MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
84
KICHIK TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI
TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH
J.B.Qurbonov –
iqtidorli talaba
Y.P.Urunbayeva –
(PhD) i.f.f.d., dotsent.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada aholining turmush darajasini yaxshilash
uchun kichik tadbirkorlikni rivojlantirish eng muhim tadbirlardan biri ekanligi ustida
o‘tkazilgan adabiy tadqiqotlar natijasi bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
tadbirkorlik, xo‘jalik, iqtisod, manfaat, turmush darajasi,
ijtimoiy himoya, bandlik, ishsizlik, innovatsion iqtisodiyot, bozor kon’yukturasi.
Аннотация:
В статье представлены результаты исследования
литературы, показывающие, что развитие малого бизнеса является одной из
важнейших мер повышения уровня жизни населения.
Ключевые слова:
предпринимательство, экономика, хозяйство,
прибыль, уровень жизни, социальная защита, занятость, безработица,
инновационная экономика, рыночная конъюнктура.
Annotation:
This article presents the results of a literature study that
demonstrates that the development of small businesses is one of the most important
measures to improve the living standards of the population.
Keywords:
entrepreneurship, economy, economy, profit, standard of living,
social protection, employment, unemployment, innovative economy, market
conditions.
Kirish va mavzuning dolzarbligi.
Kichik tadbirkorlik uzoq davrlar
mobaynida inson xo‘jalik faoliyati va uning ijtimoiy hayotining tarkibiy qismi
hisoblangan. Qadim zamonlardan kichik tadbirkorlikning ijti¬moiy-jamoa instituti
sifatida, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar hamda foydali faoliyat sifatida
mavjudligi – bularning barchasi birgalikda insoniyat jamiyati va turmushining zaruriy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
85
sharti hisoblanib kelingan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, aynan kichik tadbirkorlik
jamiyatning rivojlanish darajasini nafaqat uning ishlab chiqarish kuchlari nuqtayi
nazaridan, balki ma’naviy va ma’rifiy holatini inobatga olgan holda egalladi, desak,
xato bo‘lmaydi.
Dunyo mamlakatlarining ilg‘or tajribasi shundan dalolat beradiki, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakat ijtimoiy taraqqiyotiga katta ijobiy ta’sir
ko‘rsatib, millat iqtisodiyotining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi . Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat ijtimoiy taraqqiyotidagi alohida, o‘ziga
ahamiyati shundan iboratki, u aholi daromadlarining shakllanishida, mehnatga
layoqatli kishilarni ish bilan ta’minlashda, qashshoqlik va nochorlikni bartaraf
etishda, o‘rta hol aholi qatlami saflarini kengaytirishda, haqiqiy ishbilarmonlarni
ro‘yobga chiqarish muammosini hal etishda aholining turli tuman tovarlar va
xizmatlarga bo‘lgan talablarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. U insonning yaxshi
va farovon turmush kechirishiga bo‘lgan tabiiy intilishlari bilan uning o‘zida
mujassamlashgan potensial imkoniyatlari va salohiyati o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni
ta’minlash asosida barcha sotsial guruxlarni qanoatlantiradigan ijtimoiy muhit
tug‘diradi, shaxs, davlat va jamiyat iqtisodiy manfaatlarini uyg‘unlashtiradi va, shu
tariqa, jamiyatda ijtimoiy adolat va siyosiy barqarorlik o‘rnatishga ko‘maklashadi.
Uning mamlakat iqtisodiy yuksalishidagi ahamiyati esa yalpi ichki mahsulot ishlab
chiqarish hajmining ko‘payishi va o‘sish sur’atlarining jadallashuvida (mutlaq va
nisbiy ko‘rsatkichlarda), bozorda raqobat muhitini kuchaytirishda, milliy
iqtisodiyotning eksport salohiyatini shakllantirishda, beqaror bozor tizimining
moslashuvchanligini oshirishda, ilmiy-texnika taraqqiyotini yangi marralarga olib
chiqishda, yirik korxonalarga kerakli mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish orqali
ularning uzluksiz ishlashini ta’minlashda, yangi ish o‘rinlarini yaratish, resuslardan
unumli foydalanish, davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish kabilarda o‘z ifodasini
topadi.
Adabiyot tahlili.
Mamlakatning postindustrial jamiyat sari yuksalib borishi
milliy iqtisodiyotda o‘ziga xos tarkibiy o‘zgarishlarni taqozo etadi. Ushbu jarayonlar
ayniqsa qishloq xo‘jaligida muammoli va og‘ir kechdi. Chunki bozor iqtisodiyoti
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
86
sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ham
xuddi boshqa soha va tarmoq tadbirkorlari singari keskin raqobat muhitida tabiiy
ravishda resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l
qo‘ymaslikka majbur. Qishloq joylarda iqtisodiy islohotlar natijasi bo‘lgan bunday
o‘zgarishlar ushbu tarmoqda rejali, ma’muriy-buyruqbozlik tizim davrida ortiqcha
band bo‘lgan mehnat resurslarining bir qismini qisqartirish, ya’ni ularni ishdan
bo‘shatish muammolarini keltirib chiqardi. Bu jarayon esa, o‘z navbatida, qishloq
aholisini ish bilan ta’minlash muammolarini keskinlashtirdi. Real voqelikda yuzaga
kelgan bunday murakkab va dolzarb muammoni hal etishning asosiy yo‘li – kichik va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday
mas’uliyatli vazifani ushbu sektorgina o‘z zimmasiga oladi.
Bundan tashqari, kichik tadbirkorlik subyektlari iste’mol talabining
o‘zgarishlariga hammadan tez moslashadi, bozor kon’yukturasi va vaziyatning
tebranishlariga muvofiq tarzda o‘z faoliyati yo‘nalishini tez va nisbatan asoratsiz
o‘zgartira oladi. Kichik tadbirkorlikning o‘ziga xos ustunliklaridan yana biri
shundaki, u o‘z faoliyatini tashkil qilish uchun kamroq resurs talab qiladi va bankrot
bo‘lgan holda jamiyat uchun talofotli iqtisodiy oqibatlarga olib kelmaydi. Kichik
korxonalarda hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarida faoliyat olib borish uchun
ishchi va xizmatchilardan juda yuqori malaka va katta tajriba talab qilinmaydi .
Kichik va xususiy tadbirkorlik tarmoqlararo va mintaqalararo raqobatni kuchaytirish
asosida ishchi kuchini oqilona joylashtirish va mintaqaviy tafovutlarni yumshatish,
mamlakatda mulkdorlar qatlamini yaratish, mamlakat eksport salohiyatini ko‘tarish
muammolarini hal etishda juda katta ijobiy rol o‘ynaydi. Bir qator manbalarda kichik
va xususiy tadbirkorlikning aynan qishloq joylarida unumli va mohirona foydalanish
mumkin bo‘lgan bir qator o‘ziga xos ustunliklari borligi asoslab berilgan.
Biz ham kichik va xususiy tadbirkorlik sohasining bozor kon’yukturasining
o‘zgaruvchan talablariga hamda vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotda bo‘lib turadigan
iqtisodiy inqirozlarga tez moslasha olishi, qolaversa mamlakatning kelajagi, uning
jahon iqtisodiy integratsiyasi va xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni, mamlakatda
ishlab chiqarilgan tavarlar va xizmatlarning dunyo bozoridagi raqobatbardoshligi,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
87
aholining turmush farovonligi ko‘p jihatdan kichik va xususiy tadbirkorlik
faoliyatining holati hamda rivojlanish darajasi bilan uzviy bog‘liqligiga alohida
to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
1. Milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash makroiqtisodiy siyosat kontekstida
kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalar ishlab chiqarishni tor sohalar bo‘yicha
ixtisoslashishni chuqurlashtirish imkonini beradi. Ishlab chiqarish hajmi kichik va
moliyaviy mustahkamlik darajasi yuqori bo‘lmaganligi sababli o‘z iqtisodiy mavqeini
mustahkamlashga bo‘lgan tabiiy intilish kichik va xususiy tadbirkorlarni keskin
raqobatga undaydi, barcha mavjud imkoniyatlardan to‘la va unumli foydalanishni
taqazo etadi. O‘zining bozordagi mavqeini yo‘qotmaslik va raqobat kurashida
mag‘lubiyatga uchramaslik uchun tovarlar va xizmatlar turlarini kengaytirish,
ularning sifatini oshirish, yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, yangi
bozorlar izlab topish, fan va texnika sohalari yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy
qilishga intiladilar. Bunday strategiyani amlga oshirish uchun katta mablag‘ va
kuchlar talab qilinmaydi, muhimi buni qisqa bir muddatda, ishlab chiqarishni
to‘xtatmay, asoratsiz amalga oshirish mumkin.
2. Kichik korxonalarda iste’molchi talablarining o‘zgarishi, buyurtmaga qarab
o‘zining yangi mahsulot turini ishlab chiqarishni tezlik bilan yo‘lga qo‘yish
imkoniyati paydo bo‘ladi. O‘zbekiston ichki bozori keyingi yillarda yangi tovar va
xizmat turlari hisobidan to‘xtovsiz kengayib, boyib bormoqda. Shunga mos tarzda
iste’molchilar talabining tarkibi tubdan o‘zgarmoqda, yangi tovar va xizmatlar
turlariga talabning hajmi o‘sib bormoqda. Bunday o‘zgarishlarga yirik korxonalar,
kompaniyalar bir tomondan tez moslasha olmaydilar. Ikkinchi tomondan katta
moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan bu toifadagi korxonalarda kichik hajmda mahsulot
ishlab chiqarishga qiziqmaydilar. Bu og‘ir vazifani moliyaviy jihatdan imkoniyati
ancha zaif bo‘lgan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari yaxshi uddalaydi.
3. Kichik korxonaning ishlab chiqarishni egiluvchan tarzda tashkil etish,
bozor talablari va vaziyatiga muvofiq mahsulot o‘z vaqtida, kechiktirmasdan sotuvga
chiqarish, marketing xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatlari yirik
korxonalarga nisbatan ko‘p. Ular (kichik korxonalar) aholini noan’anaviy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
88
qisqartirilgan ish vaqti asosida mehnatga jalb etishning qulay shakli bo‘lib maydonga
chiqadi. Iqtisodiyotda band bo‘lganlar, nisbatan ortiqcha bo‘lib turgan ishchi kuchini
ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etishning, ya’ni ishsizlikka qarshi kurash olib
borishning o‘ziga xos, samarali vositasi hisoblanadi.
4. Kichik korxonalar, xususiy tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlikning o‘ziga
xos maktabi, aniqrog‘i kelajakda yirik korxonalarda ishlash va uni boshqarishning sir-
asrorlarini o‘rganish, amalda tadbirkorlikning hayotiy saboqlaridan dars olish, tajriba
orttirish vazifasini bajaradilar. Ayniqsa, fan va texnika taraqqiyoti sohasida faol
ishlayotgan xo‘jalik subyektlari ishchi-xodimlari, mutaxassislari uchun ijodiy ishlash
hamda kelajakda bu imkoniyatlarni yuqori darajada avtomatlashgan yirik ishlab
chiqarishga joriy etish uchun yaxshi baza yaratiladi. Ushbu sektor subyektlari har
qanday shaxsda mujassamlangan tadbirkorlik qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, uni
boyitishda muhim ahamiyatga ega.
5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy
resurslarga talabchanligi kam. Chunki ushbu subyektlar faoliyati uchun zarur bo‘lgan
kichik hajmdagi bino va inshoatlarni tez va qisqa muddatda nisbatan kam moliya
resurslarini sarflab amalga oshirish, ko‘p hollarda esa tayyor, biron ishlatilmay turgan
bino va uskunalarni ijaraga olish hisobidan amalga oshirish imkoniyatlari mavjud.
Bundan tashqari, oborot mablag‘larining aylanish tezligi ham yirik korxonalarga
nisbatan ancha yuqori. Bu omillar asosiy va aylanma mablag‘lar samaradorligini
oshirish hamda dastlab avanslangan kapital sarmoyalarni nisbatan tez qoplash uchun
real sharoit yaratib beradi. Natijada ushbu sektorda yaratiladigan har bir ish o‘rnining
nisbat qiymati sezilarli darajada arzonga tushadi. Yangi ish o‘rinlariga ehtiyoji katta
bo‘lgan ayni bir paytda iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga
oshirilayotganligi sababli moliyaviy resurslar tanqisligi muammosi mavjud bo‘lgan
O‘zbekiston uchun juda katta amaliy ahamiyatga ega.
6. Kichik tadbirkorlik mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan va aholi keng
qatlamlari manfaatlarini o‘zida aks ettiradigan bozor iqtisodiyotini shakllantirish
strategiyasini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. U bozor
munosabatlari
hukmronlik
qilgan
jamiyatda
mulkchilik
munosabatlarini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
89
mustahkamlash, o‘rta qatlam saflarini kengaytirish muammolarini iqtisodiy metodlar
bilan hal etishda muhim o‘rin tutadi. Tadbirkorlik kishilarda mulkni qadrlash,
isrofgarchilik va ortiqcha, o‘zini oqlamaydigan sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik,
iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish madaniyatini shakllantiradi.
7. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi keng qatlamlarining, aniqrog‘i
tadbirkorlik harakat va intilishlarini ro‘yobga chiqarishga sharoit tug‘dirib beradi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun katta jamg‘arma yoki
moliyaviy resurslar talab etilmaydi. Ozgina kredit (mikrokredit) ijaraga olingan bino
yoki uskunalar bilan uni boshlab yuborish mumkin. Bunday imkoniyatning
mavjudligi mulk bilan mehnat o‘rtasidagi, mulkdorlar sinfi bilan aholi o‘rtasidagi
iqtisodiy ziddiyatlarni yumshatishga yordam beradi.
8. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yirik korxonalarni butlovchi
materiallar bilan ta’minlash, ularni ehtiyot qismlarini yetkazib berish yo‘li bilan yirik
ishlab chiqarishni rivojlantirishga amaliy yordam beradilar. Kichik tadbirkorlar yirik
ishlab chiqaruvchilarni ikkinchi darajali, ya’ni yirik ishlab chiqarish nuqtayi
nazaridan katta samara bermaydigan ishlardan ozod etadilar. Buning evaziga yirik
korxonalar faoliyati samaradorligi oshadi.
Umuman olganda kichik tadbirkorlik nafaqat daromad manbai, balki
odamlarning ijodiy va intellektual qobiliyatini ro‘yobga chiqarish vositasi hamdir.
Mazkur soha har bir kishiga o‘z iste’dodi va imkoniyatlarini namoyon etish uchun
zamin tug‘diradi, shu tariqa tashabbuskor, omilkor, mustaqil faoliyat yurita oladigan,
o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga qodir insonlar toifasini shakllantirishga
xizmat qiladi.
So‘ngi yillar davomida O‘zbekistonda kichik biznesga qaratilgan e’tibor
tufayli yuzaga kelgan vaziyatda davlatimiz rahbariyati tomonidan olib borilgan
islohotlar va strategik maqsadlarning amaliy ijrosi milliy iqtisodiyotimizni barqaror
o‘sishini ta’minlab, xalqimizning munosib hayot kechirishiga zamin yaratdi. Jahon
bankining keltirishicha, O‘zbekiston 2017 yilda raqobatbardosh va inklyuziv bozor
iqtisodiyotini barpo etish bo‘yicha muhim islohotlar jarayonini boshladi. Asosiy
islohotlar valyuta kursini liberallashtirish, import tariflarini pasaytirish, tanlangan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
90
tovar va xizmatlar narxlarini erkinlashtirish, monopoliyaga qarshi qo‘mitani tashkil
etishdan iborat bo‘ldi. Aytish o‘rinliki, ushbu dastlabki sa’y-harakatlar xususiy
sektorni rivojlantirish, ko‘proq va yaxshi ish o‘rinlari yaratish yo‘lidagi muhim
qadam bo‘ldi. So‘nggi olti yilda O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga
qaratilgan 2 mingga yaqin qonun, farmon va qaror qabul qilindi. Buning natijasida:
tadbirkorlik sohasida talab etiladigan 114 turdagi litsenziya va ruxsatnoma
bekor qilindi;
33 turdagi litsenziya va ruxsatnoma o‘rniga xabardor etish tartibi joriy etildi;
soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi;
soliq tekshiruvlari turi 13 tadan 3 taga qisqartirildi;
qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga kamaytirildi;
ijtimoiy soliq stavkasi 25 foizdan 12 foizga tushirildi;
3,5 ming turdagi tovarlar uchun import bojxona boji va 1,1 ming turdagi
tovarlar uchun aksiz solig‘i bekor qilindi;
3 mingdan ziyod turdagi tovarlar uchun import bojxona bojlari keskin
kamaytirildi.
2022-yil ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan
tadbirkorlik subyektlari tarkibida mas’uliyati cheklangan jamiyatlar 54,2 foizni,
fermer xo‘jaliklari 18,1 foizni, xususiy korxonalar 15,3 foizni, oilaviy korxonalar 9,4
foizni, dehqon xo‘jaliklari 1,9 foizni, boshqa shakldagi subyektlar ulushi 1,1 foizni
tashkil etgan. 2017-yilda tadbirkorlik subyektlari soni 283 mingdan ortiqni tashkil
etgan. Tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida so‘nggi 6 yilda
amalga oshirilgan islohotlar natijasida bu ko‘rsatkich 2022-yil yakuniga kelib, 523
mingtadan ortib ketdi yoki 2017-yildagiga nisbatan 240 mingtaga yoki 1,8 marotaba
ortgan. O‘zbekistonda 2022-yil yakunlari bo‘yicha har 1 000 kishiga to‘g‘ri keladigan
tadbirkorlar soni o‘rtacha 15 nafarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida
36,8 nafarni, Navoiy viloyatida 21,9 nafarni, Sirdaryo viloyatida 18,1 nafarni,
Surxondaryo viloyatida 10,3 nafarni, Qashqadaryo viloyatida 10,6 nafarni,
Namangan viloyatida 11,4 nafarni tashkil etgan. 2022-yil yakuniga kelib, kichik va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
91
xususiy tadbirkorlikning YIMdagi ulushi 54,9 foizga, qurilishda 72,4 foizga va
bandlik sohasida 74,4 foizga yetdi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar va muhim qarorlar qabul qilinishi natijasida o‘tgan
so‘nggi bir yil davomida aholini bandligini oshirilishida kichik biznesning ahamiyati
katta bo‘ldi desak yanglishmaymiz. Jumladan, kichik tadbirkorlar soni 40 ming taga
ko‘paydi va ularning umumiy soni 490 ming tani tashkil qilayapti. O‘rta tadbirkorlar
soni esa 2 ming taga oshib, hozirda ularning soni 10 ming taga yetdi. Yirik korxonalar
soni ham o‘tgan qisqa davrda 400 taga ko‘paydi. Endilikda ularning umumiy soni
1500 ta bo‘ldi. Tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faolligi oshishi, soliq
ma’murchiligida yangi instrumentlarning joriy etilishi va xufiyona iqtisodiyotga
qarshi kurashish natijasida 2021 yilda soliq turlari bo‘yicha ham sezilarli ravishda
o‘sish kuzatilib, 2020 yilga nisbatan foyda, qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq tushumlari
1,3 baravarga, noruda qazilmalardan soliq va suv solig‘i tushumlari 1,4 baravarga,
yer solig‘i 1,7 baravarga o‘sdi.
Birgina, o‘tgan yilgi murojaatlardagi takliflar asosida biznes sub’ektlari
mikro, kichik, o‘rta va yirik toifalarga bo‘lindi va ularning har biri bilan alohida
yondashuvlar asosida ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. 2023-yil hisobotiga ko‘ra, tuman
va shaharlar 5 ta toifaga ajratilib, 60 ta tumanga alohida soliq, kredit va moliyaviy
yordam rejimlari joriy qilindi. Natijada bu tumanlardagi tadbirkorlar o‘tgan yilning
dastlabki olti oyida qariyb 1 trillion so‘mlik imtiyozlardan foydalandi. Buning
hisobidan 20 ta tumandagi tadbirkorlarning daromadi 2022- yilga nisbatan 1,5-2
barobar oshdi. Boshqacha aytganda, joriy yilning birinchi yarmida 7 trillion so‘mdan
11,5 trillion so‘mga ko‘paygan. 2022-yildagi “ochiq muloqot”da belgilangan
vazifalarni amalga oshirish maqsadida yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirish orqali bandligini ta’minlash orqali 121 ming 731 nafar yoshlarga 2 trln
894 mlrd so‘m kredit ajratildi. Umuman olganda mamlakatimizda tadbirkorlikni,
ayniqsa kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, ularning faoliyatida kelib chiqayotgan
muammo va to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rilmoqda.
Natijada o‘tgan bir yilda 55 mingdan ortiq biznes uchun mo‘ljallangan binolar barpo
etildi, pul aylanmasini 1 million dollardan oshirgan tadbirkorlar soni 5 mingtaga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
92
ko‘payib, 26 mingtani tashkil etdi, eksport qiluvchi korxonalar soni 7,5 mingtaga
yetib, jami eksport hajmi 30 foizga ko‘paydi.
Kichik
biznesni
rivojlantirish
barqaror
rivojlanishning
ustuvor
yo‘nalishlaridan ekanligi qolaversa, mamlakat iqtisodiyotini “yashil makon” dasturi
asosida rivojlantirishning bir bo‘g‘ini sifatida e’tirof etilib tadbirkorlikni rivojlantirish
borasida istiqbolli dasturlar ijrosi bo‘yicha qarorlar chiqarildi. Jumladan, 2023 yil
12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirishda
tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Mazkur huquqiy hujjatga asosan,
mamlakatimizda “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi
amalga oshiriladi. 2023-2024 yillarda dasturni amalga oshirish uchun jami 1 milliard
AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishi rejalashtirilgan edi. Bunda dasturga
kiritilgan tadbirkorlik sub’ektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun 2023 yilda
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan tijorat banklariga 100 million AQSh dollari
ekvivalentida kredit liniyasi ochilishi ko‘zda tutilgan edi.
Ushbu dasturdan ko‘zda tutilgan maqsad 20 000 tadbirkor tomonidan 500
ming ish o‘rini yaratishdan iborat bo‘lib, unga ko‘ra qatnashchilarga bir qancha
imtiyozlar taqdim etilishi belgilandi:
- Barcha soliqlardan (QQS va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘idan tashqari) bir yilgacha to‘lov ta’minotlarisiz, foizlarsiz bo‘lib bo‘lib to‘lash
imkoniyati beriladi.
- Agar tadbirkor “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan fuqarolarni ishga
olsa, har bir shunday ishchi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
(BHMning 2 barobaridan oshmagan miqdorida) tadbirkorga qaytarib beriladi.
Shuningdek, ijtimoiy soliqni 50 foizgacha pasaytirilgan stavkada to‘laydi.
Joriy yilda iqtisodiyotimizga xorijiy investorlarni jalb etish, tadbirkorlik va
xususiy mulk uchun keng imkoniyatlar yaratishni yanada kuchaytirish, ilm-fan
innovatsiya, IT kabi sohalarni rivojlantirish maqsadida joriy 2024-yilni
mamlakatimizda “Yoshlar va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlandi.
Va istiqbolda kichik biznesni, umuman tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
93
yo‘lida bir qancha islohotlar rejasi hamda, hal etilishi kerak bo‘lgan masalalarni
ko‘rib chiqish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini
“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra:
Yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan
shug‘ullanishga qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida:
a) oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40
foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilsin;
b) 2024 yil 1 iyundan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yosh
tadbirkor” tanlovlarini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin:
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida biznes uchun
yanada qulay sharoitlarni yaratish maqsadida “Biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi”
doirasida 2024 yil yakuniga qadar:
-kompleks qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish orqali 2
million aholini biznesga jalb qilish;
-yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali 5 million aholining bandligini ta’minlash
uchun zarur sharoitlar yaratilsin.
2024 yil 1 iyuldan boshlab nufuzli xalqaro brendlar bilan ishlab chiqarishni
boshlayotgan korxonalarga:
-xalqaro standartlarni joriy etish va ekologik sertifikatlash xarajatlarini qoplab
berish tartibi joriy qilinsin;
-uch yil davomida nufuzli xalqaro brendlar ostida ishlab chiqariladigan
mahsulotlar uchun zarur bo‘lgan barcha xomashyolar mahalliylashtirish darajasini
kamida 60 foizga yetkazish sharti bilan bojxona bojidan ozod etilsin;
Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish hususidagi ushbu islohotlar, kichik
biznesning mahalliy savdo faoliyati orqali mahalliy jamoatning xizmatlari va
mahsulotlarini yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lib, turmush darajasini oshirishda
muhim o‘rin egallashi bilan barqaror iqtisodiyotga erishish uchun ahamiyatli
hisoblanadi. Bu tadbirkorlikning o‘z faoliyati va xizmatlari jamoatga qulaylik va
imkoniyatlarni oshirishi, ish o‘rinlarini yaratishi va mamlakat iqtisodiyoti uchun
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
94
xavfsizlikni ta'minlash imkoniyatlarini takomillashtirishi bilan bugungi kunning
ustuvor yo‘nalishi sifatida qayd etilmoqda. Bu tadbirkorlik shuningdek, mahalliy
jamoatni qo‘llab-quvvatlash, uning xizmatlari va mahsulotlari orqali ommaviy
xizmatni taqdim etish, va muhim bo‘lgan ish o‘rinlarini yaratish orqali mamlakat
iqtisodiyoti uchun muhimdir.
Kichik tadbirkorlikning aholi turmush darajasini oshirishdagi o‘rnini
tushuntirish uchun quyidagi nuqtalarni ko‘rsatish mumkin:
1. Mahalliy Bozorlar va Xizmatlar: Kichik tadbirkorlik, mahalliy bozorlarda
o‘zlarining mahsulotlarini sotish orqali turmush darajasini oshirishda muhim rol
o‘ynaydi. Ular mahalliy mijozlar bilan yaqin aloqada bo‘lib, ularning ehtiyojlariga
mos xizmatlarni taklif etish orqali turmush darajasini oshirishadi.
2. Ish O‘rinlari Yaratish: Kichik tadbirkorlar o‘z faoliyati orqali mahalliy
jamoatga ish o‘rinlari yaratish va bular orqali insonlarga ish imkoniyatlari taqdim
etish bilan ham shug‘ullanadilar. Bu, turmush darajasini oshirishda ko‘proq
insonlarga ish imkoniyatlari yaratish uchun katta ahamiyatga ega.
3. Moliyaviy Qo‘llab-quvvatlash: Kichik tadbirkorlar, o‘zlarining faoliyati
orqali mamlakat iqtisodiyoti va moliyaviy daromadini oshirishda muhim rol
o‘ynaydilar. Ular sotiladigan mahsulotlar va xizmatlar orqali mamlakat
iqtisodiyotining qalinliklariga qarshi turgan va yangi daromad manbalari yaratish
orqali turmush darajasini oshirishadi.
4. Innovatsiyalar va Texnologiyalar: Kichik tadbirkorlar, yangiliklarga va
texnologiyalarga
e'tibor
qaratish
orqali
o‘zlarining faoliyatini yanada
rivojlantirishadi. Bu, turmush darajasini oshirishga imkoniyat yaratishda muhimdir,
chunki yangiliklar va texnologiyalar faoliyatni sifatliroq qiladi va ommaviy xizmatni
yaxshilaydi.
5. Sodda Turmush Darajasi va Ijtimoiy Maslahatlashuv: Kichik tadbirkorlar
o‘z faoliyati orqali mahalliy jamoatni qo‘llab-quvvatlash, ularning ehtiyojlariga javob
berish va ijtimoiy maslahatlashuvda qatnashish orqali sodda turmush darajasini
oshirishda muhim rol o‘ynaydilar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
95
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda kichik biznes tarmoqlarining kengayishi
mamalatning barqaror suratda rivojlanishi, aholi turmush darajasining yaxshilanishi,
ishsizlik muammolarining yumshatilishi, yoshlarning o‘z-o‘zini band qilishini
moliyaviy rag‘batlantirish, inson kapitalining roli mamalakat rivojida har
qachongidanda muhim omil ekanligini ko‘rsatish hamda, davlatning iqtisodiy
ahvolini yaxshilash kabi masalalarning yechimlaridan biri sifatida e’tirof etilishi
bilan ahamiyatlidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
1.
PIRNAZAROVNA, U. Y., & ISMATJONOVNA, U. M. (2023). SOCIO-
ECONOMIC IMPORTANCE OF THE SERVICE SECTOR.
JOURNAL OF
ECONOMY, TOURISM AND SERVICE
,
2
(6), 1-6.
2.
PIRNAZAROVNA, U. Y. (2023). THE ROLE OF THE SERVICE SECTOR
IN THE DEVELOPMENT OF THE COUNTRY.
AMERICAN JOURNAL OF
BUSINESS MANAGEMENT, ECONOMICS AND BANKING
,
12
, 20-25.
3.
PIRNAZAROVNA, U. Y. (2023). SERVICE PROVISION AND
STANDARD
OF
LIVING
OF
THE
POPULATION;
INTERDEPENDENCE.
INFORMATION HORIZONS: AMERICAN JOURNAL OF
LIBRARY AND INFORMATION SCIENCE INNOVATION (2993-2777)
,
1
(10), 25-
27.
4.
PIRNAZAROVNA, U. Y. (2023). FACTORS AFFECTING THE LEVEL OF
POPULATION.
MIASTO PRZYSZŁOŚCI
,
34
, 180-186.
5.
PIRNAZAROVNA, U. Y. (2024). THE THEORETICAL FRAMEWORK
FOR MUSEUM TOURISM DEVELOPMENT.
INTERNATIONAL JOURNAL OF
SCIENTIFIC RESEARCHERS (IJSR) INDEXING
,
4
(2), 355-358.
6.
УРУНБАЕВА, Ю. П. (2024). ХИЗМАТ КЎРСАТИШ СОҲАСИНИНГ
АҲАМИЯТИ.
USTOZLAR UCHUN
,
56
(1), 186-190.
7.
УРУНБАЕВА, Ю. П. (2024). ХИЗМАТ КЎРСАТИШ СОҲАСИНИ–
АҲОЛИ ТУРМУШ ДАРАЖАСИГА ТАЪСИР ЭТУВЧИ ОМИЛИ.
TA'LIM
INNOVATSIYASI VA INTEGRATSIYASI
,
19
(1), 166-171.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
96
8.
УРУНБАЕВА,
Ю.
П.
(2024).
МЕҲНАТ
РЕСУРСЛАРИ–
ТАРАҚҚИЁТИНИНГ
БОШ
ОМИЛИ.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
43
(3), 57-60.
9.
УРУНБАЕВА, Ю. (2024). МЕҲНАТ РЕСУРСЛАРИ–МИЛЛИЙ
ИҚТИСОДИЁТНИ
РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ
АСОСИЙ
ОМИЛИДИР.
IQTISODIY TARAQQIYOT VA TAHLIL
,
2
(2), 644-649.
10.
УРУНБАЕВА, Ю. П. (2016). СФЕРЫ УСЛУГ И УРОВЕНЬ ЖИЗНИ
НАСЕЛЕНИЯ.
IN
НАУКА
СЕГОДНЯ
ФУНДАМЕНТАЛЬНЫЕ
И
ПРИКЛАДНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
(PP. 97-99).
11.
УРАЛОВ, Ш. А., НУРМАТОВА, С. А., & УРУНБАЕВА, Ю. П. (2020).
ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ КАК ГЛАВНЫЙ ФАКТОР
РАЗВИТИЯ
ЭКОНОМИКИ,
ОСНОВАННОЙ
НА
РЫНОЧНЫХ
ОТНОШЕНИЯХ. IN
СТУДЕНТ ГОДА 2020
(PP. 105-112).
12.
УРУНБАЕВА, Ю., & АРТИКОВ, З. (2021). НЕКОТОРЫЕ ПУТИ
ПОВЫШЕНИЯ УРОВНЯ ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ.
IN LIBRARY
,
21
(2), 92-94.
13.
URUMBAEVA,
Y.
P.,
&
RAXIMBERDIYEV,
T.
(2023).
COMPREHENSIVE
ANALYSIS
OF
POPULATION
INCOME
LEVELS.
JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE
,
2
(11), 8-14.
14.
PIRNAZAROVNA, U. Y. (2024). LABOR RESOURCES-INVALUABLE
ASSETS.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS (IJSR)
INDEXING
,
4
(2), 443-446.
15.
УРУНБАЕВА, Ю. П. (2016). УРОВНЯ ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ ЭТО
СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ПРИРОДА. IN
НАУКА СЕГОДНЯ:
ФАКТЫ, ТЕНДЕНЦИИ, ПРОГНОЗЫ
(PP. 58-60).
16.
УРУНБАЕВА, Ю. (2016). РОЛЬ СФЕРЫ УСЛУГ В СОЦИАЛЬНО-
ЭКОНОМИЧЕСКОМ
РАЗВИТИИ
СТРАНЫ.
ЭКОНОМИКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ
, (4), 38-46.
17.
УРУНБАЕВА,
Ю.
(2016).
ВОЗМОЖНОСТИ
УВЕЛИЧЕНИЯ
СВОБОДНОГО ВРЕМЕНИ НАСЕЛЕНИЯ НА ОСНОВЕ РАЗВИТИЯ СФЕРЫ
УСЛУГ.
ЭКОНОМИКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ
, (5), 88-93.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
97
18.
УРУНБАЕВА,
Ю.,
&
УРАЛОВ,
Ш.
(2020).
ТЕОРЕТИКО-
МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ СФЕРЫ УСЛУГ.
IN
LIBRARY
,
20
(4), 116-123.
19.
PIRNAZAROVNA, U. Y. (2024). THE IMPACT OF MUSEUM TOURISM
ON ENHANCING QUALITY OF LIFE.
INTERNATIONAL JOURNAL OF
SCIENTIFIC RESEARCHERS (IJSR) INDEXING
,
4
(2), 359-363.
20.
УРИНБАЕВА, Ю. П. (2016). ПЕРСПЕКТИВЫ ПОВЫШЕНИЯ УРОВНЯ
ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ НА ОСНОВЕ РАЗВИТИЯ МАЛОГО И ЧАСТНОГО
БИЗНЕСА.
НАУЧНЫЙ АЛЬМАНАХ
, (11-1), 321-326.