog‘istonda 30-33%, Tojikistonda 19%,
Qirg‘izistonda 20%ga pasayib ketdi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda yalpi paxta hosilining ko‘payishi

sezilmayapti. O‘simliklar qatlamining o‘zgarishi bilan umumiy yem-xashak zahirasi
1200 dan 500 000 tonnagacha kamaydi.

Har yil o‘tloqzorlardan 3 marta qisqardi. Dorivor o‘simliklar zahirasi kamayib

siyraklashib bormoqda. Yaylovlarning qisqarishi va hosildorlikning pasayishi
chorva mollariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Sho‘rlangan yerlar maydoni kundan-kunga ortib bormoqda. Qirg‘oqchilik

tufayli iqlimning keskin kontinentanligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o‘rtasidagi
haroratni o’zgarishi shamol tezligining ortishi suvning to’lqinlanish xodisasini
kuchayishiga olib keldi. Avvali qumlar ortiqcha namlikni yutishi hisobiga, namlikni
doimo ushlab turishiga cho’l o’simliklarning rivojlanishiga yordam berar edi.

Kuchli sho’rlangan yer osti suvlarining yuza joylanishi, cho’llanish jarayonini

kuchaytirmoqda. Amudaryo va Sirdaryo qirg`oqlarining pasayishi natijasida
daryoning quyi qismida suv toshqinlarini kamaytirib yubordi. Bu o’z navbatida
to’qay o’simliklari maydonlarini qisqarishiga ilgari gumusga boy bo’lgan o’tloqlar
o’tloq botqoqli tuproqlar unumsiz, o’tloq taqir, cho’l, qumli o’tloqlarga ayalanishiga
olib keladi. Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar

9

https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/13234-orol-va-orol-bo-yi-

ekologik-vaziyat-keskinlashuvining-asosiy-omillari

Orol va orol bo`yi ekologik vaziyat keskinlashuvining

asosiy omillari


background image

221

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

aholi uchun xavfli kasallik tarqatuvchi kemiruvchilar bilan to’lib bormoqda. Orol
buyining epidemiologik ahvoli nihoyatda og`ir. Aholining markazlashgan suv bilan
ta’minlash 29067 foizni tashkil etadi. Aholining yarmi ifloslangan ochiq suv
xafzalaridan foydalanadi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol
muammosining asosini uning kdengiz sifatida saqlab qolishni tashkil etadi. Shuni
ta’kidlash lozimki Orol o’z tarixi davomida ilmiy ma’lumotlarga qaraganda ko’p
marta o’z shaklini o’zgartirgani va qurib qolgani ma’lum.

Orol dengizi dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun 100 m3km dan

ortiq suv kerak bo’ladi. Orolni saqlab qolish haqida hozirgi vaqtda bir necha fikrlar
mavjud.

1. Orolni qanday bo’lmasin qutqarish va avvalgi holatiga qaytarish zarur.
2. Orol dengiziga sathni barqaror bir sathga saqlab bo’lmaydi, shuning uchun

uni to’liq qurishi muqarrar.

3. Orol sathini ma’lum bir sathda saqlab qolish mumkin va uni amalgam

oshirish zarur.

Birinchi fikr 1985 – 1987 yillarda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi

a’zolari tomonidan va boshqa qardosh respublika yozuvchilari tomonidan ko’plab
quvvatlangan.

Ikkinchi fikrni ba’zi meliorativ va elegatorlar ko’plab quvvatlamoqdalar. Ular

barcha suvni yangi yerlarni o’zlashtirish va sug`orishga sarflash kerak. Dengizni
qutqarib bo’lmaydi, uning qurishi muqarrar demoqda. Uchinchi fikr Orol muammosi
bilan maxsus shug`ullangan olimlar va mutaxassislar tomonidanm ko’tarilgan. Ular
o’z fikrlarini ushbu muammo uslubida olib brogan ko’p yillik ilmiy izlanishlari
asosida tushuntirib dengizning barcha ekologik va ijtimiy-iqtisodiy ahamiyati to’g`ri
tahlil qilingan holda, uning sathini ma’lum mutloq balandlikda saqlab qolish
mumkinligini isbotlab berdilar.

Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatining past darajada rivojlanganligi yuqori

qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini
cheklamoqda.

Infratuzilmani rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etish maqsadida taraqqiy

etgan moliyaviy bozorlar, qulay ishbilarmonlik muhiti, shuningdek, ishlab
chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ishlab chiqarish-sotish zanjirlarini
rivojlantirishga qaratilgan choralarni ko‘rish talab etiladi.

