Authors

  • Mirzajalilov Islomjon Ismoiljon o’g’li
  • Olimjonova Xilola

Author Biographies

  • Mirzajalilov Islomjon Ismoiljon o’g’li

    Oltiariq Sanoat va texnologiyalar texnikumi (Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani)

  • Olimjonova Xilola

    Oltiariq Sanoat va texnologiyalar texnikumi (Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.115884

Keywords:

Muqobil energiya energetik zahira potensial energiya kinetik energiya qayta tiklanuvchi manba.

Abstract

Ushbu maqolada muqobil energiya manbalarini yutuq va kamchilik tomonlari, hozirda ularni qo’llanilishi hamda kelajakdagi davlatni rivojlanishi uchun qo’shadigan hissasi bayon etiladi .


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–7_Июнь –2025

87

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

OLTIARIQ SANOAT VA TEXNOLOGIYALAR TEXNIKUMI

Muqobil energiya manbalari taraqqiyotimiz garovidir.

Mavzusidagi ilmiy-maqola.

Fargʻona – 2025


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–7_Июнь –2025

88

MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI TARAQQIYOTIMIZ

GAROVIDIR

Mirzajalilov Islomjon Ismoiljon o’g’li, Olimjonova Xilola

Oltiariq Sanoat va texnologiyalar texnikumi (Fargʻona viloyati, Oltiariq

tumani)

Annotatsiya: Ushbu maqolada muqobil energiya manbalarini yutuq va

kamchilik tomonlari, hozirda ularni qo’llanilishi hamda kelajakdagi davlatni

rivojlanishi uchun qo’shadigan hissasi bayon etiladi .

Kalit soʻzlar: Muqobil energiya, energetik zahira, potensial energiya, kinetik

energiya, qayta tiklanuvchi manba.

Yurtimizda elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyoj har doimgidan ham yuqoriligi

yaqqol namoyon bo’lmoqda. Elektr energiyasiga bo’lgan talabni aksariyat qismi

an`anaviy elektr stansiyalarga to’gri kelmoqda. Mazkur elektr obyektlar elektr

energiyani ishlab chiqarish uchun bevosita yoqilg’i manbasini yoqish hisobiga oladi.

Bu esa nafaqat mamlakatimiz uchun zarar balki, qo’shni mintaqalarga ham o’z

ta`sirini o’tkazadi. Shuning uchun qayta tiklanadigan energiya zahiralariga e`tiborni

kuchaytirish zarur. Chunki, bu turdagi energetik zahira bir tomondan qayta tiklanish

xususiyati bo’lsa ikkinchi tomondan atrof muhitni chiqindi chiqarmaydi. Mana shu

e`tibordan muqobil energiya zahiralaridan foydalanish muhimdir.

Energiya

(

yunoncha

harakat

,

faoliyat

)

har

qanday

koʻrinishdagi

materiya

, xususan,

jism

yoki jismlar tizimini tashkil etuvchi zarralar

harakatining hamda bu zarralarning oʻzaro va boshqa zarralar bilan taʼsirlarining

miqdoriy oʻlchovi.

Xalqaro birliklar tizimi

da energiya xuddi ish kabi

joul

da;

atom

fizikasi

,

yadro fizikasi

va elementar zarralar fizikasida esa elektronvolt on

oʻlchanadi. Energiya yoʻqdan bor boʻlmaydi va mavjud energiya yoʻqolmaydi, faqat

u bir turdan ikkinchi turga oʻtadi qarang

(Energiyaning saqlanish va aylanish

qonuni)

. Fizika materiya oʻzaro bogʻlangan

modda

va maydon shaklida oʻrganiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–7_Июнь –2025

89

Materiyaning harakatlariga mos holda energiya shartli ravishda mexanik,

ichki

,

elektromagnit, kimyoviy va boshqalar turlarga ajratib tekshiriladi. Masalan,

kimyoviy energiya

elektronlarning

kinetik energiyasi

hamda elektronlarning bir-biri

va

atom yadrolari

bilan oʻzaro taʼsirlari natijasida vujudga kelgan energiyalar

yigʻindisiga teng.

So'nggi bir necha yil ichida odamlarning global iqlimga ta'siri haqida

jamoatchilik xabardorligi oshdi. Inson faoliyati natijasida chiqadigan issiqxona

chiqindilarining qariyb yarmi karbonat angidrid (COXNUMX) hisoblanadi.

2

).

Ushbu masala bo'yicha milliy va xalqaro miqyosda ko'plab tadqiqotlar olib borildi

va olib borilmoqda. Chunki kommunal operatsiyalar CO ni chiqarishga katta hissa

qo'shadi

2

atmosferaga, CO ni nazorat qilish uchun har qanday qoidalar

relizlar

energiya ishlab chiqarish sanoatiga jiddiy ta'sir ko'rsatish potentsialiga ega.

Birlashgan

Millatlar

Tashkilotining

Iqlim

o'zgarishi

bo'yicha

doiraviy

konventsiyasi, AQShning Iqlim o'zgarishi bo'yicha harakat rejasi va 1992 yildagi

Energetika siyosati to'g'risidagi qonun energetika sanoati uchun kelajakdagi

qonunchilikka qanday munosabatda bo'lishi mumkinligini tushunish uchun kuchli

harakatlantiruvchi kuchlarni yaratdi.

Hozirgi vaqtda olib borilayotgan tadqiqot yo'nalishlarining ba'zi misollari:

emissiyalarni modellashtirish, iqlim o'zgarishi oqibatlarini aniqlash, iqlim

o'zgarishini boshqarish rejalari bilan bog'liq xarajatlarni aniqlash, issiqxona gazlari

chiqindilarini kamaytirish orqali odamlar qanday foyda olishlari va iqlim

o'zgarishini bashorat qilish. .

Iqlim o'zgarishidan tashvishlanishning asosiy sababi ekologik tizimlarga

mumkin bo'lgan salbiy ta'sirlardir. Boshqarilmaydigan tizimlar eng sezgir va global

miqyosda sezilarli ta'sir ko'rsatish ehtimoli eng yuqori ekanligiga ishoniladi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston

Respublikasidagi elektr va issiqlik energiyasining eng yirik ishlab chiqaruvchisi

va yetkazib beruvchisi hisoblanadi hamda iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ning

elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlab kelmoqda. Bugungi kunda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–7_Июнь –2025

90

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 85 foizidan ortig‘i

“Issiqlik elektr stansiyalari” hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tabiatni muhofaza etish faoliyati iqtisodiyotni boshqarishda muhim o‘rin

egallaydi hamda korxonalar ishlab-chiqarish, iqtisodiy mexanizmining ajralmas

tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Ekologik nazorat tizimini tashkil etish

har bir sanoat korxonasi oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan eng muhim masalalar

qatoriga kiradi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining tabiatni muhofaza

etish faoliyati o‘z korxonalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish va

oldini olish, issiqxona gazlarini chiqarishni qisqartirishga qaratilgan.

1-rasm. Yoqilg’i yonishidan hosil bo’layotgan zaharli moddalar.

Soha mutaxassislarning fikriga ko’ra, qayta tiklanmaydigan energiya

manbalarining elektr energiya ishlab chiqarish ulushini qisqartirib,yashil energiya

hisoblangan qayta tiklanadigan manbalar hissasini

oshishi

zarur deb

takidlamoqdalar. Mazkur yo’nalishni qo’llab quvvatlagan holda yurtimizda bir

qancha islohotlar amalga oshmoqda. Prezidentimizning davlat korxonalarining


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–7_Июнь –2025

91

elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarining 30 foizini muqobil energiya

manbalaridan qoplash to‘risidagi qarori e’lon qilindi va 2030-yilga borib mamlakat

ehtiyojlari uchun kerak bo‘lgan elektr energiyasining 25 foizini muqobil energiya

manbalari hisobidan qoplash masalasi ilgari surildi.

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti ham binolari ustiga

qiymati 15 milliard so‘mlik Quyosh panellarini tezlik bilan o‘rnatishni

rejalashtirgan. Bu albatta, SamDU da muqobil energiya manbalaridan foydalanish

bo‘yicha qo‘yilgan dadil qadamdir.

2-rasm. Quyosh panellarining elektr energiya ishlab chiqarish jarayoni.

Bizning nazarimizda, ushbu sohadagi muammoga katta e’tibor

qaratilayotganligi o‘ta jiddiy, zarur va quvonarli hol. Shu o‘rinda ayrim taklif va

mulohazalarimni bildirmoqchiman:

Yaqin

istiqbolda

quyosh

panellarini

binolar

tomi

ustiga

o‘rnatish haqiqatdan ham dolzarb masala. Buning yechimi sifatida xorijdan quyosh

panellari sotib olinib mamlakatimizda yig‘ilsa, xarajatlarning biroz kamayishiga olib

keladi.

Uzoq istiqbolda quyosh panellarini o‘zimizda ishlab chiqarish kun

tartibiga qo‘yilishi kerak. Hozirgi kunda quyosh panellarini ishlab chiqarish

texnologiyalarining top-10 taligiga kiruvchi texnologiyalar bilan tanishib,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–7_Июнь –2025

92

mamlakatimiz uchun eng qulay bo‘lganini tanlab, shu sohada ilmiy-tadqiqot hamda

konstruktorlik izlanishlarini zudlik bilan boshlash lozim.

Monokristallik kremniy asosidagi quyosh panellari eng ko‘p tarqalgan

bo‘lishiga qaramay, ularda tannarxning qimmatligi, elementlarning mo‘rtligi,

temperaturaga chidamsizligi kabi kamchiliklar ham bor. Hozirgi paytda bu

kamchiliklardan holi bo‘lgan Top‐10 talik texnologiyalarga kiradigan bir qancha

yangi texnologiyalar mavjud. Masalan, kremniy asosidagi geteroo‘tishli quyosh

panellarini ishlab chiqarish mumkin. Biroq bu sohada respublikamizdagi biror bir

ilmiy tekishirish instituti yoki oliy o‘quv yurtlarida ilmiy tadqiqot hamda

konstruktorlik ishlari olib borilmaydi.

Nafaqat mamlakatimizda balki, butun dunyoda yana bir dolzarb muammo,

elektr va issiqlik energiyasini tejash masalasi bo‘lib, bu sohada ham qilinishi kerak

bo‘lgan ishlar mavjud. Yoritishga mo‘ljallangan elektr energiyasini tejaydigan va

o‘zimizda ishlab chiqariladigan yoritgichlar bilan almashtirish juda muhim. Aqlli

uylar texnologiyalarini qo‘llash, shu bilan birga, arxitektorlar diqqatini qishloq

sharoitida yashayotgan aholi uchun energiya tejaydigan uylarni loyihalash va ularni

mahalliy xomashyolar hisobidan qurish texnologiyalarini yaratishga alohida e’tibor

qaratilsa ayni muddao bo‘lar edi.

Agar

yuqoridagi

texnologiyalarni

o‘zlashtirishga

va

almashtirishga

kirishilsa,

bu

sohada

katta

yutuqlarga

erishishimiz

hamda mamlakatimizda ko‘p miqdordagi elektr energiyasini tejash imkoniyati

paydo bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.https://cyberleninka.ru/article/n/mamlakatimizda-muqobil-energiya-

manbalaridan-foydalanishning-xozirgi-kundagi-o-rni-va-istiqbollari

2. PQ319 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg'i-energiya resurslaridan

foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari

3. Internet manbalari

4. https://lex.uz/uz/docs/-6884060?query=elektr%20energiya