Authors

  • H.A.Mamarasulova
  • Y.P.Urunbayeva

Author Biographies

  • H.A.Mamarasulova

    iqtidorli talaba

  • Y.P.Urunbayeva

    (PhD) i.f.f.d., dotsent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116446

Keywords:

государство бюджет доходы расходы дефицит фискальная политика экономика. state budget income expenditure deficit fiscal policy economy.

Abstract

В статье анализируется структура доходов и расходов Государственного бюджета Республики Узбекистан на 2023 и 2024 годы, их состав и экономическое значение. Данная информация получена из надежных источников. В статье также анализируется финансовая устойчивость страны, социальные и экономические направления бюджетной политики на основе параметров государственного бюджета.

This article analyzes the structure of revenues and expenditures of the state budget of the Republic of Uzbekistan for 2023 and 2024, their composition and economic significance, based on reliable sources. The article also analyzes the country's financial stability, social and economic directions of budget policy based on the parameters of the state budget.

 


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

63

O‘ZBEKISTONNING DAVLAT BUDJETI, DAROMADLARI

VA XARAJATLARI (2023-2024 yillar misolida)

H.A.Mamarasulova

– iqtidorli talaba.

Y.P.Urunbayeva –

(PhD) i.f.f.d., dotsent.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Абстракт:

В статье анализируется структура доходов и расходов

Государственного бюджета Республики Узбекистан на 2023 и 2024 годы, их

состав и экономическое значение. Данная информация получена из надежных

источников. В статье также анализируется финансовая устойчивость

страны, социальные и экономические направления бюджетной политики на

основе параметров государственного бюджета.

Ключевые слова:

государство, бюджет, доходы, расходы, дефицит,

фискальная политика, экономика.

Abstract:

This article analyzes the structure of revenues and expenditures of

the state budget of the Republic of Uzbekistan for 2023 and 2024, their composition

and economic significance, based on reliable sources. The article also analyzes the

country's financial stability, social and economic directions of budget policy based

on the parameters of the state budget.

Keywords:

state, budget, income, expenditure, deficit, fiscal policy, economy.

KIRISH.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari mamlakat

Yalpi ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlashning umumiy jarayonidagi

muhim tarkibiy elementlardan biri hisoblanadi. Ular oraliq iqtisodiy xarakterga ega

bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan daromadlar hamda

jamg‘armalarning ma’lum qismini davlat byudjetiga yo‘naltirish orqali shakllanadi.

Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlat tasarrufiga

tushgan pul mablag‘lari tashkil etadi. Ushbu moliyaviy kategoriyaning ifodalanish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

64

shakli byudjetga tushadigan turli xil soliqlar, majburiy to‘lovlar, yig‘imlar, bojxona

to‘lovlari hamda boshqa ajratmalar orqali namoyon bo‘ladi.

Yuqoridagi ma’lumotlarni ijrosi maqsadida 2023-yilning 16-martida

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O‘zbekiston – 2030”

strategiyasida davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirish, byudjet

xarajatlarini optimallashtirish, byudjet intizomi va ochiqligini kuchaytirish bo‘yicha

ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 3-moddasida davlat budjeti

tushunchasiga aniq ta’rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, davlat budjeti — bu davlatning

asosiy vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan

markazlashtirilgan pul jamg‘armasidir.[1] Mazkur ta’rifdan kelib chiqib aytish

mumkinki, budjet iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning bir yillik daromadlari va

xarajatlarini o‘zida aks ettiradi. Moliya yili doirasida ushbu daromadlar va xarajatlar

oldindan rejalashtiriladi hamda qonuniy asosda tasdiqlanadi. Ularning amalda

bajarilishi esa budjet munosabatlarini vujudga keltiradi va moliyaviy boshqaruvning

muhim tarkibiy qismini tashkil etadi.

Mavzu bo’yicha adabiyotlar tahlili.

Davlatning fiskal siyosati iqtisodiy

rivojlanish va aholi turmush darajasiga ta’sirini muvofiqlashtirshi zarur. Chunki,

budjet faqat mablag‘larni markazlashtirish, ularni to‘plash, jamg‘arishgina emas,

balki to‘plangan moliyaviy resurslarni oqilona sarflashni ham o‘zida ifodalaydi.

Buning samaradorligi esa davlat budjetiing xarajalari tizimida o‘zining ifodasini

topadi.

Bu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli

tarmoqlarga invistetsiya qilish uchun mo‘ljallangan,aholining turmush darajasini

ko‘tarish uchun rejalashtirilgan, ijtimoiy vazifalarni bajarishga ajratilgan, davlatni

boshqarish, mudofaani taminlash kabi aniq maqsadlarga qaratilgan xarajatlardan

iborat bo‘ladi.Ushbu umumdavlat xarajatlari budjet orqali moliyalashtiriladi. Budjet

tizimining barcha xarajatlari turli budjetlar o‘rtasida taqsimlanadi, bu esa u yoki bu

xarajatni

muayyan

budjetga

kiritilishini

anglatadi.Bu

birinchidan

moliyalashtirilayotgan muassasaning respublika va mahalliy organlarga qarashli


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

65

bo‘lishi ,ikkinchidan moliyalashtiriladigan tadbirning ahamiyatidan kelib chiqadi.

Davlat byudjeti va budjetlararo munosabatlar sohasidagi islohotlarning navbatdagi

bosqichi

sifatida

2023-yil

30-dekabrda

“2024-yil uchun O‘zbekiston

Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Unda joriy yilda

iqtisodiyotni rivojlantirish, davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ijtimoiy

yo‘naltirilganlikni saqlab qolish, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-

quvvatlash, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, budjet

intizomi va mablag‘lardan oqilona foydalanish bo‘yicha quyidagi muhim

islohotlarning amalga oshirilishi ahamiyatli deb topildi:

1.

soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida

o‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni

shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini joriy etish;

2.

makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha institutsional

salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish;

3.

budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati

organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda

ularning mas’uliyatini kuchaytirish;

4.

fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar

hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;

5.

budjet hisobi standartlarini birxillashtirish, ichki nazorat va audit tizimini

takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;

6.

budjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga

mosligini ta’minlash;

7.

budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini

kuchaytirish.[2]

Tahlil va natijalar.

Quyidagi jadvalda O‘zbekiston Respublikasi davlat

budjetining daromad va xarajatlari 2023-2024 yillar oralig‘idagi ko‘rsatkichlarining

tahlilini ko‘rib chiqamiz.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

66

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Budjeti Daromadlarining 2023-2024

yillar Oralig‘idagi Tahlili.

1-jadval.

Ko‘rsatkichlar

2023

2023

2024

2024

1-chorak

yillik

1-chorak

yillik

Daromadlar

47 288,6

231

721,3

52 620,6

274 423

Bevosita soliqlar

16 699,9

73 103,6

18 770,7

90 833

Foyda solig‘i

9 521,2

40 778,9

10 431,5

52 620

Bilvosita soliqlar

18 425,1

83 325,8

18 193,0

88 341

Jismoniy shaxslardan olinadigan

daromad solig‘i

6 622,4

29 917,4

7 744,9

35 384

Aylanmadan olinadigan soliqlar

556,4

2 407,3

594,3

2 829

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

13 218,3

57 885,3

12 267,0

59 280

Aksiz soliqlar

3 486,1

15 834,4

3 729,8

19 060

Bojxona boji

1 720,6

9 606,1

2 196,2

10 001

Resurs to‘lovlari va mulk solig‘i

6 491,0

28 079,5

8 317,3

36 363

Mol-mulk solig‘i

1 316,2

5097,7

1 718,0

6 805

Yer solig‘i

1 425,1

6 890,1

1 853,4

8 216

Yer qaʼridan foydalanganlik

uchun soliq

3 543,8

15 300,3

4 506,4

20 170

Suv resurslaridan foydalanganlik

uchun soliq

205,8

791,4

239,5

1 173

Boshqa daromadlar

5 672,6

47 212,5

7 339,6

58 886

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarining 2023 va 2024

yillardagi tarkibi va dinamikasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, mazkur yillarda davlat

budjetining daromad bazasi sezilarli darajada kengaygan. Jumladan, 2023 yilning

yillik yakunlariga ko‘ra daromadlar hajmi 231 721,3 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

67

2024 yil uchun ushbu ko‘rsatkich 274 423 mlrd so‘mga yetgan. Bu esa 18,4 foizlik

o‘sishni anglatadi.

Bevosita soliqlar bo‘yicha tushumlar 2023 yilda 73 103,6 mlrd so‘m bo‘lgan

bo‘lsa, 2024 yilda ular 90 833 mlrd so‘mga yetib, 24,3 foizga oshgan. Xususan, foyda

solig‘i tushumlari 40 778,9 mlrd so‘mdan 52 620 mlrd so‘mga oshgan.

Bilvosita soliqlar bo‘yicha esa nisbatan barqaror o‘sish kuzatilgan: 2023

yildagi 83 325,8 mlrd so‘mlik tushum 2024 yilda 88 341 mlrd so‘mga yetgan. Bu

yerda QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i) salbiy o‘zgarish ko‘rsatmoqda — 2023 yildagi

57 885,3 mlrd so‘mdan 2024 yilda 59 280 mlrd so‘mga chiqqan bo‘lsa-da, 1-chorakda

pasayish kuzatilgan (13 218,3 → 12 267,0 mlrd so‘m).

Resurs to‘lovlari va mulk soliqlari umumiy hajmda ham muhim o‘sish

ko‘rsatgan. 2023 yilda 28 079,5 mlrd so‘mni tashkil etgan ushbu daromadlar 2024

yilda 36 363 mlrd so‘mga yetgan. Ayniqsa, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq

2023 yildagi 15 300,3 mlrd so‘mdan 2024 yilda 20 170 mlrd so‘mga oshgan.

Boshqa daromadlar ham o‘sib, 47 212,5 mlrd so‘mdan 58 886 mlrd so‘mga

yetgan, bu esa 25% dan ortiq o‘sishni anglatadi. [3,4]

2023–2024 Yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Budjeti

Xarajatlarining Tahlili

2-jadval

Ko‘rsatkichlar

2023

2023

2024

2024

1-

chorak

yillik

1-

chorak

yillik

Ijtimoiy xarajatlar

28

241,5

137

246,8

33

919,7

152

347,6

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-

quvvatlash xarajatlari

26

369,2

122

348,7

30

357,8

134

666,6

Pensiya jamgʻarmasiga transfertlar

1 725,0

13

797,5

3 300,0

16

270,6

Aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturlarini

moliyalashtirish uchun xarajatlar

552,3

2 208,0

261,9

1 410,4


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

68

Iqtisodiy xarajatlar

11

318,3

42

926,9

13

500,3

38

417,0

Markazlashgan investitsiya loyihalari va

hududlar infratuzilmalarini rivojlantirish

xarajatlari

2 805,0

29

581,6

3 397,7

28

482,2

Davlat boshqaruvi, adliya va prokuratura

organlarini saqlash xarajatlari

3 012,8

14

618,4

3 486,7

16

306,3

Sud organlarini saqlash xarajatlari

297,2

1 295,4

355,1

1 622,9

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

viloyatlar, shahar va tumanlar byudjetlarining

zaxira jamgʻarmalari

301,3

1 720,4

388,7

2 170,1

Davlat tomonidan NNT va fuqarolik

jamiyatning boshqa inistitutlarini qoʻllab-

qoʻvvatlash xarajatlari va oʻzini oʻzi

boshqarish organlarini saqlash xarajatlari

63,3

326,8

376,3

1 323,3

Davlat qarzlariga xizmat koʻrsatish va qoplash

xarajatlari

1 213,6 8 220,6 2 490,6

14

537,4

Boshqa xarajatlar

11

599,4

44

399,4

12

424,5

55

719,3

Jami

59

033,9

281

097,4

70

339,6

310

926,2

-

Ijtimoiy xarajatlar 2024 yilning 1-choragida 33,919.7 milliard so‘mni tashkil

qilib, 2023 yilning 1-choragiga nisbatan 20.11% o‘sdi. Yillik hisobda esa, ijtimoiy

xarajatlar 137,246.8 milliard so‘mdan 152,347.6 milliard so‘mga o‘sdi, bu 11.02% lik

o‘sish sur’atini ko‘rsatadi. Bu o‘sish, mamlakatda ijtimoiy soha, aholini qo‘llab-

quvvatlash va pensiya tizimi kabi masalalarga ko‘proq mablag‘ ajratilishi bilan

bog‘liq.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

69

- Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 2024 yilning

1-choragida 30,357.8 milliard so‘mni tashkil qilib, 2023 yilning 1-choragiga nisbatan

15.13% o‘sdi. Yillik hisobda esa bu xarajatlar 122,348.7 milliard so‘mdan 134,666.6

milliard so‘mga o‘sdi, bu 10.07% lik o‘sish sur’atini ko‘rsatadi. Bu o‘sish, aholini

ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlariga bo‘lgan ehtiyojning oshganligini ko‘rsatadi.

- Pensiya jamg‘armasiga ajratilgan transfertlar 2024 yilning 1-choragida

3,300.0 milliard so‘mni tashkil qilib, 91.30% lik katta o‘sishni ko‘rsatdi. Yillik

hisobda esa 13,797.5 milliard so‘mdan 16,270.6 milliard so‘mga o‘sdi, bu 17.87%

o‘sish sur’atini ko‘rsatadi. Pensiya to‘lovlariga bo‘lgan ehtiyojning ortishi ushbu

o‘sishga olib kelgan.

- Aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlari uchun ajratilgan xarajatlar 2024

yilning 1-choragida 261.9 milliard so‘mni tashkil qilib, 2023 yilning 1-choragiga

nisbatan 52.58% kamaygan. Bu kamayish, uy-joy qurilishiga ajratilgan

mablag‘larning kamayganini ko‘rsatadi. Yillik hisobda esa, xarajatlar 2,208.0

milliard so‘mdan 1,410.4 milliard so‘mga kamaydi, bu 36.22% pasayishni ko‘rsatadi.

- Iqtisodiy xarajatlar 2024 yilning 1-choragida 13,500.3 milliard so‘mni

tashkil qilib, 2023 yilning 1-choragiga nisbatan 19.28% o‘sdi. Yillik hisobda esa,

iqtisodiy xarajatlar 42,926.9 milliard so‘mdan 38,417.0 milliard so‘mga kamaydi, bu

10.62% pasayishni ko‘rsatadi. Bu o‘zgarish, iqtisodiy sektorga ajratiladigan

mablag‘larning kamayganini ko‘rsatadi.

- Markazlashgan investitsiya loyihalari va hududlar infratuzilmalarini

rivojlantirish xarajatlari 2024 yilning 1-choragida 3,397.7 milliard so‘mni tashkil

qilib, 2023 yilning 1-choragiga nisbatan 21.13% o‘sdi. Yillik hisobda esa, xarajatlar

29,581.6 milliard so‘mdan 28,482.2 milliard so‘mga kamaydi, bu 3.72% pasayishni

ko‘rsatadi. Bu o‘zgarish, investitsiyalarga ajratilgan mablag‘lar miqdorining

kamayganligini anglatadi.

- Davlat boshqaruvi, adliya va prokuratura organlarini saqlash xarajatlari

2024 yilning 1-choragida 3,486.7 milliard so‘mni tashkil qilib, 2023 yilning 1-

choragiga nisbatan 15.73% o‘sdi. Yillik hisobda esa, bu xarajatlar 14,618.4 milliard

so‘mdan 16,306.3 milliard so‘mga o‘sdi, bu 11.53% o‘sish sur’atini ko‘rsatadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

70

- Sud organlarini saqlash xarajatlari 2024 yilning 1-choragida 355.1 milliard

so‘mni tashkil qilib, 2023 yilning 1-choragiga nisbatan 19.48% o‘sdi. Yillik hisobda

esa, xarajatlar 1,295.4 milliard so‘mdan 1,622.9 milliard so‘mga o‘sdi, bu 25.33%

o‘sishni ko‘rsatadi.

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston

Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar byudjetlarining zaxira jamg‘armalari

2024 yilning 1-choragida 388.7 milliard so‘mni tashkil qilib, 2023 yilning 1-

choragiga nisbatan 29.01% o‘sdi. Yillik hisobda esa, xarajatlar 1,720.4 milliard

so‘mdan 2,170.1 milliard so‘mga o‘sdi, bu 26.16% o‘sishni ko‘rsatadi.

- Davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatish va qoplash xarajatlari 2024 yilning 1-

choragida 2,490.6 milliard so‘mni tashkil qilib, 2023 yilning 1-choragiga nisbatan

105.22% o‘sdi. Yillik hisobda esa, bu xarajatlar 8,220.6 milliard so‘mdan 14,537.4

milliard so‘mga o‘sdi, bu 77.3% o‘sishni ko‘rsatadi. Bu o‘sish davlat qarzlarini

qaytarish va xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan mablag‘larning oshganligini bildiradi.

- Boshqa xarajatlar 2024 yilning 1-choragida 12,424.5 milliard so‘mni tashkil

qilib, 2023 yilning 1-choragiga nisbatan 7.11% o‘sdi. Yillik hisobda esa, bu xarajatlar

44,399.4 milliard so‘mdan 55,719.3 milliard so‘mga o‘sdi, bu 25.67% o‘sish sur’atini

ko‘rsatadi.

- 2024 yilning 1-choragida jami xarajatlar 70,339.6 milliard so‘mni tashkil

qilib, 2023 yilning 1-choragiga nisbatan 19.15% o‘sdi. Yillik hisobda esa, jami

xarajatlar 281,097.4 milliard so‘mdan 310,926.2 milliard so‘mga o‘sdi, bu 10.64%

o‘sishni ko‘rsatadi.[5]

2023 va 2024 yillar davomida ijtimoiy soha va aholini qo‘llab-quvvatlashga

ajratilgan mablag‘lar aniq o‘sishni ko‘rsatmoqda, ayniqsa pensiya jamg‘armasiga

ajratilgan mablag‘lar sezilarli darajada oshdi. Boshqa sohalarda ham o‘sish mavjud,

ammo ba'zi xarajatlar, masalan, uy-joy bilan ta'minlash dasturlari uchun ajratilgan

mablag‘lar kamaygan. Davlat qarzlari xizmatining o‘sishi davlat moliyasining muhim

qismiga aylanishi va unga ko‘proq mablag‘ ajratilishi kerakligini ko‘rsatadi.

Xulosa

. Keltirilgan ma’lumotlardan shunday xulosaga kelish mumkin; Davlat

budjeti ijrosining g‘aznachilik tizimini joriy etilishi natijasida keyingi yillarda davlat


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

71

budjeti pofitsit bilan ijro etilmoqda. Bunda rejalashtirilgan budjet xarajatlarini

manzilli va maqsadli sarflanishini ta’minlanishi natijasida ta’minlanmoqda. 2023–

2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti daromadlari va

xarajatlaridagi dinamik o‘zgarishlar fiskal siyosatning faol va maqsadli yuritilganini

ko‘rsatadi. Davlat moliyaviy boshqaruvidagi islohotlar fiskal barqarorlikni

ta’minlash, ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishni kengaytirish hamda budjet

mablag‘laridan samarali foydalanish imkonini yaratdi.

Byudjet daromadlarining 14,7 foizga o‘sishi va xarajatlarning 19,3 foizga

ko‘payishi iqtisodiy faollikning oshgani, soliqqa tortish bazasining kengaygani va

ijtimoiy infratuzilma loyihalariga e’tibor kuchayganini anglatadi. Shu bilan birga,

2023-yilda qayd etilgan 23,8 trillion so‘m miqdoridagi byudjet taqchilligi fiskal

intizomni yanada mustahkamlash zaruratini ta’kidlaydi.

Kelgusida davlat moliyasini boshqarishning yanada ochiq, samarali va

barqaror tizimini shakllantirish uchun soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, soliq

imtiyozlarini maqbullashtirish, raqamlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish hamda

budjet mablag‘larining manzilli va natijadorligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb

etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

УРУНБАЕВА, Ю. П., & ХАМДАМОВА, Н. А. (2024). ХИЗМАТ

КЎРСАТИШ

СОҲАСИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШ–АҲОЛИ

ТУРМУШ

ДАРАЖАСИНИ

ОШИРИШНИНГ

МУҲИМ

ОМИЛИ.

JOURNAL

OF

INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH

,

7

(9), 98-103.

2.

УРУНБАЕВА, Ю. (2021). РОЛЬ МАЛОГО БИЗНЕСА В ПОВЫШЕНИИ

УРОВНЯ ЖИЗНИ.

IN LIBRARY

,

21

(1), 19-22.

3.

URUNBAEVA, Y. P., & QUDRATOVA, Z. M. (2025). THE GLOBAL

IMPLEMENTATION OF THE GREEN ECONOMY AND ITS IMPACT ON

SUSTAINABILITY.

EDUVISION: JOURNAL OF INNOVATIONS IN PEDAGOGY

AND EDUCATIONAL ADVANCEMENTS

,

1

(2), 312-321.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

72

4.

УРУНБАЕВА, Ю. П. (2017). ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ УРОВНЯ ЖИЗНИ

НАСЕЛЕНИЯ.

ВЕСТНИК РЕГИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ» НАУЧНЫЙ

ЖУРНАЛ. КАРАГАНДА

, (2), 16.

5.

МУХАММЕДОВ, М. М., & УРУНБАЕВА, Ю. П. (2010). АҲОЛИ

ТУРМУШ ДАРАЖАСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ ВА ОШИРИШ

ИСТИҚБОЛЛАРИ.

РИСОЛА.«ЗАРАФШАН

,

131

.

6.

УРИНБАЕВА, Ю. П., ҲИММАТОВА, Б. Б., & УРАЛОВ, Ш. А. (2019).

АҲОЛИ

БАНДЛИГИНИ

ТАЪМИНЛАШДАОИЛАВИЙ

ТАДБИРКОРЛИКНИНГ ЎРНИ. IN

МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ

И ПЕРСПЕКТИВЫ

(PP. 472-475).

7.

URUNBAYEVA, Y. P. (2019). THE ROLE OF THE SERVICE INDUSTRY

IN THE FORMATION OF POSTINDUSTRIAL SOCIETY. IN

COLLOQUIUM-

JOURNAL

(NO. 26-8, PP. 11-15). ГОЛОПРИСТАНСЬКИЙ МІСЬКРАЙОННИЙ

ЦЕНТР ЗАЙНЯТОСТІ= ГОЛОПРИСТАНСКИЙ РАЙОННЫЙ ЦЕНТР

ЗАНЯТОСТИ.

8.

УРУНБАЕВА, Ю. П., НУРУЛЛАЕВА, Ш. И. К., ДАВЛАТОВА, Н. Б. К.,

ИСТАМОВ, Ш. А. У., & ОЧИЛОВА, Ю. Т. К. (2019). РОЛЬ УСЛУГ В

РАЗВИТИИ ИННОВАЦИОННОЙ ЭКОНОМИКИ.

ДОСТИЖЕНИЯ НАУКИ И

ОБРАЗОВАНИЯ

, (7 (48)), 15-17.

9.

PIRNAZAROVNA, U. Y. (2019). THE DEVELOPMENT OF SERVICE

SECTOR IS AN IMPORTANT FACTOR IN CREATING NEW JOBS AND

ENSURING EMPLOYMENT.

ACADEMY

, (12 (51)), 32-38.

10.

PIRNAZAROVNA, U. Y., & O‘G‘LI, A. S. H. (2019). THE ROLE OF

TOURISM SERVICES ON RAISING THE LIVING STANDARDS OF THE

POPULATION.

ВОПРОСЫ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ

, (18 (65)), 27-30.

11.

PIRNAZAROVNA, U. Y. (2020). THE ROLE OF TOURISM IN SHAPING

THE

QUALITY

AND

STANDARD

OF

LIVING

OF

THE

POPULATION.

ACADEMY

, (2 (53)), 13-15.

12.

URINBOEVA, Y. P., KHASANOVNA, D. D., & SHODMONOVNA, S. C.

(2021). THEORETICAL APPROACHES TO THE FORMATION OF LIVING


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–2_Июнь –2025

73

STANDARDS AND SERVICES OF THE POPULATION.

INTERNATIONAL

JOURNAL OF TRENDS IN COMMERCE AND ECONOMICS

,

11

(1).

13.

PIRNAZAROVNA, U. Y., & BAKHODIROVICH, E. D. (2022). THE

STANDARD OF LIVING OF THE POPULATION AND THE SERVICE

SECTOR.

GALAXY

INTERNATIONAL

INTERDISCIPLINARY

RESEARCH

JOURNAL

,

10

(4), 705-709.

14.

УРУНБАЕВА, Ю. П. (2023). РОЛЬ МАЛОГО БИЗНЕСА В РАЗВИТИИ

СТРАНЫ.

INTERNATIONAL

JOURNAL

OF

RECENTLY

SCIENTIFIC

RESEARCHER'S THEORY

,

1

(9), 105-108.

15.

УРУНБАЕВА, Ю. П. (2023). АҲОЛИ БАНДЛИГИНИ ОШИРИШДА

ХИЗМАТ КЎРСАТИШ СОҲАСИНИНГ ЎРНИ.

FINLAND"

MODERN

SCIENTIFIC

RESEARCH:

TOPICAL

ISSUES,

ACHIEVEMENTS

AND

INNOVATIONS

,

14

(1).