Eksport qilinadigan meva-sabzavotlarning asosiy qismini ishlab chiqaruvchi

dehqon xo‘jaliklarida mahsulotlarni qayta ishlash va qadoqlash imkoniyatlari
cheklanganligi katta yo‘qotishlarga olib kelmoqda. Shuningdek, narxlarning
mavsumiy keskin o‘zgarishi va bozor sharoitlarining barqaror emasligi ham ular
faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


background image

222

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

So‘ngi yillarda kichik ishlab chiqaruvchilar tomonidan turli moliyaviy

manbalar, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan
zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash uskunalari uchun investitsiyalar
yo‘naltirilmoqda. Shunga qaramasdan ular qayta ishlash korxonalari va eksport
qiluvchi tashkilotlardan ajralib qolmoqda.

Kichik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini birlashtirishning samarali

mexanizmlari to‘liq shakllanmaganligi sababli, ularning faoliyati tarqoqligicha
qolmoqda. Bu esa yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda
hamda qo‘shilgan qiymat zanjirlariga birlashish imkonini cheklamoqda.

10

Bundan tashqari, yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotida 70 foizdan ortiq ulushga

ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari bilan tayyorlov, qayta ishlash
va eksportyor korxonalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlari yetarli
rivojlanmagan.

11

Agrar sektorning eksport salohiyatini oshirish, qo‘shilgan qiymatga ega

mahsulotlar hajmini ko‘paytirish, xalqaro standartlar asosida mahsulotlarni
sertifikatlash tizimini keng joriy etish va kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish
mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 20,2 mln gektar yerlarning atigi 20,7 foizi

sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. So‘nggi 15 yil mobaynida aholi jon boshiga
sug‘oriladigan yerlar 24 foizga (0,23 ga dan 0,16 gacha) kamaygan.

12

Mazkur holat aholi sonining o‘sishi, suv ta’minoti hajmining qisqarishi va

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning boshqa yer fondi toifalariga o‘tishi
natijasida yuzaga kelgan.

Prognozlarga ko‘ra, kelgusi 30 yil mobaynida sug‘oriladigan yer maydonlari

yana 20-25 foizga qisqarishi mumkin.

Yerdan foydalanish huquqining yetarli darajada kafolatlanmaganligi

xo‘jaliklarni boshqarish samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda va
investitsiyalarni jalb qilishni cheklamoqda.

Hozirgi vaqtda yer uchastkalarini taqsimlashning hamda yerdan

foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishning aniq va shaffof mexanizmlari to‘liq
yaratilmagan.

Shuningdek, yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish nazarda

tutilmaganligi qishloq xo‘jaligi yerlarini nisbatan salohiyatli yerdan
foydalanuvchilarga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda.

10

https://lex.uz/ru/docs/-4567334

11

www.statistika.uz

sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

12

www.statistika.uz

O’zbekiston Respublikasi Statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida. 2021.


background image

223

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

Mamlakat suv resurslarining qariyb 80 foizi transchegaraviy suv havzalari

hisobiga shakllanadi. Mazkur holat Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekiston
Respublikasida suv resurslarini barqaror boshqarish uchun mintaqaviy
hamkorlikning muhimligini belgilaydi. Mamlakatda irrigatsiya tarmoqlarining 70
foizi filtratsiyaga qarshi qoplamaga ega emas, oqibatda suvning bir qismi dalagacha
yetkazish jarayonida yo‘qotilmoqda.

Jahon resurslari institutining prognoziga ko‘ra, 2040-yilga borib O‘zbekiston

suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan 33 ta mamlakatning biriga aylanadi.
Hosildorlikning kamayishi oziq-ovqat xavfsizligi va to‘lov balansi uchun jiddiy
salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, bu esa suv resurslarini barqaror boshqarish va
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash
zaruratini yuzaga keltiradi.

13

O‘zbekistonda qishloq xo’jaligi YAIMning 32 foizini tashkil qilib, mehnatga

layoqatli aholining 27 foizini ish bilan ta’minlovchi qishloq xo‘jaligi samarali davlat
siyosati sharoitida mamlakat iqtisodiy o‘sishining asosiy omillaridan biri bo‘lishi
mumkin. Mazkur siyosatning samarali amalga oshirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari eksporti hajmi hamda fermerlar va agrotashkilotlar daromadlari oshadi,
qishloq joylarda minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bu yerlarda yashash darajasi
ko‘tariladi, bir qator oziq-ovqat mahsulotlari aholi uchun arzonroq bo‘ladi
va mamlakat ishonchli oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlay oladi.

Xulosalar quyidagilardan iborat

:

Agrosanoat majmuidagi davlat organlarining funksiyalari asosan ishlab

chiqarish jarayonlarini boshqarishga yo‘naltirilgan va ularning ayrimlari xususiy
sektorga o‘tkazilishi mumkin.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlardagi davlat

dasturlari va xizmatlariga ajratilayotgan budjet mablag‘lari miqdorini qayta ko‘rib
chiqish hamda moliyalash tizimini takomillashtirish lozim bo‘ladi:

-

atrof-muhitni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish va suv

tejovchi texnologiyalarni joriy etish;

-

oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, hayvonlar kasalliklariga qarshi

kurash, veterinariya va fitosanitariya xizmatlari;

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Reimov N.B., Kdırbaeva G.U. Orol bòyi sharoitida qishloq xòjaligi
ixtisoslashuvining zarurligi / 2021. In an International Edukators Conference,
Published onlain withá E-konferece Seriesó Hostedonline from Rome, Italy.Issn(N)
2835-396X SJIF 5,36, Date 26.04.2023. https://econferenceseries. com /index.
php/icmsss/ issue/view/37. 518-524 betlarda.

13

www.worldbanking.com

saytini ma’lumotlari asosida muallif tomonida tahlil qilinib statistikasi ishlab chiqildi.


background image

224

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

2. Reimov N.B., Kdırbaeva G.U. Suv etishmovchiligi sharoitida qishloq xòjaligida
ixtisoslashuvni takomillashtirish masalalari. Tavsiyanoma. «FARMA PRINT
NUKUS» JShJ tipografiyasida bosildi. 2022 jıl iyul`. 20 bet.
3. Reimov N.B., Kdırbaeva G.U. Orol bwyida dehqonchilik agrotexnolo-giyasini
takomillashtirishda ixtisoslashuvning ahamiyati . Xorazm Ma`mun akademiyasi
Axborotnomasi

.

2022-3. Mart soni. OAK ruyxatidagi jurnal). 113-116 betlar.

4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. 2019-yil.
www.statistika.uz
5. Mualliflar tomonidan statistic ma’lumotlari asosida tahlil qilinib ishlab chiqilgan
xulasalar. www.worldbanking.com.

БУХОРО ОБЛАСТИДА ЯНГИ ЕРЛАРНИ ЎЗЛАШТИРИШ

(1950-1964 йй)

Ризаев Б.Н

. - доцент, PhD, Бухоро давлат университети,

Мажитов Б.Х.

-

ассистент, ТИҚХММИ МТУ

Аннотация:

Ушбу мақола иккинчи жаҳон урушидан сўнг

ЎзбекистонССРда қишлоқ хўжалигини ривожлантириш программаси фонида
Бухоро областида амалга оширилган янги ва қўриқ ерларни ўзлаштириш
тарихига бағишланади. Хусусан, янги ерларни ўзлаштириш босқичлари,
область ҳудудидаги массивлар ва уларни ўзлаштириш плани ҳамда режалар
бажарилиш ҳолати вилоят архивларида сақланаётган материаллари асосида
таҳлил этилган.

Калит сўзлар

: қўриқ, бўз, режа, массив, ўзлаштириш, область, гектар.


1950 йилдан Ўзбекистон ССРда янги ерларни оммавий ўзлаштириш кенг

қулоч ёйди. Республиканинг барча областларида янги ерларни ўзлаштириш
режалаштирилди. Жумладан, Бухоро области ҳам бу жараёнга тортилди.
Область ҳудудида янги ерларни ўзлаштириш икки босқичда:

1)1950–1953 йиллар; 2)1954–1964 йиллар амалга оширилганлигини

кўришимиз мумкин.

Юқорида кўрсатилган босқичлар ўзига хос жиҳатлари билан ажралиб

туради. Жумладан, биринчи босқичда янги ерларни ўзлаштириш билан боғлиқ
кўрсатма ва буйруқлар марказдан келиб турди. Аксарият ҳолларда режалаш-
тирилган вазифалар асосан қоғозда қолиб, амалда тадбиқ қилинмади. Иккинчи
босқич республикада қўриқ ерларни ўзлаштириш кенг тус олган босқич
ҳисобланади. Бухорода эса қўриқ ерларни ўзлаштириш мўътадил кечган.

Библиографические ссылки

Reimov N.B., Kdırbaeva G.U. Orol bòyi sharoitida qishloq xòjaligi ixtisoslashuvining zarurligi / 2021. In an International Edukators Conference, Published onlain withá E-konferece Seriesó Hostedonline from Rome, Italy.Issn(N) 2835-396X SJIF 5,36, Date 26.04.2023. https://econferenceseries. com /index. php/icmsss/ issue/view/37. 518-524 betlarda.

Reimov N.B., Kdırbaeva G.U. Suv etishmovchiligi sharoitida qishloq xòjaligida ixtisoslashuvni takomillashtirish masalalari. Tavsiyanoma. «FARMA PRINT NUKUS» JShJ tipografiyasida bosildi. 2022 jıl iyul`. 20 bet.

Reimov N.B., Kdırbaeva G.U. Orol bwyida dehqonchilik agrotexnolo-giyasini takomillashtirishda ixtisoslashuvning ahamiyati .Xorazm Ma`mun akademiyasi Axborotnomasi. 2022-3. Mart soni. OAK ruyxatidagi jurnal). 113-116 betlar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. 2019-yil. www.statistika.uz

Mualliflar tomonidan statistic ma’lumotlari asosida tahlil qilinib ishlab chiqilgan xulasalar. www.worldbanking.com.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов