Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddimalarining qiyosiy tahlili

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
61-83
66
65
Поделиться
Абдулхакимова, Ю. (2023). Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddimalarining qiyosiy tahlili. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 61–83. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2023-pp61-83
Юлдуз Абдулхакимова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

доктор философии по филологическим наукам

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada turkiy adabiyotda mavjud ikki yirik asar – Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliyning “Layli va Majnun” dostonlari qiyoslandi. Qiyoslar natijasida dostonlarning vazni, janri, kompozitsiyasiga xos xususiyatlar, qahramonlar tasviri va voqealar ifodasidagi o‘ziga xoslik masalasi tadqiq etilib, har ikki ijodkorning mavzuga yondashishdagi o‘xshash va farqli tomonlari aniqlangan. Layli va Majnun haqidagi afsonaning doston shaklida forsiy va turkiy adabiyotga kirib kelishi masalasi ko‘rib chiqilgan. Majnunning tarixiy shaxs yoki to‘qima obraz ekanligi haqidagi olimlarning fikrlari o‘rganilib tahlil qilindi.


background image

61

Uzbekistan: Language and Culture 2023/1 (2)

ISSN 2181-922X 61

83

Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli

va Majnun” dostonlari muqaddimalarining

qiyosiy tahlili

Yulduz Abdulhakimova

1

Abstrakt

Maqolada turkiy adabiyotda mavjud ikki yirik asar – Alisher

Navoiy va Muhammad Fuzuliyning “Layli va Majnun” dostonlari qiyoslandi.

Qiyoslar natijasida dostonlarning vazni, janri, kompozitsiyasiga xos

xususiyatlar, qahramonlar tasviri va voqealar ifodasidagi o‘ziga xoslik

masalasi tadqiq etilib, har ikki ijodkorning mavzuga yondashishdagi

o‘xshash va farqli tomonlari aniqlangan. Layli va Majnun haqidagi

afsonaning doston shaklida forsiy va turkiy adabiyotga kirib kelishi

masalasi ko‘rib chiqilgan. Majnunning tarixiy shaxs yoki to‘qima obraz

ekanligi haqidagi olimlarning fikrlari o‘rganilib tahlil qilindi.

Kalit so‘zlar:

“Xamsa”, doston, ishq, kompоzitsiya, masnaviy, qissa,

Layli va Majnun, hamd, na’t.

Kirish

Sharq xalqlari adabiyotida “Layli va Majnun” mavzusidagi

dostonlar, qissalar ko‘p uchraydi. Ular o‘zining yaratilish davri,

muhiti, adabiy hayotdagi o‘rni bilan farqlansa-da, mazmun va

syujet jihatdan bir-biriga o‘xshab ketadi. Doston va qissalarning

kelib chiqishi arab xalqlari orasida og‘izdan-og‘izga o‘tib keluvchi

voqealarga borib taqaladi. Manbalarda keltirilishicha, Majnun

tarixiy shaxs bo‘lib, Shimoliy Arabistondagi Bani Omir qabilasiga

mansubdir. Uning ismi manbalarda Qays ibn Mulavvah, Mahdiy ibn

Muod, al Aqra va ba’zan al Buhturiy ibn al Ja’d tarzida keltiriladi.

Ibn Qutaybaning “Kitob ush she’r vash shuaro” kitobida Majnun

o‘z qabilasidagi Layli ismli qizni yaxshi ko‘rgani va unga bag‘ishlab

she’rlar yozgani aytiladi. Lekin ba’zi mualliflar Majnun tarixiy shaxs

1

Abdulhakimova Yulduz G’ofur qizi

– filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, Ali

sher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-mail:

abdulhakimovayulduz4@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-1492-4568

Iqtibos uchun:

Abdulhakimova, Y. 2023. “Alisher Navoiy va Muhammad

Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddimalarining qiyosiy tahlili”.

O’zbekiston: til va madaniyat. Adabiyotshunoslik

1 (2): 61-83.


background image

62

Yulduz ABDULHAKIMOVA

emas, balki ummaviy bir yigit o‘z amakisining qizini sevib qolib,

unga atab she’rlar yozgan va unga Majnun taxallusini qo‘ygan deb

aytishadi. Shu tariqa VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab arab

she’riyatida Majnun taxallusi bilan ishq mavzusida yozilgan g‘amgin

she’rlar paydo bo‘la boshladi [Sirojiddinov, 2016, 132].

Badiiy adabiyotga bu qissani ilk bora Nizomiy Ganjaviy

doston shaklida olib kirdi va shu bilan Layli va Majnun dostonchili-

gining mukammal asosi yaratildi. Unda muallif Majnun va Laylining

el og‘zida mashhur bo‘lgan tashqi go‘zalligini emas, balki ruhiy va

ma’naviy dunyosini ham boy va mukammal qilib ochib berdi. Doston

o‘zining badiiy qimmati bilan Sharq xalqlari adabiyotida katta shuhrat

qozondi. Nizomiy dostoni Sharq xalqlari adabiyotida keng shuhrat

qozondi va oradan bir asrdan ziyodroq vaqt o‘tgach, Amir Xusrav

Dehlaviy unga javob yozdi. Dehlaviy dostoni 1299-yilda yaratilgan

bo‘lib, «Majnun va Layli» deb ataladi. Muallif doston qahramonlari

nomini almashtirish bilan yangilikka, o‘z salafidan o‘zgachalikka

intilganligini ta’kidlaydi hamda ushbu qissaning arab xalqlari

orasida dastavval «Majnun va Layli» shaklida ommalashganligiga

e’tibor qaratadi. U Nizomiy dostonining kompozitsion qurilishini

asosan saqlab qolgan holda uning syujetiga ba’zi o‘zgartirishlar

kiritadi (munajjimning Majnun taqdiri haqidagi bashorati,

Navfalning o‘z qizini Majnunga nikohlab berishi va b.) Xusrav

Dehlaviy ushbu dostoni bilan Sharq xalqlari adabiyotida «Layli va

Majnun» mavzusidagi dostonga javob yozish an’anasini boshlab

berdi [Sirojiddinov, Yusupova, Davlatov, 2020, 133]. Dehlaviydan

keyin bu mavzuda ko‘plab ijodkorlar qalam tebratdilar. Turkiy

tilda bu yo‘nalishda yaratilgan dostonlar orasida Alisher Navoiy va

Muhammad Fuzuliy dostonlari alohida o‘rin egallaydi. Biz ushbu

maqolamizda bu ijodkorlarning dostonlaridagi muqaddimaviy

boblarning qiyosiy tahlilini amalga oshirmoqchimiz. D.Yusupovaning

yozishicha, «Xamsa» dostonlaridagi muqaddimalar voqelikka

shunchaki an’anaviy kirish bo‘lmay, balki dostonlar mundarijasi

uchun ochqich vazifasini ham o‘taydi. Shu ma’noda muqaddimalarda

keltirilgan fikrlarga alohida e’tibor berish dostonlar tagzaminida

yashiringan ramziy ma’nolarni ochishga yordam beradi” [Yusupova

2016, 29].

Ma’lumki, Alisher Navoiy o‘zigacha yaratilgan dostonlardan

farqli o‘laroq, “Layli va Majnun”ni turkiy tilda yaratadi. U o‘zigacha

bo‘lgan dostonchilik an’analarini chuqur o‘zlashtirib, unga turkona

libos kiygizadi, turkiy ruh bag‘ishlaydi. Muhammad Fuzuliy ham

dostonchilikda Navoiy yo‘lidan borib, turkiy tilning jozibali o‘g‘uz


background image

Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddimalarining qiyosiy tahlili

63

lahjasida mazkur ishq qissasini yangi bosqichga ko‘taradi.

Ba’zi bir turk olimlari Muhammad Fuzuliy Alisher Navoiy-

ning “Layli va Majnun” dostonidan xabardor bo‘lganmi yoki yo‘q?-

degan savol atrofida munozara qiladilarki, bu haqda Ibrahim Akyol

“Nevai ile Fuzuli’nin Leyla’ ve Mecnun” Mesnevilerinin Yapi ve Konu

Bakimindan Karşilaştirilmasi” nomli maqolasida batafsil javob

beradi [Ibrahim Akyol, 2019, 267-293]. Masalan, Latifi: Ali Sir

Nevai’nin Fuzuli uzerindeki tesiri konusunda; “Nevai tarzina karib

bir tarz-i dil-firib vǝ uslub-i acibi vardir” ifadesini kullanir [Latifi

2000, 435].

Ahdi ise; “lisan-i Tazi’de olan ebyati fusaha-yi “Arab”da

meshur guftar-i Nevayi- ayini Turkan-i Mogol yaninda mezkur va

zeban-i Furs’de olan divani pesendide-i su’ara-yi her merzmub ve

as’ari Turkisi makbul-i zurafa-yi Rum olmishdur”.

Ali Nihat Tarlan da; Fuzulinin Sarktaki Çagatay şairlerini

ve Garptaki Anadolu sairlerini iyi tanidig’ini, Divani’nin

mukaddimesinde bunlardan bahsettigini soyledikten sonar Leyla

vu Mecnun’unda “Olmusdu Nevai-Isuhandan Manzur-I Şehenşeh-I

Horasan” dedig’ini, bunlardan hic bahsidilmese dahi Fuzulinin o

kadar Nevai’nin havasi icinde yasadig’ini ki dil hususiyetleri olmasa

bunlarin bir birinden ayirt etmenin guc oldug’uni, so’yler [Cetindag’

2011, 254].

Muhammad Fuzuliy Alisher Navoiyning chin muxlisi bo‘lgan.

Ijodda undan juda katta quvvat olgan. Ijobiy va ijodiy ta’sirlangan.

Fuzuliyning ijodida bunga ko‘plab misollar bor. Birgina “Layli

va Majnun” dostoni tarkibida Fuzuliy 2 ta hamd va 3 ta munojot

keltiradi. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni tarkibida

ham 4 ta munojot va 5ta na’t kelganligi bizga ma’lum. Fuzuliy Alisher

Navoiy va Navoiy davri adabiyotini puxta o‘rganib qolmay, Navoiy

an’analaridan o‘rinli foydalangan ham.

Muqaddimaviy boblar qiyosi

Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni 38 bob, 3623

baytdan iborat. Muqaddima 9 bobni o‘z ichiga oladi.

Navoiy dostonning 1-bobida Allohni go’zal sifatlar bilan

ulug’laydi: “Kimgaki go’zallik ato etgan bo’lsang unga ne-ne

navqironlarni shaydo qilding. Sen qayerdaki jilva qilgan bo’lsang

o’sha jilva odamlarga Layli timsoli bo’lib ko’rindi. Sening Majnunlar-

ing aql-idrokdan ozoddirlar. Ularning ohlari aqlni yelga sovurgan.

Aql sening yo’lingda g’ofil-bexabardir. Sening yo’lingda aqlli kishilar

telbalanadilar” [Navoiy 2006, 214].


background image

64

Yulduz ABDULHAKIMOVA

Ey kimniki aylabon parivash,

Majnun anga yuz asiri g’amkash.

Ey kimni qilib parig’a majnun,

Ashki suyin oqizib jigargun.

Ey har sorikim qilib tajalli,

Ul mahzar o’lub jahonda Layli.

Ey Majnuning xiraddin ozod,

Ohi erdin xiradni barbod

[Navoiy 2006, 5].

Muhammad Fuzuliyning “Layli va Majnun” dostoni esa

113 bob, 3098 baytni o‘z ichiga oladi. Doston Sharq dostonchilik

an’analariga muvofiq yozilgan bo‘lsa-da, biroq Fuzuliy dostonni

masnaviyning o‘zida yozishni lozim topmay, unga bir qator janrlarni

ham qo‘shadi. Masalan, shoirning o‘zi bu haqda 9-bobda, ya’ni “Soqiy

bilan bo‘lgan suhbat”da shunday deydi:

Gǝh taǝrzi- qǝsidǝ ǝylǝrǝm saz,

Şǝhbazini olur bȕlǝndpǝrvaz.

Gǝh dǝ’bi –qǝzǝl olur şȕarim,

Ol dǝ’bǝ rǝvon verǝr qǝrorim.

Gǝh mǝsnǝviyǝ olub hǝvǝsnak

Ol bǝhrdǝ istǝrǝm dȕri-pak

[Fuzuliy 2005, 34].

Fuzuliy dostoni nasriy debocha bilan boshlanadi. Debocha

238 so‘zdan iborat bo‘lib, unda shoir Layli va Majnun afsonasini

bayon etishda Allohdan kuch va g‘ayrat so‘raydi. Shu o‘rinda Fuzuliy

dostonidagi boshqa janrlar bilan bog‘liq jihat haqida ikki og‘iz so‘z.

Ma’lumki, Fuzuliyning g‘azallari qo‘shiqqa aylanib, turkiy, arab, ajam

xalqlarining dilidan chuqur joy olgan. Demak, ijodkorning ko‘ngli

turli janrlarda ijod qilishni istagan. Yozganda ham shunchaki yozish

emas balki, qasidaning balandparvoz bo‘lishini, g‘azalda fikri tiniq,

ravon bo‘lishini, masnaviyda esa uning har bir misrasi durdek pok

bo‘lishini istaydi.

Shuning uchun ham doston tarkibiga kiritilgan ruboiy,

g‘azal, soqiynoma, murabba’, qasida kabi janrlar dostonning

ta’sirchanligini oshirib, fikrning oson tushunilishiga xizmat qiladi.

Doston boshlanmasida 3 ta ruboiy keltirilgan. Ruboiylar

bir birini to‘ldirib, ayni paytda ma’noviy jihatdan dostonning asl

mazmunini ochib berishga ham xizmat qiladi:

Ey nǝ’şǝti –hȕsni- eşqǝ tǝ’sir qılan!

Eşqifǝ binayi- kȍvni tǝ’mir qılan!

Leyli sǝri- zȕlfini girehdir qılaȕ!

Mǝсnuni- hǝzin boynina zǝnсir qılan!

[Fuzuliy 2005, 10].


background image

65

Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddimalarining qiyosiy tahlili

Ushbu ruboiyda shoir Allohga murojaat qilar ekan, shunday

deydi: “Sen ishqing bilan husnlar na’shasiga ta’sir qilding. Va bu Ishq

bilan qalblar binosini ta’mir qilding, go‘zallashtirding, poklading.

Va Laylining (yoki Laylidek minglab ma’shuqlarning) zulfini zanjir

qilib, Majnunlarning bo‘yniga ishq savdosini osding”.

Turk olimi Burhan Basharslan “Fuzulinin Leyla vu Macnun

Mesnevisi-Dibace” nomli maqolasida yuqoridagi ruboiyni

quyidagicha sharhlaydi: “Ilk rubaide kainatin yaratilmasinin isk ile

olusundan bahsettikten sonar Hakk’a yaranici vasfiyla bir niyaza

baslanir. Bu rubaide zannediyorum ki husn ve ask kavramlarin-

dan husn Leyla’ya, ask ise Mecnun’a isaret etmektedir.” [Burhan

Basharslan, Marmara ilahiyat.com (muif blog);

14 Agustos 2019]

Ya’ni: Birinchi ruboiyda koinotni ishq bilan yaratilganligini aytib,

Haqdan yorining vasfini tilab yolvoradi. Bu ruboiyda husn Layliga,

ishq esa Majnunga ishoradir.

Tutsam tǝlǝbi -hǝqiqǝtǝ rahi- mǝсaz,

Əfsanǝ bǝhanǝsilǝ orz etsǝm raz,

Leyli sǝbǝbilǝ vǝsfm etsǝm ag’az,

Mǝсnun dili ilǝ etsǝnı izhari- niyaz

[Fuzuliy 2005, 10].

Navbatdagi ruboiyda esa Fuzuliy dostondan ko‘zlangan

maqsadi haqida so‘zlaydi: Men haqiqatni aytmoqchiman va bu

haqiqatni bir afsona bahonasida arz etmoqchiman. Laylining ta’ri-

fini esa shunchaki o‘qiguvchi bo‘lib emas, balki Majnunning tilidan

bayon qilgum.

Burhan Basharslan ikkinchi ruboiyni quyidagicha sharhlaydi:

“Fuzulinin taleb-i hakikatte rah-i mecaz tutmasi ne anlama

gelmektedir? Ortada bir hakikatinvarlig’i ve bu hakikatin mecaz

yoluyla talep edilmesi durumu vardir ki kanaatime go’re Divan siirini

karakterizeeden ifade bu cumledegizlidir. Zira Leyla’ ve Mecnun,

mensur kisimdan da anlǝşilacagiuzere iki remizdir. Leyla hakikatin,

Mecnun ise onun talepkarinin remzidir” [Burhan Basharslan. Mar-

mara ilahiyat.com (muif blog); 14 Agustos 2019]. Yani: Fuzuliyning

taleb-i hakikatte rah-i mecaz jumlasida qanday ma’no anglashiladi?

O‘rtada bir haqiqatning borligi va bu haqiqatga majoz yo‘li orqali

talabgor bo‘lish dostonning asl mazmunini ochib beradi. Zero, Layli

va Majnun ikki ramzdir. Layli haqiqatning, Majnun esa haqiqatga

talabgorning ramzidir.

Lȕtf ilǝ şǝ’bi –ȕmidimni ruz eylǝ!

İqbalımı tȍvfiq ilǝ fıruz eylǝ!

Leyli kimi lǝfzimi dilǝfruz eylǝ!


background image

66

Yulduz ABDULHAKIMOVA

Mǝсnun kimi nǝzmimi сigǝrso’z eylǝ!

[ Fuzuliy 2005, 10].

So‘nggi ruboiyda shoir yana Allohning o‘ziga murojaat qilib,

dostondan ko‘zlagan maqsadini amalga oshirishini, iqbolini porloq

etib, Laylining har bir so‘zini dilga yoquvchi qilishini va Majnunning

so‘zini jonso‘z, jigarso‘z qilishini so‘raydi.

Fuzuliyning “Layli va Majnun” dostoni forsiy tilda yozil-

gan bo’lib, 38 baytdan iborat. Bob an’anaviy Allohga hamd bilan

boshlanadi. Unda Allohning go‘zalligi, buyukligi,uning azaliy va

abadiyligi aytiladi. Allohni san’atlar orqali tanidik, deydi shoir.

“Sen bu olamni bezab unda Odam nasllarini yaratding. Haqiqat

gavharining sarrofi, yaratilish binosining Me’mori ham Sensan”.

Bobning so‘nggida esa Allohdan o‘ziga yupanch yordam so‘raydi.

“Hunar shuhratidan xabarim, hunarsizlikdan o‘zga xunarim yo‘qdir.

Oldimga qandayin vazifa qo‘ymayin, uning avvali va oxiri qayg‘ulidir.

Mening yo‘limga tushgan har bir tosh, har bir tomchi menga xavf

solur. Agar Sen marhamat etmasang, dardim tashqariga chiqmasa,

bu nazm dengizida qo‘limni sof yozuvlar bilan naqshlantirki,

xotiramning oyinasi pok, aqlimning chirog‘i porloq bo‘lsin”.

Sǝrrafi-сǝvahiri-hǝqaiq,

Kǝşşafi-qǝvamizȕ dǝqaiq.

Peydakoni-hǝr nǝan ki, başǝd,

Poyhankoni-hǝr oyan ki, başǝd.

Memari-binayi-afǝriniş,

Sirabkoni-riyazi-biniş.

An kon ki, dilǝm fȕrug’ girǝd,

Lȍvhǝm rǝqǝmi sǝfa pǝzirǝd

[Fuzuliy 2005, 11-12].

Fuzuliy ham Ishq bobida Alisher Navoiy ko‘zlagan manzilni

maqsad qilgan esa-da, bu manziliga o‘ziga xos bo‘lgan yo‘ldan ketishni

istaydi. Dostonning tarkibiy tuzilishi bunga yaqqol dalil bo‘la oladi.

Alisher Navoiy dostonning ikkinchi bobida Munojotni

keltiradi. Munojotda Allohning yagona, qudratli zot ekanligini aytadi

va o‘zining gunohlarini kechirishini so‘raydi. Dostonni yozishga

kirishar ekan, Allohdan o‘ziga madad so‘raydi:

Qilmay da’viyi xush adoliq,,

Arz ayla, Navoiyo, gadoliq.

Shukrungg’a tilimni qoyil ayla,

Sajdangg’a boshimni moyil ayla...

Bo’l rohnamun mango ul ishga,

Kim, bo’lsa sanga rizo ul ishga...

Raddig’a qabulni mute’ et,


background image

Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddimalarining qiyosiy tahlili

67

Jurmumg’a rasulni shafe’ et

[Navoiy 2006, 10-11].

Fuzuliy dostonining 2-bobi 68 baytdan iborat. Bu bobda ham

Fuzuliy Allohga hamd aytadi, Allohni go‘zal sifatlar bilan madh etadi

va Allohdan o‘ziga madad so‘raydi:

Ey munisi-ǝhli-zȍvq yadın,

Əbvabi-oraǝl kilidi adın!

Ey gǝnıi-ǝta tilismi ismin,

Sǝn gǝnji- nihan, сahan tilismin!

[Fuzuliy 2005, 13].

Mazmuni: Ey! Yodi munislik ila zavq berguvchi, olamdagi

hamma tilsimotlarning kaliti sendadir. Ey, ismi xazinalar tilsimi

jahon tilsimlariga sening hazinalaring yashirilgandir.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Fuzuliyning “Layli va Majnun”

dostoni muqaddimasi tarkibiy tuzilishi jihatidan Alisher Navoiy-

ning “Layli va Majnun” dostonidan farq qiladi. Dostonning 3,4,

5-boblarida munojot keltiriladi.

Fuzuliy dostonning munojot qismida atrofidagi ijodiy

muhitdan ko‘ngli to‘lmasligini bayon qiladi. Keyingi avlodlar orasida

arzirli ijodkorlar yo‘qligidan iztirobga tushadi. “Dardlarim ko‘p,

gunohlarim undanda ko‘p” – deydi shoir.

Dostonning 3-bobi 86 baytdan iborat bo‘lib, aynan shu

bobdan munojot boshlanadi. Unda shoir o‘zining nafsini taftish

qilib, aql bilan jismini boshqarishda Allohdan madad tilaydi: Ey

Tangrim, karamingni men xor-u zordan darig‘ tutmaginki, men

Sening panohingdan umidvorman. Meni tuproqdan yaratding. Aql,

jon ato qilding. Gar jon istasam, Sening dargohing xokidan istaymay.

Aqlimni esa soliklik yo‘lida bergin- deb iltijo qiladi.

Nǝm var ki, laf edǝm ȍzȕmden,

Mǝhv eylǝ mǝni mǝnim gȍzȕmdǝn.

Ol gȕn ki, yox idi mǝndǝ qȕdrǝt,

Qıldın mǝnǝ qeybǝtimdǝ rǝḡbǝt.

Fǝrz oldu bir ǝzmǝ сazm qılmaq

Me’raсi kǝmalǝ ǝzm qılmaq.

Bu rahdǝn etmǝk olmaz ikrah,

Xoş rahdurur sǝnǝ gedǝn rah

[Fuzuliy 2005, 15-17].

Mazmuni: Meni o‘zimning ko‘zimdan, nafsimdan asragin.

Menda qudurat yo‘q edi. Sen meni rag‘batlantirding. Jon berding-u

sohibi dil etding. Mening insofimni bergin, imonimni mustahkam

qilgin. O‘zingning toat yo‘lingda aqidamni har lahza mahkam qilgin.

Qaerdaki nur ko‘rsam Sening nuring deb yugurdim va bu holdan


background image

68

Yulduz ABDULHAKIMOVA

sharmandalik ahvolga tushdim. Seni aql bilan izladim va bu yo‘lda

aqlimdan ayrildim. Mening yo‘lim faqat Sen tomondir, deb panoh

so’raydi.

Dostonning 4-bobida ham munojot davom etadi. Ikkinchi

munojot 57 baytdan iborat. Bob quyidagi fikrlar bilan boshlanadi:

Bilmǝk gǝrǝk onu kim, сǝvahir

Ne gǝnсi-nihandan oldu zahir?

Ne dairǝdir bu dȍvri-ǝflak,

Ne zabitǝdir bu mǝrkǝzi-xak?

Cismǝ ǝrǝzi kim etdi qaim,

Narǝ nǝdǝn oldu nu lazim?

…Gǝr kaf ilǝ nundan oldu alǝm,

Aya, nǝdǝn oldu kafȕ nun hǝm?

Gǝr qayǝtǝ eylǝsǝn tǝǝmmȕl,

Zahir olur onda mǝzhǝri- kȕll.

Versǝn ȍzȕnǝ fǝnayi- mȕtlǝq,

İsbat olur ol fǝna ilǝ hǝq.

…Gǝr yetsǝ idi bu sirrǝ idrak,

Demozdi Rǝsul “maǝrǝfhak”

Xǝlq oldu bu bǝbri-heyrǝtǝ qǝrq,

Ta xǝlqdǝn ola Xaliqǝ fǝrq.

Bir kimsǝ ǝgǝr olaydı agah

Kim, xǝlqi neсǝ yaradır Allah.

Faş oldu ki, sirri-Hǝq nihandır,

Alǝmdǝ nişani binişandır

[Fuzuliy 2005, 18-19].

Mazmuni: Jismimizni haqiqatga yetkazguvchiga tahsinlar

bo‘lsin! Bilishimiz kerakki, U Kim? Qanday javohirki, nega jamiki

xazinalarning siri unda zohir bo‘lgay. Jismimizni Kim tik etdi?

Bizga qaerdan nur berdi? Olamni K (KOF) va N (NUN)dan yaratdi.

Bu dunyo bir dam bo‘lsa-da sohibining nazaridan chetda emas. Bu

turfa naqshinkorlikning qirralariga boq, naqqoshning qanchalik

pok ekanligiga guvoh bo‘lasan.

Har bir zarrada porloq nuring bor.

Agar chuqurroq nazar tashlab qaralsa, har zarrada KULL paydo

bo‘ladi. (Fuzuliy bu o‘rinda Kull va Juz’ ya’ni butun va qismni nazarda

tutmoqda. Kull butun bu Allohgagina xos bo‘lib, olam va undagi

yaralguvchilar esa Juz’, ya’ni shu butunning qismlaridir). Sening bor

ekanligingning yana bir dalili umrboqiyligingdir. Gar ma’rifat zavqi

bo‘lsa, u ham Sendandir. Haq uchun hamma ham bir inson, ammo

bir Zot borki, hilqati barcha yomonliklarning aksidir. Xalq esa bor

narsaga ishonmay, yo‘q narsalarga aldanib o‘tiribdi. Ey, Tangrim!

U Zot haqida ularga bildirgin va odob bergin. Hech kim o‘rtadagi


background image

Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddimalarining qiyosiy tahlili

69

pardani olib tashlolmadi va U Zot kim ekanligini idrok qilolmadilar.

Gar idrok qilolganlarida edi, Rasulni “Seni tanimadik” demasdilar.

Xalq bu xabardan hayratga tushdi. Alloh hammasini ayon etdi,

sirlarni esa pinhon qoldirdi. Biror kimsa ham bundan ogoh bo‘lmadi.

Agar bilganlarida edi, Alloh jamiki insoniyatning do‘sti ekanligini

anglardilar. Bu yo‘lni chuqurroq o‘rgansang, har bir ramzda Haqning

hikmatini ko‘rasan. Haqning siri doim yashirin, ammo olamdagi

hamma yaralmish uning nishonasidir.

Dostonning 5-bobi 56 baytdan iborat. Bu bobda Fuzuliy jism

va ruhning og‘riqlariga, jabr-u-sitamlariga doim ham dunyoni aybdor

qilmaslik haqida so‘zlaydi. Seni yo‘qdan bor qilib yaratdi. Nimaniki

so‘rasang, barini berdi. Charxning ishi doim sen bilan bo‘ldi. Sening

o‘zing charxga nima qilib berding”-quyidagi baytlarni keltiradi:

Qıldı sǝni hiҫdǝn bir adǝm,

Əsbabi-tǝnǝ’ȕmȕn fǝrahǝm.

Çǝrxin xud işi sǝninlǝ bȍylǝ;

Sǝn neylǝdin onun İlǝ, sȍylǝ?

Hǝr dǝm onu ,bivǝfa oxursan,

“Dunsan” deyǝ bǝddua oxursan

[Fuzuliy 2005, 20-21].

Fuzuliy har bir bobda albatta o‘ziga, nafsiga tanbih beradi va

eng to‘g‘ri yo‘l Haqqa eltuvchi yo‘l ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi.

Hazrat Navoiy dostonining 3-bobi Na’t bo‘lib, bu bobni Hazrat

Navoiy Rasululloh (s.a.v)ning madhlariga bag‘ishlaydi va u zotning

nuridan falaklar nurlangani, qadamlaridan jamiki koinot quvongani,

Alloh u zotni bir nafasda barcha ilmlarda mukammal qilganligi

haqida so‘zlaydi:

Sun’ ilgi chekib bu nomag‘a tam.

Orqasiga bosti naqshi xotam.

Me’roj tuni taboh bo‘ldi,

Borcha anga hoki roh bo‘ldi,

Borisig‘a har guzin avqot,

Yuz ming salovat ila tahiyot

[Navoiy 2006, 14].

Muhammad Fuzuliy dostoniing 6-bobi Na’t bo‘lib, 91 baytdan

iborat. Bu bobda Payg‘ambarimiz (s.a.v) sifatlari ta’riflanadi.

Sǝrdǝftǝri-ǝnbiyayi-mȕrsie,

Onlara hǝnı axirȕ hǝm ǝvvǝl!

İrfani-sifatȕ zate arif,

Keyfiyyǝti-kainatǝ vaqif!

…Ey vazei-istilahi-iman,


background image

70

Yulduz ABDULHAKIMOVA

Hǝqdǝn sǝbǝbi-nȕzuli-fȕrqan!

…Ey xǝlvǝti-qȕrba şǝ’mi-mǝhfȕ,

Cibril tǝrǝddȕdȕnǝ mǝnzil!

…Ey qiblǝnȕmayi-ǝhli-taǝt,

Gǝnсineyi-gȍvhǝri-şǝfaǝt.

“Yasin” sǝdǝfi-dȕri-sifatın,

“Taha” gȕli-bustani-zatın.

Xǝlqǝ verib intizari-mǝqdǝm,

Ol dǝm gǝldi ki, gǝldi Adǝm

[Fuzuliy 2005, 22-24].

Mazmuni: “Ey butun Olamlarning podishohi, tuproq-u-

falaklarning egasi bo‘lgan Zot, senga hamdlar bo‘lsin! Payg‘ambarlik

maqomining shahanshohi, qoidasi adolat bo‘lgan Zot! Osmon-

u-yerlarni birlashtirib turgan mahshar daftarining hisobdori!

Payg‘ambarlarning peshqadami! Ularning ham avvali, ham

oxiri! (Bu o‘rinda Fuzuliy ikki narsaga urg‘u beradi. Birinchidan,

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) payg‘ambarlarning so‘nggisidir.

Ammo Allohning U Zotga buyuk muhabbati sabab, Me’roj tunida

jamiki nabiylar bilan ko‘rishib, payg‘ambarlik taxtini egalladilar. Eng

baland martabaga yetishdilar.

Ikkinchidan, Alloh payg‘ambarimiz(c.a.v)ning nurini butun

insoniyatni yaratishdan ancha avval yaratdi va o‘sha nurdan Odam

Atoni yaratdi. Bunga misol sifatida N. Komilovning “Tasavvuf”

kitobida quyidagicha fikrlar keladi: “Tasavvuf falsafasiga binoan,

Alloh taolo (uni Javhari zot, Mutlaq ruh, Aqli kull ham deydilar)

avval Muhammad(s.a.v)ning nurini yaratdi. So‘ngra shu nur tufayli

olamlarni va odamlarni yaratdi. Shunday qilib, olam asosida

Muhammad nuri yoki Muhammad haqiqati yotadi. Olamlar boshida

Muhammad nuri mavjud bo‘lganligi sababli birinchi inson hazrati

Odam Safiullohni Muhammadning o‘g‘li, boshqacha aytganda,

Muhammad alayhissalomni Odam Atoga nisbatan ham ota, ham

o‘g‘il deyish mumkun” [ Komilov 1996, 42].

“Haqdan amr bo‘lgach senga “Qur’on” nozil bo‘ldi sening har

bir va’zing imon bilan nurlandi. Jabroil (a.s) sening manziling tomon

taraddudlandi. Ey, toat ahllarining qiblanamosi! Shafoat ganjining

gavhari, arshdan to tuproq qadar toju-taxt sohibi, qutlug‘ nur sohibi!

Sen inson bo‘lib yaratilding. Ammo hamma farishtalar senga sajda

qiladilar. Sening sifating “Yosun”ning duru sadaflaridek, zoting

esa “Toha” bo‘stonining gullaridandir. Sen donishlik maktabining

muallimisan!

Dǝrgahinǝ ǝnbiya rȕсui,


background image

Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddimalarining qiyosiy tahlili

71

Tǝ’ziminǝ asiman rȕkui.

Tǝhsin sǝnǝ, ey xȕсǝstǝfǝrсam

Kim, ǝ’z qılıb tǝriqi-islam.

…Sǝn bildirdin ki, kimdir Allah,

Sǝnsiz kim olurdu ondan agah?

Faş oldu nǝsihǝtin сǝhanǝ,

Sǝn qoymadın ortada bǝhanǝ.

…Asilǝrin olasan pǝnahi,

Nomidlǝrin ȕmidgahi.

Gǝr mǝndǝ ola tǝmam taǝt,

İzhar nǝdǝn bular şǝfaǝt?

…Hǝr ǝsrda bir nǝbi zȕhuri,

Hǝr dȕvrdǝ bir rǝsul nuri.

…Xǝlqǝ verib intizari-mǝqdǝm,

Ol dǝm gǝldi ki, gǝldi Adǝm.

…Bir-bir yetib ȍzgǝ ǝnbiyayǝ,

Me’raсǝ ҫıxardi payǝ-payǝ.

…Bu alǝmǝ erdi idi vayǝ,

Ola lǝmǝ salmış idi sayǝ.

Mazmuni: Sen payg‘ambarlar dargohiga borar ekansan,

butun koinot Senga ta’zim qilib ikki bukildi. Islom yo‘lidan yurgan

insonning ahvoli ravshan, oqibati yaxshi bo‘lishini aytding. Va bizga

jamiki insoniyatning ahvolini bayon qilding. Sen bizga Allohni

tanitding, gumrohlarni yo‘lga solding. Nasihatlaring butun jahonga

ma’lum bo‘ldi. Senga itoatdamiz va marhamatingdan umidvormiz.

Osiylarni panohingga olasan, noumidlarga umid bag‘ishlaysan,

kimdir osiy bo‘lsa, sen shafoat qilasan. Agar menda ixtiyor bo‘lib

sen bilan ko‘rishsam, shafoat aylashingni qanday so‘rayman?

Har asrda bir payg‘ambar keldi. Har davrni bir payg‘ambar nuri

yoritdi. Ular o‘zining nuri bilan fitrat yo‘llarini yoritdi. Ammo sen u

payg‘ambarlarning ham shohisan. Sen falakka qadam qo‘yar ekansan,

yo‘ling navbatma navbat nurafshon bo‘lib bordi. Jamiki yaralmish

(insondan boshqa) sening jismingdan avval nuringni ko‘rdi. Sening

nuring olamga fayz bag‘ishladi. Me’rojga chiqar ekansan, har qavatda

bittadan payg‘ambar uchradi. Yo‘lingda avval Odam (a.s) uchradi.

Sening soyang yo‘q edi. Qadding niholdek, yuzing oydek edi. Sening

tashrifingdan falaklar yuksalib, bu olamga soya solardi”.

Alisher Navoiy dostonning 4-bobini Me’roj tuniga bag‘ishlaydi.

Bobning boshida tunning qorong‘uligi xuddi dilbarning sochidagi

qoralik kabidir deb sifatlanadi. Oshiqning ko‘ngli shu qorong‘ulik

ichida-yu, xayoli Haqning nurida ekanligiga ishora qilinsa,


background image

72

Yulduz ABDULHAKIMOVA

bobning davomida Navoiy Payg‘ambarimiz (s.a.v)ning Me’rojga

chiqayotganlarida butun olam bundan baxtiyor bo‘lganligi va

muborak qadamlari tekkan har bir sayyoralar cheksiz quvonganligi

haqida so‘zlaydi:

Dilbar sochidek harosi jonda,

Men munda, nechukki, ko’nglim onda.

Bor ishdin etib o’zni ma’zul,

Mahbub xayoli birla mashg’ul,

Zuhra yo’lida tuzub navo zer,

Mutriblardek bo’lib miyongir.

Bahrom ko’rub biyik janobin,

Tashlab qilichin, o’pub rikobin.

Soyislig’ig’a Zuhal urub fol,

Gazdasta bila so’lida g’irbol

[Navoiy 2006, 15-17].

Dostonning 7-bobi 82 baytdan iborat bo‘lib, Fuzuliy unda

Me’roj tunining ta’rifini keltiradi. Davomida esa payg‘ambarimiz

Muhammad (s.a.v)ga bag‘ishlangan qasida o‘rin olgan bo‘lib, 18

baytdan iboratdir.

Cȕn feyzi-vȕсudin ilǝ ey pak,

Rǝşki-fǝlǝk oldu ǝrseyi-xak,

Didarini gȍrmǝgi mǝlǝklǝr,

Pabusuna yetmǝgi fǝlǝklǝr.

…Bir yaxşı zaman, şǝrǝfli saǝt

Rǝf oldu dualara iсabǝt.

Cibril yetib, yetirdi fǝrman:

-Key sǝrvi-riyazi-elmȕ erdi!

Xurşidini ǝrşǝ sayǝ qılḡıl,

Me’raсi bȕlǝndpayǝ qılḡıl!

Eyvani-sipehrdǝ sitarǝ

Min-min gȍz aҫıbdır intizarǝ.

Xoş ol ki, minib Bȕraqi xoşhal,

Bu kun dǝrǝсati-izzȕ erdi.

Mazmuni: “Sening pok vujuding fayzi falakka yetganida yer

rashq kilib qoldi. Malaklar sening chehrangni ko‘rish uchun, falaklar

senga ta’zim qilish uchun iztirob bilan Allohdan izn so‘radilar. Bir

saodatli, sharafli palla keldiki, duolar ijobat bo‘lib o‘rtadagi parda

ko‘tarildi. Shu payt Jabroil (a.s) kelib farmonni e’lon qildi. “Kel ey

ilmu-irfon sohibi, quyoshing arshga soya solsin! Me’rojni boshlagin.

Ey qadri baland podishoh, endi oradagi pardalar ko‘tarilib loma-

konni sayr aylagin. Sening jamolingga malaklar mushtoq, sening


background image

Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddimalarining qiyosiy tahlili

73

visolingga falakalar muhtoj”. Yulduzlar intizor bo‘lib osmon ayvonida

ko‘z ochdi. Buroqda shod chiqib borasan, osmonning eng baland

darajasigacha chiqding.

Ne’lǝyninǝ sȕrtdȕ ȕz mehi-nȍv,

Xurşid rȕxȍndǝn aldı pǝrtȍv.

Gȍstǝrdi Ütarid ehtiramın,

Xǝtt erdi ki, mǝn sǝnin qulamın.

…Tiḡindǝ bulub nizam ǝyyam,

Tǝ’limi-şȕсaǝt aldı Bǝhram.

…Rǝ’yǝt sǝfi-sabitata ҫǝkdin,

Ol mǝzǝǝr mehr toxmun ǝkdin.

Qıldın fǝlǝk etlǝsini rǝngin,

Ol mǝhfilǝ verdin ȍzgǝ ayin.

Cibrili qoyub, Bȕraqi saldın,

Tȍvhid yolunda fǝrd qaldın.

Rǝf oldu sǝnǝ hiсabi-mabeyn,

Nȕzhǝtgǝhin oldu qabǝ-qȍvseyn.

Mazmuni: Oy o‘ziga niliy(ko‘k)rangni surtdi. Quyosh sendan

o‘ziga porloqlik oldi. Falakning kotibi bo‘lmish Utorud (Merkuriy)

sayyorasi senga in’om ko‘rsatib, men sening qalamingman dedi.

(Qadimgi afsonalarga ko‘ra, Merkuriy sayyorasi kotiblarning

yo‘ldoshidir). Bahrom (Mars sayyorasi) shijoatni sendan o‘rgandi.

Fayzingdan barcha shodlandi. Raiyat safiga chiqding va ularning

qalbiga mehr urug‘ini qadading.Sening mehringdan falaklar lavhi-

ning qalami ziynatlanib, atlasini rangin qildi. Jabroil (a.s) yo‘llarini

davom ettira olmasliklarini aytib, Buroqning tizginini qo‘yib

yubordilar. (Chunki bu darajaga yetganda, Allohning nuriga Jubroil

(a.s) ham dosh bera olmasdilar). Sen esa yo‘lingni yolg‘iz davom

ettirding. Ko‘ngil ochadigan, rohatlanadigan joying qoba qovsayn

bo‘ldi.

Shu o‘rindan boshlab, dostonning tarkibiy tuzilishida yana

o‘zgarish sodir bo‘ladi. Aynan shu 7-bobdan boshlab boblar so‘ngida

qo‘shimcha qasida yoki soqiynoma berib boriladi. Bu esa bobning

mazmunini ochish uchun kalit vazifasini bajaradi.

Dostondagi ilk qasida 18 baytdan iborat. Forsiyda yozilgan.

Payg‘ambarimiz (s.a.v) vasfiga bag‘ishlanadi. Qasida so‘ngida

ozarbayjon tilida tarjimasi ham beriladi. Rasulullohning Alloh

tomonidan mo‘minlarga xabarchi qilib yuborilganliklari, u kishining

panohida bo‘lganlarga zarar yetmasligi, Alloh U kishini azizlardan-da

aziz qilib yaratgani haqida aytiladi. Va yana aytiladiki, Iso (a.s) ham

falakka chiqdi, biroq uning maqomi Muhammad (s.a.v)ning Me’rojga


background image

74

Yulduz ABDULHAKIMOVA

chiqganlarichalik ulug‘ emas, Me’roj kechasining oldida Muso (a.s)

chiqqan Tur tog‘ining qiymati esa qadrsizdir. Ibrohim (a.s)ga atab

yoqilgan o‘tni o‘chirgan ham sening suving edi deb ta’riflanadi.

Barcha payg‘ambarlar oldida Muhammad (s.a.v)ning nisbatlari

“Alif” kabidir. Payg‘ambarlar silsilasi u kishiga bog‘langandir. Avval

ham, oxir ham Rasululloh(s.a.v)dir. Qasida taqdir uning roziligidan

boshqasiga ko‘nmasligi haqidagi fikr bilan yakunlanadi:

İsa nǝmirǝsǝd be to dǝr qǝdrȕ mǝnzǝlǝt,

Bǝr ҫǝrx ǝgǝr nǝhǝd ze sǝri-iqtidar pa.

Me’raс yafti to vȕ bǝr Tur şod Kǝlim,

Fǝrq ǝz to ma Kǝlim ze ǝrşǝstȕ ta sǝma.

Ba ǝnbiyast nesbǝti-zati-to ҫun ǝlif,

Hǝm ibtida toi be hǝqiqǝt, hǝm intiha

[Fuzuliy 2005, 27-28].

Alisher Navoiy dostonning 5-bobida o‘zidan avval yashab

ijod qilgan ustozlari Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviylarni

madh etadi. 6-bobda esa ustozi Abdurahmon Jomiyning ta’rifi

keladi. Fuzuliy o‘zidan avval ijod etgan salaflar haqida dostonning

8-bobida bayon qiladi. Dostonning davomida “Soqiynoma” o‘rin oladi

va unda Nizomiy Ganjaviy hamda Alisher Navoiyning qisqacha madhi

keladi. Ma’no jihatidan yaqin mavzu Alisher Navoiyning dostonida 5,

6-bob, Fuzuliyning dostonida esa 8 bob va Soqiynomaning tarkibiga

kiritiladi.

Alisher Navoiy dostonning 5-bobida so‘zga ta’rif berar ekan,

dunyoning avvali ham, oxiri ham so‘zdir, deydi. So‘z bilan til yuksaldi,

tishlar esa unga injudek tasbeh bo‘ldi.

Til zikring ila chu topti tarjih,

Tishlar anga bo’ldi inju tasbih

[Navoiy 2006, 21].

Ushbu bobda Navoiy Nizomiyga nisbatan nazm ahlining

eng go‘zal so‘z tizuvchisi, so‘zni durdek tartibga soluvchidir. U

Ganjada ganjdek yashirin edi, besh dostonga tartib berdi-yu o‘zidan

o‘chmas iz qoldirdi, degan ta’rifni keltiradi:

Nazm ahlining afsahul-kalomi,

So’z durrig’a muntazim Nizomiy.

Ul Ganjada ganjdek nihoni

Besh ganj qo’yub, vale nishoni

[Navoiy 2006, 22].

Navoiy Dehlaviyni “Hind sehrgari” “Sohiri Hind” deb

ataydi. Qalamining uchi afsungardek sahifalarga tegsa, ul sahifalar,

yozuvlar jahonga fitna soladi. Xazinadek tovlanib turguvchi besh

qal’a yaratdiki, u xazinaning siri butun olamga oshikor bo‘ldi, deb


background image

75

Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddimalarining qiyosiy tahlili

Dehlaviy yaratgan besh dostonni ta’riflaydi:

Ko’rgach bu tilism sohiri Hind,

Jodulig’ ishida mohiri Hind.

Kilki uchi safhag’a fusunrez,

Ul safha jahong’a fitnaangiz.

Besh qal’aki barcha erdi xoro,

Besh maxfi ganji oshkoro

[Navoiy 2006, 22-23].

Muhammad Fuzuliy esa dostonning 8-bobida “Dunyoning

foniyligi haqida shikoyat” qiladi. Bob 46 baytdan iborat bo‘lib, unda

shoir soqiyga murojaat qilib, qadahini to‘ldirib, may quyib berishini

va uning bilan bu mayxonada hamdard bo‘lishligini so‘raydi.

Tasavvufda, Soqiy-Pir, may-ma’rifat, jom esa qalbdir. Demak, Fuzuliy

bu o‘rinda Pirga murojaat qilib, uning qalbini ma’rifat bilan, ishq

bilan to‘ldirmoqligini va Allohga eltguvchi mashaqqatli bu yo‘lda

yo‘ldosh bo‘lishligini so‘raydi:

Sǝn ver badǝ, mǝn eylǝyim nuş,

Mǝn nǝzm oxuyun, sǝn ona tut guş!

…Min riştǝyǝ tȕrfǝ lǝ’l ҫǝksǝm,

Min rȍvzǝyǝ nazǝnin gȕl ǝksǝm,

Qılmaz ona hiҫ kim nǝzarǝ,

Derlǝr gȕlǝ xar, lǝ’lǝ xarǝ.

Anсaq demǝzǝm ki, xaki-Baḡdad

Alayişi-nǝzmdǝndir azad

[Fuzuliy 2005, 30].

Mazmuni: Bu bazmda (zamonni nazarda tutadi) birorta ham

yaxshi shoir qolmadi, she’r qoidalari buzildi, bu zamonda nazmning

qadri qolmadi, san manga boda ber man uning ta’midan lazzatlanay,

man she’r o‘qiyman, san quloq sol, deydi.

Bu nazm gulzoriga man ham gul eksam, mazmuniga ibrat

joylab har tuyg‘uga turli qimmatbaho toshlarni qadasam, unga hech

kim nazar solmasa va qimmatbaho toshlarni xor qilibdi derlar, aslo

bunday demasinlarki, Bog‘dod tuprog‘i yomon shoirlardan holidir.

Nǝ Hind, nǝ Fors, nǝ Xorasan,

Nǝ Rumȕ Əсǝm, nǝ Şamȕ Şirvan.

…Hala mǝgǝr iqtizayi-dȍvran

Oldur ki, ola o gǝnс pȕnhan

[Fuzuliy 2005, 30-31].

Hozir na Hindda, na Forsda, na Xuroson-u-Ajamda birorta

yaxshi shoir yo‘q. Lekin, bu nazm xazinasi bo‘shab qo‘lmaydi. Hali

zamonning o‘zi bizga ko‘plab xazinalarni ochib beradi, deydi va

Allohdan madad so‘rab, bobni yakunlaydi.


background image

76

Yulduz ABDULHAKIMOVA

Bobning so‘ngida Soqiynoma keladi. Soqiynoma 62 bayt

bo‘lib, unda shoir soqiyga murojaat qilib, o‘zini sadaf, soqiyni esa

yomg‘ir deb ataydi:

Mǝn bir sǝdǝfǝm, sǝn ǝbri-niysan,

Ver qǝtrǝvȕ al dȕrri-qǝltan.

Bulmuşdi sǝfayi-dil Nizami,

Şirvanşǝhǝ dȕşȕb girami.

Olmuşdu Nǝvaiyi-sȕxǝndon

Mǝnzuri-şǝhǝnşǝhi-Xorasan

[Fuzuliy 2005, 32].

Mazmuni: Har bir tomching bilan meni sayqallagin. Sen

quyoshsan, men bir qora tuproqman. Meni javharlaring bilan

ziynatlagin deb iltijo qiladi. Fuzuliy, menga hamdam bo‘lgan bir

nechta shoirlar navbat bilan dunyo shohlarining nazariga tushdi,

deb havas bilan aytadi.

Çȕn qalmadı, qalmadı fǝsahǝt,

Ərbabi-fǝsahǝt iҫrǝ rahǝt.

Ol taifǝ ҫǝkdi xirqǝyǝ baş,

Halǝtlǝrin etmǝz oldular faş.

Eylǝr hǝsǝd ǝhli baḡlayib kin,

Tǝhsin ǝvǝzinǝ nefyȕ nifrin.

Mazmuni: Bobning davomida Fuzuliy iztirob bilan endi

bulardek go‘zal so‘z aytguvchi qolmaganligini, ular ulug‘ ijodkor

bo‘lsalarada, o‘zlarining moddiy ahvollarini biror kishiga

bildirmasliklarini balki doimo darvishlik hirqasini egnilaridan

yechmaganliklarini aytadi. Shoir o‘zini ularning davomchisi sanab,

endi u ham so‘zni ustuvor qilishini va egniga hirqa tashlashini aytadi.

So‘zning ilohiy ekanligini aytib, “buning uchun menga har majlislarda

adovat qilsalar ham, g‘araz qilsalar ham tahsin deb qabul qilaman”,

deydi.

Alisher Navoiy dostonning 6-bobini Nuriddin Abdurahmon

Jomiy madhiga bag‘ishlaydi. Navoiy Abdurahmon Jomiyning otiga

to‘xtalib, uning oti Abdurahmon bo‘lsa-da, o‘zi Jomiy nomi bilan

olamda shuxrat topganini aytadi. Uning qalamidan ma’no durlari

oqadi va bu so‘z durlarini nutqiga tizib chiqadi:

Abdurrahmondin oti nomiy,

Lekin topib ishtihor Jomiy.

Xomangdin durri ma’ni oqib,

So’z silkiga nutqung oni toqib

[Navoiy 2006, 25].

Bob davomida Navoiy Jomiyning “Silsilat uz- zahab”, “Tuhfat


background image

Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddimalarining qiyosiy tahlili

77

ul-Ahror”, “Suhbat ul-abror”, “Ahsan ul-qasas”(“Yusuf va Zulayho”)

dostonlari va “Devon”ining besh xazina deb baholaydi.

Muhammad Fuzuliy dostonning 9-bobini “Bu soqiyga bazm

uchun may so‘rash xitobi” deb nomlaydi, bob 36 baytdan iborat:

Feyzi-hȕnǝrim şǝrabdan sor,

Suzi-сigǝrim kǝbabdǝn sor.

Gǝh tǝrzi-qǝsidǝ eylǝrǝm saz,

Şǝhbazını olur bȕlǝndpǝrvaz.

Gǝh dǝ’bi-qǝzǝl olur şȕarım.

Ol dǝ’bǝ rǝvan verǝr qǝrarım.

Gǝh mǝsnǝviyǝ olub hǝvǝsnak,

Ol bǝhrdǝ istǝrǝm dȕri-pak.

Dȕkkanım ola rǝvaсi-bazar,

Hǝr istǝdigin bula xiridar

[Fuzuliy 2005, 34].

Mazmuni:Shoir soqiyga murojaat qilib, ahvoli xarobligining

sababini maydan so‘rashligini, she’riyat bo‘stonida o‘z o‘rni bo‘lishini

istashini va bu bo‘stonda pok durlar qadalgan misralardan kim

neni istasa xaridor bo‘lishligini aytadi. “Goh qasida, goh g‘azal, goh

masnaviy yozaman. G‘azalni ravon yozaman, masnaviyda havasnok

bo‘lsamda, uning bahrlariga pok durlarni qadashni istayman”, deydi.

Alisher Navoiy 7-bobda Sulton Husayn Boyqaronining madhini

keltiradi. Navoiy Husayn Boyqaroni din peshvosi, saxovatpesha,

bunyodkor shoh sifatida ta’riflaydi. U qilich bilan sherni yengishdek

kuchga ega bo‘lsa-da, ammo chumoliga nohaq azob berishdan

qo‘rqadi. Shoh sifatida shohlarning ichida qanchalik yuksak bo‘lsa,

darvishlar oldida tuproqdek hokisordir, deb ta’riflaydi:

Shahlar aro o’rni toqi aflok,

Darveshlar ollida ovuch xok.

Darvesh desam ulus uza shoh,

Shohi darvesh borakalloh

! [Navoiy 2006, 28].

N.Komilovning “Tasavvuf” kitobida yozilishicha, “Ushbu

bag‘ishlovda Navoiy Husayn Boyqaroning taxtda o‘tirib, tariqat

rusumi bilan oshno bo‘lgani, o‘zini pir (Jomiy) ixtiyoriga topshirgani,

qadamjolar, xonaqolarni ziyorat etgani, xirotdagi darvesh-oriflar,

shayxlar ahvolidan xabar olib turishi, qalban darvishligi haqida so‘z

yuritadi” [Komilov, 1996].

Muhammad Fuzuliy dostonining 10-bobida Zamona

sultonining madhini keltiradi. Bob 52 baytdan iborat. Bobning

avvalida shoir o‘zining an’anasiga sodiq qolgan holda, Soqiyga

murojaat qiladi:


background image

78

Yulduz ABDULHAKIMOVA

Tǝ’siri salıb dimaḡǝ tǝşvir,

Tǝşviri mǝсazım etdi tǝḡyir.

…Olsaydı mǝnim sȍzȕmdǝ bir hal,

Əlbǝttǝ olurdum ǝhli-iqbal.

…Mȕstǝhfizi-din, pǝnahi-islam,

Mǝxdumi-zǝman, mǝlazi-ǝyyam.

Əbr istehsanȕ bǝrq kinǝ,

Şahǝnşǝhi-Mǝkkeȕ Mǝdinǝ.

…Ərbabi-hȕnǝr ȕmidgahi

Tȕrkȕ ǝrǝbȕ ǝсǝm pǝnahi.

Tuḡraymisai-Ali-Osman,

Sultani-sipǝhşikǝn Sȕleyman!

Mazmuni: Sen quygan maydan mening mijozim o‘zgardi. Qani

endi bir chiroyli so‘z ayta olsam. Shunda zamona sultonining nazariga

tushgan va iqbol ahlidan bo‘lardim. U podshoh dinning himoyachisi,

islomning panohi, U Makka va Madinaning shahanshohi, u odil

sulton, turk, arab, ajamning panohi, u sulton Sulaymondir!

Bobning davomida Sulton Sulaymon sha’niga qasida keladi.

Qasida 42 baytdan iborat bo‘lib, shoir unda zamona sultonining

tengsiz himmat sohibi ekanligini, dinning chin panohi, orif, fozil,

ulamolarning rahnomosi ekanligi aytadi.

Alisher Navoiy dostonning 8-bobida shahzoda Badiuz-

zamonning ta’rifini keltiradi. Bobda shahzodaning adolati, saxovati,

kuch-qudrati madh etiladi. Uni saltanat osmonida quyosh deb

ta’riflaydi. Taxt ustida tojini yarqiratib o‘tirganida minglab qullar

uning bir imosini kutib qo‘l qovushtirib turishadi:

Egri qoyubon boshi uza toj,

Yuz tojvar itlarig’a muhtoj.

Qo’llarni qovushtirib yiroqdin,

Farmonig’a muntazir qiroqdin

[Navoiy 2006, 33].

Fuzuliy dostonning 11-bobini “Kitobning yozilish sabablari”-

deb nomlaydi. Bob 94 baytdan iborat. Bob Fuzuliyning an’anasiga

ko‘ra yana soqiyga murojaat bilan boshlanadi:

Bir gȕn

ki, meyi-Sȕheyltǝ’sir

Vermişdi mizaсi-paka tǝḡyir.

…Ol bǝzm idi afiyǝt bǝhari,

Mǝn bȕlbȕli-zarȕ biqǝran.

…Yǝ’ni ki, qamu hǝqaiq ǝhli,

Hǝr mǝs’ǝlǝdǝ hǝqaiq ǝhli.

…Kim eylǝr idi hǝqaiqi-raz,


background image

Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddimalarining qiyosiy tahlili

79

Şeyxidǝnȕ Əhmǝdidǝn aḡaz.

Kim sȍylǝr idi ȍgȕb kelami,

Ővsafi-Cǝliliyȕ Nizami.

…“Lȕtf eyle!-dedilar, -ey sȕxǝnsǝnс!

Faş eyla сǝhanǝ bir nihan gǝnс!

Leyli-Mǝсnun ǝсǝmdǝ ҫoxdur,

Ətrakdǝ ol fǝsanǝ yoxdur

” [Fuzuliy, 2005, 39,40].

Mazmuni: “U kunda may mening yonimda edi, ichgan sari

zavqim kelib, shavqim toshardi. U bazm ofiyat bahori edi va men

unda bulbuli zor edim. U yerda ilm ahllari, haqiqat ahllari yig‘ilgan

edi. Kimdir Shayxdan, kimdir Axmatdan gapirar edi. Yana kimdir

Nizomiyning baytini so‘ylardi. Ular menga so‘zlarga ganj qadab,

yashirin xazinani jahonga fosh qilishimni aytishdi. Layli va Majnun

haqidagi afsona ajamda yo‘q, deyishdi.

Bildim, bu qǝziyyǝ imtǝhandır,

Zira ki, bu bir bǝlayi-сandır.

…Bir bǝzmi-mȕsibǝti-bǝladır

Kim, ǝvvǝli qǝm, sonu fǝnadır.

…İdrakı verǝr xǝyalǝ azar,

Əfgan adǝr mǝlalı ǝfgar.

…Bir iş ki, qılır şikayǝt ustad,

Şagirdǝ olur rȕсui bidad

[Fuzuliy 2005,40,41].

Mazmuni: Sen unga tartib berib, bu bo‘ston xazinasini

yangilagin deyishdi va men bildimki, bu men uchun imtihondir.

Bu bazm musibatlar bazmidir, uning mazmuni fig‘on, nola va ohdir.

Uning yukini xayollasam, idrokimgada og‘irlik qilur, malollanur.

Agar uning yozilishi rohat bo‘lsa edi, kamolotga rag‘bat bo‘lardi:

Əsbabi-soxǝn nişatȕ nazǝst,

Zin hǝr do soxǝn bǝhanǝsazǝst.

Meydani-soxǝn fǝrax bayǝd,

Ta tǝb’ sǝvarayi nomayǝd.

Dǝr gǝrmiyi-rigȕ sǝxtiyi-kuh

Ta ҫǝnd soxǝn rǝvǝd beǝnbuh?

[Fuzuliy 2005,40].

Zero, bu haqda Nizomiy shunday deydi: “So‘zning asosi

shodlik, iyhomdir. Yana so‘zga ehtiyoj seziladi. So‘z maydonida

ilhom sayr etsin. Qumliklarga, dashtliklarga ilhom ketsa tuproqqa

qanchalik ta’sir qiladi”. Nizomiy tomonidan aytilgan ushbu baytni

Fuzuliy bobning tarkibiga forsiyda kiritgan va azarbayjon tiliga

Samad Vurg‘unun tomonidan tarjima qilingan.


background image

80

Yulduz ABDULHAKIMOVA

Dȕşdȕ sǝfǝrim diyari-dǝrdǝ,

Kimdir mǝnǝ yar bu sǝfǝrdǝ?

Hǝr kimdǝ ki, vardir istitaǝt,

Dǝrdȕ qǝmȕ mȍhnǝtȕ qǝnaǝt,

Oldur bu mȕsafirǝtdǝ yanın,

Zȍvq ǝhlinǝ yoxdur e’tibarım

[Fuzuliy 2005, 41].

Mazmuni: “Bu ishning mashaqqatidan ustoz shunday shikoyat

qilganda men shogirdi nima ham deya olardim. Lekin bu ishning

turgan bitgani sitam va g‘amdir. O‘z uzrimni aytib bu ishni tavakkal

bilan boshladim. Mening tanlagan bu yo‘limda kim hamrohlik qiladi,

yo Rab? Mening zavq ahli bilan ishim yo‘qdir. Men hamma qanoatim

va dardimni shu ishga bag‘ishladim”, deb shoir bobni yakunlaydi.

Alisher Navoiy dostonning 9-bobini tun ta’rifiga bag‘ishlaydi.

N.Komilovning “Tasavvuf” kitobida yozilishicha, “Majnunda

“kimyolanish” Laylini ko‘rgandan keyin boshlanadi, ammo ishq o‘ti

unga ancha ilgari u dunyoga kelgandayoq tekkan edi. Alisher Navoiy

buni asar boshida Ishq vodiysining dahshatlarini xayolan tasvirlash

orqali ko‘rsatadi.

Andoqki qilib karashma mayli,

Zulf ichra jamolin ochsa Layli

[Navoiy 2006, 36]

.

Navoiy Ishq vodiysida “nori ayman” shoxlari shu’lalanib

turgan daraxtni ko‘radi. Qissa boshlanib, Layli va Majnunning

birinchi uchrashuvi tasvirlanganda shoir haligi tashbehni takrorlab,

Majnunni xuddi shu shu’lali daraxt qiyofasida chizadi, ya’ni Layli

yuzining shu’lasidan Majnun qalbi, balki butun vujudining niholi

alangalanib ketadi:

Menkim otim o’ldi hodii ishq,

Maskan manga ushbu vodii ishq

[Navoiy 2006, 39].

Shu tariqa, o‘t, barq, nur, partav, chaqin, otash, lam’a kabi

so‘zlar bu asarning asosiy belgilovchi tashbehotiga aylangandir.

Layli husni ham o‘t, Majnun ishqi ham o‘t, ikki o‘t bir-biriga tortiladi

va bir-biriga tekkanda jonni kuydiruvchi alanga kelib chiqadi”

[Komilov 2009, 197].

Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonining 12-bobi

56 baytdan iborat bo‘lib, zamona hukmdorining madhiga bag‘ish-

lanadi. Bobda sulton Salmanning madhi keladi:

Mǝ’mur edibǝn binayi-ali,

Cǝnnǝt sifǝti, İrǝm misali.

Ta ruzi-ǝbǝd bunu mǝqam et,


background image

Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddimalarining qiyosiy tahlili

81

Bidǝḡdǝḡǝ işrǝti-mȕdam et!

[Fuzuliy, 2005].

Mazmuni: Baytda sulton nihoyatda adolatli va ilmli zot

ekanligi, shu bilan birga u qurdirgan binolar jannatning bog‘larini

eslatguvchi ekanligi aytiladi. Sulton shijoati bilan jahonga mashhur

bo‘lganligi va quyosh misoli barchaga mehr-shafqat nurlarini

ulashishi maqtaladi.

Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy va Muhammad

Fuzuliyning “Layli va Majnun” dostonlari turkiy xalqlar ma’naviy

hayotining ko‘zgusi bo‘lib, unda o‘tmishdagi ajdodlarimizning ijtimoiy

turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, ikki buyuk mutafakkirning olam

va odam, ishq haqidagi qarashlari o‘z ifodasini topganligi bilan ham

bugungi kun uchun ahamiyatlidir:

1. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni 38 bob, 3623

baytdan iborat bo‘lsa, Muhammad Fuzuliyning “Layli va Majnun”

dostoni 113 bob, 3098 baytni o‘z ichiga oladi;

2. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni masnaviy

janrida yozilgan. Fuzuliyning “Layli va Majnun” dostoni esa masnaviy

janrida yozilishi bilan birga, dostonda: 3 ta qasida: 60 bayt (Munojot,

na’t, Sulton Sulaymon madhiyasi), 26 ta g‘azal: 162 bayt (Laylining

tilidan 8 ta, Majnunning tilidan 12 ta va Fuzuliyning o‘zini tilidan 2

ta, munojot g‘azal 2 ta), 2 ta murabba’: 26 bayt (Laylining tilidan 1ta,

Majnunning tilidan 1 ta);

3. Muhammad Fuzuliy Alisher Navoiyning nafaqat “Layli va

Majnun” dostonidan, balki “Xamsa”dan ham ta’sirlangan o‘rinlariga

guvoh bo‘ldik. Masalan, Fuzuliy doston tarkibida 2 ta hamd va 3 ta

munojot keltiradi. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni

tarkibida ham 4 ta munojot va 5 ta na’t keladi.

Adabiyotlar

Alisher Navoiy. 2006.

Layli va Majnun.

Toshkent: G’afur G’ulom.

Муҳаммад Фузулий. 1958.

Лайли ва Мажнун.

Азарбайчан Ушаг вǝ

Қǝнчлǝр Əдǝбийяты.

Муҳаммад Фузулий. 1968.

Лайли ва Мажнун.

Тошкент: Ғафур Ғулом.

Mǝhǝmmǝd Fȕzuli. 2005. II Cİld-BAKI: “ŞƏRQ-QƏ RB”.

Комилов, Н. 2009.

Тасаввуф.

Тошкент: Movarounnahr – Oʻzbekiston.

Комилов, Н. 1996.

Тасаввуф ёки комил инсон ахлоқи.

Toshkent: Yozuvchi.

Назруллаева, С. 1983.

Тема «Лейли и Меджнун» в истории литературы

народов Советского Востока.

Тошкент: Фан.

Sirojiddinov, Sh., Yusupova D., Davlatov O. 2020.

Navoiyshunoslik.

Darslik.

Toshkent: Akademnashr.

Yusupova D. 2016.

O‘zbek mumtoz va milliy uyg‘onish adabiyoti

(Alisher

Navoiy davri). Toshkent: TAMADDUN.

Ibrahim Akyol. 2019.

Nevai ile Fuzulinin Leyla ve Mecnun Mesnevilerinin


background image

82

Yulduz ABDULHAKIMOVA

Yapi ve Konu Bakmindan Karsilastirilmasi-Dil ve Edabiyat

Arastirmalari (DEA),

267-293.

Burhan Basharslan “Fuzulinin Leyla vu Macnun Mesnevisi-Dibace”

marmara ilahiyat.com (muif blog); 14 Agustos 2019.

Jabborov, N. (2022). Alisher navoiy an’analarining Abdulla Oripov

she’riyatidagi poetik sintezi poetic synthesis of alisher navoi’s

traditions in the poetry of abdulla oripov. in Library, 22(1),

112–125. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/

archive/article/view/19399

Jabborov, N. (2021). Mirzo Ulug‘bek davri adabiyoti Alisher Navoiy

talqinlarida. in Library, 21(2), 76–92. Retrieved from https://

inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17777

Makhmudovna, M. S., Saripul, A. R., & Eisar, J. (2023). ANALYSIS OF TEXT

DIFFERENCES IN MUTRIB’S WORKS. American Journal Of

Philological Sciences, 3(04), 41-47.

Madirimova, S. (2019). Mutrib Xonaxarob asarlari qo ‘lyozmalarining ilmiy

tavsifi. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 3(3).

Rahmonova, D. (2021). Ривожи миллат истар эрсанг. in Library, 21(1),

3–15. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/

article/view/8139

Comparative analysis of the prologues of Alish-

er Navoyi and Muhammad Fuzuliy’s «Layli and

Majnun» epic

Yulduz Abdulhakimova

1

Abstract

The two great epics in Turkish literature, Alisher Navoi and

Muhammad Fuzuli’s «Layli and Majnun» are compared. As a result, of

our comparisons, opinions and conclusions about the weight, genre,

composition, individuality of the protagonist and events of both epics

are expressed. The similarities and differences between the two artists’

approaches to the topic will be analyzed.The article discusses the

emergence of the legend of Layli and Majnun in the form of epics in Turkish

and Persian literature, which was passed from language to language

among the Arab peoples. The idea that the Majnun is a historical figure or

1

Abdulkhakimova, Y

. – Doctor of Philosophy (PhD) in Philology, Tashkent State

University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navo’i.

E-mail:

abdulhakimovayulduz4@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-1492-4568

For citation:

Abdulhakimova, Y. «Comparative analysis of the prologues of Alisher

Navoyi and Muhammad Fuzuliy’s «Layli and Majnun» epic».

U

zbekistan: Language

and Culture. Literature

1 (2): 61-83.


background image

Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddimalarining qiyosiy tahlili

83

a fabricated character is supported by the views of scholars.

Key words:

Hamsa, epic, love, composition, masnavi, story, Layli and

Majnun, hamd, na’t.

References

Alisher Navoiy. 2006.

Layli va Majnun.

Toshkent: G’afur G’ulom.

Muhammad Fuzuliy. 1958.

Layli va Majnun.

Азарбайчан Ушаг вǝ

Қǝнчлǝр Əдǝбийяты.

Muhammad Fuzuliy. 1968.

Layli va Majnun.

Toshkent: G‘afur G‘ulom.

Mǝhǝmmǝd Fȕzuli. 2005. II Cİld-BAKI: “ŞƏRQ-QƏ RB”.

Komilov, N. 2009.

Tasavvuf.

Toshkent: Movarounnahr-Oʻzbekiston.

Komilov N. 1996.

Tasavvuf yoki komil inson axloqi.

Toshkent-Yozuvchi.

Nazrullaeva, S. 1983.

Tema «Leyli i Medjnun» v istorii literaturы narodov

Sovetskogo Vostoka.

Toshkent: Fan.

Sirojiddinov, Sh., Yusupova D., Davlatov O. 2020.

Navoiyshunoslik

. Darslik.

Toshkent: Akademnashr.

Yusupova D. 2016.

O‘zbek mumtoz va milliy uyg‘onish adabiyoti (Alisher

Navoiy davri).

Toshkent: TAMADDUN.

Ibrahim Akyol. 2019.

Nevai ile Fuzulinin Leyla ve Mecnun Mesnevilerinin

Yapi ve Konu Bakmindan Karsilastirilmasi-Dil ve Edabiyat

Arastirmalari (DEA).

Burhan Basharslan “Fuzulinin Leyla vu Macnun Mesnevisi-Dibace”

marmara ilahiyat.com (muif blog); 14 Agustos 2019.

Jabborov, N. (2022). Alisher navoiy an’analarining abdulla oripov she’ri

-

yatidagi poetik sintezi poetic synthesis of alisher navoi’s tra-

ditions in the poetry of abdulla oripov . in Library, 22(1), 112–

125. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/

article/view/19399

Jabborov, N. (2021). Mirzo Ulug‘bek davri adabiyoti Alisher Navoiy talqin

-

larida. in Library, 21(2), 76–92. Retrieved from https://inli

-

brary.uz/index.php/archive/article/view/17777

Makhmudovna, M. S., Saripul, A. R., & Eisar, J. (2023). ANALYSIS OF TEXT

DIFFERENCES IN MUTRIB’S WORKS. American Journal Of

Philological Sciences, 3(04), 41-47.

Madirimova, S. (2019). Mutrib Xonaxarob asarlari qo ‘lyozmalarining ilmiy

tavsifi. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 3(3).

Rahmonova, D. (2021). Ривожи миллат истар эрсанг. in Library, 21(1),

3–15. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/

article/view/8139

Библиографические ссылки

Alisher Navoiy. 2006. Layli va Majnun. Toshkent: G’afur G’ulom.

Муҳаммад Фузулий. 1958. Лайли ва Мажнун. Азарбайчан Ушаг вǝ Қǝнчлǝр Əдǝбийяты.

Муҳаммад Фузулий. 1968. Лайли ва Мажнун. Тошкент: Ғафур Ғулом.

Mǝhǝmmǝd Fȕzuli. 2005. II Cİld-BAKI: “ŞƏRQ-QƏ RB”.

Комилов, Н. 2009. Тасаввуф. Тошкент: Movarounnahr – Oʻzbekiston.

Комилов, Н. 1996. Тасаввуф ёки комил инсон ахлоқи. Toshkent: Yozuvchi.

Назруллаева, С. 1983. Тема «Лейли и Меджнун» в истории литературы народов Советского Востока. Тошкент: Фан.

Sirojiddinov, Sh., Yusupova D., Davlatov O. 2020. Navoiyshunoslik. Darslik. Toshkent: Akademnashr.

Yusupova D. 2016. O‘zbek mumtoz va milliy uyg‘onish adabiyoti (Alisher Navoiy davri). Toshkent: TAMADDUN.

Ibrahim Akyol. 2019. Nevai ile Fuzulinin Leyla ve Mecnun MesnevilerininYapi ve Konu Bakmindan Karsilastirilmasi-Dil ve Edabiyat Arastirmalari (DEA), 267-293.

Burhan Basharslan “Fuzulinin Leyla vu Macnun Mesnevisi-Dibace” marmara ilahiyat.com (muif blog); 14 Agustos 2019.

Jabborov, N. (2022). Alisher navoiy an’analarining Abdulla Oripov she’riyatidagi poetik sintezi poetic synthesis of alisher navoi’s traditions in the poetry of abdulla oripov. in Library, 22(1), 112–125. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ archive/article/view/19399

Jabborov, N. (2021). Mirzo Ulug‘bek davri adabiyoti Alisher Navoiy talqinlarida. in Library, 21(2), 76–92. Retrieved from https:// inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17777

Makhmudovna, M. S., Saripul, A. R., & Eisar, J. (2023). ANALYSIS OF TEXT DIFFERENCES IN MUTRIB’S WORKS. American Journal Of Philological Sciences, 3(04), 41-47.

Madirimova, S. (2019). Mutrib Xonaxarob asarlari qo ‘lyozmalarining ilmiy tavsifi. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 3(3).

Rahmonova, D. (2021). Ривожи миллат истар эрсанг. in Library, 21(1), 3–15. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/ article/view/8139

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов