Masofadan zondlash va gat texnologiyalari orqali ekin turlarini kartalashtirish

  • Институт контртехнической экономики
  • Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства», Каршинский институт ирригации и агротехнологий
  • Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства», Каршинский институт ирригации и агротехнологий
CC BY f
343-349
24
8
Поделиться
Худжакелдиев, К., Турсунов, С., & Носиров, Ж. (2023). Masofadan zondlash va gat texnologiyalari orqali ekin turlarini kartalashtirish . Устойчивые направления управления земельными ресурсами в Узбекистане: проблемы и решения, 1(1), 343–349. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/land-management/article/view/23880
К Худжакелдиев, Институт контртехнической экономики

Кандидат наук. кандидат наук, доцент

С Турсунов, Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства», Каршинский институт ирригации и агротехнологий

старший преподаватель

Ж Носиров, Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства», Каршинский институт ирригации и агротехнологий

студент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada masofadan zondlash orqali turli kartalarni tuzishda kosmik suratlar, ma’lum bir hududning mavzuli kartasini tuzish zarur bо‘lganda, qisqa vaqt ichida masofadan zondlashdan olingan signallardan yetarlicha ma’lumot olish mumkin. Bu esa karta tuzishni tezlashtirish bilan birga aniqlikni ham oshiradi. Masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanib qishloq xо‘jaligi ekin turlarini kartalashtirishda foydalanish orqali karta tuzish ishlari ancha yengillashadi.


background image

343

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

MASOFADAN ZONDLASH VA GAT TEXNOLOGIYALARI ORQALI

EKIN TURLARINI KARTALASHTIRISH

Xujakeldiyev K.N. –

t.f.f.d. (PhD), dotsent, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti,

Tursunov S.R. -

staj. o’qituvchi, “TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va

agrotexnologiyalar instituti,

Nosirov J.K. –

talaba, “TIQXMMI” MTUning Qarshi

irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

Annotatsiya:

Maqolada masofadan zondlash orqali turli kartalarni tuzishda

kosmik suratlar, ma’lum bir hududning mavzuli kartasini tuzish zarur bо‘lganda,
qisqa vaqt ichida masofadan zondlashdan olingan signallardan yetarlicha ma’lumot
olish mumkin. Bu esa karta tuzishni tezlashtirish bilan birga aniqlikni ham oshiradi.
Masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanib qishloq xо‘jaligi ekin turlarini
kartalashtirishda foydalanish orqali karta tuzish ishlari ancha yengillashadi.

Kalit sо‘zlar:

karta, masofodan zondlash, elektron karta, monitoring, GPS

asbobi, sensor, GAT, aerosurat, aerofotosyomka.

Masofadan zondlash

- bu masofadan masofadan turib ma'lumot olishni

o'rganish yoki yig'ishdir. Bunday tekshiruv yerga asoslangan qurilmalar (masalan,
kameralar) va kemalar, samolyotlar, sun'iy yo'ldoshlar yoki boshqa kosmik
qurilmalarga asoslangan sensorlar yoki kameralar bilan sodir bo'lishi mumkin.
Bugungi kunda olingan ma'lumotlar odatda kompyuterlar yordamida saqlanadi va
ishlov beradi. Masofadan zondlashda ishlatiladigan eng keng tarqalgan dastur
ERDAS Imagine, ESRI, Mapinfo va ERMapper hisoblanadi. Masofadan zondlash -
tadqiq qilinayotgan ob'ekt, maydon yoki xodisa bilan to'g'ridan to'g'ri aloqada
bo'lmagan asbob- uskuna yordamida olingan axborotlarni taxlil qilish orqali
erishilgan ma'lumotlardir. Geofazoviy fan dunyosida masofadan zondlash, "yerni
kuzatish" deb xam nomlanadi. bu esa yer yuzasiga nisbatan baland masofadan turib
yerni sensorlar yordamida kuzatish degan ma'noni anglatadi. Sensorlar oddiy
fotoapparatlarga o'xshash, farqi esa ular ko'rinuvchi nurlarni ishlatmaydi, biroq
elektromagnit spektrning boshqa diapazonlarini ya'ni, infraqizil, mikroto'lqinlar va
ultrabinafsha intervallarini ishlatadi. Sensorlar juda taraqqiy etib bormoqda, ular
yordamida juda katta xajmdagi maydonlarning suratlarini olish imkoniyati mavjud.

Mamlakatimiz iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlarida kosmik

texnologiyalardan samarali foydalanish, kosmik monitoring tizimini joriy etish va
uni tizimli amalga oshirish maqsadida

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30

noyabrdagi 688-son

qaroriga

kо‘ra “...qishloq xо‘jaligi yerlaridan foydalanish


background image

344

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

holatini monitoring qilish, shu jumladan yerlardan noqonuniy foydalanish va ularni
о‘zboshimchalik bilan egallash holatlarini aniqlash darajasini 98 foizgacha
yetkazish”,”... b) qishloq xо‘jaligi sohasida kosmik monitoringning joriy etilishi
haqiqatda ekin ekilgan maydonni aniqlash, vegetatsiya davrini kunlik kuzatish,
ekinlar bо‘yicha tezkor ma’lumotlarni olish imkonini berdi”. “Hozirgi kunda
dunyoning barcha yetakchi va kо‘plab rivojlanayotgan davlatlari tomonidan u yoki
bu darajada kosmik fazoni tadqiq etish va undan foydalanish bо‘yicha ilmiy
tadqiqotlar olib borilmoqda, shuningdek, kosmik strategiyalar, konsepsiyalar,
dasturlar va rejalar kо‘lamini kengaytirib, ularni qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish
uchun katta miqdorda mablag‘lar ajratilmoqda”.

“...Yerni masofadan zondlash bо‘yicha sun’iy yо‘ldosh operatorlari «Maxar

Technologies» (AQSH), «Airbus Defence & Space» (Fransiya), «Planet Labs»
(AQSH), «ICEYE» (Finlyandiya), «BlackSky» (AQSH) «NEAD Aerospace»
(Xitoy) kompaniyalari, aloqa sun’iy yо‘ldosh operatorlari «SpaceX» (AQSH),
«OneWeb» (Buyuk Britaniya), «SES» (Lyuksemburg), «Eutelsat» (Fransiya),
«Viasat» (AQSH), «Inmarsat» (Buyuk Britaniya) kompaniyalari, kosmik suratlarni
qayta ishlash dasturiy mahsulotlarini ishlab chiquvchilar «ESRI» (AQSH),
«Nexagon» (Shvetsiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda loyihalar amalga
oshirilmoqda;”.

Masofadan zondlashdan olingan signallar kadastr kartalarini yangilashda, yer

osti qazilma boyliklari joylashgan о‘rnini xaritalashda va bu orqali bashoratlashda
asosiy metod bо‘lib xizmat qiladi. Suratlar yer kadastr ishlarini yuritishni tizimli
tashkil qilish, bu tizimni hosil qilish va о‘rganishda hamda ularni kartaga tushirishda
zaruriy manba bо‘lib xizmat qiladi. Turli mavzuli kartalarni tuzishda kosmik suratlar
juda kо‘p ma’lumotlarga ega. Ma’lum bir xududning mavzuli kartasini tuzish zarur
bо‘lganda, qiska vaqt ichida masofadan zondlashdan olingan signallardan yetarlicha
ma’lumot olish mumkin. Bu esa karta tuzishni tezlashtirish bilan birga aniqlikni ham
oshiradi. Ma’lum davr davomida kartalarning eskirganligini kо‘rish mumkin [8].

Davlat boshqaruv organlarini hamda kadastr maqsadlari uchun masofadan

zondlash signallarini deshifrovka qilishda dastlab fazoviy obyektlarning joylashgan
о‘rni aniqlanadi. Buning uchun quyidagi fazoviy ma’lumotlarning komponentligi
hamda tavsiflari bazasini tо‘liq yaratish lozim [5]:

fazoviy obyektlar identifikatorini aniqlash;
fazoviy ma’lumotlarni muvofiqlashtirish;
obyektlarning nomlari, agar mavjud bо‘lsa, manzil ma’lumotlarini izohlash;
fazoviy obyektlarning boshqa obyektlar bilan о‘zaro topologik aloqalarini

aniqlash.

Kadastr xarita va rejalar yangilanganidan keyin kartografik fond


background image

345

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

tashkilotlariga taqdim etilishi lozim. Bu ma’lumotlar quyidagi reyesstrlarda qayd
qilinadi:

asosiy fazoviy obyektlar reyestrida, balandliklar reyestrida, ma’muriy

chegaralar reyestrida va aholi punktlari reyestrida kо‘rsatilishi lozim [6]. Raqamli
kadastr xarita va rejalarini tuzish va yangilashda fazoviy ma’lumotlar sohaga tegishli
maxsus bо‘limlar ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Ushbu amalni bajarishda
obyektlarni identifikatsiya qilishni ta’minlab, avtomatik rejimda sinxron tarzda
ma’lumotlar tо‘ldirib borilishi hamda yangilanishi zarur.

Maqsadli olib borilgan tadqiqotlar, yerni masofadan zondlashdan olingan

signallarga bikubik splayn asosida raqamli ishlov berishning parallel algoritmi
asosida kadastr xarita rejalarini tuzish va yer osti qazilma boyliklarini bashoratlash
yuzasidan maxsus dasturiy vositalar ishlab chiqish zaruratini kо‘rsatdi [7].

“О‘zbekistan Respublikasi prezidentining PF-5806-son 30.08.2019 yilda

О‘zbekistan Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish” tо‘g‘risida farmoni
imzolangan. Farmonga kо‘ra “...mamlakatda qishloq va suv xо‘jaligi, ekologiya,
telekommunikatsiya, geologiya-qidiruv, kartografiya, meteorologiya, seysmologiya
va shaharsozlik sohalarining samaradorligini oshirish imkoniga ega bо‘lgan yerni
masofadan turib zondlash, yо‘ldosh aloqa, navigatsiya tizimlari kabi kosmik
tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida faoliyat deyarli amalga oshirilmayapti.

Amalga oshirilayotgan mavjud ilmiy-texnologik yо‘nalishlarni kengaytirish va talab
yuqori bо‘lgan yangi yо‘nalishlarni yaratishga qaratilgan faol investitsiya siyosati,
shuningdek, aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash bо‘yicha amalga
oshirilayotgan dasturiy chora-tadbirlar innovatsiyalar, nano-texnologiyalar, atom
energetikasi, kosmik sanoat kabi hali foydalanilmagan yuqori ilmiy hajmdor,
texnologik va keng kо‘lamli faoliyat yо‘nalishlaridan foydalanishni talab etadi[1].

Bizga ma’lumki, yildan-yilga yangidan yangi texnologiyalar kirib kelmoqda.

Bulardan biri masofadan zondlash texnologiyasidir. U haqiqatdan ham keng
imkoniyatlarga ega.

1-rasm.
Masofadan
zondlash
ma’lumotlaridan
foydalangan
holda elektron
karta yaratishning
funksional jarayoni


background image

346

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

Masofadan zondlash - tadqiq qilinayotgan obyekt, maydon yoki hodisa bilan

tо‘g‘ridan tо‘g‘ri aloqada bо‘lmagan asbob - uskuna yordamida olingan
axborotlarni tahlil qilish orqali erishilgan ma’lumotlardir.

Elektron kartalarni ishlab chiqishda masofadan zondlashni qо‘llashga bо‘lgan

talab kundan kunga ortib bormoqda va u yordamida quyidagi ishlar amalga
oshiriladi: stereo qoplash, tez-tez tasvirga tushirish, ma’lumotlarni vaqtida
yetkazish, katta maydonlarni qoplash, global qoplash, kelgusida kartalarni yangilash
uchun raqamli formatda saqlash hamda zamonaviy GAT texnologiyalari bilan
moslashtirish.

Masofadan zondlash qishloq xo‘jaligi rivojlangan va rivojlanayotgan

davlatlarning iqtisodiyotida asosiy rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiy
tomondan kuchli mamlakatlarning mustahkam ishlab chiqarish vositasi yoki qoloq
va ko‘p aholiga ega mamlakatlarning yashash vositasidir, u deyarli barcha
millatlarning iqtisodiyotida juda katta rol o‘ynaydi. Oziq-ovqаt mahsulotlarini ishlab
chiqarish hamma uchun muhim ahamiyatga ega hamda oziq ovqat mahsulotlarini
iqtisodiy tejamkorlik bilan ishlab chiqarish har bir fermer, fermerlar uyushmasi raisi
va hududiy qishloq xo‘jalik agentliklarining maqsadidir. Fermer xo‘jaligining
samaradorligi hamda mahsulot to‘g‘risida bilim va ma’lumotga ega bo‘lishi
fermerlik faoliyatining strategiyasidir.

Masofadan zondlash texnologiyasi ekinlarning sog‘lomligi, parazitlarning

tarqalishi, zararning ko‘payishi, hosildorlik imkoniyatlari va tuproq sharoitlarini
aniqlashda katta yordam beradi. Mahsulot brokerlari ham fermerlarning ishlab
chiqarish mahsulotlari bilan qiziqadi, chunki mahsulotning sifat va miqdori barcha
mahsulotning jahon bozoridagi narxini baholaydi.

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va aerosuratlar ekinlarni sinflashtirish, ularning

sog‘lomligi va yaroqliligini tekshirish hamda fermerlik faoliyatni monitoring
qilishda kartalashtirish quroli sifatida foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligida masofadan
zondlash quyidagi ishlarni amalga oshirishda qo‘llaniladi:

Ekin turini sinflash;

Ekin holatini baholash;

Ekin hosilini baholash;

Tuproq xususiyatlarini kartalashtirish;

Tuproqlarni boshqarish amaliyotlarini kartalashtirish;

Muvofiqlikni monitoring qilish (fermer xo‘jaligi ishlarida).

Ekin turlarini aniqlash va kartalashtirish bir nechta sabablarga ko‘ra muhim
sanaladi. Ekin turlarining kartasi davlat qishloq xo‘jalik agentliklari, sug‘urta
kompaniyalari va hududiy qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan yaratiladi.
Bundan maqsad, ma’lum bir yer maydonida qachon nima yetishtirilganligining


background image

347

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

ro‘yxatini tuzishdan iborat. Bu o‘z navbatida hosilni bashorat qilish, almashlab
ekishni tashkil etish, tuproq unumdorligini kartalashtirish, ekinlarning
zararlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ekinlaming qurg‘oqchilik yoki
kuchli yog‘ingarchilikdan ko‘rgan zararini baholash va fermerlik faoliyatlarini
monitoring qilishda xizmat qiladi.

Ekin turlarini aniqlash va kartalashtirishda ko‘pdavriy tasvirlardan

foydalaniladi,

sinflashtirishda

o‘simlikning

o‘sishi

mobaynida

uning

qaytaruvchanligining o‘zgarishi hisobga olinadi. Bu o‘z navbatida o‘sish
mavsumida takroriy tasvirga olish uchun kalibrlangan sensorlarni talab qiladi.
Masalan, kanola o‘simligini gullagan paytida aniqlash osonroq, chunki spektrli
qaytaruvchanligining o‘zgarishi gullash paytiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘p sensorli ma’lumotlar undagi ko‘p hajmdagi axborotlari yordamida

sinflashtirish aniqligini oshirishi bilan yagona sensorga qaraganda foydaliroqdir (2-
rasm).

2-rasm.

(a) Ekin turi va (b) zararlangan ekinlami aniqlash uchun Landsat-

TM va SAR ma’lumotlari birlashtirilgan.

Ko‘rinuvchi va infraqizil sezish o‘simliklarni xlorofilll tarkibi hamda kanop

tuzilmasi haqida axborot beradi, radar esa o‘simlikning tuzilmasi va namligi haqida
axborot beradi. Doimiy bulut yoki tuman bilan qoplangan joylarda radar sezish
imkoniyatining faolligi va uzun to‘lqin uzunligi bilan ekinlarni kuzatish va
farqlashda juda yaxshi natija beradi, u atmosferadagi suv bug‘laridan o‘tish
imkoniyatiga ega.

Shuningdek, odatda ekinlar dala bo‘ylab bir tekis o‘smaydi va natijada

hosildorlik bir joydan boshqa joyga farq qiladi. Ekinlarning o‘sishidagi bu farq
tuproq tarkibidagi ozuqalarning yetishmasligi yoki boshqa omillar sababli sodir
bo‘lishi mumkin. Masofadan zondlash fermerlarga daladagi ekinlarda yuz


background image

348

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

berayotgan muammolarni aniqlash va bu ekinlarni kerakli ozuqalar, pestitsid va
gerbitsid bilan ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Bu usul bilan fermer nafaqat
yerning hosildorligini oshiradi balki moliyaviy tejamkorlikka erishadi va atrof
muhitga bo‘lgan ta’sirni kamaytiradi.

Masofadan zondlash orqali bir dalada joylashgan ekinlardagi o‘zgaruvchan

o‘sishni ham kuzatish mumkin. Sog‘lom ekin maydonlar bir xil yorug‘ rangda
ko‘rinadi, zararlangan ekinlar esa sog‘lom ekinlarga nisbatan qoramtirroq rangda
ko‘rinadi. Agar ma’lumot geobog‘lansa va bizda GPS asbobi bo‘lsa, biz mahalliy
koordinata bilan tasvir koordinatasini moslashtirib muammo bor joyni juda tez
aniqlashimiz mumkin.

Masofadan zondlash karta tuzishda quyidagi maqsadlarda qо‘llanilmoqda:

Konturli karta tuzish;

Balandlikning raqamli modelini (DEM) yaratish;

Asosiy mavzuli karta tuzish, topografik karta tuzish.

Yerni masofadan zondlash va hududlar monitoringida xaritalar tuzishning 3 ta

asosiy usuli mavjud:

1.

Dala tasvirlari-geodezik о‘lchov asboblari yordamida о‘lchov olish,

kuzatish va joy xaritalaridan foydalangan holda ma’lumotlarni tо‘plash.

2.

Aerofotosyomka uchish apparatlari (samalyot, vertalyot v.b.)ga maxsus

о‘rnatilgan uskunalar yordamida Yer yuzini raqamli tasvirga olish.

3.

Fazoviy tasvirga olish - kosmik apparatlari (sputnik)ga о‘rnatilgan maxsus

uskunalar yordamida Yer yuzini tasvirga olish.

Yuqorida

keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, masofadan

zondlash orqali olingan ma’lumotlar har bir sohada eng qulay manba bо‘lib xizmat
qiladi, chunki olinadigan ma’lumotimiz uchun kam vaqt sarflab samarali natijaga
ega bо‘lamiz. Bu esa cheklangan resurslardan samarali foydalanishda katta
imkoniyatlar yaratmoqda. Ayniqsa qishloq va suv xо‘jaligi sohalarida masofadan
zondlash materiallaridan foydalanish orqali karta tuzish ishlari ancha yengillashadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 noyabrdagi

688-son qarori, 2022 — 2026 yillarda О‘zbekiston Respublikasining kosmik
tarmog‘ini rivojlantirish KONSEPSIYASI

2. SH.Shokirov , I.M.Musayev. Masofadan zondlash. Toshkent-2015
3. Xudayqulov N. Yer suv resurslaridan samarali foydalanish masalalari: Yer
suv resurslaridan samarali foydalanish masalalari //Arxiv Nauchnix Publikatsiy
JSPI. - 2020.
4. Xudayqulov N. Qishloq xо‘jaligi kartalarini tuzishda GAT qо‘llash //Arxiv
Nauchnix Publikatsiy JSPI. - 2020.


background image

349

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

5. H.N. Zaynidinov, J.U. Juraev, U.U. Juraev. Digital Image Processing with
Two-Dimensional Haar Wavlets// International Journal of Advanced Trends in
Computer Science and Engineering (IJATCSE), (Indexed by SCOPUS), ISSN:
2278-3091, 9(3), May - June 2020, 2729 - 2734. Available Online at
https://doi.org/10.30534/ijatcse/2020/38932020.
6. H.N. Zaynidinov, O.U. Mallayev, I. Yusupov. Cubic Basic Splines and
Parallel Algorithms // International Journal of Advanced Trends in Computer
Science and Engineering (IJATCSE), (Indexed by SCOPUS), ISSN: 2278-3091,
9(3), May - June 2020,3957-3960 Available Online at

7. Sergiyenko A.B. Sifrovaya obrabotka signalov. - 2-ye. - Spb: Piter, 2006. -

751 s.
8. H.N. Zaynidinov, O.U. Mallayev. Definition of synchronization processes
during parallel signal processing in multicore processors // International Conference
on Information Science and Communications Technologies: Applications, Trends
and Opportunities,ICISCT 2019

(2019).

https://ieeexplore.ieee.org/document/9012006
9. https://lex.uz/docs/4494500

SUVDAN FOYDALANISH BORASIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI

BARTARAF ETISH YO’LLARI

Xushmatov N.S. -

i.f.d., prof., Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy

markazi Bosh ilmiy kotibi,

Shoxo’jaeva Z.S. -

i.f.n., prof., Oziq-ovqat va qishloq

xo’jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi doktoranti

Annotatsiya:

O’zbekistondan suv tanqisligi global iqlim o’zgarishi oqibatida

tobora dolzarblashib bormoqda. Markaziy Osiyo davlatlari aholisining suvga
bo’lgan talabi asosan transchegaraviy daryolar hisobiga qondiriladi. Tadqiqotlarga
ko’ra, 2025 yilga borib iqlim o’zgarishi, global haroratning oshishi tufayli
Amudaryo va Sirdaryo daryolarini suv bilan ta’minlayotgan muzliklar zaxirasining
15–20 foizga kamayishi kutilmoqda. Tog’ muzliklari hajmi yiliga 0,2–1 foiz atrofida
kamayib borayotgani, tog’ daryolari havzalarida qor zaxiralari tobora qisqarayotgani
aniqlangan. Ushbu maqolada keltirilgan muammolarni bartaraf etishda avvalom bor
qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda suv tejamkor texnologiyalarni qo’llashni
takomillashtirish va suv sarfini hisoblash, kanalni masofadan boshqarish, kanaldagi
suv yo’qotishlarini qayd etish va uning oldini olish usullarini to’liq
avtomatlashtirishga bag’ishlangan takliflar ishlab chiqilgan

.

Библиографические ссылки

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 noyabrdagi 688-son qarori, 2022 — 2026 yillarda О‘zbekiston Respublikasining kosmik tarmog‘ini rivojlantirish KONSEPSIYASI

SH.Shokirov , I.M.Musayev. Masofadan zondlash. Toshkent-2015

Xudayqulov N. Yer suv resurslaridan samarali foydalanish masalalari: Yer suv resurslaridan samarali foydalanish masalalari //Arxiv Nauchnix Publikatsiy JSPI. - 2020.

Xudayqulov N. Qishloq xо‘jaligi kartalarini tuzishda GAT qо‘llash //Arxiv Nauchnix Publikatsiy JSPI. - 2020.

H.N. Zaynidinov, J.U. Juraev, U.U. Juraev. Digital Image Processing with Two-Dimensional Haar Wavlets// International Journal of Advanced Trends in Computer Science and Engineering (IJATCSE), (Indexed by SCOPUS), ISSN: 2278-3091, 9(3), May - June 2020, 2729 - 2734. Available Online at https://doi.org/10.30534/ijatcse/2020/38932020.

H.N. Zaynidinov, O.U. Mallayev, I. Yusupov. Cubic Basic Splines and Parallel Algorithms // International Journal of Advanced Trends in Computer Science and Engineering (IJATCSE), (Indexed by SCOPUS), ISSN: 2278-3091, 9(3), May - June 2020,3957-3960 Available Online at

Sergiyenko A.B. Sifrovaya obrabotka signalov. - 2-ye. - Spb: Piter, 2006. - 751 s.

H.N. Zaynidinov, O.U. Mallayev. Definition of synchronization processes during parallel signal processing in multicore processors // International Conference on Information Science and Communications Technologies: Applications, Trends and Opportunities,ICISCT 2019 (2019). https://ieeexplore.ieee.org/document/9012006

https://lex.uz/docs/4494500

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов