MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
8
PAXTA ASOSIDAGI BREZENTLARNING FIZIK-KIMYOVIY
XOSSALARI UMUMIY TAVSIFI
Z.A. Qurbonova
Magistrant, Toshkent To’qimachilik va Yengil Sanoat Instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada paxta asosidagi brezent matolarining fizik-
kimyoviy xossalari tizimli tahlil qilindi. Materialning tarkibi, strukturasi, gidrofil-
gidrofob xususiyatlari, termik va mexanik barqarorligi o‘rganildi. Shuningdek,
brezentlarga ishlov berishda qo‘llaniladigan kimyoviy vositalarning ta’siri
baholandi. Olingan ma’lumotlar brezentlardan sanoat va qishloq xo‘jaligida
foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Аннотация: В статье системно проанализированы физико-
химические свойства брезентов на основе хлопка. Рассмотрены состав,
структура, гидрофильные и гидрофобные характеристики, а также
термическая и механическая устойчивость материалов. Оценено влияние
химических средств, применяемых при обработке тканей. Полученные
данные расширяют возможности применения брезентов в промышленности
и сельском хозяйстве.
Abstract: This article provides a systematic analysis of the physicochemical
properties of cotton-based tarpaulin materials. The study covers composition,
structure, hydrophilic-hydrophobic behavior, and thermal and mechanical
resistance. The impact of chemical treatments used in fabric finishing was evaluated.
The findings broaden the scope of tarpaulin application in industrial and
agricultural sectors.
Birinchi brezent namunalarini ishlab chiqarishda qalin zig‘ir tolasi yoki
uning paxta tolalari bilan aralashmasidan tayyorlangan gazlama ishlatilgan bo‘lib,
bu gazlama oddiy (polotnyanoy) to‘qima usulida yaratilgan [1]. Ushbu material
yuqori darajadagi suvbardoshlik xususiyatiga ega bo‘lishi bilan birga, yetarlicha
havo o‘tkazuvchanlik xususiyatini ham saqlab qolgan. Ushbu usul bilan olingan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
9
brezent qo‘shimcha ravishda tabiiy suv qaytaruvchi va chirishga qarshi vositalar
bilan ishlov berilgan.
Patent va litsenzion hamda adabiyotlar tahlili natijalari shuni ko‘rsatadiki,
gidroizolyatsion paxtali matolarni olish bo‘yicha dastlabki ishlardan biri bu -
“Nikwax Tx.10i” firmasi patenti hisoblanadi. Unda to‘qimachilik materialini suv
asosidagi suv qaytaruvchi “elastomer” bilan ishlov berish orqali brezent
tayyorlangan [2]. Kompozitsiya tarkibiga samarali gidrofob qo‘shimchalar kiritilgan
bo‘lib, ular, ehtimol, silikon birikmalari asosidagi emulsiyalar shaklida bo‘lgan.
Hozirgi kunda respublikada keng qo‘llanilayotgan brezent - bu paxta tolasi
asosida tayyorlanib, organik erituvchili muhitda, odatda benzin ishlatilgan holda,
parafin eritmasi bilan to‘yintirilgan turidir [3]. Bunday brezent ishlab chiqarilgan
zahoti havo o‘tkazuvchanligi va suvbardoshliligi bo‘yicha yaxshi natijalarni
ko‘rsatadi. Biroq, tabiiy iqlim sharoitlarida foydalanilganda, bir necha oy ichida
parafinning past fizik-mexanik xossalari va yuzaga yopishish (adgezion)
darajasining pastligi tufayli brezent o‘zining ekspluatatsion xususiyatlarini
yo‘qotadi.
Tabiiyki, mahsulotning yaroqlilik muddati ularning qanday sharoitda
ishlatilgani, quritilgani, korxonalar tomonidan foydalanilgandan keyin omborlarda
saqlanishi, shuningdek, ishlatilgan propitka kompozitining turi va gidroizolyatsion
samaradorligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatdagi paxta zavodlarida parafin bilan
to‘yintirilgan parusinalarni amaliy qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, ishlatilayotgan brezent materiallari suv qaytarish xossalari bo‘yicha,
ayniqsa ikkinchi va uchinchi mavsumda, belgilangan talablarni to‘liq qondira
olmaydi.
Yuqori molekulali xususiyatga ega bo‘lgan ko‘plab propitka tarkiblari
mavjud, masalan, silikon eritmalari [4], poliuretanlar va boshqa bir qator polimer
materiallari asosidagi [5], ammo ular nisbatan qiyin topiladigan va solishtirganda
ancha qimmat turadigan materiallardir.
Mazkur muammo - ya’ni paxtali brezentlarning asosiy ekspluatatsion
xususiyatlarini,
jumladan,
suv
qaytaruvchanlik,
namlikka
va
chirishga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
10
chidamliligini saqlab qolish - propitka kompoziti sifatida nisbatan arzon va oson
topiladigan poliakrilatlarning suvli emulsiyasini qo‘llash orqali hal etilishi mumkin.
Bunday emulsiyalar plyonka hosil qiluvchi materialning migratsiya qilmasligi,
uchuvchan emasligi va ishqalanishga bardoshliligi bilan ajralib turadi. Akril va
metakril
kislotalari
hosilalarining
olinishi
hamda
ularning
polimerlash
xususiyatlariga ko‘plab ilmiy ishlar, shu jumladan yurtdoshlarimizning tadqiqotlari
bag‘ishlangan [6,7].
Shundan kelib chiqib, quyidagini ta’kidlash mumkin: paxta tolasi yuzasida
hosil bo‘ladigan polimer qoplamaning sirt tarangligi xususiyatlari ko‘plab boshqa
organik polimer qoplamalarnikiga o‘xshash bo‘lib, uning sirtni ho‘llash uchun
kerakli o‘rtacha kritik sirt tarangligi (xuddi parafinniki kabi) taxminan 40–45 mN/m
ni tashkil etadi. Bu esa suvning sirt tarangligidan ancha past - suv uchun bu
ko‘rsatkich 72–73 mN/m ni tashkil qiladi [7]. Bu esa shuni anglatadiki, polimer
qoplama suv tomonidan yaxshi ho‘llanmaydi. Ya’ni, suv bu sirtga singib ketmasdan,
undan “qaytadi” yoki uning ustida tomchilar holida qoladi.
Yuqori samarali suv qaytaruvchi propitka materialini yaratish maqsadida
yanada qulay va nisbatan arzon bo‘lgan yuqori molekulali birikma — polimerli akril
lateks asosidagi suvli emulsiya tanlab olindi. Bu modda butil akrilatning stirol bilan
sopolimeri bo‘lib, qurilishda fasad bo‘yog‘i uchun bog‘lovchi material sifatida,
hamda gidrofob qoplama sifatida qo‘llaniladi.
Oldindan olib borilgan kuzatuvlarga ko‘ra, ushbu 50% konsentratsiyadagi
suvli polimer lateks tarkibi bilan ishlov berilgan mato yuzasida, quritilgandan so‘ng,
suv tomchilari uzoq vaqt davomida teshikchalar orqali o‘tmasdan ushlanib qoladi.
Matoni ishlab chiqilgan lateksli kompozitsion tarkib bilan to‘yintirish jarayonida
tolalar yuzasida elastik polimerli yupqa plyonka qatlami hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Paxta tolalari tabiiy kelib chiqishga ega bo‘lib, sellyuloza asosida tuzilgan.
Ular yengil, havo o‘tkazuvchan va ekologik xavfsiz hisoblanadi. Brezent ishlab
chiqarishda paxta tolalari ip shaklida yigirib, maxsus to‘qimachilik texnologiyalari
asosida matoga aylantiriladi. Paxta asosidagi brezentlar ekologik tozaligi,
mustahkamligi va havo o'tkazuvchanligi bilan ajralib turadi. Ularning asosiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
11
xususiyatlari – namlikka bardoshlilik, elastiklik va chidamlilikdir. Paxta tolalarining
tabiiy tuzilishi havo almashinuvi va qulay mikroiqlimni ta'minlash imkonini beradi.
Brezent matolari suvni qaytaruvchi va mexanik kuchlarga chidamli bo‘lishi
uchun maxsus ishlov beriladi, masalan, lateks bilan qoplash yoki yog‘ asosidagi
impregnatsiya qilish kabilar shunga kiradi.
Fizik-kimyoviy xossalari quyidagilardan [8] iborat:
- suyuqliklarga nisbatan yutuvchanlik darajasi;
- mexanik kuchga bardoshlilik.
- to‘qimalar zichligi va struktura turg‘unligi.
Quyida, 1.1-rasmda paxta tolasi asosidagi brezent matosi namunalari
ko‘rinishlariga misollar keltirilmoqda.
1.1-rasm. Paxta tolasi asosidagi brezent matosi namunalari
ko‘rinishlariga misollar
Kimyoviy xossalari:
Namlikka chidamlilik:
Tozalangan va gidrofob ishlov berilgan matolar
namlikni shimmaslik
xususiyatiga ega.
Chirishga chidamlilik:
Maxsus antiseptik vositalar bilan ishlov berilsa,
mikroorganizmlarga qarshi barqarorlik
oshadi.
UB nurlanishga bardoshlilik:
Rangli pigmentlar va stabilizatorlar bilan
ishlov berilgan brezentlar
quyosh nurlari ta’sirida tez yemirilmaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
12
Kimyoviy moddalar ta’siriga chidamlilik:
Asosan kuchsiz kislotalar va
ishqorlarga nisbatan o‘rtacha chidamli. Kuchli erituvchilar (benzol, atseton)
shimdirilgan moddalarni yemirishi mumkin.
Maʼlumki, brezent — bu qalin zig‘ir ipidan yoki uning boshqa tolalar
bilan aralashmasidan toʼqilgan mustahkam matodir, u odatda oddiy to‘qima usulida
ishlab chiqariladi. Uning oʼziga xos xususiyatlaridan biri — bu havo
o‘tkazuvchanligi bilan birga, suv tegganda tez va kuchli shishishi bo‘lib, bu uning
yuqori darajadagi gidroizolyatsiyasi va mustahkamligini taʼminlaydi [9]. Bundan
tashqari, u qoʼshimcha ravishda suv oʼtkazmaydigan, yongʼinga chidamli va boshqa
moddalar bilan ishlov berilishi mumkin. Shu tarzda, bu modda hozirgi vaqtgacha
sintetik qoʼshimchalarni qabul qilmaydigan xom paxta bagʼrilari uchun namlikdan
himoya qilishda samarali materiallardan biri boʼlib qolmoqda.
Uzoq vaqt mobaynida brezent yoki parusina tegishli muvozanatda faqat
zigʼir yoki aralash ipakdan tayyorlangan. Unikal va amaliy mahsulot olish uchun
maxsus tarkib bilan ishlov berilib, unga suv oʼtkazmaslik va chirishga chidamlilik
xususiyatlari berilgan. Qalinligi va qoʼllash sohasiga qarab brezentning mengicha
ogʼirligi 400-900 g/m² oraligʼida boʼladi. U 300-400 mm suv bosimiga chidamli
boʼlib, oʼz ekspluatatsion xususiyatlarini -40 dan +60 °C gacha boʼlgan haroratda
ham yoʼqotmaydi. Shu sababli, brezent matolari hozirgi vaqtda ham iqtisodiyotning
turli sohalarida keng qoʼllanilmoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlarining maxsus xususiyatlarga ega toʼqimachilik
materiallariga boʼlgan ehtiyoji oshdi va bu ehtiyoj respublikada asosan import orqali
qoplanmoqda. Faqatgina “Oʼzpaxtasanoat” АJ tomonidan har yili 7x8 m, 7,5x8 m,
7x8,5 m, 7,5x8,5 m oʼlchamli brezent materiallariga boʼlgan talab taxminan 17 000
dona, yaʼni 1 million kvadrat metrdan ortiq matoni tashkil etadi [10]. Bozor,
jumladan, paxta sanoati, Oʼzbekiston Respublikasidagi kuch tuzilmalari va boshqa
iqtisodiyot sohalari sifatli, qulay va arzon mahsulotni talab etmoqda.
Аyni paytda respublikada paxta tolasidan ishlab chiqariladigan
parusina matosini tayyorlash va uni gidrofob moddalar bilan qayta ishlash jarayoni
yoʼlga qoʼyilgan. Respublika paxtani qayta ishlash tarmogʼining brezent
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
13
materiallariga boʼlgan ehtiyojini mahalliy, paxta tolasidan ishlab chiqarilgan
mahsulot asosida, turli mulk shaklidagi korxonalar taʼminlamoqda.
Har bir partiyadan olingan 100% paxtadan ishlab chiqarilgan brezent
materiallarining namunalari “O‘zbek-Turk Test Markazi” qoʼshma korxonasi
tomonidan sinovdan oʼtkaziladi va ularning ekspluatatsion xususiyatlarga mosligi
tekshiriladi. Ijobiy natijalarga erishilgandan soʼng, ular paxta tozalash korxonalarida
keng qoʼllash uchun taqdim etiladi.
Respublikamizdagi paxta zavodlarida mahalliy ishlab chiqarilgan
parusina matolarini amalda qoʼllash boʼyicha oʼtkazilgan tadqiqotlar shuni
koʼrsatmoqdaki, qoʼllanilayotgan brezent materiallari oʼzining fizik-mexanik
xususiyatlari boʼyicha belgilangan talablarga javob beradi. Biroq, ularni tabiiy ob-
havo sharoitida ikkinchi va uchinchi mavsumlarda ishlatish davomida ayniqsa suv
qaytarish qobiliyati va rang barqarorligi boʼyicha talablarga javob bermay qoladi.
Shuning uchun ham brezent matosining gidroizolyatsiya samaradorligini oshirish
muammosi mavjud.
Malumki, mahsulotning xizmat muddati uni qanday
sharoitlarda ishlatilishi, quritilishi, korxonalar tomonidan foydalanilgandan soʼng
omborlarda saqlanishi, shuningdek, ishlov beruvchi tarkibning turi va
gidroizolyatsiya xususiyatlarining samaradorligiga ham bogʼliq.
Turli xil xususiyatlarga ega boʼlgan koʼplab suv qaytaruvchi ishlov
beruvchi tarkiblar mavjud, masalan, silikon moylari, parafin eritmalari, poliuretanlar
va polivinilxlorid asosidagi tarkiblar. Biroq, ularning barchasi maʼlum
kamchiliklardan xoli emas [11]. Eng avvalo, bunday tarkiblarda plyonka hosil
qiluvchi modda sifatida qoʼllaniladigan past molekulyar birikmalar migratsiya va tez
yoyilib ketish xususiyatiga ega boʼladi yoki toʼqima asosiga past yopishuvchanlik
(adgeziya) koʼrsatadigan moddalardan iborat.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. ISO 811: "Textiles – Determination of resistance to water penetration –
Hydrostatic pressure test".
2. ISO 9237:1995: "Textiles – Determination of permeability of fabrics to air".
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
14
3. GOST 12088–77: “To‘qimachilik materiallarining suv bardoshligini aniqlash
usuli”.
4. Глухов В. А. и др. “Технические ткани и методы их испытаний”. – М.:
Легпромбытиздат, 2005.
5. Тилляев А., Каримов Н. “Физико-химические свойства и технология
обработки хлопчатобумажных брезентов”. – Тошкент, 1997.
6. Chao-Hua Xue et al. "Superhydrophobic cotton textiles via sol-gel processes",
Surface & Coatings Technology, 2019.
7. Hsieh Chien-Te et al. "Silica nanoparticle-based treatment for waterproof cotton
fabrics", Journal of Applied Polymer Science, 2020.
8. Nazarov M.T. “To‘qimachilik materialshunosligi asoslari”. – Toshkent: O‘quv
qo‘llanma, 2018.
9. Tursunov O. "Sanoat to‘qimalari va ularning ishlov berish texnologiyasi". – TTYI
nashriyoti, 2021.