Insoniyat dardi bilan yashagan shoir

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
77-87
0
0
Поделиться
Олтинбек, О. (2024). Insoniyat dardi bilan yashagan shoir. Узбекистан: язык и культура, 1(2), 77–87. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2024-pp77-87
Олим Олтинбек, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
кандидат филологических наук, доцент
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada O'zbekiston xalq shoiri, o'ziga xos adabiy-estetik qarashlarga ega Rauf Parfining yangi she'r, yangi shakl, yangi ohangyo'lida tinimsiz izlanayotgani, o'zining rang-barang tuyg'ularini ifodalashda so'z topolmay qiynalayotgani kuylangan "Qushcha", shoir o’ziga ustoz deb bilgan Nozim Hikmatga bag’ishlab yozilgan "Nozimning sadosi”, dunyo orzulari o’zining orzusi, tashvishlari uning tashvishi, so'zlari-da o’zining so'zi ekanligi aytilgan "0, Kongo!’’, shoirning she’riyatda o'zyo'lini izlayotganini, hechbirshoirgao'xshamaganbirijodkorbo'lishniistayotganiniko’rsatuvchi "Oyi, oyi, aytib bering, Bormi mening ham o'z yo'lim?’’, Asqad Muxtorning "Poeziya’’sidan ilhomlanib yozilgan "Seni tanimagan sho’rliklar ayanch", vafotidan keyin ham butun insoniyatning dard-u hasratlarini kuylashda davom etgan "Shamollar", kimni shoir deb atash mumkinligi haqidagi "Shoir” kabi she’rlarining tahlili keltirilgan. She’rlarning mohiyatidan kelib chiqib, Dunyo va Insoniyatg'ami bilan yashab ijod qilgan RaufParfini milliy adabiyotimizning jahoniy shoiri deyish mumkinligi haqida mulohazalar keltirilgan.


background image

Uzbekistan: Language and Culture 2024/2(2)

77

ISSN 2181-922X 77

87

Insoniyat dardi bilan yashagan shoir

Olim Oltinbek

1

Abstrakt

Mazkur maqolada O‘zbekiston xalq shoiri, o‘ziga xos adabiy-estetik

qarashlarga ega Rauf Parfining yangi she’r, yangi shakl, yangi ohang yo‘lida

tinimsiz izlanayotgani, o‘zining rang-barang tuyg‘ularini ifodalashda so‘z

topolmay qiynalayotgani kuylangan “Qushcha”, shoir o’ziga ustoz deb bilgan

Nozim Hikmatga bag’ishlab yozilgan “Nozimning sadosi”, dunyo orzulari

o’zining orzusi, tashvishlari uning tashvishi, so‘zlari-da o’zining so‘zi

ekanligi aytilgan “O, Kongo!”, shoirning she’riyatda o‘z yo‘lini izlayotganini,

hech bir shoirga o‘xshamagan bir ijodkor bo‘lishni istayotganini ko’rsatuvchi

“Oyi, oyi, aytib bering, Bormi mening ham o‘z yo‘lim?”, Asqad Muxtorning

“Poeziya”sidan ilhomlanib yozilgan “Seni tanimagan sho‘rliklar ayanch”,

vafotidan keyin ham butun insoniyatning dard-u hasratlarini kuylashda

davom etgan “Shamollar”, kimni shoir deb atash mumkinligi haqidagi

“Shoir” kabi she’rlarining tahlili keltirilgan. She’rlarning mohiyatidan kelib

chiqib, Dunyo va Insoniyat g‘ami bilan yashab ijod qilgan Rauf Parfini milliy

adabiyotimizning jahoniy shoiri deyish mumkinligi haqida mulohazalar

keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

estetik talab, eksprement, g‘ayrishuuriy, modern she’r,

ijodiy konsepsiya, poeziya, epigraf,

Qur’oni karim, atom asri, kommunistik

bashariyat, ijodiy tamoyil, oq she’r, psixologik holat, sovetcha, mustahkam

pozitsiya,

sotsialistik mafkura, sarbast.

Haqiqiy shoir adabiyotga doimo yangicha estetik talablar

bilan kirib keladi. U eksprementlar qilishdan, an’anani yangilashdan

cho‘chimaydi. Hatto tanqidchilikning fikri ham uni eski o‘zanlarga

sola olmaydi. Chunki “Shoir dunyoni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi, birovlarga

taqlid qilmaydi, birovlarning darajasini ko‘zlamaydi. U O‘zining

darajasini, O‘zini izlaydi”. Shuningdek, u o‘zi boshlagan yo‘lning

to‘g‘riligiga ham g‘ayrishuuriy bir tarzda ishonadi. Rauf Parfining

tabiatida yangilikka tashnalik bor edi. Shuning uchun ham u ijodini

turli eksprementlar bilan boshladi va adabiy jamoatchilikni “yangi

tovushlar”dan cho‘chimaslikka chaqirdi:

1

Olim OLTINBEK (To‘laboyev Olim Oltinovich)

filologiya fanlari nomzodi, dotsent,

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-mail:

olim.oltinbek.14@gmail.com

ORCID ID:

0000-0003-3186-5333.

Iqtibos uchun:

Olim, Oltinbek. 2024. “Insoniyat dardi bilan yashagan shoir”.

O‘zbekiston: til va madaniyat

2(2): 77-87.


background image

78

Olim OLTINBEK

Zinhor,

Sen yangi tovushdan cho‘chima,

Quloq sola berma

Vazn va qofiyaga,

Qo‘y, eski qanot bilan uchma!

Bas endi riyo qilmoq –

Bu hijo deb, bu turoq deb

Osilmoq qoidaga.

G‘arb – otam mening,

Sharq – onam.

Band etgandir boshimni

Jahon va Inson...

[Rauf Parfi, 2022. 64-65].

She’r 1961-yil yozilgan. Bu – o‘sha davr milliy she’riyatimiz

uchun yangicha estetik talab edi. Demak, shoir nazarida vazn

va qofiya an’anaviy she’rning eski qanotlari, hijo va turoq deb

qoidaga osilish esa riyo. Demak, shoir modern she’r tarafdori.

Demak, G‘arbga yuz burish bor qarashlarida, lekin Sharqdan voz

kechib emas. Shuning uchun ham: “G‘arb – otam mening, Sharq –

onam” deydi shoir. Farzand hech qachon otasini deb onasidan voz

kechmaydi. Rauf Parfiga yangi shaklgina emas, yangi mazmun ham

kerak edi. Uningcha, bu mazmun jahoniy va umuminsoniy bo‘lsin. Bu

estetik talablar buyuk Cho‘lponning “Adabiyot nadir?” maqolasidagi

talablarga o‘xshaydi. Demak, oradan ellik yil o‘tib-o‘tmay adabiy

qarashlar yana yangilanmoqda.

Rauf Parfi “Qushcha” (1962) nomli bir she’rida:

“Sen tildan

qiynalmaysan, Senda yolg‘iz navo, Qushcham”

deyishi bilan o‘zining

yangi she’r, yangi shakl, yangi ohang yo‘lida tinimsiz izlanayotganini,

o‘zining rang-barang tuyg‘ularini ifodalashda so‘z topolmay

qiynalayotganini aytmoqchi edi, aslida. Shoirning qushlar bilan bog‘liq

she’rlaridan yana biri “Asrdosh bulbul” (30.01.1965) deb nomlanadi.

She’rda muallif mafkura iskanjasida ijod qilayotgan zamondosh va

zamonasoz shoirni oltin qafasdagi bulbulga o‘xshatadi:

Bir bulbul yasharmish oltin qafasda,

O‘tgan bulbullarga rahmi kelarmish.

Sevib, sevinchini socharmish asta,

Tanho o‘z baxtidan xonish qilarmish.

Baxt uning ko‘ksini yotarmish bosib,

Ba’zan xafaligim baxtimdan, dermish.

Oltin qafas ekan uning dunyosi,

Dunyo qafas bo‘lsa oltindan, dermish


background image

Insoniyat dardi bilan yashagan shoir

79

Bu bulbulning fojeasi shundaki, u o‘zini oltin qafasda baxtli

his etadi, shuning sababidan, erkin bulbullarga achinib qaraydi,

ularni baxtsiz biladi. Bunday shoirlarning yana bir muhim xususiyati

– “

tanho o‘z baxtidan xonish

” qilishi. Shoir asrdosh bulbulning bu

xususiyatiga alohida urg‘u berish orqali, uning shu jihatlarini keskin

rad etadi. Chunki Rauf Parfining ijodda tanlagan yo‘li boshqa: u

Band etgandir boshimni Jahon va Inson

”, deganda o‘zining bosh

ijodiy konsepsiyasini ilgari surgan edi [Rauf Parfi, 2022. 65].

Biz shoirning “Nozimning sadosi” she’rida ham shu nuqtayi

nazarni his qilamiz [Rauf Parfi, 2022. 73-74]. She’r 1963-yil Nozim

Hikmatning vafoti munosabati bilan yozilgan. Nozim Hikmat –

Rauf Parfi o‘ziga ustoz deb bilgan juda kam sonli shoirlardan biri.

Ustozning vafoti shogirdni qattiq iztirobga soldi, hatto ko‘z yosh

to‘kish bilan ham o‘zini ovuta olmadi:

Ko‘z yoshlarim qalbimni ovutmadi,

ko‘zlarim yig‘lasa,

qalbim yig‘lar chorasiz.

Qalbim yig‘laganda

ko‘zlarim to‘kadi

achchiq yosh...

Ko‘zlarimni qalbimdan ayri tutmadim.

Rauf Parfi Nozim Hikmatni dunyo shoiri deb bilardi, ya’ni u

notinch dunyo g‘amini еgan, aziyat chekayotgan insoniyat qayg‘usi

bilan yashagan jahoniy shoir. Shuning uchun ham uning haqida

bemalol:

“Bir sado, Nozimning sadosi – sochilar millionlarning

son ming ko‘chalariga, dunyoning eng yorug‘, dunyoning eng qora

kechalariga”,

deya olgan edi she’rida. To‘g‘ri, Nozim ketdi, lekin,

uningcha,

“Qoldi Nozim sadosi. Sadoning aks sadosi, Aks sadoning aks

sadosi”.

Bu sadoning bir kengliklari bor, bu kengliklarda “eng dardli

tiriklik sayyorasi”ning qayg‘usini kuylagan sadolar, sadolarning aks

sadolari, aks sadolarning aks sadolari yashashga haqli. She’r:

Sado kengliklari teran boqar menga

Nozim Hikmat ko‘zlari ila.

misralari bilan tugaydi. Shoir bu bilan o‘sha sado kengliklari Nozim

Hikmatning umid ko‘zlari bilan menga boqmoqda, demoqchi.

Demak u she’riyatda Nozim Hikmat yo‘lini tutmoqda: dunyo dardi

bilan, insoniyat qayg‘usi bilan yashamoqni o‘zining burchi, deb

bilmoqda. Fikrimizni shoirning “

Ey dunyo, orzularing mening

orzumdir, tashvishlaring mening tashvishim. So‘zlaring mening

so‘zimdir

” misralari ham tasdiqlar, balki. Shoirning “O, Kongo!” deb


background image

80

Olim OLTINBEK

boshlanuvchi she’ri ham shu yo‘ldagi birinchi qadami edi, aslida.

O‘tgan asrning 60-yillarida bechora Kongo imperialistik Yevropa va

sotsialistik SSSRning mafkuraviy-harbiy kurash maydoniga aylangan

edi. Bu kurashlar oqibatida faqat mazlum mahalliy xalqning qoni

to‘kildi. Rauf Parfi mana shu xalq tomonida turib she’r yozdi. Mana,

o‘sha she’rdan ba’zi baytlar:

O, Kongo!

Zahmatkash, mo‘tabar vatan,

Tarix qarshisida nedir gunohing?!

Shunchalar iztirob chekmog‘ing nedan,

Ne uchun olamni tutdi g‘am, ohing?!

Ne uchun ko‘zingda halqa-halqa yosh,

Ne uchun navqiron qadding bukuldi?

Qanchalar sevmasin hayotbaxsh Quyosh,

Baribir qip-qizil qonlar to‘kildi.

Pul uchun yollangan qonxo‘r jallodlar,

Quturgan it kabi senga tashlanar.

Hali beshikdagi go‘daklar dodlar,

Hayqirar ozodlik, erkka tashnalar

[Rauf Parfi, 2023. 95].

Notinch dunyoning g‘ami bilan yashagan Rauf Parfi, o‘ziga

ustoz deb bilgan Nozim Hikmat, Pablo Neruda singari shoirlar kabi,

har doim mazlumlar va adolat tomonida bo‘ldi.

She’riyat, shoirlik so‘zlari Rauf Parfi nazdida butunlay

boshqacha – muqaddas bir tushunchalar edi. Uning “She’riyat” (1964)

deb nomlangan manzumasi ustozi Asqad Muxtorning “Poeziya”sidan

ilhomlanib yozilgan. Hatto “Seni tanimagan sho‘rliklar ayanch”

epigrafi ham ustozning o‘sha she’ridan olingan. Ammo Rauf Parfi o‘z

yo‘lidan borib, she’rda hech kimni takrorlashni istamaydi, u yangi

gap ayta olsagina she’r yozadi. “She’riyat” Rauf Parfiga xos bir tarzda

boshlangan:

E

ng avval, Odam Ato, Momo Havodan oldin

Horg‘in kishilarning ruhida bo‘lding bunyod,

Bunyod bo‘lding

Yer va dunyo atalgan yurtda.

Ilhomning manbayi inson emas, ilhomning makoni zamin

emas, balki u surdir sassiz ingrayotgan, balki u nurdir ko‘kdan

ingan?! Nima bo‘lgandayam, shoir “

horg‘in kishilarning ruhida

bo‘lding bunyod”

der ekan, bu bilan she’riyatni jismoniy emas,

ruhiy hodisa o‘laroq, inson ruhi bilan bir paytda yaratilgan, degan

shuuriy sezimni ifodalayotgandek go‘yo. Qur’oni karimda, “Sajda”


background image

Insoniyat dardi bilan yashagan shoir

81

surasining 9-oyatida Alloh taolo bandasini inson qilib rostlab,

ichiga O‘z dargohidagi ruhidan kiritgani zikr etilgan [Шайх Алоуд

-

дин Мансур, 2019. 601]. Balki shuning uchun ham inson ruhiga

tengdosh she’riyatda bir ilohiylik bor. Shuning uchun ham haqiqiy

she’riyatni tanish Allohni tanishga olib boradi. She’riyatni yaratuvchi

qalam shunchaki qalam emas:

“Qalam – qalam emas, bongga zarb

ila urilguvchi cho‘qmor, undan taralguvchi sado va aks sado sen

– She’riyat!”

Shu o‘rinda she’riyatning insoniyat oldidagi vazifasi

ayon bo‘ladi. Demak u

“bongga zarb ila urilguvchi cho‘qmor, undan

taralguvchi sado va aks sado”

insoniyatni uyg‘otishga xizmat qilishi

kerak, toki u g‘aflatdan uyg‘onsin, toki u jaholat botqog‘iga botmasin:

o‘zini tanisin, dunyoni tanisin, alaloqibat, Yaratganini tanisin.

Shoir aytmoqchi, keyin zamonlar o‘tdi, asrlar... atom asri keldi.

“Kommunistik bashariyat” deb nom olgan bu asr odamlari ruhiyatni

inkor etdi, Yaratganni tan olmadi. Shuning uchun ham shoir she’rini:

“Allohni tan olmagan kommunistik bashariyat // Tanib olsin ilohiy

deb seni, She’riyat!”

degan so‘zlar bilan tugatadi. Chunki insonning

inson, jamiyatning jamiyat bo‘lishi uchun ilohiyatga tegishli nimadir

bo‘lishi kerak edi. Shoir insoniyatni ruhiy tanazzuldan xalos etish

yo‘lini o‘sha – inson ruhiyati bilan bir paytda yaratilgan she’riyatda

ko‘radi.

Rauf Parfi she’rlaridan birida:

“Oyi, oyi, aytib bering, Bormi

mening ham o‘z yo‘lim?”

degan edi [Rauf Parfi, 2022. 159]. Bu

shoirning she’riyatda o‘z yo‘lini izlayotganini, hech bir shoirga

o‘xshamagan bir ijodkor bo‘lishni istayotganini anglatadi. Quyidagi

satrlarida shu istak yanada konkretlashadi:

Istaymanki,

qo‘limda qalamsiz ham

yozay she’rlar.

Istaymanki,

bilinib tursin oldindan

hali mening aytmagan so‘zlarim.

Istaymanki,

dunyoni nishon qilsin

yumulgan chog‘ida ham

ko‘zlarim.

She’rda har bir “istaymanki”dan keyin shoirning bir ijodiy

tamoyili bo‘y ko‘rsatadi: 1) qo‘lda qalamsiz ham she’r yozish, degani

barmoqni kesib, qalb qoni bilan she’r yozish demakdir; 2) shoirning

aytmoqchi bo‘lgan so‘zlari oldindan bilinib tursin, ya’ni o‘quvchi uni

hech kim bilan adatirib yubormasin, har bir shoirning o‘zigagina xos


background image

82

Olim OLTINBEK

so‘zlari va qarashlari bo‘lsin; 3) vafotidan keyin ham uning she’rlari

dunyoning – butun insoniyatning dardu hasratlarini kuylashda

davom etsin.

“Shamollar” (1965) she’rida uchinchi tamoyil yanada

rivojlantiriladi:

Boshimda odamlarning,

vatanlarning

shamollar shaklida hayqirgan ovozi.

Men beparvo bo‘la bilmasman,

Ey, «baxtli» diyorning,

ey, beparvosi.

Qalbimni asrimning tomiriga ularman.

Mayli, oshsin qon bosim,

shart portlasin kardiogramma.

Ko‘zlarimning devoriga qarab o‘larman.

Sendan ayamasman umrimni, asrim.

Shoir erk va ozodlik uchun dunyodagi barcha osilgan, otilgan,

chopilgan, qamalgan, xo‘rlanganlar bilan o‘zini bir tan-u bir jon deb

bildi, ularning iztiroblarini o‘ziniki sifatida qabul qildi. “Cheksiz-

cheksiz daqiqalardan...” (1965) deb boshlanuvchi she’rning quyidagi

misralari shunga dalolat qiladi:

Men-ku, istamasman o‘limni, biroq

har soatda, har daqiqada bu yorug‘ dunyoning har tomonidan hukm

etmoqdalar o‘limga meni. Men

Yulius Fuchik, dorga tortildi boshim.

To‘ychi Eryigit o‘g‘li

otim mening

ko‘ksimda sovigan qo‘rg‘oshin.

Botgan ko‘zlarimda jallodlarning suvrati qotgan. Vьetnamlik bir

go‘dakman men

bag‘ri yara, qo‘lsiz, oyoqsiz va boshsiz yotgan. Men

hali ham turma panjasi ora so‘ngsiz va ozod osmonlarga qarayman.

Qarayman quyoshga!

Holbuki, shoir bir she’rida:

Dunyo, men ko‘tarib yuribman hamon,

Sening qayg‘u-g‘aming bo‘lgan boshimni,

deyishi bilan o‘z

yo‘lida bardavom edi. Rauf Parfining bu misralari “Odamning

bolasi” (1968) nomli oq she’ridan olingan. Shoir poetik qoliplarga

sig‘maydigan – ba’zan hayajonga, ba’zan g‘azabga, ba’zan nafratga

to‘la tuyg‘ularini ko‘proq erkin va oq she’rlarida ifodalaydi.

Lekin Rauf Parfining “Shoir” (1970) she’ri “to‘rt muchasi”

sog‘ barmoqda yozilgan. Muallif she’rda tabiatga oshiftalik bilan

bitgan satrlaridan keyin, uning mungli tovushiga quloq osadi va bu

mungdan majnunona xayolga cho‘madi. Majnunona xayol esa uning

nigohini varaqlar ustiga mixlaydi va ilhomning “yong‘in changaliga”

otadi. Bundan keyingi psixologik holat shunday tasvirlangan:


background image

Insoniyat dardi bilan yashagan shoir

83

Bir she’r qarshisida turaverdim lol,

Bir she’r qarshisida telba, devona.

Munkayib qiroat qilayotgan chol,

Umrini boshqatdan boshladi yana.

Bundan ma’lum bo‘ladiki, “bir she’r qarshisida telba, devona”

bo‘lgan shoir munkaygan va zaif bir chol holatidan kuchga to‘lgan va

navqiron yigit qiyofasiga keladi. Bu esa ilhomning shoir ruhiyatiga

bergan bemisl quvvati natijasi. Rauf Parfi she’rning keyingi bandida

“Kimni shoir deya tan olur jahon, Biz kimni shoir deb ataymiz bu

kun?”

degan savol qo‘yadi. Mana shundan boshlab, she’rda shoirlik

haqidagi ikki tushuncha ilgari suriladi. Birinchisi, jahon kimni shoir

deb tan oladi? Ikkinchisi, biz bu kun kimni shoir deb atayapmiz? Rauf

Parfi “bu kun”ga alohida urg‘u beradi. Chunki aynan “bu kun”gi, ya’ni

sovet davridagi qarashga e’tiborni qaratmoqchi ijodkor. Sovetcha

talabdagi shoir mafkuraning maddohiga aylangan bir “shoir” edi,

uning nazdida. She’r muallifi jahon tan olgan shoir deganda esa,

o‘z ijodida insoniy erk, milliy ozodlik, adolat va haqiqat kabi oliy

tushunchalarni baralla kuylagan va bu yo‘lda mustahkam pozitsiyada

turub, hech qachon “mash’um shaytanat”u qora saltanatlarga xizmat

qilmagan ijodkorni nazarda tutadi.

Quyidagi misralar qo‘shtirnoqdagi “shoir”lar haqida:

Kimdir ul? Ermak deb o‘ylarmi, nahot,

Soxta ehtiroslar chulg‘armi uni?

Yo‘q!.. Yo‘q, yaralmagan u bilgan hayot,

Hali tug‘ilmagan shoirning kuni.

Agar she’riyatni o‘ziga bir ermak deb bilsa va “soxta

ehtiroslar”lar bilan ijod qilsa, Rauf Parfi nazdida, bunday shoirning

kuni tug‘ilmagan hali. Chunki u haqiqiy hayotni bilmaydi –

“yaralmagan u bilgan hayot”. She’r muallifi anglagan haqiqiy hayot

esa boshqacha: hali Yer kurrasining qaysidir joylarida yovuz janglar

davom etmoqda, ma’sum go‘daklarning qoni to‘kilmoqda. Barcha

xalqlar uchun mushtarak bo‘lgan osmonda sayraganida dimog‘idan

xushbo‘y hid taraladigan Musiqor nomli afsonaviy qush emas,

insoniyat ustiga zahar va olov purkaguvchi harbiy samoliyotlar

uchmoqda. “Ne ellar, vatanlar gulxanda yonib” shoir ko‘z oldidan bir-

bir o‘tayotgan bir paytda haqiqiy shoir “barchaning dardini o‘ziga

olib, majnun bo‘lib” yurishga mahkum:

Ne ellar, vatanlar gulxanda yonib

Shoir ko‘z o‘ngidan o‘tadi bir-bir –


background image

84

Olim OLTINBEK

Barchaning dardini o‘ziga olib

Majnun bo‘lib yurar shuning-chun shoir.

Rauf Parfi nazdida: “

Shoirni kuylatgan tabiat emas, Shoirni

kuylatgan Hazrati Inson

”. Haqiqiy shoirning diqqat markazida

mana shu Inson bo‘lgani uchun ham, u hech qachon zamon bilan

chiqisha olmaydi. Shuning uchun ham ularning biri o‘t bo‘lsa, biri

suv: “

Yuzma-yuz kelgandek go‘yo o‘t va suv, Yuzma-yuz keladir shoir

va zamon

”. Shunday ekan, shoir o‘z zamonasida baxtli bo‘la oladimi?

Yo‘q, bu mumkin emas. Buni tabiiy qabul qilgan Rauf Parfi, bir

she’rida: “

San’atkor baxtiyor bo‘lmas hech qachon?

desa, yana bir

manzumada: “

Faqat shoir haqli baxtsiz bo‘lmoqqa

” – deya taskin

beradi o‘ziga. Chunki “

Shoir – erk o‘g‘loni, nomus sarvari

”. Bunday

o‘g‘lonni hech bir jamiyat va hech bir zamon sig‘dirmaydi. Ular har

qanday davrda ham biri o‘t, ikkinchisi suvligicha qolaveradi. Bu –

qonuniyat.

Rauf Parfining shoir haqidagi qarashlari maqola va

suhbatlarida ham o‘z aksini topgan. U shogirdi Alisher Nazarning

savollariga javob berar ekan, bu borada shunday deydi: “Shoir

bu yorug‘ dunyoda yashayotgan insonning cheksiz-chegarasiz

kechinmalarini so‘z bilan ifoda qilguvchi shaxsdir. Shoir ko‘zining

o‘rnida daryolar oqqan, еlkasida tog‘lar yiqilgan, o‘z tanidan chiqib,

ruhiga aylangan zotdir. Shoir moddiy dunyoni ko‘zga ilmay, ma’naviy

dunyoga qadam qo‘ygan darvishdir... Albatta, bu еrda chin shoir

ko‘zda tutilmoqda. Biz kabi tirikchilik ilinjida yoki ta’ma bilan

she’rbozlik qilayotganlar haqida emas” [Rauf Parfi, 2021. 196].

Bu ta’rifdan ham ko‘rinadiki, so‘z katta SHOIR haqida

ketmoqda. Shoirki, dunyo g‘amini bo‘yniga olgan, insoniyat dardi

bilan yashayotgan ijodkor. Rauf Parfi mana shunday shoir edi.

Shuning uchun ham u

“Yulib vujudimni, titib axtarsam, Dunyoviy

alamning toshlari yotar”

, deb yozadi. Qolaversa, shoirning “Oddiy

kasrlar”, “Shamollar”, “San’at tushunchasi”, “Oddiy gap”, “Cheksiz-

cheksiz daqiqalardan...”, “Shodlik”, “Pablo Neruda o‘limiga”, “Viktor

Xaraning so‘nggi qo‘shig‘i” kabi she’rlari ham bunga dalil. Lekin katta

dunyo g‘ami bilan yashagan bu shoir o‘z she’rlari bilan o‘sha dunyo

adabiy maydoniga chiqa oldimi? Yo‘q! Shuning uchun ham shoir bir

she’rida armon bilan:

Men shoir, shu ojiz holimda yana,

She’rimni tinglagan devor-da soqov,

degan edi. Uning she’rlari

sotsialistik mafkuraning qalin devorli qo‘rg‘onidan tashqariga chiqa

olmadi. U devor soqov edi, o‘lik edi – ichkaridagi insoniy sadoni

tashqariga chiqarmas edi. Darhaqiqat, shoirning bunday she’rlari


background image

Insoniyat dardi bilan yashagan shoir

85

tirikligida o‘zi qayg‘usini chekkan o‘sha dunyo adabiy maydonlariga

chiqa olmadi. Bu – Rauf Parfining achchiq armonlariga aylangan

bo‘lsa, ne ajab...

Xullas, ushbu maqola yuzasidan shunday xulosalarga

kelishimiz mumkin:

1. Rauf Prafi ijodining ilk davridan boshlab adabiyotimizga

yangi adabiy-estetik talablar bilan kirib keldi.

2. Shoir shunday estetik talablaridan kelib chiqib, o‘ziga

zamondosh zamonasoz shoirlarni “tanho o‘z baxtidan xonish”

qiladigan oltin qafasdagi “asrdosh bulbul” deya baho berdi va

unga muqobil o‘laroq, boshini Inson va Jahon qayg‘usi band etgan

ijodkorni qo‘ydi.

3. Rauf Parfi Nozim Hikmatni o‘sha Inson va Jahon qayg‘usini

еlkasiga olgan shoir deb bildi va bu borada unga munosib shogird

bo‘lishni orzu qildi. “O, Kongo!” shu yo‘nalishdagi uning ilk

she’rlaridan biri edi.

4. Shoir “She’riyat” nomli sarbastida she’riyatni insonning

jismi bilan emas, uning ruhi bilan birga yaralgan degan fikrni ilgari

suradi va shundan kelib chiqib, uni ilohiyotga aloqador deb bildi.

5. Rauf Parfi shoirdan hech kimga o‘xshamaslikni, she’rni

qalb qoni bilan yozishni va dunyo dardini o‘z dardiday qabul qilishni

talab qildi.

6. Rauf Parfi “Shoir” she’rida shoirni ikki toifaga bo‘ladi: 1) biz

kimni shoir demoqdamiz?; 2) jahon kimni shoir deb tan olmoqda? Va

bu savolga o‘zi javob beradi. Bunda ham o‘sha talab – haqiqiy shoir

“barchaning dardini o‘ziga” olgan va Inson dardini kuylagan shoir.

7. Shoir dunyo dardini kuylasa-da, dunyo adabiyoti maydoniga

chiqib dunyoga ovozini eshittira olmadi. Bunga “soqov devor” –

sotsialistik tuzumning mafkurasi sabab, deb bildi.

Shunga qaramasda, biz Dunyo va Insoniyat g‘ami bilan yashab

ijod qilgan Rauf Parfini milliy adabiyotimizning jahoniy shoiri

deyishga haqlimiz.

ADABIYOTLAR

Рауф Парфи. 2022. Сайланма. Икки жилдлик, биринчи жилд. Тошкент,

“Муҳаррир нашриёти”.

Рауф Парфи. 2022. Сайланма. Икки жилдлик, иккинчи жилд. Тошкент,

“Муҳаррир нашриёти”.

Рауф Парфи. 2021. Танланган асарлар. Икки жилдлик, биринчи жилд.

Анқара, “BENGÜ”.

Рауф Парфи. 2021. Танланган асарлар. Икки жилдлик, иккинчи жилд.

Анқара, “BENGÜ”.

Рауф Парфи. 2023. Танланган асарлар. Тошкент, “АДАБИЁТ”.


background image

86

Olim OLTINBEK

Сулҳида Жалиловада сақланаётган Рауф Парфи қўлёзмалари,

14-дафтар.

Шайх Алоуддин Мансур. 2019. Қуръони азим мухтасар тафсири. – Т.:

“ШАРҚ”.

Нурбой, А. (2005). Маърифат нимадир? Жаҳолат надир?.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov.

Asian Journal of

Research in Social Sciences and Humanities

,

11

(12), 295-305.

Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation.

ACADEMICIA: An

International Multidisciplinary Research Journal

,

11

(3), 1685-

1688.

A poet who lived with the pain of humanity

Olim Oltinbek

1

Abstract

In this article, the people’s poet of Uzbekistan, Rauf Parfi, who

has his own literary and aesthetic views, is constantly searching for a

new poem, a new form, a new tone, and is having trouble finding words

to express his colorful feelings. sung “Kushcha”, “Sound of Nozim” written

dedicated to Nozim Hikmat, whom the poet considered his teacher, “The

dreams of the world are his dreams, his worries are his worries, and his

words are his words” Congo!”, which shows that the poet is looking for his

own way in poetry, wants to be a creator unlike any other poet. , the analy-

sis of Asqad Mukhtar’s poems such as “Pity those who don’t know you are

sad”, “Shamollar”, which continued to sing about the pains and sorrows of

all mankind even after his death, and “Poet” about who can be called a poet,

were written by Asqad Mukhtar. Based on the nature of the poems, Rauf

Parfi, who lived and created with the sorrow of the world and mankind, can

be called the world poet of our national literature.

Keywords:

aesthetic demand, express, non-conscious, modern poem,

creative concept, poetry, epigraph, Holy Quran, atomic age, communist hu-

manity, creative principle, white poem, psychological condition, Soviet lan-

guage, strong position, socialist ideology, sarbast.

References

Rauf Parfi. 2022. Saylanma. Ikki jildlik, birinchi jild. Toshkent, “Muharrir

nashriyoti”.

Rauf Parfi. 2022. Saylanma. Ikki jildlik, ikkinchi jild. Toshkent, “Muharrir

1

Olim OLTINBEK

– Candidate of philological sciences, associate professor, Tashkent

State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi.

E-mail:

olim.oltinbek.14@gmail.com

ORCID ID:

0000-0003-3186-5333.

For citation:

Olim, Oltinbek. 2024. “A poet who lived with the pain of humanity”.

U

zbekistan: Language and Culture.

2(2):

77-87.


background image

Insoniyat dardi bilan yashagan shoir

87

nashriyoti”.

Rauf Parfi. 2021. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik, birinchi jild. Anqara, “BEN-

GÜ”.

Rauf Parfi. 2021. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik, ikkinchi jild. Anqara, “BEN-

GÜ”.

Rauf Parfi. 2023. Tanlangan asarlar. – T.: “ADABIYOT”.

Sulhida Jalilovada saqlanayotgan Rauf Parfi qo‘lyozmalari, 14-daftar.

Shayx Alouddin Mansur. 2019. Qur’oni azim muxtasar tafsiri. Toshkent,

“SHARQ”.

Нурбой, А. (2005). Маърифат нимадир? Жаҳолат надир?.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov.

Asian Journal of Research

in Social Sciences and Humanities

,

11

(12), 295-305.

Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation.

ACADEMICIA: An

International Multidisciplinary Research Journal

,

11

(3), 1685-

1688.

Библиографические ссылки

Рауф Парфи. 2022. Сайланма. Икки жилдлик, биринчи жилд. Тошкент, "Муҳаррир нашриёти”

Рауф Парфи. 2022. Сайланма. Икки жилдлик, иккинчи жилд. Тошкент, "Муҳаррир нашриёти".

Рауф Парфи. 2021. Танланган асарлар. Икки жилдлик, биринчи жилд. Анқара, "BENGU”.

Рауф Парфи. 2021. Танланган асарлар. Икки жилдлик, иккинчи жилд. Анқара, "BENGU".

Рауф Парфи. 2023. Танланган асарлар. Тошкент, "АДАБИЁТ".

Сулҳида Жалиловада сақланаётган Рауф Парфи қўлёзмалари, 14-дафтар.

Шайх Алоуддин Мансур. 2019. Қуръони азим мухтасар тафсири. - Т.: "ШАРҚ".

Нурбой, А. (2005). Маърифат нимадир? Жаҳолат надир?.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 11 (12), 295-305.

Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1685-1688.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов