Authors

  • Ramazonov Hikmatulla Rustam oʻgʻli

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.115885

Keywords:

arxiv raqamlashtirish OCR texnologiyalar vizualizatsiya kadrlar raqamli tizimlar innovatsion texnologiyalar axborot xavfsizligi blokcheyn texnologiyalar

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston arxivlarida raqamlashtirish jarayonining holati, unga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, texnik va tashkiliy muammolar, hamda kadrlar va infratuzilmaviy cheklovlar tahlil qilingan. Bundan tashqari, yechim sifatida ilg‘or xorijiy tajribalar, davlat-xususiy sheriklik va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash zarurati asoslab berilgan. Maqola raqamli arxivshunoslik sohasida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega.

background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–7_Июнь –2025

81

O‘ZBEKISTON ARXIVLARINI RAQAMLASHTIRISH

MUAMMOLARI

Ramazonov Hikmatulla Rustam oʻgʻli

ANNOTATSIYA:

Ushbu

maqolada

O‘zbekiston

arxivlarida

raqamlashtirish jarayonining holati, unga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, texnik va

tashkiliy muammolar, hamda kadrlar va infratuzilmaviy cheklovlar tahlil qilingan.

Bundan tashqari, yechim sifatida ilg‘or xorijiy tajribalar, davlat-xususiy sheriklik

va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash zarurati asoslab berilgan. Maqola

raqamli arxivshunoslik sohasida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar uchun

amaliy va nazariy ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar: arxiv, raqamlashtirish, OCR texnologiyalar, vizualizatsiya,

kadrlar, raqamli tizimlar, innovatsion texnologiyalar, axborot xavfsizligi, blokcheyn

texnologiyalar

Kirish.

Bu sohadagi yondashuvlar faqat texnologik emas, balki siyosiy,

madaniy va ilmiy omillar bilan ham bog‘liq. Chunki har bir hujjat – bu tarixiy

xotiraning bir bo‘lagi bo‘lib, uni saqlab qolish va keng jamoatchilikka taqdim etish

raqamlashtirish orqali imkoniyat kasb etadi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida arxiv materiallarini

raqamlashtirish ishlari davlat siyosatining muhim yoʻnalishiga aylandi. Misol

tariqasida Prezidentimizning 2018-yildagi Oliy Majlisga murojaatnomasidagi

quyidagi fikrlariga nazar solsak “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli

texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy

konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O‘zbekiston-2030”

dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur“

1

Zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti,

hujjatlarning saqlanishini taʼminlash, ulardan foydalanishni yengillashtirish va

ularni

xalqaro

axborot

tizimlariga

integratsiyalash

kabi

ehtiyojlar

raqamlashtirishning dolzarbligini oshirmoqda. Shu bilan birga, ushbu jarayonda

1

https://president.uz/oz/lists/view/2228


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–7_Июнь –2025

82

qator muammolar, texnik, tashkiliy, huquqiy va ilmiy-metodik to‘siqlar mavjud.

Ushbu maqolada raqamlashtirishga oid me’yoriy-huquqiy asoslar va yuzaga kelgan

muammolar tahlil qilinadi.

Ho’sh, raqamlashtirish nima va u nimaga kerak? Raqamlashtirishning asosiy

afzalliklaridan biri bu – saqlash xavfsizligi. Fizik eskirish, yong‘in yoki namlik kabi

xavf-xatarlardan himoyalangan raqamli hujjatlar uzoq muddat saqlanishi mumkin.

Bundan tashqari, raqamli arxivlar orqali hujjatlar soniyalar ichida topiladi, ulardan

bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Bu esa vaqt va

mehnat sarfini kamaytiradi. Shu bilan birga, raqamli tizimlar ochiqlik va shaffoflikni

ta’minlab,

davlat

boshqaruvida

ham,

ilmiy

faoliyatda

ham

samaradorlikni oshiradi. Shu sababli bu jarayon o’ta murakkab va mashaqqatlidir.

Elektron arxiv – bu hujjatlar, fayllar va boshqa turdagi ma’lumotlarni

raqamli shaklda saqlash, boshqarish va ulardan samarali foydalanish imkonini

beruvchi maxsus tizimdir. “Elektron arxivlar – bu zamonaviy texnologiyalar asosida

tashkil etilgan, hujjatlarni raqamli shaklda saqlash, boshqarish va ulardan

foydalanishni ta'minlovchi tizimlardir”

2

Unda kalit so‘zlar, metama’lumotlar va

turli tasniflash tizimlari orqali foydalanuvchilar o‘zlariga kerakli hujjatlarni qisqa

vaqt ichida topishlari mumkin. "Elektron arxiv tizimlaridagi ilg‘or qidiruv

funksiyalari foydalanuvchilarga metama’lumotlarni indekslash, kalit so‘zlar

bo‘yicha qidirish va tasniflash tizimlari orqali hujjatlarni samarali topish imkonini

beradi"

3

.

Oʻzbekistonda arxiv hujjatlarini raqamlashtirish bevosita Covid 19 virusi

bilan bog‘liqdir. Ya’ni pandemiya davrida davlat idoralari, ilmiy muassasalar va

kutubxonalar masofadan ishlash rejimiga o‘tdi, bu esa arxiv ma’lumotlarining

raqamli formatda mavjud bo‘lishini dolzarb muammoga aylantirdi. Natijada, arxiv

hujjatlaridan onlayn foydalanish ehtiyoji oshdi, bu esa raqamlashtirishni

tezlashtirish zaruriyatini tug‘dirdi. Ilmiy tadqiqotchilar, talabalar va jurnalistlar

2

Nazarov A.Yo., Buriyeva X.A., Abbasov B.B. Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Innovatsion rivojlanish

nashriyoti-matbaa uyi, 2023. – B. 45.

3

Duranti L., Rogers C. Trusting Records: Legal, Historical, and Diplomatic Perspectives. – Kluwer Academic

Publishers, 2012. – P. 75.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–7_Июнь –2025

83

arxivlarga bevosita bora olmagani sababli elektron resurslarga bo‘lgan talab

ko‘paydi. Bu holat O‘zbekiston Milliy arxivi, shahar va viloyat arxivlarini

skanerlangan hujjatlarni yaratishga va ularga onlayn kirishni ta’minlashga undadi.

Bu bo‘yicha bir nechta normativ-huquqiy hujjatlar ham qabul qilindi. Ular orasida

O‘zbekiston Respublikasi prezinetining <O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va

ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida>gi farmoni (2019-yil)

Prezidentning 2020-yil 24-iyundagi PQ–4750-sonli qarori

²

, hamda Vazirlar

Mahkamasining 2021-yil 87-son qarori

³

muhim o‘rin tutadi. Bu hujjatlar

raqamlashtirish maqsadi, tartibi va texnik talablari bo‘yicha asosiy yo‘riqnomani

beradi. Ammo ular amaliyotda to‘liq va izchil bajarilmasligi, hujjatlarning real

ahvoli bilan zid kelishi muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ko‘plab arxivlarda

mavjud bo‘lgan hujjatlar sifatsiz, shikastlangan yoki o‘chgan holatda bo‘lib

skanerlash texnologiyalarimiz muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Bundan tashqari

mutaxassislar va malaka masalasi, ya’ni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini

yaxshi biladigan mutaxassislar raqamlashtirish sifatiga sezilarli ta’sir qiladi. Misol

uchun Arxiv hujjatlari va yig‘majildlar ro‘yxatlarini raqamlashtirish va

indeksatsiyalashning alohida xususiyatlari shundaki bir nechta adadda chop

etiladigan kitoblardan farqli ravishda arxiv hujjatlarining deyarli har biri noyobdir.

Raqamlashtirishda eng katta mas’uliyat operatorda bo‘ladi, u hujjatning alohida

holatini ko‘rishi kerak (eskirganlik,zararlanganlik, matnning tikilgan qismiga o‘tib

ketganligi, tikilish xususiyatlari va boshqalar) va uskunani tezkor sozlash yoki

hujjatni restavratsiyaga berish kerak. Ko‘pincha raqamlashtiriladigan arxiv

fondlarida aralash yig‘majildlar uchraydi. Bu qalin muqovali standart yig‘majild

bo‘lsada uning ichida A0 formatgacha hujjatlar uchraydi.Bunday yig‘majildlarni

ajratish mumkin emas. Ijrochi bunda planetar turdagi keng formatli skanerlardan

foydalanishni bilishi kerak. Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarda malakali

xodimlarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. Yevropa davlatlarida arxivshunoslik

bilan raqamli texnologiyalarni birlashtirish bo‘yicha alohida magistratura dasturlari

mavjud bo‘lsa, O‘zbekistonda bu yo‘nalish endigina shakllanmoqda. Shu sababli

malakali

kadrlar

yetishmovchiligi

dolzarb

muammoga

aylanmoqda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–7_Июнь –2025

84

Raqamlashtirish texnik ish bo‘lishiga qaramay, uni bajaruvchi xodimlar ko‘pincha

bu soha bo‘yicha yetarli bilimga ega emas. Axborot texnologiyalarini biladigan

mutaxassislar arxivlarga jalb qilinmagan. Oliy ta’limda bu soha bo‘yicha alohida

yo‘nalishlar yetarli emas. Natijada, jarayon sifatsiz yoki sust amalga oshirilmoqda.

Davlat budjeti hisobidan raqamlashtirishni moliyalashtirish yetarli emas.

Arxivlarning internet tezligi past, bulutli texnologiyalar joriy qilinmagan. Bundan

tashqari, ilg‘or dasturiy ta’minot va texnik yordam tizimlari yo‘q. Bundan tashqari,

raqamlashtirish jarayonini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun donor tashkilotlar

bilan hamkorlikdagi grant dasturlari yo‘lga qo‘yilishi, raqamli infratuzilmani

markazlashtirish orqali viloyat arxivlariga yordam ko‘rsatilishi zarur. Yuqorida

sanab otilgan muammolar oz yechimini topishi uchun O‘zbekiston Respublikasining

“Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni

7-bandida quyidagilar belgilab qo‘yilgan:

arxiv ishi va ish yuritish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini jadallik bilan joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv

fondi hujjatlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish va sug‘urta nusxalarini

yaratish;

arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish ishlarini faollashtirish orqali arxiv

axborotlaridan foydalanuvchilar sonini kengaytirish;

arxiv xizmatlarini bosqichma-bosqich Davlat xizmatlari markazlari hamda

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishini tashkil etish;

arxivlarning

moddiy-texnika

bazasini

mustahkamlash

hamda

infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilish, arxiv hujjatlarini jamlash, davlat

hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanishning zamonaviy usullarini joriy etish;

arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi xodimlarini tanlash, tayyorlash, qayta

tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy

mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan kadrlar siyosatini shakllantirishning

zamonaviy tamoyillarini joriy qilish;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–7_Июнь –2025

85

soha xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni yaxshilash uchun qulay shart-

sharoitlar yaratish;

4

Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarga yechim sifatida uzoq muddatli

strategiya ishlab chiqish, oliy ta’limda maxsus yo‘nalishlar ochish, davlat-xususiy

sheriklik asosida zamonaviy texnologiyalar joriy etish ya’ni kuchli OCR

texnologiyalari, vizualizatsiya (ma’lumotlarni ko‘rsatish va tahlil qilish uchun qulay

interfeys) va sun’iy intelektdan foydalanish, kadrlar malakasini oshirish hamda

axborot xavfsizligini taʼminlash orqali muammolarni kamaytirish mumkin. Bundan

tashqari arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish uchun tegishli

idora va tashkilotlar o‘z faoliyatiga doir hujjatlarni raqamlashtirib borishi ustuvor

ahamiyatga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ma‘lumotlar saqlanishini mustahkam

himoya qilish uchun blokcheyn texnologiyasini qo‘llash zarur. Blokcheyn – ma’lum

qoidalar asosida tuzilgan ma’lumotni o‘z ichiga olgan bloklarning doimiy ketma-ket

zanjiridir. Ushbu texnologiya asosida har bir elektron hujjatning yaratilgan vaqti,

muallifi, mazmuni va topshirilganligi haqida izchil va o‘zgarmas yozuv

shakllantiriladi. Blokcheyn ma’lumotlarni markazlashtirmasdan saqlaydi, shu

sababli xakerlik hujumlariga chidamli bo‘ladi. Hujjatlar bir marta blokcheynga

yozilsa, u o‘chirib yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi. Raqamli hujjatlarni blokcheynga

joylashtirish orqali ularni yaroqliligini va asl nusxa ekanligini tekshirish

osonlashadi

5

. Ayni vaqtda Estoniya davlatida davlat xizmatlari, sog‘liqni saqlash

hujjatlari va fuqarolik ma’lumotlari blokcheyn asosida boshqariladi. Gruziyada esa

kadastr va yer reyestri hujjatlari blokcheynga o‘tkazilgan.

Xulosa. Raqamli texnologiyalar asrida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish —

O‘zbekiston arxiv sohasining taraqqiyoti uchun muqarrar bosqichdir. Kelgusida bu

jarayonni tizimli yo‘lga qo‘yish uchun qonunchilikni takomillashtirish, texnik

infratuzilmani rivojlantirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, xususan,

arxivshunoslik va axborot texnologiyalari yo‘nalishida zamonaviy ta’lim

dasturlarini joriy etish zarur. Davlat-xususiy sheriklik asosida ilg‘or texnologiyalar,

4

O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

http://lex.uz//docs/-4523373

5

https://trends.rbc.ru/trends/industry/5f05c0a79a7947aac5c7577a


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–7_Июнь –2025

86

shu jumladan, OCR, vizualizatsiya va blokcheyn asosidagi yechimlarni qo‘llash

orqali raqamlashtirish samaradorligini oshirish mumkin. Shuningdek, arxivlar

orasida yagona markazlashgan raqamli platforma tashkil etilishi, bulutli

texnologiyalar, axborot xavfsizligi protokollari va xalqaro standartlarga mos

dasturiy ta'minot bilan ta'minlanishi — bu sohaning barqaror rivojlanishini

ta'minlaydi. Raqamli arxiv tizimining mukammallashuvi esa O‘zbekistonning

raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sari harakatida asosiy poydevorlardan biri

bo‘lib xizmat qiladi.

Raqamlashtirish O‘zbekiston arxiv sohasida muqarrar bosqichdir. Bu

boradagi ishlar tizimli bo‘lishi, me’yoriy huquqiy asoslar bilan bir qatorda amaliy

muammolarni bartaraf etuvchi mexanizmlar bilan boyitilishi lozim. Shundagina

O‘zbekiston zamonaviy raqamli arxiv tizimiga ega bo‘lishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida http://lex.uz//docs/-4523373

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyundagi PQ–4750-sonli

qarori

²

– “Arxiv ishi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-fevraldagi 87-son qarori

³

– “O‘zbekiston

Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini raqamlashtirish tartibi to‘g‘risida”.

4. UNESCO Memory of the World

Programme. Digital preservation guidelines.

2017.

5. International Council on Archives (ICA). Principles and Functional Requirements

for

Records

in

Electronic

Office

Environments

(2008).

6. A.M. Ergashev. Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish: holat va istiqbollar. –

Tashkent:

2023.

7. Nazarov A.Yo., Buriyeva X.A., Abbasov B.B. Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti.

– Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyoti-matbaa uyi, 2023. – B. 45.