Authors

  • Shoyimqulova Sevinch Sherzod qizi

Author Biography

  • Shoyimqulova Sevinch Sherzod qizi

    O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti siyosatshunoslik

    yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.103138

Keywords:

Transchegaraviy suv Amudaryo Sirdaryo Markaziy Osiyo s uv resurslari integratsiyalashgan boshqaruv ekologiya suv nizolari.

Abstract

Mazkur maqolada Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Hududdagi yirik daryolar- Amudaryo va Sirdaryoning sathi va oqimi bo’yicha davlatlararo kelishuvlar yetarli darajada samara bermayotganligi sababli, suvdan foydalanish bo’yicha nizolar vujudga kelmoqda. Maqolada, shuningdek, transchegaraviy suv resurslarini boshqarishda ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar tahlil qilingan. Xalqaro tajribalar asosida muammoni hal qilish bo’yicha tavsiyalar berilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

325

MARKAZIY OSIYO MINTAQASIDA TRANSCHEGARAVIY SUV

RESURSLARIDAN FOYDALANISH MUAMMOLARI

Shoyimqulova Sevinch Sherzod qizi

O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti siyosatshunoslik

yo’nalishi talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan

transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Hududdagi

yirik daryolar- Amudaryo va Sirdaryoning sathi va oqimi bo’yicha davlatlararo

kelishuvlar yetarli darajada samara bermayotganligi sababli, suvdan foydalanish

bo’yicha nizolar vujudga kelmoqda. Maqolada, shuningdek, transchegaraviy suv

resurslarini boshqarishda ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar tahlil

qilingan. Xalqaro tajribalar asosida muammoni hal qilish bo’yicha tavsiyalar

berilgan.

Аннотация: В статье рассматриваются вопросы использования

трансграничных водных ресурсов в Центрально-Азиатском регионе. В связи с

недостаточной эффективностью межгосударственных соглашений по

уровню и стоку крупнейших рек региона - Амударьи и Сырдарьи возникают

споры по водопользованию. В статье также анализируются экологические,

социально-экономические

и

политические

факторы

управления

трансграничными водными ресурсами. Даны рекомендации по решению

проблемы на основе международного опыта.

Abstract: This article discusses the issues of using transboundary water

resources in the Central Asian region. Due to the insufficient effectiveness of

interstate agreements on the level and flow of the major rivers in the region - the Amu

Darya and the Syr Darya, water use disputes are arising. The article also analyzes

the ecological, socio-economic and political factors in the management of

transboundary water resources. Recommendations are given to solve the problem

based on international experience.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

326

Kalit so’zlar: Transchegaraviy suv, Amudaryo, Sirdaryo, Markaziy Osiyo,s

uv resurslari, integratsiyalashgan boshqaruv, ekologiya, suv nizolari.

Markaziy Osiyo mintaqasi o’zining suv resurslari bilan har doim ham boy

bo’lmagan.Mintaqadagi ikki asosiy daryo-Amudaryo va Sirdaryo- bir nechta

davlatlar hududidan o’tadi va bu holat ushbu suv manbalarini “transchegaraviy”

qiladi. Bu esa o’z navbatida mintaqa davlatlari o’rtasida suvdan foydalanish borasida

muammolarni yuzaga keltirmoqda. Masalan, yuqori oqimda joylashgan Qirg’iziston

va Tojikiston mamlakatlari gidroenergetika ehtiyojlarini qondirish uchun

daryolarning suvini ko’proq saqlab qolishga harakat qilsa, quyi oqimdagi

O’zbekiston,Qozog’iston va Turkmaniston esa qishloq xo’jaligi uchun suvi ko’proq

talab qiladi.Bu qarama-qarshi manfaatlar sabab suv resurslarini adolatli taqsimlash

masalasi dolzarb bo’lib qolmoqda. Yana bir muhim jihat- bu ekologik falokat

xavfidir. Orol dengizining qurishi, daryolar sathining kamayishi va tuproq

sho’rlanishi hududda ekologik muvozanat buzilishiga olib kelmoqda.Bu esa aholining

salomatligi va iqtisodiy holatga bevosita salbiy ta’sir qilmoqda.

Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun transchegaraviy suv resurslarini

integratsiyalashgan holda boshqarish tizimiga o’tish, shuningdek, xalqaro

konvensiyalar asosida o’zaro kelishuvlar ishlab chiqish zarur. Bunda Yevropa Ittifoqi

yoki Janubi-Sharqiy Osiyo tajribasidan foydalanish mumkin.Shuningdek, Markaziy

Osiyodagi suv resurslarini boshqarishda xalqaro huquqiy me’yorlarning roli ham kata

ahamiyatga ega.

BMTning 1997-yilda qabul qilingan “Transchegaraviy suv oqimlaridan

foydalanish va ularni muhofaza qilish tog’risidagi konvensiyasi” davlatlar o’rtasidagi

suv taqsimoti va undan adolatli foydalanish tamoyillarini belgilaydi. Afsuski, bu

konvensiyaga mintaqaning barcha davlatlari qo’shilmagan , bu esa xalqaro huquqiy

mexanizmlarning to’liq ishlashiga to’sqinlik qilmoqda.Yoshlar, fuqarolik jamiyati

vakillari va ekologik tashkilotlarning ham bu jarayonlarda faol ishtiroki taminlansa,

hamkorlikka asoslangan va barqaror yechimlarga erishish imkoniyati yanada ortadi.

Suv resurslari atrofidagi muammolar nafaqat texnik yoki siyosiy, balki ijtimoiy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

327

muammolar ham bo’lgani uchun keng jamoatchilikning xabardorligi va ishtiroki

muhimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Amudaryo va Sirdaryo suv resurslarini boshqarish bo’yicha mintaqaviy

strategiyalar.-Toshkent:TIQXMMI nashriyoti, 2020.-240b

2.Philip Micklin. The Aral Sea Disaster: Causes,Consequences, and Future.-

Springer,2014.-P.947-949.

3.Shodmon Ibrohimov.Transchegaraviy suv resurslarini boshqarishning iqtisodiy va

huquqiy jihatlari.-Toshkent:Fan,2018.2023.-B.153-154.

4.Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (CAREC).Mrkaziy Osiyo suv

resurslarini

boshqarish:

barqaror

rivojlanish

uchun

strategiyalar.-CAREC

nashriyoti,2021.-154 b.

5.Mukhamedjanova.G.(2021). Transboundary Water Management in Central Asia:

Legal Frameworks and Regional Cooperation.Central Asian Journal of Water

Research,Vol. 7(2),pp.45-62.