MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
54
ISHSIZLIK DAVRIDA BOZOR IQTISODIYOTINI
RIVOJLANTIRISH
S.B.Oʻktamova
– iqtidorli talaba.
Y.P.Urunbayeva –
(PhD) i.f.f.d., dotsent.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ishsizlikning turlari, uning sabab va oqibatlari
hamda uni kamaytirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan bo‘lib, davlat siyosati va bozor
mexanizmlarining ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi
roli tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari iqtisodiy siyosatni shakllantirishda muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, mehnat bozorining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
Bozor iqtisodiyoti, iqtisodiy sikllar, davriy rivojlanish, ishsizlik,
ishbilarmonlik, iqtisodiy inqiroz, turg‘unlik, mehnat bozori, ish o‘rinlari, davlat
siyosati, bozor mexanizmlari, iqtisodiy barqarorlik, strukturaviy ishsizlik, tsiklik
ishsizlik, friksion ishsizlik, mehnat samaradorligi.
Abstract:
This article examines the types of unemployment, its causes and
consequences, and ways to reduce it, and analyzes the role of public policy and
market mechanisms in creating jobs and ensuring economic stability. The results of
the study are important for shaping economic policy and serve to increase the
efficiency of the labor market.
Key words:
Market economy, economic cycles, cyclical development,
unemployment, entrepreneurship, economic crisis, stagnation, labor market, jobs,
public policy, market mechanisms, economic stability, structural unemployment,
cyclical unemployment, frictional unemployment, labor productivity.
Аннотация:
В статье рассматриваются виды безработицы, ее
причины и последствия, пути ее сокращения, анализируется роль
государственной политики и рыночных механизмов в создании рабочих мест и
обеспечении экономической стабильности. Результаты исследований важны
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
55
для формирования экономической политики и служат повышению
эффективности рынка труда.
Ключевые слова:
Рыночная экономика, экономические циклы,
циклическое развитие, безработица, предпринимательство, экономический
кризис, стагнация, рынок труда, рабочие места, государственная политика,
рыночные
механизмы,
экономическая
стабильность,
структурная
безработица,
циклическая
безработица,
фрикционная
безработица,
производительность труда.
Kirish va mavzuning dolzarbligi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish
tarixini o‘rganish, ulardan hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi,
aksincha, barcha malakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini ko‘rsatadi. Ishlab
chiqarish, bandlilik va inflatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr
(sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o‘tish davrining davomiyligi
va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil
bosqichlardan tashkil topadi.Iqtisodiy davrlar to‘rtta bosqichni o‘z ichiga oladi.
Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich
bo‘lib, u «cho‘qqi» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to‘liq bandlik, ishlab
chiqarish to‘la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning baho
darajasining o‘sish holati kuzatiladi.
Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va
bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o‘sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich
faol va uzoq davom etsagina bahoning o‘sish darajasi sustlashishi mumkin.
Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va
turg‘unlik davri boshlanadi. Ko‘tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik
darajasi asta-sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish va to‘liq
bandlik darajasiga erishiladi.
Ishsizlik esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotda resurslarning to‘liq va samarali
ishlatilmasligi, ijtimoiy va psixologik muammolarni yuzaga keltiradi. Ishsizlar
sonining ko‘payishi iqtisodiy tizimda resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishiga va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
56
jamiyatda ijtimoiy tengsizlikning kuchayishiga olib keladi. Inflyatsiya va ishsizlik
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda ularning o‘zaro ta’siri Phillips egri chizig‘i orqali
aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, iqtisodiy siyosatni samarali amalga oshirishda bu
munosabatlar muhim rol o‘ynaydi.Ishsizlik darajasi va inflatsiya sur’atining maqbul
miqdorlari quyidagi formula ko‘rinishida tasvirlanishi mumkin:
Yh – Yp
Π = πkut + f
(----------) + ε
Yp
Bu yerda π – inflatsiyaning haqiqiy darajasi;
πkut-
inflatsiyaning
kutilayotgan darajasi;
Yh – Yp
F (------------- ) – talab inflatsiyasi;
Yp
F – Fillips egri chizig‘ining og‘ish burchagini belgilovchi empirik
koeffitsent;Ε – tashqi baho shoki (taklif inflatsiyasi).
Ouken qonuniga ko‘ra YaIMning uzilishi, ya’ni (Yh – Yp) / Yp miqdor davriy
ishsizlikning o‘zgarishiga bog‘liqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizig‘ini
tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
п= πkut - β [ u –u*] + ε
Keltirilgan tenglamadan ko‘rinib turibdiki, haqiqiy inflatsiya darajasi miqdori
kutilayotgan nflyasiya darajasiga hamda tashqi baho shoklari darajasi bilan to‘g‘ri
bog‘liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog‘likka ega ekan.
Hukumat Fillips egri chizig‘iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat
maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflatsiya darajalarining istalgan
kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.
2008 yilda yuzaga kelgan jahon
moliyaviy iqtisodiy inqirozi dunyodagi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda
makroiqtisodiy berqarorlikni keltirib chiqardi. «Bu inqiroz Amerika Qo‘shma
Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi.
So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
57
likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi.
Dunyoning etakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va
aksiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning
barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish
sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy
oqibatlarni keltirib chiqardi.»
Dastlab AQSh ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz etarlicha
to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo‘lgan
qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y berdi.
AQSh iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon kredit resurslariga
to‘yindi va bu Federal zahira tizimi (FZT) amalga oshirayotgan pul-kredit siyosatini
o‘zgartirishiga olib keldi. Natijada 2004-2006 yillarda Federal zahira tizimi foiz
stavkalarni 6,25% gacha ko‘tardi. Kreditlarning qimmatlashuvi aholini ipotekaga
nisbatan talabining pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo‘yicha qarzdorlar
to‘lovining qisqarishiga olib keldi. Pirovard natijada 2007 yil boshida AQShda
aholining ipoteka kreditlarini qaytarishi bilan bog‘liq muammo kuchaydi.
Qarzdorlarning ko‘chmas mulk garovi bilan olingan kreditlarni qaytarishdan ko‘ra
to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish holati kengaydi. Banklarning to‘lov qobiliyatiga
ega bo‘lmagan mijozlarning ko‘chmas mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida
ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib, bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib
keldi.
Keynschilik nazariyasiga ko‘ra, iqtisodiy sikllar va ishsizlik davlatning
faolligi bilan chambarchas bog‘liq. J. M. Keyns o‘zining “Umumiy bandlik, foiz va
pul nazariyasi” asarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarurligini asoslab bergan.
Unga ko‘ra, davlat investitsiyalarni oshirish va ish o‘rinlarini yaratish orqali
ishsizlikni kamaytirishi mumkin.
XX asrning ikkinchi yarmida iqtisodiy sikllarni o‘rganishda monetaristlar,
jumladan, M. Fridman va yangi klassik iqtisodchilar muhim hissa qo‘shdilar.
Monetaristlar inflyatsiya va pul-kredit siyosatining ishsizlik darajasiga ta’sirini
o‘rganganlar va tabiiy ishsizlik darajasi tushunchasini ilgari surganlar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
58
Shuningdek, zamonaviy iqtisodiy tadqiqotlarda ish kuchi migratsiyasi,
avtomatlashtirish, texnologik rivojlanish va globalizatsiyaning ishsizlik darajasiga
ta’siri tahlil qilinmoqda. Xususan, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF) va Jahon
Bankining tadqiqotlarida bozor iqtisodiyoti rivojlanishining turli bosqichlarida
ishsizlikni kamaytirish uchun samarali strategiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada bozor iqtisodiyotining davriy
rivojlanishi va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish uchun turli tadqiqot
metodlari qo‘llanildi. Tadqiqotda nazariy, empirik va statistik tahlil usullaridan
foydalanildi.
Tahlil natijalari.
Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish
davrida mamlakat o‘z iqtisodiy potensialini to‘liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy
YaIM hajmi (Yh) potensial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi. Ya’ni YaIMning
uzilishi (YuZ) ro‘y beradi.
Y uz(Yh-Yp/Yp)×100
Potensial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan to‘liq
foydalanilgan sharoitda mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hajmi tushuniladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz
iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun,
OUKEN qonuni deyiladi.Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning
haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik
1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi.
YaIMning pastroq darajasi o‘z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar
daromadlarining nisbatan kamroq bo‘lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini
investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi.
Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo‘qotishlari hajmini
aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient
miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig‘ida deb hisoblanadi.Ouken qonunini formulada
quyidagicha tasvirlash mumkin:
YuZ= -2,5[ u –u*]
Bu yerda: u* – ishsizlikning tabiiy darajasi;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
59
U – ishsizlikning haqiqiy darajasi.
YaIM uzilishini ifodalaydigan formula bilan Ouken qonunini formulasini
umumlashtirib quyidagi formulani olamiz:
(Yh – Yp/Yp)×100 = - β [ u –u*]
Xulosa va amaliyotga takliflar.
Ishsizlik mehnat bozorining asosiy
muammolaridan biri bo‘lib, biror bir mamlakat iqtisodiyotning bu “nuqsoni”dan hali
qutulganicha yo‘q.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bu ko‘rsatkichning yillar bo‘yicha o‘zgarishi
uning bir me’yorda bo‘lmaganini ko‘rsatadi. Jumladan, 2000-2006 yillarda
mamlakatimizda ishsizlik darajasi 0,3-0,4 foizni tashkil etgan. Lekin, 2007 yildan
boshlab real ishsizlik darajasi o‘rtacha 5 foiz atrofida bo‘lmoqda. Bu holatni shunday
izohlashimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasida 2007 yilning 1 iyuligacha amal
qilib kelgan mehnat resurslari balansi shakli Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31
yanvardagi “Aholini ish bilan bandligini hisobga olish tizimini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi 42 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan metodika asosida hisoblab kelinar
edi. Shundan kelib chiqqan holda 2007 yil 24 mayda Vazirlar Mahkamasining “Ishga
joylashtirishga muhtoj ish bilan band bo‘lmagan aholini hisobga olish metodikasini
takomillashtirish to‘g‘risida” gi 106 – sonli qarori qabul qilindi va unga muvofiq joriy
yilning 1 iyulidan boshlab “Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band
bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish” metodikasi amaliyotga tatbiq
etildi. Metodika Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilangan normalardan kelib
chiqqan holda ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining ish bilan
ta’minlash va mehnat bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi.
Aholi bandligini ta’minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng
muhim shartlaridan biri hisoblanadi va u iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, transport va
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni taraqqiy ettirishni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish
natijasida 2016 yilda mamlakatimizda 800 mingga yaqin ish o‘rni tashkil etildi.
Ularning 60 foizi qishloq joylarda yaratilgani ayniqsa e’tiborlidir.2008-2016 yillarda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
60
O‘zbekiston Respublikasida ish bilan band bo‘lgan aholi soni 2263,0 ming kishiga
yoki 20,5 foizga o‘sgan.Bozor islohotlari sharoitida mehnat resurslarining ish bilan
bandligini ta’minlash muammolari dolzarb tus oladi.
Takliflar:
Ishsizlik darajasini kamaytirish uchun quyidagi chora-tadbirlar
muhim ahamiyatga ega:
1.Kasb-hunar ta’limini rivojlantirish – Ish beruvchilar talab qiladigan
zamonaviy kasblar bo‘yicha ta’lim dasturlarini kengaytirish.
2.Yangi ish o‘rinlarini yaratish – Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kichik va
o‘rta biznes rivojlanishini rag‘batlantirish.
3.Texnologik innovatsiyalarni qo‘llash – Raqamli iqtisodiyot va
avtomatlashtirish jarayonlarida yangi mehnat bozori yo‘nalishlarini rivojlantirish.
4.Davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish – Investitsiyalarni jalb
qilish, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda ish o‘rinlarini ko‘paytirish.
5.Masofaviy ish imkoniyatlarini kengaytirish – Frilanserlik va onlayn ishlash
imkoniyatlarini rivojlantirish orqali bandlikni oshirish.
Ushbu takliflar amalga oshirilsa, ishsizlik darajasi sezilarli darajada kamayib,
mehnat bozori barqaror rivojlanishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
PIRNAZAROVNA, U. Y., & ISMATJONOVNA, U. M. (2023). SOCIO-
ECONOMIC IMPORTANCE OF THE SERVICE SECTOR.
JOURNAL OF
ECONOMY, TOURISM AND SERVICE
,
2
(6), 1-6.
2.
PIRNAZAROVNA, U. Y. (2023). THE ROLE OF THE SERVICE SECTOR
IN THE DEVELOPMENT OF THE COUNTRY.
AMERICAN JOURNAL OF
BUSINESS MANAGEMENT, ECONOMICS AND BANKING
,
12
, 20-25.
3.
PIRNAZAROVNA, U. Y. (2023). SERVICE PROVISION AND
STANDARD
OF
LIVING
OF
THE
POPULATION;
INTERDEPENDENCE.
INFORMATION HORIZONS: AMERICAN JOURNAL OF
LIBRARY AND INFORMATION SCIENCE INNOVATION (2993-2777)
,
1
(10), 25-
27.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
61
4.
PIRNAZAROVNA, U. Y. (2023). FACTORS AFFECTING THE LEVEL OF
POPULATION.
MIASTO PRZYSZŁOŚCI
,
34
, 180-186.
5.
PIRNAZAROVNA, U. Y. (2024). THE THEORETICAL FRAMEWORK
FOR MUSEUM TOURISM DEVELOPMENT.
INTERNATIONAL JOURNAL OF
SCIENTIFIC RESEARCHERS (IJSR) INDEXING
,
4
(2), 355-358.
6.
УРУНБАЕВА, Ю. П. (2024). ХИЗМАТ КЎРСАТИШ СОҲАСИНИНГ
АҲАМИЯТИ.
USTOZLAR UCHUN
,
56
(1), 186-190.
7.
УРУНБАЕВА, Ю. П. (2024). ХИЗМАТ КЎРСАТИШ СОҲАСИНИ–
АҲОЛИ ТУРМУШ ДАРАЖАСИГА ТАЪСИР ЭТУВЧИ ОМИЛИ.
TA'LIM
INNOVATSIYASI VA INTEGRATSIYASI
,
19
(1), 166-171.
8.
УРУНБАЕВА,
Ю.
П.
(2024).
МЕҲНАТ
РЕСУРСЛАРИ–
ТАРАҚҚИЁТИНИНГ
БОШ
ОМИЛИ.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
43
(3), 57-60.
9.
УРУНБАЕВА, Ю. (2024). МЕҲНАТ РЕСУРСЛАРИ–МИЛЛИЙ
ИҚТИСОДИЁТНИ
РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ
АСОСИЙ
ОМИЛИДИР.
IQTISODIY TARAQQIYOT VA TAHLIL
,
2
(2), 644-649.
10.
УРУНБАЕВА, Ю. П. (2016). СФЕРЫ УСЛУГ И УРОВЕНЬ ЖИЗНИ
НАСЕЛЕНИЯ.
IN
НАУКА
СЕГОДНЯ
ФУНДАМЕНТАЛЬНЫЕ
И
ПРИКЛАДНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
(PP. 97-99).
11.
УРАЛОВ, Ш. А., НУРМАТОВА, С. А., & УРУНБАЕВА, Ю. П. (2020).
ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ КАК ГЛАВНЫЙ ФАКТОР
РАЗВИТИЯ
ЭКОНОМИКИ,
ОСНОВАННОЙ
НА
РЫНОЧНЫХ
ОТНОШЕНИЯХ. IN
СТУДЕНТ ГОДА 2020
(PP. 105-112).
12.
УРУНБАЕВА, Ю., & АРТИКОВ, З. (2021). НЕКОТОРЫЕ ПУТИ
ПОВЫШЕНИЯ УРОВНЯ ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ.
IN LIBRARY
,
21
(2), 92-94.
13.
URUMBAEVA,
Y.
P.,
&
RAXIMBERDIYEV,
T.
(2023).
COMPREHENSIVE
ANALYSIS
OF
POPULATION
INCOME
LEVELS.
JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE
,
2
(11), 8-14.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
62
14.
PIRNAZAROVNA, U. Y. (2024). LABOR RESOURCES-INVALUABLE
ASSETS.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS (IJSR)
INDEXING
,
4
(2), 443-446.
15.
УРУНБАЕВА, Ю. П. (2016). УРОВНЯ ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ ЭТО
СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ПРИРОДА. IN
НАУКА СЕГОДНЯ:
ФАКТЫ, ТЕНДЕНЦИИ, ПРОГНОЗЫ
(PP. 58-60).
16.
УРУНБАЕВА, Ю. (2016). РОЛЬ СФЕРЫ УСЛУГ В СОЦИАЛЬНО-
ЭКОНОМИЧЕСКОМ
РАЗВИТИИ
СТРАНЫ.
ЭКОНОМИКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ
, (4), 38-46.
17.
УРУНБАЕВА,
Ю.
(2016).
ВОЗМОЖНОСТИ
УВЕЛИЧЕНИЯ
СВОБОДНОГО ВРЕМЕНИ НАСЕЛЕНИЯ НА ОСНОВЕ РАЗВИТИЯ СФЕРЫ
УСЛУГ.
ЭКОНОМИКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ
, (5), 88-93.
18.
УРУНБАЕВА,
Ю.,
&
УРАЛОВ,
Ш.
(2020).
ТЕОРЕТИКО-
МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ СФЕРЫ УСЛУГ.
IN
LIBRARY
,
20
(4), 116-123.
19.
PIRNAZAROVNA, U. Y. (2024). THE IMPACT OF MUSEUM TOURISM
ON ENHANCING QUALITY OF LIFE.
INTERNATIONAL JOURNAL OF
SCIENTIFIC RESEARCHERS (IJSR) INDEXING
,
4
(2), 359-363.
20.
УРИНБАЕВА, Ю. П. (2016). ПЕРСПЕКТИВЫ ПОВЫШЕНИЯ УРОВНЯ
ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ НА ОСНОВЕ РАЗВИТИЯ МАЛОГО И ЧАСТНОГО
БИЗНЕСА.
НАУЧНЫЙ АЛЬМАНАХ
, (11-1), 321-326.