Abdulla Oripovning xorijda yaratilgan she’rlarida obrazlar tasnifi va tadriji

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
72-84
16
3
Поделиться
Худоярова, Г. . (2023). Abdulla Oripovning xorijda yaratilgan she’rlarida obrazlar tasnifi va tadriji. Узбекистан: язык и культура, 1(2), 72–84. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2022-pp72-84
Гульрух Худоярова, ашкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

 Доктор философии (PhD) в области филологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada A.Oripovning xorijda yaratilgan asarlaridagi obrazlar tizimi, ularning yangilanish bosqichi, nazariy tasnifi amalga oshirilgan.Obrazlar tasnifi asosida ulardagi o‘zgarishlar, kechinmani ifodalashdagi o‘rni tahlil etiladi. She’rlar yillar kesimiga muvofiq tarzda guruhlarga ajratilib, ulardagi tafakkur tadriji aniqlanadi. Vatan, ayol, yoshlik kabi mavzularda shoirning obrazlarni qo‘llash mahorati, lirik kechinmani ifoda etish usullari xususida so‘z yuritiladi. Xorijda yaratilgan 8 turkumdagi she’rlar badiiyati o‘zaro qiyos etiladi. Ularda shoir kechinmalarini aks ettirish yo‘llari aniqlanib, she’rlar makon va zamon nuqtayi nazaridan tasnif etiladi. Inson, hayvon, geografik makon, detal obrazlarning o’zaro qiyosiy tahlili amalga oshirilib, ushu obrazlarni yaratishda shoirning badiiy mahorati tadqiq etiladi. Xorij safarida yaratilgan she’rlarning obrazlar tizimida lirik kechinma aks etilishi masalasi yoritiladi.


background image

72

Uzbekistan: Language and Culture 2022/2(2)

ISSN 2181-922X 72—84

Abdulla Oripovning xorijda yaratilgan

she’rlarida obrazlar tasnifi va tadriji

Gulrux Xudoyorova

1

Abstrakt

Maqolada A.Oripovning xorijda yaratilgan asarlaridagi obrazlar

tizimi, ularning yangilanish bosqichi, nazariy tasnifi amalga oshirilgan.
Obrazlar tasnifi asosida ulardagi o‘zgarishlar, kechinmani ifodalashdagi
o‘rni tahlil etiladi. She’rlar yillar kesimiga muvofiq tarzda guruhlarga
ajratilib, ulardagi tafakkur tadriji aniqlanadi. Vatan, ayol, yoshlik kabi
mavzularda shoirning obrazlarni qo‘llash mahorati, lirik kechinmani ifoda
etish usullari xususida so‘z yuritiladi. Xorijda yaratilgan 8 turkumdagi
she’rlar badiiyati o‘zaro qiyos etiladi. Ularda shoir kechinmalarini aks
ettirish yo‘llari aniqlanib, she’rlar makon va zamon nuqtayi nazaridan
tasnif etiladi. Inson, hayvon, geografik makon, detal obrazlarning o’zaro
qiyosiy tahlili amalga oshirilib, ushu obrazlarni yaratishda shoirning badiiy
mahorati tadqiq etiladi. Xorij safarida yaratilgan she’rlarning obrazlar
tizimida lirik kechinma aks etilishi masalasi yoritiladi.

Kalit so‘zlari:

tasnif, obraz, lirik kechinma, badiiy ifoda, safar

lirikasi, inson obrazi, detal obraz, geografik makon obrazi.

Kirish

Obraz muallif tuyg‘ularining ifodasi o‘laroq vujudga keladi

yoxud obraz shoir chizgan suratdir. Obraz elementlarida muallif
lirik kechinmalari aks etadi. Shu jihatdan ham lirik kechinma tahlili
jarayonida obraz muhim ahamiyatga ega. Jamoliddin Turdimov
lirik kechinma va poetik obraz aloqasi haqida quyidagicha fikrlarni
keltirib o‘tadi: “Kechinma va poetik obrazning o‘zaro aloqasini inkor
qilib bo‘lmaydi, chunki poetik obrazlarga baribir lirik kechinma
she’rga bergan umumiy kayfiyat, bo‘yoqning mazmunning nuqsi
uradi. She’rdagi har bir nuqta kechinmadan kelib chiqadi va u bilan

bevosita aloqador” [Turdimov 1999, 18].

Abdulla Oripovning xorijda yozilgan asarlari Moskva,

1

Xudoyorova Gulrux Normurod qizi – PhD, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent

davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-pochta:

gulruxxudoyorova@gmail.com

ORCID ID

: 0000-0002-1977-2225

Iqtibos uchun:

Xudoyorova, G. 2022. “Abdulla Oripov she’riyatida lirik kechinma

va poetik tasvir uyg’unligi”.

O‘zbekiston: til va madaniyat”.

2(2): 72-84.


background image

Abdulla Oripovning xorijda yaratilgan she’rlarida obrazlar tasnifi va tadriji

73

Armaniston, Rim, Amerika, Italiya, Yaponiya, Jeneva kabi mamlakat
va shaharlarga qilgan sayohatlari natijasi o‘laroq yuzaga kelgan. Ular
jami 8 ta to‘plamdan iborat bo‘lib, shartli ravishda “Moskva turkumi”,
“Armaniston turkumi” “Haj daftari”, “Jeneva daftari”, “Yapon
ohanglari”, “Italiya daftari”, “Turkiya daftari”, “Ummonorti ilhomlari”
deb nomlanadi.

Asosiy qism

Armaniston turkumida 5 ta she’r mavjud bo‘lib, yaratilish

davri 1967-yil deb belgilanadi. Moskva turkumidan esa 1981-yilda

yaratilgan 4 ta she’r o‘rin olgan. Bu ikki turkumdagi she’rlarda
ijodkorning lirik, ishqiy, ijtimoiy xarakterdagi she’rlari jamlangan.

“Haj daftari” shoirning 1992-yilning 25-may sanasidan 16-iyun oyiga

qadar Makka va Madinada yozilgan 15 ta she’rni o‘z ichiga qamrab
oladi. Unda shoirning diniy va dunyoviy masalalarga oid qarashlari
o‘z aksini topadi. “Jeneva daftari” Abdulla Oripovning “Tanlangan
asarlar”ida (Toshkent, Sharq, 2019) alohida ikki mustaqil qism
sifatida, ammo ayni bir nom ostida beriladi. Bunda shoirning ilk
safari natijasi o‘laroq vujudga kelgan dastlabki to‘plamda jami 10 ta
she’r mavjud bo‘lib, ular Abdulla Oripovning Jenevaga birinchi bor

sayohat qilganida, ya’ni 1996-yilda yaratilgan. Shoirning ikkinchi

bor Jenevaga qilgan safari natijasida yaratilgan to‘plam birinchi
to‘plamga nisbatan hajman kattaroq. Unda jami 39 ta she’r mavjud
bo‘lib, muallif ushbu to‘plamdagi she’rlarning ostiga 2003-yilning

7-iyul sanasidan boshlab 2004-yilning 26-noyabrigacha bo‘lgan

sanalarni qayd etadi. “Yapon ohanglari” esa 2003-yilda yaratilgan
she’rlardan iborat bo‘lib, 9 ta, “Italiya daftari” esa 2008-yilning Rim va
San-Morino shaharlarida yaratilgan 10 ta she’rni o‘z ichiga qamraydi.
“Turkiya daftari”dan esa 17 ta she’r o‘rin olgan bo‘lib,ular 2003-yilda
yaratilgan. Qolaversa, ishga Abdulla Oripovning Rimga safari
natijasi o‘laroq yaralgan “Tunislik bola” she’ri ham ishning manbasi
sifatida olindi. Shoirning hajman va mazmunan eng yirik to‘plami

bu “Ummonorti ilhomlari” bo‘lib, unda jami 166 ta she’r mavjud.

Ushbu she’rlarning barchasini jamlaganda xorij safarlari mobaynida
yozilgan she’rlarning umumiy hajmi jami 277 tani tashkil etib, ushbu
she’rlarni obrazlar jihatidan tasniflash va ulardagi obrazlar tadrijini
o‘rganish, lirik kechinma masalasining obrazlarda qay tarzda aks
etishini aniqlash bugungi kun adabiyotshunosligimizning eng
dolzarb masalalaridan biridir. Shundan kelib chiqilgan holda aytish
mumkinki, Abdulla Oripov safarlari mobaynida vujudga kelgan
to‘plamlar obrazlar xilma-xilligi, badiiyati va chuqur mazmunga


background image

74

Gulrux XUDOYOROVA

egaligi bilan adabiyotshunoslikda obraz masalasini ilmiy jihatdan
tadqiq qilish uchun yirik manbaa vazifasini bajara oladi. Shoirning
xorijda yaratilgan she’rlaridagi lirik kayfiyatni ochib berish uchun 4
ta obraz asosiy o‘rin. Ular:

Geografik makon nomlari obrazi;

Inson obrazi;

Hayvon obrazi;

Detal obrazlar

Ushbu obrazlar shoirning xorijda yaratilgan har 8 ta

to‘plamida ham shoirning badiiy maqsadini va lirik kechinmalarini
ochib berishga xizmat qiladi.

Shu o‘rinda detal obrazlar masalasiga alohida to‘xtalib o‘tish

joiz. Detal obrazlar xususida dastavval adabiyotshunos B. Sarimsoqov
fikr yuritadi. Narsa-buyumlar, portretlar, peyzaj kabi tasvirlar detal
obrazlarni tashkil etadi. Muallif ayni shu detal obrazlar vositasida
o‘z his-tuyg‘ularini, maqsad va fikrlarini ochib beradi. Ba’zan detal
obrazlar ramziy ma’no-mazmunga ham ega bo‘ladi.

Shu jihatdan Abdulla Oripov she’riyatidagidagi 9 ta detal

obraz tahlil qilinar ekan, ushbu detal obrazlarning nomlanishi,
bajargan vazifasi, o‘zbek xalqi urf-odati va an’analariga qay darajada
murojaatiga ko‘ra ham ularni ikkiga ajratishni maqbul deb topdik:

Umumiy detal obrazlar;

Milliy mentalitetga xos detal obrazlar;

Bu tasnifda umumiy detal obrazlar butun insoniyat uchun

tanish va bir xil vazifa bajaruvchi obrazlar bo‘lsa, milliy mentalitetga
xos detal obrazlar faqat bizning xalq orasidagina qo‘llanuvchi, milliy
g‘urur, iftixor timsollari vazifasini o‘tovchi predmetlar, peyzajlar, urf-
odatlar obrazidir.

Xorij safarlari mobaynida yaratilgan she’rlarda badiiy

tafakkur va obrazlar tadriji, muallifning lirik kechinmalari bizning
tasnifga ko‘ra muallifning obrazlarga quyidagicha yondashuvi
asosida ko‘rinadi:

1. Kashfiyot obrazlar vositasida.
2. Turg‘un va o‘zgaruvchan obrazlar vositasida.

Xorij safarlarida yozilgan she’rlarda mavzu va obrazlar tizimi

bir-biriga yaqin va o‘xshashdir: ayol, vatan, muhabbat, insoniylik
kabi.Ularning barchasi turli vaqtda, turli o‘rinlarda yaratilganiga
qaramay bu she’rlarda bir ijodkorning ruhiyati anglashiladi. Ammo


background image

75

Abdulla Oripovning xorijda yaratilgan she’rlarida obrazlar tasnifi va tadriji

boshqa to‘plamlardan farqli o‘laroq “Ummonorti ilhomlari”da safar
davomida yaratilgan shunday she’rlar mavjudki, ular mavzusi
va yaratilgan obrazi jihatidan tamomila yangi va dolzarbdir.
Muallifning “Mardikor” she’ri ana shunday mazmun jihatidan
boshqa she’rlardan tubdan farq qiluvchi va o‘ziga xos ijod namunasi
sanalib, dastlab voqealar bayoni oddiy, barchamizga ma’lum
va tanish jarayon haqida so‘z yuritishdan boshlanadi:

Bajargin

o‘zingga mansub yumushni,Ovchi ham o‘ljasin bir o‘zi ovlar. Agar
yoqtirmasa qandaydir ishni,

Mardikor yollaydi ba’zi birovlar.

Mumtoz adabiyotda

“Musalsal g‘azal” tushunchasi mavjud. Unda voqealar rivoji
darajama-darajama rivojlanib boradi. Bunga Navoiyning mashhur
“Jong‘a chun dermen...” deb boshlanuvchi g‘azali misol bo‘lishi
barchaga ayon. Abdulla Oripov mumtoz adabiyotdagi ana shu
tadrijiylikni barmoq vaznida mohirona qo‘llaydi. “Mardikor” she’ri
oddiy kichik voqealar bayonidan boshlab asta-sekin rivojlanib
boradi. Mahalladagi hasharlarda, shanbaliklarda pul yordamida
mardikorlardan foydalanishga, bilimsiz farzandi o‘rniga pul bilan
bilimli bolani mardikor sifatida yollab o‘qishga kiritish voqealariga
borib ulanadi. Ammo tadrijiylikning eng yuqori darajasi bu emas.
Hali fojialarning darajasi yanada yuqorilab boradi. Endi hatto
azada ham mardikor ishlatilayotgani, ya’ni “mardikor yig‘ichilar”
haqida so‘z ketadi. Asta-sekin shoir jamiyatning eng og‘ir, og‘riqli
muammolari tomon boradi.

Ammo asl fojia, ya’ni asar kulminatsiyasi

she’r so‘ngida ma’lum bo‘ladi

: Hech kimning qo‘rg‘onin bosmasin

xatar, Hatto zor qilmasin hamsoyasiga, Vatanning boshiga ish tushsa
agar, Mardikor borgaymi himoyasiga.

Tarixdan ma’lumki, janglarda ba’zan hukmdorlar yollanma

jangchilar madadidan foydalanganlar. Ammo ularning ko‘pchiligi
mag‘lubiyatlarga uchragani tarixiy fakt. Boisi yollanma jangchilar
faqat pul uchungina jang qilgan. Ular uchun boshqa tuyg‘ular
begona. Ko‘pchilik hollarda ularga kim ko‘proq pul taklif qilsa
o‘sha tomonga o‘tib ketaverishgan. Chunki ular uchun vafo,
sadoqat hissi begona. Ular vatan va uning ozodligi uchun emas,
aksincha, mol-dunyo uchungina jang qiladilar. Odatda yollanma
jangchilar madadiga tayangan hukmdorlar oxir-oqibatda juda ko‘p
holatlarda mag‘lubiyatga uchraydilar. Jumladan “Boburnoma”da
Bobur Shayboniyxon bilan bo‘lib o‘tgan muhim janglarning
birida yollanma mo‘g‘ul jangchilaridan foydalanganligini va
bundan qattiq afus-nadomat chekkanligini yozadi: “Bizga
ko‘makka kelgan mo‘g‘ul lashkarining urushga toqatlari yo‘q edi.


background image

76

Gulrux XUDOYOROVA

Urushmoqni qo‘yib, o‘zimizning elniyoq talab, otdan tushurishga
kirishdilar”

[Boburnoma 1028, 153].

Demak qachondir qo‘llangan

“yollanma jangchi” tushunchasini bugungi tilda shoir “mardikor”
tushunchasiga tenglashtiradi va lirik kechinmalarini ochib berish
uchun bu obrazdan unumli foydalalanadi. Shoir so‘zlaridan ayonki
“mardikorlar” – “yollanma jangchilar”ga himoyasi qolgan yurtning
holiga voy. Shu bois yurtga, xalqqa mardikorlar emas, chinakam
mard farzandlar, himoyachilar kerak. Zero, faqat yurtning o‘z
bolasigina o‘z elini chinakam himoya qiladi, asrab-avaylaydi.
Shoir ana shunday katta tushunchani “Mardikor” she’ri zamiriga
jo qilar ekan, o‘zining kelajakni ko‘rishga qodir o‘tkir nigohi bilan
insoniyat boshiga tushishi mumkin bo‘lgan ulkan xavf-u xatardan
ogohlantiradi.

Inson fitratida bir paytning o‘zida ham ezgulik, ham yovuzlik

mavjud. Ular – bir narsaning ikki tomoni. Abdulla Oripov shoirga xos
sinchi nigoh ila inson fitratidagi ayni shu ikki jihatni to‘liq darajada
anglaydi va o‘z asarlarida bu holatni yorqin ifodalab bera oladi.
Zero, inson – ham ijtimoiy, ham biologik, ham ruhiy ildizga ega,
ularning jamini o‘zida jo qilgan murakkab mavjudot. Adabiyotning
har qanday mavzusi tag mazmunida inson obrazi, uning tuyg‘ulari
va hissiyotlari mujassam.

Inson obrazi

Abdulla Oripov she’riyatining

ham bosh va yetakchi mavzularidan biri sanaladi. Ijodkor Insonni
eng ulug‘ va mukammal yaratiq deb hisoblaydi. Chunki inson barcha
mavjudotlardan ulug‘roq kuchga – fikrlash, tafakkur qilish qudratiga
ega. Shu bois faqat inson ertangi kunini yaratish, unga ta’sir qilish
qudratiga ega. Tarixni ham insonning o‘zi bitadi. Inson ta’siri bilan
tarix yo shonli, yoxud qonli bo‘lishi mumkin. Shoir nazdida inson
nafaqat sharafli yashamog‘i, hattoki uning o‘limi ham sharafli
bo‘lmog‘i joiz:

Odamzod mardlikni qilmasin kanda, Pichog‘in charxlar-

ku hech bo‘lmaganda.Qo‘ying, jallodga ham yolchisin banda, Duch
kelgan kimsaga topshirmang uni.

Aslida sharafli o‘lim topmoq uchun

ham insonga mos va xos tarzda hayot kechirmoq lozim. Abdulla
Oripovning xorijda yaratilgan she’rlarida inson obrazining o‘ziga xos
talqini mavjud. Shoir o‘z she’rlarida inson obrazini

shifokor, muxbir,

ovchi, olim, shoir

kabi kasb vakillari qiyofasida gavdalantiradi. Ayni

shu jarayonda shoirning mahorati va badiiy kashfiyoti namoyon
bo‘ladi. Abdulla Oripov turli kasb vakillari qiyofasida inson
xarakteridagi qarama-qarshi jihatlarni, yovuz va ezgu niyatli inson
qiyofalarini ko‘rsatib beradi. Turli xil kasblar vositasida insonning
turli xil xususiyatlarini ochib beradi. Masalan, uning “Jeneva daftari”
tarkibiga kiruvchi “Muxbirlar” she’riga e’tibor qarataylik:


background image

Abdulla Oripovning xorijda yaratilgan she’rlarida obrazlar tasnifi va tadriji

77

Odam ko‘kka uchdi,
Quchdi ummonni.
Yetdi poyoniga kurash, ur-surlar.
Gij-gijlatib qo‘yib telba jahonni,
Bu kun minbarlarga chiqdi muxbirlar.

Shoir muxbir qiyofasidan foydalanib inson xarakteridagi

g‘iybatchilik, fisq-u fasodni qoralaydi. Insonning o‘zaro nizolarga
sabab bo‘luvchi xarakter-xususiyatini tanqid ostiga oladi. “Italiya
taassurotlari”da esa “Jeneva daftari”dagi muxbir qiyofasiga qarama-
qarshi, tamoman zid bo‘lgan do‘xtir qiyofasidan foydalanib insoniyat
xarakteridagi ezgu fazilatlarni – mehr-u muhabbat, birodarlik, rahm-
shafqat tuyg‘ularini ulug‘laydi

: So‘rab o‘tirmadi millatimni u, Tekshirib,

qandaydir illatimni u. Oraga solmadi siyosatni ham, Mamlakat, din
bilan diyonatni ham.

Olis elda unga shifo bo‘lgan do‘xtir shoir qalbida

inson farzandlariga nisbatan cheksiz mehr tuyg‘usini uyg‘otadi.
Abdulla Oripovning bu ikki she’ri yaratilish o‘rni va vaqti jihatidan

bir-biridan qat’iy farq qiladi. “Muxbirlar” she’ri 1996-yilda Jenevada

yaratilgan bo‘lsa, uning “Do‘xtir” she’ri 2008-yilda Italiyaning Rimini
shahrida yozilgan. Ijodkor Inson obrazini gavdalantirishda turli
kasb egalarining har xil xarakter va portretini yaratish orqali Inson
xarakteri antitezasini yuzaga keltiradi va Inson obraziga murojaat
etar ekan, an’anaviy sanalgan bu mavzuga yangicha ruh beradi.
Abdulla Oripovning inson mavzusidagi she’rlarini yaratilgan
yillariga ko‘ra ketma-ketlikda tahlil etilsa, ularning barchasida
ijodkorning bu mavzudagi lirik kechinmalari deyarli bir xil ekanligi
ma’lum bo‘ladi. Shu sababli ham biz Abdulla Oripov she’rlaridagi

Inson

obrazini

o‘zgarmas obraz

sifatida baholadik.

Abdulla Oripovning xorijda yaratilgan inson obrazi sirasiga

kiruvchi

ayol

mavzusi alohida o‘rin va darajaga ega. Jumladan

shoirning “Everest va ummon”, “Jeneva daftari” to‘plamlarida
to‘rttadan, “Italiya safari” va “Haj daftari”da bittadan, Moskva va
Armaniston safarlaridaham aynan shuncha ona, yor, qiz mavzusidagi
she’rlarga duch kelamiz.

Ma’lumki, ayol obrazi o‘zbek adabiyotidagi an’anaviy ob-

razlardan biridir. Ammo o‘zbek adabiyotida ayol obraziga alohida
e’tibor va yondashuv shoirning xorijda yaratilgan she’rlarida
kuzatiladi. Uning ijodida ayol mavzusi shunchaki mavzuligicha
qolib ketmaydi, aksincha, obraz darajasiga ko‘tariladi va an’anaviy
obrazlardan biri bo‘lgan bu obrazga murojaat jarayonida muallifning
yuksak novatorligi bo‘y ko‘rsatadi. Shoir ijodida ayol obrazi

mehr,

poklik, muhabbat, ezgulik, o‘tmish va kelajak

timsoliga aylanib ketadi.


background image

78

Gulrux XUDOYOROVA

Ijodkor ayol obrazida xalqning o‘tmishini, kelajagini ko‘radi. Jumladan
olis Xyustonda turib o‘zbek ayoli qismatini, kecha va bugunini yodga
oladi. “Yangi asr mo‘jizalari” she’rida bu haqda shunday yozadi:

O‘tgan davrlarning asoratlari
Ko‘zikkan yaraday bitib ketgaydir.
Inshoolloh, eng oliy murodlar sari,
O‘zbek ayoli ham borib yetgaydir.

Demakki, shoir nazdida ayol qalbida olis moziyning jaro-

hatlari va kelajak quyoshining porloq nurlari mujassam. Shul bois
Abdulla Oripov ijodida ayol obrazi olis o‘tmish va porloq kelajak
timsolidir.

Haqiqatan, shoir ta’kidlaganidek, ayol KELAJAK timsolidir.

Chunki har bir ayol, har bir ona beshikda ertangi kunni, porloq
kelajakni, Hazrati insonni ulg‘aytiradi. Muallifning “Haj daftari”
tarkibiga kiruvchi “Ona” she’rida ana shu ma’no-mazmun yanada
oydinlashadi. Ayol obrazi shoir ijodida yana bir pog‘ona balandlaydi

:

Qavmimni ranjitib qo‘ymayin, ammo,Tobut yasab kelgan er zoti doim.

Onalar bag‘riga faqat beshik jo, Hayotbaxsh allalar aytgan, muloyim

deya ta’kidlaydi. Ayol farzandga hayot baxsh etadi, unga hayotbaxsh
allalar aytib voyaga yetkazadi. Shuning uchun ham ayol o‘z-o‘zidan
HAYOTNING, TIRIKLIKNING timsoliga aylanadi va shu sabab ayol
obrazini tiriklik, hayot timsoli bilan uyg‘unlashtiradi.

Abdulla Oripov she’riyatida ayol obrazi yanada mazmun va

badiiy jihatdan mukammallashib, badiiylik kasb etib boraverganiga
ishonch hosil qilamiz. Xususan muallifning “Jeneva daftari” tarkibiga
kirgan “Jamayka” she’ri bu jihatdan e’tiborga molikdir. Ushbu she’rda
shoir ko‘ngil qo‘ygan sanam “Ming bir kecha” ertaklarida ta’riflangan
sanamlardanda go‘zalroqdir. Bu suluv muallifning yodiga olislarda
qolgan yoshligini soladi:

Boqib jamolingga, yuragimda mung,
Olis yoshligimni esga olayin.
Ortingdan “Jamayka, Jamayka”, deb so‘ng,
U sirli qo‘shiqni kuylab qolayin.

Aniq va ravshan ko‘rinib turganidek, bu she’rda sevikli yor –

YOSHLIK ramzi. Jamaykaning go‘zal qizi shoir qalbini to‘lqinlantiradi
va uni eng baxtiyor damlariga – yoshlik kezlariga qaytaradi.

Nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyotiga e’tibor qaratilsa,

ularning qariyb barchasida ayol obrazi (Ularning aksari qandaydir
ismlar bilan ataladi) mavjud ekani kuzatiladi. Abdulla Oripov ijodida
Kamilla (“Italiya safari”), Salminaxonim (Armaniston safari), Irina


background image

Abdulla Oripovning xorijda yaratilgan she’rlarida obrazlar tasnifi va tadriji

79

(Moskva turkumi) Erkin Vohidovda Azganush (“Kavkaz she’rlari”),
Sergey Yeseninda Shahina (“Fors taronalari”) kabi ismlarga duch
kelamiz. Ushbu she’rlarda e’tiborni tortuvchi bir jihat borki, ayni
shu jihat yuqorida nomlari sanab o‘tilgan barcha ayollar obrazidagi
mohiyatni birlashtiradi. Har uchala ijodkor ham o‘zga yurtdagi
go‘zal qiyofasida o‘z yurtida qolgan muhabbatini yodga oladi va
o‘zga yurtdagi sevgisi unga Vatanini, undagi muhabbatini eslatib
yuboradi. Bundan ko‘rinadiki, nafaqat Abdulla Oripov ijodida balki,
boshqa shoirlar ijodida ham ayol VATAN obrazi sifatida gavdalanadi.

Erkin Vohidovning ijodida Azganush ismiga duch kelamiz.

Shoir o‘zga yurtnig bu go‘zaliga mehr qo‘ygan. Ammo uning yonida
qololmaydi. U bilan xayrlashishi lozim. Chunki oshiq o‘z diyori sari
oshiqmoqda. Uni qadrdon Vatani, yor-u birodarlari kutmoqda:

Kechagina kelgan edim, go‘yo tush, Bir nafasda o‘tib ketdi hafta ham.

Xayr senga, xumor ko‘zli Azganush, Xayr endi, ko‘rishguncha, jonginam.

Ayni shu kabi ifoda rus shoiri Sergey Yeseninga ham begona emas.
Uning ham Sharqda ko‘ngil qo‘ygan yori (Shahina) shoirga Shimolda
unga intizor bo‘lgan o‘z muhabbatini, o‘z Vatanining dilbar qizini
eslatadi:

Shahinam, o mening Shahinam,
Shimol yoqda bir nozanin bor.
Senga o‘xshar, g‘oyatda dildor,
Balki meni o‘ylar ul sanam...
Shahinam, o mening Shahinam.

Abdulla Oripov she’rlarida turli millat ayollari obrazi

uchraydi. Shoir ularning har birini hurmat va muhabbat bilan tilga
oladi. “Jeneva daftari”dagi “Jamayka”, “Habash qiz”, “Italiya safari”
tarkibidan joy olgan “Kamilla” Armaniston safaridagi Salminaxonim,
Moskva safarida kuylangan Irina kabi ayollar turli millat vakilidirlar.
Ularning tili, dini, ko‘rinishi, dunyoqarashi bir-biridan farq qilishi
tabiiy hol, albatta. Ammo shoir bekorga ularga e’tibor qaratmadi,
bekorga ularga atab she’r bitmadi. Boisi ularning har biridagi
qaysidir jihat shoirning o‘z yurtidagi muhabbatini yodiga soladi,
qaysidir jihati bilan ular shoir sevgan, ardoqlagan o‘zbek qiziga
o‘xshab ketadi. Shoirning “Habash qiz” she’ridagi ushbu misralar
fikrimiz tasdig‘i bo‘la oladi:

Nari ketolmayman bir habash qizdan,

Juda o‘xshar ekan Senga ko‘z-qoshi. Bilmadim, o‘sha payt, qay

biringizdan, Nusxa olgan ekan falak naqqoshi.

Ana endi Abdulla

Oripov ijodidagi ayol obrazining chinakam mohiyati ayon bo‘lgandek,
asl ildizlari ko‘ringandek, nazdimizda. Shoir xoh Jenevadagi, xoh
Italiyadagi, xoh Yaponiya, xoh Amerikadagi ayol obrazini yaratmasin


background image

80

Gulrux XUDOYOROVA

ularning barchasida qandaydir o‘xshashlik, umumiylik bor. Ularning
barchasi qaysidir jihatdan bir-biriga kelib bog‘lanaveradi, bir-birini
takrorlaydi. Abdulla Oripovning xorijda yaratilgan she’rlaridagi
barcha millat ayollari obrazini umumiy yaxlitlikda tutib turuvchi
zanjir bu – O‘ZBEK AYOLI timsolidir.

Ko‘rinib turganidek, har uchala shoir olis yurtlarda ham o‘z

Vatanini yodga soluvchi, o‘z yurtidagi dildorni eslatuvchi ayolga
mehr qo‘yadi va bu holat uning lirik kechinmalarida o‘ziga xos tarzda
aks etadi.

Abdulla Oripov she’rlarida uchragan Kamilla, Irina,

Salminaxonim, Sergey Yesenin ijodidagi Shahina, Erkin Vohidov
lirikasidagi obrazlarning real yoxud norealligi adabiyotshunos uchun
u qadar muhim ham emas, nazdimizda. Bu obrazlarni yaratishdan
shoirlarning ko‘zlagan badiiy maqsadi adabiyot uchun muhimroqdir.
Shulardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, Abdulla Oripov o‘z
ijodida ayolni yorqin obraz darajasiga olib chiqa olgan va obrazga
hayotiylik baxsh etgan. Abdulla Oripov she’riyatida ayol – YOSHLIK,
ayol – HAYOT, ayol – KELAJAK va eng muhimi – VATAN demakdir.

Oripov she’riyatida shunday obrazlar mavjudki, ular vaqt

o‘tgani sari bosqichma-bosqich boshqa qiyofaga kira boshlaydi,
tadrijiylik asosida o‘zgarishga yuz tutadi. Shunday obrazlardan biri
BOLA obrazidir. Bilamizki, bola obrazi G‘arb va Sharq adabiyotida
poklik, mehr timsolidir. Ispan adabiyoti vakili Lorka she’riyatida,
qirg‘iz adabiyotida Aytmatovning “Oq kema” qissasida va o‘zbek
adabiyotida bola obrazi an’anaviy qiyofa kasb etadi, ya’ni u ezgulik
ramzidir. Abdulla Oripov ijodida esa bu obraz jamiyatning shoir
badiiy tafakkuriga ta’siri asnosida o‘zgarishga yuz tutadi. Masalan,
“Haj daftari”dan o‘rin olgan “Tilanchi bola” she’ridagi bola obrazi
pokizalik timsolidir. Undagi bola bu dunyoning hech bir voqeligiga
qiziqmaydi. U faqat insonlarni ezgulikka chorlaydi, mehr-muhabbat
ulashadi:

Jim boqar, ishlari go‘yo sarishta, Faqat nigohida o‘tinch

porlardi. Mening nazarimda u bir farishta,Mehr-u saxovatga unsiz

chorlardi.

Ammo qachonlardir farishtadek beg‘ubor bo‘lgan bola

obrazi bugungi kunga kelib, ya’ni “Everest va Ummon” to‘plamida
butunlay yangi qiyofa kasb etadi, o‘zgardi. Endi u o‘zini o‘ylaydigan,
birovlarga orqa qiladigan xudbin inson qiyofasiga kira boshladi.
Bola endi avvalgidek faqat ezgulikni ko‘zlamaydi, aksincha, nima
qilib bo‘lsa-da o‘z maqsadiga erishishga intiladi. Maktabdan ikki
olib qaytganida bobolarga va otasiga orqa qiladi. Bola ruhiyatida
bo‘layotgan bunday o‘zgarish shoir nigohidan chetda qolishi aslo
mumkin emas. Shu bois endi shoir “Tilanchi bola” she’ridagi kabi


background image

Abdulla Oripovning xorijda yaratilgan she’rlarida obrazlar tasnifi va tadriji

81

ma’sum bola obrazini emas, aksincha, “Ikkichi bola” she’ridagi kabi
xato yo‘ldan ketayotgan bola obrazini tasvirlaydi:

Otajonim,xafa

bo‘lmang, Axir bizga omad yor, “Ikki” olsam olibman-da, Beruniy
bobomiz bor.

Ko‘rinib turibdiki, bu obraz ijtimoiy muhit ta’sirida

tadrijiy o‘zgarishga yuz tutyapti va shoir sijodida bu o‘zgarish aks
etmoqda, shoir tafakkur tadriji asnosida o‘zgarishga yuz tutyapti.
Ayni shu sabablar bunday obrazlarga

o‘zgaruvchan obrazlar

deya

nom berish mumkinligini ko‘rsatadi.

Abdulla Oripov lirik kechinmalari ifodasida majozdan

ham mahorat bilan foydalanadi. Bu jarayonda ijodkor uchun
hayvonlar obrazi eng ma’qul obrazdir. Nafaqat o‘zbek, qolaversa,
butun dunyo adabiyotida hayvonot dunyosidan foydalangan holda
kechinmalarning bayoni akslantirilishi eng ommalashgan holatdir.
Oripov ijodida

arslon, fil, kiyik, toshbaqa, chumchuq, sichqon

kabi

hayvonlar obrazi keng qo‘llanadi. E’tibor qaratsak hayvonlar
tanlovining o‘zidayoq qarama-qarshilik kuzatiladi: Arslon va
sichqon, kiyik va toshbaqa. Ularning biri kuch-qudrat timsoli
bo‘lsa, biri – iniga bekinib yashaydigan ojizlik timsoli; biri yugurik
jonivor bo‘lsa, biri imillab yashaydigan jonzot. Shoir obrazlarni
o‘zaro qarama-qarshi qo‘ygan holda chuqur falsafiy mushohadalar
yuritadi va teran xulosalar chiqaradi. Muallifning “Everest va
ummon” to‘plami tarkibiga kirgan “Xonaki fil”, “Kiyik va toshbaqa”,
“Chumchuq”, “Tenglik” kabi she’rlarida ayni holat kuzatiladi.

Abdulla Oripovning “Xonaki fil” she’ri boshdan oxiriga qadar

intoq san’ati asosiga qurilgan bo‘lib, undagi barcha voqealar xonaki
filning o‘zi tomonidan bayon qilinadi. Bu holat kechinmaning
yanada tiniqroq va jonli bo‘lishini ta’minlaydi:

Yillarim o‘tdilar,

O‘rgandim qo‘lga,

Aylandim siz ko‘rgan

Xonaki filga.

Shoir she’riyati falsafiy mazmunning zalvorliligi, badiiy

ifodalarning teran falsafiy mohiyat bilan favqulodda birlik hosil
qilishi, o‘xshatishlarning originalligi, ezgulikning yovuzlikka ayov-
siz munosabati asosiga qurilganligi bilan ajralib turadi. Shoirning
falsafiy fikri hodisalarga teran munosabati va fikr mantiqiyligi
bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Bu holat ayni shu she’rda namoyon
bo‘ladi. Darhaqiqat, eng qudratli bahodirlarni ham odatda hiyla va
firib bilan mag‘lub etadilar. Qudratli fil taqdiridagi firibga aldanib,
asirga aylanish holati aslida bu insoniyat bilan bog‘liq jarayondir.
Zero xalq dostonlarida ham raqiblar qahramonlarni hech qanday


background image

82

Gulrux XUDOYOROVA

kuch bilan yenga olmagach, ularni hiyla va firib yo‘li bilan tuzoqqa
tushiradilar. “Xonaki fil” she’ri zamirida ham ayni shu fikrlar yashirin
bo‘lib, bu o‘rinda shoir intoq san’ati vositasida aslida o‘zi aytmoqchi
bo‘lgan so‘zni aytadi, lirik kechinmani xonaki fil qismati vositasida
aniq va jonli tasvirlashga erishadi. Bu jihat shoirning “Kiyik va
toshbaqa” she’rida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, kiyik
tez harakatlanuvchi yugurik jonivor. Toshbaqa esa aksincha, juda
sekin va imillab harakatlanadi. Abdulla Oripov ayni shu holatdan
falsafiy mazmun kashf etadi. Bu dunyoga endigina kelgan, yashash
zavqi bilan yongan inson – yoshlik misoli kiyikka o‘xshaydi. Aslida
hayot ham shoir nazdida kiyikdek yugurik. Tez o‘tib ketadi, ba’zan
sezmay ham qolamiz. Shoir ayni shu lirik kechinmalar ifodasini
quyidagicha jonlantiradi:

Tiriklikning sirlari ko‘p,

Kuzatsang

agar,

Toqat bilmas, bu dunyoga

Kelganda

inson.

Beshikda ham tinch yotmaydi,

G‘oyatda

o‘jar,

Kiyik kabi sakraydi so‘ng,

Tolmas,

chopag‘on.

Ammo bu dunyo o‘tkinchi. Hamma buni yaxshi bilsa-da,

hech kim bu yorug‘ olamni tark etishga shoshilmaydi. Ketish gali
kelganda endi inson bolasi xuddi toshbaqadek imillaydi. Bu hayotni
tark etishni aslo istamaydi:

Yillar o‘tib, oxirlaydi

Foniy

bu

dunyo,

Inson uchun jannatlardan

Aslo

kam

emas.

U dunyo gar chorlab qolsa,

Eshitmas

go‘yo,

Toshbaqadek imillaydi,

Borgisi

kelmas.

Shoir ayni shu ikki jonzot vositasida bu hayotga kelish va

ketish kabi teran falsafiy tushunchani ifodalab beradi. She’r hajman
u qadar katta emas. Muallif kichik shakl vositasida kechinmalar-
ning betakror qiyofasini yaratish iste’dodini ayni shu she’rda yorqin
tarzda ko‘rsatib beradi.


background image

Abdulla Oripovning xorijda yaratilgan she’rlarida obrazlar tasnifi va tadriji

83

Xulosa

Abdulla Oripovning majoziy xarakterga ega bo‘lgan

she’rlaridan yana biri “Chumchuq” she’ri bo‘lib,

“Derazamga

qo‘ndi bir chumchuq, Angladimki, uning qasdi yo‘q”

misralari bilan

boshlanadi. Shu o‘rinda Dilmurod Quronovning badiiy mazmun
haqidagi quyidagi fikrlari yodimizga tushadi: “Badiiy mazmun
haqida gapirganda, avvalo, badiiy asarda tasvirlanayotgan va badiiy
idrok etilayotgan narsani farqlash zarur. Chunki ko‘pincha asarda
boshqa narsa tasvirlangani holda butunlay boshqa narsa idrok
etilayotgan bo‘ladi”

[Quronov 2002, 96].

Ma’lumki, xalq og‘zaki ijodining eng ommabop janrlaridan

bo‘lmish ertaklarning an’anaviy boshlanmasi mavjud: “bor ekan-u
yo‘q ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan...”. Bu
boshlanmalar an’anaviy va o‘zgarmas. Sababi qadim-qadimdan
o‘zbek xalq og‘zaki ijodida chumchuq chaqimchilik timsoli
bo‘lib, u nuqul gap tashiydi va ig‘vo uyushtiradi. Buni juda yaxshi
bilgan shoir g‘iybatchi kishi obrazini ochib berish uchun aynan
chumchuqni tanlaydi va o‘zining lirik kechinmalarini aks ettiradi.
An’anaviy shakl va mazmun vositasida o‘zining badiiy yangiligini
mohirona yaratadi.

Abdulla Oripovning xorij safarlarida yaratilgan she’rlaridagi

badiiy tafakkur va obrazlar tadriji haqida gapirar ekanmiz,
shoir falsafiy qarashlari, lirik kechinmalari yillar o‘tgani sayin
teranlashganiga, she’rlar tub zamiridagi mazmun yanada chuqur
ildiz otganiga guvoh bo‘lamiz.

Adabiyotlar

Бобур.

2018.

Бобурнома.

Т

o

шкент

.

Ўқитувчи.

Абдулла,

Орипов.

2019.

Танланган асарлар.

Тoшкент

.

Шарқ.

Дилмурод,

Қуронов.

2002.

Адабиётшуносликка кириш.

Тoшкент

.

Фан

Жамолиддин, Турдимов.

1999.

Лирик кечинма табиати.

Тoшкент.

филол. фан. номз. дисс.


background image

84

Gulrux XUDOYOROVA

Classification and development of images in

Abdulla Oripov’s poems written abroad

Gulrukh Khudoyorova

1

Abstract

In the article, the system of images in A. Oripov’s works created

abroad, the stage of their renewal, and theoretical classification are im

-

plemented. Based on the classification of images, the changes in them,

their role in expressing the experience are analyzed. Poems are divided
into groups according to the years, and the mood of thinking in them is
determined. The poet’s ability to use images and ways of expressing lyr-
ical experience are discussed in topics such as motherland, woman, and
youth. The art of poems in 8 categories created abroad will be compared.

The ways of reflecting the poet’s experiences are defined in them, and the

poems are classified in terms of space and time. A comparative analysis of

human, animal, geographical space, detailed images is carried out, and the
poet’s artistic skill in creating these images is studied. The problem of the

reflection of lyrical experience in the system of images of the poems creat

-

ed during the trip abroad is highlighted.

Key words:

classification, image, lyrical experience, artistic expres

-

sion, travel lyric, human image, detailed image, geographical space image.

References

Bobur. 2018.

Boburnoma.

Toshkent. O‘qituvchi.

Abdulla, Oripov. 2019.

Tanlangan asarlar.

Тoshkent

. Sharq.

Dilmurod, Quronov. 2002. A

dabiyotshunoslikka kirish.

Тoshkent

. Fan.

Jamoliddin, Turdimov. 1999.

Lirik kechinma tabiati.

Тoshkent

.

1

Khudoyorova Gulrukh Normurod kizi -

Doctor of Philosophy (PhD) in Philology,

Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher
Navo’i

.

E-pochta:

gulruxxudoyorova@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-1977-2225

For citation:

Khudoyorova, G. 2022. “Classification and development of images in

Abdulla Oripov’s poems written abroad”.

U

zbekistan: Language and Culture.

2(2):

72-84.

Библиографические ссылки

Бобур. 2018. Бобурнома. Тoшкент. Ўқитувчи.

Абдулла, Орипов. 2019. Танланган асарлар. Тoшкент. Шарқ.

Дилмурод, Қуронов. 2002. Адабиётшуносликка кириш. Тoшкент. Фан

Жамолиддин, Турдимов. 1999. Лирик кечинма табиати. Тoшкент. филол. фан. номз. дисс.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов