Важность вопросов науки и просвещения в государстве Амира Темура

CC BY f
151-159
1
26
Поделиться
Ахмедова, М., & Раймова, Д. (2023). Важность вопросов науки и просвещения в государстве Амира Темура. Реформы в сфере подготовки юридических кадров в Узбекистане: анализ результатов и перспективные задачи, 1(1), 151–159. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/legal-personnel/article/view/22378
Мукаддасхон Ахмедова, Университет Общественной Безопасности Республики Узбекистан

доктор юридических наук (DSc), профессор кафедры гражданско-правовых дисциплин

Диора Раймова, Университет Общественной Безопасности Республики Узбекистан

Курсант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье освещаются эпоха Амира Темура, занимавшая важное место в истории узбекской государственности, вопросы науки и просвещения в этот период, рекомендации Амира Темура по военному искусству и государственному управлению, а именно вопросы структуры Тимура.


background image

151

AMIR TEMUR DAVLATIDA ILM-FAN VA MA’RIFAT

MASALALARINING AHAMIYATI

Muqaddasxon AXMEDOVA

1

yuridik fanlar doktori (DSc),

О

‘zbekiston Respublikasi

Jamoat xavfsizligi universiteti Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi professori

Diyora RAIMOVA

2

О

‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti

ВАЖНОСТЬ ВОПРОСОВ НАУКИ И ПРОСВЕЩЕНИЯ В ГОСУДАРСТВЕ

АМИРА ТЕМУРА

Мукаддасхон АХМЕДОВА

1

доктор юридических наук

(DSc),

профессор кафедры гражданско-правовых

дисциплин Университета Общественной Безопасности Республики Узбекистан

Диора РАЙМОВА

2

Курсант университета общественной безопасности Республики Узбекистан

THE IMPORTANCE OF SCIENCE AND EDUCATION IN THE STATE OF

AMIR TEMUR

Muqaddashon AHMEDOVA

1

Doctor of Law (DSc), Professor of the Department of Civil Law Disciplines of the

University of Public Safety of the Republic of Uzbekistan

Diora RAIMOVA

2

Cadet of the University of Public Safety of the Republic of Uzbekistan

Annotatsiya:

Maqolada o‘zbek davlatchiligi tarixida muhim o‘rin tutgan Amir

Temur davri, bu davrdagi ilm-fan va ma’rifat masalalari, Amir Temurning harbiy

san’ati va davlat boshqaruvi bo‘yicha tavsiyalari, ya’ni Temur tuzuklari masalalari

yoritilgan.

Аннотация

:

В статье освещаются эпоха Амира Темура

,

занимавшая

важное место в истории узбекской государственности

,

вопросы науки и

просвещения в этот период

,

рекомендации Амира Темура по военному искусству

и государственному управлению

,

а именно вопросы структуры Тимура

.


background image

152

Annotation:

The article highlights the era of Amir Temur, which occupied an

important place in the history of Uzbek statehood, issues of science and education

during this period, Amir Temur's recommendations on military art and public

administration, namely, the issues of Timur's structure.

Kalit so‘zlar:

Amir Temur, Temur tuzuklari, davlat boshqaruvi, o‘zbek

davlatchiligi.

Ключевые слова

:

Амир Темур

,

Тимур тузуклари

,

государственное

управление

,

узбекская государственность

.

Key words:

Amir Temur, Timur tuzuklari, public administration, Uzbek

statehood.

Mamlakatimizda s

о

‘nggi uch yilda ilm-fan va tarbiya sohasida qator islohotlar

amalga oshirilmoqda. Yosh avlodni bilimli va yetuk malakali kadr b

о

‘lib yetishishlari

uchun, ularni ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom qilib tarbiyalashda bizning ham

oldimizda qator vazifalar dolzarb b

о

‘lib turibdi. Ilm-fan va ma’rifat masalasiga har

qachongidan ham bugun davlat siyosati darajasida e’tibor berilishining sababi ham ana

shundadir.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev

о

‘z murojaatnomasida: “Nafaqat yoshlar, balki

butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat,

yuksak ma’naviyat kerak. Ilm y

о

‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, t

о

‘g‘ri y

о

‘ldan

adashish b

о

‘ladi.

Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm,

eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”! Shu

sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni

о

‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va

yuksak madaniyat egasi b

о

‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak”[1], - deb

ta’kidlagan.

Shuningdek, mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni

chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh

iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va

yangi, zamonaviy bosqichga k

о

‘tarish maqsadida 2023 yilni Yurtboshimiz tomonidan


background image

153

“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”

deb e’lon qilinishi bu boradagi ishlarimizni

yanada rivojlantirishga mustahkam asos b

о

‘ladi.

О

‘zbek davlatchiligi tarixida muhim

о

‘rin tutgan Amir Temur davrida ilm-fan

va ma’rifat masalasiga ham eng dolzarb vazifa deb qaralgan. Shaxsan Sohibqironning

о

‘zi bu sohadagi islohotlarning asoschisi va nazoratchisi b

о

‘lganligini isbotlovchi

dalillar bor.

Shuning uchun ham Markaziy Osiyo XIV asrning s

о

‘nggi 30 yilligi XV asr

birinchi yarmiga kelib, Sohibqiron Amir Temur va Temuriylarning vatanparvarligi va

fidoiyligi tufayli m

о

‘g‘ullar istibdodidan qutuldi va mustaqil davlatga ega b

о

‘ldi.

Natijada mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida keskin yuksalish yuz

berdi.

Amir Temur – yirik davlat va siyosat arbobi, sarkarda, qonunshunos, iste’dodli

me’mor, notiq ruhshunos b

о

‘lish bilan birga Turkistonni jahonga mashhur qilgan

milliy g‘ururli, s

о

‘zi bilan ishi bir, vatanparvar inson – buyuk shaxs edi. Uning nomi

bilan boshlangan “Temuriylar madaniyati”

о

‘ziga xos “Temuriylar tarbiyasi”ni yaratdi.

Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi ulug‘ zotlar va ana shu tarbiyaning

natijasi – mevasi b

о

‘ldilar[2].

Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat gullab yashnadi, boy ma’naviy

qadriyatlar yaratildi. Bular Markaziy Osiyo mintaqasidagi xalqlarining madaniy-

ma’naviy taraqqiyotida asosiy y

о

‘nalishni belgilab berdi.

Amir Temur Samarqand shahrini

о

‘z saltanati, uning asosiy hududlarining

Movarounnahr va Xuroson davlatining poytaxti sifatida dunyoga ilm-fan, san’at va

ma’rifat markazi qilib mashhur etishni asosiy maqsad qilib q

о

‘ygan edi. Shuning uchun

yoshlarning bilimli b

о

‘lishini nazarda tutib “Bibixonim”, “Muhammad Sulton”

madrasalarini shaxsan

о

‘zi qurdirdi. Madrasa qurilishiga, uning tashqi va ichki

bezagiga alohida e’tibor berdi[3].

Amir Temur va Temuriylar ajratgan vaqf hisobiga

о

‘quv dargohida

shogirdlarning bilim olishlari uchun qulayliklar yaratilib, darsxonalar zarur

о

‘quv

qurollari va kerakli jihozlar bilan ta’minlangan. Madrasalarga davlat tomonidan


background image

154

mudarrislar tayinlangan. Mudarrislar eng ulug‘, serqirra bilim sohibi, odob-axloqda

namunali kishilar b

о

‘lgan[4]. Ushbu ishlar Amir Temurning eldagi maorif va ta’lim-

tarbiya ishlari davlat tomonidan idora qilinishi zarur degan fikrlarining tasdig‘i edi.

Sohibqiron davrida

о

‘g‘il bolalar uchun boshlang‘ich ma’lumot beradigan

maktablar k

о

‘paytirilgan. Bu maktablar masjidlar qoshida va xususiy uylarda davlat,

nufuzli shaxslar va bilimdon kishilar tomonidan ochilgan edi. Maktablarda masjid

imomlari yoki yirik olimlar dars berishgan. Shaharlarda maktablar maxsus

maktabdorlar tomonidan ochilib, shahar maktablarida

о

‘quvchilar soni 20-30 ta,

qishloq maktablarida 10-15 ta, ayrim hollarda k

о

‘proq b

о

‘lgan. Lekin har bir qishloqda

boshlang‘ich ta’lim beruvchi maktablar ochilishi shart edi. Bu esa Sohibqironning

xalqni ommaviy savodli etish g‘oyasi b

о

‘lganligini isbotlaydi.

Maktab

о

‘quvchilariga savodlarini chiqarish uchun “Haftiyak” avvalo “Qur’on”

kitobining yettidan bir qismi

о

‘qitilgan.

H.Boboyevning fikricha, “

О

‘quvchilar yakka tartibda

о

‘qitilib, kichik va katta

guruhlarga ajratilgan. Katta guruh

о

‘quvchilari

о

‘zlashtirayotgan bilimlaridan tashqari

islom dini asoslaridan xabardor b

о

‘lganlar. Har bir

о

‘quvchining

о

‘quv mavzusi

‘lgan yoki biror bir kitobni tugatganlarida

о

‘qituvchi diniy rasm-rusumlarga amal

qilgan holda mashq qildirgan. Bolalar milliy va diniy an’analar ruhida

tarbiyalanganlar”[5].

Maktablar bolalar va qizlar maktabiga b

о

‘lingan. Markaziy Osiyoning k

о

‘p

shaharlarida qizlar maktabi mavjud b

о

‘lgan. Bunday maktablar

о

‘qituvchining uyida

‘lib,

о

‘qituvchini esa “Otin bibi” deb atashgan.

Umumiy maktablar sonining t

о

‘rtdan bir qismi qizlar maktabiga t

о

‘g‘ri kelardi.

Ayol – qizlarning bilim olishga jalb qilinishi bu Sohibqironning ilm – bilim insoniyat

uchun, ayniqsa, davlatning madaniy yuksalishi uchun katta ahamiyatga egaligini

tushunganligining boyisi edi.

Amir Temur davrida madrasalar oliy va

о

‘rta

о

‘quv yurti vazifasini

о

‘tagan.

Madrasalar diniy va dunyoviy bilimlar

о

‘chog‘i, kadrlar tayyorlash maskani edi.


background image

155

Madrasalarda mamlakatning eng atoqli donishmandlari, shayxlari, ulamo-olimlari

mudarrislik qilib, ma’ruzalar

о

‘qishgan[6].

Madrasalar va ularning faoliyati yuzasidan umumiy nazorat oliy darajadagi diniy

shaxs –

shayx ul-Islom

va qozilar tomonidan olib borilsa, alohida tekshiruv, ya’ni

о

‘quv va iqtisodiy ishlari b

о

‘yicha nazorat

mutavalliga

topshirilgan. Madrasada

mudarris barcha

о

‘quv predmetlari b

о

‘yicha beriladigan bilimlarga rahbarlik qilgan,

faqat

о

‘quv ishlari b

о

‘yicha javob bergan. Madrasalarda ilohiyot, huquq (fiqh), mantiq,

matematika (riyoziyot), handasa (geometriya), astronomiya, tibbiyot, tarix, j

о

‘g‘rofiya,

adabiyot, ilmi aruz, arab tili va boshqa dunyoviy fanlar

о

‘qitilgan[7].

Bilimdonlikni insondagi yaxshi fazilat deb, soni k

о

‘p, aql tajribasi oz

odamlardan bilim - tushunchasi, tajribasi takomillashgan bitta inson xizmatining

о

‘zi

ulug‘ ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Xalqimiz orasida matalga aylanib ketgan

uning: “Bilagi z

о

‘r - birni yiqar, bilimi z

о

‘r – mingni”[5], - deb aytgan dono fikri

ayniqsa e’tiborga molik. Bu yerda biz Sohibqironning jismoniy kuch emas, balki aql,

bilimning inson mushkulini osonlashtirishini, har bir ishda aqllilik zarurligini, aqlning

jamiyatda rivojlantiruvchi kuchga ega ekanligini tushuntirganligini yaxshi anglaymiz.

Amir Temur kelajak avlodlarga qoldirgan “Tuzuklari”da odamning shaxsiy

hayotida, davlat ishlarida katta ahamiyatga ega b

о

‘lgan tafakkur, aql bilan ish yuritish

kabi xislatlariga doimo diqqat bilan qaragan. Tafakkur borliqni, ijtimoiy muhitni bilish

vositasi va saltanatni shaxsning keng k

о

‘lamdagi ishlarini t

о

‘g‘ri y

о

‘nalishda yuzaga

chiqarishning asosi ekanligini aniq tushundi. Bu fikr va qarashlari,

о

‘z navbatida, Amir

Temurning xalq orasida yoshlarni aqlli b

о

‘lishga,

о

‘ylab ish yuritishga tarbiyalash

zarurligini bosh vazifa etib q

о

‘yganligini k

о

‘rsatadi.

Sohibqiron davlat hayotida ilm-fan bajaradigan xizmatlarning ulug‘ligini teran

tushungan edi. “Men azaldan ilm shaydosiman” deb qalbidagi fikrni aytishi uning

jamiyatni rivojlantirish borasidagi t

о

‘g‘ri y

о

‘nalishni tanlaganini k

о

‘rsatadi. Amir

Temur ilm-fanning insonni, jamiyatni rivojlantirishdagi xizmatiga katta baho berib,

yoshlarga ilm sirlarini bilishda muhim vazifalar yuklaydi. Ilmning odamni t

о

‘g‘ri

‘lga boshlashini, insonni yetuk aqlga va fazilatga ega shaxs sifatida shakllantirishini


background image

156

nazarda tutgan va yoshlarning komil inson b

о

‘lishiga ta’sir etadigan omillarning biri –

uning bilim olishi, - deb tushungan.

Darhaqiqat, katta shaharlardan tashqari har bir qishloqda masjid yoki

madrasalarning qurilishi, yoshlarga bilim berishni ancha rivojlantirganligini

‘rsatadi. Sohibqiron har bir insonning savodli b

о

‘lishining tarafdori edi. U har bir

shaxs bilim, savod egallashi zarur deb hisobladi.

Sohibqiron

о

‘zi tomonidan tashkil qilingan fanlar akademiyasidagi va

о

‘lkadagi

boshqa olimlarning qanday ilmiy muammolar b

о

‘yicha ish olib borayotganliklarini

uzluksiz nazorat qilib borgan. Ularga mamlakat uchun zarur b

о

‘lgan ilmlarni

о

‘rganib,

uni xalq orasida tarqatish b

о

‘yicha maslahatlar bergan. Bu haqda Amir Temur:

“Olimlar, sofdil kishilar, sayyidlar olimlar va fozillarga dargohim doimo ochiq edi”[8],

- deb yozgan edi.

Shular bilan birgalikda sarkardaning podshohlikka tegishli majlis,

maslahatlarida va olimlar bilan b

о

‘lgan uchrashuvlarda davlatning ichki va tashqi

ahvoli, diniy, huquqiy masalalardan tashqari, ilm - hunar, davlatdagi ma’rifat -

ma’naviyat sohasi b

о

‘yicha, shuningdek insonlarning fe’l - atvori, odob - axloq

muammolari b

о

‘yicha ham fikr almashib turgan.

Bilim beruvchi

о

‘lkadagi va chet ellardan kelgan olimlar bilan mudarrislarning

turmush darajasini yaxshilab, mustaqil faoliyat olib borishga, ilmini xalq ommasiga

tarqatish uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida ularga yashash uchun uy-joy va

mehnatni t

о

‘g‘ri baholaydigan ish haqi berishni buyurgan. Buni yanada samarali

amalga oshirish maqsadida, ayniqsa olimlarni ishsiz, b

о

‘sh qoldirmaslikni nazarda

tutib “Agar kasb-u hunar va ma’rifat ahillaridan b

о

‘lsa, bundaylarga saltanat

korxonalaridan yumush berilsin”[8], - deb mamlakatdagi ilm, bilim va

hunarmandchilik ishlarini yanada takomillashtirish uchun boshqa

о

‘lkalardan kelgan

bilimli kishilarni mamlakat foydasi uchun egallagan ixtisosliklari b

о

‘yicha ishga

joylashtirish lozimligini tushuntirgan.


background image

157

Sohibqironning bunday ishlarini chuqur bilgan Ibn Arabshohning: “Temur har

qanday hunar va kasb b

о

‘lmasin, agar unda biron fazilat va sharofat b

о

‘lsa, kasb

egalariga g‘oyatda mehr q

о

‘yar edi”[9], - deb yozishi ham buni isbotlaydi

Mamlakatdagi har bir ishning muvaffaqiyatli b

о

‘lishini, shu soha olimlari,

mutaxassislaridan talab qilgan. Shu maqsadda u: “Ilm va dinning mashhur kishilari

о

‘z

maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar”[8], - deb yozgan edi. Sababi

ularning jamiyatdagi insonlarni mamlakat nazarda tutgan dastur va mafkura b

о

‘yicha

odil siyosat tushunchasi bilan shakllantirish borasidagi ta’siri, el-ulusga xizmatlari

ulug‘ ekanligini bildi[9].

Amir Temur davlatda bilimni, hunarni rivojlantirish uchun eng kerakli

qurollardan biri – bu soha b

о

‘yicha yozilgan ilmiy kitoblar deb hisoblaydi. “Kitob yoki

yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi”, - deb

ta’kidlagan. Kitobning insonlarni bilim orqali ongli qilishdagi, tarbiyalashdagi, ilm

о

‘rgatishdagi xizmatiga alohida e’tibor berib, “Kitob (bitik) - barcha bunyodkorlik,

yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni

о

‘rgatuvchi

murabbiydir”, – deb baholagan edi.

Ilmning negizi kitob ekanligini yaxshi bilgan Amir Temurning saltanat poytaxti

Samarqandda dunyoga dong‘i ketgan va k

о

‘pgina olimlarning, davlat boshliqlarining

diqqatini

о

‘ziga tortgan katta kutubxona tashkil qilganligi ma’lum.

Bunda yoshlarning bilim olishi, ayniqsa, olimlarning har xil ilm sohalaridan

ishlar olib borishi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan. Kutubxonaga

Sharqda Hindiston bilan Xitoydan boshlab, G‘arbda Rossiya, Armaniston, Rumgacha

ch

о

‘zilgan mamlakatlarda yaratilgan yuzlab, minglab q

о

‘lyozma kitoblar jamlangan

edi. Masalan, Amir Temur Kichik Osiyoni bosib olganda qadimgi madaniyat markazi

Bursa shahrida qadimiy va juda boy kutubxonaga duch kelgan edi. U bu kitoblarni yuk

tashiydigan jonivorlarga ortib, Samarqandga k

о

‘chirtirgan[6].

Sohibqiron tashkil etgan kutubxonadan faqat Sharq xalqlari tilidagina emas,

balki grek, lotin, arman, gruzin va boshqa tillarda yozilgan kam nusxadagi noyob tabiiy


background image

158

– matematik va diniy kitoblar ham

о

‘rin olgan. Bular ilm va madaniyatni keng

tarqatishda juda ahamiyatli vazifalarni bajargan[10].

Shunday qilib, Sohibqiron Amir Temurning ilm-fanni rivojlantirish haqidagi

fikrlari va qarashlari juda keng masalalarni

о

‘z ichiga qamrab olib, Temuriylar

davrining gullab-yashnashi ushbu davrdagi Temur sivilizatsiyasi yutuqlarining

dovrug‘ taratishiga asos b

о

‘lgan.

Amir Temur

о

‘z davlatida xalqning osoyishtalikda, farovon baxtli yashashida va

elni odilona boshqarishda eng asosiy ta’sir etuvchi omillardan biri bilim, ma’rifat, ilm-

fan sohalarini rivojlantirish deb hisoblagan. Aqliy tarbiya, diniy va dunyoviy ilmlar

insonni har taraflama rivojlanishida katta ahamiyatga egaligini yaxshi tushungani

uchun madaniyat, ma’rifat, ma’naviyat gullab-yashnagan.

Адабиётлар рўйхати

;

Библиографические ссылки

; References:

1.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг

2020

йил

24

январдаги Олий Мажлисга мурожаатномаси

.

Халқ сўзи

, 2020

йил

26

январь

.

2.

Қуронов М

.,

Тўраев Ш

.

ва бошқалар

.

Миллий тарбия ва ёшлар

дунёқарашини шакллантириш

.

Ўқув қўлланма

. –

Т

.:

Мухаррир

, 2017. –

Б

. 70.

3.

Зоҳидов П

.

Темур даврининг меъморий қаҳқашони

.

Т

.:

Шарқ

, 1992. –

Б

.19.

4.

Каримов Ш

.

,

Шамсуддинов Р

.

Соҳибқирон Амир Темур ва унинг

салтанати

.

Андижон

: 1995. –

Б

. 192.

5.

Бобоев Ҳ

.

Амир Темур ва темурийлар салтанати

.

Т

.:

Камалак

, 2006. –

Б

.

199.

6.

Қодиров М

.

Темур ва Темурийлар даврида томоша санъатлари

.

Т

.:

Ғафур

Ғулом

, 1996. –

Б

. 64.

7.

Амир Темур илм-фан ва маданият ҳомийси

//

Халқаро илмий конференция

материаллари

.

Т

.:

Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат

. 2012.

104

б

.

8.

Темур тузуклари

. –

Т

.:

Ўзбекистон

, 2013. –

Б

. 89

9.

Каюмов А

.

Амир Темур қиссалари

.

Т

.:

Ёзувчи

, 1996. –

Б

. 32.

10.

Дадабоев Ҳ

.

Амир Темурнинг ҳарбий маҳорати

.

Т

.:

Ёзувчи

, 1996. –

Б

. 94.


background image

159

11.

Рустамбаев

,

М

.

Х

. "

Ўзбекистон Республикаси жиноят кодексига шарҳлар

.

Махсус қисм

."

Тошкент

,

Илм зиё

(2006).

Библиографические ссылки

Узбекистан Республикаси Президента Ш.М.Мирзиёевнинг 2020 йил 24 январдаги Олий Мажлисга мурожаатномаси. Халк сузи, 2020 йил 26 январь.

Куронов М., Тураев Ш. ва бошкалар. Миллий тарбия ва ёшлар дунёкарашини шакллантириш. Укув кулланма. - Т.:Мухаррир, 2017. - Б. 70.

Зохидов П. Темур даврининг мсъморий кахкашони. - Т.: Шарк, 1992. -Б.19.

Каримов Ш., Шамсуддинов Р. Сохибкирон Амир Темур ва унинг салтанати. - Андижон: 1995.-Б. 192.

Бобосв X,. Амир Темур ва темурийлар салтанати. - Т.: Камалак, 2006. - Б. 199.

Кодиров М. Темур ва Темурийлар даврида томоша санъатлари. -Т.: Тафур Гулом, 1996. - Б. 64.

Амир Темур илм-фан ва маданият хомийси // Халкдро илмий конференция материаллари. - Т.: Гафур Гулом номидаги адабиёт ва санъат. 2012. - 104 б.

Темур тузуклари. - Т.: Узбекистан, 2013. - Б. 89

Каюмов А. Амир Темур киссалари. - Т.: Ёзувчи, 1996. - Б. 32.

Дадабоев X- Амир Темурнинг харбий махорати. -Т.: Ёзувчи, 1996. - Б. 94.

Рустамбаев, М. X. "Узбекистан Республикаси жиноят кодексига шархдар.Махсус кием." Тошкент, Илм зиё (2006).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов