MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
325
MARKAZIY OSIYO MINTAQASIDA TRANSCHEGARAVIY SUV
RESURSLARIDAN FOYDALANISH MUAMMOLARI
Shoyimqulova Sevinch Sherzod qizi
O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti siyosatshunoslik
yo’nalishi talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Hududdagi
yirik daryolar- Amudaryo va Sirdaryoning sathi va oqimi bo’yicha davlatlararo
kelishuvlar yetarli darajada samara bermayotganligi sababli, suvdan foydalanish
bo’yicha nizolar vujudga kelmoqda. Maqolada, shuningdek, transchegaraviy suv
resurslarini boshqarishda ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar tahlil
qilingan. Xalqaro tajribalar asosida muammoni hal qilish bo’yicha tavsiyalar
berilgan.
Аннотация: В статье рассматриваются вопросы использования
трансграничных водных ресурсов в Центрально-Азиатском регионе. В связи с
недостаточной эффективностью межгосударственных соглашений по
уровню и стоку крупнейших рек региона - Амударьи и Сырдарьи возникают
споры по водопользованию. В статье также анализируются экологические,
социально-экономические
и
политические
факторы
управления
трансграничными водными ресурсами. Даны рекомендации по решению
проблемы на основе международного опыта.
Abstract: This article discusses the issues of using transboundary water
resources in the Central Asian region. Due to the insufficient effectiveness of
interstate agreements on the level and flow of the major rivers in the region - the Amu
Darya and the Syr Darya, water use disputes are arising. The article also analyzes
the ecological, socio-economic and political factors in the management of
transboundary water resources. Recommendations are given to solve the problem
based on international experience.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
326
Kalit so’zlar: Transchegaraviy suv, Amudaryo, Sirdaryo, Markaziy Osiyo,s
uv resurslari, integratsiyalashgan boshqaruv, ekologiya, suv nizolari.
Markaziy Osiyo mintaqasi o’zining suv resurslari bilan har doim ham boy
bo’lmagan.Mintaqadagi ikki asosiy daryo-Amudaryo va Sirdaryo- bir nechta
davlatlar hududidan o’tadi va bu holat ushbu suv manbalarini “transchegaraviy”
qiladi. Bu esa o’z navbatida mintaqa davlatlari o’rtasida suvdan foydalanish borasida
muammolarni yuzaga keltirmoqda. Masalan, yuqori oqimda joylashgan Qirg’iziston
va Tojikiston mamlakatlari gidroenergetika ehtiyojlarini qondirish uchun
daryolarning suvini ko’proq saqlab qolishga harakat qilsa, quyi oqimdagi
O’zbekiston,Qozog’iston va Turkmaniston esa qishloq xo’jaligi uchun suvi ko’proq
talab qiladi.Bu qarama-qarshi manfaatlar sabab suv resurslarini adolatli taqsimlash
masalasi dolzarb bo’lib qolmoqda. Yana bir muhim jihat- bu ekologik falokat
xavfidir. Orol dengizining qurishi, daryolar sathining kamayishi va tuproq
sho’rlanishi hududda ekologik muvozanat buzilishiga olib kelmoqda.Bu esa aholining
salomatligi va iqtisodiy holatga bevosita salbiy ta’sir qilmoqda.
Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun transchegaraviy suv resurslarini
integratsiyalashgan holda boshqarish tizimiga o’tish, shuningdek, xalqaro
konvensiyalar asosida o’zaro kelishuvlar ishlab chiqish zarur. Bunda Yevropa Ittifoqi
yoki Janubi-Sharqiy Osiyo tajribasidan foydalanish mumkin.Shuningdek, Markaziy
Osiyodagi suv resurslarini boshqarishda xalqaro huquqiy me’yorlarning roli ham kata
ahamiyatga ega.
BMTning 1997-yilda qabul qilingan “Transchegaraviy suv oqimlaridan
foydalanish va ularni muhofaza qilish tog’risidagi konvensiyasi” davlatlar o’rtasidagi
suv taqsimoti va undan adolatli foydalanish tamoyillarini belgilaydi. Afsuski, bu
konvensiyaga mintaqaning barcha davlatlari qo’shilmagan , bu esa xalqaro huquqiy
mexanizmlarning to’liq ishlashiga to’sqinlik qilmoqda.Yoshlar, fuqarolik jamiyati
vakillari va ekologik tashkilotlarning ham bu jarayonlarda faol ishtiroki taminlansa,
hamkorlikka asoslangan va barqaror yechimlarga erishish imkoniyati yanada ortadi.
Suv resurslari atrofidagi muammolar nafaqat texnik yoki siyosiy, balki ijtimoiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
327
muammolar ham bo’lgani uchun keng jamoatchilikning xabardorligi va ishtiroki
muhimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Amudaryo va Sirdaryo suv resurslarini boshqarish bo’yicha mintaqaviy
strategiyalar.-Toshkent:TIQXMMI nashriyoti, 2020.-240b
2.Philip Micklin. The Aral Sea Disaster: Causes,Consequences, and Future.-
Springer,2014.-P.947-949.
3.Shodmon Ibrohimov.Transchegaraviy suv resurslarini boshqarishning iqtisodiy va
huquqiy jihatlari.-Toshkent:Fan,2018.2023.-B.153-154.
4.Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (CAREC).Mrkaziy Osiyo suv
resurslarini
boshqarish:
barqaror
rivojlanish
uchun
strategiyalar.-CAREC
nashriyoti,2021.-154 b.
5.Mukhamedjanova.G.(2021). Transboundary Water Management in Central Asia:
Legal Frameworks and Regional Cooperation.Central Asian Journal of Water
Research,Vol. 7(2),pp.45-62.
