Authors

  • Gaypnazarov S.B.
  • Bekmuratov K.R.

Author Biographies

  • Gaypnazarov S.B.

    Magistrant:       

  • Bekmuratov K.R.

    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.100513

Abstract

Mamlakatimizda keng ko‘lamda islohotlar olib borilmoqda. Keyingi yillarda chorvachilikni dori-darmonlar, insektitsidlar va boshqa preparatlar bilan ta’minlanishi qiyinlashuvi, hayvonlar migratsiyasining oshishi, chorvachilik binolaridagi sanitariya holatining yomonlashuvi oqibatida qoramollar o‘rtasida ekto-parazitarlarni, ayniqsa, junxo’rlarning keskin ko‘payib borishi kuzatilmoqda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

15

QORAQAOLPOG’STON HUDUDIDAGI QORAMOLLARDA

JUNXO’RLARNING TARQALISHI

Magistrant: Gaypnazarov S.B.

Assisent: Bekmuratov K.R.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali.

Kirish.

Mamlakatimizda keng ko‘lamda islohotlar olib borilmoqda. Keyingi

yillarda chorvachilikni dori-darmonlar, insektitsidlar va boshqa preparatlar bilan

ta’minlanishi qiyinlashuvi, hayvonlar migratsiyasining oshishi, chorvachilik

binolaridagi sanitariya holatining yomonlashuvi oqibatida qoramollar o‘rtasida ekto-

parazitarlarni, ayniqsa, junxo’rlarning keskin ko‘payib borishi kuzatilmoqda. Bu esa

chorva mollari mahsuldorligini oshirish va aholini sifatli va ekologik toza chorva

mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishdek dolzarb muammolarni amalga

oshirishda jiddiy to‘sqinlik qilib kelmoqda. Junxo’rlar qoramollar o‘rtasida eng ko‘p

tarqalgan ektoparazit bo‘lib, qoramollarda kuchli doimiy bezovtalikni chaqiradi,

junlari tushadi, terisi dermatit va giperkaratozga uchraydi, ishtahasi susayadi, natijada

yosh mollarning o‘sish va rivojlanishdan orqada qoladi, sog‘in sigirlarning sut

mahsuldorligi 30-50 foizgacha kamayadi, ba’zan umuman sut berishdan to‘xtaydi.

Tadqiqot natijalari.

Tadqiqotlar Qoraqolpog‘iston Respublikasining Nukus

tumani hududidagi chorvachilik xo‘jaliklari, shaxsiy va xususiy mollarda, to‘qay va

yaylovlar sharoitida aholi qarashli jami 5 ta chorvachilik fermalarida va shaxsiy

xonadonlardagi 350 boshdan ortiq qoramollar parazitologik tekshirildi. Ushbu

parazitologik tekshiruvlar mobaynida qoramollar o‘rtasida

Bovicola bovis

junxo’rlari eng ko‘p tarqalganligi aniqlandi. Junxoʻrlar butun er yuzida qoramollar

orasida eng koʻp tarqalgan doimiy ektoparazit boʻlib, Arhtropoda tipiga, Insecta

sinfiga, Mallophaga turkumiga, Trichodectidae oilasiga, Bovicola avlodiga, Bovicola

bovis turiga mansub hasharotlar hisoblanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

16

Bovicola bovis – 1,0-2,0 mm kattalikdagi kichkina, qanotsiz, tanasi uzunchoq

ovalsimonga o‘xshash, sarg‘ish tusdagi hashorot bo‘lib, og‘iz apparati kemiruvchi

tipda, ko‘zlari yaxshi rivojlanmagan, uch juft kichik oyoq panjacha uchlari tirnoqcha

bilan tugaydi, qorin qismi segmentlangan, jun va tukchalar bilan har bir turga mos

qoplangan.

Bovikolozning mavsumiy va oylik dinamikasi.

Junxurlar doimiy tekinxur tarzida hayot kechirishlari sababli hayvonlar

tanasida yilning barcha mavsumlari davomida uchrab turishlari kuzatildi. Biroq

ularning ekstensivligi va intensivligi fasllarga, iqlim va xo‘jalikning sanitariya

sharoitlariga, chorvachilikni olib borish tizimlariga va boshqa ko‘plab ekologik

omillarga binoan har xil tarzda kechdi. Binodagi yuqori namlik va qulay harorat qish

oylaridagi quyosh nurlarining etishmovchiligi, hayvon junlarining uzun bo‘lishi,

ularni sifatsiz oziqlantirish va zich saqlanishlari junxurlarni rivojlanishi va tez

tarqalishi uchun qulay sharoit tug‘diradi. Yoz oylariga kelib hayvonlar yaylovga

chiqgach, quyosh nuri va quruqlik ta’sirida hamda hayvonlarning tullashi oqibatida

ularning soni keskin kamayib ketishi kuzatildi.

Junxo‘rlarning keng tarqalishi, asosan, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya

qilinmaydigan, oziqlanish va saqlash sharoitlari yomon bo‘lgan xo‘jaliklarda

kuzatiladi. Shuningdek, qoramollarni uzoq masofalarga tashish (ayniqsa, davlatlararo

migratsiya), jun, teri xom ashyosi yoki ifloslangan suv orqali ham ushbu

parazitlarning tarqalishi mumkin.

Junxurlar qoramol organizmida barcha mavsumlarda uchraydi, ammo

invaziya ekstensivligi va intensivligi mavsumga qarab o‘zgaradi. Masalan, dekabr-

yanvar-fevral-mart-aprel-may oylarida zararlanish maksimal darajada, iyun-iyul-

avgust-sentyabr oylarida minimal, oktabr-noyabr oylarida esa o‘rtacha holatda

bo‘ladi, mavsumiy denamika bo’yicha eng yuqori darajadagi zararlanish qish va

bahor oylarida kuzatilishi ma’lum bo‘ldi (1-jadval, 1-diagramma).

Tadqiqot davomida yosh mollar katta yoshdagi qoramollarga nisbatan

junxo‘rlarga ko‘proq chalinishi, bu parazitning epizootik tarqalish xususiyatiga ega


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

17

ekani, ya’ni ayrim hollarda butun podada ommaviy zararlanish holatlari kuzatilishi

aniqlandi.

Qoramollar junxo‘rlarining oylar boyisha tarqalish dinamikasi

1-jadval

Qoramollar

yoshi

B.bovis

fazalari

Mavsumlar boyicha ekstensiv zararlanish (EZ), foiz

Qish

Bahor

Yoz

Kuz

6

oylikgacha

Tuxum

72,0

98,0

22,0

36,0

Lishinka

70,0

94,0

18,0

32,0

Imago:

Erkagi

65,0

96,0

20,0

34,0

Urg’oshisi 68,0

97,0

22,0

35,0

Jami:

68,7

96,2

20,5

34,3

Katta

yoshdagi

Tuxum

70,0

96,0

18,0

30,0

Lishinka

68,0

93,0

16,0

28,0

Imago:

Erkagi

66,0

98,0

15,0

26,0

Urg’oshisi 66,0

94,0

16,0

27,0

Jami:

67,5

95,2

16,3

27,8

Ortachasi: 68,1

95,7

18,4

31,0


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

18

1-diagramma. Qoramollar junxo‘rlarining oylar boyisha tarqalish

dinamikasi

Xulosa.

O‘tkazilgan

parazitologik

tadqiqotlar

natijasida

Qoraqolpog‘iston Respublikasining Nukus tumani hududidagi chorvachilik

xo‘jaliklarida qoramollar orasida junxo‘rlar (Bovicola bovis) keng tarqalganligi

aniqlandi. Ushbu ekto-parazitlar hayvonlar salomatligiga sezilarli darajada zarar

yetkazib, mahsuldorlikning keskin pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, yosh

mollar invaziyaga ko‘proq chalinishi, epizootik tarqalish xavfini kuchaytiradi.

Shu boisdan, chorvachilik xo‘jaliklarida junxo‘rlarga qarshi profilaktik va davolovchi

choralarni tizimli ravishda amalga oshirish, sanitariya holatini yaxshilash, muntazam

monitoring olib borish zarur. Bu orqali qoramol mahsuldorligini oshirish va

hayvonlarning umumiy salomatligini saqlab qolish mumkin bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI.

1.

Рахимов, Мухамад, et al. "Распространенность экто-и эндопаразитов у

животных."

in Library

1.1 (2023): 19-22.

2.

Pulatov, F. S., et al. "Prevalence of Ecto-and Endoparasites in Animals."

MIDDLE

EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN

.

3.

Dzhalolov, A. A., F. S. Pulotov, and A. Sh Ismailov. "Insecticidal property of

bioinsecticide against bovicola ovis."

European Journal of Learning on History and

Social Sciences

1.7 (2024): 159-163.

4.

Пулотов, Фахридин, К. Сайфиддинов, and Ш. Абдукхалимова.

"Биопрепарат-Биоинсектицид."

in Library

1.1 (2024): 85-89.

5. Yeshanova, T., and S. PulotovF. "TAWIQLARDIŃ ARGAS PERSICUS KENESI:

https://doi. org/10.5281/zenodo. 14222945."

International scientific and practical

conference

. Vol. 1. No. 1. 2024.

6. Рўзимуродов, А., et al. "Монография."

Пиретроидлар. Табиий ўчоқли ва

трансмиссив касалликлар муҳофазаси.“Zarafshon” нашрёти ДК, Самарқанд-

2018 й

.

7. Pulatov, F. S., A. A. Jalolov, and K. F. Saifiddinov. "The Spread of bovicolosis in

sheep."

Central Asian Journal of Medical and Natural Science

3.5 (2022): 239-241.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

19

8.

Пулотов, Ф. (2000). Эктопаразиты животных.

in Library

,

1

(1), 209–210.

извлечено от

https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/31159

9. Пулотов, Ф., Сайфиддинов, . К., & Абдукхалимова, Ш. (2024). Биопрепарат -

Биоинсектицид.

in

Library

,

1

(1),

85–89.

извлечено

от

https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/33572

10.

Boltaev, D. M., and F. S. Pulotov. "Epizootology Of Bovicolliosis Of

Goats."

Texas Journal of Multidisciplinary Studies

20 (2023): 8-11.