Том 2 № 2 (2023): Узбекистан: язык и культура. Литературоведение
Статьи
Xayriddin Sulton asarlarida hayot hodisalarining aks ettirilishi
Mazur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyoti yirik namoyanda-laridan biri Xayriddin Sultonov hikoya va qissalarida hayot hodisalari qay tarzda badiiy aks ettirilishi to‘g‘risida mulohaza yuritiladi. Adib asarlarida hayot voqeligi, tarixiy haqiqat, insonning murakkab ichki kechinmalari ta’sirchan tarzda badiiy aks ettirilishi, voqelikka yuksak insonpar-varlik nuqtayi nazaridan qaralishi to‘g‘risida fikr bildiriladi. Yozuvchining “Dunyoning siri”, “G‘ulomgardish”, “Qog‘oz gullar” kabi hikoyalari hamda “Saodat sohili”, “Yozning yolg‘iz yodgori”, “Ko‘ngil ozodadur...” qissalarida kishilarning kundalik hayoti, tashvishi, intilishlari, o‘zaro munosabatlari haqqoniy yoritilishiga e’tibor qaratiladi. Yozuvchi qissa, hikoyalarida insonning ruhiy kechinmalari ishonarli ochib berilishi diqqat markaziga qo‘yiladi. Yozuvchining qissa, hikoyalarida qalamga olingan voqealar hayotdagi hodisalarga o‘xshaydi. Ulardagi qahramonlar xuddi hayotdagi odamlar kabi ko‘rinadi. Bu qahramonlarning o‘y-kechinmalari, dard-tashvishlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Maqolada adib ijodiga xos shu kabi xususiyatlar qayd etiladi.
Shoir, she’r va so‘z uchligining badiiy-estetik, liro-publitsistik talqinlari
Ushbu maqolada Abdulla Oripovning adabiy-estetik qarashlari falsafasi zamirida so‘zning qimmati, she’rning ahamiyati, adabiyotning
ma’naviy-tarbiyaviy vazifasi katta ahamiyat kasb etishi tahlil etildi. Shoir, she’r va so‘z uchligi Abdulla Oripov adabiy-estetik qarashlarining asosini tashkil etishi, “Ehtiyoj farzandi” maqolasida shoir ijodkor shakllanishining uch bosqichini ajratib ko‘rsatishi, shoir, she’r va so‘z uchligi bilan bog‘liq fikrlari Abdulla Oripovning adabiy-estetik konsepsiyasi yuksak talablarga asoslanganini ko‘rsatishi barobarida, ijod ahlini o‘z-o‘zini taftish qilishga, ijodiy kamolot yo‘lida muttasil izlanishga da’vat etishi jihatidan hech bir zamonda o‘z ahamiyatini yo‘qotmasligi yoritildi.
Xayriddin Sulton qissalarida milliy ruh va obrazlar poetikasi
Maqolada Xayriddin Sultonning “Ajoyib kunlarning birida” qissa- sining badiiyati, syujeti va kompozitsiyasidagi o‘ziga xosliklar, tili va uslub jihatdan ahamiyati, yozuvchining obraz yaratish va so‘z qo‘llash mahorati atroflicha tahlil qilingan. “Qissa” janrining kelib chiqishi, uning janr taraqqiyoti, bu boradagi jahon va o‘zbek adabiyotshunoslarining fikr va munozaralari qiyoslab o‘rganilgan.
Mazjub Namangoniy asarlarining janr xususiyatlari
O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida tasavvuf (so‘fiylik) tariqati bilan bog‘liq Xoja Ahmad Yassaviy, Boborahim Mashrab, So‘fi Olloyor, Huvaydo, Haziniy va boshqa ko‘plab mutasavvuf shoirlar qadimiy va navqiron Turkiston zaminini xalqlarining madaniy hayotida katta mavqega ega bo‘lgan. XVIII asr oxiri va XIX asr o‘rtalariga qadar yashab ijod etgan, Turkiston adabiy muhitiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan Abdulaziz Hasanxo‘ja o‘g‘li Majzub Namangoniy ham Naqshbandiya tariqatining piri murshidi sifatida xalqqa tanilgan ijodkorlardan.Uning ijodida g‘azal, qit’a, soqiynoma, musallas, murabba’,muxammas, musaddas, musamman kabi janrlarni uchratish mumkin. Ushbu maqolada ijodkor asarlarining janr xususiyatlari yoritilgan. Shoirning qo‘lyozma devonida jamlangan asarlari janr xususiyatiga ko‘ra ajratilgan.
“Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida zikr etilgan devon sohiblari
Ushbu maqolada “Majolis un-nafois”da nomi qayd etilgan temuriy devon sohiblari haqida ma’lumot berilgan. Jumladan, Shoh G‘arib Mirzo, Xalil Sulton, Saydi Ahmad Mirzo, Sulton Mas’ud Mirzolar o‘z davrining go‘zal va boshqa davrlarga o‘rnak bo‘ladigan adabiy muhit yaratganlari, ilm-fan homiysi bo‘lganlari, ijodkor sifatida mumtoz adabiyotning turli xil janrlari va vaznlarida ijod qila olganlari fikrimizning tasdig‘i sifatida keltirilgan.
Bundan tashqari, o‘z davri ijodkori uchun mas’uliyatli vazifalardan biri bo‘lgan devon tartib bergan ijodkorlarning she’riyati mavzu ko‘lami,
devonning fanga aniqlanganidan tashkil topgan janrlar va bizga noma’lum bo‘lgan devonlarni topish zaruriyati to‘g‘risida atroflicha fikr yuritilgan.
Usmon Nosir ijodining o‘rganilishi
Usmon Nosir ijodi 30-yillarning boshlaridanoq ilmiy asosda o‘rganila boshlagan, asarlari o‘quv dasturlari va adabiyot majmua darsliklariga kiritilgan edi. Keyingi yillarda shoir hayoti va ijodini o‘rganish, tadqiq qilish kuchaydi. Adib asarlari bir necha bor chop etildi. Qator ilmiy maqolalar, kitoblar yaratildi. Bu sohada, ayniqsa, adabiyotshunos olimlardan Naim Karimov, Abubakir Rajabiy, Ibrohim G‘afurov, O‘tkir Rashid, shoirning jiyani Nodira Rashidovalarning ilmiy izlanishlarini keltirsak bo‘ladi. A.Rajabiy Usmon Nosirga bag‘ishlangan kitobida shoir hayoti va ijodiy faoliyatini birinchi marta keng tarzda yoritib berdi. Maqolada adabiyotshunos olimlarning shoir hayoti va ijodini qaysi jihatlari tadqiq etilgani o‘rganilgan.
“Temurnoma”dagi obrazlar tavsifi va evolyutsiyasi
Temurnoma”ning jangnomasi tasvirlanayotgan voqelik va qahramonlarning tarixiy asosi mavjud bo‘lib, unda bosh qahramon sifatida buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur asos qilib olingan. “Temurnoma”da Amir Temur bilan bog‘liq tarixiy haqiqatlar xalq badiiy tafakkuri hosilasi o‘laroq Sohibqiron obrazi timsolida xalqona talqin qilingan. Xususan, bu talqinlar Amir Temurning tug‘ilishi, ma’lum vaqt otasidan ayro yashashi, yoshligida “sir” ko‘rsatib, telbaliklar qilishi, balog‘atga yetib qahramonliklar ko‘rsatishi, yerning olti tomoni – Shimol, Janub, G‘arb, Sharq, osmon va yer osti bilan aloqa bog‘lashi, eng muhimi, uning doimiy ravishda pir va eranlar homiyligida bo‘lishi tasvirlarida aks etadi. Tadqiqotning obyekti sifatida “Temurnoma: Amir Temur Ko‘ragon jangnomasi” tanlangan. Tadqiqot mavzusini yoritishda tasniflash, tavsiflash, tarixiy-qiyosiy va funksional tahlil usullaridan foydalanilgan.
“Alpomish” dostonining o‘rganilishi
Maqolada “Alpomish” dostonining o‘rganilish tarixi xususida so‘z boradi. Shuningdek, ushbu dostonning turli xalq baxshilaridan yozib olingan variantlari, ulardagi umumiy va o‘ziga xos jihatlar tadqiq qilingan. Ushbu dostonning, Bulung‘ur dostonchilik maktabining atoqli namoyandasi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan varianti eng mukammal va eng badiiy jihatdan barkamoli ekanligi, binobarin, ushbu variant bo‘yicha olib borilgan ko‘plab tadqiqotlarga asos bo‘lganligi xususida fikrlar bayon qilingan. Shuningdek, maqolada ushbu doston bo‘yicha mashhur rus olimi V.M.Jirmunskiyning tadqiqotlari ham tahlil qilingan. “Alpomish” dostoni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar uch yo‘nalishga bo‘lib tekshirilgan. Birinchi bosqichda dostonning xalq baxshilaridan yozib olinish jarayoni, qachon, qaysi baxshidan, kim tomonidan yozib olinganligi, shu yozib olingan nusxa nashr qilingan bo‘lsa, kim tomonidan nashrga tayyorlanganligi, nashr qilinmagan bo‘lsa, qo‘lyozmasi qaysi xazinada saqlanayotganligi xususida ma’lumotlar berilgan.