Falsafiy-irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
26-41
17
20
Поделиться
Рахмонова, Ш. . (2023). Falsafiy-irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati. Узбекистан: язык и культура, 1(2), 26–41. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2022-pp26-41
Шахноза Рахмонова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

 доктор философии (PhD) по филологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada irfoniy dostonlarning kelib chiqishi, genezisi, tadrijiy taraqqiyoti, turkiy va forsiy adabiyotdagi rivojlanish tamoyillari tadqiq etilgan. Fariduddin Attor, Gulshahriy, Alisher Navoiy, Rizoiy Payvandiy, Salohiylarning dostonlari tahlilga tortilgan. Ushbu ijodkorlar dostonlaridagi vazn xususiyatlari, o‘lchov imkoniyatlari, she’riy san’atlar, qofiyalar tizimi o‘rganilgan, tahlil qilingan. Maqolada irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati ham ochib berilgan. Shuningdek, maqolada adabiyotshunoslikdagi mavjud qarashlarga, fikrlarga munosabat bildirilgan. Dostonlar baytlarini ifodali o‘qish uchun vasl, imola, tag‘yir, taslim hodisalariga oydinlik kiritiladi. Tadqiqotni yozish jarayonida B.Valixo‘jaevning “O‘zbek epik poeziyasi tarixidan” kitobi, Arasli No‘shobaning “Gulshahriy va Navoi” maqolasi, Sh.Sharipovning““Lison ut-tayr” dostonining genezisi va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari” kitobi, Sh.Hasanovaning “Mavlono Xoji Qozi Payvandiy Rizoiyning “Qush tili” dostoni va uning qiyosiy-tekstologik tadqiqi” monografiyasi, Z.Mamadaliyevaning “Lison ut-tayr” obrazlari: ramz va majoz” singari tadqiqotlaridagi nazariy qarashlarga tayanildi. Irfoniy dostonlar yo‘nalishidagi asarlar uchun ramali musaddasi mahzuf, ramali musaddasi maqsur vaznlari qulayligi ochiqlandi.


background image

ISSN 2181-922X 26—41

Falsafiy-irfoniy dostonlarda vazn va mazmun

munosabati

Shahnoza Raxmonova

1

Abstrakt

Mazkur maqolada irfoniy dostonlarning kelib chiqishi,

genezisi, tadrijiy taraqqiyoti, turkiy va forsiy adabiyotdagi rivojlanish
tamoyillari tadqiq etilgan. Fariduddin Attor, Gulshahriy, Alisher Navoiy,
Rizoiy Payvandiy, Salohiylarning dostonlari tahlilga tortilgan. Ushbu
ijodkorlar dostonlaridagi vazn xususiyatlari, o‘lchov imkoniyatlari,
she’riy san’atlar, qofiyalar tizimi o‘rganilgan, tahlil qilingan. Maqolada
irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati ham ochib berilgan.

Shuningdek, maqolada adabiyotshunoslikdagi mavjud qarashlarga,
fikrlarga munosabat bildirilgan. Dostonlar baytlarini ifodali o‘qish uchun
vasl, imola, tag‘yir, taslim hodisalariga oydinlik kiritiladi. Tadqiqotni yozish
jarayonida B.Valixo‘jaevning “O‘zbek epik poeziyasi tarixidan” kitobi,
Arasli No‘shobaning “Gulshahriy va Navoi” maqolasi, Sh.Sharipovning
““Lison ut-tayr” dostonining genezisi va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari”
kitobi, Sh.Hasanovaning “Mavlono Xoji Qozi Payvandiy Rizoiyning
“Qush tili” dostoni va uning qiyosiy-tekstologik tadqiqi” monografiyasi,
Z.Mamadaliyevaning “Lison ut-tayr” obrazlari: ramz va majoz” singari
tadqiqotlaridagi nazariy qarashlarga tayanildi. Irfoniy dostonlar
yo‘nalishidagi asarlar uchun ramali musaddasi mahzuf, ramali musaddasi
maqsur vaznlari qulayligi ochiqlandi.

Kalit so‘zlar:

janr,

doston, masnaviy, vazn, ramal.

Sharq mumtoz adabiyoti tarixida irfoniy-tasavvufiy dostonlar

o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, bunday dostonlarda mualliflar majoziy
timsollar va ramzlar orqali ob’ektiv borliq hamda ilohiyot haqidagi
qarashlarini bayon etganlar. Bu yo‘nalishdagi dostonlar ko‘proq
ramziy-allegorik qissa va hikoyatlar asosida yoki qushlar tilidan
bayon qilib berilganligiga boshqacha aytganda qushlar sayri bilan
bog‘liq ravishda aks ettirilganiga guvoh bo‘lish mumkin. Garchi
ramziy-allegorik qissa va hikoyatlarning tarixiy ildizlari juda qadim

1

Raxmonova Shaxnoza Muxitdinovna

– filologiya bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Al

-

isher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

E-pochta:

shahnoza.raxmonova86@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-4521 -8754

Iqtibos uchun:

Raxmonova, Sh.M. 2022. "Irfoniy dostonlarda vazn va mazmun

munosabati".

O‘zbekiston: til va madaniyat.

2 (2): 26-41.

26

Uzbekistan: Language and Culture 2022/2(2)


background image

27

Falsafiy-irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati

davrlarga borib taqalsa ham, musulmon Sharqi adabiyotida dastav-
val qushlar sayri bilan bog‘liq ilk asar sifatida Ibn Sinoning “Tayr”
qissasi ya’ni “Qushlar haqida”gi qissasi tilga olinadi.

Adabiyotshunoslikda olima N.Arasli, M.Imomnazarov,

Sh.Hasanova tomonidan Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr”,
Gulshahriyning “Mantiq ut-tayr”, Alisher Navoiyning “Lison ut-
tayr”, Mavlono Xoji Qozi Payvandiy Rizoiyning “Qush tili” dostonlari
qiyosiy o‘rganilgan hamda Rizoiyning “Qush tili” dostonining
qiyosiy-tekstologik tadqiqi yaratilgan. Shu munosabat bilan biz

ushbu faslda asosan falsafiy-irfoniy dostonlarning vazni, ularning

mazmun bilan munosabatiga to‘xtalib o‘tamiz.

Qushlar timsoli boshqa ko‘pgina xalqlardagi singari turkiy

xalqlar mifologiyasida ham ilohiy olam bilan muloqot qiluvchi vosita
sifatida ifodalangan. Odam o‘lganidan keyin yoki uyqusida ruhi
qushga aylanib uchib ketishi haqidagi tasavvurlar xalq odatlari va
folklorda, ertaklarda o‘z aksini topgan. Haqiqatan ham xalqimizning
eng qadimgi animistik tasavvurlariga qaraganda, odamning joni
qush va chivin ko‘rinishiga inish xususiyatiga ega ekan. Bu kabi
tasavvurlar yozma adabiyotga ta’sir qilmay qolmadi, albatta

[Mamadaliнeva 2015, 96]. Ibn Sino “Tayr” qissasida shunga o‘xshash

xalq folklori motivlaridan ta’sirlangan holda insonlarning ruhlarini
qushlar shaklida tasvirlaydi. Mazkur qissada qushlar ovchidan
qochib, Podshoh huzuriga borganlari hikoya qilinadi. Abu Homid
G‘azzoliyning “Risolat at-tayr” (“Qush risolasi”) asari “Tayr” qissasiga
raddiya sifatida yaratilgan. Biroq asar g‘oyasida o‘zgarishlar sodir
bo‘lishiga qaramasdan syujet va kompozitsiya saqlanib qolgan.

“Mazkur mavzu yozma adabiyotda ilk bor Farididdin

Attorning “Mantiq ut-tayr” asari orqali yaxlit va mukammal syujetga
ega bo‘lgan badiiy doston holiga keltirildi. Unda syujet chiziqlari
qayta ishlanishi bilan birga asarga tolib qushlar va yetakchi qush –

Hudhud obrazi kiritildi” [Sirojiddinov va boshq., 2019, 170]. Doston

24 maqola, 200dan ortiq hikoyalar va xotimadan tashkil topgan
bo‘lib, hajman 4290 baytdan iborat. Asar Hudhudning Simurg‘ni
topish maqsadida yo‘lga tushishga chorlovchi nutqi bilan boshlanadi.
O‘ttizta qush o‘z maqsadlari yo‘lida turli mashaqqatlarni chekib,
charchab Simurg‘ning oldiga keladilar va uning timsolida o‘zlarini
ko‘radilar. “Mantiq ut-tayr”dagi hikoyatlar asosida Attor o‘zining
tasavvuf ta’limotiga oid qarashlarini ochiqlaydi va mana shu mavzu
doirasida hikoyatlar bayon etiladi.

Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostoni

ramali

musaddasi mahzuf

(ruknlari va taqti’i:

foilotun foilotun foilun


background image

28

Shahnoza RAXMONOVA

–V – –/–V – –/–V –) vaznida yozilgan. Vaznning asosini birinchi va
ikkinchi ruknlarda foilotun aslining solim ko‘rinishi hamda uchinchi
ruknda ushbu aslning mahzuf tarmog‘i

foilun

ruknlari tashkil etadi.

Aruzshunos A.Hojiahmedov ruknlar, ularning tarkibidagi cho‘ziq va
qisqa hijolarning shu xildagi takrori yoqimli, yengil va musiqabop

ohangni vujudga keltirishini ta’kidlaydi [Hojiahmedov, 1998, 119].

Adabiyotshunoslikda shu sababli shoirlarimiz mazkur o‘lchovdan
juda keng foydalanishgan.

Dastlab Hudhud obrazini “Lison ut-tayr” yo‘nalishidagi

dostonlarga fors tasavvuf adabiyotining yetakchi vakili Farididdin
Attor o‘zining “Mantiq ut-tayr”iga markaziy qahramon sifatida olib
kirdi: “Shoirning mazkur mavzuni rivojlantirishga qo‘shgan ulushini
belgilovchi omillardan yana biri dostonda Hudhud obrazining
mavjudligi bilan xarakterlanadi. Hudhud asarning yetakchi
qahramonlaridan biri bo‘lib, asarda tasvir etilgan barcha voqea-
hodisalar bevosita uning faoliyati bilan bog‘liq holda berilgan...

Attor Hudhud obrazini ushbu mavzu doirasiga olib kirar ekan,
birinchi galda u haqdagi Sharq folklori va Qur’onda mavjud (XXVII

sura 20 oyat) ayrim tasavvurlarga asoslanadi [Sharipov 1982, 14].

Dostonda shoir Qof tog‘ida yashaydigan afsonaviy qush – Anqoning
ta’rifi quyidagicha keltiradi:

Jondi-n+istar-

sa, bo‘lur An-

qoga yor,

— V — —

— V — —

— V ~

Kimki kechgay

jonidin mar-

donavor. [Attor, 2012, 13]

— V — —

— V — —

— V ~

Ko‘rinadiki, keltirilgan bayt

ramali musaddasi maqsur

da

yaratilgan. Baytning sadr, ibtido, hashvi foilotun aslining

solim

iga,

aruz, zarbi esa shu aslining maqsur tarmog‘i –

foilon

ga teng. Baytda

vazn talabi bilan vasl qo‘llanilgan. Unga ko‘ra birinchi misradagi
“jondi-n+istar” so‘zlari qo‘shilib o‘qiladi. Shuningdek, baytda
qo‘llanilgan ridfi asliyli murdaf qofiya uning vaznini belgilovchi
asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan.

Farididdin Attor oshiqqa agar ishqning siriga mubtalo

bo‘lsang, undan yuz balo kelsa ham teskari o‘girilmaslikni ta’kid etadi.
Shoir baytda irsoli masal, tajnisdan foydalanib, uning ta’sirchanligini
oshirgan. Dastlabki

“yuz”

teskari qayrilib ketmaslikni anglatsa,

ikkinchi

“yuz”

esa sanoqni bildirgan. Bu esa

ramali musaddasi

mahzuf

o‘lchoviga hamohang qo‘llanilgan.

Gar esang asrori ishqqa mubtalo,
Yuz o‘girma kelsa hamki yuz balo

[Attor 2012, 13]


background image

29

Falsafiy-irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati

Mumtoz adabiyotda Attorga javob tarzida yozilgan ilk turkiy

doston turk adibi Gulshahriyning “Mantiq ut-tayr”i hisoblanadi.
Doston 1317-yilda yaratilgan. Adabiyotshunos olima Sh.Hasanova
Gulshahriyning “Mantiq ut-tayr” dostonida an’anaviy syujet
bayon qilinishi bilan birga, bir qator yangi g‘oya va epizodlar
ham kiritilganki, bu uning original asarligidan dalolat berishini

ta’kidlaydi [Hasanova 2016, 25]. Ozarbayjonlik olima esa No‘shoba

Arasli o‘zining “Gulshahriy va Navoiy” nomli maqolasida Navoiy va
Gulshahriy dostonlarining bir-biriga yaqin jihatlari haqida to‘xtalib
o‘tadi va Navoiyning “Lison ut-tayr”i faqat Gulshahriy asaridangina
emas, balki bu mavzu asosida yaratilgan boshqa dostonlardan ham

farqlanib turishini ta’kidlaydi [Arasli 1980, 17–22]. Gulshahriyning

“Mantiq ut-tayr”da ham Hudhud – qushlar yo‘lboshchisi timsolida
gavdalanadi. Muallif ushbu dostonda Hudhudni aql timsoli, deb

baholaydi [Sharipov 1982, 21].

Original matn [Gulshahriyning “Mantiq ut-tayr” asarining

ilk ikki sahifasi. Turkiya Sulaymoniya kutubxonasi. Fotih № 2557,

159

b

-160

a

].

16.

Hudhudu qushlaru Simurg‘u ajal

Aqlu hulqu Tangriyo qildi masal.

17.

Giru Gulshahri so‘zi soz ayladi

Mantiq ut-tayri hush og‘oz ayladi

.

Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr”iga javoban Alisher

Navoiy ham o‘zining o‘zbek tilida “Lison ut-tayr” dostonini yozadi.
Doston so‘nggida shoir tomonidan uning qachon yozilganligi
haqidagi tarix keltiriladi:

Menki, xilvat ichra yo‘ndum xomani,
Naqsh aylarga bu dilkash nomani...

Yil to‘qiz yuz o‘tmish erdi dag‘i to‘rt,
Kim ulusning ko‘nglig‘a soldi bu o‘rt.

Ham bu tarix ichrakim qildim shuru’,
Ixtitomig‘a dog‘i bo‘ldi vuqu’

[Navoiy 1996, 337].

Demak, Navoiyning bu dostoni umrining so‘nggi yillarida

1499-yilda bitilgan. Doston irfoniy mavzuda yozilgan bo‘lib,

193 bob, 3666 bayt, 7332 misradan tashkil topgan. Doston turkiy tilda

bo‘lsa-da, Alisher Navoiy uni yaratishda o‘zining “Foniy” taxallusidan
foydalangan. “Lison ut-tayr” murakkab irfoniy doston bo‘lib, Navoiy


background image

30

Shahnoza RAXMONOVA

majoziy obrazlar va ularning ramzli sarguzashtlari orqali ob’ektiv
borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini bayon etadi, shu bilan
birgalikda dostonda real hayot lavhalari, kishilarning xatti-harakati,
fe’l-atvoridagi ijobiy va salbiy xususiyatlar ham tasvirlangan”

[Sirojiddinov va boshq., 2019, 170]. Doston qushlarning to‘planishi

va adolatli shoh izlashi qarori bilan boshlanadi.

Ma’lumki, “Lison ut-tayr” “Mantiq ut-tayr”ga javob tarzida

bitilgan asardir. Mana shu haqiqatga asosan, “Lison ut-tayr” tasavvuf
nazariyasi, amaliyoti va adabiyoti o‘z cho‘qqisiga ko‘tarilgan davr-
ning mutafakkir farzandi bo‘lmish Navoiyning, tasavvuf nuqtayi
nazaridan turib qaragan Yaratgan va yaralmish, olam va odam, fano
va baqo hamda boshqa masalalar to‘g‘risidagi fikrlarining asosi
ifodalangan dostondir. Ushbu dostonning markaziy qahramoni
hisoblanmish Hudhud obraziga esa, hech bir istisnosiz, mana shu
asos fikrlarning-da qaymog‘ini bayon etish, ya’ni shoir estetik

idealini badiiy tasvirlash vazifasi yuklatilgan [Mamadaliнeva 2015,

28]. Dostonda Navoiy o‘zining jamiyat hayotiga, xususan inson

tarbiyasiga, uning ma’naviy takomiliga oid fikrlarini qushlar obrazi
orqali, ya’ni majoziy yo‘l bilan ifodalagan.

“Lison ut-tayr” an’anaga mos ravishda “Mantiq ut-tayr”ning

vaznida bitilgan. Turkiy she’riyat misolida fikr yuritadigan bo‘lsak,

ramali musaddasi mahzuf

tuyuq janrining vazni hisoblanadi. Zero,

mumtoz shoirlarimiz o‘z tuyuqlarini shu vaznda yaratganlar.
Alisher Navoiy ushbu vaznni turkiy epik poeziyaga olib kirib, uning
imkoniyatlarini “Lison ut-tayr” dostonida sinab ko‘rdi. Bu bilan
Navoiy an’anaga ham asos soldi va

ramali musaddasi mahzuf

vaznida

irfoniy doston ham yozdi.

Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida qushlarning Hudhud

boshchiligida Simurg‘ tomon qilgan safari ramziy uslubda, Hud-
hudning hikoyatlari esa romantik uslubda bayon qilingan real
voqealarning hayotdagi aksi ekanligi qayd etiladi [Hasanova,

2016, 22]. Dostondagi voqealar rivojida kunlarning birida bir guruh

qushlar majlis qurmoq uchun yig‘iladilar, keyin oradan nizo chiqadi.
Bu nizoni bartaraf qilish uchun bir odil shohga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Shunda Hudhud Simurg‘ daragini aytadi va to‘plangan qushlarni uni
izlashga chorlaydi. Hudhud Simurg‘ olamdagi qushlarning podshohi
ekanligini, u har bir qushning holidan birma-bir ogohligini aytadi:

Borcha olam

qushlarig‘a

shoh(i) ul,

— V — —

— V — —

— V —

Holingizdin

mo‘-bamo‘ o-

goh(i) ul [Navoiy, 1996, 32]


background image

31

Falsafiy-irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati

— V — —

— V — —

— V —

deb, Simurg‘ning “Anqo” degan laqabi ham borligini hamda uning
oshiyoni Qof tog‘ida joylashganini ham ta’kidlaydi:

Ham nishiman Qofi istig‘no ango,

Ham laqab ul Qof uza Anqo ango

[Navoiy 1996, 32]

Keltirilgan baytlar

ramali musaddasi mahzuf

vaznida yozilgan.

Hudhuddan Simurg‘ning ta’rifini eshitgan qushlarda unga nisbatan
havas uyg‘onadi. Ular Hudhuddan Simurg‘ni oldiga borishda
yo‘lboshchi bo‘lishini iltimos qilishadi. Hudhud ham o‘z navbatida
To‘ti, Tovus, Bulbul, Qumri, Kaklik, Tazarv, Durroj, Kabutar, Shohboz,
Shunqor kabi qushlar bilan birga yo‘lga ravona bo‘ladi. Biroq ko‘p
o‘tmay yo‘ldagi qiyinchiliklar sabab ular Hudhudga o‘zlarining
uzrlarini ayta boshlaydi.

Bulbul gulga dil izhorini, muhabbatini aytsa, Hudhud gul

abadiy emas, sening ishqing chin bo‘lolmaydi; Tovus o‘z husni bilan
bog‘larni ziynatlashini aytsa, Hudhud “tashqi husn”ni rad etadi;
Kabutar odamlarga o‘rganganini aytsa, Hudhud ularni qoralaydi;
Qarchig‘ay qushlarning shohi ekanini aytsa, Hudhud uni bema’nilikda

ayblaydi va hokozo [Mallayev 2021, 408]. Shu tarzda Hudhud

qushlarning barcha uzrlariga javob qiladi. U o‘zining fikrlarini
dalillash maqsadida esa turli hikoyatlar keltiradi.

Hikoyatlar orasida Simurg‘ning mufassal ta’rifini ham

aytib o‘tadi. Hudhuddan qushlar Simurg‘ning oshiyoniga qanday
borishni so‘rashganida: “Hudhud – bu ishq yo‘lidir” – deb javob
beradi. Hudhudga qushlardan yana biri “Asl manzilga qachon yetib
boramiz?”, – degan savol beradi. Shunda Hudhud hali oldinda yettita
vodiy bor deb javob beradi. Dostonda shoir Hudhud tilidan Talab,
Ishq, Ma’rifat, Istig‘no, Tavhid, Hayrat, Faqru fano vodiylarining
ham ta’rifini keltiradi. Shu tariqa ular birin ketin olti vodiyni bosib
o‘tishadi.

Kim uzun erdi yo‘lu ko‘p ofati,

Benihoyat dardu ranju shiddati.
Ba’zi ul qushlardin o‘ldilar halok,
Ba’zi ettilar bo‘lub ko‘p dardnok.
Oqibat yuz ming tumandin necha qush,
Kim alarg‘a yuz tuman ranj o‘ldi tush.
Urdilar o‘ttuz qush ul yerda qanot,
Tanlarida qolmay oyini hayot.
Jism aro bir parlari qolmay butun,
Pora-pora, o‘ylakim qoqshol o‘tun.


background image

32

Shahnoza RAXMONOVA

Tanlari yo‘l ranjidin beto‘shu tob,
Jonlari dardu mashaqqatdin xarob.

[Navoiy 1996, 209]

Va nihoyat ko‘zlangan manzilga yetib kelishadi. Ular oxirgi –

yettinchi Faqru fano vodiysiga kirib keladilar:

Har gul ul gulshanda bir ko‘zgu edi,
Kim qayon boqsa alar o‘tru edi...
Ko‘runur erdi nazarda mo‘-bamo‘,
Aks ko‘rguzgon kibi ko‘zguyu su.
Kim qilib Simurg‘ o‘ttuz qush havas,
O‘zlarin ko‘rdilar ul si murg‘u bas

[Navoiy 1996, 300]

Qarasalar ular axtargan Simurg‘ o‘zlari – o‘ttiz qush bo‘lib

chiqadi. Ularning o‘zi o‘sha Simurg‘ning zarrasi, uning zuhuri edi.
Umuman, dostonda Simurg‘ni izlab uzoq yo‘lga otlangan qushlarning
holi tasvirlangan baytlar, Shayx San’on, eshagini xudoga omonat
topshirgan devona, suvga cho‘kib o‘lgan xasis haqidagi hikoyalar kabi
o‘nlab manzumalar teran falsafiy mushohadalarni yuksak badiiyat
bilan ifodalashga ta’kid etilgan vaznlar muhim o‘rin tutadi. Alisher
Navoiy “Lison ut-tayr”da tarsi’, zulqofiyatayn, tardu aks singari
she’riy san’atlarni qo‘llash orqali baytlarni har ikki vazn ohangida
yaratdi.

XVIII asrda yashab ijod etgan Mavlono Xoja Qozi Payvandiy

Rizoiy “Mantiq ut-tayr” va “Lison ut-tayr”ga ergashib, “Qush

tili” asarini yozgan [Ochilov 2012, 8]. Ushbu asar 1171-hijriy,

1756–1757-milodiy yilda yaratilgan. Bu haqida doston so‘nggida

ma’lumot keltiriladi. Tarixi kitob:

Chun qush tilidin kinoyat erdi bu kitob,
Turkiy bila bo‘ldi “Mantiq ut-tayr” xitob.
Tarixini jon bulbulidin so‘rdum esa,

8486

“Qush tili” bila navo chekib qildi javob

[Rizoiy 2009, 369]

Demak, Rizoiyning kitobi qush tilidan kinoyat bo‘lib, u turkiy

tilda “Mantiq ut-tayr”ga murojaat qilgan. Tarixini jon bulbulidan
so‘raganida, “Qush tili” bilan navo chekib javob qilganligini zikr etadi.
Shoir Farididdin Attor, Gulshahriy, Alisher Navoiylar boshlab bergan
an’anani turkiy adabiyotda davom ettirdi.

U yaratgan “Qush tili” dostonining qo‘lyozmasini o‘zbek

sharqshunos olimi M.Imomnazarov ilk bor o‘rganib, doston haqida

maxsus ilmiy maqola e’lon qilgan [Imomnazarov 1998, 78]. Maqola

muallifi o‘zbek tasavvuf adabiyotining vakillaridan biri bo‘lgan
Mavlono Xoja Qozi Payvandiy Rizoiy qalamiga mansub 127-raqam


background image

33

Falsafiy-irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati

ostida saqlanayotgan “Qush tili” asari qo‘lyozmasi bilan Hamid
Sulaymon nomidagi qo‘lyozmalar institutida qadimgi qo‘lyozma-
larni o‘rganish asnosida tanishib chiqqanligini aytadi. Olim o‘zbek
adabiyoti tarixi uchun bu ijodkor hamda uning asari noma’lum
ekanligini alohida ta’kidlaydi.

M.Imomnazarov Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr”,

Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” va Rizoiyning “Qush tili”
dostonlarining syujeti, kompozitsion qurilishi va qo‘lyozmalarni
qiyoslab, ular o‘rtasidagi tafovutlarni ko‘rsatadi. “Har uch asar
o‘z mustaqil mazmuniy va hissiy yo‘nalishiga ega, ularni hech bir
shaklda bir-birining tarjimasi yoki taqlidi deb bo‘lmasligini bayon
etadi. Shuningdek, mo‘tadil: ammo o‘zi tanlagan yo‘nalishni izchil
tutadigan, ko‘proq irfoniy tushunchalarning badiiy ommabop
bayoniga urg‘u beradigan adabiyot yaratildiki, bu ham sof tasavvuf
she’riyatiga mansubdir”, – degan xulosaga keladi [Imomnazarov

1998, 77].

Olima Sh.Hasanova ham Rizoiyning “Qush tili” dostonini

maxsus o‘rganib, o‘z tadqiqotlarida Rizoiy haqida qoniqarli manbalar
topmaganligini zikr etadi. Shuningdek, “O‘zbek adabiyoti tarixi”
3 jildida (1978) XIX asrda Xorazmda yashab o‘tgan shoir Rizoiy
haqida eslab o‘tilganligi va uning “Xurshid va Malikai Dilorom” va
“Gulfarax” nomli dostonlar yozganligi haqida qayd etadi. 2009-yilda
Sh.Hasanova Rizoiyning “Qush tili” dostonini ilk marta nashrini e’lon
qiladi. Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostoniga turkiy tilda
bitilgan Gulshahriy (XVI asr) va Alisher Navoiy tatabbulari qatoriga
yana bir doston, ushbu Rizoiy asari ham qo‘shildi.

Xoja Qozi Payvandiy Rizoiyning “Qush tili” dostonida hamma-

si bo‘lib 156 sarlaha mavjud. Bulardan 66 tasi dostonning asosiy

boblari sarlavhalaridan iborat bo‘lsa, 33 tasi hikoyat nomlarini
tashkil etgan. 53 ta sarlavha Qur’on suralari va hadislardan keltiril-
gan arab tilidagi iqtiboslardan iboratdir. Sarlavhalarning hammasi
surx bilan ajratib yozilgan. Doston jami 8474 misra, 4237 baytdan

iborat [Hasanova, 2016, 12]. Rizoiy dostonning xotima qismida

o‘zining asarini tarjima kitob ekanligini qayd etadi:

Qush tilidan tarjumondur bu kitob,
Ko‘rguzur Anqo sori rohi savob

[Rizoiy, 2009, 33]

deb, kitobning qush tilidan tarjima ekanligini va Anqo sari savobli
yo‘lni ko‘rsatishini bayon etadi. Biroq maxsus tadqiqot olib borgan
olima Sh.Hasanova Rizoiyning ushbu dostoni tarjima emasligini
qayd etadi. Asarning o‘ziga xos syujet va kompozitsiyasi, obrazlar


background image

34

Shahnoza RAXMONOVA

silsilasiga va o‘z g‘oyaviy-falsafiy mazmuni, badiiy-poetik uslubi
Rizoiygagina xos asar, deyishga to‘la asos beradi. Chunki bu doston
boshqalarnikidan tamomila farq qiladi. Rizoiy mavzuni yoritishda
o‘ziga xos yo‘l tutib, uni majoziy talqin usuli orqali bayon qiladi. U
so‘fiyona-falsafiy masalalarni qushlar obrazlari orqali yoritib beradi

[Hasanova 2016, 33]. Bu o‘rinda biz olimaning fikriga qo‘shilamiz.

Chunki asar o‘zigacha yaratilgan dostonlarning syujet chizig‘idan
tubdan farq qiladi.

Rizoiy dostonida o‘zigacha yaratilgan asarlar singari qushlar

to‘g‘ridan-to‘g‘ri vodiylarni bosib o‘tmaydi. Uning asarida bu vodiylar
iqlim deb atalib, ularga qadam qo‘yishdan oldin o‘nta to‘shani bosib
o‘tishlari lozim bo‘ladi. Bular – tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, uzlat,
zikr, tavajjuh, sabr, muroqiblik va rizo to‘shalaridir. “Bu to‘shalarni
bosib o‘tgan har bir solik oldida Haq vasliga erishmoq uchun yana
yetti iqlimni, ya’ni yetti botiniy hislatlarni egallashi vojib qilib

qo‘yiladi” [Rizoiy 2009, 12]. Doston irfoniy dostonlar uchun xos

bo‘lgan

ramali musaddasi mahzuf

vaznida yozilgan.

Asardagi dastlabki to‘sha – tavbadir. Bunda solik shariat man’

etgan barcha yomon illatlardan voz kechib, yaxshilarini o‘z botinida
mujassamlashtirishi lozim bo‘ladi. Mazkur to‘shada Nasuh ismli
kishi to‘g‘risidagi hikoya keltiriladi. Bunda Qur’oniy iqtiboslar va
Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamning hadislari orqali tavba
to‘shasida ko‘tarilgan mavzu o‘z yechimini topadi. Zero, tariqat
yo‘liga kirgan har bir solikning ilk qadami – tavbadir.

Dedi: – Yo Rab,/

zulm(i)

qildim,/ bilmadim,

— V — —/ — V — —/ — V —

Kim saning am/ring bila ish/ qilmadim.

— V — —/ — V — —/ — V —

Nasuh iltijo bilan zulm qilganini bilmaganini ham, yarat-

ganning amri bilan ish qilmaginini ham tan oladi va tavba qiladi.
Bayt uchun tanlangan

bilmadim, qilmadim

qofiyadosh so‘zlari

ayni vaqtda vaznni belgilovchi asosiy vosita hisoblanadi. Chunki

bilmadim, qilmadim

qofiyadosh so‘zlari

foilotun

asliy ruknining

foilun

tarmog‘ida yozilishni taqozo etadi. Birinchi misradagi

“zulm”

so‘zi qator undoshi bilan tugaganligi sababli vazn talabi bilan bitta
qisqa

“i”

unlisi orttiriladi.

Ikkinchi to‘sha – zuhddir. Bu maqomning talablari:

Dunyoning johu jamolindin kechib,
Balki bori mulku molindin kechib.

Faqru faqo aylamaklik ixtiyor,

Puri Adhamtakkim uldir mardikor

[Rizoiy, 2009, 13]


background image

35

Falsafiy-irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati

jumlasidandir. Bunga ko‘ra haqiqiy solik o‘zini dunyoning johu
jamolindin, molu boyliklaridan kechib, faqru kambag‘allik, sabru
toqatlikni ixtiyor qilishdir. Shu tartibda qushlar har bir to‘shada
soliklik maqomini egallab boraveradi. Lekin bu yo‘ldan turli
bahonalar bilan qaytgan qushlar ham bor. 30 ta (dostonda 11 ta qush
keltiriladi) qushning barchasining ham irodasi bunga yetmaydi.
Birinchilardan bo‘lib bulbul, keyin to‘ti o‘z uzrini aytadi. Garchi
Rizoiy Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr”ini o‘z dostonida tilga
olmasa-da, mavzu jihatidan asarlarning bir-biriga yaqinligi sezilib
turadi. Dostonda vazn bilan bog‘liq saktaliklar kuzatiladi.

Shoirning ushbu dostoni turkiy tildagi allegorik-falsafiy

dostonchilikning Gulshahriy va Alisher Navoiy boshlab bergan
an’analarining keyingi davrlarda ham samarali davom etti-
rilganligidan dalolat beradi. O‘zbek adabiyoti tarixida Rizoiyning
“Qush tili” dostoni qushlar obrazlari orqali o‘zida irfoniy qarashlar-
ni aks ettirib, asarda salaflarining tajribasi ijodiy rivojlantirilganligi
va badiiy ijodning yangi namunalari bayon etilganligi bilan alohida
ahamiyat kasb etadi.

Bu yo‘nalishdagi keyingi doston Salohiyning “Bulbul va

Gul” dostoni hisoblanadi. Salohiy haqida adabiyotshunoslikda
deyarli ma’lumotlar kam uchraydi. “Nurmuhammad Nasafiyning
bizgacha yetib kelgan yakkayu yagona asari “Mazhar ul-musannifin”
tazkirasidagi ma’lumotlarda keltirilishicha, Salohiy o‘zbek tilida
“Gul va Bulbul” hamda tojik tilida “Yusuf va Zulayho” dostonlarini

yaratgan” [Shodiyeva 2022, 560]. Salohiy “Gul va Bulbul”ning kirish

qismida o‘z asarini G‘urbatiyning “Gulu Bulbul”i ruhida yozganligini
qayd etadi:

Aytib G‘urbatiykim bir kitobe,
Qo‘yub otin Gulu Bulbul kitobi

[Salohiy, №3402. 2b.].

Olim Sharafiddinov tomonidan 1945-yilda tuzilgan “O‘zbek

adabiyoti xrestomatiyasi”da Salohiyning “Gul va bulbul” dostonidagi
ayrim parchalar kiritilgan. Mazkur parcha 1959-yilda nashr etilgan
to‘rt tomlik “O‘zbek adabiyoti” to‘plamining uchinchi tomiga ham
qisqartirilgan holatda berilgan. Doston haqida B.Valixo‘jayevning
“O‘zbek epik poeziyasi tarixidan” (1974), X.Rasulovning “O‘zbek
epik she’riyatida xalqchillik” (1973) kitoblarida nazariy ma’lumotlar
keltirilgan. Adabiyotshunoslikda Salohiyning dostoni “Gul va bulbul”
deb nomlanib kelingan. Bu haqida B.Valixo‘jayev, X.Rasulovlar ham
o‘z mulohazalarini bildirishgan. Olimlar mazkur dostonni “Bulbul va
Gul” deb atash zarurligini ta’kid etadi. Shoirning o‘zi ham dostonni
“Bulbul va Gul” deb ataydi:


background image

Shahnoza RAXMONOVA

36

Bo‘lub ma’shuqu oshiq Bulbulu Gul,
Bu nazm oti erur ham Bulbulu Gul.

Yoxud:

Bayon aylayki ishqi Bulbulu Gul,
Eshitgil dostoni Bulbulu Gul

[Salohiy. №3402. 3b.]

Anglashiladiki, doston “Gul va bulbul” emas, balki “Bulbul

va Gul” deb nomlangan. “Bulbul va Gul” dostonining toshbosma
nusxalari O‘zFA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti

qo‘lyozmalar fondida 343, 576, 577, 578, 579, 4002, 4248, 4249,

4250, 9143, 9593, 9594, 9595, 11021, 13857, 13858, 13859-raqamli
inventarlar bilan toshbosma nusxalari, 3402, 5354-sonli qo‘lyozma
kitoblari ham saqlanadi. Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi
Davlat adabiyot muzeyida ham 420 hamda 1295 raqamli toshbosma
nusxalari mavjud. Salohiyning ushbu dostoni hijriy 1153, milodiy
1740-yilda yaratilgan. Bu haqida muallifning o‘zi ma’lumot beradi:

Bu kitob tarixi qo‘yningg‘a san quch,
Bo‘lubon bir mingu yuz yellik uch

. [Salohiy, №577. 48b.]

“Bulbul va Gul” dostoni 44 bob, 732 baytni tashkil etadi. Biroq

dostonning 731 bayti tojikcha, 732 bayti esa arabchada bitilgan.
Demak, Salohiy ikki tilda emas, balki uch tilda ijod qilgan. Shuningdek
asarda 7 ta g‘azal hamda 1 ta munojot ham keltirilgan bo‘lib, ular 39
baytdan iborat.

Dostonda, asosan, Bulbulning Qizil gulga oshiq bo‘lishi

va shu syujet bilan bog‘liq epizodlar, Bulbulning qushlar bilan
uchrashib, savol-javob qilishi va asar so‘nggida qafasga tushib
vafot etishi tasvirlanadi. “Bulbul va Gul” dostonida Bulbul va
sakkizta qush (Humoyun, Tovus, To‘ti, Kabk, Qumri, Foxta, So‘fiyo
va Hudhud) o‘rtasidagi savol-javobga keng o‘rin berilgan. Bu syujet
esa biz yuqorida o‘rgangan dostonlarga begona emas. Balki shuning
uchundir Salohiy “Bulbul va Gul” dostonining xotima qismida,
asar Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asariga javob tarzida
yaratilganligi aytiladi:

Savoli hol bo‘ldi Mantiq ut-tayr,
Tamom o‘ldi javobi tammat ul-xayr

. [Salohiy, №577. 40b.]

Shoir bu tarixda “Mantiq ut-tayr”ning so‘rog‘i yaxshi bo‘l-

ganini, asar yaxshilik bilan yakun topganligini aytadi. Faqat doston
“Mantiq ut-tayr” yo‘nalishidagi dostonlar o‘lchovida emas, balki
“Muhabbatnoma” vaznida yozilgan. Nazarimizda, bu bilan shoir
“Mantiq ut-tayr” dostoniga javob yozishni orzu qilganu, lekin uning


background image

Falsafiy-irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati

37

vazniga e’tibor bermagan bo‘lishi mumkin. X.Rasulov esa “O‘zbek
epik she’riyatida xalqchillik” risolasida doston hazaji musaddasi

maxbun vaznida yaratilganligini qayd etadi [Rasulov, 1973, 27].

Bu ham yanglish fikr. Biz bu o‘rinda dostondan parcha olib, uning
tahlilini keltiramiz:

Jahon ra’no/sig‘a bo‘lma/ giriftor,

V — — —/V — — —/ V — ~

Aning ishqi/da bo‘lma zo/ru afgor...

V — — —/V — — —/V — ~

Jahon ra’no/sining yo‘qdir/ baqosi,

V — — —/ V — — —/V — —

Baqosi yo‘q/ aning hamda/ vafosi

. [Salohiy, №3402. 82b]

V — — —/V — — —/ V — —

Keltirilgan baytlar ham hazaji musaddasi maqsur, ham

hazaji musaddasi mahzuf vaznlarida bitilgan. Har ikki vazn uchun
ularga mos o‘zak qofiya turlaridan foydalangan. Hazaji musaddasi
maqsurda yozilgan baytda ridfi asliyli murdaf qofiyadan (

giriftor,

afgor

) foydalansa, hazaji musaddasi mahzuf o‘lchovida yaratilgan

bayt uchun esa raviy harfi cho‘ziq unlidan iborat bo‘lgan mujarrad
qofiyani (

baqo, vafo

) qo‘llaydi. Bu bilan shoir har ikki vazn tabiatini

dostonda almashtirib istifoda etadi. Shoir vazn ohangini ta’sirli
ko‘rsatishda tashbih, tanosub, tasbi’ she’riy san’atlaridan ham
mahorat bilan foydalangan.

Salohiy ushbu asari o‘zining mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi

va obrazlarning talqini nuqtai nazaridan ham shu yo‘nalishdagi
asarlardan tubdan farq qiladi. Doston obrazlaridagi allegoriya
ancha kuchli, chunki asar ma’lum darajada irfoniy falsafa bilan
sug‘orilgan. Buning uchun Bulbulning qushlar bilan munozarasi
epizodiga e’tibor qaratilsa, asarda shoir tomonidan ko‘zlangan
maqsad – uning “ishqi ilohiyga” bo‘lgan e’tiqodi va Bulbulning shu
yo‘lda vafot etgani oydinlashadi. Shu jihatdan “poemadagi Sabo –
pir, Bulbul – murid va Gul “haqiqiy” muhabbat sifatida talqin qilin

gan” [Valixo‘jayev, 1974, 66]. Bulbul “Saboga sen mening pirimsan

hamda yo‘l boshlaguvchi rahbarimsan” deb o‘zining maslahatgo‘yi
sifatida ko‘rsatadi:

Dedi Bulbul Saboni: “San pirimsan,
Mani yo‘l boshlag‘uchi rahbarimsan”.

Dostondagi Humoyun, Tovus, To‘ti, Kabk, Qumri, Foxta,

So‘fiyo va Hudhud kabi qushlar majoziy personajlar bo‘lib, ular
asardagi turli xarakterdagi, hulq-atvordagi insonlar obrazlarini


background image

38

Shahnoza RAXMONOVA

gavdalantiradi. Bu bilan shoir o‘zi yashagan muhitni to‘la to‘kis
ko‘rsatib bermoqchi bo‘ladi. Ana shunday tipdagi dastlabki qush
– Humoyundir. “Afsonalarga ko‘ra Humoyun (qush) noyob, oz
uchraydigan qush bo‘lib, uning soyasi kimning boshiga tushsa, u

odam podsho bo‘lar emish” [Rasulov 1973, 17]. Asarda Humoyun o‘z

xalqini o‘ylamaydigan, badnafs, himmatsiz shoh sifatida gavdalanadi.
Hatto Bulbul unga qarata: “G‘ajirsan it kabi eski so‘ngakni, Jarohat
aylabon jonu yurakni” – deydi. U garchi shoh bo‘lsada, xalqini
azoblab, jonu yuragiga jarohat aylab o‘z maqsadiga yetishishi bayon
etiladi. Shunda Bulbul Humoyunga qarata o‘z nafsining xohishiga
qarab bormaslikni, qanoatli bo‘lishini uqtiradi:

Hazar qil, borma nafsing xohishig‘a,

Qanoat shamshirin chopg‘il boshig‘a

.

Salohiy Humoyun timsolida o‘zi yashagan muhitning og‘irli-

gini anglatmoqchi hamda jamiyatning shunga o‘xshash obrazlarni
turli qushlar vosita ko‘rsatib bermoqchi bo‘ladi. Bunda shoir har bir
qushga vazifa yuklar ekan ularning tashqi ko‘rinishiga ham e’tibor
beradi. Xususan, Ziynatga berilgan boy – Tovus, maqtanchoq tabib
– To‘ti, o‘ziga bino qo‘ygan hofiz – Kabk (Kaklik), riyokor shayx –
Qumri, lof uruvchi oshiq – Foxtak (Qashqarg‘urrak), yolg‘onchi so‘fi –
So‘fiyo (So‘fito‘rg‘ay), Hudhud (Popishak) esa tasbih o‘girib o‘tiruvchi
xudbinlarning tipik vakili bo‘lgan insonlarni gavdalantiradi. Bulbul
qushlarning siridan ogoh bo‘lganidan so‘ng, ulardan ajraladi. Sabo
bilan birgalikda yori tomon talpinadi.

Dostonda “Bulbulning oxirda qafasga tushib qolib, oh urib

o‘lgani esa tamoman so‘fiyona mohiyat kasb qiladi, ya’ni Bulbul – jasad
qafasda uning komil muhabbatining nishonasi – ohi tan – qafasdan
qutuladi va o‘z muhabbati bilan qorishib ketadi [Valixo‘jayev 1974,

66]. Salohiy ham Navoiy singari o‘z dunyoqarashini, qarashlarini

Bulbul va Sabo orqali ifodalashga harakat qilgan.

Umuman, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr”, Gulshah-

riyning “Mantiq ut-tayr”, Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr”, Mavlono
Xoji Qozi Payvandiy Rizoiyning “Qush tili”, Salohiyning “Bulbul va
Gul” kabi irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati o‘ziga xos
o‘ringa ega. Fors adabiyotining yirik vakili Farididdin Attor boshlab
bergan an’anani sobit qadamlik bilan Gulshahriy, Alisher Navoiy, Qozi
Payvandiy Rizoiy, Salohiy davom ettirdi. Gulshahriy, Alisher Navoiy,
Qozi Payvandiy Rizoiy o‘zlarining irfoniy dostonlarini an’anaviy
ramali musaddasi mahzuf, ramali musaddasi maqsur vaznlarida
yaratdi. Faqat, Salohiygina bu an’anadan biroz chekinganday bo‘ldi.
U o‘z dostoniga hazaj bahrining musaddas vaznlarini tanladi.


background image

39

Falsafiy-irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati

Shuningdek, “Bulbul va Gul” tarkibiga 3 ta g‘azal va bitta munojot
singari lirik janrlarni ham kiritdi. Ungacha yaratilgan dostonlarda
bu hol kuzatilmagan edi. Balki Salohiy yashagan davrda XVII asrning
oxirlariga kelib bu hol tabiiy deb qaralgandir.

Adabiyotlar

Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. 2019.

Navoiyshunoslik.

520. T.:

TAMADDUN.

Алишер Навоий. 1996.

Лисон ут-тайр.

20 томлик. 12 том. 337. Т.: Фан.

Арасли Нўшоба. 1980.

Гулшаҳрий ва Навои.

Адабий мерос, 17-22. №13.

Toшкент.

Валихўжаев, Ботир. 1974.

Ўзбек эпик поэзияси тарихидан.

166. Т.: Фан.

Гулшаҳрийнинг “Мантиқ ут-тайр” асарининг илк икки саҳифаси.

Фотиҳ №2557. Туркия Сулаймония кутубхонаси.

159б-160а.https://islamansiklopedisi.org.tr/gulsehri.

02.09.2022.

Имомназаров, Муҳаммаджон. 1998.

Хожа Қози Пайвандий Ризоий.

Ада

-

биёт кўзгуси. 76-81. № 1. Тошкент.

Мавлоно Хожа Қози Пайвандий Ризоий. 2009.

Қуш тили.

Нашрга

тайёрловчи ва сўз боши муаллифи Ш.Ҳасанова. 369. Т.:

Tezkor-Press Print.

Маллаев, Натан. 2021.

Ўзбек адабиёти тарихи.

408. Т.: Kafolat print

company.

Мамадалиева, Зуҳра. 2021.

“Лисон ут-тайр” образлари: рамз ва ма

-

жоз.

Тошкент.

Мамадалиева, Зуҳра. 2015.

Ибн Сино ва Ғаззолий: анъана ва ўзига хос

-

лик.

96-98. №5. Шарқ юлдузи. Тошкент.

Очилов, Эргаш. 2012.

Заковат бўстони. Фаридиддин Аттор.

Ҳикмат

-

лар. 8-9. Т.: O‘ZBEKISTON.

Расулов, Хoлид. 1973.

Ўзбек эпик шеъриятида халқчиллик.

148. Т.: ФАН.

Салоҳий.

Гул ва Булбул тасвири.

O‘zRFASHI, қўлёзма инв №3402.

Салоҳий.

Гул ва Булбул тасвири.

O‘zRFASHI, тошбосма инв 577.

Аттор, Фаридиддин. 2012.

Ҳикматлар.

113. Т.: O‘ZBEKISTON.

Ҳасанова, Шафоат.

“Тўтинома” ва “Қуш тили” туркумидаги асар

-

ларнинг қиёсий-типологик ва текстологик тадқиқи.

Фил.ф.д...дисс. Т.: 2016.

Ҳасанова, Шафоат. 2006

. Мавлоно Хожи Қози Пайвандий Ризоий

-

нинг “Қуш тили” достони ва унинг қиёсий-текстологик

тадқиқи.

104. Т.: ЎзР ФА Давлат адабиёт музейи.

Ҳожиаҳмедов, Анвар. 1998.

Ўзбек арузи луғати.

Т.: ШАРҚ.

Шарипов, Шарафиддин. 1982.

“Лисон ут-тайр” достонининг генезиси

ва ғоявий-бадиий хусусиятлари.

166. Тошкент: Фан.

Юсупова, Дилнавоз. 2011.

Алишер Навоий “Хамса”сида мазмун ва

ритмнинг бадиий уйғунлиги.

Т.: MUMTOZ SO ‘Z.


background image

40

Shahnoza RAXMONOVA

The relationship of meter and content in

philosofical and irfoniy epics

Shahnoza Rakhmonova

1

Abstrakt

In this article, the origin, genesis, gradual development of

irfoniy epics, principles of development in Turkish and Persian
literature are researched. The epics of Fariduddin Attar, Gulshahri,
Alisher Navoi, Rezai Payvandi, and Salahi were analyzed. the
characteristics of vazn, measurement possibilities, poetic arts, rhyme
system in the epics of these creators were studied and analyzed. The
article also reveals the relationship between weight and content in
irfoniy epics. Also, the article expresses the reaction to the existing
views and opinions in literary studies. In order to read epic verses
expressively, the events of vasl, imola, tag’yir, and taslim are clarified.
In the process of writing the research, the book «From the history
of Uzbek epic poetry» by B. Valikho’jaev, the article «Gulshahri and
Navoi» by Arasli Noshoba, the book «Genesis and ideological-artistic
features of the epic «Lison ut-Tair»» by Sh. Sharipov , Sh. Hasanova’s
«Bird» by Maulana Khoji Qazi Payvandi Rezai»language» epic and
its comparative-textological study» monograph, Z. Mamadalieva’s
«Images of Lison ut-Tair: symbol and metaphor» based on theoretical
views. The convenience of Ramali musaddasi mahzuf and Ramali
musaddasi maksur vazns for works in the direction of irfoniy epics
has been revealed.

Key words

:

Epic, genre, masnavi, meter, ramal.

References

Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. 2019.

Navoiyshunoslik.

520. T.:

TAMADDUN.

Alisher Navoiy. 1996.

Lison ut-tayr.

20 tomlik. 12 tom. 337. T.: Fan.

Arasli No‘shoba. 1980.

Gulshahriy va Navoi.

Adabiy meros, 17-22. №13.

Toshkent.

1

Rakhmonova Shahnoza Muhitdinovna

Alisher Nava’i Tashkent state university of

the Uzbek language and literature Doktorant, PhD.

E-pochta:

shahnoza.raxmonova86@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-4521 -8754

For citation:

Rakhmonova Sh.M. 2022. "The relationship of meter and content in

philosofical and irfoniy epics".

Uzbekistan: Language and Culture

2 (2): 26-41.


background image

41

Falsafiy-irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati

Valixo‘jaev, Botir. 1974.

O‘zbek epik poeziyasi tarixidan.

T.: Fan.

Gulshahriyning “Mantiq ut-tayr” asarining ilk ikki sahifasi.

Fotih №2557. Turkiya Sulaymoniya kutubxonasi. 159b-160a.

https://islamansiklopedisi.org.tr/gulsehri. 02.09.2022.

Imomnazarov, Muhammadjon. 1998.

Xoja Qozi Payvandiy Rizoiy.

Adabiyot

ko‘zgusi. 76-81. № 1. Toshkent.

Mavlono Xoja Qozi Payvandiy Rizoiy. 2009.

Qush tili.

Nashrga tayyorlovchi

va so‘z boshi muallifi Sh.Hasanova. 369. T.: Tezkor-Press Print.

Mallaev, Natan. 2021.

O‘zbek adabiyoti tarixi.

408. T.: Kafolat print compa-

ny.

Mamadalieva, Zuhra. 2021.

“Lison ut-tayr” obrazlari: ramz va majoz.

Toshkent.

Mamadalieva, Zuhra. 2015.

Ibn Sino va G‘azzoliy: an’ana va o‘ziga xoslik.

96-

98. №5. Sharq yulduzi. Toshkent.

Ochilov, Ergash. 2012.

Zakovat bo‘stoni. Farididdin Attor.

Hikmatlar. 8-9. T.:

O‘ZBEKISTON.

Rasulov, Xolid. 1973.

O‘zbek epik she’riyatida xalqchillik.

148. T.: FAN.

Salohiy.

Gul va Bulbul tasviri.

O‘zRFASHI, qo‘lyozma inv №3402.

Salohiy.

Gul va Bulbul tasviri.

O‘zRFASHI, toshbosma inv 577.

Attor, Farididdin. 2012.

Hikmatlar.

113. T.: O‘ZBEKISTON.

Hasanova, Shafoat.

“To‘tinoma” va “Qush tili” turkumidagi asarlarning qiyo-

siy-tipologik va tekstologik tadqiqi.

Fil.f.d...diss. T.: 2016.

Hasanova, Shafoat. 2006.

Mavlono Xoji Qozi Payvandiy Rizoiyning “Qush tili”

dostoni va uning qiyosiy-tekstologik tadqiqi.

104. T.: O‘zR FA

Davlat adabiyot muzeyi.

Hojiahmedov, Anvar. 1998.

O‘zbek aruzi lug‘ati.

T.: ShARQ.

Sharipov, Sharafiddin. 1982.

“Lison ut-tayr” dostonining genezisi va

g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari.

166. Toshkent: Fan.

Yusupova, Dilnavoz. 2011.

Alisher Navoiy “Xamsa”sida mazmun va

ritmning badiiy uyg‘unligi.

T.: MUMTOZ SO ‘Z.

Библиографические ссылки

Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. 2019. Navoiyshunoslik. 520. T.: TAMADDUN.

Алишер Навоий. 1996. Лисон ут-тайр. 20 томлик. 12 том. 337. Т.: Фан.

Арасли Нўшоба. 1980. Гулшаҳрий ва Навои. Адабий мерос, 17-22. №13. Toшкент.

Валихўжаев, Ботир. 1974. Ўзбек эпик поэзияси тарихидан. 166. Т.: Фан.

Гулшаҳрийнинг “Мантиқ ут-тайр” асарининг илк икки саҳифаси.Фотиҳ №2557. Туркия Сулаймония кутубхонаси. 159б-160а.https://islamansiklopedisi.org.tr/gulsehri. 02.09.2022.

Имомназаров, Муҳаммаджон. 1998. Хожа Қози Пайвандий Ризоий. Ада - биёт кўзгуси. 76-81. № 1. Тошкент.

Мавлоно Хожа Қози Пайвандий Ризоий. 2009. Қуш тили. Нашрга тайёрловчи ва сўз боши муаллифи Ш.Ҳасанова. 369. Т.: Tezkor-Press Print.

Маллаев, Натан. 2021. Ўзбек адабиёти тарихи. 408. Т.: Kafolat print company.

Мамадалиева, Зуҳра. 2021. “Лисон ут-тайр” образлари: рамз ва мажоз. Тошкент.

Мамадалиева, Зуҳра. 2015. Ибн Сино ва Ғаззолий: анъана ва ўзига хослик. 96-98. №5. Шарқ юлдузи. Тошкент.

Очилов, Эргаш. 2012. Заковат бўстони. Фаридиддин Аттор. Ҳикмат - лар. 8-9. Т.: O‘ZBEKISTON.

Расулов, Хoлид. 1973. Ўзбек эпик шеъриятида халқчиллик. 148. Т.: ФАН.

Салоҳий. Гул ва Булбул тасвири. O‘zRFASHI, қўлёзма инв №3402.

Салоҳий. Гул ва Булбул тасвири. O‘zRFASHI, тошбосма инв 577.

Аттор, Фаридиддин. 2012. Ҳикматлар. 113. Т.: O‘ZBEKISTON.

Ҳасанова, Шафоат. “Тўтинома” ва “Қуш тили” туркумидаги асарларнинг қиёсий-типологик ва текстологик тадқиқи. Фил.ф.д...дисс. Т.: 2016.

Ҳасанова, Шафоат. 2006 . Мавлоно Хожи Қози Пайвандий Ризоийнинг “Қуш тили” достони ва унинг қиёсий текстологик тадқиқи. 104. Т.: ЎзР ФА Давлат адабиёт музейи.

Ҳожиаҳмедов, Анвар. 1998. Ўзбек арузи луғати. Т.: ШАРҚ.

Шарипов, Шарафиддин. 1982. “Лисон ут-тайр” достонининг генезиси ва ғоявий-бадиий хусусиятлари. 166. Тошкент: Фан.

Юсупова, Дилнавоз. 2011. Алишер Навоий “Хамса”сида мазмун ва ритмнинг бадиий уйғунлиги.Т.: MUMTOZ SO‘Z.‘Z.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов