“Temurnoma”dagi obrazlar tavsifi va evolyutsiyasi

CC BY f
98-116
27
12
Поделиться
Саиткулов, И. (2023). “Temurnoma”dagi obrazlar tavsifi va evolyutsiyasi. Узбекистан: язык и культура, 2(2), 98–116. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol2-iss2-y2023-pp98-116
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Temurnoma”ning jangnomasi tasvirlanayotgan voqelik va qahramonlarning tarixiy asosi mavjud bo‘lib, unda bosh qahramon sifatida buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur asos qilib olingan. “Temurnoma”da Amir Temur bilan bog‘liq tarixiy haqiqatlar xalq badiiy tafakkuri hosilasi o‘laroq Sohibqiron obrazi timsolida xalqona talqin qilingan. Xususan, bu talqinlar Amir Temurning tug‘ilishi, ma’lum vaqt otasidan ayro yashashi, yoshligida “sir” ko‘rsatib, telbaliklar qilishi, balog‘atga yetib qahramonliklar ko‘rsatishi, yerning olti tomoni – Shimol, Janub, G‘arb, Sharq, osmon va yer osti bilan aloqa bog‘lashi, eng muhimi, uning doimiy ravishda pir va eranlar homiyligida bo‘lishi tasvirlarida aks etadi. Tadqiqotning obyekti sifatida “Temurnoma: Amir Temur Ko‘ragon jangnomasi” tanlangan. Tadqiqot mavzusini yoritishda tasniflash, tavsiflash, tarixiy-qiyosiy va funksional tahlil usullaridan foydalanilgan.


background image

ISSN 2181-922X 98

116

“Temurnoma”dagi obrazlar tavsifi va

evolyutsiyasi

Ilhom Sayitqulov

1

Abstrakt

Temurnoma”ning jangnomasi tasvirlanayotgan voqelik va

qahramonlarning tarixiy asosi mavjud bo‘lib, unda bosh qahramon

sifatida buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur asos qilib olingan.

“Temurnoma”da Amir Temur bilan bog‘liq tarixiy haqiqatlar xalq badiiy

tafakkuri hosilasi o‘laroq Sohibqiron obrazi timsolida xalqona talqin

qilingan. Xususan, bu talqinlar Amir Temurning tug‘ilishi, ma’lum vaqt

otasidan ayro yashashi, yoshligida “sir” ko‘rsatib, telbaliklar qilishi,

balog‘atga yetib qahramonliklar ko‘rsatishi, yerning olti tomoni – Shimol,

Janub, G‘arb, Sharq, osmon va yer osti bilan aloqa bog‘lashi, eng muhimi,

uning doimiy ravishda pir va eranlar homiyligida bo‘lishi tasvirlarida aks

etadi.

Tadqiqotning obyekti sifatida “Temurnoma: Amir Temur

Ko‘ragon jangnomasi” tanlangan. Tadqiqot mavzusini yoritishda

tasniflash, tavsiflash, tarixiy-qiyosiy va funksional tahlil usullaridan

foydalanilgan.

Kalit so‘zlar:

doston, xalq kitobi, jang-oda afsonasi, qahramon,

san’at badiiyati, uslub, xayoliy shaxs, tarixiy shaxs.

Kirish

“Temurnoma”da Sohibqiron obrazi bilan parallel ravishda

turli tarixiy va to‘qima obrazlarga murojaat etilgan. Asarda bir

yuz qirq uch nafar obraz ishtirok etgan. Bu obrazlar Amir Temur

timsoli atrofida birlashib, Sohibqiron xarakterini yoritishda muhim

o‘rin tutadi. “Temurnoma”da tasvirlangan ana shunday obrazlarni

tarixiylik nuqtai nazardan

tarixiy

va

to‘qima

obrazlar tarzida tasnif

qilsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.

1

Sayitqulov Ilhom Abdisalamovich

– filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

(PhD), dotsent, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

universiteti.

E-mail:

sayitqulovilhom@navoiy-uni.uz; sayitqulov86@mail.ru

ORCID ID:

0000-0003-1475-5757

Iqtibos uchun:

Sayitqulov, I. A. 2023. “Temurnoma”dagi obrazlar tavsifi va

evolyutsiyasi”.

O‘zbekiston: til va madaniyat. Adabiyotshunoslik

2(2):

98-116.

98

Uzbekistan: Language and Culture 2023/2(2)


background image

1. Tarixiy obrazlar

ham, o‘z navbatida, ikki guruhga ajraladi:

1.1. Amir Temur zamondoshlari obrazi:

bularga Turag‘ay

(Tarag‘ay) Bahodir, Tegina begim, Jahongir Mirzo, Mirzo Umar

to‘ra, Umarshayx Mirzo, Sulton Muhammad to‘ra, Mironshoh

Mirzo, Bayonqulixon, Sadr ash shariat, Amir Qazag‘on, Amir Choku,

Yeldirim Sulton Boyazid, Shoh shujo’, Malik Ra’no Ballulloh, Mavlono

Burhoniddin Sohib Hidoya, Mirzo Sayfiddin, Amir Muayyad orlot,

Amir Boyazid Jaloyir, Amir Muso Bahodur, Xoja Kamol Xo‘jandiy,

Shayx Shams kulol, Amir Bayon Sulduz, Saroy Mulk xonim, Husayn

so‘fi, Kamol oy (O‘ljoy Turkon), Amir Hojibek, Qimoriy Inoq,

To‘xtamishxon, Hind Xoja, Qamariddin, Shoh Mansur, Jayon Chashm,

Uchqora, Tog‘aybug‘a, Amir Muso Jaloyir, Amir O‘ljoy, Abbos Bahodur,

Amir Husayn, Tuman og‘a, Mavlono Sa’diddin, Muhammad Porso,

Malluxon, Feruzshoh, Amir Shoh Yahyo, Sangu bobo, Bahodurxon,

Hasan Juvoriy, Muhammad Porso, Amir Mu’id, Sulton Ahmad, Shayx

Ozariy, Sulton Shabli, Ulug‘bek Mirzo, Mirzo Xalil to‘ra, Xoja Baho ul

Haq vad din (Bahovuddin) obrazlarini misol qilsak bo‘ladi. Yuqorida

nomlari keltirilgan shaxslarning Amir Temur bilan bir davrda

yashaganligi tarixdan ma’lum. Lekin tarixiy va badiiy haqiqat nuqtai

nazaridan asardagi bu obrazlarni tarixiy shaxslarning prototipi deb

ham bo‘lmaydi.

Amir Temur zamondoshlari

bo‘lgan

obrazlarini ham, o‘z

navbatida, tarixda Sohibqiron bilan muloqotda bo‘lgan yoki bo‘l-

magan shaxslarga ko‘ra ikki guruhga ajratilsa, tasnif mukammalroq

bo‘ladi. Xususan:

1.2.

Amir Temur bilan bevosita yoxud bilvosita muloqotda

bo‘lgan tarixiy shaxslar obrazi

. Asarda Amir Temurga yaqin

hamroh sifatida tasvirlangan obrazlarni (ota-onasi, xotinlari,

farzandlari, sarkarda va pirlarini) bu guruhga kiritish mumkin.

Mazkur tipdagi obrazlarning aksari folkloriy talqin qilingan.

Bunga asardagi Amir Temurning otasi Muhammad Tarag‘ay obrazi

tasvirida ham guvoh bo‘lishimiz mumkin.

“Temurnoma”da Tarag‘ay Bahodir ismi “Turag‘ay bahodir”

tarzida nomlangan bo‘lib, asarning

“Avvalg‘i doston. Hazrat Amir

Temur Sohibqironni onalaridin tug‘ulmoqliqlari bayoni”

bob (doston)

ida uning nasl-nasabi va ismi: “

Turag‘ay bahodur nasli Qorachor

No‘yondin erdi. Kunlardan bir kun No‘yon xonadonidin chiqib

ketib erdi. Ammo davlati zo‘r erdi. Odamlar ani izzat qilur erdilar.

Shahrisabzki, xolo ul mavzi’yani to‘rag‘aiyya derlar”

[Temurno-

ma, 1, 43] tarzida izohlanadi. Shuningdek, mazkur bobda Tarag‘ay

Bahodir eranlar tomonidan Sohibqiron otasi sifatida tanlangan

99

“Temurnoma”dagi obrazlar tavsifi va evolyutsiyasi


background image

shaxs ekanligi ta’kidlanadi. Uning dunyoga kelajak Sohibqironning

onasi – Tegina begimga yetishish uchun Buxoroga borishi kerakligi

tush motivi orqali tasvir topgan. Tarag‘ay Bahodirga cho‘pon

ko‘rgan tushi vositasida xabar beriladi. Buxoroga borganida

Sohibqiron homiysi Shayx ul a’lam (Shayx Sayfiddin) kutib oladi va

bo‘lajak Sohibqironning onasiga yetishishi uchun ko‘maklashadi.

Bu tasvirlarda tarixiylik prinsiplari buzilganligini ko‘rishimiz

mumkin. Unda folkloriy talqinga xos bo‘lgan qahramon jismi va

ruhining eranlar tomonidan muqaddas suv (sut) bilan poklanishi,

qahramonning yorga yetishish yo‘lidagi turli shartlarni bajarishi,

sinovlarda dushmanlardan (Amir Qazag‘an ham Tegina mohga

talabgor bo‘lganida Tarag‘ay Bahodir u bilan jang qilishi – I.S.) ustun

kelib, yorini o‘z yurtiga olib ketishi va bu jarayonda homiylar ko‘magi

kabi elementlar yirik planda tasvirlanadi. Qahramonning insatsiya

jarayonini ham o‘z ichiga olgan ushbu motivlar tasviri aynan folklor

an’analariga bog‘liq. Tegina begim homilasi olti oylik bo‘lganida

Tarag‘ay Bahodir Bayonqulixon chorlovi bilan qo‘shin to‘plab,

jangga ketadi. Tegina begimni katta xotini Yo‘qun xonimga omonat

qoldiradi. Shu sababli kundoshlik vajidan tug‘ilajak qahramonning

otasidan ma’lum vaqtgacha ayro yashashi va Amir Temur o‘n

ikki yoshiga kirganida ota bolaning topishishi ham epik tafakkur

mahsuli sifatida talqin etilganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, Tarag‘ay Bahodir obrazi “Temurnoma”ning

“Emdi so‘zni Turag‘ay bahodirdan eshitmak kerak”

[Temurnoma,

1,47-49] faslida Amir Temur o‘n ikki yoshga to‘lganida

Tarag‘ay Bahodirning uni topishi voqealari,

“Bu dostonda

Amir Sohibqironning Burhoniddin sohib hidoyatg‘a kelmoqi, ul

kishini munoqashalarini bayoni”

[Temurnoma, 1, 66-72] bobida

esa uning Amir Temurning g‘oyaviy raqibi Nosir Xisrav bilan

bo‘lgan jangida Sohibqironga ko‘makchi bo‘lgani,

“Bu dostonda

Amir Sohibqironni Buxoro bormoqi Bayonqulixonni Saroymulk otliq

qizini olmoqini bayoni”

[Temurnoma, 1, 72-76] bobida Tarag‘ay

Bahodirning qattiqqo‘l ota sifatidagi qiyofasi,

“Bu dostonda

Baroqxon taxt uzra o‘lturg‘oni, qoidai podshohliq xirmanin kuydirg‘oni

bayoni”

[Temurnoma, 1, 79-82] bobida Tarag‘ay Bahodirning

o‘z farzandini mushkul vaziyatdan qutqarish uchun qilgan

harakatlari orqali uning ota sifatidagi siymosi, “

Bu dostonda

Do‘nboy bahodur Amir Temur qo‘lida o‘lg‘oni. Ani singlisi axtorib

kelg‘onini bayoni”

[Temurnoma, 1, 82-86] bobida Amir Temur

bilan Saroy Mulk xonim to‘yini qilish uchun Tarag‘ay Bahodir

Buxoroga sovg‘a-salomlar bilan kelishi va to‘y tafsilotlari

100

Ilhom SAYITQULOV


background image

berilib, Baroqxonning taxtni vaqtincha boshqarish uchun

Tarag‘ay Bahodirga berishi bilan uning hukmronlik salohiyati,

“Bu dostonda Sayyid ota sharofatidin qalmoqlar musulmon bo‘lg‘oni,

Amir Turag‘ay bahodur Dashti Qipchoqqa borib, olam foniydin

intiqol qilg‘onini bayoni”

[Temurnoma, 1, 86-96] bobida Tarag‘ay

Bahodirning ham kamchiliklardan holi bo‘lmagan oddiy inson

sifatida ma’lum sabablar tufayli Sayyid otaning ko‘ziga olmos

qo‘ydirishi va Sayyid ota qarg‘ishi tufayli bir kechada muxrak

kasaliga uchrab halok bo‘lganligi tasvirlanadi. Tarixiy manbalarda

Amir Tarag‘ay (Tarag‘aybek) – Amir Temur Ko‘ragonning otasi bo‘lib,

Chig‘atoy ulusining nufuzli beklaridan, barlos urug‘i oqsoqollaridan

bo‘lganligi, uning ajdodlari (Burkul-Ilangir-Iyjil-Qarochor) Chingizxon

va Chig‘atoy saroyiga yaqin bo‘lishgani, turli harbiy qismlarga

sarkardalik qilib, Kesh viloyatini boshqarganligi ta’kidlanadi.

Tarag‘aybek Chig‘atoy ulusi xonlari tomonidan Ili daryosi bo‘yida har

yili chaqiriladigan qurultoyda boshqa viloyatlar boshliqlari qatori

ishtirok etsa-da, harbiy ishga unchalik mayli bo‘lmaganligi bois butun

e’tiborini musulmonchilikni mustahkamlash va takomillashtirishga

qaratgan, doim ulamo-yu fuzalo, darveshu qalandarlar va solihlar

suhbatida bo‘lganligi aytiladi. Shuningdek, Shamsuddin Kulolni

o‘ziga pir tutgan Tarag‘aybek Buxoro fuzalolari rahnamosi – sadr

ush-shar’ianing qizi Tegina (Takina)ga uylangan. 1360-1361-yilda

dunyodan ko‘z yumgach, Tarag‘aybekni otasi va tug‘ishganlari yoniga

dafn etishgani ta’kidlab o‘tiladi [Dadaboyev, 2, 25].

Yuqoridagi tafsilotlardan ma’lum bo‘ladiki, “Temurnoma”

Amir Temur haqidagi asar bo‘lganligi bois unda Tarag‘ay Bahodir

obrazining Sohibqiron otasi sifatidagi xususiyatlari talqin qilingan.

Shuningdek, asarda tarixiy haqiqatdan chekingan holda Tarag‘ay

Bahodirning fojiali o‘lim topishi tasviriga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Negaki, ulamo-yu fuzalolar suhbatini harb ishlaridan ustun qo‘ygan

Tarag‘ay Bahodir tarixda bu shaxs bilan uchrashmagan bo‘lsa-da,

asarda Sayyid ota ko‘ziga olmos quydirishi asarning to‘laqonli xalq

og‘zaki ijodi hosilasi ekanligini ko‘rsatadi.

“Temurnoma”da Amir Temur bilan muloqotda bo‘lgan

tarixiy shaxs obrazlaridan yana biri Saroy Mulk xonimdir. Tarixiy

manbalarda Saroy Mulk xonimning 1341-yilda Chig‘atoy ulusi

hukmdori Qazonxon oilasida dunyoga kelgani, besh yoshida otasi

taxtdan tushirilib, qatl qilingani ta’kidlanadi. Shuningdek, 1355-yilda

balog‘atga yetgan Saroy Mulk xonimni amir Husayn nikohiga oladi.

1370-yili amir Husayn Balxda qatl etilgach, Amir Temur uning

haramidagi xotinlari, chunonchi, Saroy Mulk xonim, Bayon sulduzning

101

“Temurnoma”dagi obrazlar tavsifi va evolyutsiyasi


background image

qizi Ulus og‘o, Xizr Yasavuriyning qizi Islom og‘o hamda Tag‘oy Turkon

Xotunni idda muddati o‘tgach, o‘z nikohiga olganligi ma’lum. Amir

Temur Saroy Mulk xonimga uylangach, “Ko‘ragon” (kuyov) unvoniga

musharraf bo‘lganligi ham qator tarixiy manbalarda qayd etiladi

[Dadaboyev 2, 153].

“Temurnoma”da esa Saroy Mulk xonim obrazi tarixiy

faktlardan ko‘ra, xalq tasavvuridagi malika sifatida badiiy talqin

qilinadi. Xususan, bu voqelik asarning “

Bu dostonda Amir

Sohibqironni Buxoro bormoqi Bayonqulixonni Saroymulk otliq qizini

olmoqini bayoni”

[Temurnoma, 1, 76-79] bob (doston)ining

“Emdi

so‘zni Bayonqulixon podshodin eshitmak kerak”

faslida bayon etilgan.

Jumladan, Bayonqulixon tushida Shayx ul a’lamni ko‘radi. Shayx

unga “qizlaringni erga ber”, deya buyuradi. Xonning to‘qqizta

qizlaridan eng kichigi Saroy Mulk xonim bo‘ladi. Undan

boshqa sakkizta qizini erga beradi, ammo Saroy Mulk xonim

erga tegishni xohlamaydi. Lekin Amir Temurga ishqi tushib,

otasidan unga erga berishini so‘raydi. Xon turli sabablarga ko‘ra

Tarag‘ay Bahodirdan ranjigani bois bu nikohga qarshilik qiladi.

“Kuntug‘mish” dostonidagi Xolbekaning shartiga monand Saroy

Mulk xonim ham “meni kim shatranjda yutsa, o‘shanga tegaman”,

deb shart qo‘yadi. Xonning qarshiligiga qaramasdan Saroy Mulk

xonim g‘ulom qiyofasida kuyovlikka nomzodlar bilan shatranj

o‘ynaydi. Amir Temur o‘zini tanitmasdan malikaga talabgor

bo‘lib keladi va shatranj o‘ynovchi “g‘ulom”ning qiz ekanligini

bilib, xon bilan “agar men yutsam, shu qulingizni menga

berasiz”, deya shartlashadi. Xon ham rozi bo‘ladi. Amir Temur

“g‘ulom”ni yutsa ham, xon sep vajidan unga qizini bermaydi.

Amir Temur tuhmat bilan zindonga tashlanadi. Xalq dostonlari

va ertaklaridagi kabi zindondan qahramonni malika qutqaradi.

Ikkisi birga aysh-ishrat suradi. Saroy Mulk xonimning akasi

Baroqxon bundan xabar topib, oriyat uchun singlisini cho‘lga

olib chiqib, o‘ldirib yuborishni buyuradi. Amir Temurni yetmish

yeridan jarohatlaydi va o‘ldi deb gumon qilib, bir chetga

tashlab ketadi. Bu o‘rinda Saroy Mulk xonimning mardligi,

Amir Temurga muhabbati tarannum etilgan.

Asar davomida Saroy Mulk xonim obrazi bilan bog‘liq

voqealar jangnomaning

“Bu dostonda Baroqxon taxt uzra o‘lturg‘oni,

qoidai podshohliq xirmanin kuydirg‘oni bayoni

[Temurnoma, 1, 79-

82]

,

“Bu dostonda qimoriy Inoq Amir Temur Sohibqirong‘a yo‘ldosh

bo‘lg‘oni. Amir Naqshband pirim xizmatlarig‘a borg‘onini bayoni.

Ammo ahvoli Sohibqiron Iskandari Soniy nechand kun mashaqqat

102

Ilhom SAYITQULOV


background image

zindonida bo‘lub, andin kam-kam farog‘at misri uzra sulton bo‘lg‘oni”

[Temurnoma, 1, 100-108] bob (doston)larida tasvirlangan.

Xususan, asarda Oqtemurxonning Saroy Mulk xonimni saroyiga

olib ketishi, Amir Temurning uni qutqarishda jasorat ko‘rsatish

voqealari asnosida Sohibqironning mardligi, oriyati, g‘ururi

va jasurligiga urg‘u beriladi. Shuningdek, asarda yuqorida

ta’kidlab o‘tganimizdek, Saroy Mulk xonimning tarixdagi kabi

Amir Husaynning bevasi emas, Bayonqulixonning kenja qizi

– malika sifatida tasvirlanishi xalqning Sohibqironga bo‘lgan

munosabatini anglatadi, ya’ni xalq o‘z qahramoniga bevani

emas, malikani munosib ko‘radi. Shuning uchun Amir Temurning

“Ko‘ragon” unvoni ham asarda tilga olinmaydi. Demak, asardagi

tarixiy obrazlar xalqning qahramonga bo‘lgan munosabati

nuqtai nazardan ideallashtiriladi va qahramon xarakter

xususiyatining ma’lum jihatlarini yoritishga yo‘naltiriladi.

“Temurnoma”da Amir Temurga yaqin hamroh sifatida

tasvirlangan obrazlardan yana biri Qimoriy Inoq bo‘lib, u Amir

Temur bilan Oqtemur Saroy Mulk xonimni olib ketgan paytda

tanishadi va umrining oxirigacha Sohibqironning eng yaqin

mulozimi sifatida talqin qilinadi. Bu obrazning Sohibqironga

e’timodi asarda quyidagicha paydo bo‘lganligi ta’kidlanadi:

Amir Temur jarohatlanib, So‘fining uyida davolanadi. Oradan

ancha vaqt o‘tgach, So‘fi va uning o‘g‘li Inoq kal bilan birga qovun

polizi o‘tini yulish uchun chiqadi. Peshin mahal Amir Temur boshiga

kesaklardan yostiq qilib uxlab yotganida, bir qush uning boshiga

tovusdek soya solib turganini ko‘radi. Inoq otasiga buni ko‘rsatadi

va ikkalasi Sohibqiron iqboli balandligiga amin bo‘lib, o‘lguncha

unga xizmat qilishini ko‘ngliga tugadi [Temurnoma, 1, 101-102].

Qimoriy Inoq obrazi “Temurnoma”ning

“Bu dostonda qimoriy

Inoq Amir Temur Sohibqirong‘a yo‘ldosh bo‘lg‘oni. Amir Naqshband

pirim xizmatlarig‘a borg‘onini bayoni. Ammo ahvoli Sohibqiron

Iskandari Soniy nechand kun mashaqqat zindonida bo‘lub, andin kam-

kam farog‘at misri uzra sulton bo‘lg‘oni”

[Temurnoma, 1, 100-108]

bob (doston)idan boshlab, asar oxirigacha Amir Temur obrazi

bilan parallel ravishda tasvirlanadi. Muallif asarda Qimoriy

Inoq mayitining Amir Temur qabri poyiga qo‘yilganligini ham

alohida ta’kidlab o‘tadi [Temurnoma, 1, 101].

Tarixiy solnomalarda Qimoriy inoq haqida

Temurbekning

do‘sti, maslakdoshi, safdoshi, sarkardasi sifatida 1370-yilda cherik

begi unvoniga sazovor bo‘lganligi, shuningdek, Ozarbayjon yurishida

(1386) qatnashganligi, Xalxol viloyati hokimi Mahmud Xalxoliy

103

“Temurnoma”dagi obrazlar tavsifi va evolyutsiyasi


background image

Mozandaron hukmdori Valibekni tutib Qimoriyga topshirganligi

va Qimoriy Valibekning boshini tanidan judo qilib, Sohibqironga

yuborganligi haqida ma’lumotlar uchraydi [Dadaboyev, 2, 257-258].

“Temurnoma”da Qimoriy inoq Amir Temurni bir necha bor mushkul

vaziyatlarda qutqargan, hayotini saqlab qolgan sadoqatli safdosh

sifatida talqin qilinadi. Xususan, asarning

“Bu dostonda Amir Temur

Sohibqiron qaysarkim Yeldirim sulton Boyazid bila jang qilg‘onini

bayoni”

bob(doston)ining

“Emdi so‘zni Sohibqirondin eshitmak

kerak”

va

“Emdi so‘zni Amir Sohibqironni voqeasidan eshitmak

kerak”

[Temurnoma, 1, 313-321]

fasllarida Qimoriy Inoq obrazi

tasviri birinchi planga chiqadi. Jumladan, asarda Amir Temur

kechqurun Halaj dengizi sohilida sayr qilib yurganda, oti hurkib

suvga tushib ketadi. Amir Temurning yo‘qligidan qo‘shin sarosimaga

tushadi. Inoqqa Amir Temur sog‘-salomat ekanligini Naqshband

ayon qiladi va qo‘shinga “Amir Temur chillaga kirdilar”, deb gap

tarqatishadi. Mana shu o‘rinda butun boshli Amir Temur qo‘shini,

yaqinlari, sarkardalari orasidan Naqshbandning Amir Temur sog‘-

salomat ekanligini Inoqqa yetkazishi ham bu obrazning ahamiyatini

ko‘rsatadi. Amir Temur daryodan chiqib, horib yotganda Qaysarning

uch nafar askari uni topib oladi va bog‘lab, Qaysar oldiga olib ketadi.

Qaysar asirning Amir Temur ekanligini bilmaydi va undan gap olish

maqsadida ho‘kizning terisiga solib qiynaydi. Inoqtoz bu voqealardan

xabardor bo‘lib, yordamga kelmoqchi bo‘lganda, Muhammad to‘ra

yubormaydi. Inoqni lavozimidan chetlatadi. Inoq o‘g‘liga o‘zini

armanlarga qul sifatida sotishni buyuradi va armanlarning xizmatini

qilib, ularning hurmatini qozonadi. Armanlar va turklar o‘rtasiga

nifoq solib, talato‘pda Amir Temurni qutqaradi. Bu voqelikda Amir

Temur sabrli, bo‘sh-bayov qilib tasvirlangan bo‘lib, “Alpomish”

dostonidagi Qorajonning alpga ko‘makchi vazifasini bajargani kabi,

Inoq ham Sohibqironga ko‘makchi obraz sifatida gavdalantiriladi.

Bu holat Amir Temur Buxoroda asirga tushib qolganida ham Inoq

yetmish kishining boshini kesib uni qutqarishida namoyon bo‘lgan

[Temurnoma, 1, 104]. Demak, asarda Amir Temur bilan zamondosh

bo‘lgan obrazlar talqini tarixiy haqiqatga mos kelmasligini

kuzatamiz. Bu esa “Temurnoma”ni xalq tasavvuridagi Sohibqiron

timsoli talqiniga bag‘ishlangan asar sifatida baholashga, yondosh

tarixiy obrazlarning ham epik talqin olganligiga asos bo‘ladi.

1.3. Amir Temur bilan zamondosh bo‘lsa-da, o‘zaro

aloqada bo‘lmagan, lekin asarda hamkor sifatida tasvirlangan

obrazlar.

“Temurnoma”da Amir Temur bilan zamondosh bo‘lsa-da,

lekin u bilan hayotda uchrashmagan ayrim tarixiy shaxslar obrazi

104

Ilhom SAYITQULOV


background image

ham mavjud. Xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan, xalq e’tiqodi

va millat ertasi uchun kurashgan bunday tarixiy shaxslar obrazining

tasvirlanishini etnosning o‘z idealidagi Sohibqironga o‘ziga yaqin

bo‘lgan shaxslarni hamroh qilganligi bilan asoslash mumkin.

“Temurnoma”da pirlar obrazi talqiniga keng o‘rin ajratilgan

bo‘lib, Sohibqiron tug‘ilgunicha va hayotlik davrida pirlar homiy-

ligida bo‘lganligi tasvirlangan. Xususan, Amir Temur tug‘ilgunicha

uning otasi va onasiga Shayx ul a’lam pirlik vazifasini bajaradi.

Shuningdek, Sohibqiron olti oylik paytida uni jisman yo‘q qilishga

uringan dushmanlardan ham aynan Shayx ul a’lam himoya qiladi.

Amir Temur balog‘atga yetgach, to umrining oxirigacha esa Xoja Baho

ul Haq vad din (Bahovuddin) homiy sifatida tasvirlanadi. Tarixda

Bahouddin Naqshband, Muhammad binni Muhammad Bahouddin

an-Naqshbandal-Buxoriy (ko‘proq Bahouddin yoki Xo‘ja Bahouddin,

Balogardon, Xo‘jai Buzrug, Shohi Naqshband nomlari bilan mashhur,

1318–1389-yilarda yashagan) – mashhur valiy, naqshbandiya

tariqatining asoschisi hisoblanadi. “Temurnoma”da Bahouddin

Naqshband Amir Temurning asosiy piri sifatida tasvirlangan bo‘lsa-

da, tarixiy manbalarda bu ikki shaxsning uchrashganligi to‘g‘risida

ma’lumot yo‘q. Shuningdek, Amir Temur balog‘atga yetganda

(1448 yillarda) Xo‘ja Bahouddin Naqshband endigina 30 yoshni

qarshilagan, uning tariqati xalq orasida ommalashmagan edi.

“Temurnoma”da Amir Temur va Xo‘ja Bahouddin Naqshbandning

o‘zaro munosabatlari bayoni tasviriga katta o‘rin ajratilganligi, uning

Sohibqironga asosiy pir sifatida tasvirlanishi keyingi davrlarda

xalq tasavvuri va e’tiqodida naqshbandiya tariqatining nechog‘lik

ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi. Asardagi Amir Temur obrazi xalqning

epik tafakkuri mahsuli sifatida qaralar ekan, Bahouddin Naqshband

obrazini ham pirlarning umumlashma tipik vakili sifatida talqin

qilsak to‘g‘ri bo‘ladi. “Temurnoma”ning

“Bu dostonda Sayyid ota

sharofatidin qalmoqlar musulmon bo‘lg‘oni, Amir Turag‘ay bahodur

Dashti Qipchoqqa borib, olam foniydin intiqol qilg‘onini bayoni

”[

Temurnoma, 1, 86-96]

, “Bu dostonda qimoriy Inoq Amir Temur

Sohibqirong‘a yo‘ldosh bo‘lg‘oni. Amir Naqshband pirim xizmatlarig‘a

borg‘onini bayoni. Ammo ahvoli Sohibqiron Iskandari Soniy nechand

kun mashaqqat zindonida bo‘lub, andin kam-kam farog‘at misri

uzra sulton bo‘lg‘oni”

[Temurnoma, 1, 100-108]

, “Bu dostonda Amir

Temur Sohibqiron To‘qtemurxon bilan muloqot bo‘lg‘onini bayoni”

[Temurnoma, 1, 108-111]

, “Bu dostonda Amir Sohibqiron Balx va

Qandahor sarig‘a borg‘oni, Baroqxonni axtorib yurg‘onini bayoni”

[Temurnoma, 1, 111-113]

, “Bu dostonda Mirzo Shohruh to‘ra ibn Amir

105

“Temurnoma”dagi obrazlar tavsifi va evolyutsiyasi


background image

Temur Dashti Qipchoqg‘a borib, To‘xtamishxonni orqasidin quvlab,

To‘xtamishxonni qatl qilg‘onini bayoni”

[1,221-228]

, “Bu dostonda

Amir Temur Sohibqiron qaysarkim Yeldirim sulton Boyazid bila jang

qilg‘onini bayoni”

[Temurnoma, 1, 313-321] bob (doston)larida

Naqshband obraziga bog'liq tasvirlar uchraydi. Ularda Naqshband

obrazi homiy eran timsolida tasvirlangan bo‘lib, qahramon qiyin

vaziyatga tushib qolganida uning chorlovi bilan g‘oyibona paydo

bo‘ladi va Sohibqironni qutqaradi. Xususan, “Temurnoma”da

Sohibqironning Qandahor hokimi shoh Mansur bilan jangi so‘ngidagi

voqealar tasviri bunga misol bo‘ladi:

Shoh Mansur lashkari ichida

turib erdi, bir tog‘ tarafdin soyga sel kela berdi. Tog‘ni bir lo‘ndasi

yiqilub, askar uzra tushti. Amir Temurg‘a zarar qilmadi, yo pirim

Naqshband, deb bir chekkasidin chiqti. G‘oyibdin bir qo‘l hozir bo‘lub,

Amirni tog‘ni yuqorisig‘a chiqorib qo‘ydi”

[Temurnoma, 1, 127]

.

Asarning yana bir o‘rnida

Amir Temur va uning ikki hamrohi jatta

eliga josuslik uchun ketayotgan paytida yo‘lda to‘xtab, dam olishadi.

Mana shu payt ular uxlayotganda yigirma nafar qipchoq qorovullari

ularni ushlab, qo‘llarini bog‘lashadi va bir qortga beradi. Amir

Temurning bir hamrohida la’l bo‘lib, uni yutib yuboradi. Qort Amir

Temurning hamrohini o‘ldirib, qornidan la’lni olib,

“La’lni suvga

yuvub, andin so‘ng Amirni o‘ldurmoqg‘a keldi. Sohibqiron yo hazrat

Bahovuddin, deb bir zo‘r urdi, arqon uzulub, bo‘lak-bo‘lak bo‘ldi”

[Temurnoma, 1, 131]

.

Shundan so‘ng Sohibqiron piridan kuch olib,

qortni o‘ldiradi va asirlikdan qutiladi.

Demak, yuqoridagi tahlillar shuni anglatadiki, tarixda

Amir Temur va Bahouddin Naqshband uchrashmagan bo‘lsa-da,

“Temurnoma” asari kitobat qilinguniga qadar Amir Temur haqida

keng tarqalgan afsona va rivoyatlar og‘izdan og‘izga o‘tib yurgan

bir davrda xalq orasida naqshbandiya tariqati keng tarqalgan

edi. Shu sababli “Temurnoma”da Bahouddin Naqshband obrazi

tipiklashtirilgan homiy sifatida talqin qilinadi.

1.4. Amir Temurga zamondosh bo‘lmagan,

ammo tarixda

yashab o‘tgan tarixiy shaxslar obrazlari. “Temurnoma”da bu tipdagi

ko‘plab obrazlar uchraydi. Ularning umumiy xususiyati Amir Temur

yashagan davrdan yo oldin, yoxud keyin yashab o‘tgan mashhur

tarixiy shaxslar (chunki asarda bu tarixiy shaxslar obrazi faqatgina

nomlari bilangina o‘xshash – I.S.) ekanligida. Chunonchi, asarda

Shayx ul a’lam (Shayx Sayfiddin), Dilshod Xotun, Baroqxon, Sayyid

ota (Sayyid Ahmad), To‘qtemurxon, Sanjarbek, G‘iyosiddin, Qilich

Arslon, Sulton Valad, Hakim Nizoriy, Malham porado‘z, Nosir Xisrav

obrazlarini mazkur guruhga kiritishimiz mumkin.

106

Ilhom SAYITQULOV


background image

Xususan, “Temurnoma”da bu guruhga mansub Baroqxon

obrazi tasviriga keng o‘rin ajratilgan bo‘lib, asarda u Bayonqulixon-

ning yolg‘iz o‘g‘li, Saroy Mulk xonimning akasi sifatida tasvirlanadi.

Lekin Shayboniylar sulolasidan bo‘lgan Baroqxon tarixda

Abulxayrxonning nevarasi, Toshkent hokimi Suyunchxojaning kichik

o‘g‘li bo‘lib, otasi vafotidan so‘ng Toshkent hokimi (1525-1551) so‘ngra

Movarounnahr xoni (1551-1556) bo‘lganligi, yoshligida Vosifiydan

she’riyat, musiqa, ashula, vazn va nazmdan ta’lim olganligi ma’lum

[4]. “Temurnoma”ning

“Bu dostonda Baroqxon taxt uzra o‘lturg‘oni,

qoidai podshohliq xirmanin kuydirg‘oni bayoni”

[Temurnoma, 1, 79-

82]

, “Bu dostonda Do‘nboy bahodur Amir Temur qo‘lida o‘lg‘oni. Ani

singlisi axtorib kelg‘onini bayoni”

[Temurnoma, 1, 82-86]

, “Bu dostonda

qipchoq sipohi Movarounnahr shaharlarini olg‘oni, Amir Temur

Sohibqiron necha kunlar mashaqqat tortg‘onini bayoni”

[Temurnoma,

1, 96-100] bob (doston)larida bevosita Baroqxon obrazi bilan

bog‘liq tasvirlar beriladi. Bu boblarda Baroqxon singlisi Saroy Mulk

xonim va Amir Temur munosabatlariga keskin qarshi bo‘lishi, uning

Amir Temurni o‘ldirishga ahd qilgani, Tarag‘ay Bahodir zug‘umi

bilan Amir Temurni topib, Saroy Mulk xonim bilan Sohibqiron to‘yini

qilishi, Movarounnahrga To‘qtemurxonning bostirib kelayotganligini

eshitgach esa taxtni tashlab qochib ketganligi bayon qilinadi. Bu

tasvirlar zamirida Baroqxon obrazining tarixiy prototipi Amir

Husayn ekanligi anglashiladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, asarda

tasvirlangan Saroy Mulk xonim obrazining tarixdagi prototipi

O‘ljoy Turkon xonimdir. Chunki ma’lum sabablar bilan Baroqxon

tomonidan Amir Temur xalqiga soliq solinganida ommaning ahvoli

og‘irligidan Sohibqiron o‘z mablag‘lari, yetmaganiga Saroy Mulk

xonimning tilla taqinchoqlarini ham boj sifatida bergani ta’kidlanadi.

Tarixda ham Amir Husayn xalqning iqtisodiy nochor ahvoliga

qaramasdan boj talab qilganida Sohibqiron o‘z mol mulki va O‘ljoy

Turkon xotunning taqinchoqlarini xalq nomidan boj tariqasida

Amir Husaynga berganligi ma’lum. Shuningdek, asarda Baroqxon

yurtga yov bostirib kelayotganda taxtni tashlab qochib ketganida,

Amir Temur yovga yolg‘iz o‘zi qarshi chiqadi. Tarixda bo‘lib o‘tgan

mashhur “Loy jangi”dagi hodisalar mana shu tarzda badiiy talqin

qilinganligini ko‘rishimiz mumkin.

Asarda Baroqxonning jattalar kelganini ko‘rib, Xurosonga

qarab qochishi, bir necha yil sarson-sargardon bo‘lib yurishi va

To‘qtemurxon taxtni egallab jabr-zulm haddan oshgach, Sohibqironga

piri Naqshband

“borib Baroqxonni topib kelturg‘il, mulkni jattadan

olib, anga bergil, bularni vaqti hanuz uzoqdur”

[Temurnoma, 1,

107

“Temurnoma”dagi obrazlar tavsifi va evolyutsiyasi


background image

111]

,

– deya amr qilishi bilan Amir Temurning safari boshlanadi.

Bu safar sarguzashtlari asarning

“Bu dostonda Amir Sohibqiron Balx

va Qandahor sarig‘a borg‘oni, Baroqxonni axtorib yurg‘onini bayoni”,

“Bu dostonda Amir Temur Sohibqiron Balx shahrig‘a borib, amir

Choku bila muloqot bo‘lg‘onini bayoni”, “Bu dostonda Baroqxoning

shoh Mansur qo‘lida asir bo‘lg‘onini bayoni”, “Bu dostonda Amir

Temur Sohibqiron Sehistong‘a borg‘oni, atrofdin el amirni ko‘rmakg‘a

kelg‘onini bayoni”

[Temurnoma, 1, 111-130]

boblarida talqin

qilingan. Unda Baroqxonni qidirib yo‘lga chiqqan Sohibqiron turli

qiyinchiliklar, sinovlar, dushmanlar bilan to‘qnashuvlar, homiy-

eranlar makonidagi sir-sinoatlarni boshidan kechirib, alal oqibat

hamrohlari bilan Baroqxonni topadi va uni Buxoroga olib kelib

taxtga o‘tqazadi. Shundan so‘ng asarda Baroqhon qo‘g‘irchoq xon

sifatida tasvirlanadi. Jahongir Mirzoni bir ayol vajidan qatl qildirgan

Baroqxon bu ishi bilan o‘z umriga ham xotima yasaydi. Bu asarning

Bu dostonda Mirzo Jahongir To‘ra ibn Amir Temur Balx yurtig‘a

borib, Baroqxon nomehribon tog‘asini qo‘lida shahodat topgani.

Amir Temur Sohibqiron borib, Baroqxonni o‘ldurub, andin keyin

Hindistonni musaxxara qilg‘onini bayoni”

[Temurnoma, 1, 154-164]

bobida talqin qilingan.

Amir Temur Sohibqiron darajasiga yetishi uchun ma’lum

sinovlardan o‘tishi lozim edi. Asarda Baroqxon obrazi orqali Amir

Temur safarga chiqariladi va bu davr mobaynida turli qiyinchilik

va sinovlar asosida sohibqironlik sifatlari shakllantiriladi. Demak,

tarixda mo‘g‘ullar istibdodidan aziyat chekkan xalq o‘z ichidan

chiqqan xaloskor – Sohibqironni ulug‘laydi, dushmanlarni esa u

qaysi davrda yashashidan qat’i nazar qoralaydi. Baroqxon obrazi

ham asarda mana shunday talqin qilingan.

“Temurnoma”da adolat timsoli bo‘lgan ko‘plab obrazlar

mavjud. Shulardan biri Malham porado‘zdir. Mazkur obraz bilan

bog‘liq voqealar talqini “Temurnoma”ning “

Bu dostonda Amir

Sohibqironni Buxoro bormoqi Bayonqulixonni Saroymulk otliq qizini

olmoqini bayoni”

[Temurnoma, 1, 72-76] bob (doston)ida keltirilgan.

Bu dostonda Amir Temurga otasining yigirmata qo‘y berib, bozorga

yuborishi voqeasi (bu haqda ko‘plab yozma va og‘zaki ijodda

hikoyalar majud), bu voqeadan jahli chiqqan Tarag‘ay Bahodirdan

arazlagan Amir Temurning Shayx Kulol qabriga borib, u yerda

tunashi, tushida unga shayx Buxoroga borishni aytishi tasvirlanadi.

Buxoroda Amir Temur yonidagi la’lini Baroqxonning mahramiga

oldirib qo‘yadi va undan qaytarib olish uchun Dodxoh Amir

Yodgorshoh, Amir Bayon Sulduz, Buxoro qozisi Imom Sa’dlarga

108

Ilhom SAYITQULOV


background image

qilgan murojaatlari

besamar ketadi. Amir ahvolini ko‘rgan bir

qalandar bu muammoni faqat Bobo porado‘z hal qilishini aytadi.

Asarda Bobo porado‘z obrazi quyidagicha tasvirlangan:

“Sohibqiron

erta nomozdin keyin minor tagiga bordi. Anda bir do‘kon ichra bir

oqsoqol kishi eski nimarsalarni tikib o‘ltirar, kiyimlari tamom eski

turur Amir Temur tamom hayron bo‘ldi. Xotirig‘a keldikim, bu kishi

mani faryodimg‘a qanday yetg‘ay?!”

[Temurnoma, 1, 72-74]

.

Amir

Temur porado‘zga boshidan kechirganlarini so‘zlab berganda, u

mazkur voqea ishtirokchilarini birin-ketin chaqirib, so‘roq qiladi.

Muammo yechimi Baroqxonga taqalganda u ham kelib, porado‘zga

bosh egib uzr so‘raydi. Shu tariqa Amir Temurga la’l narxini ikki hissa

qilib qaytaradi. Asarda Bobo porado‘zning xon ishonchiga kirishi

quyidagicha tasvirlangan: kechasi ko‘chada begona ayolni ko‘rgan

bir bek uni zo‘rlash uchun uyiga olib kirib ketadi. Bu holat ustidan

chiqqan porado‘zning bekka kuchi yetmaydi. Yarim kecha bo‘lishiga

qaramay minoraga chiqib, azon ayta boshlaydi. Xalq hayron bo‘ladi,

Bayonqulixon ham bemahal aytilgan azon sababini bilish uchun

odam yuboradi. Ular zo‘ravonni ushlashadi. Bayonqulixon bo‘lib

o‘tgan voqeadan xabar topgach, porado‘zga e’tiqod qiladi. Va doimo

unga haqiqatni aytishini ta’kidlaydi. Tarixiy

manbalarda

bu obraz

prototipi Hazrat Boboyi Porado‘z bo‘lib, uning zohid, olim, shayx

bo‘lganligi, u haqida “

Tuhfat az Zoririn

” kabi asarlarda ma’lumotlar

keltirilganligi ma’lum. Boboyi Porado‘z 842-yilda tug‘ilib, 925-yilda

vafot etgan. Uning maqbarasi Buxoro shahrining Sallaxona darvozasi

tashqarisida bo‘lganligi tadqiqotlarda keltirilgan. Yuqorida ta’kidlab

o‘tganimizdek, bu shaxs Amir Temurdan qariyb to‘rt asr avval yashab

o‘tgan bo‘lsa-da, “Temurnoma”da adolat himoyachisi sifatida talqin

etiladi. Asarda Boyonqulixonning taxtga Shayx ul a’lam tavsiyasi

bilan o‘tirib, mamlakatni adolat bilan boshqarganligi aytiladi. Xalq

dostonlarida odil podshohga “adolat ko‘zgusi” sifatida tasvirlangan

bu tipdagi obrazlar “Temurnoma”da ham shu tariqa aks ettiriladi.

Shu nuqtai nazardan, asarda tasvirlangan Bobo porado‘z obrazi

tarixda xalq orasida o‘zining adolati, ilmi, zehni bilan mazlumlar

himoyachisiga aylangan mashhur shaxslarning tipiklashtirilgan

vakili sifatida talqin qilingan.

2. To‘qima obrazlar

. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek,

“Temurnoma”da xalq tasavvurlaridagi Sohibqiron obrazi talqin

etilgan folklor asari hisoblanadi. Shu jihatdan asarda Amir Temur

xarakterini yoritishda folkloriy talqin olgan tarixiy obrazlar bilan

birga to‘qima obrazlar ham katta ahamiyat kasb etadi. Xususan,

asarda Yo‘qun xonim, Sabulak ota, Moydun, Shayx Xasan Kulol,

109

“Temurnoma”dagi obrazlar tavsifi va evolyutsiyasi


background image

Sulton Muhammad, Sulton Zunnun, Qutb, Otkin otg‘uchi, Mahmud,

Judin, Zamonbek, Mukno, Mast bir o‘g‘il, Dodxoh Amir Yodgorshoh,

Imom Sa’d, Siroj Qamariy, Shayx Hasan, Do‘nboy bahodir,

Ko‘rakbiy, Qoratemurxon, Oqtemurxon, Shahr Oroy, Qizil Temurxon,

Irimchi, Oqsoqol kishi(Aziz), Shijoat bekach, Shams ul mulk, Jonfur

Otaliq, Xo‘ja Sa’diddin, Toymug‘or qatag‘on, Temurtosh qo‘ng‘irot,

Usmon bahodur, Jondariy, Oltmish bahodur, Ertovul bahodir,

Mansur, Qoyliq, Sokina Bonu, Mahmuda, Bir Hindu, Kunakdaxat,

Hakim Ziyod baxshi, Oq Bo‘g‘a naymon, Hakim Ziyod baxshi, Turkon

tangri izlagan, Davlatshoh O‘g‘lon, Abu Lays rahmatulloh, Badariy,

Hasan Munajjim, Juho narnir Yahudiy, Husayn kurd, Soqibek,

Mahmud Asfar, Hasan Juvoriy, Abdurahmon ibn xoja Abdulqodir,

Rustambek Bobul, Mehdab Lo‘r, Sa’id Attor, Davlatshayx, Pir qalmoq,

Abdulg‘affor, Malikai Oqshayx, Zolotous, Kashfutat, Hakim Yag‘fur,

Pudiy, Chingiziy, Pirovun, Zo’ib, Ag‘alibek, Qutulmishbek, Sevarko‘z,

Tiyug‘bek, Mirsaid Sharif, Qora Usmon, Hasanbek, Zafarbek, Salosiy

kazzob, Xalil ota, Xumoriy, Hido kabi sakson ikkita to‘qima obrazlar

kiritilgan. Ularning ayrimlari asarning u yoki bu o‘rnida tilga olingan

bo‘lsa, aksari Sohibqiron obrazi xarakterini yoritishda ko‘makchi

obrazlar sanaladi.

“Temurnoma”da Tarag‘ay Bahodirning birinchi xotini sifatida

tasvirlangan Yo‘qun xonim obrazi sohibqironlik tizimini asoslashda

alohida ahamiyat kasb etadi. Bu obraz asarda ikki marotaba,

birinchisi –

“Avvalg‘i doston. Hazrat Amir Temur Sohibqironni

onalaridin tug‘ulmoqliqlari bayoni”

bobi (dostoni)ning

“Emdi Amir

Temur Sohibqironni onadin tug‘ulmoqi voqeasini eshitung”

[1, 47-

49] faslida va ikkinchisi – “

Doston: Yetti hakim yetti iqlimdin elchi

bo‘lib kelur Amir Temur Sohibqiron qatli uchun. Aning bayonida”

bobi(dostoni)ning

“Emdi so‘zni Turag‘ay bahodirdan eshitmak kerak”

[Temurnoma, 1, 54-56] faslida tasvirlanadi. Yo‘qun xonim obrazining

asardagi birinchi tasviri uning tush ko‘rishi, tush ta’biri natijasida

kundoshi – Tegina begimni tug‘ilajak farzandi bilan birga yo‘q qilish

payiga tushishi va buni sodiq quliga buyurishi bilan yakunlanadi.

Ikkinchi tasvirda esa uning Tegina begim qarg‘ishi tufayli telba

bo‘lib qolganligi, Tarag‘ay Bahodir do‘sti Amir Choku xonadonida bir

tabibning ovozasini eshitib (Tarag‘ay Bahodir uning Tegina begim

ekanligini bilmaydi – I.S.), Yo‘qun xonimni unga davolatish uchun

olib kelishi va o‘sha yerda bor haqiqatni bilishi, Yo‘qun xonimning

Tegina begim duosi bilan sog‘ayishi tasvirlari beriladi. Shu bilan

asarda Yo‘qun xonim obrazining tasviri boshqa uchramaydi. Birinchi

tasvirda bu obrazi xalq tasavvuridagi Sohibqironlik tizimida

110

Ilhom SAYITQULOV


background image

ahamiyat kasb etuvchi Sohibqiron tug‘ilishiga qarshilik qiluvchi

hamda qahramonning o‘z uyida emas, begona yurtda tug‘ilishi,

otasidan ma’lum yoshga to‘lguncha ayro yashashiga sabab bo‘lgan

raqib obrazi sifatida talqin etilgan. Ikkinchi tasvirda esa uzoq vaqt

ayro holda yashagan ota-bolaning topishishiga sababchi bo‘ladi.

Demak, Yo‘qun xonim obrazining asar voqealar rivojidagi ishtiroki

Sohibqiron hayotiga bilvosita va bevosita ta’siri nuqtai nazaridan

ahamiyatli hisoblanadi.

“Temurnoma”da Amir Temur xarakterini yoritishda xizmat

qilgan Do‘nboy bahodir obrazi ham to‘qima hisoblanadi. U

asarda Urganch hokimi Husayn so‘fining o‘g‘li

,

O‘ljoy turkon

(Kamolxonim)ning akasi sifatida talqin qilinadi. Bu tasvirlar

jangnomaning

“Bu dostonda Do‘nboy bahodur Amir Temur qo‘lda

o‘lg‘oni. Ani singlisi axtorib kelg‘onini bayoni”

[Temurnoma, 1, 82-

89] bob (doston)ida keltirilgan. Do‘nboy bahodir va Amir

Temur o‘rtasidagi munosabat quyidagicha bayon qilinadi:

Do‘nboy bahodir ov qushi bilan Buxoro atrofida ov qilishni odat

qiladi. Uning qushi xalqning moli va joniga ko‘p ozor beradi va

Naqshband ko‘rsatmasi bilan Do‘nboyni daf qilish uchun Amir

Temur shahardan tashqariga chiqadi. Buxoro atrofidagi cho‘lda

Amir Temur Do‘nboy bahodirni topadi va u bilan jang qiladi.

Do‘nboyning Amir Temurga kuchi yetmagach, uni g‘irromlik

bilan yengayotgan payt G‘ayb eranlari Amir Temurga yordam

beradi va Do‘nboy o‘ldiriladi. Asarda Do‘nboy bahodir bilan

bog‘liq epizod mana shu tarzda qisqacha berilgan. Tarixdan

bizga ma’lumki, O‘ljoy Turkon og‘a (Kamoloy) Amir Husaynning

singlisi, Amir Qozag‘anning qizi bo‘lgan. Yuqorida Baroqxon

obrazi xususida fikr yuritib, uning Amir Husayn prototipi

ekanligini ta’kidlagan edik. Bu o‘rinda esa O‘ljoy Turkon og‘a

obrazi sabab mantiqan Do‘nboy bahodir Amir Husayn prototipi

bo‘lishi kerak. Lekin asardagi bu obraz talqini, xususan, Urganch

hokimining farzandi ekanligi, toj-taxt uchun kurashlarda

ishtirok etmasligi, umuman, asardagi vazifasi nuqtai nazardan

uning to‘qima ekanligi anglashiladi. Bu obraz orqali o‘zbek

xalq ertaklarida yuqori pafosda kuylanadigan to‘g‘rilik va

egrilik munosabati badiiy talqin qilinadi. Xususan, Do‘nboy

bahodir Amir Temurni halol jangda yengolmasligiga ko‘zi yetib,

g‘irromlik qila boshlaganida eranlar adolatni tiklaydi. Bu epizod

orqali Sohibqironning tanlangan shaxs sifatida doimiy ravishda

eranlar himoyasida ekanligi namoyon bo‘lgan.

Shuningdek, asarda ayrim obrazlar orqali Sohibqironning

111

“Temurnoma”dagi obrazlar tavsifi va evolyutsiyasi


background image

xalq orasidagi hurmati, xalqning Amir Temur va uning farzandla-

riga sadoqati yoritilgan. Xususan, “Temurnoma”ning

“Bu dostonda

Mirzo Jahongir To‘ra ibn Amir Temur Balx yurtig‘a borib, Baroqxon

nomehribon tog‘asini qo‘lida shahodat topgani. Amir Temur Sohibqiron

borib, Baroqxonni o‘ldurub, andin keyin Hindistonni musaxxara

qilg‘onini bayoni”

[Temurnoma, 1, 154-564]

bob (doston)ida

Baroqxon o‘z jiyani, Amir Temurning o‘g‘li Jahongir Mirzoni o‘ldirib,

boshini darvozaga ildiradi, jasadini qo‘rg‘on ostiga tashlatadi. Mana

shu vaziyatda katta sahnaga Hindu obrazi keladi. Mirzo hayotlik

chog‘ida unga ko‘p yaxshiliklar qilgan bo‘lib, mehrini qozongan edi.

Hindu Mirzoning o‘ligini shahar tashqarisiga olib borib ko‘madi.

Baroqxon Mirzo jasadini xo‘rlash uchun olib kelishni buyurganida

Hindu voqeasidan xabar topadi va undan jasadni talab qiladi.

Hinduning to‘rt o‘g‘li bo‘ladi. Uyga qaytib kelib bir o‘g‘lini o‘ldirib,

jasadini olib boradi. Baroqxon odamlari buni ko‘rib, Mirzo emasligini

aytgach, yana uni qaytarib yuboradi. Hindu shu tariqa birin-ketin to‘rt

o‘g‘lini ham o‘ldirib, jasadini Baroqxonga olib boradi. Oqibat nima

bilan tugashini bilgan Hindu bir do‘stiga o‘ligimni falon joyga ko‘m,

deb tayin qiladi. Baroqxon undan Mirzo jasadini ololmagach qiynab

o‘ldiradi. Hinduning do‘sti uni aytgan joyiga dafn qiladi [Temurnoma,

1, 157-158]. Bu obraz orqali xalqning o‘z qahramoniga bo‘lgan

sadoqati ifodalangan. Sulton suyagini xo‘rlamas, deganlaridek, xalq

Hindu obrazi timsolida Mirzoning jasadi dushmanlar tomonidan

xo‘rlanmasligi uchun o‘z farzandlaridan-da kechishga tayyor ekanligi

asarda badiiy talqin qilingan.

“Temurnoma”da folkloriy talqin qilingan ertaknamo to‘qima

obrazlar ham borki, bu asarning sof folklor qonuniyatlar asosida

yaratilganligidan dalolat beradi. Xususan, asarning

“Bu dostonda

Mironshoh ibn Amir Temur Mansur bila muloqot bo‘lg‘oni, andin

mulki Mozandarong‘a borg‘onini bayoni”

bobida Nishopurda shahar

chekkasidagi bir g‘orda ikki yuz yoshli juhud Juho narnir Yahudiyning

yashashi, u bir yilda bir marotaba g‘ordan chiqib, aholiga kelajak

haqidagi bashoratlarini aytib, qaytib g‘orga kirib ketishi aytiladi.

Mironshoh u bilan savol-javob qilib, mot qiladi. Bashoratchi Shoh

Mansurga, bular (temuriylar – I.S.) yer yuziga hukmronlik qiladi.

Sening avlodingni halokatga yetkazadi, deb bashorat qiladi va g‘orga

kirib ketadi [Temurnoma, 1, 174-175]. Bu obraz ham Sohibqiron

haqidagi qarashlarni asoslashga xizmat qilgan.

“Temurnoma” jangnoma asar bo‘lgani bois unda afsonaviy

to‘qima jangchi obrazlarining tasviriga ham keng o‘rin berilgan.

Xususan, asarda To‘qtemurxonning

xotini Shahr Oroy shu tipdagi

112

Ilhom SAYITQULOV


background image

to‘qima obraz hisoblanadi. Uning bo‘yi yetti gaz bo‘lib, jangga

kirsa, bir o‘zi ming kishini o‘ldira olishi, o‘n ming kishi ham unga

bas kelolmasligi aytiladi. To‘qtemurxon Qazag‘onning o‘ldirilganini

eshitib, Buxoroga yurish qiladi va shahar tashqarisida hujumga

tayyorgarlik ko‘radi. Qadimiy an’analarga muvofiq o‘z jangchisi

Shahr Oroyni ta’rifu tavsif qilib, uning bir o‘zi Buxoroni zabt eta

oladi, deb maqtanadi. Amir Temur Shahr Oroy bilan jang qilishni

talab qiladi. Ikki o‘rtada yakkama-yakka olishuv boshlanadi. Amir

Temur Shahr Oroyning boshiga qilich solganida, uning tanasi

beligacha ikkiga ayrilib ketadi [Temurnoma, 1, 109]. Bu obraz xalq

dostonlari va ertaklarda mavjud afsonaviy obraz tasviriga monand

bo‘lib, u orqali Amir Temurning jangchilik mahorati, sohibqironlik

xususiyatlariga yana bir bor urg‘u beriladi.

Yuqorida tahlilga tortilgan obrazlarni asar syujetidagi

ishtiroki, badiiy ahamiyati jihatidan quyidagicha tasniflasak,

maqsadga muvofiq bo‘ladi:

a

)

asosiy obrazlar:

Amir Temur, Xoja Baho ul Haq vad din

(Bahovuddin), Shayx Shams Kulol, Turag‘ay (Tarag‘ay) bahodir,

Tegina begim, Jahongir Mirzo, Mirzo Umar to‘ra, Umarshayx Mirzo,

Sulton Muhammad to‘ra, Mironshoh Mirzo, Mirzo Xalil to‘ra, Shayx-

ul a’lam (Shayx Sayfiddin), Qilich Arslon.

b) yordamchi obrazlar:

Bayonqulixon, Sadr ash shariat,

Amir Qazag‘on, Amir Choku, Mavlono Burxoniddin Sohib Hidoya,

Mirzo Sayfiddin, Amir Muso Bahodur, Xoja Kamol Xo‘jandiy, Amir

Bayon Sulduz, Saroy Mulk xonim, Husayn so‘fi, Kamol oy (O‘ljoy

Turkon), Amir Hojibek, Qimoriy Inoq, To‘xtamishxon, Hind Xoja,

Qamariddin, Shoh Mansur, Mavlono Sa’diddin, Muhammad Porso,

Yo‘qun xonim, Shayx Hasan Kulol, Moydun, Do‘nboy bahodir,

Mansur, Hido, Qoyliq, Yeldirim Sulton Boyazid.

v) epizodik obrazlar:

Shoh shujo’, Malik Ra’no Ballulloh,

Amir Muayyad orlot, Amir Boyazid Jaloyir, Sangu bobo, Malluxon,

Feruzshoh, Amir Husayn so‘fi, Amir Husayn, Shoh Yahyo, Bahodurxon,

Hasan Juvoriy, Muhammad Porso, Amir Mu’id, Sulton Ahmad, Shayx

Ozariy, Sulton Shabli, Ulug‘bek Mirzo, Jayon Chashm, Uchqora,

Tog‘aybug‘a, Amir Muso Jaloyir, Amir O‘ljoy, Abbos Bahodur, Tuman

og‘a, Sabulak ota, Sulton Muhammad, Sulton Zunnun, Qutb, Otkin

otg‘uchi, Mahmud, Judin, Zamonbek, Mukno, Mast bir o‘g‘il, Dodxoh

Amir Yodgorshoh, Imom Sa’d, Siroj Qamariy, Shayx Hasan,

Ko‘rakbiy, Qoratemurxon, Oqtemurxon, Shahr Oroy, Qizil Temurxon,

Irimchi, Oqsoqol kishi(Aziz), Shijoat bekach, Shams ul mulk, Jonfur

Otaliq, Xo‘ja Sa’diddin, Toymug‘or qatag‘on, Temurtosh qo‘ng‘irot,

113

“Temurnoma”dagi obrazlar tavsifi va evolyutsiyasi


background image

Usmon bahodur, Jondariy, Oltmish bahodur, Ertovul bahodir, Sokina

Bonu, Mahmuda, Bir Hindu, Kunakdaxat, Hakim Ziyod baxshi, Oq

Bo‘g‘a naymon, Hakim Ziyod baxshi, Turkon tangri izlagan, Davlatshoh

O‘g‘lon, Abu Lays rahmatulloh, Badariy, Hasan Munajjim, Juho narnir

Yahudiy, Husayn kurd, Soqibek, Mahmud Asfar, Hasan Juvoriy,

Abdurahmon ibn xoja Abdulqodir, Rustambek Bobul, Mehdab Lo‘r,

Sa’id Attor, Davlatshayx, Pir qalmoq, Abdulg‘affor, Malikai Oqshayx,

Zolotous, Kashfutat, Hakim Yag‘fur, Pudiy, Chingiziy, Pirovun, Zo’ib,

Ag‘alibek, Qutulmishbek, Sevarko‘z, Tiyug‘bek, Mirsaid Sharif, Qora

Usmon, Hasanbek, Zafarbek, Salosiy kazzob, Xalil ota, Xumoriy.

Xulosa

Yuqoridagi tasnifda keltirilgan birinchi tipdagi asosiy

obrazlar qissada Amir Temur timsoli bilan yonma-yon tasvirlanib,

asar syujeti o‘zagini tashkil etadi. Ikkinchi tipdagi yordamchi obraz-

lar asarda Amir Temur shaxsining Sohibqiron sifatida epik talqin

qilinishida ko‘makchi obraz vazifasini bajaradi. Uchinchi tipdagi

epizodik obrazlar esa Sohibqiron timsoli xarakter xususiyatlarining

u yoki bu jihatlarini yoritishda katta ahamiyat kasb etgan. Yuqoridagi

ayrim obrazlarning asardagi vazifasi nuqtayi nazardan qilingan

tahlillarda bu jihatlar keng yoritib berilgan.

Adabiyotlar

Темурнома: Амир Темур Кўрагон жангномаси. Сўзбоши муаллифи

ва луғатлар асосида нашрга тайёрловчи П.Равшанов.

Тошкент: Чўлпон, 1990.

Дадабоев Ҳ. Амир Темур даврдошлари (мўъжаз энциклопедия).

Тошкент: “Navoiy universiteti”

нашриёти

,

2018.

uz.m.wikipedia.org

http://e-tarix.uz/shaxslar/hukumdorlar/355-hukmdorlar.html

)

Садриддин Салим Бухорий. Бухоронинг табаррук зиёратгоҳлари.

Тошкент: Дурдона нашриёти, 2012. – Б. 292.

Мадиримова, С. М. (2018). О СЮЖЕТЕ ПОЭМЫ «АШИК ГАРИБ И

ШАХСАНАМ».

Редакционная коллегия

, 109.

Madirimova, S. (2023). “SHOHSANAM VA G ‘ARIB” DOSTONI MANBALARI

HAQIDA.

Current approaches and new research in modern sci-

ences

,

2

(5), 37-42.

Журакузиев, Н. И. «Model of the world order in the literature and folklore of the

ancient Turkic peoples.» BULLETIN of the L.N. Gumilyov Eurasian

National University. Philology Series 134, no. 1 (2021): 23–36.

CАЙИТҚУЛОВ, И. А. (2019). STYLISTIC AND ARTISTIC FEATURES OF THE

WORK TEMUR-NAME. Иностранные языки в Узбекистане,

(4), 165-173.

Sayitkulov, I. A. (2019). USAGE OF TERM FOLKLORE BOOKS IN FOLKLORE

114

Ilhom SAYITQULOV


background image

STUDIES AND DEVELOPMENT OF TEMURNOMA (“ LIFE OF

TIMUR”). Theoretical & Applied Science, (8), 7-10.

Description and evolution of images in

“Temurnoma”

Ilhom Sayitqulov

1

Abstract

“Temurnoma” is a work of folklore that interprets the image of Sa-

hibkiran in folklore. In this regard, along with historical images, which are

interpreted by folklore, textual images also play an important role in the

characterization of Amir Temur. In “Temurnoma” the image of Sahibkiran

and various historical and tissue images are used in parallel with the image

of Amir Temur, who played an important role in illuminating his character.

One hundred and forty-three characters took part in the play. These images

unite around the image of Amir Temur and play an important role in illu-

minating the character of Sahibkiran. In this study, such images described

in “Temurnoma” were classified as historical and textual images from a his

-

torical point of view.

The depiction of some non-historical fabricated images in the work

is the basis for evaluating it as an epic work dedicated to the interpretation

of the image of Sahibkiran in the imagination of the people. The depiction

of historical figures who were contemporaries of Amir Temur in the war,

but did not meet him in real life, is based on the fact that the ideal of the

ethnos was accompanied by people close to him. While the main images

form the core of the plot, the auxiliary images play a supporting role in the

interpretation of the image of Sahibkiran. Episodic images participate as a

peripheral element in the system.

The “Temurnoma” also contains folklore-inspired fairy-tale textual

images, indicating that the work is based on pure folklore.

Key words:

epos, folk book, legend of a battle-oda, hero, feature art,

style, imaginary figure, historical figure.

1

Sayitkuluv Ilkhom Abdisalamovich

– Doctor of Philosophy (PhD) in Philology,

dotsent, Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after

Alisher Navo’i.

E-mail:

sayitqulovilhom@navoiy-uni.uz; sayitqulov86@mail.ru

ORCID ID:

0000-0003-1475-5757

For citation:

Sayitqulov, I. 2023. “Description and evolution of images in

“Temurnoma”.

U

zbekistan: Language and Culture.

Literature

2 (2)

:

98-116.

115

“Temurnoma”dagi obrazlar tavsifi va evolyutsiyasi


background image

References

Temurnoma: Amir Temur Ko‘ragon jangnomasi. So‘zboshi muallifi va

lug‘atlar asosida nashrga tayyorlovchi P.Ravshanov. Toshkent:

Cho‘lpon, 1990.

Dadaboyev H. Amir Temur davrdoshlari (mo‘jaz ensiklopediya). Toshkent:

“Navoiy universiteti” nashriyoti, 2018.

uz.m.wikipedia.org

http://e-tarix.uz/shaxslar/hukumdorlar/355-hukmdorlar.html

)

Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Toshkent:

Durdona nashriyoti, 2012. – B. 292.

Мадиримова, С. М. (2018). О СЮЖЕТЕ ПОЭМЫ «АШИК ГАРИБ И

ШАХСАНАМ».

Редакционная коллегия

, 109.

Madirimova, S. (2023). “SHOHSANAM VA G ‘ARIB” DOSTONI MANBALARI

HAQIDA.

Current approaches and new research in modern sci-

ences

,

2

(5), 37-42.

Журакузиев, Н. И. «Model of the world order in the literature and folklore of the

ancient Turkic peoples.» BULLETIN of the L.N. Gumilyov Eurasian

National University. Philology Series 134, no. 1 (2021): 23–36.

CАЙИТҚУЛОВ, И. А. (2019). STYLISTIC AND ARTISTIC FEATURES OF THE

WORK TEMUR-NAME. Иностранные языки в Узбекистане,

(4), 165-173.

Sayitkulov, I. A. (2019). USAGE OF TERM FOLKLORE BOOKS IN FOLKLORE

STUDIES AND DEVELOPMENT OF TEMURNOMA (“ LIFE OF

TIMUR”). Theoretical & Applied Science, (8), 7-10.

116

Ilhom SAYITQULOV

Библиографические ссылки

Темурнома: Амир Темур Кўрагон жангномаси. Сўзбоши муаллифи ва луғатлар асосида нашрга тайёрловчи П.Равшанов. Тошкент: Чўлпон, 1990.

Дадабоев Ҳ. Амир Темур даврдошлари (мўъжаз энциклопедия). Тошкент: “Navoiy universiteti” нашриёти, 2018. uz.m.wikipedia.org http://e-tarix.uz/shaxslar/hukumdorlar/355-hukmdorlar.html)

Садриддин Салим Бухорий. Бухоронинг табаррук зиёратгоҳлари. Тошкент: Дурдона нашриёти, 2012. – Б. 292.

Мадиримова, С. М. (2018). О СЮЖЕТЕ ПОЭМЫ «АШИК ГАРИБ И ШАХСАНАМ». Редакционная коллегия, 109.

Madirimova, S. (2023). “SHOHSANAM VA G ‘ARIB” DOSTONI MANBALARI HAQIDA. Current approaches and new research in modern sciences, 2(5), 37-42.

Журакузиев, Н. И. «Model of the world order in the literature and folklore of the ancient Turkic peoples.» BULLETIN of the L.N. Gumilyov Eurasian National University. Philology Series 134, no. 1 (2021): 23–36.

CАЙИТҚУЛОВ, И. А. (2019). STYLISTIC AND ARTISTIC FEATURES OF THE WORK TEMUR-NAME. Иностранные языки в Узбекистане, (4), 165-173.

Sayitkulov, I. A. (2019). USAGE OF TERM FOLKLORE BOOKS IN FOLKLORE STUDIES AND DEVELOPMENT OF TEMURNOMA (“ LIFE OF TIMUR”). Theoretical & Applied Science, (8), 7-10.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов