Mutrib asarlaridagi matn tafovutlari tahlili

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
15-26
11
7
Поделиться
Мадиримова, С. (2023). Mutrib asarlaridagi matn tafovutlari tahlili. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 15–26. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2022-pp15-26
Сахиба Мадиримова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

Доктор философии (PhD) в области филологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Xorazm adabiy muhiti shoiri Muhammad Hasan Mutrib Hoji Tabib o‘g‘lining (1853–1923) lirik she’rlari matnshunoslik aspektida tadqiq qilingan. Shoirning nashr qilingan she’rlari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida 903/IV, 906/VII raqami ostida saqlanayotgan qo‘lyozmalari, Laffasiyning 12561 raqamli tazkira qo‘lyozmasiva, Matnazar Pirnazarovning “Mutrib Xonaxarobiy (Risola majmua)”si, Bolta Davlatovning “Xorazm haqiqati” gazetasi (1991-yil, 20-iyul soni), “Guliston jurnali” (1974-yil 7-soni), Polvonnazir Bobojonov (Laffasiy. Tazkirayi shuaro. 1992) tomonidan nashr qilingan she’rlari qiyoslab o‘rganilgan.
Mutrib devoni qo‘lyozmasini joriy imlodagi nashri bilan qiyosiy o‘rganish natijasida aniqlangan farqlar ilmiy tasnif etilgan va tahlil qilingan. Qiyosiy tahlillar natijasida Mutrib devonining mukammal nashrlarini tayyorlash matnshunoslik oldidagi dolzarb vazifalardan ekanligi ta’kidlangan.


background image

ISSN 2181-922X

15

26

Mutrib asarlaridagi matn tafovutlari tahlili

Sohiba Madirimova

1

Abstrakt

Ushbu maqolada Xorazm adabiy muhiti shoiri Muhammad Hasan

Mutrib Hoji Tabib o‘g‘lining (1853–1923) lirik she’rlari matnshunoslik

aspektida tadqiq qilingan. Shoirning nashr qilingan she’rlari, O‘zbekiston

Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida 903/IV, 906/VII

raqami ostida saqlanayotgan qo‘lyozmalari, Laffasiyning 12561-raqamli

tazkira qo‘lyozmasiva, Matnazar Pirnazarovning “Mutrib Xonaxarobiy

(Risola-majmua)”si, Bolta Davlatovning “Xorazm haqiqati” gazetasi

(1991-yil, 20-iyul soni), “Guliston jurnali” (1974-yil 7-soni), Polvonnazir

Bobojonov (Laffasiy. Tazkirayi shuaro. 1992) tomonidan nashr qilingan

she’rlari qiyoslab o‘rganilgan.

Mutrib devoni qo‘lyozmasini joriy imlodagi nashri bilan qiyosiy

o‘rganish natijasida aniqlangan farqlar ilmiy tasnif etilgan va tahlil

qilingan. Qiyosiy tahlillar natijasida Mutrib devonining mukammal

nashrlarini tayyorlash matnshunoslik oldidagi dolzarb vazifalardan

ekanligi ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar:

matn, devon, qo‘lyozma manba, asliyat, tabdil, g‘azal,

maqta’, bayt, band,nashr nusxa, qiyosiy tahlil.

Kirish

Har qanday asarning manbalararo matniy tafovutlarini

aniqlash va muallif variantiga yaqin mukammal variantini tiklash

matnshunoslikning asosiy muammolaridan hisoblanadi. Shu payt-

gacha Mutrib ilmiy faoliyati xususida ba'zan umumiy tarzda, ba'zan

maxsus maqolalar e'lon qilingan bo‘lsa-da, shoir she'rlari matniy

jihatdan maxsus tadqiq etilmagan. Shoirning XIX asr oxiri XX asr

boshlarida ko‘chirilgan devon qo‘lyozmalari, qo‘lyozma bayozlar,

majmua (to‘plam) hamda tazkiralarga kiritilgan she'rlaridan ayrim-

lari joriy imloda nashr etilgan. Ushbu nashrlarni shoir asarlarining

asliyati bilan qiyoslaganda ular orasida matniy tafovutlar borligi

1

Madirimova Sohiba Mahmudovna

– filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-mail:

madirimovasoxiba@navoiy-uni.uz

;

madirimova555@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-8609-6351

Iqtibos uchun:

Madirimova, S.М. 2022. “Mutrib asarlaridagi matn tafovutlari

tahlili”.

O‘zbekiston: til va madaniyat”

1 (2):

15-26.

15

Uzbekistan: Language and Culture 2022/1(2)


background image

ko‘zga tashlanadi. Bunday matniy xatoliklar tabiiyki, ayrim o‘rinlar-

da so‘zlarning noto‘g‘ri o‘qilishiga olib kelgan bo‘lsa, ayrim hollarda

shoir ifodalamoqchi bo‘lgan poetik mazmunning o‘zgarib ketishiga,

mantiqdan uzoq g‘aliz jumlalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Bu

esa o‘z navbatida, Mutrib asarlarining asliyat asosidagi qiyosiy-mat-

niy tadqiqini amalga oshirishni kun tartibiga qo‘yadi.

Asosiy qism

Mutrib lirik asarlari asliyati (devon qo‘lyozmalari, qo‘lyoz-

ma tazkira, majmua (to‘plam), bayozlardagi she'r matnlari) bilan

ularning nashr variant (hozirgi kunda e'lon qilingan vaqtli matbuot

nashrlari, shoir she'rlarining turli to‘plam(risola-majmua, o‘zbek

adabiyoti xrestomatiyasi)lari o‘zaro muqoyasa etildi. Ta'kidlanga-

nidek, shoir asarlari nashrga tayyorlanish jarayonida o‘zgarishlarga

uchragan va bu o‘zgarishlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

-

so‘zlarning noto‘g‘ri o‘qilishi;

-

qo‘shma so‘zlarning to‘g‘ri yozilmasligi;

-

so‘zlarning leksik jihatdan farq qilishi;

-

bayt va misralarning tushib qolishi.

So‘zlarning noto‘g‘ri o‘qilishi.

Shoir she'rlari nashrida so‘z

va misralarning noto‘g‘ri o‘qilishi juda ko‘p o‘rinlarda ko‘zga tash-

lanadi. Bu hol shoir asarlari mohiyatan asliyatdan uzoqlashishi-

ga hamda poetik mazmunining o‘zgarishiga olib kelgan. Masalan,

Mutribning “Guliston jurnali” 1974-yil 7-son 28-sahifasiga ko‘chiril-

gan “Etding mani” radifli g‘azalining birinchi misrasida “beixtiyor”

so‘zi uch- raydi. Bu so‘z nashrga “ne ixtiyor”, shu baytning ik-

kinchi misrasidagi “ruxingg‘a” so‘zi esa, “zahingg‘a” tarzida noto‘g‘ri

berilgan:

Jono, yuzing ko‘rgan chog‘i

ne ixtiyor

etding mani,

Sham'i

zahingg‘a

har zamon parvonavor etding mani.

“Ixtiyor” so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, tanlash, saylash,

xohish, erk, huquq kabi ma'nolarni bildirsa-da, “be” qo‘shimchasi bi-

lan (be+ixtiyor) kelganda ixtiyorsiz, ixtiyori o‘zida bo‘lmagan kishi

tasviri anglashiladi. Nashrdagi “ne ixtiyor” hamda “zahingga” so‘z-

larining berilishi orqali mazmun quyidagicha o‘zgaradi:

jono, sani

ko‘rgan chog‘imda mani ne (nega) ixtiyor etib qo‘yib, har zamonda

shamdek yorug‘ zahingg‘a parvonavor etding.

Tabdil qilish jarayonida asliyatdagi

یبرایتخا

so‘zidagi “

یب

” (be)

harfiga qo‘yilgan nuqta ust qismida qo‘yilgan bo‘lsa,

ینرایتخا

(ne ixtiy-

or) bo‘lib o‘qilgan.

حر

(rux) so‘zidagi “

ر

” (re) harfini ustiga qo‘yilgan

nuqtani ham xuddi shu shaklda izohlash mumkin. Biroq so‘zlarning

16

Sohiba MADIRIMOVA


background image

noto‘g‘ri o‘qilishi bayt mazmuniga ta'sir etgan.

Ushbu bayt B[Mutrib. Devon. Qo‘lyozma. 903/IV,264

a

] tayanch

yordamchi manbada quyidagi ko‘rinishda uchraydi:

Jono, yuzing ko‘rgan chog‘i beixtiyor etding mani,

Sham'i ruxingg‘a har zamon parvonavor etding mani.

Baytning nasriy bayoni:

jono, sani ko‘rgan chog‘imda mani ix-

tiyorsiz etib qo‘yib, yuzingning sham'ig'a parvonavor etding.

G‘azalning o‘ninchi misrasida “behad xumor etding mani”

birikmasi uchraydi. Bu birikma nashrga “

bad

xumor etding mani”

kabi tahrir etilgan:

Jonimni o‘rtab hajr aro la'ling tamannosi uchun,

Shirin kaloming shahdig‘a

bad

xumor etding mani.

B tayanch yordamchi manbada:

Jonimni o‘rtab hajr aro la'ling tamannosi uchun,

Shirin kaloming shahdig‘a behad xumor etding mani.

“Behad” so‘zi “hadsiz”, “cheksiz” kabi ma'nolarni bildiradi.

“Badxumor” so‘zi forsiy, arabiy so‘zlardan yasalgan bo‘lib, “ichkilik-

dan keyingi eng yomon holat, o‘ta xumori” ma'nosini beradi.

Baytda anglashilgan ma'no (B tayanch yordamchi manbada-

gi):

labingni orzusi uchun ayriliqda jonim o‘rtandi, (sen esa) shirin

so‘zingni bolig‘a behad (hadsiz, cheksiz) xumor etding.

Nashrda:

labingni orzusi uchun ayriliqda jonim o‘rtandi, (sen

esa) shirin so‘zingni bolig‘a badxumor etding.

Xorazm lahjasida “badxumor” so‘zi “juda yomon xumor

bo‘ldim” mazmunida ham ishlatiladi. Ko‘ringanidek, bayt mazmu-

nida unchalik o‘zgarish sezilmasa-da, vazn jihatida xatolik yuzaga

kelgan. Shu g‘azalning oltinchi baytida ham qo‘yidagicha o‘zgarishni

ko‘rish mumkin:

Ko‘rgach yuzung tobonini

toki

chaman sayronida,

Doim firoq ichra g‘aming

chekkani zor

etding mani.

Ushbu bayt V tayanch yordamchi manbada bunday ko‘chiril-

gan:

Ko‘rgach yuzung tobonini nogah chaman sayronida,

Doim firoq ichra g‘aming

changiga tor etding mani.

G‘azal rajazi musammani solim (mustaf'ilun, mustaf'ilun,

mustaf'ilun, mustaf'ilun: - - V -/ - - V -/ - - V -/ - - V -) vaznida

yozilgan.

17

Mutrib asarlaridagi matn tafovutlari tahlili


background image

Nashrda “nogah” so‘zi “toki”, “changiga tor etding mani”

birikmasi esa “chekkani zor etding mani” kabi tahrirga uchrashi

bayt mazmunida g‘alizlikni yuzaga keltirgan. Bayt mazmundan

oshiq

gulzorda aylanib (chaman sayronida) yurganida nogahon yorning

chaqnab turgan yuzini ko‘rganligini bayon etadi va shu bilan yor (uni)

doim ayriliq g‘amida cholg‘u asbobiga tor etgani mazmuni anglash-

iladi.

“Toki” so‘zi bog‘lovchi vazifasida keladi. Ammo baytda maqsad,

mazmunni ochib bermaydi. “Nogah” so‘zi esa bir zumda, tez fursatda

yuzaga kelgan voqea. “Chekkani zor” birikmasi hech qanday ma'no

anglatmaydi.

Matnazar Pirnazarov tadqiqot ishida shoir g‘azallarida

ko‘plab badiiy san'atlar qo‘llanilganiga doir misollarni keltiradi.

Ilmiy tahlillar asosida shoirning badiiy mahorati ochib beriladi.

Biroq bu misollardagi so‘zlarning matniga e'tibor qaratilsa, ularda

ayrim matniy farqlar borligi ko‘zga tashlanadi. Masalan, M.Pirnaza-

rov

“Mutribning san'atkorlik mahorati”

faslida:

“... Xalq poeziyasida

yozma she'riyatda ham poetik fonetika alliteratsiya usulining maz-

mun va shaklga ijobiy ta'siri bor. Mutribning quyidagi “S” tovushining

takrorlanishi shu jihatdan xarakterli:

Sazrin

kaloming Mutribo

s

argashtani

sayd

etib,

Har bir so‘zing, ey maxliqo, jon bergusi jon bergusi”

– tarzida shoirning

takrorga asoslangan yoyiq radifli

g‘azalin-

ing maqta' qismidan misol keltiradi [Pirnazarov 1973, 87-97]. Xo‘sh,

ushbu baytdagi “

poetik fonetika alliteratsiya usuli

” qay holatda yuza-

ga kelgan, so‘zlarning noto‘g‘ri o‘qilishi evazigami? Baytdagi “sayd”

so‘zi g‘azalning vazniga hamda mazmuniga ta'sir etadi. “Sazrin” so‘zi

esa xato o‘qilgan. Aslida bu bayt: “

Ey Mahliqo, (sening) shirin so‘zing

boshi aylangan Mutribni xursand etadi. Ey oy yuzli (yor), har bir

so‘zing jon bag‘ishlaydi, jon bag‘ishlaydi

” mazmuniga ega! Qo‘lyozma

devon[Mutrib. Devon. Qo‘lyozma. 903/IV, 261

a

]da esa ushbu bayt:

Shirin kaloming Mutribi sargashtani xursand etib,

Har bir so‘zing, ey mohliqo, jon bergusi, jon bergusi –

kabi

ko‘chirilgan

.

Alliteratsiya san'ati esa, muayyan tovushlar takroriga qu-

riladi. Yuqorida qayd etilgan misralarda esa faqat “sargashta” va

“xursand” so‘zlarida “s” tovushi takrorlangan. Tabiiyki, biz buni tom

ma'nodagi alliteratsiyaga misol bo‘la oladi, deb hisoblay olmaymiz.

Alliteratsiya (Tavze) – she'rda, jumlada, bandda va qisman nasriy

asarlarda ham bir xil undosh tovushlarning takrorlanishi. Tovush-

lar ohangdorligi, asosan bir xil tovushlarning takrorlanishidan ho-

sil bo‘lgan ohangdoshlik alliteratsiya deb yuritiladi [O‘ZME, 2000,

18

Sohiba MADIRIMOVA


background image

40].Bunga misol qilib Furqatning “

Sayding qo‘yaber, sayyod, sayyora

ekan mendek...

” misrasi bilan boshlanuvchi musaddasi yoki bo‘lmasa,

E.Vohidovning “

Qaro qoshing, qalam qoshing, Qiyiq qayrilma qoshing

qiz...

” [O‘ZME 2000, 40] kabi misralari bilan boshlanuvchi she'rlari-

ni eslash kifoya. Dastlab, Polvonnazir Bobojonov tomonidan tayyor-

langan nashr xususida to‘xtalamiz. U Laffasiy tazkirasini tabdilida,

“Mutribkim, Muhammad Husayin devon Hoji tabib o‘g‘li” - “Husayin”

deb beradi, ammo Mutrib otasining ismi “Hasan”. Qo‘lyozmada ham

نسح

” berilgan .“Husan” bo‘lishi uchun bu ism arabchasi “

نیسح

” kabi

yozilishi kerak. Nashr jarayonida, bu ism tarixiy manbalardan xabar-

siz holda “Husan” tarzida xato o‘qilgan[Laffasiy 1992,84-85].Bundan

tashqari, shoirning ushbu nashrda e'lon qilingan 7 baytli “paydo”

radifli g‘azali matnida “

so‘zlarning noto‘g‘ri o‘qilishi

”, “

qo‘shma so‘zlar-

ning to‘g‘ri yozilmasligi

”, “

so‘zlarning leksik jihatdan farq qilishi

kabi bir qancha matniy nomuvofiqliklar ko‘zga tashlanadi. Bu g‘azal

Matnazar Pirnazarov tomonidan nashrga tayyorlangan “Mutrib

Xonaxarobiy (risola-majmua)”sida hamda Bolta Davlatovning “Xo-

razm haqiqati” gazetasi [Davlatov 1991, 5] da ham nashr qilingan.

Matndagi farqlar B [Mutrib. Devon. Qo‘lyozma. 903/IV,203

b

], D

[Mutrib. Devon. Qo‘lyozma. 906/VII,238

b

] tayanch yordamchi man-

balar hamda Laffasiyning 12561 (140

a

-bet) raqamli qo‘lyozma taz-

kirasi asosida qiyosiy o‘rganildi.

G‘azalning birinchi baytidagi “hamdingdin” so‘zi Matnazar

Pirnazarov tayyorlagan risola-majmuaga “hamdamingdin” shaklida

o‘zgarishga uchragan:

Zihi jonlarg‘a

hamdamingdin

bo‘lib fayzu safo paydo,

Xayolingdin ko‘ngullarga bo‘lib har muddao paydo.

Tayanch yordamchi manbalarda, Laffasiyning qo‘lyozma taz-

kirasida, B.Davlatov hamda P.Bobojonov tayyorlagan nashrlarda

quyidagicha to‘g‘ri beriladi:

Zihi jonlarg‘a hamdingdin bo‘lib fayzu safo paydo,

Xayolingdin ko‘ngullarga bo‘lib har muddao paydo.

G‘azal hazaji musammani solim(mafoiylun, mafoiylun, mafoi-

ylun(V---/V---/V---/V---) vaznida yozilgan.

“Hamdam” so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, ulfat, birga yuruv-

chi; o‘rtoq, do‘st degan ma'nolarni beradi. “Hamd” so‘zi esa arab ti-

lidan olingan bo‘lib, 1. Maqtov madh; 2. Shukr, tashakkur deganidir

[Shamsiyev va boshqalar 1973, 763].

Baytning ma'nosi:

Sening hamdingdan jonlarga naqadar

ajoyib fayz-u safo hosil bo‘lib, Sen haqingda xayol surishdan ko‘ngul-

19

Mutrib asarlaridagi matn tafovutlari tahlili


background image

lardagi barcha muddao-maqsadlar yuzaga chiqadi.

Nashrdagi bayt mazmuni:

Sening do‘stligingdan jonlarga

naqadar ajoyib fayzu safo hosil bo‘lib, Sen haqingda xayol surishdan

ko‘ngullardagi barcha muddao-maqsadlar yuzaga chiqadi.

Baytdagi “hamd” so‘zi “hamdam” deb noto‘g‘ri o‘qilganligi sa-

babli baytdagi ma'no o‘zgarib, mazmunga ta'sir qilgan.

Ushbu g‘azalning uchinchi bayti Laffasiy qo‘lyozma tazkirasi-

da quyidagicha ko‘chirilgan:

Qilib charx uzra xurshid ... mahnijilvagar tun-kun,

Olardin qudrating

bir

la jumla(y)i olamg‘a ziyo paydo.

Ushbu baytda “-ila” bog‘lovchi tushib qolgan.Keyingi mis-

radagi bog‘lovchi vazifasida kelgan “-la” so‘zi o‘zgarib, “birla” shak-

lida berilgan.

Tazkira nashrida:

Qilib charx uzra xurshid

monand

jilvagar tun-kun,

Olardin qudrating

la

jumla

_

olamg‘a ziyo paydo.

“Monand” [Shamsiyev va boshqalar 1973, 397] so‘zi fors

tilidan olingan bo‘lib, “o‘xshash” degani. Baytdagi “xurshid ila mahni”

birikmasi “xurshid monand” bo‘lib o‘zgaradi. Bundan tashqari “-la”

bog‘lovchisi she'riy shaklda berilganda chiziqcha bilan yozilishi

maqsadga muvofiqdir. Bu bilan baytda imloviy xatoga yo‘l qo‘yilgan.

“Jumlayi olamg‘a” birikmasining “jumla olamg‘a” bo‘lib kelishida izo-

fa berilmagan. Ushbu bayt risola-majmuada quyidagicha uchraydi:

Qilib

charxi xurshid ila to jilvaki

tun-kun,

Olardin qudrating-la jumla

_

olamg‘a ziyo paydo

[Pirnazarov 1974, 5].

B.Davlatov tamonidan tayyorlangan nashrda:

Qilib

xurshid charx uzra ajoyib jilvagar

tun-kun,

Olardin qudrating

la

jumlai olamga ziyo paydo.

Tayanch yordamchi manbalarda quyidagicha to‘g‘ri berilgan:

Qilib charx uzra xurshid ila mahni jilvagar tun-kun,

Olardin qudrating-la jumlayi olamg‘a ziyo paydo.

Baytning nasriy bayoni:

Osmonda oy va quyoshni tunu kun

nur-jilva sochuvchi qilib qo‘ygansan. Bu ikkovidan Sening qudrating

bilan butun olamga ziyo-yorug‘lik paydo bo‘ladi.

Quyida shu g‘azalning to‘rtinchi bayti qo‘lyozma tazkirada

hamda tayanch yordamchi manbalardagidek aynan saqlangan:

Birov husn avji uzra guljabinu qaddimavzundur,

20

Sohiba MADIRIMOVA


background image

Birovda ishq aro bulbul kabi tun-kun navo paydo.

Bu to‘rtinchi bayt nashrlarda quyidagicha beriladi:

M.Pirnazarov tayyorlagan risola-majmuada,

Birov husn

i

avji uzra

jibin

qaddi mahzundur,

Birov

to

ishq aro bulbul kabi tun-kun navo paydo.

P.Bobojonov nashrida:

Birovkim husnu shavqda guljabinu

qaddi mavzundur,

Birov__ ishq aro bulbul kabi tun-kun navo paydo.

B.Davlatov nashrida:

Birov husn

ahli ichra gul jabinu

qaddi

muzundur

,

Birovda ishq aro bulbul kabi tun-kun navo paydo.

G‘azalning beshinchi baytidagi “shavq” so‘zi risola-majmua-

da “ishq” bo‘lib tahrir etilgan. “Oshiqlaringg‘a” so‘zidagi “-ga(-g‘a)”

jo‘nalish kelishigi esa tushib qolgan. Natijada bayt mazmuni o‘zgarib,

vazn saktaligi yuzaga kelgan. Ushbu bayt quyidagicha:

Bu yanglig‘ husn ila ma'shuqliq izhor etib, har dam,

Qilib oshiqlar

ing ishq

aro bo‘yi vafo paydo.

Bu bayt B.Davlatov nashrida:

Bu yanglig‘ husn ila

ma'shuqaliq

izhor etib,

hardam

,

Qilib oshiqlar

iga

shavq aro bo‘yi

safo

paydo.

Tayanch yordamchi manbalar, Laffasiy qo‘lyozma tazkirasi

hamda P.Bobojonov tayyorlagan nashrda shoir devon qo‘lyozmala-

ridagi kabi quyidagicha to‘g‘ri beriladi:

Bu yanglig‘ husn ila ma'shuqliq izhor etib, har dam,

Qilib oshiqlaringg‘a shavq aro bo‘yi vafo paydo.

Baytning nasriy bayoni:

bunga o‘xshash husn bilan har dam

ma'shuqliqni izhor etib-ko‘rsatib, oshiqlaringga shavq bilan vafoning

hidini-asarini(izini) paydo qilasan.

Shu g‘azalning o‘n ikkinchi misrasida “naxl” so‘zi uchraydi.

Bu so‘z P.Bobojonov, B.Davlatovlar nashrlarida “nahl” bo‘lib beril-

gan. “X”ning o‘rniga “h” harflarining yozilishi bayt mazmunining

o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Masalan, “naxl” so‘zi arabchadan olingan

bo‘lib, 1. Ko‘chat, yosh daraxt; 2. Xurmo daraxti ma'nolarini anglatsa,

“nahl” esa “asalari” degan ma'noni beradi. Ushbu bayt quyidagicha:

Etib lutfing bahori tiyra tufroqdin jahon ichra

Ming alvon

ne'matu

yer uzra

nahli

dilkusho paydo.

21

Mutrib asarlaridagi matn tafovutlari tahlili


background image

Baytdagi “ne'matu yer” (ne'mat va yer) shaklida berilgan

birikma matn kontekstida tarqoqlikni yuzaga keltiradi. Tayanch yor-

damchi manbalarga, qo‘lyozma tazkiraga hamda risola-majmuaga

“ne'mati yer”, ya'ni “yerni ne'mati” bo‘lib to‘g‘ri berilgan:

Etib lutfing bahori tiyra tufroqdin jahon ichra

Ming alvon ne'mati yer uzra naxlidilkusho paydo.

Baytning nasriy bayoni:

Sen lutfing bahori bilan qora tup-

roqdan jahonda ming turli dilni yayratuvchi-ochuvchi yangi-yangi

ne' matni yer yuzida paydo qilasan.

G‘azalning maqta' qismidagi “iymon” so‘zi risola-majmuada

“imon” shaklida, payt mazmunini ifodalovchi “to” so‘zi esa tushib

qolgan:

Solib ko‘nglumga

imon

gavharin

__

naqdi jon

chiqqach

,

Ilohi,

aylagil Mutribg‘a andog‘ rahnamo paydo.

Ushbu bayt B.Davlatov nashrida:

Solib ko‘nglumga

imon

gavharin to naqdi jon

chiqqach

,

Ilohi,

aylagil Mutribg‘a andog‘ rahnamo paydo.

Tayanch yordamchi manbalarda, qo‘lyozma tazkirada hamda

P.Bobojonov tayyorlagan nashrda quyidagicha to‘g‘ri berilgan:

Solib ko‘nglumga iymon gavharin to naqdi jon chiqg‘ach,

Iloho, aylagil Mutribg‘a andog‘ rahnamo paydo.

G‘azal maqta'si shoirning yaratuvchiga jon chiqar paytida iy-

monini salomat saqlashni so‘rab, qilgan iltijosi bilan tugaydi. Nashr-

larda berilgan ushbu baytdagi farqlar bayt mazmuniga unchalik

ta'sir etmagan bo‘lsa-da, vaznga ta'sir etgan o‘rinlar seziladi.

Bayt va misralarning tushib qolishi.

B [Mutrib. Devon.

Qo‘lyozma. 903/IV,264

a

] tayanch yordamchi manbada Mutribning

“Etding mani” radifli g‘azali berilgan. G‘azal 7 baytdan iborat bo‘lib,

u “Gulistonjurnali”ning 1974-yil 7-sonida nashr etilgan. Biroq g‘azal

nashrda 6 bayt shaklida uchraydi:

Nazzorayi husning uchun har lahza furqat dashtida,

Qon yig‘latib, dahr ahlig‘a bee'tibor etding mani

[Pirnazarov

1974, 28].

Bu bayt devon qo‘lyozmasiga to‘rtinchi o‘rinda keladi. Ammo

asossiz ravishda nashrdan tushirib qoldirilgan.

B [Mutrib. Devon. Qo‘lyozma. 903/IV,205

b

], D [Mutrib. Dev-

on. Qo‘lyozma. №906/VII, 139

b

] tayanch yordamchi manbalarga

“fido” radifli 7 baytli g‘azal ko‘chirilgan. Bu g‘azal ham M.Pirnaza

-

22

Sohiba MADIRIMOVA


background image

rovning “Mutrib Xonaxarobiy (Risola-majmua)” [Pirnazarov 2001,

7]risolasiga 6 bayt qilib beriladi. Quyidagi bir bayt nashrdan tushib

qolgan va u devon qo‘lyozmalarida to‘rtinchi bayt o‘rinida kelgan:

Rahm etib, kulbam sori qilsang xiromon noz ila,

Jismi jonim yo‘linga, ey ko‘nglum olg‘onim, fido.

Mutribning B[Mutrib. Devon. Qo‘lyozma. 903/IV,208

a

],

D [Mutrib. Devon. Qo‘lyozma. 906/VII,241

b

] tanyach yordamchi

manbalarga ko‘chirilgan “Yo rab” radifli 7 baytli g‘azali ham risola-

majmua [Pirnazarov 2001. 11] da 6 bayt tashkil etadi.

Vafo mehrin tilab ajzu niyoz etsam janobig‘a,

Qilur har kun fuzunroq, jonima javru sitam, yo, rab.

Yuqoridagi bayt asliyatda beshinchi o‘rinda berilgan.

B [Mutrib. Devon. Qo‘lyozma. 903/IV,208

b

], D [Mutrib. Devon.

Qo‘lyozma. 906/VII, 242

a

] tayanch yordamchi manbalardagi 7 baytli

Ko‘rub

” radifli g‘azal risola-majmua [Pirnazarov 2001. 11]ga 5 bayt

qilib berilgan. Nashrdan tushib qolgan ikki bayt quyidagicha:

Ming turfa savdolar solib boshimg‘a qotil ko‘zlari,

Rahm etmas hijron

1

qaydida iki ko‘zum qonin ko‘rub.

Bilmon ne zolimdur, manga ortar jafosi dambadam,

Qilmas dame obod hazin ko‘nglumni vayronin ko‘rub.

Ushbu baytlar tayanch yordamchi manbalarda to‘rtinchi

hamda oltinchi bayt bo‘lib kelgan.Misollardan ko‘rinadiki, baytlarni

tushirib qoldirishga asos yo‘q. Ehtimol noshirlar nashrga tayyorla-

gan manbada baytlar ko‘chirilmagandir.

B [Mutrib. Devon. Qo‘lyozma. 903/IV, 230

a

-228

a

] tayanch yor-

damchi manbadan o‘rin olgan “

Ketur soqiyo sog‘ari lolarang

” misrasi

bilan boshlanuvchi mutaqoribi musammani mahzuf vaznida yozil-

gan 10 baytli g‘azal risola-majmua [Pirnazarov 2001. 30] da 8 bayt.

Tushib qolgan baytlar quyidagicha va ular asliyatda yettinchi hamda

sakkizinchi o‘rinda berilgan:

Boshimg‘a tushub hajr aro ko‘p alam,

Havo birla nafsimga bergach malang.

Labi yodida manda hyech qolmadi,

Ne osori xushu, ne nomusu nang.

B [Mutrib. Devon. Qo‘lyozma. 903/IV, 233

b

], D [Mutrib. Devon.

1Ushbu g‘azalning “Rahm etmas hijron qaydida iki ko‘zum qonin ko‘rub” misrasi:

----/--V-/--V-/--V- shaklida bo‘lib qolgan. G‘azal rajazi musammani solim vazni

(mustaf’ilun, mustaf’ilun,mustaf’ilun,mustaf’ilun: --V-/--V-/--V-/--V-) da yozilgan.

23

Mutrib asarlaridagi matn tafovutlari tahlili


background image

Qo‘lyozma. №906/VII, 256

a

] tayanch yordamchi manbalardagi “

Say-

ri gulshan aylarga, ey go‘zal, xiromon qil

” misrasi bilan boshlanuvchi

7 baytli g‘azal risola-majmuada 6 bayt [Pirnazarov 2001, 31]. Tushib

qolgan bayt shoir devon qo‘lyozmalariga beshinchi baytda keladi.

Ushbu bayt quyidagicha:

Uch aysh uzra ulfat bo‘lmoqingni izhorin,

Qolsun anglamay ag‘yor ishq ishini pinhon qil.

B[Mutrib. Devon. Qo‘lyozma. 903/IV, 194

a/b

] tayanch yordam-

chi manbadagi “

Ey sho‘x, g‘amza tiyg‘ini chekmak nedur jon ustina

misrasi bilan boshlanuvchi 7 baytli g‘azal risola-majmuada faqat 6

bayt shaklida berilgan:

O‘lturdi g‘amzang novaki gulshan aro ko‘rgan kishi,

Shirin kaloming dur sochib, man zori hayron ustina.

Gul orazing uzra ajab zeb ila mushkin xollari,

Ne xush yaroshur borchasiul la'li xandon ustina.

[Pirnazarov, 2001. 35].

Nashrda bu g‘azalning birinchi bayti ikkinchi misrasi, ikkin-

chi bayti uchinchi misrasi sababsiz qisqartirilgan. Bundan tashqari

“kishi” so‘zi nashrga “chog‘i” bo‘lib tahrir etilgan. Bu hol mazmun-

ga ta'sir etmasa-da, keyingi o‘rindagi “borchasi” so‘zining “-si” ega-

lik qo‘shimchasi tushib qolishi evaziga she'r vaznida saktalik yuzaga

kelgan.

Mutribning B[Mutrib. Devon. Qo‘lyozma. 903/IV,270

b

-271

a

]

tayanch yordamchi manbadagi Munis (

Xiromon qomatingkim, gul-

shani umrim niholidur)

misrasi bilan boshlanuvchi g‘azaliga yozgan

9 bandli taxmisi ko‘chirilgan. Ushbu taxmisning yettinchi bandi riso-

la-majmua [Pirnazarov 2001. 38] ga quyidagi tarzda tabdil qilingan:

Bo‘lub navras niholing fayzidin ushshoqlar masrur,

Majolis ichra bukim fosh erur iki yuzingdin nur,

Jahon husning bahori birla firdavsi paridekdur,

Yo‘q ersa ko‘ngluma bo Ollohki, ul do‘zax misolidur.

Dastlabki ikki misradan keyin keluvchi uchinchi misra nashr-

da tushirib qoldirilgan. Tushirib qoldirilgan bu misra quyidagicha:

Hazin ko‘nglum g‘aminkim, bodayi vasling-la barham ur.

Xulosa

Har bir ijodkor asarlarini o‘rganishda, eng avval matnga

bo‘lgan mas'uliyatni his qila bilishi lozim. Aks holda o‘rganilayot-

gan asar mazmuniga jiddiy ta'sir etadi. Mutrib Xonaxarobning

24

Sohiba MADIRIMOVA


background image

A.Abdug‘afurov, B.Davlatov, P.Bobojonov, Y.Ro‘zmatov, M.Pirnaza-

rov tomonidan gazeta va jurnallarda e'lon qilingan she'rlari hamda

2001- yilda nashr qilingan M.Pirnazarovning “Mutrib Xonaxarobiy

(Risola-majmua)”siga ko‘chirilgan yuzga yaqin Mutrib asarlari qayta

nashrtalab ekanligini ta'kidlash lozim.

Adabiyotlar

Mutrib. XIX asrning II yarmi.

Devoni Mutrib.

O‘zRFASHI, inv. 903/IV.

Mutrib. XIX asrning II yarmi.

Devoni Mutrib.

O‘zRFASHI, inv. 906/VII.

Hasanmurod, Laffasiy.

Xiva shoirlari va adabiyotchilarining tarjima hollari.

O‘zRFASHI, inv. 12561.

Пирназаров, Матназар. 2001.

Мутриб Хонахаробий

(Рисола-мажмуа).

3-40. Тошкент.

Ҳасанмурод, Лаффасий. 1992.

Тазкираи шуаро.

75-83. Нашрга тайёр

-

ловчи: Полвонназир, Бобожонов. Хоразм.

Ўзбек адабиёти.

1968. Хрестоматия. V том, II китоб. 352. Тошкент:

Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти.

Давлатов, Болта. 1991. “Шоир Мутриб”.

Хоразм ҳақиқати,

июль 20.

Пирназаров, Матназар. 1973.

Мутриб Хонахаробийнинг ижодий йўли

.

Филол. фан. номз. дисс. Самарқанд. 1973.

Навоий асарлари луғати

. 1972. Тузувчилар: Порсо Шамсиев ва бошқа

-

лар. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат

нашриёти.

АН-НА’Й�М.

یکبزوؐلاا یبرعلا سوماقلا

/ Арабча у�збекча луғат. 2003. Тузув

-

чилар: Одилжон Носиров ва бошқалар). Тошкент: Абдулла

Қодирии� номидаги халқ мероси нашрие�ти.

Ал-Қомус.

Арабча-ўзбекча қомусий луғат. 2017. II жилд. Тошкент: Ға

-

фур Ғулом номидаги НМЙУ.

Пирназаров, Матназар. 1974. “Ободлиғ айёмидир”.

Гулистон

7: 28.

Тошкент.

Analysis of text differences Mutrib's works

Sohiba MADIRIMOVA

1

Abstract

In this article, the lyrical poems of the poet of the Khorezm literary

environment Muhammad Hasan Mutrib Haji Tabib’s son (1853 - 1923) are

studied from the textual point of view. Published poems of the poet which

1Madirimova Sohiba Mahmudovna

- Doctor of Philosophy (PhD) in Philology,

Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher

Navo’i.

E-mail:

madirimovasoxiba@navoiy-uni.uz

;

madirimova555@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-8609-6351

For citation:

Madirimova, S. 2022. “Analysis of text differences Mutrib's works”.

U

zbekistan: Language and Culture.

1 (2):

15-26.

25

Mutrib asarlaridagi matn tafovutlari tahlili


background image

are kept in the fund of the Institute of Oriental Studies of the Academy of

Sciences of Uzbekistan , manuscripts under the numbers 903/IV, 906/VII,

manuscript number 12561 by Laffasi and Matnazar Pirnazarov's “Mutrib

Khonakharobi (Risola-complex)”, Bolta Davlatov's poems published by

“Khorezm Haqiqati” newspaper (July 20, 1991), Gulistan Magazine (July

7, 1974), poems published by Polvonnazir Bobojonov (Laffasiy. Tazkirayi

shuaro. 1992) were studied comparatively.

The differences identified by a comparative study of the Mutrib de

-

voni manuscript with the current spelling edition were scientifically classi

-

fied and analyzed. Relative analysis has shown that the making of excellent

editions of Mutrib's devon is one of the most important tasks in the field

of textology.

Key words:

text, devon, manuscript source, original, conversion,

ghazal, maqtaʼ, couplet, verse, edition copy, relative analysis.

References

Mutrib. XIX asrning II yarmi.

Devoni Mutrib.

O‘zRFASHI, inv. 903/IV.

Mutrib. XIX asrning II yarmi.

Devoni Mutrib.

O‘zRFASHI, inv. 906/VII.

Hasanmurod, Laffasiy.

Xiva shoirlari va adabiyotchilarining tarjima hollari.

O‘zRFASHI, inv. 12561.

Pirnazarov, Matnazar. 2001.

Mutrib Xonaxarobiy

(Risola-majmua).

3-40. Toshkent.

Hasanmurod, Laffasiy. 1992.

Tazkirai shuaro.

75-83. Nashrga tayyorlovchi:

Polvonnazir, Bobojonov. Xorazm.

O‘zbek adabiyoti.

1968. Xrestomatiya. V tom, II kitob. 352. Toshkent:

G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti.

Davlatov, Bolta. 1991. “Shoir Mutrib”.

Xorazm haqiqati,

iyul 20.

Pirnazarov, Matnazar. 1973.

Mutrib Xonaxarobiyning ijodiy yo‘li

. Filol. fan.

nomz. diss. Samarqand. 1973.

Navoiy asarlari lug‘ati

. 1972. Tuzuvchilar: Porso Shamsiev va boshqalar.

Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at

nashriyoti.

AN-NA’YM.

یکبزوؐلاا

یبرعلا

سوماقلا

/ Arabcha o‘zbekcha lug‘at. 2003. Tuzuvchi-

lar: Odiljon Nosirov va boshqalar). Toshkent: Abdulla

Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.

Al-Qomus.

Arabcha-o‘zbekcha qomusiy lug‘at. 2017. II jild. Toshkent: G‘afur

G‘ulom nomidagi NMIU.

Pirnazarov, Matnazar. 1974. “Obodlig‘ ayyomidir”.

Guliston

7: 28.

Toshkent.

26

Sohiba MADIRIMOVA

Библиографические ссылки

Mutrib. XIX asrning II yarmi. Devoni Mutrib. O‘zRFASHI, inv. 903/IV.

Mutrib. XIX asrning II yarmi. Devoni Mutrib. O‘zRFASHI, inv. 906/VII.

Hasanmurod, Laffasiy. Xiva shoirlari va adabiyotchilarining tarjima hollari. O‘zRFASHI, inv. 12561.

Пирназаров, Матназар. 2001. Мутриб Хонахаробий (Рисола-мажмуа). 3-40. Тошкент.

Ҳасанмурод, Лаффасий. 1992. Тазкираи шуаро. 75-83. Нашрга тайёрловчи: Полвонназир, Бобожонов. Хоразм.

Ўзбек адабиёти. 1968. Хрестоматия. V том, II китоб. 352. Тошкент:Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти.

Давлатов, Болта. 1991. “Шоир Мутриб”. Хоразм ҳақиқати, июль 20.

Пирназаров, Матназар. 1973. Мутриб Хонахаробийнинг ижодий йўли.Филол. фан. номз. дисс. Самарқанд. 1973.

Навоий асарлари луғати. 1972. Тузувчилар: Порсо Шамсиев ва бошқалар. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти.

АН-НА’Й�М. یکبزوؐلاا یبرعلا سوماقلا / Арабча у�збекча луғат. 2003. Тузувчилар: Одилжон Носиров ва бошқалар). Тошкент: Абдулла Қодирии� номидаги халқ мероси нашрие�ти.

Ал-Қомус. Арабча-ўзбекча қомусий луғат. 2017. II жилд. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги НМЙУ.

Пирназаров, Матназар. 1974. “Ободлиғ айёмидир”. Гулистон 7: 28. Тошкент.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов