Alisher Navoiy va Lorendeli Hamdiy “Layli va Majnun” dostonlarining qiyosiy tahlili

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
4-13
9
8
Поделиться
Юсупова, Д. . (2023). Alisher Navoiy va Lorendeli Hamdiy “Layli va Majnun” dostonlarining qiyosiy tahlili. Узбекистан: язык и культура, 1(2), 4–13. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2022-pp4-13
Дильнавоз Юсупова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

профессор, доктор филологических наук

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Usmonli turk adabiyotida “Layli va Majnun” dostonlarini yozgan shoirlarning soni 20 dan ortadi. Ular orasida Lorendeli Hamdiyning 1542 yilda yaratilgan “Layli va Majnun” dostoni o‘ziga xos o‘ringa ega. Doston forsiy xamsanavislar dostonlariga javoban yozilibgina qolmay, “Doston- ning yozilish sababi” bobida Hamdiy o‘zbek ijodkori Alisher Navoiyning nomini ham tilga oladi. Hamdiyning ushbu dostoni adabiyotshunoslikda forsigo‘y salaflari: Nizomiy, Dehlaviy va Jomiylarning dostonlari bilan qiyosan o‘rganilgan, lekin Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni bilan maxsus muqoyasa etilmagan. Har ikki dostonning syujet xususiyatlari, qahramonlar tasviri va voqealar rivojida mushtarakliklar ko‘zga tashlanadi. Lekin kompozitsion qurilish, janriy tarkib va dostonlarda qo‘llanilgan vazn nuqtai nazaridan farqlar ko‘zga tashlanadi. Alisher Navoiy dostoni 38 bob, 3623 baytdan iborat bo‘lsa, Lorendeli Hamdiyning masnaviysi hajman anchagina katta: 5441 baytdan iborat. Hamdiy o‘z dostonini faqat masnaviyda yozib qolmay, uning tarkibiga g‘azal, qasida kabi janrlarni ham kiritgan. Alisher Navoiy esa, turkiy tilda ilk “Xamsa”ni yaratgani uchun xamsanavislikning barcha an’analarini to‘la saqlab qolgan. Hamdiy dos- tonini tadqiq qilish asnosida unda Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoniga o‘xshash jihatlar ham borligi ma’lum bo‘ldi.


background image

ISSN 2181-922X 4

13

MUMTOZ ADABIYOT TARIXI

Alisher Navoiy va Lorendeli Hamdiy

“Layli va Majnun” dostonlarining qiyosiy tahlili

Dilnavoz Yusupova

1

Abstrakt

Usmonli turk adabiyotida “Layli va Majnun” dostonlarini yozgan

shoirlarning soni 20 dan ortadi. Ular orasida Lorendeli Hamdiyning 1542
yilda yaratilgan “Layli va Majnun” dostoni o‘ziga xos o‘ringa ega. Doston
forsiy xamsanavislar dostonlariga javoban yozilibgina qolmay, “Doston-
ning yozilish sababi” bobida Hamdiy o‘zbek ijodkori Alisher Navoiyning
nomini ham tilga oladi. Hamdiyning ushbu dostoni adabiyotshunoslikda

forsigo‘y salaflari: Nizomiy, Dehlaviy va Jomiylarning dostonlari bilan qi

-

yosan o‘rganilgan, lekin Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni bi-
lan maxsus muqoyasa etilmagan. Har ikki dostonning syujet xususiyatlari,
qahramonlar tasviri va voqealar rivojida mushtarakliklar ko‘zga tashlana-
di. Lekin kompozitsion qurilish, janriy tarkib va dostonlarda qo‘llanilgan
vazn nuqtai nazaridan farqlar ko‘zga tashlanadi. Alisher Navoiy dostoni

38 bob, 3623 baytdan iborat bo‘lsa, Lorendeli Hamdiyning masnaviysi

hajman anchagina katta: 5441 baytdan iborat. Hamdiy o‘z dostonini faqat
masnaviyda yozib qolmay, uning tarkibiga g‘azal, qasida kabi janrlarni ham
kiritgan. Alisher Navoiy esa, turkiy tilda ilk “Xamsa”ni yaratgani uchun
xamsanavislikning barcha an’analarini to‘la saqlab qolgan. Hamdiy dos-
tonini tadqiq qilish asnosida unda Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”
dostoniga o‘xshash jihatlar ham borligi ma’lum bo‘ldi.

Kalit so‘zlar:

doston, syujet, kompozitsiya, vazn, masnaviy, qasida.

Kirish

Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari orasida eng ko‘p tarqalgan ish-

qiy qissalardan biri bu “Layli va Majnun” qissasidir. Qissaning ke-
lib chiqish manbai qadim arablar hayoti bilan aloqador voqealar-
ga borib taqaladi. Ayrim arab manbalarining ma’lumot berishicha,
Majnun tarixiy shaxs bo‘lib, Shimoliy Arabistondagi Bani Omir qa-

1

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

professori, filologiya fanlari doktori.

E-mail:

mumtoza_dil@mail.ru

ORCID ID:

0000-0002-8609-6351

Iqtibos uchun:

Yusupova, D. 2022. “Alisher Navoiy lorendeli hamdiy “Layli va

Majnun” dostonlarining qiyosiy tahlili”.

O‘zbekiston: til va madaniyat

2(2):

4-13.

4

Uzbekistan: Language and Culture 2022/2(2)


background image

bilasiga mansub. Uning ismi manbalarda Qays ibn Mulavvah, Mah-
diy ibn Muod, al-Aqra va ba’zan al-Buhturiy ibn al-Ja’d tarzida kelti-
riladi. Majnun o‘z qabilasidan Layli ismli qizni sevib, unga bag‘ishlab
g‘amgin she’rlar to‘qigan. Uning she’rlari qabiladoshlari va boshqa
qabila kishilari orasida keng tarqalganligi haqida Ibn Qutayba ad-Di-
novariy (9-a.)ning “Kitob ush-she’r va shuaro” (“She’r va shoirlar
kitobi”) asarida ma’lumotlar keltiriladi. Lekin shu b-n birga ayrim
tarixchilar, xususan, Abu Faraj al-Isfahoniy, Avon ibn Hakim al-Qalbiy
(8-a.), Hishom al-Qalbiy (9-a.) Majnun tarixiy shaxs emas, uning nomi
majoziy, mavjud she’rlar o‘z amakisining qizini sevib qolgan umma-
viy bir yigitning she’rlari, u she’rlarida Majnun taxallusini qo‘llagan
deb aytadilar. Majnunning tarixiy shaxsligi bahsli masala bo‘lgani

sin gari unga nisbat berilgan she’rlarning muallifligi masalasi ham

munozaralidir. yettinchi asrning ikkinchi yarmidan boshlab arab
she’riyatida Majnun taxallusi bilan ishqiy mavzuda yozilgan she’rlar
paydo bo‘lgan. Arab olimlari al-Johiz (9-a.) va Ibn al-Mu’tazzning
yozishicha, o‘sha davrda Layli nomi bilan bog‘liq barcha she’rlarni

Majnun nomiga nisbat berganlar [Krachkovskiy 1946, 31]. Abu Bakr

al-Volibiy esa Majnun nomiga nisbat beriluvchi she’rlarni to‘plab,
“Devoni Majnun”ni tuzgan. Mana shu she’rlar zaminida IX ga ke-
lib, Layli va Majnunning muhabbati haqidagi rivoyatlar xalq orasi-
da keng tarqalib ketadi va asta-sekin xalq og‘zaki ijodidan yozma
adabiyotga o‘tadi.

Fors adabiyotida “Layli va Majnun”lar

Bu qissani badiiy adabiyotda ilk bor doston shaklida Nizomiy

Ganjaviy 1188-yilda qalamga olgan. Nizomiy xalq orasida tarqalgan
rivoyatlardan ijodiy foydalangan holda “Layli va Majnun” qissasini
g‘oyaviy jihatdan mukammal va badiiy jihatdan yuksak asar darajasi-
ga ko‘tardi. Nizomiy dostoni Sharq xalqlari adabiyotida keng shuhrat
qozondi va oradan bir asrdan ziyodroq vaqt o‘tgach, Amir Xusrav
Dehlaviy unga javob yozdi. Dehlaviy dostoni 1299-yilda yaratilgan
bo‘lib, “Majnun va Layli” deb ataladi. Muallif doston qahramonlari

nomini almashtirish bilan yangilikka, o‘z salafidan o‘zgachalikka in

-

tilganligini ta’kidlaydi hamda ushbu qissaning arab xalqlari orasi-
da dastavval “Majnun va Layli” shaklida ommalashganligiga e’tibor
qaratadi. U Nizomiy dostonining kompozision qurilishini asosan
saqlab qolgan holda uning syujetiga ba’zi o‘zgartirishlar kiritadi
(munajjimning Majnun taqdiri haqidagi bashorati, Navfalning o‘z
qizini Majnunga nikohlab berishi va b.) Xusrav Dehlaviy ushbu dos-
toni bilan Sharq xalqlari adabiyotida “Layli va Majnun” mavzusida-

5

Alisher Navoiy va Lorendeli Hamdiy “Layli va Majnun” dostonlarining qiyosiy tahlili


background image

gi dostonga javob yozish an’anasini boshlab berdi [Aliyev 1985, 52;

Yusupova 2016, 247]. Dehlaviydan keyin forsiy adabiyotda, xususan,

Hirot adabiy muhitida Ashraf Marog‘iy, Abdurahmon Jomiy, Kotibi

Turshiziy, Shayxim Suhayliy, Abdulloh Hotifiy, Badriddin Hiloliy, Xoja

Imod Loriy va boshqalar mazkur mavzuda asar yozdilar.

Layli va Majnun orasidagi ishq afsonasi turkiy ijodkorlar-

ning ham sevimli mavzusiga aylandi. Alisher Navoiyning “Layli va
Majnun” dostoni o‘zbek tilida ushbu mavzuda yaratilgan ilk doston
bo‘lib, Navoiy uni yaratishdan avval arab rivoyatlari bilan bir qator-
da Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marog‘iy va Shayxim
Suhayliy dostonlarini chuqur o‘rganadi. U xamsanavislikda o‘ziga-
cha mavjud an’analardan ijodiy foydalangan holda o‘z dostoniga
yangicha ruh bag‘ishlaydi, o‘z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib
chiqib, “afsonaga yangi libos kiygizadi”.

"Layli va Majnun" afsonasi qardosh turkiy xalqlar adabiyotida

ham keng tarqalgan. Turk olimi O.S.Levendning yozishicha, usmonli
turk adabiyotida “Layli va Majnun” dostonlari yozgan shoirlarning

soni 20 dan ortadi [Levend] . Garchi bu dostonlarning barchasi ham

bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, lekin manbalar va tazkiralarda
ijodkorlar nomlarining keltirilishiyoq mazkur mavzuga munosabat
ushbu muhit shoirlari orasida yuqori bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu
asarlar orasida Lorendeli Hamdiyning “Layli va Majnun” dostoni
o‘ziga xos o‘ringa ega.

Leandeli Hamdiyning hayoti haqida tarixiy manbalarda aniq

ma’lumotlar mavjud emas. Hozircha bizga ma’lum bo‘lgani Karaman
voliysi bo‘lgan sulton Selim II ning shahzodalik vaqtida, shoir hali
ushbu asarni yoza olishlik salohiyati va imkoniyatida ega ekanligidir.
Ali Nihad Tarlan bu haqida “Bizdagi manbalardan shuni xulosa qilish
mumkinki, shoirning iqtidori juda yuksak bo‘lgan. Bundan tashqari
agar shunday iqtidor egasi bo‘lmaganida viloyat shoiri maqomiga eri

sha olmas edi.” – degan fikrlarni keltiradi.

Doston 1542-yilda yaratilgan bo‘lib, uning fanga ma’lum yag-

ona nusxasi Sulaymoniyaning Fotih kutubxonasida 3740 inventar

raqam ostida saqlanadi [Levend 1959, 110]

1

. Doston forsiy xamsa-

navislar dostonlariga javoban yozilibgina qolmay, “Dostonning yozi
lish sababi” bobida Hamdiy o‘zbek ijodkori Alisher Navoiyning no-
mini ham tilga oladi:

Kopar bâg-i sühande bir nevâyı

1

Agah Sirri Levend. Arab, fors ve türk edebiyatlarinda Leyla ve Mecnun hıkayesi.

Ankara, 1959. – S. 110.

6

Dilnavoz YUSUPOVA


background image

K’işitse âferîn ide Nevâyî.

Hamdiyning ushbu dostoni bo‘yicha adabiyotshunoslikda

ayrim tadqiqotlar mavjud. Bevosita biz o‘rganayotgan mavzuga ya-
qin tadqiqot Belal Saber tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, u o‘zi-
ning “Arab, fors va turk adabiyotida “Leyla bilan Majnun" masnaviyi-

ning ishlanishi va Larendali Hamdiyning asari” (“Leylâ İle Mecnûn

Mesnevisinin Arap, Fars Ve Türk Edebiyati’nda Ele Aliniş Biçimi ve

Larendeli Hamdî’nin Eseri”) nomli doktorlik dissertasiyasida “Layli
va Majnun” mavzusida arab, fors va turkiy tillarda yaratilgan asarlar-
ni sanab o‘tar ekan, Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoniga

ham o‘rin ajratadi [Saber 2004; Balci 2020]. Lekin ushbu tadqiqotda

bu ikki dostonning kompozisiya, syujet va poetik xususiyatlari o‘zaro
muqoyasa etilmagan.

Dostonlarning kompozision qurilishi

Garchi har ikki dostonning syujet xususiyatlari, qahramon-

lar tasviri va voqealar rivojida mushtarakliklar ko‘zga tashlansa-da,
lekin kompozision qurilish, janriy tarkib va dostonlarda qo‘llanil-
gan vazn nuqtai nazaridan farqlar ko‘zga tashlanadi. Alisher Navoiy

dostoni 38 bob, 3623 baytdan iborat bo‘lsa, Lorendeli Hamdiyning

masnaviysi hajman anchagina katta: 5441 baytdan iborat.

Navoiy dostonida muqaddima 9 bob, 604 baytni, Hamdiy dos

-

tonida esa 14 bob, 731 baytni tashkil etadi.

Navoiy dostonida boblarning (birinchi bob bundan mustas-

no) barchasi sarlavhaga ega bo‘lib, sarlavhalar saj’ usulida turkiy til-
da bitilgan. Hamdiy dostonida esa sarlavhalar forsiy tilde ekanligini

kuzatish mumkin, shu o‘rinda turk shoirining ulug‘ forsiy salaflari

Nizomiy va Jomiydan ta’sirlangani ko‘rinadi. Qiyoslaymiz:

Navoiy dostonida sarlavha (13-bob):

“Qaysning hajr shabistonida shabnam gulobi yuziga

sochilg‘oni

din ko‘zi

ochilg‘oni

va bulbuli shabxez bila ishq dos-

tonlari adosida nola

qilg‘oni

va bulbul soyasidek tufroqqa

yiqilg‘oni

va atosi aning bulbuldek fig‘onlarin eshitib boshig‘a

yetgoni

va mah-

mil qafasiga solib olib

ketgoni”

Hamdiy dostonida sarlavha (18-bob):

“Dîden-i Mecnûn Sûret-i Leylî-râ Der Hâb”

Har ikki dostondagi muqaddimaviy boblarni quyidagi

jadvalda ko‘rish mumkin:

7

Alisher Navoiy va Lorendeli Hamdiy “Layli va Majnun” dostonlarining qiyosiy tahlili


background image

Alisher Navoiy dostonida

Lorendeli Hamdiy dostonida

1-bob

Hamd

1-bob

Basmala

2-3-boblar

Hamd (tavhid)

Qasida

2-bob

Munojot

4-bob

Munojot

3-bob

Na’t

5-bob

Na’t

Qasida

4-bob

Me’roj tuni ta’rifi

6-bob

Me’roj tuni ta’rifi

7-11-boblar Abu Bakr (r.a.), Umar (r.a.), Usmon

(r.a), Ali (r.a) hamda Hasan va Hu-
san (r.a)lar madhi

5-bob

So‘z ta’rifi, Ni

-

zomiy Ganjaviy va
Xusrav Dehlaviy
madhi

12-bob

6-bob

Abdurahmon
Jomiy madhi

7-bob

Sulton Husayn
Boyqaro madhi

13-bob

Sulton Sulaymon madhi

Qasida

8-bob

Shahzoda Badi-
uzzamon Mirzo
madhi

14-bob

Shahzoda Salim madhi

9-bob

Tun ta’rifi

Qasida

Lorendeli Hamdiy asaridan farq qilib, Navoiyning “Layli

va Majnun” dostoni o‘zaro qofiyalanuvchi masnaviy shaklida
yozilgan. Unda boshqa she’riy shakldagi janrlarni uchratmaymiz.
Umuman olganda, Navoiy beshligi, xususan, “Layli va Majnun”da
xamsanavislikning shakl bilan bog‘liq barcha shartlariga qat’iy amal
qilinganlik kuzatiladi, jumladan, dostonlarda qo‘llanilgan vazn,
qofiyalanish usuli Nizomiy beshligi o‘lchovlariga mos keladi. Chunki
xamsanavislik shartlaridan bir oz bo‘lsa-da chekinish turkiy tilda
xamsa yaratib bo‘lmaydi, degan xulosaga olib kelishi mumkin edi

[Yusupova 2011, 50-51].

Agar xamsanavislik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak,

Alisher Navoiy “Xamsa”si yaratilgandan keyin oradan yarim asr
vaqt o‘tmay, xamsanavislik an’anasidan uzoqlashish holatlarini
kuzatamiz. Bu, ayniqsa, usmonli va ozarbayjon shoirlari uchun
xos ekanligi bilan xarakterlanadi. “Qayd etmoq lozimdirki, turk
adabiyotida “Xamsa” yozmoq an’anasi birmuncha farqli inkishof
etdi va turk shoirlari o‘z “Xamsa”laridagi dostonlar mavzularining

o‘zgachaligi bilan Nizomiydan farqlandilar” [Arasli 1980, 80]. Endi

bu davrga kelib, turkiy adabiyotda “Xamsa” dostonlari mavzularini

8

Dilnavoz YUSUPOVA


background image

o‘zgartirish, vaznlardan chekinish, dostonlar tarkibiga yangi
shakl va janrlarni kiritish tamoyili paydo bo‘la boshladi. “... aytish
mumkinki, Navoiy forsiyzabon shoirlarga turkiy tilda “Xamsa”
yozish mumkinligini isbotlab bergan va murakkab adabiy vazifani
ado etib bo‘lgandan keyin, turk dunyosi endi bemalol an’naviylikdan
chekinib, o‘zi istagan shaklda beshlik yaratish imkoniga ega bo‘ldi”

[Yusupova 2021, 65].

Lorendeli Hamdiyning “Layli va Majnun” dostoniga nisbatan

ham shunday fikrni aytish mumkin. Hamdiy o‘z dostonini faqat

masnaviyda yozib qolmay, uning tarkibiga qasida va g‘azal kabi janr
larni ham kiritgan. Doston muqaddimasidan to‘rt qasida o‘rin olgan
bo‘lib, ular masnaviy shaklida emas, balki mumtoz qasida singari

aa, ba, da

tarzida qofiyalangan. Qasidalarning birinchisi Allohga

hamd yo‘nalishida bo‘lib, 3-bobga ilova tarzida keltirilgan. Qasi-
da 19 baytdan iborat. Aruz tizimining Ramali musammani maqsur
(foilotun foilotun foilotun foilon) vaznida yozilgan. Qasida quyidagi
bayt bilan boshlanadi:

İy Kerîm-i kâr-

sâz u zü’l-celâl ü bî-zevâl

V’iy ‘Âlîm-i bî-niyâz ü lâ-yezâl ü zü’l-cemâl.

Payg‘ambar (s.a.v) madhiga bag‘ishlangan qasida esa 32 bayt-

dan iborat bo‘lib, muzori’ bahrida yozilgan (maf’ulu foilotun maf’ulu
foilun).

Keyingi qasidalar sulton Sulaymon va shahzoda Salim madhi-

ga bag‘ishlangan bo‘lib, biri Ramali musammani maxbuni maqtu’,
biri Ramali musammani maqsur vaznida bitilgan.

Dostonning asosiy qismidan 5 g‘azal o‘rin olgan bo‘lib, ular

aruz tizimining turli bahrlarida yaratilgan.

Bosh qahramonlar qiyosi

Qiyoslanuvchi

jihatlar

Alisher Navoiy

Lorendeli Hamdiy

Oiladagi o‘rni

Bani Omir qabilasi bosh-

lig‘ining yagona o‘g‘li

Arab amirining yagona o‘g‘li

Bolaligi

Tug‘ilishidan boshlab

batafsil tasvirlanadi

Tug‘ilishidan boshlab batafsil

tasvirlanadi. Majnunning sunnat

qilinish lavhasi mavjud.

Laylini ilk bor

uchratishi

Hay qabilasiga maktabga

borib, gulshanda Laylini

uchratadi

Tushida Laylini uchratadi.

Maktabga

borish vaqti

To‘rt yoshida

To‘rt yoshida

9

Alisher Navoiy va Lorendeli Hamdiy “Layli va Majnun” dostonlarining qiyosiy tahlili


background image

Ka’ba epizodi

Haj mavsumida otasi

uni Ka’ba ziyoratiga olib

boradi

Otasi uni dardiga shifo bo‘lar

degan maqsadda Ka’ba ziyorati-

ga olib boradi

Uylanishi

bilan bog‘liq

holat

Otasining iltimosi bilan

Navfalning qiziga uylanadi,

lekin qiz boshqa insonni

sevishini aytgach, dashtga

chiqib ketadi

Uylanish voqeasi yo‘q

Ota-onasining

vafoti bilan

bog‘liq o‘rin-

lar

Ota-onasi vafotini tush

orqali bilib, ularning qa-

briga boradi

Otasi o‘g‘lini izlab,cho‘lga keladi

va vafot etadi. Bir oz o‘tgach,

onasi ham vafot etadi

O‘limi bilan

bog‘liq holat-

lar

Laylining o‘limini ilohiy

xabar (Surush) orqali

sezib, uning qabilasi

tomon keladi va Laylining

ruhsiz tanasi oldida jon

beradi

Laylining o‘limini onasidan es-

hitadi va Laylining qabri oldida

jon beradi

Navoiyning “Farhod va Shirin” va Hamdiyning “Layli Ma-

jnun” dostoni

Hamdiy dostonini tadqiq qilish asnosida unda Alisher Navoiy

ning “Farhod va Shirin” dostoniga o‘xshash jihatlar ham borligi
ma’lum bo‘ldi. Dastlab dostonlarning ilk baytlariga e’tibor qaratsak.
Navoiyda:

Bihamdik fath abvob ul-maoni,

Nasib et ko‘ngluma fath o‘lmak oni.

Hamdiyda:

Bihamdi’l-Kâdiri’l-Ferdi’l-‘Alîm

Ve bi’smillâhi Rahmâni-r’Rahîm.

Har ikkala shoir ham dostonni yozishdan oldin ularga hotif

orqali g‘oyibdan ovoz kelganligini aytadilar.

Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida:

Chu hotifdin yetishti bu navidim,

O‘zumdin o‘zga nav’ o‘ldi umidim,

Hamdiyda:

Göŋül olmış-iken bu fikre dem-sâz

İşitdüm sûy-ı hâtifden bir âvâz.

Navoiy ham, Hamdiy ham dostonning yozilish sababi bilan

bog‘liq bobda baxtu iqbol ularga yor bo‘lgani uchun ushbu dostonni
yozishga muyassar bo‘lganliklarini aytadilar. Agar Navoiy

10

Dilnavoz YUSUPOVA


background image

Hanuz etmay qalam yozmoqni odat,
Eshikdin kirdi iqbol-u saodat,

deb yozgan bo‘lsa, usmonli turk shoiri

Bu emri çün baŋa feyz itdi ikbâl

Ümîdüm bâdesinden toldı

zifâl

deb yozadi.

Xamsanavislik an’anasi orqali ma’lumki, “Layli va Majnun”

yo‘nalishidagi dostonlar hazaj bahrining axrab tarmog‘idagi vaznda
bitilishi shart bo‘lgan va Navoiyning “Layli va Majnun”dostoni ana
shu an’ana asosida

hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf

vazni-

da yozilgan. Lorendeli Hamdiy esa o‘z dostonini “Xusrav va Shirin”
(“Farhod va Shirin”)lar uchun mo‘ljallangan

hazaji musaddasi mahzuf

vaznida bitadi. Bu holat ham Hamdiyning ushbu dostoni bilan Alish-
er Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni orasida o‘zaro aloqadorlik
borligini ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy va Lorendeli Hamdiy

ning “Layli va Majnun” dostonlari syujet va kompozisiyasi, obrazlar
tizimi hamda poetik xususiyatlari nuqtayi nazaridan yuksak badii-
yat namunalari bo‘lib, biri turkiy tilning qarluq lahjasida, ikkinchisi
o‘g‘uz lahjasida ushbu mavzularni jahon adabiyotining ajralmas qis-
miga aylantira olganlar. Hamdiy o‘z dostonini bitishda Alisher Navoiy
ning nafaqat “Layli va Majnun” dostonidan, ayni damda “Farhod va
Shirin” dostonidan ham ta’sirlangan.

Adabiyotlar

Aliyev, Gazanfar. 1985.

Temy i syujety Nizami v literaturax narodov vostoka.

Moskova: Nauka.

А

r

а

sli,

Н

amid. 1980.

Nizami va turk edabyati

. – Baku: Elm.

Balcı, Orhan. 2020.

Lârendeli Hamdî’nin Leyla Vü Mecnûn Mesnevisi

(Bağlamli Dizin Ve İşlevsel Sözlük).

Doktora Tezi. Eskişehir.

Krachkovskiy, Ignatiy. 1946.

Rannaya istoriya povesti o Medjnune i Leyli v

arabskoy literature. Alisher Navoi.

Moskova: Nauka.

Levend Agah Sirri. 1959.

Arab,

fors ve türk edebiyatlarinda Leyla ve Mecnun

hıkayesi.

Ankara.

Saber, Belal. 2004.

Leylâ İle Mecnûn Mesnevisinin Arap, Fars Ve Türk Edebi

-

yati’nda Ele Aliniş Biçimi ve Larendeli Hamdî’nin Eseri.

Doktora

Tezi. İstanbul.

Yusupova, Dilnavoz. 2011.

Alisher Navoiy “Xamsa”sida mazmun va ritmning

badiiy uyg‘unligi.

Toshkent: Mumtoz so‘z.

Yusupova, Dilnavoz. 2016.

Layli va Majnun. Alisher Navoiy: qomusiy lug‘at.

1-jild. Toshkent: Sharq

Yusupova, Dilnavoz 2021.

“Xamsa” poetikasi: vazn, qofiya va mazmun mus

-

htarakligi

. Toshkent: Tamaddun.

11

Alisher Navoiy va Lorendeli Hamdiy “Layli va Majnun” dostonlarining qiyosiy tahlili


background image

Comparative analysis of the poems

“Leyli and Majnun” by Alisher Navoi and

Laurendeli Khamdi

Dilnavoz Yusupova

1

Abstract

In Ottoman-Turkish literature, the number of poets who wrote the

epic “Leyli and Majnun” exceeds 20. Among them, the epic “Leyli and Ma-
jnun” by Laurendeli Hamdi, created in 1542, occupies a special place. The
epic was written not only in response to the epics of Persian authors, but
in the chapter “The reason for writing the epic” Hamdi also mentions the
name of the Uzbek writer Alisher Navoi. This epic of Hamdi was studied
in literary criticism with the epics of Persian predecessors: Nizami, De-

hlavi and Jami, but was not specifically compared with the epic of Alisher

Navoi “Leyli va Majnun”. In the features of the story of both poems, the
description of the characters and the development of events, similarities
are found. However, there are noticeable differences in compositional con-
struction, genre content and in the metrics used in the epics. The epic of

Alisher Navoi consists of 38 chapters and 3623 verses, while the masnavi

of Laurendeli Hamdi is much larger: it consists of 5441 verses. Hamdi not
only wrote his epic in masnavi, but also included genres such as ghazal and

qasida in it. Alisher Navoi, who created the first Hamsa in Turkish, com

-

pletely preserved all the traditions of the Hamsa.

During the study of the epic Hamdi, it became known that it has

similar features with the epic of Alisher Navoi “Farhad and Shirin”.

Key words:

epic, story, composition, poetic meter, masnavi, khasida.

References

Aliyev, Gazanfar. 1985.

Temy i syujety Nizami v literaturax narodov vostoka.

Moskova: Nauka.

Аrаsli, Нamid. 1980.

Nizami va turk edabyati

. Baku: Elm.

Balcı, Orhan. 2020.

Lârendeli Hamdî’nin Leyla Vü Mecnûn Mesnevisi

(Bağlamli Dizin Ve İşlevsel Sözlük).

Doktora Tezi. Eskişehir.

1

Dilnavoz R.Yusupova

– Professor of Tashkent State University of Uzbek Language

and Literature named after Alisher Navoi, doctor of philology.

E-mail:

mumtoza_dil@mail.ru

ORCID ID:

0000-0002-8609-6351

For citation:

Yusupova, D.R. 2022. “Comparative analysis of the poems “Leyli

and Majnun” by Alisher Navoi and Laurendeli Khamdi”.

Uzbekistan: language and

ciltire

2(2):

4-13.

12

Dilnavoz YUSUPOVA

Библиографические ссылки

Aliyev, Gazanfar. 1985. Temy i syujety Nizami v literaturax narodov vostoka. Moskova: Nauka.

Аrаsli, Нamid. 1980. Nizami va turk edabyati. – Baku: Elm.

Balcı, Orhan. 2020. Lârendeli Hamdî’nin Leyla Vü Mecnûn Mesnevisi (Bağlamli Dizin Ve İşlevsel Sözlük). Doktora Tezi. Eskişehir.

Krachkovskiy, Ignatiy. 1946. Rannaya istoriya povesti o Medjnune i Leyli v arabskoy literature. Alisher Navoi. Moskova: Nauka.

Levend Agah Sirri. 1959. Arab, fors ve türk edebiyatlarinda Leyla ve Mecnun hıkayesi. Ankara.

Saber, Belal. 2004. Leylâ İle Mecnûn Mesnevisinin Arap, Fars Ve Türk Edebiyati’nda Ele Aliniş Biçimi ve Larendeli Hamdî’nin Eseri. Doktora Tezi. İstanbul.

Yusupova, Dilnavoz. 2011. Alisher Navoiy “Xamsa”sida mazmun va ritmning badiiy uyg‘unligi. Toshkent: Mumtoz so‘z.

Yusupova, Dilnavoz. 2016. Layli va Majnun. Alisher Navoiy: qomusiy lug‘at.1-jild. Toshkent: Sharq

Yusupova, Dilnavoz 2021. “Xamsa” poetikasi: vazn, qofiya va mazmun mushtarakligi. Toshkent: Tamaddun.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов