MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
400
PEDAGOGIK MAHORAT VA ZAMONAVIY PEDAGOG
Farg'ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
Hamshiralik ishi kafedrasi mudiri
Olimjonova Xayotxon Salohiddinovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada
pedagogik mahorat va zamonaviy pedagog
qanday bo’lishi kerakligi
haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim
tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: pedagogic istedod, mimika, pantomima, pedogogik malaka,
Kuchlilik, zehnlilik, tasviriy ishoralar.
PEDAGOGICAL SKILLS AND MODERN PEDAGOGIST
Annotation: This article discusses pedagogical skills and what a modern
pedagogue should be like, and the author gives important recommendations.
Keywords: pedagogical talent, mimicry, pantomime, pedagogical skills,
Strength, intelligence, figurative gestures.
Pedagogik mahoratning tuzilishi. Pedagogik mahorat quyidagi tarkibiy
qismlarni o’z ichiga oladi:
1.O’qituvchi faoliyatida insonparvarlikning ustunligi.
2.Pedagogik iste’dod, qobiliyat.
3.Pedagogik texnika (san’at)
4.O’qituvchining shaxsiy intilishi.
Pedagogik mahorat nazariyasi metodikasining ishlab chiqilmaganligi shunga
olib keladiki, pedagoglarning har biri o’z-o’zicha, paypaslab ijodiy izlanish olib
boradi: ta’lim oluvchilar bilan, pedagogik jamoa bilan qanday qilib yaqindan til topish
mumkin? Qanday qilib qisqa muddat ichida talabalar o’rtasidagi munosabatlarning
haqqoniy manzarasiga erishmoq mumkin? degan savollarga javob izlaydi. Bu
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
401
savollarga beriladigan javoblar har bir mohir pedagogning faoliyati uchun zarur
bo’lgan umumiy pedagogik malakalarni shakllantirish bilan bog’liq bo’lib, mazkur
muammoni hal qilish pedagogdan odatdan tashqari kuch-g’ayrat, qat’iyat,
tirishqoqlik, ijodiylikni, o’z faoliyatini to’g’ri baholay bilish, shuningdek, bolalar,
tarbiyalanuvchilarga nisbatan insonparvarona munosabatda bo’la olishni talab etadi.
Ibn Sino “Tadbiri manzil” asarida bola uchun o’qituvchi tanlayotganda uning to’g’ri
so’z, halol, toza-ozoda va bolalarni sevuvchi kishi bo’lishiga e’tibor berish
lozimligini ta’kidlaganida o’qituvchining insonparvarlik sifatini nazarda tutgan edi.
Har bir insonda u yoki bu kasbga qobiliyat mavjud bo’ladi.
Ba’zi taniqli ruhshunoslarning fikricha (F.Gonobolin, N.Kuzmina),
pedagoglik kasbi uchun quyidagi 6 xil qobiliyatlar muhim hisoblanadi: 1.O’rtaga
tusha bilish 2.Tashkilotchilik 3.O’zini idora eta bilish 4.Mo’ljallay olish, chamalay
bilish 5.Kuchlilik, zehnlilik 6.Faoliyatga ijodiy yondashish. Bularning barchasi
tarbiyaviy maqsad mavjud bo’lgan, insonparvarlik nuqtainazaridan turib
yondashilgan taqdirdagina pedagogik qobiliyat tarkibiga kirishi mumkin. 5.2.
Pedagogik texnika - pedagogik mahoratning asosiy qismlaridan biri bo’lib, u
o’qituvchidan o’quvchilar bilan muomala qilganda zarur so’z, gap ohangi, qarash,
imo-ishorani tez va aniq topish, eng o’tkir va kutilmagan pedagogik vaziyatlarda
osoyishtalik va aniq fikr yuritish, tahlil qilish qobiliyatini saqlab qolish imkonini
beradi. Haqiqiy pedagog ta’sir ko’rsatishni o’qituvchining pedagogik texnika
sohasidagi barcha malakalari bir paytda yaqqol ko’rinadi. Nutq, imo-ishora, mimika
harakat bilan birga sodir bo’ladi. Pedagogik texnika malakalarining shakllanish
darajasi ma’lum darajada pedagogning umumiy tayyorgarlik darajasini, ya’ni
shaxsning pedagogik imkoniyatlarini aks ettiradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
402
Pedagogning nutqi tartibsiz, qashshoq bo’lsa, o’zi jizzaki bo’lsa, didi past,
madaniyatsiz bo’lsa, eng topib gapirgan to’g’ri so’zi ham tarbiyalanuvchilarga ta’sir
etmaydi, balki teskari natijaga olib kelishi mumkin. SHuning uchun ham, tarbiyachi
avvalo o’zi tarbiyalangan, o’tirib-turish, suhbatlashish madaniyatini qon-qoniga
singdirgan bo’lishi lozim. Pedagogik texnika tushunchasi va uning tuzilishi. Ustoz-
pedagoglar erishgan muvaffaqiyatlarning sirini bilishga harakat qilar ekanmiz, biz
ularning pedagogik ta’sir usullaridan ustalik bilan foydalangan holda turli tuman
amaliy ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni ustalik bilan hal etishlariga guvoh bo’lamiz.
Bunda muhim rolni maxsus ko’nikmalar egallaydi: o’quvchilarni ijtimoiy foydali
o’quv faoliyatiga safarbar eta bilish, muammo qo’ya bilish, jamoa va alohida shaxs
bilan til topish, kuzata bilish, o’z kechinmalarini boshqacha bilish: ovoz, nutq,
mimika, harakatlarini erkin boshqara bilish va h.k. Pedagogik texnika – o’qituvchi
faoliyatining botiniy mazmunini hamda zohiriy ifodasining garmonik biriligidan
iboratdir. Pedagog mahoratining ma’naviy madaniyati hamda pedagogik jihatdan
maqsadga muvofiq bo’lgan zohiriy ifodasi sintezidan iboratdir.(N.N.Tarasovich)
SHunday qilib texnika – usullar majmuasidir. Uning vositalari esa – nutq va muloqot
vositalaridir. ”Pedagogik texnik” tushunchasi o’z ichiga 2 guruh tarkibiy elementlarni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
403
oladi: 1. O’qituvchining odob-axloqiy ko’nikmalari bilan bog’liq bo’lgan elementar:
o’z jismini (mimika, pantomimika) boshqara bilish; his-tuyg’u, hayajon, ta’bini
boshqara bilish (ortiqcha ruhiy zo’riqishlardan osonlik bilan xalos bo’la olish, ijobiy
muhitni to’g’richa bilish): diqqat qila bilish, kuzatuvchanlik, tasavvurning kengligi;
nutq texnikasi (nafas,ovozni boshqarish, diktsiya, nutq tezligi (tempi)). 2. SHaxs va
jamoaga ta’sir ko’rsata bilish texnikasi ta’lim-tarbiyaning texnologik tomoni bilan
bog’liq bo’lib, bularda: didaktik, tashkiliy, ijodiylik, muomala ko’nikmalari; talab
qila bilish, pedagogik muloqotni boshqara bilish, jamoatchilik ijodiy faoliyatini
tashkil eta bilish va boshqalar kiradi. Quyida biz pedagogik texnikaning, pedagogning
odob-ahloqi bilan bog’liq bo’lgan jihatlarini qarab chiqamiz.
Pedagogik maqsadga qaratilganlik va pedagogning tashqi qiyofasi.
Tarbiyachining tashqi qiyofasi estetik jihatdan ko’rimli bo’lishi
lozim.O’qituvchi juda ham bashang va juda ham pala-partish kiyinmasligi lozim.
Uning tashqi qiyofasi kiyim-kechaklari - tarbiyachi shaxsini shakllantirish vazifasini
hal etishga bo’ysindirilgan bo’lishi lozim. Zamonaviy kiyinish normalaridan keyinda
qolmagan holda u o’rtacha me’yorga amal qilgani tuzuk. Tarbiyachining estetik did
bilan kiyinishi, uning o’zini erkin tuta bilishi, nutqi, mimik va pantomimik
harakatlariga mos bo’lishi lozim. CHunki uning xar bir harakati: auditoriyaga qay
tahdidda kirishi, stulda qanday o’tirishi, yurish-turishi – barchasi tarbiyalanuvchilarga
tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi. U o’zini xotirjam, jiddiy, o’rni kelganda esa bolalarining
yoshiga mos ravishda xushchaqchaq tuta bilsa, tarbiyalanuvchilarga ta’siri talab
darajasida bo’ladi. Emotsional holatni boshqarish. Boshlovchi pedagog birinchi marta
o’zini juda ishonchsiz sezadi. O’ziga qarab turgan ko’zlarning taz’yiqi natijasida uni
titroq bosadi, nutqi uzuq-yuliq, pala-partish, o’zini yo’qotib qo’yadi (chunki u o’z
ustidan kulishlaridan qo’rqadi). Bularning barchasi o’qituvchidan bo’lajak
mashg’ulot oldidan o’zini ruhiy fiziologik jihatdan tayyorlashni, muloqot paytida o’z
emotsional holatini boshqara bilishni talab etadi. O’z-o’zini boshqarish qobiliyatini
aniqlash uchun B.M.CHerniy tuzgan testdan foydalanish mumkin: “Ha yoki yo’q”
so’zlari bilan hissiyot-holatingizga tegishli bo’lgan savollarga javob bering: - Har
doim xotirjam, toqatlimisiz? - Sizning ta’bingiz har doim tuzukmi? - Auditoriyada
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
404
mashg’ulot o’tayotganda, unga diqqat va saranjomlik sizni tark etmaydimi? - Siz o’z
his-hayajoningizni boshqara olasizmi? - Siz o’z o’rtoqlaringiz va yaqinlaringizga
nisbatan diqat e’tiborli va mehribonmisiz?
- Siz o’rganish kerak bo’lgan materialni yengil o’zlashtira olasizmi? - Sizda
o’zingiz xalos bo’lishni istagan salbiy odatlar yo’qmi? - Siz qaysidir vaziyatda
o’zimni noto’g’ri tutdim, deb afsuslanasizmi? “Ha yoki yo’q” javoblarni hisoblab,
xulosa chiqarish mumkin. Agar barcha javoblar ijobiy bo’lsa, vazminlik, o’z-o’zini
boshqara bilish, yoki o’ziga ortiqcha baho berishni ko’rsatadi. Agar barcha javoblar
yoki ularning ayrimlariga salbiy javob to’g’ri kelsa, bu kishining notinchligi, o’ziga
ishonchsizligi, o’ziga tanqidiy qarashidan dalolat beradi. Aralash javoblar (“Ha “ ham
“ yo’q” ham) o’z nuqsonlarini ko’ra bilishni ko’rsatadi, bu esa o’z-o’zini tarbiyalash
tomon birinchi qadamdir. Pantomimika. Gavda, qo’l va oyoqning harakatiga –
pantomimika deyiladi. Pantomimikada mohir pedagoglar o’z fikrlarining asosiy
o’rnini ta’kidlash, obraz yaratish maqsadida foydalanadilar. O’qituvchi dars paytida
o’quvchilar oldida to’g’ri turish malakasini egallashi kerak (oyoqlar oralig’i 12-15
sm, bir oyoq biroz oldinga tashlagan holda). Uning barcha harakatlari nazokatli, oddiy
va tabiiyligi bilan ajralib turishi lozim. Gavdani tutish estetikasi salbiy odatlardan xoli
bo’lishni talab etadi: orqa-oldga tomon chayqalish, bir oyoqdan ikkinchisiga
og’irlikni tashlash, stul suyanchig’ini tutish, qo’lda darsga aloqasiz buyumlarni
aylantirish, bosh qashish, burun qoqish, quloq kavlash va h.k. Uning imo-ishoralari
aniq tushunarli, ma’noli bo’lmog’i lozim. Imoishoralar tasviriy va psixologik turlarga
bo’linadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
405
Tasviriy ishoralar fikr yo’nalishini tasavvur etish, chizib berish uchun xizmat
qiladi, eng muhimi psixologik testlar bo’lib, ular his-xayajon, tuyg’ularni ifodalashga
xizmat qiladi. Masalan, o’qituvchi to’g’ri javobdan mamnunligini boshini 3 marta
ohista pastga egish orqali, javobdan qoniqmaganligini esa boshini ikki
tomonga”sarak-sarak” qilib chayqash orqali ifodalashi mumkin. SHuni ta’kidlash
joizki, ishoralar aytilmoqchi bo’lgan fikr to’g’risida oldindan ogoh etish uchun
ishlatiladi, aytilgan fikrdan keyin ularni qo’llashning foydasi yo’q. O’quvchilarga
aytiladigan fikr ta’sirini oshirish uchun oldinga qarab yurish, ularga dam berish uchun
esa orqaga qaytish lozim. Mimika. O’z fikri, hissiyoti, ruhiy holatini ifodalash
san’atiga – mimika deyiladi. Ba’zan o’qituvchi yuz ifodasi u aytmoqchi bo’lgan
so’zdan ham ko’ra kuchli ta’sirga ega. Imo-ishora va mimika axborotning emotsional
kuchini oshirib yaxshi qabul qilishga sabab bo’ladi. O’quvchilar o’qituvchining
fikrini uning yuz ifodasidanoq bilib oladilar. SHuning uchun ha o’qituvchi o’z
kechinmalarini yashira olish ham lozim. Yuz harakatlari faqatgina o’quv tarbiya
maqsadida qo’llanilishi lozim. Yuz ifodasi butun qiyofa kabi o’zga ishonch,
hayrihohlik, xukm, norozilik, xursandlik, faxrlanish, loqaydlik, qiziquvchanlik,
xafalik kabilarni ifodalay olishi lozim. Insonning barcha hissiyotlari uning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
406
tabassumida mujassamlashgan bo’ladi, u kishining ma’naviy sog’lomligi va axloqiy
qudratini o’zida ifodalaydi. Mimikani ifodalovchi detallar – qosh va ko’zdir.
Qoshning yuqoriga ko’tarilishi xayratlanishni, chimirilishi – diqqatni to’plashni,
qimirlatmasdan turish – xotirjamlikni, loqaydlikni, tez harakatga kelishi – tang
qolishni ifodalaydi. 160 Ko’z kishining eng ta’sirchan organidir. O’qituvchi o’z yuz
tuzilishining imkoniyatlarini yaxshilab o’rganib chiqishi lozim. U har bir hodisaga
nisbatan o’z ko’z qarashlari bilan o’zining ijobiy, salbiy, betaraf munosabatini
ifodalay bilishi lozim. Uning ko’zi “olma-kesak” termasligi, yoki “baliq ko’z”
bo’lmasligi lozim. Mana masalan, quvonchli holatni ifodalovchi belgilar: tabassum,
ko’z yashnaydi, haddan tashqari imo-ishoralar, so’zamollik, boshqalarga yordam
berish istagi ko’zga tashlanadi. Qo’rquv belgilari: ko’zlar katta–katta ochilgan, gavda
shalpaygan, qoshlar biroz ko’tarilgan, ovoz titraydi, ko’z olma-kesak teradi,
harakatlar shiddatli, gavda titraydi. O’qituvchi O’qituvchining nazari o’quvchilarda
bo’lishi lozim. Ular orasida ko’z aloqasi mashg’ulotlar davomida mustahkamlanib
borishi kerak. Biroq shuni ham unutmaslik lozimki, katta yig’in, mitinglarda so’zga
chiqqanda bunday aloqadan voz kechish lozim. CHunki ko’pchilik tomonidan hosil
bo’ladigan biomaydon notiqqa salbiy ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ham olomonga
xuddi devor yoki gulzorni kuzatgan kabi nazar tashlagan maqsadga muvofiq bo’ladi:
olomon biomaydoni notiqqa salbiy ta’sir ko’rsata olmaydi. O’qituvchi nutqi –
pedagogik mahorat ko’zgusi sifatida. Olimlarning hisoblashlariga ko’ra o’quv uchun
ajratilgan vaqtning taxminan 1/4-1/2 qismi o’quvchilarning o’qituvchi nutqini
eshitishlari va tushunishlari uchun sarflanadi. Demak o’quv materialining o’quvchilar
tomonidan puxta o’zlashtirilishi o’qituvchi nutqining kamoloti va yorqinligiga
bog’liq ekan. Xaqiqatdan ham, A.Avloniy ta’kidlaganidek ”So’z insonning daraja va
kamoli, ilm va fazlni ulug’lab ko’rsatadurg’on tarozisidir. Aql sohiblari kishilarning
fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini so’zlagan so’zidan bilur”.
Ayniqsa, o’quvchilar o’qituvchi talaffuzi, nutq texnikasiga katta e’tibor beradilar.
Duduq, kirish, tovushga taqlid kabi so’zlarning, masalan “aytaylik”, “xo’sh”,
“anaqa”, “o’tga-bo’tga”, “demak” kabi so’zlarning o’rinsiz ravishda ko’p
takrorlanishi o’quvchilarning ensasini qotiradi. Bunday hol faqat o’rta maktab
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
407
o’qituvchilari va o’quvchilari orasidagina emas, balki oliy o’quv yurti professor-
o’qituvchilari orasida ham uchrashi achinarli holdir. Hozirgi zamon fiziologiya
fanining dalolat berishicha ovoz sifatini mutlaqo o’zgartirish mumkin. Bu tarixiy
faktlar bilan ham isbotlangan. Masalan, buyuk notiq Demosfen o’z duduqligini mashq
qilish tufayli yengib Qadimgi Rimning buyuk notig’iga aylangan. Hozirgi kunda nutq
texnikasiga doir mashqlar tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim teatr pedagogikasi
tajribalariga tayanadi hamda nutq paytida to’g’ri nafas olish, tanaffus va diksiyani
so’zlash kabi ko’nikmalar o’quv-uslubiy majmuasidan tashkil topgandir. Mazkur
tizimni o’zlashtirish istalgan o’qituvchi o’z nutqi orqali o’quvchilarda o’zi istagan
bilim, ko’nikma va malakalarni singdira oladi, tarbiyalay oladi. Muomala –
pedagogik faoliyatning muhim kasbiy quroli bo’lib, olimlarA.A.Kovalev,
N.B.Kuzmina, U.A.Kan-Kalik, A.A.Leontev, A.N.Mudrik, A.U.SHerbakovlar
muomalaning o’qituvchi faoliyatida muhim rol o’ynashini isbotlashgan. Pedagogik
muomala – bu o’qituvchining o’quvchilar bilan dars va darsdan tashqari paytdagi
qulay psixologik holat yaratish maqsadida olib boradigan kasbiy muloqoti. Pedagogik
muomala ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida quyidagi funktsiyalarga ega : shaxsni
anglash, axborot almashuv, faoliyatni tashkil etish, rol almashtirish, hamdardlik, o’z
qadrini bilish, ishtirokchilarni almashtirish, kechinmalar hosil qilish, o’zida ishonchni
shakllantirish va hakozo. Axborotlarning almashinish funktsiyasi materiallarning va
ma’navi sifatlarni almashtirish, ta’lim-tarbiyaviy jarayonni rivojlantirish , ichki ijobiy
o’zgarishlarni hosil qilish, hamkorlikda bilishga oid qidiruv hamda ongli fikrlashga
zarur sharoit yaratadi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
1. Xoshimova M.K. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. (Ma’ruzalar
matni). T.:TDIU.- 2012.- 50 bet.
2. Yo’ldoshev J, Xasanov S. Pedagogik texnologiyalar.T.: «Iqtisod-moliya”, 2009. 3.
Ishmuhammmedov R. Ta’limda innovatsiya. – Toshkent: «Fan», 2010. 4.“Pedagogik
texnologiyalar” moduli bo’yicha o’quv– uslubiy majmua N.F.Saydalixodjaeva