Erkin A’zamning “Zabarjad” kinoqissasida qahramon botinidagi evrilishlar tasviri

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
66-76
2
0
Поделиться
Ёкубов, И. (2024). Erkin A’zamning “Zabarjad” kinoqissasida qahramon botinidagi evrilishlar tasviri. Узбекистан: язык и культура, 1(2), 66–76. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2024-pp66-76
Исломжон Ёкубов, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
профессор, доктор филологии
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Erkin A'zamning kinodramaturg sifatidagi mahorati "Zabarjad’’ kinoqissasi misolida o'rganilgan. Unda Erkin A’zam "kichik odam’’ning ko'ngil kechinmalarini axloqiy-ma’rifiy konflikt asosida tasvirlangani yoritilgan. Ijodiy-estetik konsepsiyasini tadqiq qilish asosida bu asar nainki kinodramaturg ijodi, balki keyingi yillar o'zbek adabiyotida ayol obrazini yaratish yo'lidagi muhim yutuqlardan biri ekani asoslangan. Erkin A’zam kinoqissalarida zamondoshimiz qismati jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma'rifiy-axloqiy muammolar bilan bog'liq tarzda tasvirlanishi asardan keltirilgan misollar asosida tahlil etilgan. Mazkur maqolada "Zabarjad" kinoqissasida jahon dramaturgiyasi an'analariga, modernistik va postmodern uslubiga xos unsurlarga murojaat qilinishi kuzatilgan. Ilgari surilgan fikr-mulohazalar muxtasar holda xulosalangan.


background image

66

Uzbekistan: Language and Culture 2024/2(2)

ISSN 2181-922X 66

76

ZAMONAVIY ADABIYOT MUAMMOLARI

Erkin A’zamning “Zabarjad” kinoqissasida

qahramon botinidagi evrilishlar tasviri

Islomjon Yoqubov

1

Abstrakt

Ushbu maqolada Erkin A’zamning kinodramaturg sifatidagi

mahorati “Zabarjad” kinoqissasi misolida o‘rganilgan. Unda Erkin A’zam

“kichik odam”ning ko‘ngil kechinmalarini axloqiy-ma’rifiy konflikt asosida

tasvirlangani yoritilgan. Ijodiy-estetik konsepsiyasini tadqiq qilish asosida

bu asar nainki kinodramaturg ijodi, balki keyingi yillar o‘zbek adabiyotida

ayol obrazini yaratish yo‘lidagi muhim yutuqlardan biri ekani asoslangan.

Erkin A’zam kinoqissalarida zamondoshimiz qismati jamiyatdagi

ijtimoiy-iqtisodiy, ma’rifiy-axloqiy muammolar bilan bog‘liq tarzda

tasvirlanishi asardan keltirilgan misollar asosida tahlil etilgan.

Mazkur maqolada “Zabarjad” kinoqissasida jahon dramaturgiyasi

an’analariga, modernistik va postmodern uslubiga xos unsurlarga

murojaat qilinishi kuzatilgan. Ilgari surilgan fikr-mulohazalar muxtasar

holda xulosalangan.

Kalit so‘zlar:

syujet bayoni, monospektakl, ijodiy-estetik konsepsiya,

konflikt, xarakter, milliy-mental tafakkur, ijtimoiy-axloqiy yondashuv,

seksopotologik yondashuv, poetik mahorat.

Kirish

Ma’lumki, drama va kino san’atlarining tasvir predmeti

harakatga asoslanadi. Ekran san’atining tarkibiy qismi bo‘lgan

kinematografiya texnik vositalar asosida shakllandi. Yozuvchi-

dramaturg, rejissyor, aktyor, operator, rassom, kompozitor kabi

ijodiy xodimlarni yagona jamoaga jamladi va badiiy ijod turi

sifatida ommalashdi. Zotan, u o‘zida adabiyot va teatr, tasviriy

san’at hamda musiqa kabi san’at turlarining estetik jihatlarini

uyg‘unlashtirdi. Yirik plan, parallel montaj, kengaytirilgan panorama

kabi ifodali vositalardan samarali foydalanish, ayniqsa, teleekran

bilan hamkorlik uning imkoniyatlarini orttirdi. Polifoniyaning turli

1

Islomjon Yoqubov

- Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU professori, filologiya

fanlari doktori.

E-mail:

islamxoja_yakubov@mail.ru

ORCID ID:

0000-0003-4969-2848

Iqtibos uchun:

Yoqubov, I. 2024. “Erkin A’zamning “Zabarjad” kinoqissasida

qahramon botinidagi evrilishlar tasviri”. O‘zbekiston: til va madaniyat 2(2): 66-76.


background image

Erkin A’zamning “Zabarjad” kinoqissasida qahramon botinidagi evrilishlar tasviri

67

shakllarini qo‘llash esa kinoni janr va uslub jihatdan boyitdi. Shuning

uchun uning g‘oyaviy-badiiy ta’sir maydoni inson fikr-tuyg‘ulariga

ta’sir etish, dunyoqarashini shakllantirish, estetik didini yuksaltirish

kabi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy tarbiya sohalarini qamrab

oldi [Teshabayev. 1979, 21].

Kinodramaturgiya esa, badiiy adabiyotning ekranda ko‘rsatish

uchun mo‘ljallangan alohida turi bo‘lib, kino va dramaturgiya

qo‘shiluvidan yuzaga kelgan sinkretik hodisadir. Binobarin, kino

asarining adabiy va g‘oyaviy-badiiy asosini kinossenariy tashkil eta-

di. Kinodramaturg tasvir asnosida kinoning imkoniyatlarini inobatga

olishi, asarni unga moslashtirishi lozim.

Demak, unda nasrning ko‘lamdorligi, dramaning o‘tkirligi,

poeziyaning lirik latofati, tasvir yorqinligi, musiqiy ravonlik, dialoglar

keskinligi kabi omillarning o‘zaro uyg‘unlashuvi muhim ahamiyat

kasb etadi.

E.A’zamning “Jannat o‘zi qaydadir”, “Shajara”, “Farrosh

kampirning tushi”, “Xonadon egasi”, “Tanho qayiq yoxud devonaning

orzusi” nomli pyesalari respublika teatrlarida sahnalashtirildi. Uning

“Chantrimore” (1990), “Piyoda” (1996), “Dilxiroj” (2001), “Erkak”

(2004), “Zabarjad” (2007), “Suv yoqalab” (2008), “Jannat qaydadir”

(2008), “Qarzdor” (2010), “Parizod” (2012) kabi o‘nlab asarlari

kinolashtirilgan. Yuqorida sanalgan asarlarning ba’zilari respublika

kinoteatrlarida muvaffaqiyatli namoyish etilgan bo‘lsa, ayrimlari

hatto xalqaro maydonlarda ham e’tirof etilgan.

Asosiy qism

Erkin A’zamning “Zabarjad” [Erkin A’zam. 2017, 43-84]

kinoqissasi muqaddimasida olti-yetti yashar qizaloq – Zabarjadning

kutilmagan tasodif tufayli o‘ttiz besh-qirq yoshlar chamasidagi

otasi (Jo‘raboy) ning joni evaziga Qizilsoyga cho‘kmay, omon

qolgani xabari berilgan. Unda oradan o‘tgan qariyb chorak asrlik

davr: qizchaning unib-o‘sib, ulg‘ayishi, bo‘y yetishi va uzatiladigan

yoshdan o‘tib – o‘ttizlardan oshib qolishigacha bo‘lgan davr

xronologik yoritilmaydi. Syujet bayonida monospektakl uslubidan

foydalanilgan, ya’ni qissaxonlik personajga ishonib topshirilgan.

O‘quvchi (tomoshabin) E.A’zam ijodiy-estetik konsepsiyasini hanuz

aybdorlik hissidan xalos bo‘lolmagan, o‘tgan yillar ko‘nglidagi dog‘ni

yuvib ketolmagan sho‘rpeshona Zabarjadning vaziyat-holat yoxud

muayyan xotira-kechinma talabiga muvofiq o‘z ko‘nglini ochishiga

ko‘ra anglay boradi. Masalan, qabristonda Qur’on tilovatidan ko‘ngli

erigan Zabarjadning alamli yig‘isi, iztirobli faryodidan so‘ng uning


background image

68

Islomjon YOQUBOV

quyidagi dil iqrorlari keltiriladi:

“ – Dada! Dadajonim! Nega bizni tashlab ketdingiz, nega?

Qo‘ying edi, men cho‘kib ketay edi o‘shanda! Men o‘lib ketay edi!

Joningizga zomin bo‘lib, sizga badal qolib nima qildim men bu

dunyoda, dadajon?! Shuncha yildan beri bu kasofatingizni nega yer

yutmaydi dada?! Dadajo-on!” [Erkin A’zam. 2017, 73-74]. Asarda

ijtimoiy-maishiy hayotda o‘ziga munosib joy izlagan Zabarjad biz

o‘rgangan – dil tug‘yonlarini ishoralar tilida ifoda etuvchi, uyatli,

andishali an’anaviy ayollar obrazidan farqli tarzda, o‘zgacharoq

xarakter sohibi ekani, tuyg‘ulariga erk bera olishi bilan e’tiborni

tortadi.

Agar zamonaviy o‘zbek dramaturgiyasi, xususan E.A’zam

kinoqissalari zohiran kuzatilsa, ularda oilaviy-maishiy mavzularga

birqadar ko‘proq o‘rin ajratilgandek tuyuladi. Aslida, bu hol

yangicha uslubiy yo‘llar izlash, ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy-mafkuraviy

muammolarga urg‘u berish an’anasini inkor etishdir. Darhaqiqat,

kinodramaturg “kichik odam” ko‘ngil hollarini axloqiy-ma’rifiy

konflikt asosida tasvirlashga e’tibor qaratadi. Uning asarlari turfa

axloqiy-ma’rifiy maqomga ega bo‘lgan shaxslar ziddiyati asosiga

quriladi.

Adabiyotshunos Umarali Normatov: “Zabarjad” kinoqissasida:

“... bugungi evrilishlar zamonida bir oila a’zolari orasida yuz bergan

ziddiyat, bo‘linishlar qalamga olingan” Asar: “... o‘z bilganidan

qolmaydigan, o‘jar, tanti, shaddod qiz – ayol qismatidan bahs etadi”

[Normatov U. 2009 ]

deb yozadi. Kinoqissa sinchiklab mutolaa qilinsa,

muammoning ko‘lami bir oila tashvishidan ko‘lamliroq, qahramon

tabiatida kuzatiluvchi ta’kidlangan jihatlar zohiriy belgilar ekani

oydinlashadi.

Qizlik iffatini o‘rta yashar, sochiga oq oralab qolgan, indamas

va qop-qora kimsaga ixtiyoriy ravishda topshirgan Zabarjadning

o‘z qilmishidan zarracha o‘kinmay: “– Shugina kerakmidi sizlarga?

Mana tamom!”, deyishini, milliy etika mezonlari nuqtayi nazaridan

qabul qilish qiyin. Zotan, juvon ko‘zida yosh bilan: “

Sizlarga?” -

degan kinoyali, zardali murojaat va hatto, ta’nali so‘rog‘i orqali azaliy

an’analarga ergashib, ularga og‘ishmay amal qilsa-da, ochilmagan

baxti, kulmagan toleiga ishora qiladi.

Albatta, axloq qonun-qoidalari insonning nomusini himoya

qilib, mas’ulligini orttiradi. Biroq muallif badiiy talqiniga ko‘ra,

jismonan yetilgan, aqlan va ruhan to‘lishgan, xatti-harakatiga javob

bera oluvchi kishining ehtiyoj va mayllari ham daxlsizdir. E.A’zam

Zabarjadning oila va nikoh normalaridan xorijga chiquvchi xatti-


background image

Erkin A’zamning “Zabarjad” kinoqissasida qahramon botinidagi evrilishlar tasviri

69

harakatlarini quyidagi omillar bilan izohlaydi:

1. Yosh tafovutiga qaramasdan, o‘rtada yuzaga kelgan

ma’naviy yaqinlik, aniqrog‘i yoshi o‘tib qolgan cho‘rtkesar qizning

dunyodan izsiz ketmaslik, avlodni davom qildirish mayli tufayli

ertasi noayon ishga qo‘l urishi.

2. Zabarjadning tashqi muhit va jismoniy ehtiyojlar ta’sirida

o‘zgargan ruhiy-psixologik kayfiyati.

Demak, adib muammoga ham ijtimoiy-axloqiy, ham

seksopotologik jihatdan yondashadi. Zotan, tomonlarning roziligi

bilan sodir bo‘lgan bunday munosabatlar har qancha ko‘ngil ishi deb

qaralmasin, milliy-mental tafakkuri komil inson haqidagi an’anaviy

tasavvurlar ruhida shakllangan kitobxon (tomoshabin) uni ijtimoiy-

axloq normalarining buzilishi deb anglagani bois, o‘z shuuriga

singdira olmaydi.

Zabarjadning “– Qiz bola otasiz o‘smasligi kerak. Otasiz

o‘sgan bittasini, mana, ko‘rib turibsiz!”

-

deyishi bejiz emas [Erkin

A’zam. 2017, 45]. Bir tomonda, tashvish-u g‘urbatlardan kuyinib,

bir burda bo‘lib qolgan g‘amboda onaizor – Vazira opa, ikkinchi

tomonda nogiron uka – Sur’atjon. Uchinchi tomonda, yoshi o‘tib

qolgan Mastura amma. O‘ziga to‘q to‘ng‘ich aka – Shuhratbek xotini

chizgan chiziqdan chiqolmagach, Zabarjad ayol boshi bilan qay biriga

g‘amxo‘rlik qilsin, qay birini oq yuvib, oq tarasin.

Agar bu oilaning boshida erkak kishi soyabon bo‘lganida, uy-

joyi “yupqa”ligini bahona qilib, sovchilar oyog‘i uzilmasdi. Ishxonada

direktor, mahallada Zokir devona “betamiz”lik qilolmasdi. Ishvakor

Dilyaga o‘xshab Hindiston-u Arabiston, Turkiya-yu Mojariston

bo‘ylab yallo qilib yurishni o‘ziga ep ko‘rmagan sho‘rlik, babaxt va

aftodahol Zabarjad hayotdan bezib, fe’li aynimaganida yosh-u ulug‘,

oilalik shu odamdan panoh istamas, borlig‘ini unga in’om etmasdi.

Binobarin, u o‘z taqdiri, noto‘kis hayotiga bir qatra nur olib kelish

haqida ham o‘ylash, bu yo‘lda dadilroq harakat qilishga to‘la haqli

edi.

Zabarjadning maktabdosh dugonasi – Dilya (Dilbar) ham

o‘ziga xos xarakter. To‘g‘ri, Zabarjad va Dilbarning loyi bir joydan

olinmagan. Dilya o‘zini “odamday yashash”ga haqli deb biladi.

Yolg‘iz farzandiga “nurafshon kelajak” yaratish ilinjida o‘zini o‘tga-

cho‘qqa uradi. Ilojsiz qolganida, lozim bo‘lsa, o‘z tanasini sotishdan

ham qaytmaydi. Undagi ochko‘zlik, dang‘illama uy-joy, to‘kis hayot

ilinjidagi o‘lib-tirilishlar zamirida mislsiz fojia yotadi. Chunki u

tug‘ilishi bilanoq tirik yetimga aylangan va qari kampir muruvvati

bilangina ulg‘aygan. Dunyo ne’matlaridan bahramand bo‘lolmagani


background image

70

Islomjon YOQUBOV

uchun hayoti to‘kis bo‘ysiralariga hasad tuyg‘usi bilan unib-o‘sgan.

Turmushga chiqqach esa, o‘zi istagan toparman-tutarman erga

yolchimagan.

Binobarin, hech kim yupatmagan, erkalab boshini silamagan,

kiftini beg‘araz mehr bilan quchmagan, himoyaga muhtoj Dilya butun

olamga nafrat bilan ulg‘aygan. Yovuz olamdan o‘z haqini undirishga

bel bog‘lab, kurashga chiqqan. Biroq u hayhotday dunyoning qay

burjiga bosh urmasin, nainki shirin orzulari, balki or-nomusi-yu

ayollik sha’ni, g‘ururi-yu iffati johil qavm tomonidan toptalgan. Ayol

“odamday yashash”ni eplolmay xo‘rlangan. U bergan qurbonlik shu

qadar mislsiz va behad miqyosliki, Dilya buni yaxshi anglagani, vaqtni

qaytarib bo‘lmasligini his qilgani uchun o‘zini ovutib yashashga

mahkum. Dilyaning Zabarjadga havaslanib, muhabbat sog‘inib

aytgan so‘zlari fikrimizni dalillaydi:

“ – Men ham birovni yaxshi ko‘rgim kelyapti, - deydi Dilya

ko‘zida yosh halqalanib. So‘ng birdan ho‘ngrab Zabarjadni quchoqlab

oladi.

– Senga o‘xshab. Chin yurakdan. Havasim keladi senga, o‘rtoq,

ishon! Men odam bo‘lmadim, Zaba-ar! Yurishimni qara! Shuyam

hayot bo‘ldimi, dugonajon? Bir tiyin! Bu hammasi bir tiyin, ishon!”

[Erkin A’zam. 2017, 50].

Bu dil iqrori asl javharda mavjud bo‘lgan va inson xotirasining

qay bir burjlarida saqlanib qolgan oniy tuyg‘u edi. Bunday nafis

tuyg‘u Dilbar tabiatida ba’zan-ba’zangina bosh ko‘tarib qoladi.

Yuqoridagi oniy kechinma-hollar ko‘pincha sovuq va o‘ktam

qiyofada namoyon bo‘luvchi Dilya sodir etgan qilmish-qidirmishlarni

oqlashga asos bo‘lolmaydi. Ammo sho‘rlik ayol tushib qolgan hayotiy

drama, tragik vaziyat simptomlarini anglashga imkon beradi.

Kitobxon (tomoshabin) ni adabiy qahramon shafqatsiz hayotning

shiddatli oqimi – “niqoblar namoyishi” da ishtirok etayotganini

tushunish sari yetaklaydi. Zotan, puchak pulga sotilgan ayollik

nomusi va iffatidan mosuvolik Dilyani olomonlik darajasigacha

tubanlashtirgan. Binobarin, nainki pokizalik, balki uyat va hayodan

ham ayro ekanligini pardalash uchun unga turfa niqoblar kerak.

Demak, uni bolalik va o‘smirlikdagi “tirik yetim”lik, loqaydlik,

mehrsizlik – oiladagi parokandalik makonsizlik bo‘shlig‘iga

uloqtiradi. Dilya qalbining tub-tubida yilt etgan vijdon iztiroblari ham

ko‘zga tashlanadiki, aynan shu hol qahramon tragizmini tushunishga

kalit beradi. Chunki bu iztirob-o‘rtanishlar mohiyatan qahramon ong

osti – ruhiyatidagi tebranishlarni ifoda etadi.

Demak,

Dilya vujudini kemirayotgan dard uning intilgan


background image

Erkin A’zamning “Zabarjad” kinoqissasida qahramon botinidagi evrilishlar tasviri

71

manziliga eltuvchi niyatlari sarob ekanini his etishidir. Bizningcha,

mo‘tadillikni boy bergan Dilya endi olamdagi o‘z o‘rni va insonlik

maqomini topishdan mahrum. Chunki, Qur’oni karimda aytilganidek:

“Bu dunyo hayoti g‘ururga ketkazuvchi matodan o‘zga hech narsa

emas.” [Qur’oni karim. 1992, Hadid surasi, 20-oyat]. Shu bois, u

takabburlik va riyokorlik niqobiga har qancha yashirinmasin, butun

vujudini qamragan tizginsiz nafrat iskanjasidan xalos bo‘lolmaydi.

Anglashiladiki, E.A’zam kinoqissalarida sekin-asta jonli hayot

ichiga kirib boriladi. Zamondoshimiz qismati u yoxud bu darajada

bugungi kun ijtimoiy-iqtisodiy, ma’rifiy-axloqiy muammolari bilan

bog‘liq tarzda tasvirlanadi.

Istiqlol davri dramaturgiyasida odam savdosi, giyohvandlik,

bozor iqtisodining inson ma’naviyatiga ta’siri singari davlatning

qaror va farmonlariga ilova tarzida “hozirjavob” lik bilan bitilgan

ijtimoiy-siyosiy mavzudagi asarlar anchagina. Ammo, oz bo‘lsa

ham, hayot ziddiyatlari va inson botinida kechayotgan qarama-

qarshiliklarni aks ettiruvchi “Zabarjad” tipidagi asarlar ham yo‘q

emas. Ularda hayotda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy jarayonlarga

moslashayotgan inson dramasining tub mohiyatini ochishga intilish

ko‘zga tashlanadi. Bu esa, dramaturgiya uchun bir tomondan,

zamondoshlarimiz beg‘ubor ma’naviy-ruhiy olami, ikkinchi jihatdan,

turfa xil jismoniy-ruhiy bachkanaliklar (infantalizm) ni poetik kashf

etish muhim zaruriyat ekanini ko‘rsatadi.

Kinoqissada Zabarjadning beg‘ubor ruhiy dunyosi va unda

kechayotgan po‘rtanavor evrilishlar liro-romantik uslubda ochiladi.

To‘g‘ri, bosh qahramon silliqqina kiyingan, qo‘lida gul ko‘targan,

xushsurat, ammo real hayotdan yiroq romantik oshiq yigitni

xushlamaydi. Ayni paytda, to‘ridan go‘ri yaqin Abdulaziz aka kabi

keksa odamga tegib, uning uy-joyiga ega chiqish kabi tubanlikka

ham bormaydi. Bunday hollarda voqelik bir tomondan, realizm

umumestetik tafakkur tipi yetakchi prinsiplari asosida – real hayotga

monand tarzda ifodalanadi. Ikkinchi jihatdan, adib hayotni butun

murakkabligi bilan keng ko‘lamda aks ettirishga intiladi. Ijtimoiy-

tarixiy muhitning inson taqdiri va fe’l-atvoriga ta’sirini ijtimoiy-

psixologik jihatdan badiiy tadqiq etadi. Garchi Zabarjad butun

iroda kuchini ishga solib, tashqi voqelikka qarshi chiqsa ham, g‘oyat

murakkab va shafqatsiz ijtimoiy munosabatlar tizimini yorib chiqa

olmaydi. Bu bilan adib jamiyat joriy holatini, taraqqiyot va tanazzul

tendensiyalari kurashini badiiy idrok etadi, voqelikni qayta yaratadi.

E.A’zam badiiy hukmi ifodasida adabiyotning konseptual funksiyasi

amalga oshadi.


background image

72

Islomjon YOQUBOV

Kinoqissada voqelikning muayyan davr va muhit uchun eng

xarakterli jihatlari imkon qadar umumlashtirish asnosida badiiy

shartlilikning turfa ko‘rinishlariga murojaat qilinadi. O‘zgarishlarga

yuz tutgan olam hodisalari, qorishiq holda namoyon bo‘layotgan

madaniyatlar ta’sirini ko‘rsatishda “metarivoyat”dan qochish,

postmodernistik tasvir tamoyillari: fransuz poststrukturalizmi

(dekonstruksiya – J.Derrida); postfreydizm (“ongsizlik tili” –

J.Delez, F.Gattari); semiotika (kinoyaviylik konsepsiyasi – U.Eko)

va boshqalardan ijodiy foydalandi. Bu hol realizm ijodiy metodi

sifat jihatidan o‘zgarib, turli dunyoqarashlarni ifoda etish, tasvir

imkoniyatlarini boyitish hisobiga yanada takomillashib borayot-

ganini ko‘rsatadi.

Asarda Zebuzarning dunyodan bezgan pokiza ko‘ngli peyzaj

tasvirlariga kontrast tarzda: tinim bilmay yog‘ayotgan yomg‘irning

zorli shovullashlari orqali ochiladi. Egni yupun, boshyalang qizning:

“Yomg‘ir to‘rlari oralab bebaxt, aftoda bir ko‘yda ketib borish” holati

tasvirida go‘yo yig‘layotgan ko‘ngil hamda ezg‘in ko‘z yosh qilayotgan

borliq o‘zaro birlashib ketadi. Atrofni shalabbo qilgan yomg‘ir va

oyoq ostida paydo bo‘lgan ko‘lmak suvlari Zebuzar qismati, ko‘ngil

hollarini tamsil etadi.

Hatto asar finalida ham suygan ko‘ngil nidosiga esh tarzda

shivalab yog‘ayotgan yomg‘ir, qorong‘u tun bag‘rini oniy lahzada tilib

o‘tgan chaqmoq tasvirlanadi:

“– Men sizni yaxshi ko‘raman! Yaxshi ko‘rama-a-an!

– Qorong‘i bir tunda yomg‘ir shovqini aro yangragan yig‘i

aralash bu nido chaqmog‘-u momaqaldiroq sadolariga qo‘shilib

ketadi.” [Erkin A’zam. 2017, 84].

Bu o‘rinda peyzaj tasviri badiiy voqelikning muhim uzviga

aylanib, qahramon ruhiyatini ochishda kontrastli fon vazifasini

bajarib keladi. Natijada, peyjaj tasviri sevgisiga sodiq, muhabbatiga

munosib javob ololmagan ko‘ngilning alamli hayqirig‘iga vobasta

ekani bilan zamin, zamon va borliqni uyg‘unlashtirib yuboradi.

Kinoqissada tushning ishoraviy mazmuni Zebuzar qiyofasini

ochishga xizmat qilgan: “– Kecha bir tush ko‘ribman, ammajon.

G‘alati tush. Dadam o‘shanda o‘lmay qolgan emishlar. Ikkalamiz ham

cho‘kishga cho‘kibmiz-u, bir kishi bizni qutqarib qolibdi. Uchalamiz

qirg‘oqda turganmishmiz. Bunday qarasam, dadam bilan haligi kishi

bir odamga aylanib qolibdi... Men o‘sha odamni bilaman, amma.

Kim ekan u?

Siz tanimaysiz. Toshkentda u.

He, tush-da, qizim, tush.


background image

Erkin A’zamning “Zabarjad” kinoqissasida qahramon botinidagi evrilishlar tasviri

73

Ajoyib tush, - deb qo‘yadi Zabarjad o‘ychan.” [Erkin

A’zam. 2017, 75].

Chorbog‘dagi chashmaga xayolchan tikilib o‘tirgan

Zebuzarning dili yorishadi. Bolalik kezlari ammasini quchganida

tuygan qalampirmunchoq hidlarini behad sog‘inganini his etadi.

O‘zini ancha bardam seza boshlaydi va ko‘z o‘ngida o‘sha tanish qiyofa

namoyon bo‘ladi.

“– Do‘stim!”

, deya shivirlaydi Zebuzar. Ko‘rinadiki,

goh gallyusinatsiya hodisasi sifatida, goh tushlarida ikkilangan holda

“ota – do‘st” qiyofalarida namoyon bo‘luvchi va ba’zan birlashib

“do‘st”ga aylanib qoluvchi evrilishlar mohiyatan Zebuzar qalbida

ardoqlangan otaning mehr va ardog‘i sog‘inchidan yuzaga keladi.

Shu ma’noda, u mutlaqo yolg‘iz emasligi, xayol va xotirada

muhrlangan uch inson: ota – amma – do‘st qahramonning ma’naviy-

ruhiy tayanchlari ekani oydinlashadi. Bunday o‘rinlarda bir

tomondan, mumtoz adabiyot va folklor asarlari, xususan, sehrli

ertaklar ifoda uslubining ta’siri kuzatiladi. Ikkinchi tomondan, Frans

Kafkaning “Evrilish” hikoyasi [Saidov 2012, 8]. qahramoni Gregor

Zamza kabi tashqi olam uchun “daxmaza”ga aylangan Zebuzar

taqdiriga ishora qilinadi.

Anglashiladiki, E.A’zam odamlar bir-birini dildan

tushunmasligi oqibatida yuzaga kelgan Zebuzar fojiaviy yolg‘izligi

bilan bog‘liq hayotiy chigalliklar yechimida XX asr modern adabiyotiga

xos bo‘lgan ijodiy uslubni qo‘llash, ijodiy o‘zlashtirishga uringan.

Badiiy tasvirdagi ekzistensial kayfiyat (chorasizlik va bema’nilik) ni

tush qorishmasi va gallyusinatsiya effekti orqali ifodalagan.

Demak, “do‘st”ning zohirdagi tasqara ko‘rinishi emas, balki

loqayd olomondan farqli o‘laroq, o‘z insonlik qiyofasini saqlab

qolgani muhimdir. E.A’zam ijodida kuzatiluvchi mazkur jihat tasodifiy

hol bo‘lmay, jahon adabiyotining S.Bekket, X.L.Borxes, P.Vays,

F.Dyurrenmatt, E.Kanetti, T.Mann, V.Nabokov, J.P.Sartr, A.Kamyu

kabi turli davrlarda ijod qilgan vakillari ham o‘z ijodlarida modern

adabiyotiga xos ijodiy uslubni qo‘llashgan edi.

Yuqorida tanishganimizdek, “Zabarjad” kinoqissasida

zamondoshimiz shaxsiy hayotining negativ jihatlari, aniqroq

aytganda, qiz ko‘nglining bolalik kezlarida otalik mehri bilan

to‘ldirilmagan burjlaridagi muhabbat va ardoqqa intiqlik, mehr-

muruvvat sog‘inchi bilan bog‘liq tuyg‘ulari qahramonni bir umr ta’qib

etishi qalamga olingan. Shuning uchun badiiy tasvirda: an’analarga

nisbatan kinoyaviy munosabatda bo‘lish, olamni xaos deb bilish,

universal gumanizmga intilish, ikkiyoqlama (elitar qatlam va omma)

ga mo‘ljallangan kodlashtirish mavjud. Janrlar mutatsiyasi ham


background image

74

Islomjon YOQUBOV

postmodernistik dramaturgiya poetikasi uchun xarakterli bo‘lgan

unsurdir.

Kinoqissa markazida harakatlanuvchi Zabarjad ancha

murakkab obraz. Uning nazdida erkak jinsiga mansub barcha

kishilar marhum otasi kabi beg‘ubor, samimiy, jo‘mard, fidoyi

bo‘lishlari kerak. Yoshlik kezlari uning ko‘ngliga ingan shu yuksak

umid – hayotiy tamoyil real hayotga mos kelmaydi. Bu esa, qahramon

qalbida o‘z-o‘zidan, shaxsiy hayotidan, atrofini qurshagan muhitdan

qoniqmaslik tuyg‘usini paydo qiladi. Zabarjad yuzaga kelgan mushkul

hollardan qutulish yo‘llarini axtararkan, biz ko‘nikkan qoliplarga

sig‘masligi bilin e’tiborni tortadi.

E.A’zam ijodiy konsepsiyasiga ko‘ra kinoqissa strukturasi

“metarivoyat” emas, uning muqobili bo‘lmish uzuq-yuluq “rivoyalar”

(voqelik badiiy modeli) dan iboratligi ham postmodern uslubiga

xos xususiyatdir. Zotan, yozuvchi real hayotni harakatdagi jarayon

deb biladi va uni bor bo‘y-basti bilan ifodalashga intiladi. Xaos

(parokanda va betartib olam)da ihotalanib yashayotgan Zabarjad

shaxsiyati, taassurot-kechinmalarini badiiy tasvirlaydi.

Demak, kinoqissaning

“odam dunyoni o‘zgartirishga qodir

emas”,

degan poetik hukmi va yaxlit mazmuni faqat shu individga

tegishlidir. Shunday ekan, Zabarjad obrazi hayotda o‘z o‘rnini

yo‘qotgan va mavjud vaziyatdan qutulish yo‘llarini izlayotgan odam

sifatida qabul qilinishi, uning iztiroblari kinoyaviy modus negizida

anglanishi lozim.

Xulosa

Erkin A’zam kinoqissalari o‘z janriy belgilariga ko‘ra ancha

murakkab. Ularda jahon dramaturgiyasi ijtimoiy-psixologik va

ijtimoiy-maishiy an’analariga ergashish, modernistik va postmodern

uslubiga xos unsurlarga murojaat qilish jihatidan yangi bir to‘lqin

epkinlari kuzatiladi.

Asarda zamondoshimizning botiniy dunyosi, ko‘ngil olami

badiiy ifodasida mavjud axloqiy qoliplarning zavol topish jarayoni

kuzatiladi.

Kinoqissadagi Zabarjad mavjud vaziyatdan ma’nan

qoniqmaslik hissini tuyadi va u ruhan behad yolg‘izdir. U ko‘pchilikka

o‘xshab “niqoblar namoyishi”da ishtirok etish – buqalamunday

turlanib-tuslanish, jamiyatga faol aralashishni istamay, o‘zligi – ichki

“meni” ga sodiq qolishi bilan ajralib turadi. Zabarjad va u singari

qahramonlar zalolatni inkor etib, hidoyat yo‘lini tutgan qismat

yetovidagi bandalardir.


background image

75

Erkin A’zamning “Zabarjad” kinoqissasida qahramon botinidagi evrilishlar tasviri

Erkin A’zam qahramonlar ichki dunyosini ochishda tush,

rivoyat va naqllarga murojaat etish kabi eposga xos xususiyatlardan

mohirona foydalangan.

Adabiyotlar

Жўраев М. 1991. Инсон изтиробларига таъзим // Ёш куч. № 6. – Б.

20-21

Норматов У. Янги аср одамлари // Ўзбекистон адабиёти ва санъати,

2009 йил 22 - сон

Саидов А. 2012. Кафка олами / Кафка. Эврилиш: Ҳикматлар. – Тошкент,

O‘zbekiston. – Б. 5-20.

Тешабаев Дж. 1979. Узбекское кино: традиции, новаторство. –

Тoshkent.

Хуршид Дўстмуҳаммад. 2001. Ҳаракатдан тўхтаган жараён қиссаси

ёхуд калб ва шуурнинг олис кенгликлари сафарига

элтувчи асар// Жаҳон адабиёти. № 2. – Б. 200-206.

Эркин Аъзам. 2017. Забаржад // Эркин Аъзам. Танҳо қайиқ.

Киноқиссалар. – Тoshkent, Шарқ НМАК. – Б. 43-84.

Қуръони карим. 1992. Ўзбекча изоҳли таржима/ Таржима ва изоҳлар

муаллифи Алоуддин Мансур. – Тошкент, Чўлпон.

Жабборов, НУРБОИ. (2015). Адабиёт ва миллий маънавият. Т.:

Маънавият.

Description of the evolution of the hero in

Erkin Azam’s film “Zabarjad”

Islamjon Yakubov

1

Abstract

This article uses the example of the short story “Zabarjad” to examine

E. Azam’s skill as a film dramatist. In it, E. Azam described the emotional

experiences of the “little man”, based on a moral and educational conflict.

Based on the study of the creative and aesthetic concept, we proceed from

the fact that this work is not only the work of a cinematographer, but also

one of the important achievements towards creating a female image in

Uzbek literature in the future. years.

In the stories of E. Azam, the fate of our contemporaries is depicted

in connection with socio-economic, educational and moral problems in

society, analyzed on the basis of examples from the work.

This article notes that the film story “Zabarjad” refers to the

1

Islamjon Yakubov

- professor of Tashkent State University of Uzbek Language

and Literature named after Alisher Navoi, doctor of philology.

E-mail:

islamxoja_yakubov@mail.ru

ORCID ID:

0000-0003-4969-2848

For citation:

Yakubov, I. 2024. “Description of the evolution of the hero in Erkin

Azam’s film “Zabarjad”.

U

zbekistan: Language and Culture.

2(2):

66-76.


background image

76

Islomjon YOQUBOV

traditions of world drama, elements characteristic of the modern and

postmodern styles. The previous comments are briefly summarized.

Keywords:

plot setting, one-man show, creative and aesthetic

concept, conflict, character, national mental thinking, socio-ethical

approach, sexopathological approach, poetic skill.

References

Jo‘rayev M. 1991. Inson iztiroblariga ta’zim// Yosh kuch. № 6. – B. 20-21.

Normatov U. Yangi asr odamlari// O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 2009-

yil 22 – son.

Saidov A. 2012. Kafka olami/ Kafka. Evrilish: Hikmatlar. – Toshkent,

O‘zbekiston. – B. 5-20.

Teshabayev Dj. 1979. Uzbekskoye kino: tradisii, novatorstvo. – Toshkent.

Xurshid Do‘stmuhammad. 2001. Harakatdan to‘xtagan jarayon qissasi

yoxud kalb va shuurning olis kengliklari safariga eltuvchi

asar.// Jahon adabiyoti. № 2. – B. 200-206.

Erkin A’zam. Zabarjad// Erkin A’zam. Tanho qayiq. Kinoqissalar. – Toshkent,

Sharq NMAK, 2017. – B. 43-84.

Qur’oni karim. 1992. O‘zbekcha izohli tarjima/ Tarjima va izohlar muallifi

Alouddin Mansur. – Toshkent, Cho‘lpon.

Жабборов, НУРБОИ. (2015). Адабиёт ва миллий маънавият. Т.:

Маънавият.

Библиографические ссылки

Жўраев М. 1991. Инсон изтиробларига таъзим // Ёш куч. № 6. - Б. 20-21

Норматов У. Янги аср одамлари // Ўзбекистон адабиёти ва санъати, 2009 йил 22 - сон

СаидовА. 2012. Кафка олами/Кафка.Эврилиш:Ҳикматлар.-Тошкент, O'zbekiston. - Б. 5-20.

Тешабаев Дж. 1979. Узбекское кино: традиции, новаторство. -Toshkent.

Хуршид Дўстмуҳаммад. 2001. Ҳаракатдан тўхтаган жараён қиссаси ёхуд калб ва шуурнинг олис кенгликлари сафарига элтувчи асар// Жаҳон адабиёти. № 2. - Б. 200-206.

Эркин Аъзам. 2017. Забаржад // Эркин Аъзам. Танҳо қайиқ. Киноқиссалар. - Toshkent Шарқ НМАК. - Б. 43-84.

Қуръони карим. 1992. Ўзбекча изохди таржима/ Таржима ва изоҳлар муаллифи Алоуддин Мансур. - Тошкент, Чўлпон.

Жабборов, НУРБОИ. (2015). Адабиёт ва миллий маънавият. Т.: Маънавият.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов