“Al-isloh” jurnalida ta’lim islohi masalasining yoritilishi

CC BY f
4-17
16
4
Поделиться
Пардаев, К. (2023). “Al-isloh” jurnalida ta’lim islohi masalasining yoritilishi. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 4–17. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2023-pp4-17
Кулдош Пардаев, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

доктор филологических наук, доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Jadid ziyolilarining “Oyna”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg‘ona” kabi nufuzli nashrlaridan “Al-Isloh”(1915-1918) jurnalidagi ilm-ma’rifatga, ta’lim islohiga doir she’riy asarlar va publitsistik maqolalar tadqiq qilingan. Jurnaldagi yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, maktab va madrasalarda gi o‘qitish tizimi borasida jadid ziyolilarining bahs munozaralari tahlil qilinib, xolis mulohazalar yuritilgan. Jadidlarning Turkiston xalqi hayotidagi qoloqliklarni, ma’rifatsizlikni isloh qilish g‘oyasi bilin yo‘g‘rilgan publitsistik maqolalari ilk bor birlamchi manba asosida yoritilgan. Ma’rifat targ‘ibi, maktablar islohi masalasi Saidahmad Vasliy, Ziyovuddin qori, Abdulg‘afforxo‘ja, Xolmuhammad, To‘raquli, Mubashshirxon singari ziyolilar asarlari misolida tahlil qilinib, ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilgan.


background image

ISSN 2181-922X 4

17

MUMTOZ ADABIYOT TARIXI

“Al-isloh” jurnalida ta’lim islohi masalasining

yoritilishi

Qo‘ldosh Pardayev

1

Abstrakt

Jadid ziyolilarining “Oyna”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg‘ona”

kabi nufuzli nashrlaridan “Al-Isloh”(1915-1918) jurnalidagi ilm-ma’ri

-

fatga, ta’lim islohiga doir she’riy asarlar va publitsistik maqolalar tadqiq

qilingan. Jurnaldagi yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, maktab va madrasalarda

gi o‘qitish tizimi borasida jadid ziyolilarining bahs-munozaralari tahlil

qilinib, xolis mulohazalar yuritilgan. Jadidlarning Turkiston xalqi hayo-

tidagi qoloqliklarni, ma’rifatsizlikni isloh qilish g‘oyasi bilin yo‘g‘rilgan

publitsistik maqolalari ilk bor birlamchi manba asosida yoritilgan. Ma’ri-

fat targ‘ibi, maktablar islohi masalasi Saidahmad Vasliy, Ziyovuddin qori,

Abdulg‘afforxo‘ja, Xolmuhammad, To‘raquli, Mubashshirxon singari

ziyolilar asarlari misolida tahlil qilinib, ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilgan.

Kalit so‘zlar:

maqola, she’r, ta’lim-tarbiya, maktab, millat, milliy

uyg‘onish, ma’rifat va jaholat, matbuot, dars, eski usul, yangi usul.

Kirish

Jadidlar kun tartibiga qo‘yilgan asosiy muammolarni hal

etishda matbuotni asosiy vosita deb bildilar. Ular matbuot vositasi-

da millat ravnaqiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni hal etish, mu-

taraqqiy millatlar darajasiga yetish mumkinligiga qattiq ishondilar.

Shu bois matbuot faollasha bordi. Yangi adabiyot, san’at va shu kabi

sohalar rivojida matbuot asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi hayotiy

ehtiyojga aylandi. Aslida ham, ma’rifatparvar jadidlarning maqsadi

taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan muammolarga, millatni tanazzul gir-

dobiga tortayotgan illatlarga qarshi kurashishda matbuotdan foyda-

lanish edi. Bu davrda ilm-ma’rifatni, maktab-madrasalarni jo‘shqin

targ‘ib qilish, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida o‘zgarish yasash

1

Pardayev Qo‘ldosh Uzaqovich

– filologiya fanlari doktori, dotsent, Alisher Navoiy

nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-pochta:

pardayev_k@navoiy-uni.uz; kuldashparda@mail.ru

ORCID ID:

0000-0001-6426-306X

Iqtibos uchun:

Pardayev, Q. U. 2023. “Al-Isloh” jurnalida ta’lim islohi masalasi-

ning yoritilishi"

O'zbekiston: til va madaniyat. Adabiyotshunoslik

1 (2): 4-17.

4

Uzbekistan: Language and Culture 2023/1(2)


background image

uchun kurashish o‘laroq kun tartibiga chiqdi. Tabiiyki, jamiyatning

keng qatlamlarida sodir bo‘layotgan bu uyg‘onish harakatining

boshida ma’rifatparvar jadidlar turdilar. Ular yangicha tafakkur,

yangi dunyoqarash shakllanishi uchun o‘z ijodiy va amaliy faoliyat-

lari bilan kurashdilar.

Bu davrdagi boshqa nashrlar singari “Al-Isloh” jurnalida ham

Turkistonning mustamlaka holatiga tushish sabablari, xalqning

og‘ir iqtisodiy ahvoli haqida, adabiy muhit, yosh avlod ta’limi islohi

masalasi haqida turkum maqola va she’riy asarlar chop etildi. Bu

esa “Al-Isloh” jurnalining adabiy manba sifatidagi xizmati katta

ekanligini ko‘rsatadi.

Asosiy qism

XX asr tongida millat ziyolilarining Turkiston xalqiga ma’ri-

fat tarqatishdagi xizmatlari beqiyosdir. Ular ma’naviy–ma’rifiy ruh

-

dagi, o‘tkir publitsistik maqolalari bilan millatni uyg‘otishga, jaho

lat iskanjasidan ma’rifat yuksakligiga olib chiqishga intildi. Yoshlar

tarbiyasiga, maktablarni isloh qilishga katta ahamiyat qaratdi. Jum-

ladan, Mahmudxo‘ja Behbudiy “Padarkush” dramasida ilmsizlik oqi-

bati xorlik ekani g‘oyasini ilgari surdi. Munavvarqori Abdurashid

xonov esa 1903-yildan jadid maktablari ochib dars berish barobari-

da “Adibi avval” (1907), “Adibi soniy” darsliklarini yozdi. Abdulla

Avloniyning “Birinchi muallim” (1909), “Ikkinchi muallim” (1912)

nomli darsliklari, “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Adabiyot yoxud

milliy she’rlar” kabi qo‘llanmalari ham ayni maktab islohiga qaratil-

gan edi.

Shubhasiz, “Al-Isloh” jurnali ham bu vazifadan chetda turgan

emas. Jurnal sahifalarida ta’lim islohi mavzuida va ma’rifatga targ‘ib

etuvchi turkum maqolalar, she’riy va nasriy asarlar e’lon qilingan.

Jumladan, Mahmud Alizoda Toshkandiyning “Milliy aloqa” she’rida

bunday yozadi:

Bizda ko‘p jahlu g‘azab, arbobi g‘aflat ichra biz,

Ma’rifat ilmu funun aylab kirom isloh qil...

To‘y uchun sarf aylagaymiz necha yuz dinorlar,

Rusum deb isroflar ming-ming diram isloh qil.

Masjidu maktab madoris sori qilg‘il nazar,

Onlari ilmu odobda muntazam isloh qil

[Mahmud Alizoda 1916, 12].

Shoirning ushbu misralarida Turkiston xalqi hayotidagi qoloq

5

“Al-isloh” jurnalida ta’lim islohi masalasining yoritilishi


background image

liklarni, ma’rifatsizlikni isloh qilish g‘oyasi mujassam. To‘ylarni or-

tiqcha xarajatlar bilan dabdabali o‘tkazishga zo‘r berilayotgani, yana

buning urf-odat deya talqin etilayotgani uning haqli e’tiroziga sabab

bo‘ladi.

Adabiyotshunos Nurboy Abdulhakim Munavvarqori Abdu-

rashidxonovning “Ey qardoshlar, voy millatdoshlar!!! Ko‘zimiz g‘aflat

uyqusidan ochib, atrofimizga nazar solmagimiz lozimdir. Har millat

o‘z saodati hol va istiqbolini (ng) muhofazatig‘a birinchi vosita ilm

o‘lmakig‘a qanoat hosil qilib, ilmu maorifg‘a ortiq darajada ko‘shish

(harakat) qilgan bu zamonda bizlar bu g‘aflat va jaholatimizda

davom etsak, istiqbolimiz nihoyatda xavflik o‘lub, hama olamg‘a

masxara va kulgu o‘lmog‘imizda hyech shubha yo‘qdir” degan so‘zla-

rini keltirar ekan, bunday yozadi: “Jaholat deganlari qachondir ta-

rixda bo‘y ko‘rsatganu endi qaytib kelmasligi aniq bo‘lgan hodisa

emas. Taassuflar bo‘lsinki, u har bir zamonda qaysidir ko‘rinishlarda

namoyon bo‘laveradi. Millatni ich-ichidan yemiradi. Taraqqiyotdan

necha yuz yillar orqada qolishiga sabab bo‘ladi. Tanazzul girdobi-

ga tortadi. Binobarin, har bir millatni, uning vakillarini jaholatdan

qutqarguvchi yagona vosita –ilm va maorifdir. Kimki ilm va maorif-

ga munosib darajada e’tibor bersa, shubhasiz, saodatga erishadi”

[Abdulhakim 2005, 14-15].

“Al-Isloh”da ham bu masala keskin qo‘yilgan. Mahmud Alizo-

da Toshkandiyning yuqorida zikr etilgan she’rida maktab va madra

salarni isloh qilish zarurati haqida bong urilgani sababi ham shunda.

Ma’rifat targ‘ibi, maktablar islohi muammosi Saidahmad

Vasliy ijodida ham alohida o‘rin tutadi. Jumladan, “Al-Isloh” jurna-

lining 1916-yil 5-sonida olimning “Har musulmonning arab tilig‘a

oshno bo‘lishi zarur” nomli maqolasi e’lon qilingan. Maqolada Tur-

kiston aholisining arab tilini o‘rganishi, Qur’on va hadis ma’nolarini

tushu nishi, ota-bobolarimizning bu tilda yozilgan kitoblarini o‘qib,

ma’rifat hosil qilishi zarurati ta’kidlanadi. U kuyunchaklik bilan

yozadi:

“Katta-katta shaharlarimizda, buyuk-buyuk madrasalarimiz-

da xiyli talabalar kamoli ixloslari ilan sarfi umru sarfi aqcha qilub,

oxir qasd etub tahsil qiladurg‘on darslaridin va o‘qub yurgan ilm-

laridin bir durustroq nimarsa hosil qilmasdan, ko‘ngillari qorayub,

xafaliklaridin ikki uch yil ba’dalida boshqa bir ish ixtiyor qilurlar...”

[Vasliy 1916, 123].

Muallif yosh avlodning aziz vaqtini behuda o‘tkazib, ko‘cha

changitib, ot choptirib yurishidan, boylarning farzandlari maktab va

madrasalarni pora berib tamomlashidan, oqibatda o‘z oilasiga fojia

6

Qo‘ldosh PARDAYEV


background image

keltirishidan iztirobga tushadi. Vasliy birgina diniy bilimlar bilan

chegaralanib qolmay, dunyoviy bilimlarni ham o‘rganish zarurligini

uqtiradi. Jaholatda qolgan “qora xalqning oqarishi”da birdan-bir vo-

sita ma’rifat ekanini alohida ta’kidlaydi. Vasliyning “Al-Isloh” jurnali

1915-yil 17-sonida chop etilgan “Islohi tadris haqinda” sarlavhali

musaddasi bu jihatdan diqqatga sazovordir.

She’rda dars islohi dinu shariat jismiga jon bag‘ishlashi, dars

“ko‘ngillar ichra toza ruh hosil aylashi” haqidagi teran fikr betakror

badiiyat bilan ifodalanadi. “Dars isloh o‘lmasa, o‘lmas biza fayzu fu-

tuh” deya o‘sha vaqtda Turkistonda ta’lim tizimi zamon talablariga

javob bermay qolganidan iztirob chekadi. Ayniqsa, shoirning “Bu

zamonda olim o‘lmoqg‘a kerakdur umru Nuh” degan so‘zlari bu iz-

tirobning naqadar cho‘ng ekanini ko‘rsatadi. Vasliy kuyinish bilangi-

na cheklanmaydi. Bu holatdan chiqish choralarini izlaydi. Natijada,

“Osmoni ilm uchundir nardbon islohi dars” degan xulosaga keladi:

Necha toliblarni ko‘rdim – o‘zlari as’hobi ilm,

Bo‘lmamishlar sa’yu ko‘shish aylabon arbobi ilm,

Ming tashakkurlar qilurdim har na bu tullobi ilm,

Bu kabi toliblaradur, izzu sha’n islohi dars,

Osmoni ilm uchundur nardbon islohi dars.

Boshqa jadid bobolarimiz kabi Vasliy Samarqandiy ham

Turkistonning o‘sha davrdagi holatiga tanqidiy nazar bilan qaray-

di. “Ishlari darsxonalarda “iyob ila zihob” – kelmagu ketmakdangina

iborat bo‘lgan, asosiy vazifasini – bilmagu bildirmakni unutgan toli-

bi ilmlarni ko‘rib, ularning holiga achinadi. “Aylasak islohi tadris, ey

guruhi mustatob, Bo‘lmas erdi holati avlodimiz bo‘yla xarob” deya

taassuf qiladi. Jaholatdan najot topmoqning yagona chorasi darsni –

ta’lim tizimini isloh qilish ekanini ta’kidlaydi.

Musaddasning so‘nggi bandida shoir ilm-ma’rifat yo‘lida

beg‘araz xizmat qilayotgan tahamtanlar – pahlavonlar borligi uchun

shukr aytadi. Islohi dars ikki dunyo naf’iga xizmat qilishini aytib,

shunga da’vat etadi:

Ori-ori bor erur yuzdan biri ahli kamol,

Aylayur xizmat shariatning yo‘lida qadri hol,

Shu tahamtanlar baqoi shar’ uchun aylar xayol,

Bu sharaflik fikr ilan, isloma yondoshmaz zavol.

Alg‘araz islom uchundur pushtbon islohi dars,

Ikki dunyo naf’ig‘adur bahri kon islohi dars.

7

“Al-isloh” jurnalida ta’lim islohi masalasining yoritilishi


background image

Ta’kidlash joizki, “Al-Isloh” jurnalida ta’lim islohi masalasida

eng faol eshtirok etgan muallif Vasliydir. Uning “Al-Isloh” 1915-yil

13-sonida “Himmat ur-rajo” nomli maqolasi e’lon qilingan. U ma-

qolada maktab va madrasalarning qurilish reja loyihasidan tortib,

dars xonalarining ichki jihoz uskunalarigacha, dars necha yil bo‘lishi

kerak, bir kunda necha fan o‘qitilishi zarur, talabalarning darslarni

o‘zlashtirishi va imtihon olish usuli qanday bo‘lmog‘i lozimligi haqi-

da batafsil to‘xtaladi. Turkiston ziyoli va ulamolariga quyidagi savol-

lar bilan murojaat qiladi:

“1. Muddati tahsil necha sana bo‘lmog‘i kerak?

2. Har sanada necha oy tahsil ayyomi bo‘lur?

3. Har haftada necha kun dars o‘qilur?

4. Har tahsil kunlari necha dars o‘qilsa nofi’ bo‘lur?

5. Bir sana o‘qitilmish kitobning necha darsg‘a taqsim bo‘lmo

g‘i lozim?

6. Har darsning miqdori necha satru yoki necha sahifa

bo‘lmoq vojib?

7. Shogirdlarning tushunmaklari lozimmu? Yoki darsxonaga

kirib chiqsa bo‘lurmi?

8. Madrasalarg‘a jahd ila shogirdni ma’lumotli qilmaklari vo-

jibmu? Yoki kun o‘tkarub, shogirdlarni boshqa ishlarg‘a mardikor

qilsalar joizmu?

9. Ijozat olib xatmkarda bo‘lmak uchun rusumiy darslarni bil-

mak, ulum va funung‘a olim bo‘lmak lozimmu? Yoki bir vaqti jamoa

g‘a sherik al-dars bo‘lib, kelib-ketib, uch-to‘rt so‘m berib, mullajaloli

javon bo‘lsa kifoyami?

10. Har kim o‘z boshicha umr kechurub, vaqflarni yeb, mu

-

darris men deb yursa bo‘lurmu? Yoki ulug‘ ulamolarning hukumat

taraflaridan nazorat va tahqiqi farzmi?” [Vasliy 1915, 225].

Saidahmad Vasliyning savollari yosh avlod kamoli, millat is-

tiqboli bilan bog‘liq ekani ayon ko‘rinib turibdi. “Al-Isloh” bu muam

moga asosiy e’tiborni qaratganini ta’kidlash kerak.

Bu masalaga boshqa ziyolilar ham befarq qaragan emas. Ular

ham muhokama va munozarada faol ishtirok etdi. Aynan yuqorida-

gi Vasliy savollariga javoban buxorolik Ziyovuddin qori jurnalning

1915-yil 17-sonida “Insonning bir necha vazifasi va saodati” sar

-

lavhali maqolasini e’lon qildi. Muallif fikricha, tahsil o‘n besh yilga

mo‘ljallangan bo‘lib, yigirma bir xil darsni ko‘zda tutadi. Bir yilda

to‘qqiz oy o‘qish, haftasiga besh kun, har kuni ikki fan o‘qilishini

ta’kidlaydi. Ya’ni iqtidorli talabalar ta’limni o‘n ikki yilda yakun-

lashi ni uqtiradi. U yozadi: “Saidahmad Vasliy janoblari bir maqola

8

Qo‘ldosh PARDAYEV


background image

yozib, ommaning sa’yu g‘ayratini va ham fikrlarini “Al-Isloh” vositasi

ila maydong‘a qo‘ymoqlarina rajo etmishdur..... Biz ham fikrimizni

ba yon edub, ba’zi savollarina javob beramiz, lekin bizning fikrimiz

hammadan avval jadval bo‘yladur:

Peshindan avval

Peshindan so‘ng

1

Birinchi yil – sarf Odobi ta’lim va munozara

2

Ikkinchi yil – nahv Tarixi umumiy

3

Uchinchi yil – nahv

Tarixi umumiy

4

To‘rtinchi yil – mantiq Hisob

5

Beshinchi yil – mantiq Handasa

6

Oltinchi yil – hikmat

Hayot

7

Yettinchi yil – hikmat Nujum

8

Sakkizinchi yil – balog‘at Aruz

9

To‘qqizinchi yil – balog‘at Qofiya

10 O‘ninchi yil – usul

Farz ul- ashara

11 O‘n birinchi yil – usul Ilmi qiroat
12 O‘n ikkinchi yil – aqoid

Fiqh

13 O‘n uchinchi yil – aqoid Fiqh
14 O‘n to‘rtinchi yil – tafsir Hadis

15

O‘n beshinchi yil – tafsir Hadis”

Shu kabi ta’lim olish jarayonini jadval asosida ko‘rsatadi.

Maqola so‘ngida Turkiston ulamolariga xitob qilib, maktab va mad-

rasalarning ayanchli ahvoliga kuyinib, quyidagicha bong uradi: “Ey!

Ustoz va ulamolar, endi vaqtni zoye’ etmangiz, bizlarning va o‘zlarin-

gizning moziy (o‘tgan zamon) va istiqbolimizni tushuningiz: kim

eduk, na o‘lduk, na o‘lajag‘miz, fikr eytingiz! Vatan va millat avlodi-

ning ta’lim-tarbiyati sizlarning hamiyat va g‘ayratingizg‘a bog‘lidur”

[Ziyovuddin qori 1915, 331].

Ta’kidlash joizki, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi masalasida ulamo

larning fikrlari turlicha bo‘lgan. Ba’zilari eski usul borobarida yan

-

gi usul jadid maktablarining ham tarafdori edi. Ayrimlari esa jadid

maktablariga tanqidiy fikr bildirgan. Bu toifa yevropa madaniyati

musulmon bolalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan saqlanmoq zarur,

deb hisoblagan. Saidahmad Vasliy “Sadoi Farg‘ona” gazetasida chop

etilgan “Usuli jadid” maqolasida yangi usuli eski o‘qitish tizimidan

afzal ekanligini sodda va tushunarli qilib quyidagicha bayon etadi:

“Emdi yangi tartibda o‘qitmoqni ma’nosi shulki, maktabga kirgan

bolaga saboq berish bilan bir vaqtda harflarni yozib ko‘rsatur. Yangi

9

“Al-isloh” jurnalida ta’lim islohi masalasining yoritilishi


background image

tartibda o‘qigan bola 4-5 oyda o‘qimoq va yozmoqni o‘rganur... ”.

Vasliy ushbu maqolasida 10-12 yil o‘qigan mullalar eng

muhim ilmlardan bexabar qolganliklarini ta’kidlash bilan birga,

ularning madrasalarda o‘rgangan bilimlari amaliy hayot ehtiyojlari

dan juda uzoq bo‘lganligi hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qil-

may, amaliyotdan ajralib qolgani haqida muhim ijtimoiy-siyosiy ma-

salani ham ilgari surgan edi.” [Abduazizova 2000, 166].

“Al-Isloh”ning 1915-yil 8-sonida chop etilgan mulla Abdulg‘af

-

forxo‘janing “O‘quv va yozuvlarning haqiqiy boislari” nomli maqola-

si ham ta’lim-tarbiya masalasiga bag‘ishlangan. Maqolada insonlar

ning ta’lim-tarbiya olishi nechog‘lik muhim ekanligi ta’kidlanadi. Ta-

labalarning yuqori darajada o‘quv va yozuv salohiyatiga ega bo‘lib,

kamolotga erishishi zarurligini falsafiy fikrlar bilan tushuntiradi.

Ong, aql va ilm insonlar bilan hayvonni bir-biridan ajralib turishi-

ni, ilmli va ilmsiz kishining turmushidagi yashash sharoiti misolida

so‘z yuritib bunday yozadi: “O‘quv va yozuvlarning insonlarg‘a zarur

ekanligi har kimga ma’lumdur, na uchunkim, o‘quv va yozuv bilgan

odam ila bilmagan odam miyonasida har vajdin osmon ila yercha

farq bordur... ” - deb nihoyatda asosli so‘zlarni keltirib yozadi u.

Jurnalda xuddi shu mazmundagi maqolalar ketma-ket chop

etilgan. Jurnalning 1915-yilgi 13-sonida nashr qilingan Zuhriddin

Fathiddinzodaning “Musulmonlarga rajo” sarlavhali maqolasida ham

o‘lkada kechayotgan jadid va qadimchilar munozaralari haqida so‘z

boradi. Maqoladan bilinadiki, muallif masalaga xolis yondashgan.

Uningcha, ziyoli va ulamolar ittifoq bo‘lib ish tutishi, bir-biri bilan

yaxshi munosabatni tiklab, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor

qaratishi zarur. Vatan va millat istiqboli shuni taqozo etadi.

To‘g‘ri, jadid va qadimchilar o‘rtasida keskin munozaralar

bo‘lganligi ma’lum. “... agar vijdon, insof ila muhokama qilsak, tavaq

qufsiz va taraddudsiz eski maktablarimizni asoslaridan yiqib, joy-

lariga tartib va intizom bilan yangi usul domlalarining himoyasida

bo‘lgan maktablar bino etmak lozimdir. Eski maktabdorlarimizni

dehqonchilik hunarlariga sahv etmak muvofiqi haqiqatdir. Bu jano

-

bi mullalarga va eski-yangi domlalarimizga oxirgi so‘zim” [Dolimov

1993, 210]. Is’hoqxon Ibratning bu fikrlaridan adabiyotshunos olim

U.Dolimov shunday xulosa chiqaradi: “U (Ibrat – ta’kid muallifniki.)

usuli hijo metodiga asoslangan eski maktablarni tuzatish yoki isloh

qilish shiori bilan emas, aksincha ularni tag-tugi bilan tugatish va

bunday maktablar o‘rniga yangi, davr talablariga javob bera oladi-

gan zamonaviy ilmlar o‘rgatadigan usuli savtiya metodiga asoslan-

gan maktablar shiori bilan chiqdi. Eski maktabdorlar, usuli qadim

10

Qo‘ldosh PARDAYEV


background image

tarafdorlari Is’hoqxon Ibratni “kofir”, yangi usuli savtiya maktablari

-

ni “kofirlar maktabi” deb e’lon qildi”.

Mirmuhsin Shermuhamedov xususida ham xuddi shunday

munozaralar bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha kezlarda u o‘z ijod namunalari

va maqolalari bilan tez-tez vaqtli matbuotda ko‘rinib turar edi. Le-

kin bu uzoqqa cho‘zilmadi. “Oyna” jurnalining 1915-yil 15-sonida

“Mirmuhsin janoblariga” nomli maqola-murojaatda (“Idora” (ya’ni,

tahririyat) tomonidan chiqarilgan) uning mazkur jurnalga yubor

-

gan maqolalarida islom asosiga zid fikrlar borligi sababli ular nashr

etilmasligi bildirilgan edi. Bu maqolalarni “Al-Isloh” jurnali ham rad

etdi. Shundan so‘ng u ulamolardan qochib “1916-yilning erta kuzi

da Ufaga “Oliya” madrasasiga o‘qishga ketadi. O‘qishni tugatgach,

1917-yilning erta bahorida Toshkentga qaytadi. Ko‘p o‘tmay, Avloniy

ning “Turon” gazetasida “Tarixiy ikki voqyea” (2-son) maqolasi bosi

-

ladi. Maqola fevral inqilobi munosabati bilan yozilgan bo‘lib, unda

“Aziz millat bolalarin ranglarin sap-sariq somon qilg‘on, chochlarin

bellarig‘a tushirg‘on, ochlikdan tishlarin kirlarin so‘rdirg‘on Buxoro

va Xivadagi dahshatli, qorong‘u zax zindonlar”, “maorif dushmani

sudrama chopon jonli tegirmonlar”, “qozi-kalon, qushbegi, oftobachi

– tag‘in nima balolar ismi ila shuhratlang‘on buxoroni mikroblari”

– deb ayovsiz tanqid qilingan edi” [Qosimov 2002, 383].

Maqola katta janjalga sabab bo‘ldi.Ulamolar majlisida Mir-

muhsin va Avloniy masalasi ko‘rildi. Mirmuhsin qochib yashirindi.

Avloniyni esa tavba-tazarru qilishga, gazetaning 3-sonida “E’tizor”

maqolasi bilan chiqishga va matbuot orqali uzr so‘rashga majbur et-

dilar. Avloniydan gazeta chiqarmaslik haqida tilxat olindi. Mirmuhsin

sazoyi qilindi, kaltaklandi. Orenburgda chiqadigan “Sho‘ro” jurnali

unga o‘z sahifalaridan keng o‘rin berdi va Mirmuhsinni himoya qilib

chiqdi, - deb yozadi professor Begali Qosimov.

Mirmuhsin masalasi o‘sha payt nuqtayi nazaridan deyar-

li barcha matbuot nashrlarida yoritilgan. Lekin birontasida ham

unga ijobiy fikr bildirilgan emas. Bu masala “Al-Isloh” jurnalida ham

muhokama qilindi. Jurnalning 1917-yil 14-sonida mulla Xolmu-

hammad To‘raqulining “Ulamoi kiromlardan rajo” nomli maqolasi-

da Mirmuhsinning ulamolar tomonidan kaltaklanishi, uni kofir deb

e’lon qilinishi haqida so‘z yuritilgan. Muallif Mirmuhsinning kofir

deyilishini asossiz deb hisoblaydi va bunday yozadi: “Mirmuhsinni

kofirga hukm etmoqlari necha vajhdin shariatga muxolifdur. Birin

-

chi, Mirmuhsinni aytgan so‘zidin oni irodasin anglamoq lozim edi,

agarda iroda boshqa ma’noda bo‘lib, lafzi xatog‘a ketsa kofir o‘lmas.

Ikkinchi, Mirmuhsinni uzri mavjud o‘la turib, kofirg‘a hukm etmoq

11

“Al-isloh” jurnalida ta’lim islohi masalasining yoritilishi


background image

xatodir. Uchinchi, ilmi nahvni tahqir etmoq bilan kofirg‘a hukmi du

-

rust emas...”.

O‘sha murakkab va ziddiyatli sharoitda Mirmuhsin haqida

bunday fikr bildirish jasorat edi. Xolmuhammad To‘raquli bu mu

-

nozaralarga xolis baho beradi. U maqola so‘ngida ulamolarga nasihat

qilib, o‘zlarining nuqsonlari, xatolari borligi haqida ham aytib, bir-bi-

ri bilan ittifoq bo‘lishga da’vat etadi: “Muhtaram ulamolar jadid-

chilarni aybin tajassi ediyurlar. Ammo o‘z taraflaridagi nuqsonni ik

-

mol etmoqni xayolig‘a-da keltirmaslar, balki o‘zlari-da aslo nuqsonini

tasavvur etmazlar... Matbuotlarda muloyim nasihatlar bilan alarg‘a

tanbeh etmoq bu vasila bilan diniy islohlarni ulamoi kiromlar o‘z

qo‘llarida tutub, dunyoviy islohlarni yoshlarg‘a topshurub, ittifoq ila

ish ko‘rmoq lozimdur...”

Bunday maqolalar tahlilida biz shu narsani

bilib olishimiz mumkinki, ayrim mutaassib ulamolar jadidlarga ham,

qadimchilarga ham bir yoqlama qaragan. Natijada ixtiloflar keskin

-

lashgan, ziddiyat tobora chuqurlashib borgan.

Bunday qarashlar Mullo Hoshim Hayratiy asarlariga ham

xosdir. U Turkiston xalqining ma’rifatsizligini, ta’lim tizimining

talabga javob bermay qolgani, ziyolilar ta’lim masalasida bir tanu

bir jon bo‘lib, ish ko‘rmayotgani, jaholat botqog‘iga botishining bosh

sababi jadid-qadim munozaralari deb bildi. Ayni shu masalada jur-

nalning 1917-yil 14-sonida chop etilgan “Munosib zamon” nomli

she’rida bunday yozadi:

Qayda rahmat bizni Turkistonni bu kirdorig‘a,

Doimo qo‘ygay qadam bir-birlarin ozorig‘a,

Gina molin keltirur nafsoniyat bozorig‘a,

Ittifoq o‘lmay diyorin berdilar ag‘yorig‘a,

To bu dam voqif emas bu qissani asrorig‘a

[Mullo Hoshim 1917, 331].

Shoir ittifoq haqida fikr bildirar ekan, mustamlakachilik

davrida bu ishda muvaffaqiyatlarga erishishning birdan-bir yo‘li

o‘lkada o‘zaro ixtiloflarga barham berib, ahillik bilan ilm-fanni

rivojlantirish ekanini aytadi. Xalqning ittifoqsizligi natijasi o‘laroq,

millatning shunday ayanchli ahvolga, mustamlakachilik girdobiga

tushib qolganini ta’kidlaydi. Bu jihatdan Vasliyning “Ittifoq xususin-

da” deb nomlangan she’ri ham diqqatga molik:

Naf’i shaxsiy ayladi doim parishon holingiz,

Bu sababdin ketdi sizdin davlatu iqbolingiz,

12

Qo‘ldosh PARDAYEV


background image

Bo‘lmadi naf’i umumiy g‘oyai a’molingiz,

Bas emasmu ushbu urushu janjolingiz, ...

[Vasliy 1917, 234].

Vasliyning fikri ham yuqoridagi qarashlarga mutanosib. U-

ningcha ham, hukumat boshqa millat qo‘liga o‘tishining bosh sababi

– ittifoqsizlik. Qachon millat ittifoq bo‘lib ish ko‘rsagina, yosh avlodni

tarbiyalash, millatni uyg‘otish, Vatanni ozod qilish, halq ma’naviyati-

ni yuksaltirish, turmushini farovonlashtirish mumkin, degan fikrni

ilgari surdi.

Jurnalda ma’rifatga chorlov ruhida yozilgan nasriy va she’riy

asarlar muntazam e’lon qilib borilgan. Bu asarlarda millatning

ma’rifatga, umuminsoniy qadriyatlarni tiklashga, to‘g‘ri yo‘l topishga

da’vat etilgan. Xamzaning “Taassuf” deb nomlangan she’ri bu jihat-

dan ayniqsa, diqqatga sazovor. Muallif bunday jaholat davrida “Al-Is-

loh” jurnalining ma’rifat o‘chog‘i bo‘lishini, jamiyatdagi barcha bid’at

va xurofotlarni isloh etishga umid bilan qaraydi. Hamda yaqinda-

gina chiqib turgan matbuot nashrlarini tilga oladi:

“Oyna”yu “Isloh”u bizda “Tolibi irfon” qani?

“Tujjor”u “Shuhrat”, “Taraqqiy”, “Xurshid”u, “Turon” qani?

Ham “Samarqand”u, “Buxoro”, “Farg‘ona”, “Turkiston” qani?

Boisi qat’iyu do‘st bo‘ldi maslak to durang.

Oynayi marham bo‘ling “Isloh”i Luqmoni jarob,

Oldingiz turtmang, so‘kib o‘zbekni bilmas deb arab,

Har zamonning o‘z elin qonuni tab’iga qarab,

Yangini sochin silab, eskini soqolin tarab,

Eski-yangini barobar zahri boliga qarang

[Hamza 1915, 619].

She’rdan bilinadiki, Hamza ham “Al-Isloh”ning uzoq yillar

davom etishini istadi. U Turkiston xalqini ittifoqlikka chaqirib, “qa-

dim”, “jadid” degan so‘zlarni tashlab, birdamlikda yashashini orzu

qildi va shunga da’vat etdi.

Bunday ma’rifatsizlikdan iztirob ifodasi Mubashshirxon

asarlarida ham namoyon bo‘ladi. Jurnalning 1916-yil 6-sonida chop

etilgan muxammasida shoir hayron: nega bizning millatimiz g‘aflat

uyqusini bunchalar suyadi, vahshiylikdan, ilmsizlikdan ne yaxshilik

ko‘rdi ekanki, ajralgisi kelmaydi:

Zillat ermasmu sanga bir ittibo’ing bo‘lmasa,

Sunnati payg‘ambara bir amsoling bo‘lmasa,

Vojiboti nafsinga bir ihtizoring bo‘lmasa,

13

“Al-isloh” jurnalida ta’lim islohi masalasining yoritilishi


background image

Doimo bid’atni istab imtino’ing bo‘lmasa,

Ey zamona zillating jam o‘ldi, kam o‘lg‘oncha yo‘q.

Mubashshirxonning jaholat, qorong‘ulik qurboni bo‘lgan

Turkiston halqiga yuragidan achinib ularni uyg‘otishga, ya’ni jami-

yatda o‘zining munosib o‘rinlarini topishga, ilm olishga, taraqqiyga

undab yozgan bu she’ri o‘sha kurashli yillarning marshidek jarang

laydi:

Qodir Olloh senga verdi sen ango hyech bermading,

Gustarildi sango rohing sen ango hyech kirmading,

Dunyoviy taxvif ila ogohlanaring bilmading,

Oxirat sahrosida sarson o‘loring bilmading,

Ey zamona zillating jam o‘ldi, kam o‘lg‘oncha yo‘q.

[Mubashshirxon 1916, 186].

Shoir davr hayotida yuz berayotgan voqealarni ma’rifatpar-

varlik g‘oyalarni she’riyat oynasida haqqoniy aks ettirdi, davr va

sharoit taqozo etgan talablarni ko‘tarinki ruhda, shior-chaqiriqlar

vositasida keng ommaga yoyishga harakat qildi. “Dunyoviy taxvif ila

ogohlanaring bilmading” deya u faqat ilm fanni o‘rganish yo‘li bilan-

gina jaholatu xudbinlikdan qutulish mumkin, deb o‘ylaydi. Shuning

uchun ham xalqni, avvalo yoshlarni kitob-jurnal o‘qib, ilm cho‘qqila-

rini egallab, dunyo voqealaridan voqif bo‘lishga undaydi.

Xulosa

XX asr boshlaridagi ma’rifatchilik harakati jamiyat hayotini

isloh qilish masalasini kun tartibiga qo‘yar ekan, bunda yosh avlod

ta’limi muammo darajasiga ko‘tarildi. “Al-Isloh”dagi ta’lim islohi ma-

salasiga doir she’riy asarlar va publitsistik maqolalar ayni shu muam

mo yechimiga qaratilgani ham buning tasdig‘idir. Bu mavzudagi ma-

qolalar tahlili “Al-Isloh” mualliflarining jamiyatda kechayotgan ijti

-

moiy-siyosiy jarayonning faol ishtirokchisi bo‘lganini hamda jurnal

o‘sha davrning nufuzli nashrlaridan ekanini ko‘rsatadi. Tanazzul

girdobiga tushgan o‘lka va uning xalqi dunyoqarashida o‘zgarish-

lar paydo qilish, yurtni taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga olib

chiqish, buning uchun o‘z ta’sir doirasini kengaytirish, uzoq asrlar

davomida xalq e’tiqod qilib kelayotgan islom dini qonun-qoidalar-

ini zamona talablari bilan uyg‘unlashtirish, millat ma’rifatini yuk-

saltirish – jurnalda nashr etilgan adabiy asarlardan, ijtimoiy-siyosiy

va ma’rifiy maqolalardan ko‘zlangan asl muddao shu edi. “Al-Isloh”

o‘z nomi bilan jamiyat hayotini isloh etish, qotib qolgan qarashlarni

14

Qo‘ldosh PARDAYEV


background image

yangilash maqsadini ko‘zda tutgan, jurnalning butun faoliyati shun-

ga qaratilgan edi. Umuman, “Al-Isloh” jurnali milliy uyg‘onish davri

ning boshqa nashrlari qatori millatni asriy jaholat girdobidan olib

chiqish, taraqqiy etgan millatlar darajasiga ko‘tarilishi kabi zamon-

ning eng dolzarb va hech qachon eskirmaydigan vazifasi yo‘lida xi-

zmat qildi.

Adabiyotlar

Mahmud, Alizoda Toshkandiy.1916.

Al-Isloh

3: 12.

Нурбой, А. (2005). Маърифат нимадир? Жаҳолат надир?

Тафаккур.

3:

14-15.

Долимов, Улуғбек. 1993.

Авлоний – методист олим.

Миллий уйғониш.

Тошкент: Университет.

Қосимов, Бегали. 2002.

Миллий уйғониш: жасорат, маърифат,

фидойилик.

Тошкент: Маънавият.

Xolmuhammad, To‘raquli. 1917.

Ulamoi kiromlardan rajo.

Al-Isloh 14: 34.

Mulla Hoshim, Hayratiy. 1917.

Munosib zamon.

Al-Isloh 14: 328.

Saidahmad, Vasliy. 1915.

Islohi tadris haqinda.

Al-Isloh 17:332.

Saidahmad, Vasliy.

Ittifoq xususinda.

Al-Isloh 1917, 7: 234.

Saidahmad, Vasliy. Har musulmonning arab tilig‘a oshno bo‘lishi zarur.

Al-Isloh.

1916, 5: 125.

Saidahmad, Vasliy. 1915. Himmat ur-rajo.

Al-Isloh

13:225.

Абдуазизова, Назира. 2000.

Туркистон матбуоти тарихи.

Тошкент:

Академия.

Ziyovuddin qori. 1915. Insonning bir necha vazifasi va saodati.

Al-Isloh

17:331.

Abdulg‘afforxo‘ja. 1915. O‘quv va yozuvlarning haqiqiy boislari.

Al-Isloh

8:431.

Hamza Hakimzoda. 1915. Taassuf.

Al-Isloh

20: 619.

Mubashshirxon. 1916. Muxammas.

Al-Isloh

6: 186.

Жабборов, Н. (2021).

Концепция творчества двух великих историков.

in Library,

21(2), 192-200.

Makhmudovna, M. S., Saripul, A. R., & Eisar, J. (2023). ANALYSIS OF TEXT

DIFFERENCES IN MUTRIB’S WORKS.

American Journal оf

Philological Sciences

,

3

(04), 41-47.

Madirimova, S. (2019). Mutrib Xonaxarob asarlari qo ‘lyozmalarining ilmiy

tavsifi.

Oltin bitiglar–Golden Scripts

,

3

(3).

Amonov, S. (2019). Khamza Poetry: Sources And Text Research. Philology

Matters, 2019(3), 14-20.

Mirzakarimovna, R. D., & Kayumova, F. (2023). FACTORS OF RENEWAL

OF THE POETIC IMAGE IN TAVALLO’S CREATION. American

Journal Of Philological Sciences, 3(04), 48-53.

Kizi, S. G. N. (2021). Publication of translated works in the magazine»

Education and teacher»(based on numbers from 1925–1927).

ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research

Journal, 11(10), 1727-1733.

15

“Al-isloh” jurnalida ta’lim islohi masalasining yoritilishi


background image

Coverage of the issue of education reform

in “Al-islah” magazine

Kuldosh Pardaev

1

Abstract

The study of poetic works and journalistic articles about the re-

form of knowledge and education in the journal “Al-Islah” (1915-1918)

from the influential publications of modern intellectuals, such as “Oyna”,

“Sadoi Turkestan”, “Sadoi Ferghana” was researched. The journal analyzed

the disputes of modern intellectuals about the upbringing of the younger

generation, the system of education in schools and madrassas, impartial

comments were given. Jadid’s journalistic articles with the idea of reform-

ing the backwardness and lack of enlightenment in the life of the people of

Turkestan are covered for the first time based on the original source. On

the example of the work of such intellectuals as Saidahmad Vasli, Ziyovud-

din Kari, Abdulgafarkhoja, Khalmukhammed, Torakuli, Mubashshir Khan,

the issue of promoting education and reforming schools is analyzed, and

scientific and theoretical conclusions are made.

Key words:

article, poem, education, school, nation, national reviv-

al, enlightenment and ignorance, press, lesson, old method, new method.

References

Mahmud, Alizoda Toshkandiy.1916.

Al-Isloh

3: 12.

Abdulhakim, Nurboy. 2005. Ma’rifat nimadur, jaholat nadir.

Тафаккур

3:

14-15.

Dolimov, Ulug‘bek. 1993.

Avloniy – metodist olim.

Milliy uyg‘onish.

Toshkent: Universitet.

Qosimov, Begali. 2002.

Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik

.

Toshkent: Ma’naviyat.

Xolmuhammad, To‘raquli. 1917. Ulamoi kiromlardan rajo.

Al-Isloh

14: 34.

Mulla Hoshim, Hayratiy. 1917. Munosib zamon.

Al-Isloh

14: 328.

Saidahmad, Vasliy. 1915. Islohi tadris haqinda.

Al-Isloh

17:332.

Saidahmad, Vasliy. Ittifoq xususinda.

Al-Isloh

1917, 7: 234.

Saidahmad, Vasliy. Har musulmonning arab tilig‘a oshno bo‘lishi zarur.

Al-Isloh

1916, 5: 125.

Saidahmad, Vasliy. 1915. Himmat ur-rajo.

Al-Isloh

13:225.

1

Pardaev Kuldosh Uzakovich

– doctor of philological sciences, docent, Alisher

Navo’i Tashkent state university of uzbek language and literature.

E-mail:

pardayev_k@navoiy-uni.uz;

kuldashparda@mail.ru

ORCID ID:

0000-0001-6426-306X

For citation:

Pardaev, K. U. 2023. “Coverage of the issue of education reform in

“Al-islah” magazine".

Uzbekistan: Language and Culture. Literature

1 (2): 4-17.

16

Qo‘ldosh PARDAYEV


background image

Abduazizova, Nazira. 2000.

Turkiston ma’tbuoti tarixi.

Toshkent:

Akademiya.

Ziyovuddin qori. 1915. Insonning bir necha vazifasi va saodati.

Al-Isloh

17:331.

Abdulg‘afforxo‘ja. 1915. O‘quv va yozuvlarning haqiqiy boislari.

Al-Isloh

8:431.

Hamza Hakimzoda. 1915. Taassuf.

Al-Isloh

20: 619.

Mubashshirxon. 1916. Muxammas.

Al-Isloh

6:186.

Жабборов, Н. (2021). Концепция творчества двух великих историков.

in Library,

21(2), 192-200.

Makhmudovna, M. S., Saripul, A. R., & Eisar, J. (2023). ANALYSIS OF TEXT

DIFFERENCES IN MUTRIB’S WORKS.

American Journal Of Phil-

ological Sciences

, 3(04), 41-47.

Madirimova, S. (2019). Mutrib Xonaxarob asarlari qo ‘lyozmalarining ilmiy

tavsifi.

Oltin bitiglar–Golden Scripts,

3(3).

Amonov, S. (2019). Khamza Poetry: Sources And Text Research.

Philology

Matters

, 2019(3), 14-20.

Mirzakarimovna, R. D., & Kayumova, F. (2023). FACTORS OF RENEWAL

OF THE POETIC IMAGE IN TAVALLO’S CREATION. American

Journal Of Philological Sciences,

3(04), 48-53.

Kizi, S. G. N. (2021). Publication of translated works in the magazine” Ed

-

ucation and teacher”(based on numbers from 1925–1927).

ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Jour-

nal,

11(10), 1727-1733.

17

“Al-isloh” jurnalida ta’lim islohi masalasining yoritilishi

Библиографические ссылки

Mahmud, Alizoda Toshkandiy.1916. Al-Isloh 3: 12.

Нурбой, А. (2005). Маърифат нимадир? Жаҳолат надир? Тафаккур. 3: 14-15.

Долимов, Улуғбек. 1993. Авлоний – методист олим. Миллий уйғониш. Тошкент: Университет.

Қосимов, Бегали. 2002. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, фидойилик. Тошкент: Маънавият.

Xolmuhammad, To‘raquli. 1917. Ulamoi kiromlardan rajo. Al-Isloh 14: 34.

Mulla Hoshim, Hayratiy. 1917. Munosib zamon. Al-Isloh 14: 328.

Saidahmad, Vasliy. 1915. Islohi tadris haqinda. Al-Isloh 17:332.

Saidahmad, Vasliy. Ittifoq xususinda. Al-Isloh 1917, 7: 234.

Saidahmad, Vasliy. Har musulmonning arab tilig‘a oshno bo‘lishi zarur. Al-Isloh. 1916, 5: 125.

Saidahmad, Vasliy. 1915. Himmat ur-rajo. Al-Isloh 13:225.

Абдуазизова, Назира. 2000. Туркистон матбуоти тарихи. Тошкент: Академия.

Ziyovuddin qori. 1915. Insonning bir necha vazifasi va saodati. Al-Isloh 17:331.

Abdulg‘afforxo‘ja. 1915. O‘quv va yozuvlarning haqiqiy boislari. Al-Isloh 8:431.

Hamza Hakimzoda. 1915. Taassuf. Al-Isloh 20: 619.

Mubashshirxon. 1916. Muxammas. Al-Isloh 6: 186.

Жабборов, Н. (2021). Концепция творчества двух великих историков. in Library, 21(2), 192-200.

Makhmudovna, M. S., Saripul, A. R., & Eisar, J. (2023). ANALYSIS OF TEXT DIFFERENCES IN MUTRIB’S WORKS. American Journal оf Philological Sciences, 3(04), 41-47.

Madirimova, S. (2019). Mutrib Xonaxarob asarlari qo ‘lyozmalarining ilmiy tavsifi. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 3(3).

Amonov, S. (2019). Khamza Poetry: Sources And Text Research. Philology Matters, 2019(3), 14-20.

Mirzakarimovna, R. D., & Kayumova, F. (2023). FACTORS OF RENEWAL OF THE POETIC IMAGE IN TAVALLO’S CREATION. American Journal Of Philological Sciences, 3(04), 48-53.

Kizi, S. G. N. (2021). Publication of translated works in the magazine» Education and teacher»(based on numbers from 1925 1927). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1727-1733.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов